18 daqiqada öqiladi

455 marta körilgan

Najot adabiyotdadir

Naim Karimov

Ötgan asrning 30-yillarida dunyoga kelgan avlod bilan hozir şakllanib borayotgan avlod örtasida yer bilan osmonçalik farq bor. Bu avlod Ikkinçi jahon uruşining tahlikali yillariyu, uruşdan keyingi davr maşaqqatlarini boşidan keçirdi. 50-60-yillarda esa “zulm saltanati”da yaşagani va yaşayotganini tuşunib, “ğurur” nimayu, “iztirob” nima ekanligini çuqur angladi. Şuning uçun ham bu avlod abadiy haqiqatlar va abadiy qadriyatlarning qadriga yetadi. Şu haqiqatlar va şu qadriyatlarning oyoq osti bölmasligini istab, istabgina qolmay, qölidan kelganiça ularni ardoqlab, himoyalab yaşaşga urinadi.
80 dan oşib, 90 ga yaqinlaşib, demak, siyraklaşib  borayotgan bu avlod hozir özini jamiyatga keraksizdek sezmoqda. Lekin men xuddi şu avlodga mansub bölganligim bilan faxrlanaman.
Toşkentning Eski şaharida Kesakqörğon degan mahalla bölardi. Şu mahalladagi madrasa şahardagi nufuzli diniy-maʼrifiy maskanlardan biri bölgan. Şu bois Kesakqörğon baʼzi tarixiy-memuar asarlarda Toşkentning maʼrifiy öçoqlaridan biri sifatida tilga olinadi. Otamiz maşhur jadid şoir Sidqiy Xondayliqiyning şu madrasada taʼlim olganligini aytar edilar. Bobom şu madrasada imomlik qilganlari sababli Xondayliqiy bilan yaqin munosabatda bölgan ekanlar.
Dadam fizika, amakim matematika öqituvçisi bölişgan. 30-yillarda bu fan mutaxassislari yetişmaganligi uçun dadam erta tongdan keçgaça turli maktab va bilim yurtlarida dars berişga majbur bölganlar. Ammo adabiyot va sanʼatga ixlos qöyganlari uçun özbek yozuvçilarining 20-40-yillarda çop etilgan asarlarini sotib olib, yaxşigina kutubxona barpo etganlar, fonotekalarida esa qançadan-qança hofizlarning “likopçalar”i bölgan. (“Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyidagi “Ötkan kunlar”ning birinçi naşrida otamizning imzolari va muhrlari bor) Uyimizda böladigan “gap”larga baʼzan Karim Zokirovdek sanʼatkorlar kelib turişgan.
Men ana şunday muhitda ösganman. Yoşligim uruş yillariga töğri kelgan. Şu sababli bir emas, bir neça maktablarda taʼlim olişga töğri keldi. Uruşning dastlabki yillarida jang maydonlarida qattiq jarohat olganlar eşeloni Toşkentga ham şaşqator oqib kelib, maktablar harbiy şifoxonalarga aylantirildi. Uruşdan keyin şifoxona-maktablardagi “koyka”lar yiğib olinib, örniga yana partalar qöyildi. Öqituvçilarda ham, biz öquvçilarda ham, endi boşqaça zavq-şavq paydo böldi. Tarix öqituvçimiz öz fanidan ham köra adabiyotni sevar ekan. Endigina universitetni tugatgan adabiyot öqituvçimiz Nabi Nurmuhamedov esa adabiyot darsini ötganida, xuddi lablaridan asal taʼmi ketmayotgandek, römolça bilan artib qöyardi. Uning kiyiniş, sözlaş, harakatlaniş madaniyati bizni öziga jalb etgan. Bundan oldin, Nabi aka maktabga yangi kelgan kunlarda esa, biz uni qabul qilmagan, sobiq öqituvçimiz Murşida Ikromovani maktabga qaytarişlarini talab qilgan edik. Bizda adabiyotga katta mehr uyğotgan Murşida opa Akmal Ikromovning jiyani ekan. U bir-ikki yil maktabimizda işlaganidan söng, “xalq duşmani”ga qarindoşligi kimningdir yodiga tuşib, şahardan  çiqarib yuborişgan.
