(Fantastik hikoya)
Osmonda likopçasimon ğaroyib uçar jism paydo böldi. Lekin buni heç kim payqamadi. U bir körinib, bir körinmay pastlay boşladi. Zum ötmay, paxta dalasidan ança uzoqda, kimsasiz qirlar ortida ğoyib böldi.
Uçar likopça ötlari suvsizlikdan qovjiragan maydonga qöndi. Bu texnik qurilma körinişidan öta mustahkam maʼdandan işlangan bölib, birorta tirqişi körinmasdi. Nogahon qobiği quyoş nurida erib ketayotgandek böldi. Undan yaltiroq kumuşrang kiyimdagi pakana odam baliq singari suzib çiqdi. Oyoği yerga tekkaç, atrofga alangladi. Kuz quyoşi qizdirayotgan daştda heç kas körinmadi. U yengil odimlab röparadagi qirtepaga kötarila boşladi. Yöl-yölakay qovjiragan öt-ölanlarga egilib qölini tekkizib bordi. Qip-qizil mevalari qoqi bölib qolgan kovul oldida uzoqroq töxtadi. Uni suvsiz qir-adirda yayrab palak otgan ösimlik hayratga soldi. Kaftidan kovulning yaşil poyasiga ipakdek nozik nur yubordi. Nur qaytganda ajablandi: “Kovulning tomiri roppa-rosa ön beş quloç yer ostiga kirib boribdi. Bu nozik ösimlik qanday qilib şunçalik çuqur namlikka yetib bordi?”.
U bir zum şularni öyladi. Qölida kumuşrang igna paydo böldi. Egilib, uni kovul bargiga sançdi. Diqqat bilan bilagidagi moslamaning monitoriga tikildi va hayratdan közlari katta-katta oçildi. Monitorda kovul poyasi, mevasi, tomiri tarkibidagi birikmalarning uzundan-uzoq röyxati köringandi. Pakana odam kovulning uşbu sayyora aholisida uçraydigan nafas qisişi, oşqozon, jigar xastaliklariga davoligini tuşundi. Oğriq qoldiriş, gijja haydaş, yaralarni bitirişda foydalansa bölarkan!
“Hali bu ösimlikning sirlari oçilmagan, – degan xulosaga keldi u. – Kovul sayyoradagi ğaroyibotlardan biri! Töğri, u bundan avval Yerning Şarq qismida qizil kedr daraxti ignabarglarida kuçli antibiotik borligini aniqladi. Hindistonda yomğir yoğişidan darak beruvçi, Gruziyada yer ostida gullaydigan ösimliklarni ham uçratdi. Lekin suvsiz qirda ösgan kovul bu sayyora odamlari uçun tabibi ğaybning özginasi! Ajab, ular qanday odamlar?”
Pakana savoliga javob izlab uzoqdagi paxta dalasiga qaradi.
* * *
Paxta terimi ayni qizigan paytlar edi. Kun tikka kelgan. Dala şiyponida Ergaş bilan Zulxumordan boşqa heç kim qolmadi. Işçilar ovqatlanib, katta paykalning etagiga tuşib ketişdi. Ayollar fermer xöjaligi ajratgan avtobusda markazlaştirilgan boğçaga jönaşdi.
Zulxumor radiodan berilib qöşiq eşitardi. Yoniga Ergaş kelib ötirdi. Beixtiyor harakat bilan döppisini töğirlagan böldi-da, Zulxumorning qölini uşladi.
– Jim! – deya qiz qölini tortdi. – Jim! Eşiting, Botir Zokirov aşula aytyapti. Biram yaxşi köraman!
Zulxumor aşula ohangiga mos tebrana boşladi.
– Kimni? – qizni gapga solmoqçi böldi Ergaş.
– Botir Zokirovni-da… aşulasini.
– Meni-çi? – Ergaşning quyoşda qoraygan baquvvat qöllari qizni ikki örim soçlariga tegajoqlik qila boşladi.
