11 daqiqada öqiladi

383 marta körilgan

Ön beş yoşli hukmdor

Ğulom Karimiy

(Hikoya)

Xuroson hukmdori Şohrux Mirzo otasi sohibqiron Amir Temur vafotidan söng tört yil ötgaç, nihoyat, ğolib sifatida Turon poytaxti Samarqandga qadam qöydi. Amir Temur taxtini, uning vasiyatiga zid ölaroq, özboşimçalik bilan egallagan nevarasi Xalil Sulton Movarounnahrda tört yil hukmronlik qilgan, biroq siyosatdagi noşudligi tufayli, bir neça oy ilgari öz amirlari tarafidan taxtdan ağdarilib, bandi qilingan edi. Şohrux Mirzo laşkar bilan şoşilinç safarga çiqib, Samarqandni egallab, jiyanini tahqirli asirlikdan xalos qilib, şafqatu muruvvat körguzdi. Biroq Movarounnahr aholisining Xalil Sultondan köngli qolgan, u zindonband ekanida suyukli xotini Şodmulk şahar böylab sazoyi qilingan edi. Şohrux öz jiyanining tanazzuli sabablaridan biri uşbu ayol ekanini bilsa-da, Xalil Sultonning yagona iltimosini bajarib, xotinini qaytarişni buyurdi. Xotini bilan diydorlaşgan şahzoda endi toju taxtdan judo bölganidan qayğurmas, yana özini jahondagi eng baxtiyor kimsalardan deb bilardi. Ammo endi  Xalil Sultonning Samarqandda qolişi mumkin emasligi tufayli, Şohrux uni Erondagi Ray şahriga hokim qilib tayinlaş haqida farmon çiqardi. Şahzoda Şodmulkni olib, jahongir bobosi saltanati poytaxti va özi – yanayam aniqroği, özi va suyukli xotini birgalikda – tört yil hukmronlik qilgan muazzam şaharni abadiyan tark etdi.
Endi Samarqand ahli Şohrux Mirzoning öz otasi taxtiga çiqişini sabrsizlik bilan kutar, zero sohibqironning tirik qolgan yagona öğli sifatida u bu şarafga eng haqli kişi hisoblanardi. Biroq Şohruxning boşida boşqa öy-fikrlar ğujğon edi…
Avvalo, u otasi tirikligidayoq Xuroson hukmdori etib tayinlanib, bu ölkaga ança könikdi. Soniyan, Xuroson poytaxti Hirot temuriyzodalarga tobe mulklarning deyarli qoq markazida edi. Boz ustiga, masjidu madrasalar  qurdirib, Xuroson obodonçiligiga katta hissa qöşgan xotini Gavharşodbegim ham saltanat poytaxti aynan Hirot şahri bölişini istardi. Demak, öğillaridan biriga nasib etgusi Samarqand taxti…
Şohrux Mirzo öğillarining yoşlari orasida farq katta bölmasa-da, tönğiç öğli – ön beş yoşli Muhammad Tarağay Uluğbek yaqqol ajralib turardi. Çözinçoq yuzi, qirra burni, hamişa qatʼiyat aks etib turuvçi ötkir nigohi bilan jahongir bobosiga nihoyatda öxşab ketgani tufayligina emas. Kuçli xotirasi,  quvvayi zehni, ilmga mehri, şahzoda bölişiga qaramay, zamonning har bir yirik olimiga şogird tuşişga moyilligi bilan ham.
Otliq jarçilar Samarqandning silliq toş yotqizilgan köçalari böylab farmoni oliyni eʼlon qilişdi: “Bugundan eʼtiboran Movarounnahr hukmdori Muhammad Tarağay Uluğbek Köragondur. Şahzodayi jahon bu ölkani padari buzrukvori, hoqoni said sulton Şohrux Mirzo nomidan boşqaradur”!
                                   