Biz ilmga çanqoq bolalar maktabdan taşqari turli tögaraklarga qatnaşar edik. Musiqa tögaragi, xor tögaragi, keyinçalik “Bolalarni badiiy tarbiyalaş uyi”dagi adabiyot tögaraklari bizni öziga jalb etgan edi. Ammo köp ötmay, ulardan birini tanlaşga töğri keldi. Xullas, adabiyotga mehr ustunlik qildi. Dastlabki şeʼrlarimiz yoşlar gazetalarida bosildi. Bölajak şoir sifatida Yozuvçilar uyuşmasidagi birorta adabiy yiğilişni kanda qilmasdik. Şu yiğilişlarda birga qatnaşgan döstlarimdan biri Husniddin Şaripov badiiy ijodni, men bölsam adabiyot ilmini tanladik.
Sir emas, qariyb har bir kişi yoşligida şeʼr yozadi, hatto şeʼrlari, baʼzan esa bitta-yarimta şeʼriy kitobi ham bosilib çiqadi. Lekin hamma şeʼr maşq qilgan, şeʼr yozgan kişining şoir bölişi şart emas. Qançadan-qança kişilar şeʼriyat maydoniga tasodifan kirib qolib, umrlarining oxirigaça çiqolmay, qiynalib yurişgan.
Könglim adabiyotşunoslik köçasini tanlagani bejiz emas. Xolavaççam Mahmudali Yunusov taniqli adabiyotşunos, filologiya fanlari doktori bölgan. U professor Abdurahmon Saʼdiyning şogirdi, Solih Qosimov, Hamidulla Ubaydullayev singari 50-yillarda maşhur bölgan tanqidçilarning dösti edi. Biz devor-darmiyon qöşni bölib yaşaganimiz tufayli döstlari bilan adabiy mavzularda qilgan bahsu suhbatlarida hozir bölar va şu gurunglar mening adabiyot ilmiga bölgan mehrimga çöğ taşlab turardi. Mahmudali akaning noziktaʼbligi, mayin ovoz bilan adabiy tilda ravon sözlaşi, ham mumtoz, ham  zamonaviy özbek adabiyotini yaxşi bilişi, Navoiy haqida ham, Barot Boyqobilov haqida ham bilimdonlik bilan yozişi havas qilişga, ibrat olişga arzirli edi. U uruş yillarida evakuatsiyaga kelgan rus ayoliga uylangani tufayli rus tilida ham yaxşi sözlab, yaxşi yozardi. Mahmudali akaning 10-sinfni bitirişi bilan uruşga ketib, frontga yetib bormay halok bölgan Ahmadali degan ukasi ham adabiyot muxlisi  edi. Şu ikki kişining menga mehri va taʼsiri adabiyotşunoslik sohasini tanlaşimga sabab bölgan bölsa ajab emas.
Bir sirni aytib ötmasam bölmas. 1946-yili bölsa kerak. Dadam Maorif xalq komissarligiga işga olinib, maktablar böyiça yöriqçi (inspektor) sifatida Namangan viloyatiga biriktirilgan kezlar. Öşa yillarda xizmat safari bilan “gullar şahri”ga tez-tez borib, köplab maorif xodimlari bilan qadrdonlaşib qolgan ekanlar. Yozgi taʼtil kunlaridan birida meni ham navbatdagi safarga olib ketdilar. Namanganda bir-ikki kun turganimizdan söng, mezbonlar bizni viloyatning Qirğiziston bilan çegaradoş hududida joylaşgan Poşşaota qişloğiga olib borişdi. Toğ etaklarida joylaşgan, bağrida muzdekkina soy oqib turgan bunday xuşmanzara joy kamdan-kam topiladi. Biz Toşkentga qaytib kelganimizdan keyin dadam nima uçundir mening nomimdan Poşşaota taassurotlari haqida jajjigina maqola yozib, uni öquvçilar gazetasiga olib borişimni buyurdilar. Gazeta muharriri Sanjar Tilla dadamning şogirdlari ekan. Xullas, maqola tez orada çop etilib, men muxbir sifatida sinfdoşlarim va öqituvçilarim oğziga tuşdim. Ammo maqolani özim yozmaganligim uçun aybimni yuvişim kerak edi. Ana şu burç, ana şu oqlaniş istagi meni öşa gazeta uçun şeʼr va maqolalar yozişga majbur etdi, hatto döstim, bölajak taniqli jurnalist va tarjimon Miad Hakimov bilan birga bu va boşqa yoşlar gazetalariga krossvordlar ham tuzib yuboradigan böldik… Bu voqeani eslaşim tasodifiy emas: bilişimça, dadam fizika öqituvçisi bölişlariga qaramay, adabiyotga bölgan maylimni sezib, beşinçi-oltinçi sinfdalik çoğimdayoq menga xat-xabarlar yozişni örgatmoqçi bölgan ekanlar.