– Men boşqaça yaxşi körişni aytyapman, – labini burdi qiz. – Tavba, qöşiq eşitasizmi, yöqmi? Sizniyam bolalik ayollarga qöşib jönatiş keragidi.
Zulxumor özining hazilidan zavqlanib kulib qöydi.
– Hali vaqtliroq-da, – oğzining tanobi qoçib dedi yigit. – Keyin… siz bilan birga körib kelaveraman.
Zulxumor gapidan puşaymon böldi. Yuzi lov- lov yonib, örnidan turdi. Devorda osiğliq radioning ovozini kötardi. Xonanda yuraklarni sel qilib kuylardi: intizor oşiq yorini zor-zor bölib çorlayapti. Unga çamanlarni, kuylayotgan bulbullarni hadya etadi. Ergaş ham borgan sari qudrati ortib borayotgan sohir ovozga quloq tutdi…
Şu payt bexosdan radio öçdi. Zulxumor alam bilan simni tortqiladi.
– Voy, qurib ketgur-yey, – kuyinib tipirçilardi qiz. – Qarang, Ergaş aka, bunga bir balo böldi. Eng yaxşi körgan qöşiğimidi-ya!
Ergaş zavqlanib Zulxumorga tikilib turganida radiodan asabga teguvçi çiyillagan, ğörillagan ovozlar eşitildi. Şovqin tingaç, kimdir ularning ismlarini aytib çaqirdi:
“Ergaş! Zulxumor! Bizni eşityapsizlarmi?”
– Voy! – çöçib tuşdi Zulxumor. – Bu nimasi, Ergaş aka, eşitdingizmi?
– Eşitdim, – ajablandi Ergaş ham.
Radiodan yana boyagi tovuş eşitildi:
“Ergaş! Zulxumor! Bizni eşityapsizlarmi? Javob bering!”
Bu ğayritabiiy holatdan Zulxumorning tomoği qaqrab qoldi. Atrofga alanglab heç kim yöqligiga işonç hosil qilgaç, hayrati ortib, Ergaşning yelkasiga suyandi. Bundan dadillangan yigit atrofga alanglab qaradi-da:
– Eşityapmiz, – dedi sekin. Keyin oşxonaga kirib bir piyola suv olib çiqdi.
“Yaxşi! – dörilladi boyagi ovoz. – Qörqmanglar, biz hozir siz-z-ning huzuringizga boramiz”.
– Siz kimsiz özi?! – Zulxumorni söriga yetaklayotgan Ergaş yana atrofga alangladi.
Şu lahzada şiypon oldida past böylik, buğdoyrang yuzli odam paydo böldi. Uni körib Ergaşni eti junjikib ketdi. Pakananing boşida bir tola ham soç yöq. Bir juft qop-qora közlari silliq yuzining roppa-rosa yarmini egallagan. Qattiq qimtilgan ingiçka lablari nax quloğigaça yetadi. Egnidagi yaltiroq kumuşrang, uçuvçilarnikiga öxşaş kiyimi dalaning yengil şabadasida sirli şatirlaydi.
– Qörqmang, biz Kavsar sayyorasidan uçib kel-gan-mizz. Biz özga sayyoralik mehmon! – Uning dörillagan ovozi eşitildi.
Orqasini ögirib ötirgan Zulxumor ovoz kelgan tomonga yalt etib qaradi. Qaradi-yu, şu zahoti Ergaşning suv tutib turgan qöliga yopişib oldi. Paxta gulli piyoladagi suvning yarmi yerga tökildi. Ergaş suvning qolganini Zulxumorga içirdi.
– Kim bu, qörqyapman?! Jon Ergaş aka, yuring, tezroq dam oliş xonasiga kirib qulflab olamiz!