* * *
Qutlovga kelgan Samarqand amirlari, aʼyonlar, ulamoyu fuzaloga ruxsat berilgandan söng, ota-öğil Köksaroydagi Amir Temur xazinasiga tuşişdi. Zarboft çopon kiyib, boşiga yoqutlar qadalgan simobiy salla öragan Şohrux Mirzo tutqiçi fil suyagidan yasalgan aso uşlab olgan, aft-angorida jindek horğinlik sezilardi. Uluğbek bolaligida köp tuşib örgangani tufayli, nimqoronğulikka qaramay, marmar zinalardan çaqqon yurib borardi. Keç tuşa boşlagani uçun, soqçilar xazinaning keng xonalarida maşʼalalar yoqib turişar, ularning yoğdusida xazinabonning oppoq oqargan yuzi va qörquvdan olazarak közlari börtib körinardi.
Uluğbek bolaligida har gal kirganida xazinada yetti iqlimda yasalgan nafis buyumlar, sandiq-sandiq oltin-kumuşlar, qimmatbaho toşlar, hatto u nomini ham bilmaydigan ğaroyib narsalar bölardi. Voajab, hozir xazinaning xonalari böm-böş va öpqon kabi yutaman deb turganini körib, u közlariga işonmasdi. Baʼzi xonalarda hali taşib ketilmagan bir neça sandiqlar turardi. Şohruxning işorasi bilan oçilganda, ular ham böm-böş ekanligini körişdi.
Sohibqiron bobosi davrida ham Uluğbek xazinadan köp miqdorda boyliklar çiqarilganini körgan. Odatda, Amir Temur biron muhtaşam imorat qurişga qaror qilganida yoki olis ölkalarga sovğa-salomlar bilan elçilar karvonini jönatganda şunday hol röy berar, lekin sarflangan mablağ örni tezda töldirilardi.
“Xalil oğam Samarqandda biron örtaça imorat ham bunyod qilmadi-ku, – oğriqli öylar xayolidan keçdi Uluğbekning. – U holda marhum bobomning şunday ulkan xazinasini qayga va nimaga sarf etdi ekan?” Biroq şahzoda bu haqda ovoz çiqarib otasidan söraşga jurʼat etmadi. Yetti iqlimdagi eng katta xazinaning şamolga sovurilganini körib, hukmdorning yuziga afsus va açiniş soya taşlaganini u maşʼalalar yoruğida payqagan edi.
Xazinadan qaytib çiqişayotganda oyoq ostida yilt etgan bir narsa Şohrux Mirzoning diqqatini tortdi. U toşga yopişib, ustini tuproq kömayozgan narsani hassasi uçi bilan köçirdi va engaşib qöliga oldi. Bu – bir dirhamlik kumuş tanga ekan. Sulton şohi daströmolini olib, uni tuproqdan tozaladi, tangadagi “Amir Temur Köragon” deya öyib bitilgan yozuvni peşonasiga tekkizib dedi: “Allohga şukrki, mana şu bir dirham tufayli biz jahongir otamiz xazinasidan bahramand böldik”.
                                