Oradan yillar ötib, maktabni bitirdim. Öşa yillarda bitiruvçilarni Moskva va Leningrad singari şaharlardagi oliy öquv yurtlariga yuboriş amaliyoti boşlangan edi. Şu masalaga aloqador bölgan kişilardan biri dadamning jonajon döstlari akademik Adham Yunusov edi. Men u kişining huzuriga borib, Moskva davlat universitetining filologiya fakultetida öqiş istagida ekanligimni aytib, undan yordam berişini söradim. Adham aka hazilkaş odam edi. Ammo bu safar hazilni yiğiştirib qöyib, jiddiy gapirdi: “Agar otangdek fizik yoki mendek biolog olim bölmoqçi bölsang, Moskvadagi xohlagan oliy öquv yurtingga yuborişim mumkin. Ammo filolog bölib nima qilasan? Filologlik ham işmi?” dedi. Men şu sohaga qiziqişimni takrorladim. U tanlovimga rozi bölmay, haydab-çiqarib yubordi. Baʼzan öylab qolaman: agar Moskvada öqib, rus tilini mukammalroq egallab, rus va Yevropa adabiyoti haqidagi bilimim çuqurroq bölganida, rus tilida ham maqola va kitoblar yozgan bölarmidim?.. Bunday xayollarga borişimning sababi özbek adabiyoti tarğibotining faqat mamlakatimiz doirasidagina çeklanib qolganligidir. Şoyad yaqin kelajakda Yevropa va Osiyo xalqlari tillarini mukammal bilgan tarjimonlar, jurnalistlar, adabiyotşunoslar, tarixçilar yetişib çiqişsa…
Şu narsa ğaroyibki, biz yaşagan davrda mamlakatda öqtin-öqtin qonli böronlar gurlagani, tintuv, badarğa, “hujum”, çopiq, terim, pilla, qöriq kabi kompaniyalarning tinimsiz paydo bölib turgani, dunyoga hukmdorlikni daʼvo qilgan yana bir kuç — nemis faşizmining yuzlab şahar va qişloqlarni vayronaga aylantirgani va millionlab kişilarning qirilib ketişiga sababçi bölganiga qaramay, aksar şoir va yozuvçilar romantik orzular qanotida parvoz qilib yaşardi. Bizning avlod şu şoirlardan taşqari, Gyote, Geyne, Bayron singari  Yevropa, Puşkin, Lermontov, Tyutçev singari rus romantik lirikasi taʼsirida şakllandi. Yangi tarix sahifalarini qon va qiliç bilan yozayotgan sovet davlati bizning közimizni romantik şeʼriyat buloqlarining nuqra mavjlari bilan yuvişga urindi. Jahon badiiy tafakkurining qaymoği ana şu, dedi. Şunday ijtimoiy-madaniy muhitda şakllangan adabiyotşunoslar “Özbek adabiyotida Lenin obrazi”, “Hamza Hakimzoda – inqilobçi şoir”, “Özbek adabiyotining internatsional pafosi”, “Özbek romanlarida M.Gorkiy anʼanalari” singari mavzularda dissertatsiyalar, kitoblar, maqolalar yozdilar. Adabiyotşunoslik ilmida sotsiologiya tantana qildi. Şunday bir vaqtda Matyoqub Qöşjonov “Oybek mahorati”, men “Hamid Olimjon mahorati” degan mavzularga qöl urdik. Bu tadqiqotlarga  hozirgi kun yuksakligidan turib nazar taşlagan kişi ularda öşa davr adabiyotşunosligining salbiy taʼsirini ham sezişi qiyin emas. Lekin bu ikki tadqiqot Ozod Şarafiddinovning “Zamon-qalb-poeziya” kitobi bilan birga özbek adabiyotşunosligi eʼtiborini badiiy ijodning özak masalalariga qaratdi, desam, balki nokamtarlik bölmas…
Adabiyotşunoslik yönalişidagi kitoblar odatda katta nusxada çop etilmaydi. “Hamid Olimjonning poetik mahorati” (1964) degan ilk kitobim ham “Fan” naşriyotida katta tirajda çop etilgan emas. Bu kitobdan keyin uzoq vaqtgaça ilmiy xodim sifatida Til va adabiyot institutidagi jamoaviy tadqiqotlarning maydonga kelişida qatnaşib, yangi özbek adabiyotining şakllaniş va rivojlaniş tarixiga bağişlangan köp jildlik kitoblarning yaratilişiga ozmi-köpmi hissa qöşdim. Moskvada naşr etilgan olti jildlik “Köp millatli sovet adabiyoti tarixi”ning özbek adabiyotiga bağişlangan qismlarini yozgan Izzat Sultonov, Yusuf Sultonov singari mualliflar orasida mening ham nomim bor.