U Ergaşga iltijoli termuldi. Zulxumorning mohvaş çehrasiga qarab yigitning mehri jöşdi. Bilinar-bilinmas titrayotgan qölini boşiga qöyib, soçlarini siladi:
– Qörqmang, Zulxumor, men yoningizdaman!
Ergaş oldinga ötib Zulxumorni pana qildi.
– Hoy, rostingizni ayting, kimsiz özi? “Biz- biz” deysiz. Bir – özingiz-ku, u yerda?.
Ergaş qizni pana qilganini körib Pakana kuldi. Beöxşov lablari orasidagi mayda tişlari yaltirab ketdi.
– Biz Kavsar sayyorasidan, özga sayyoralik, – javobini qaytardi. – Markaz elçisi men bilan birga. – U qölidagi qutiçaning yonib-öçayotgan qizil tugmaçasiga işora qildi.
– Xöp, sizga nima kerak? – Ergaş yangi ungan maysadek mayin möylovini qişloq yigitlariga xos bir harakat bilan silab qöydi.
Pakananing ovozi radiodan eşitilayotganini endi payqadi. Gapirayotganida lablari qimirlamasdi. Ayrim sözlarni juda tez talaffuz qilar, baʼzan nimagadir tutilib qolardi. U quyoş nuri aks etib yaltirayotgan kiyimini şildiratib bir-ikki qadam oldinga yurdi.
– Töxtang! Zulxumor qörqyapti, – dedi öjarlik bilan Ergaş.
– Yaxx-şşi! – U joyida töxtadi. – Savolingizga javob bera-mann. Bizz Markazz topşiriği bilan Yer sayyorasini örganamizz. Paxta ösimligi. Fermer-rlarr haqida maʼlumot töplaymizz.
– Unda, fermerga uçraşing-da, oldin.
– Sizlar bilan suhbatlaşamizz. – Pakananing labida tabassumga öxşaş bir ifoda jilva qildi.
– Mayli! – Ergaşniyam dangalçiligi tutdi. – Muxbirga öxşab savol berasiz-da? Mana, Zulxumor eng zör terimçi! Biz hozirça, oddiy suvçi… Sörayvering, bexijolat… Xafa bölmang-u, savol-javobni tezroq bitirsak, aka. Şu desangiz, tuşunasiz-ku, Zulxumorxonga bir-ikki oğiz gapim boridi. Hozir ayollar kelib qolişadi…
Pakananing lablarida yana tabassum paydo böldi:
– Yax-şi körasiz?
– Ha-da, – jilmaydi yigit.
– Istaysizmi, bir zumda töy böladi?
– Yöq! – xitob qildi şu paytgaça ters ögirilib jim ötirgan Zulxumor. – Qiziq odam ekansiz, unaqasi bölmaydi.
– Bizda hammasi tez bajarilad-di, – dona-dona qilib dörilladi Pakana.
– Bizda undaymas, – sekin piçirladi qiz.
Pakananing gapi Ergaşga maʼqul tuşgandek bölgandi. Jilmayib ham qöydi. Lekin Zulxumorning eʼtirozi öylantirdi: “Bu özga sayyoralikka işonib böladimi! Şundayam Zulxumor bilan munosabatlari binoyidek. Bu odam oralarini buzib qöyişi heç gap emas.” Hammasini taroziga solib, Ergaş şunday xulosaga keldi.
– Ha, – deya Zulxumorning gapini tasdiqladi. – U yoğini özimizga qöyib bering, aka.
Pakana jim bölib qoldi. Çamasi, u Markaz bilan boğlandi.
– Paxta ter-yap-siz? – dedi keyin.
– Ha-da! – “Şuniyam söraydi-ya” degandek yigitning ensasi qotdi.
– Qa-çon tu-gay-di?
– Kuzning oxirlarida. Ob-havo yaxşi bölsa, harakat qilyapmiz.
– Istaysizmi, bir zum-da te-rib olasiz?