* * *
Ota-öğil Köksaroyning bir paytlar Amir Temur uluğ rejalar tuzganida kirib ötirişni sevadigan, devorlariga yetti iqlim ölkalarining xaritalari çizilgan xonada suhbatlaşişar, töğriroği, Şohrux Mirzo Hirotga qaytiş oldidan Movarounnahrda öz noibi sifatida qoldirayotgan öğliga davlatni boşqariş yuzasidan yöl-yöriqlar berar, Uluğbek ularni jon quloği bilan tinglab, ayrim nasihatlarni söngroq takror öqib, mağzini çaqiş uçun oldidagi daftarga tez-tez bitib olardi.
– Közimizning nuri, tönğiç farzandimiz Muhammad Tarağay, – salmoq bilan davom etdi Şohrux Mirzo. – Kalomi şarifda zikr qilinganidek, “Mulk Allohnikidir va Alloh uni xohlagan kişisiga ato etadi”. Karami keng Alloh Movarounnahr yangliğ jannatmonand, otameros yurtimizni bizga ato qildi. Yaratgan Egamning bu lutfu inoyatiga biz raiyatparvarlik hamda oqilona siyosat bilan şukrona keltirmoğimiz lozim. Şundoq ekan, payğambarimiz Muhammad sallallohi alayhi vasallam örnatgan adolatli qonunlarni möminlar orasida joriy etuvçi qozilar qölini şariat hukmlari ijrosida baquvvat tuting. “Hidoya” muallifi Burhonuddin Marğinoniy avlodlariga alohida eʼzoz-ikrom körguzing. Olam obodonligining sababi va odamzod rizqining vositasi bölmiş dehqonlarni zulmu adolatsizlikdan himoya qilib, adlu insof bilan özingizga yaqin eting. Davlat sarhadlari soqçilari va mamlakat himoyaçilari bölmiş laşkarlar toifasini oçiq yuzli va xuşmuomalalik bilan özingizga sodiq va itoatkor qilib, maoşlarini belgilangan vaqtda töla yetkazib turing. Çegaralarga iş körgan, tiriklikning aççiq-çuçugini totgan odamlarni tayinlang. Baʼzi xizmatni taşlab qoçuvçilarga saza berib, qilmişiga yaraşa jazolang. Xullas, barça hollarda payğambarimizning “işning yaxşisi miyonasidir” degan hadisi şarifiga amal qilib, haddan ortiq yoki keragidan oz çora körişdan ehtiyot böling.
Biron bir, boringki, eng xayrli maşğulotga ham, siyosat va davlatni boşqarişdan ziyodaroq vaqt sarflamang. Çunki endi siz katta bir mamlakat hukmdorisiz. Şu yoşingizdayoq qançalab tarixiy asarni mutolaa qilganingiz tufayli, bu sohada sizga dars beriş ortiqça. Biroq ögit tariqasida ikkita misol keltirmoqçiman. Birinçisi şuki – möğul xoni Halokuxon Bağdodni zabt etganida xalifa al-Muʼtasim taxtda ötirgani sizga ayon. Haloku mağlub bölib, asirga tuşgan xalifa xazinasida oltinu kumuş, marvaridu javohirlar xirmon bölib uyulib yotganini körib, taajjub qilibdi. Holbuki, bu mablağga katta laşkarni qurollantirib, duşmanga qarşi jangga solmoq mumkin edi. Köringki, oçköz xalifa hatto özi, toju taxti va mamlakati himoyasi uçun ham yiqqan oltinlarining bir qismini-da, sarf qilmoqni istamagan. Haloku: “Qani köraylik-çi, bu oltinlar seni ölimdan qutqara olarmikin?” – deya, uni öz xazinasiga qamab qöygan. Xalifa oltinlar uyumi orasida oçlikdan tirişib halok bölgan.
Ikkinçi misol esa hozirgi kundan. Mening jiyanim va sizning amakivaççangiz Xalil Sulton padari buzrukvorimiz tirikligidayoq onhazratning safdoşlaridan biri amir Hoji Sayfiddin haramidagi bir kanizakka oşiqi beqaror bölib, uni olib qoçib, beruxsat uylandi. Amirlarga quyuq vaʼdalar berib, Samarqand taxtiga ötirgaç ham, har bir yumuşni mana şu xotini köngliga qarab bajardi. Bu ayolning nazari tuşgan tagi past qullar, ertaklardagidek bir kunda molu mulkining hisobini özi ham bilmaydigan boylarga aylanişdi. Holbuki, Xalil Sulton böydoqligida şijoatli, dovyurak, yovqur bölib, Hindistondagi muhorabada butun laşkar fillardan qörqib sarosimaga tuşganda, oldinga otilib çiqib, eng katta filning xartumiga nayza urib, qöşin ruhini kötargan. Afsuski, filga bas kelgan er yigit bir zoti past ayolning izmiga öz ixtiyorini qöş qöllab topşirdi. Amirlarning Xalil Sultonga sadoqati esa to Samarqand xazinasi tamoman sovurilgunça  davom etdi va voqeaning bu yoği özingizga yaxşi maʼlum.
Siz ham endi taxt sohibi bölgaç, ilmi hayʼat kitoblari mutolaasi-yu, tunlari sayyoralar va yulduzlar harakatini kuzatiş kabi maşğulotlaringizni bir oz çegaralab, – otasi bu sözlarni aytayotganida Uluğbekning yuziga qizillik yugurib, tiyrak közlari çaqnadi, biroq bu uyatdanmi yoki şavqdanmi ekanini Şohrux Mirzo anglayolmay qoldi – diqqat-eʼtiboringizni köproq saltanat yumuşlariga qarating. Töğri, ilmu fanga ixlos – bu oltinga hirs qöyiş yoki husndor ayolning çayon yangliğ zulfiga bandi böliş kabi koyişga sazovor bir iş emas. Biroq siz sultonsiz! Binobarin, saltanat yumuşlaridan boşqa maşğulotlarga keragidan ortiq çalğigan hukmdorning mamlakatida zimdan va oşkora tarzda fitnalar yetilmoğini zinhor esdan çiqarmang. Zero, böş qöyilgan jilovni boşqalar öz qöliga olmoqqa intilur. Saltanat sirlarini çuqur egallamoğingiz va davlatni boşqarişni batamom öz qölingizga oliş iqtidorini kasb etguningizga qadar, otabegingiz amir Şohmalik Samarqandda – sizning huzuringizda qolur. Barça muhim davlat işlarini saltanatimizga şoyon xizmatlari singgan uşbu uluğ amir bilan bamaslahat hal qiling.
                              