70-yillarda institutda atoqli özbek yozuvçilarining Töla asarlar töplamlarini naşrga tayyorlaş işlari boşlandi. Hamzaning 6 jildlik, Hamid Olimjonning 10 jildlik, Ğafur Ğulomning 12 jildlik töla asarlar töplamining yuzaga kelişida iştirok etdim. Ayniqsa, Oybekning 20 jildlik “Mukammal asarlar töplami”ning yaratilişida faol qatnaşganim bilan ğururlanib yuraman. Zero, şu jarayonda Oybekning badiiy olami bilan oşno böliş, uni uluğ adib va uluğ inson sifatida kaşf etiş, uning ölmas asarlari tarovati bilan yaşaşning özi ham adabiyotşunos uçun katta baxt ekanligini sezdim.
Biz adabiyotşunoslar, 70-yillargaça yozuvçilar ijodini ular şaxsidan, ularning hayotiy tajribalaridan ajratgan holda örganib kelganmiz. Bu, şubhasiz, yozuvçilar ijodini bir tomonlama örganişga sababçi bölgan. 70-yillarda Özbekistonda ham “Ajoyib kişilar hayoti” turkumidagi özbek yozuvçilariga bağişlangan kitoblarning yaratila boşlaşi adabiyotşunoslikda yangi, biografik yönalişning yuzaga kelişiga sabab böldi.
Maʼlumki, Yevropa mamlakatlarida şu uslubda yozilgan asarlar katta nusxalarda naşr qilib kelinadi. Fransuz Andre Moruaning Balzak, Gyugo, Stendal va boşqa maşhur kişilarga bağişlangan biografik romanlari xuddi badiiy asardek sevib öqiladi. Men ham özbek yozuvçilari hayotini örganiş jarayonida şunday asarlar yoziş mumkinligini sezdim. Çölpon, Söfizoda, Oybek, Hamid Olimjon, Şayxzoda, Mirtemir, Usmon Nosirga bağişlangan maʼrifiy-biografik roman va qissalarim özbek adabiyotida şu janrning şakllanişi yölidagi dastlabki qadamlardan böldi. Öylaymanki, hali bu janrning kelajagi yorqin.
Afsuski, özbek yozuvçilarida kundalik tutiş, biror asar yoki uçraşuvdan olgan taassurotlarini jilla qursa özi uçun yozib qoldiriş madaniyati şakllanmagan. Zamondoşlarning marhum yozuvçilar töğrisidagi xotiralarida yolğon va taxminiy gaplar köp. Aksar xotiranavislar xotirlanayotgan yozuvçiga aytgan dono sözlarini, körsatgan muruvvatlarini tarix uçun yozib qoldirişnigina öylamoqdalar. Arxivlardagi ahvol ham açinarli. Bu hol kelajakda yozilajak biografik roman mualliflari oldida katta qiyinçiliklarni tuğdirişi turgan gap.