Ergaş Pakanaga ajablanib qaradi. Döppisini qiyşaytirib boşini qaşib turdi-da, “Qaniydi!“ dedi.
Pakana şu zahoti qölidagi qutiçaning tugmasini bosdi. Köz oçib yumgunça paxta ortilgan önlab telejkalar dala yöliga tizildi. Ergaşning huşi boşidan uçdi. Uç-tört qadam oldinga yurib, ön olti gektarlik paykalga qaradi. Hozirgina oppoq çanoqlar bodroqday tizilgan ğöza tuplari şip-şiydam bölib qorayib qolgandi. Yigitning tiliga kalima kelmasdi. Zulxumorni oldiga qaytib, sekin yelkasidan uşladi:
– Qarang!
Zulxumor hammasini körgan va ajablanib yoqasini uşlab turardi. Ergaşga munis nigoh bilan boqdi:
– Yöq, bunaqasi ketmaydi! – dedi jiddiy.
Ergaş ham Pakanaga qarab “yöq” işorasini qildi.
– Nima uç-çun? – ajablandi Pakana.
– Bunaqasi qiziğamas, aka, – dedi Ergaş. – Özimiz tervolamiz, örganib qolganmiz. – Yana bir oz taraddudlanib turdi-da, qöşib qöydi: – Ikki oy bekor qolamiz-ku? …Terim tugasa Zulxumorni ayasi dalaga çiqarmaydi, – Ergaş hazilga ötdi.
– Xa-xa-xa-xa! – Pakana dörillab kuldi.
U bir oz “xa-xa-xa”lab turdi. Keyin qölidagi qutiçaning tugmasini yana bir marta bosdi. Şu zahoti şiypon qarşisidagi paxta ortilgan telejkalar közdan yöqoldi. Röparadagi paxtazor oppoq çanoqlarga burkandi.
– Iş bunaqa böpti, – dedi Ergaş köngli joyiga tuşib. Keyin söriga, Zulxumorning yoniga ötirdi. – Keling, aka, bir piyola çoy quyib beraman. Ana undan keyin savolingizni beraverasiz.
Pakana beöxşov boşini sarak-sarak qildi:
– Maʼlumot yetarli. Markaz tas-diq-la-di! Siz-z şunday odam-mlar-ki!..
– Qanday?
Ergaşning gapi oğzida qoldi, Pakana yerga kirdimi yoki osmonga uçdimi – birdan ğoyib böldi.
Ergaş şiypondan yugurib çiqib, atrofga alangladi. Asfaltlangan maydonga yoyib qöyilgan paxta quyoş nurlarida közni olib tovlanadi. Radiodan Botir Zokirovning sehrli ovozi taralmoqda… “Boğimga noz ila yor kel, quvnoq ovoz ila yor kel…”. Ergaş şiypon tomonga ögirildi. Zulxumor berilib qöşiq tinglardi.
U sekin qiz tomonga yurdi.
* * *
Pakana yana özi bargiga igna sançib ketgan kovul oldida paydo böldi. Ignadan bilagidagi qabul qiliş moslamasiga hamon axborot oqimi quyilib kelardi. Bu axborotda kovul gulining tarkibidagi darmondorilar, ildizining şarbati odamlarda qon ivişini tezlatişi va yana allaqança omillar bor edi. Ayniqsa, kovuldan saraton kasalligining oldini oliş va davolaşda, inson umrini uzaytirişda foydalaniş mumkinligi uni lol qoldirdi…
Pakana bu axborotlarni sayyora odamlariga yetkazmoqçi edi. Ergaş va Zulxumor bilan uçraşganidan keyin fikridan qaytdi. “Bu sir-sinoatlarni yaqin orada odamlarning özlari yeçişadi“ degan xulosaga keldi.
U kovul bargidagi ignani suğurib oldi. Keyin pastga, uçar likopça tomonga odimladi.
Abdujalol RAHIMOV
“Yoşlik”2012/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