* * *
Otasini Buxoroga dovur kuzatib qaytgan Uluğbek Köksaroydagi Amir Temur taxti qöyilgan salomxonaga oşiqmadi. Saroyning devorlariga marmar qoplangan hammomida yuvinib, yengil liboslarni kiygaç, bolalikdan öziga qadrdon bölib qolgan bir xonaga kirdi. Undagi tokçalarga katta-kiçik kitoblar terilgan, xontaxtada taxlam-taxlam aʼlo sifatli Samarqand qoğozlari, dovot va qalamlar qöyilgandi. Bir neça yillik judolikdan söng, nihoyat, ustozi Qozizoda Rumiy bilan xoli suhbatlaşiş imkoni tuğilganidan Samarqandning yangi sultoni nihoyatda masrur edi. Ustoz-şogird quçoqlaşib körişişdi. Uluğbek moş-guruç soqolli, nuroniy yuzli, tunlari engaşib usturlobda osmon jismlarini kuzatiş natijasida qaddi biroz bukinqiragan allomani, unamaganiga qaramay, törga çiqarib ötirğizdi. Qozizoda şogirdiga uzoq umr va saltanatiga rivoj tilab, duoyi fotiha qildi.
– Uşbu xonada sizdan olgan saboqlarim söngra qölimga tuşgan ança murakkab kitoblarni öqib tuşunişimga katta yordam berdi, ustoz, – dedi Uluğbek közaçadagi gulobdan çinni kosaga quyib uzatar ekan. – Endi, janoblariga malol kelmasa, haftada ikki-uç bor öşal saboqlarni davom ettirsak.
Qozizoda taxtga ötirgaç ham, ilm kasb etişga iştiyoqi sönmagan şogirdiga ehtirom va mamnuniyat bilan boqarkan, öz mulohazasini aytdi:
– Kaminangiz ham aslida Rumdan Samarqandga ilm izlab kelgan. Endi örganganlarimni samarqandlik ilm toliblariga – ayniqsa, ularning eng tirişqoğiga – örgatolsam, bu uluğ şahar oldidagi qarzlarimning bir qismini uzgan bölarmidim. Biroq, maşğulotlar davlat işlari bilan şuğullanişingizga xalal bermaydimi?
– Baʼzida şunday hollar yuz bermoğini ehtimoldan soqit qilib bölmas. Mana bugun ham otabegim amir Şohmalik aʼyonu sarkardalarni yiğib, maşvarat ötkazmoq lozimligini aytdi. Siz birla suhbatga oşiqqanim uçun maşvaratni ertaga qoldirdim. Çunki saboqlarim çala qolişini istamasman. Ayniqsa,  ilmi hayʼat sohasida mukammal bilim egallamoqçiman.
– Kamina hozirça faqat nazariy bilimlarni örgata olaman.
– Amaliyotga ham ötamiz, albatta. Ustalar topib, bir neça kuzatuv olotlarini yasattiramiz. Kelajakda esa rasadxona ham bunyod etamiz. Men Maroğa şahridagi alloma Nasriddin Tusiy kuzatuvlar olib borgan rasadxona haqida maʼlumotlar yiğdirdim. Uning hozirda faqat vayronalari qolgan bölsa-da, muhandislar imorati tarhini taqriban asliga mos qilib çizdilar. Albatta, bizning rasadxona Tusiynikining bir takrorigina bölib qolmas. Ilmi hayʼat kitoblari va rasadxonalar haqidagi maʼlumotlarni yiğişda davom etamiz.