Sovet davrida insoniyat tarixida şu vaqtgaça röy bermagan voqealar sodir etildi. Öz xalqining erkin yaşaşini, vatanining ozod va mustaqil bölişini istagan xalqlarning peşqadam farzandlari “millatçilar” deb ataldi. “Işçi”, “haşarçi”, “ketmonçi” singari bu beozor sözning rangi-röyi şu qadar özgartirildiki, “millatçi” deganda boşqa millatni tan olmaydigan, boşqa millatga mansub kişilarning oğizlaridagi luqmayi halolni ham olib qöyadigan kimsalar tuşunila boşlandi. Keyinçalik ular manglayiga “xalq duşmani” tamğasi bosildi, söng otib taşlandi, nihoyat, asarlarini öqiş, nomlarini tilga oliş tamomila taʼqiqlandi. Şu tarzda XX asr özbek adabiyotining buyuk namoyandalari Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Çölpon kabi yozuvçilar ijodi özbek adabiyoti tarixidan çiqarib taşlandi, asarlarining naşr etilişiga ruxsat berilmadi. Dastlab Behbudiy bilan Qodiriyning, keyin Fitrat bilan Çölponning ijodkor sifatida oqlanişi uçun qançadan-qança nayzalarni sindiriş, qançadan-qança majlislar, bahs va munozaralar qiliş lozim böldi. Ajablanarli tomoni şundaki, bu buyuk jabrdiydalarning oqlanişiga Moskvadagi mafkuraçilar emas, özimizdagi nonkörlar tiş-tirnoqlari bilan qarşilik körsatişdi. Töğri, ularning orqasida suyanç toğlari bor edi. Lekin ular bu toğlarning nuray boşlaganini, ularni ortiq himoya qiliş kuçiga ega emasligini sezişmadi…
Xullas, Çölpon va Fitrat yozuvçi sifatida oqlanib, adabiyotimizning muhtaşam binosi peştoqida Adolat va Haqiqat bayroği hilpiray boşladi. Çölpon va Fitratning gulxanlarda kuymay, anhorlarga taşlanmay, yerga kömilmay qolgan asarlarini naşr etişga kirişildi. Ular hayoti va ijodini örganiş işlari ham yurişib ketdi. Kamina şu muborak işda Ozod Şarafiddinov, Ahmad Aliyev, Begali Qosimov, Şerali Turdiyev, Erik Karimov singari fidoyi olimlar safida bölganligim bilan faxrlanaman.
Afsuski, bu uluğ yozuvçilarning boşiga yetgan kişilar hali ham tavba-tazarru qilişmagan ekan. 80-yillar örtasida Til va adabiyot institutida tayyorlana boşlangan köp jildlik “XX asr özbek adabiyoti tarixi”ni yaratiş jarayonida Fitrat va Çölponni hali ham millatçilik va aksilinqilobçilik ruhida yozilgan asarlar muallifi sifatida talqin qilişdan çarçamagan Domlaga qarşi çiqişga, bunday ruhdagi “ilmiy asarlar” davri ötganligini aytişga, uning hali ham sinmagan şaştini qaytarişga töğri keldi. Hatto markazkomdagi rahbarlar ham mazkur “Tarix”ning 1-jildiga Domla tomonidan yozilgan, bosmaxonaga topşirilgan va terilgan bobni “brak” qilişga majbur böldilar. Şu bobning tamomila qayta yozilgan va “Tarix”ning 1-jildida eʼlon qilingan nusxasi hozirgi kunda mutlaqo yaroqsizdir.
Bunday “almisoqdan qolgan” gaplarni eslaşimning boisi şundaki, tarix öqtin-öqtin takrorlanib turadi. Har bir xatodan saboq oliş, şunday xatoning takrorlanişiga yöl qöymaslik lozim. Biz sovet davrida haq gapni aytişdan hayiqib qolgan kişilarmiz. Şunday “fazilat”imiz ozgina oftob tegişi bilanoq yana yam-yaşil barglar yozişi heç gap emas. Yozuvçi ijodini, uning asarlarini baholaşda subyektiv mezonlarning davri ötgan. Hozir biror adabiyotşunos yoki tanqidçi ğayrli maqsadda biror yozuvçi ijodini, biror asarni çippakka çiqarişi, yoki kimgadir (avvalo yozuvçiga) yoqiş istagida biror asarni osmoni falakka kötarişi mumkin. Lekin bu bilan örtamiyona kitob durdona asarga aylanib qolmaganidek, “oq kaltak-kök kaltak” qilingan asar ham dami çiqqan koptokdek bujmayib qolmaydi.
Adabiy tanqid va adabiyotşunoslikning adabiy jarayonga halol va xolisona munosabati adabiy iqlimning mötadil bölişiga yordam beradi. Adabiy iqlim qançalik mötadil bölsa, şoir va yozuvçilar şunçalik ijod zavqi bilan yaşab, dillariga tugib yurgan asarlarini yozişga özlarida kuç va rağbat topadilar.
