Ötgan asrning 80-yillarida zamonaviy özbek şeʼriyati gurkirab ösdi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi kabi zabardast ijodkorlar qatoriga Usmon Azim, Şavkat Rahmon, Yöldoş Eşbek, Tilak Jöra kabi otaşqalb şoirlar kirib kelişdi. Albatta ular orasida Xurşid Davron öz ovozi, öz sozi bilan ajralib turadi.
Şeʼriyat tuyğular gulşanidir. Biz Xurşid Davronning Vatan, tabiat, jamiyat, sadoqat, işq haqidagi şeʼrlarini öqiganimizda qalbimiz şu gulşandan taralgan nafosat ifori bilan töyinganday böladi. Boisi, Xurşid Davron obraz yaratişda öziga xos uslubga ega. Şoir öz şeʼrlarini nafis taşbehlar bilan bezatib, ularga özgaça sayqal berişga astoydil harakat qiladi. Lirik qahramonning ruhiy olamini noyob poetik topilmalar va tasvir vositalari yordamida ifodalaydi.
Xurşid Davron yaratgan obrazlar orasida Vatan obrazi alohida örin tutadi. Şoir Vatan obraziga eng vazmin, Istiqlol dardi, davr yukini yuklaydi. Şoirning “Moviy rangli osmonga boqdim” şeʼriga nazar taşlaylik. Taniqli adabiyotşunos Uluğbek Hamdam taʼriflagandek, bu bitikdagi obrazning kuçi, jozibasi şundaki, u şoir ifodalamoqçi bölgan fikr, his-tuyğu va keçinmani maʼno jihatidan tovlantirib beradi.
Dastlab şeʼrni öqigan kitobxonda şoir tasvirlagan tabiat manzaralariga qiziqiş paydo böladi. Şoir öquvçini moviy rangli osmon, “zumrad dala” gözalliklari bilan oşno qiladi, “pişib yotgan boğlar” sari çorlaydi. Tong nurlarining tölqinlarini körgan şoirning yuragida yulduz çaqnaydi. Uning bağri şamollarga aylanadi. Şoir “Hayotni yonib kuyladim” deya eʼtirof etadi. Aytmoqçi bölgan asosiy fikrini esa şeʼrning eng sönggi qatorlariga joylaydi:
Har kimning ham bölsin osmoni,
Öt gullari bölsin qalbining.
Erkday uluğ Özbekistoni,
Çeksizligi bölsin har kimning.
Agar uşbu şeʼrning 1973-yilda yozilganligini hisobga olsak, öşa turğunlik yillarida “Erkday uluğ Özbekiston” deyiş uçun şoirga qançalik jasorat kerak bölganligini tasavvur etiş qiyin emas. Şoir ramz orqali erk va Vatan obrazini işonarli ifodalay olgan.
Istiqlol orzusi şoirga tinçlik bermaganligini Xurşid Davronning “Şunday yaşil mening Vatanim” şeʼrida ham köriş mumkin. Şeʼr 1976-yilda yozilgan. Şeʼrning hali yurtimiz mustaqillikka erişmagan bir tarixiy pallada yozilganligini qayd etadigan bölsak, masalaning mohiyatini yanada teranroq anglaymiz. Boisi öşa davrlarda buyuk oğalar eʼtirof etgan vatandan boşqa vatan yöqligini uqtiruvçilarni hisobga olsak, şoir “bahorning ilk bargiday yaşil”, “gul atridek yoş Vatan” haqida kuylaşi, uning timsolini yaratişining özi şeʼriyatimiz tarixida katta bir voqea edi:
Vatan, sensan bağrimga monand,
Bağrim kabi musaffo, yoruğ.
Sen onamga öxşaysan, Vatan,
Onam kabi tabarruk, uluğ.
Şunday yoruğ mening Vatanim,
“Men sevaman” sözidek yoruğ.
Şoir nazarida dunyodagi eng yoruğ maskan, “ona kabi tabarruk, uluğ” göşa bu Vatandir. Şuning uçun ham şoir Vatanini jonidan ortiq sevadi. Uning uçun har narsaga tayyor. Mana şu tarzda Xurşid Davron şeʼriyatida Vatan bir ulkan poetik obraz, muqaddas göşa, uluğ sajdagoh sifatida böy körsatdi.
Xurşid Davron şeʼriyatida bahor, gul, kuz va qiş, qor kabi rang-barang obrazlar uçraydi. Şoirning “Derazamning raxidan qorni…” şeʼri bunga misol böla oladi. Deraza raxida turgan qorni hammamiz ham körganmiz. Lekin şoir uni boşqaça nigoh bilan köradi. Şeʼrda tuvakdagi gul va qor obrazlari bor. Deraza raxidagi qorni tuvakdagi gul kuzatganini körganmisiz? Şoir kitobxonning eʼtiborini şu voqeaga tortadi.
Qanday yaxşi kuzatmoq töyib
Taşqarida yoqqan oq qorni.
Heç bölmasa oldingga qöyib
Ötkir şarob, bir burda nonni.
Biroq neçun çidamas yurak,
Kiyinaman asta, bemador –
Qiyin ekan uyda ötirmoq
Taşqarida yoqqanida qor.