Movarounnahrning yirik şaharlarida yangi madrasalar bunyod etamiz. Mamlakatda ilmli odamlar qança köpaysa,  u şunçalik taraqqiy etgusi. Uluğ bobom Temurbek Samarqand madrasalarida tolibi ilmlarga beriladigan tahsil pulini bir neça barobar kötarganlari bejiz emas. Şunda ular heç narsaga zoriqmay, faqat ilm kasb etişga maşğul bölişadi. Xalil oğam özi aşʼor bitişga moyil bölganidan köproq şoirlarga homiylik qildi. Bu ham zarur, albatta. Biroq, biz şunga erişaylikki, ilmga çanqoq yoşlar fanning istalgan sohasi böyiça ilm olişlari uçun Samarqandda barça şart-şaroitlar muhayyo bölsin.
– Sizning sözlaringizni tinglarkanman, tez orada Samarqandda bir neça asr burungi Bağdod va Xorazmdagidek bayt ul-hikma bunyod etilişiga işonçim ortmoqda.
– Könglimdagi eng buyuk orzuimni yanglişmay angladingiz, ustoz. Jahongir bobom davrida Samarqand yer yuzining siyosiy markazi bölgan bölsa, endi uni zamonning ilmiy markaziga aylantiraylik. Çinga borib bölsa-da, ilm izla, demiş donişmandlar. Kelasi yili qiblagohim Çin mamlakatiga elçilar yubormoqçi. Biz özimizning elçilarni ham ularga qöşib jönatamiz. Şu bois, şogirdlaringiz orasidan bir uquvlisini tanlang. Elçilar bilan birga jönab, boşqalar xitoyi ipak va çinni xarid qilişganda, u ilmi hayʼatga doir kitoblarni izlab, puliga qaramay sotib olsin. Xalqlarning dini turliça bölişi mumkin, biroq ilm butun başariyat uçun yagonadir.
Maroqli suhbatdan söng Uluğbek ustozini saroy darvozasigaça kuzatib çiqdi. Qozizoda Rumiy masrur öylarga berilib, uyiga qaytar ekan, jahongir Amir Temur marhum alloma Saʼduddin Taftazoniyni har gal saroy darvozasigaça kuzatib çiqqanini esladi. “Ha, Mirzo Uluğbek sohibqiron Amir Temurga munosib nabira, – könglidan keçdi olimning. – Inşoolloh, uning şuhrati bobosinikidan kam bölmagay. Uluğbek kelgusida bitajak kitoblar Temur laşkari yetmagan mamlakatlarga doği yetib borsa, ne ajab!”

Ğulom KARIMIY – 1962-yilda Buxoro viloyatining Olot tumanidagi Soim Xibrayli qişloğida tavallud topgan. Toşkent davlat Universiteti Şarq fakulteti Eron filologiyasi bölimini tamomlagan (1987). Afğonistonda harbiy tarjimon bölib işlagan. Ayni paytda Özbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutida katta ilmiy xodim lavozimida mehnat qilmoqda. “Karvon” (1988), “Turon qoploni” (1988), “Sohibqiron va alloma” (2002) tarixiy qissalari, “Narşax qalʼasi” (2011) tarixiy romani çop etilgan.
Şuningdek, olimning manbaşunoslikka oid 10 ga yaqin ilmiy monografiyalari naşr etilgan.  
 
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 1-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)