Baʼzan şunday böladiki, ijtimoiy-siyosiy davr adabiy iqlimni yamlab-yutib yuboradi. Şunday muhitda faqat buyuk isteʼdod egasigina davr va muhitning betonlangan zaminini teşib-yorib çiqişi mumkin. Ötgan asrning 50-60-yillarida Qirğizistondagi adabiy-ijtimoiy muhitni yengib çiqiş Çingiz Aytmatovga oson bölmagan. Kökragida oltin yulduz yaraqlab turgan Ali Töqomboyevga öxşagan kimsalar uni majaqlab taşlaşga qançalik harakat qilmasinlar, Çingiz Aytmatov ularning qadr-qimmatini yöqotgan toğ-toğ asarlari orasidan yorib çiqibgina qolmay, Örta Osiyo hududlaridan çetda jilva berib ulgurmagan qirğiz adabiyotini dunyo miqyosiga olib çiqdi. Uning asarlari insoniyatning fikrlaş tarzini, dunyoqaraşini, badiiy ijodga bölgan munosabatini keskin özgartirib yubordi. Qariyb şunga öxşaş işni ötgan asrning 20-yillarida Çölpon erktalab şeʼrlari va Abdulla Qodiriy “Ötgan kunlar” romani bilan, 40-yillarda Ğafur Ğulom “Sen yetim emassan”, “Soğiniş”, “Vaqt” şeʼrlari va Oybek “Navoiy” romani bilan, 60-yillarda esa Erkin Vohidov va Abdulla Oripov özbek şeʼriyatiga yangi ruh olib kirgan asarlari bilan amalga oşirgan edilar. Bu şeʼrlarni öqigan kişilarda ham, jamiyatda ham silkiniş röy bergan. Adabiyot jamiyatga taʼsir qiliş kuçini yana bir bor namoyiş qilgan.
Lekin tabiatning bahor faslida kiygan gözal libosi kuz sovuği boşlanişi bilan tözib-uvada bölib ketganidek, davr şamollari jamiyat va kişilar hayotini bezab turgan narsalarni ham sovurib-tözdirib yuborişi mumkin.
Tabiat avvaldan programmalaştirilgan, koinotda hukm surgan va hukm surayotgan,  koinotni idora etgan va idora etayotgan ilohiy qonunlar asosida yangilanib turadi. Afsuski, jamiyatdagi yangilaniş ijtimoiy qudratli kuçlarning tarix sahnasiga kelişi va şu kuçlarning vaqti-vaqti bilan yangilanib turişi asosida keçadi. Jamiyatning bunday yangilanib turişida, afsuski, adabiyot-yozuvçi-badiiy asardan iborat uçlik şu vaqtgaça hal qiluvçi rolni öynamagan va bundan keyin ham öynaşi qiyin. Zero, adabiyot-yozuvçi-badiiy asarning vazifasi mutlaqo boşqa. U asosan inson tuyğulariga, inson qalbiga taʼsir körsatadi. Tabiat manzaralarining rangin tasviri kitobxonning parişon xayollarini bir nuqtaga jamlab, uning hissiyot olamiga sokinlik, tiniqlik, gözallik bağişlaydi. Har bir satridan, har bir taşbehidan bayramona, tantanavor sadolar jaranglab turgan asarlar kitobxon qalbida tantanavor kayfiyatni hosil qiladi. Şoir yoki yozuvçi dilidan oqib tuşgan musibat ohanglari esa kitobxonning ruhiy olamiga hazin va öksik tuyğular bölib quyuladi.
Endi özbek şeʼriyatining gözal namunalaridan biri  bölmiş quyidagi satrlarga eʼtibor bering:

Uluğ Turkistonim, oltin dalalar,
Oftob soçqi soçar boş uzra balqib.
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.

Navoiy baytiga öxşaydi yöllar,
Bu toşlar Hamzaning qotili, hayhot.
Nahotki, umrbod örtasa öylar,
Umrbod janjirband etsa xotirot?!

Zanjirbandman, ona tilim, Ona Sözingga,
Fano vodiysida kimman? Bilarman.
Men seni yozarman öyib közimga.

Yöllarimni yöllaringga ularman,
Boşimni qöyarman sening izingga,
Men ğarib bandangman, Bir Söz tilarman.