Endi lirik qahramonni na uydagi issiq joy, na tuvakdagi gul, na tinçgina kitob öqiş, na taşqaridagi qorni kuzatiş qiziqtiradi. U kiyinib taşqariga otiladi. Tabiat gözalligidan, qor yoğişidan zavqlanadi. Sizni ham birga qor böroniga, qiş zavqidan sarmast bölişga daʼvat etadi. Şoir şeʼrining taʼsir kuçi ham xuddi mana şundadir.
Şoirning “Böldi, yetar, termulmang oyga…” degan şeʼrida “men”i va oy obrazi bor. Şoirning lirik qahramoni “Böldi, yetar, termulmang oyga, ha, bilaman, oy juda gözal – Töyib bölmas bunday çiroyga” deya xitob qiladi.
Yerga boqing: xuddi şu çoğda
Yulduzlardan ulkan maysalar
Boş kötarib çiqib kelmoqda, –
deya öquvçiga murojaat qiladi. Bu fikrda şunday ramz bor: Oy qançalar gözal bölmasin, u lirik qahramonning istiqlol, ozodlik, hayot haqidagi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Lekin ona zamin bağridan kötarilayotgan maysalarda esa hayot bor, gözallik bor. Boisi maysalar yerdan boş kötarib kelmoqda. Ular tabiatni gözallikka burkab, insonga va borliqqa hayot baxş etadi.
Şoirning “Şukur Burxon haqida qöşiq” şeʼrida xalqimizning sevikli sanʼatkori, betakror isteʼdod sohibi Şukur Burxon timsoli yorqin böyoqlarda çizilgan. Xurşid Davron Şukur Burxonni taʼriflar ekan, uning haqiqiy sanʼat fidoiysi ekanligi haqida “Çökkan devor qaddin tiklaydi, Şukur Burxon çiqqaç sahnaga”, deydi. Şukur Burxonning kuçli sanʼatkorligi “Endi undan kuçli odam yöq, Yengar man-man degan yigitni” satrlarida yaqqol namoyon böladi.
Tanaffusda yana horğinlik
Yelkasiga taşlaydi kuçin,
Yuragida uxlar Uluğbek
Söng sahnada hayqirmoq uçun.
Bu satrlarni öqigan kitobxon köz öngida Şukur Burxonning tanaffusda ötirgan kuyi kuç yiğayotganligi, uning yuragida Uluğbekdek uluğ zotlar orom olayotganligi gavdalanadi.
Bolalik! Inson umrining gultoji, betakror bahori. Kim ham bolaligini soğinmaydi deysiz. Şoir ham bolalik haqidagi bitiklarida yillar uning bolaligini öğirlab ketganligini, döstlari soçlaridagi “oq tolalarga hayron boqqanligini” tasvirlarkan, goh yillarni koyisa, goho boğlar tomon yuz buradi. Şoir bolalik haqidagi tuyğularini şunday ifodalaydi:
Kunlar xazon kabi sarğardi,
Uçib ketdi yaproqlar kabi.
Ul kun qalbga dunyo siğardi,
Bugun siğmas özimning dardim.
O, bolalik, mening quvonçim,
Ey, köz yoşi töymagan oçun.
Keça döstlar bilan men içdim,
Sening boqiy qudrating uçun.
Şoir yoşlik va bolalikning ötib ketganligini “Kunlar xazon kabi sarğardi” satrlari orqali ifodalaydi. U “sarğaydi” sözini “sarğardi” deb qöllaşi bilan şeʼrdagi maʼno yanada kuçayib, uning taʼsirçanligi ortadi. “Uçib ketdi yaproqlar kabi” degan öxşatişdan mohirona foydalanadi. Bolaligida şoir qahramonining qalbiga butun dunyo siqqan bölsa, bugun uning içida hatto tariq aylanmaydi. Şundanmi, özining dardi ham yuragiga siğmaydi. Biroq bolalik qançalar yiroqlaşib ketgan bölmasin, inson doimo öz bolaligini qömsaydi, bola bölib qolgisi keladi. Bolalik ana şunday betakror tuyğu.
Xurşid Davron öz tuyğularini köz-köz qilmaydi. Öquvçini hayotiy haqiqat bilan yuzma-yuz qilib, undagi taʼsirlaniş, munosabat bildiriş va xulosa çiqarişni köproq öquvçining öziga qoldiradi. Tuyğular çinligi, holatning samimiyligi, keçinmalar tabiiyligi misralarga joziba baxş etadi. Şoir ifodalayotgan timsollar uning ijodiy maqsadi yölida xizmat qiladi.
Xurşid Davron özi yaratgan rang-barang obrazlarni öquvçiga majburlab tiqiştirmaydi, uni hamdardlikka çorlamaydi. U bitiklarida göyo öz ruhiyatini özi taşqaridan kuzatayotganday böladi. Bu holat öquvçiga şeʼrdan diliga yaqin bölgan sezimlarni tuyiş, ulardan zavqlaniş imkonini beradi. Ş bilan birga öquvçini muşohada yuritişga, bahsga çorlaydi.
Kamola Botirova
1987-yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tavallud topgan. Andijon davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Ayni paytda uşbu oliy öquv yurti magistranti. Adabiy-ilmiy maqolalari respublika matbuotida çop etilgan.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 11-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