“Ona tilim” deb atalgan bu sonetni öqigan kişi özbek tilining sovet davrida baynalmilal tillar orasida qisilib-qimtinib yaşaganini köz oldiga keltirsa ajab emas. Ona tilining şu ayançli qismatidan iztirob çekkan lirik qahramon ruhida gurlagan böron kitobxonning ham qalbiga çang soladi, unda lirik qahramonga darddoşlik tuyğulari çappor ura boşlaydi. Lirik qahramonning: “Men seni yozarman öyib közimga”, “Boşimni qöyarman sening izingga”, degan nidosi uning qalbida aks-sado beradi. Agar boyagi peyzaj-şeʼrlar, bayramona tantanavor manzumalar kitobxonda faqat his-tuyğular tölqinini uyğotsa, bu şeʼr uning aql-zakovatiga ham taʼsir körsatib, uning fikrlaş tarziga, dunyoqaraşiga öz muhrini bosadi. Ötgan asrning 80-yillarida özbek tilining mavqeini oşiriş, davlat tili sifatidagi maqomini tiklaş yölidagi harakat, maʼlum maʼnoda, şunday şeʼrlardan ruh va kuç olgan.
Çamasi, men “Adib xonadonida” degan ruknning qonun-qoidalaridan ança çetga çiqib ketdim. Odatda bu ruknning mezbonlari jurnalxonlarni million-million nusxada bosilib çiqqan jild-jild kitoblari bilan taniştiradilar. Men şu masalada kitoblari jahon xalqlarining köpgina tillarida millionlab nusxada çop etilgan Xudoyberdi Töxtaboyev singari döstlarim bilan bahslaşa olmayman. Kitoblarim qançaligini aniq bilmayman. Har holda kitob va risolalarim, darslik va öquv qöllanmalarim hammasi yiğilib, 25-30 dan oşsa kerak. Bu kitob va risolalarimning adadi köp bölmasa ham, oliy öquv yurti va taʼlim maktablari uçun hamkasblarim bilan hamkorlikda yozgan darslik va öquv qöllanmalarim bir neça marta qayta naşr qilingan, şuning uçun ular adadi, balki, oz emasdir. Maqolalarim soni esa mingga yaqinlaşib boradi. Lekin gap sonda emas, sifatda ekanligini hurmatli jurnalxonlar yaxşi bilişadi.
Oilam katta emas. Ikki öğil, ikki kelin, beş nabira. Ularning birortasi mening yölimdan ketmagan. Nabiralarda ham adabiyotga, ijtimoiy-gumanitar fanlarga mehr borligiga şubha bilan qarayman. Mayli, ular qaysi sohani tanlaşsa ham omon bölişsin, tanlagan sohalari özlari uçun ham, elimiz uçun ham naf va yoruğlik keltirsin.
Bizning avlod nekbinlik ruhida tarbiya topgani uçun biz kelajakka katta umidlar boğlagan edik. Boşlangan XXI asrning tinçlik, texnik taraqqiyot va yangi madaniy yuksaliş asri bölişiga, albatta, umidvormiz. Ammo yangi asrning 10-yillarida röy bergan va röy berayotgan tabiiy kataklizmlar, uruş va janjallar, qirğinlar bu asrning XX  asrdan ham dahşatli keçişi mumkinligidan darak bermoqda. Hozirning özidayoq içimlik suvi va tabiiy oziq zahiralarining tugab  qolişigina emas, dunyoga hukmronlik qilişga daʼvogar davlatlarning çeksiz-çegarasiz istak va xohişlari ham yer sayyorasidagi hayot katta xavf ostida ekanini ayon qilib turibdi. 1945-yilda boşi yançilgan faşizm sekin-asta Yevropaning qariyb barça mamlakatlarida, şu jumladan, ayrim sobiq sovet respublikalarida ham tirilib, kimlarningdir madadida mintaqadagi sokin hayotni izdan çiqarişga şay bölib turibdi. Şunday tarixiy-ijtimoiy şaroitda insoniyat huşyorlikni boy bermasligi, uruşdan keyingi davrda Tinçlik bayroği ostida birlaşib, eşik orqasida turgan Uruş şarpasini quvlab-haydab çiqarganini eslasa, ayni muddao bölurdi. Bobolarimiz: “Dunyo tinç – yurt tinç”, deb bekorga aytişmagan, axir.
Bizning xalqimiz tinç va xotirjam hayotning qadriga yetadigan, mamlakatimiz osmoni bulutsiz bölgani uçun Yurtboşimizni duo qilişdan çarçamaydigan xalq. Lekin beş qöl baravar emas. Yaqin-yaqingaça axloq-odob tarbiyasiga katta eʼtibor berib kelgan xalq ham, jamiyat ham hozir boşqa muhim masalalar bilan bandmikan, har holda yoşlarni Şarq xalqlariga xos ota-onaga hurmat, beva-beçoralarga şafqat, şaxsiy manfaatdan jamiyat manfaatini ustun qöyiş, maʼnaviy qadriyatlarni asraş va qadrlaş singari fazilatlar ruhida tarbiyalaşga kam eʼtibor berayotgandek tuyuladi. Töy va aza marosimlari munosabati bilan ötkazilayotgan amri-maʼruflarda ham axloq va odob masalalaridan köra boşqa masalalar  ustuvorlik qilmoqda. Yoşlar tarbiyasiga halol xizmat qilib kelgan adabiyot faniga ajratilgan soatlar esa qisqarib bormoqda…
Biz bu sözlar bilan ginaxonlik qilmoqçi emasmiz. Murodimiz bölak. Modomiki, badiiy adabiyot xalqning maʼnaviy va ruhiy hayotida hali ham katta mavqega ega ekan, uning kuçini, Abdulla Qahhor ifodasi bilan aytganda, ötin yorişga emas, xalq, ayniqsa, yoşlar ruhiy va maʼnaviy olamining boy, toza, körkam bölişiga qaratiş taqozo etiladi. Agar mamlakatimizda naşr etilayotgan köp sonli özbek va rus tillaridagi bozorgir gazeta va jurnallarga közingiz tuşib qolsa, allaqanday taniş va notaniş artistlarning kim bilan ajraşib, hozir kim bilan don olişib yurgani bormi,  qaysi markali maşinasini sotib, endi qanday rangli maşinada uçib yurayotgani bormi, köylagiyu lozimi, içayotgan çoyiyu yeyayotgan ovqati bormi, hammasini yozişadi. Va yoşlar şunday gazeta va jurnallarni pulga sotib olib, muk tuşib öqişadi. Bu naşrlar yoşlar tarbiyasiga qançalik zarar keltirayotganini öylab körayapmizmi? Yoki televizorning qaysi kanalini buramang, otiş, öldiriş, zörlaş yoki banklarni ömarişni körasiz. “Navoiy” yoki “Uluğbek xazinasi” singari romanlarni öqiş örniga şunday filmlarni körayotgan yoşlarning tarbiyasi qanday şakllanişi mumkin?!.
Bu gaplar faqat meni emas, köpçilikni ham bezovta qilayotganini yaxşi bilaman. Yana şuni ham bilamanki, şu haqda qançalik gapirmaylik, biror özgariş bölayotgani sezilmay turipti. Xususiy kinostudiyalar çaynalgan mavzularga bağişlangan filmlarini çiqarişda, televideniyedagilar sayoz va baçkana film hamda spektakllarni namoyiş etişda, bozorgir naşrlar yoşlarning qiziqiş doiralarini çakana masalalarga yönaltirişda, Rossiya telekanallari esa öğirlik, xunrezlik, zöravonlikni tarğib qiluvçi filmlari bilan neonatsizm “ğoya”larining yoyilişiga hissa qöşmoqdalar.
Agar şunday “madaniy” muhit davom etaversa, Navoiy va Bobur, Balzak va Tolstoy asarlarini öqiydigan, “Şoh Edip” va “Otello” spektakllarini, “Uruş va tinçlik” hamda “Tazarru” filmlarini körib, tafakkuri oşadigan tomoşabinlar qolarmikan?!.
Bir zamonlar rus adibi F.M.Dostoyevskiy Rossiyaning halokat yoqasiga kelib qolganini sezib: “Dunyoni gözallik qutqaradi”, degan edi. U “gözallik” deganda adabiyot va sanʼatni ham, insonlardagi gözal fazilatlarni ham nazarda tutgan. Agar şu fikr haqiqat zarralaridan xoli bölmasa, dunyoni balo-qazolardan saqlab qoluvçi qudratli kuçlardan, najotkorlardan biri badiiy adabiyotdir, iymoni but adiblarning Yonar sözlari, Sehrli sözlaridir.
Men yozuvçilarning, “Yoşlik” jurnali mualliflarining şu sözlarni yodda tutişlarini istar edim.
 

Naim Karimov  
1932-yili tuğilgan. ToşDUning (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida xizmat qilib kelmoqda. Olim önlab kitoblar, yuzlab maqolalar muallifi. Beruniy mukofoti laureati, Özbekiston Respublikasi fan arbobi.
Mustamlakaçilik davri qurbonlari xotirasini abadiylaştiriş yölidagi xizmati uçun “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor bölgan.    

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)