Taniqli dramaturg Şarof Boşbekov bilan suhbat
– Şarof aka, Siz institutda aktyorlik mutaxassisligi böyiça taʼlim olgansiz. Turli yillar davomida ayrim teatrlarda aktyor sifatida rollar ijro etganingizni ham yaxşi bilamiz. Biroq köp ötmay mahoratli dramaturg sifatida özingizni namoyon etib, keng jamoatçilik nazariga tuşdingiz. Aktyorlik kasbidan dramaturgiya olamiga ötib ketişingiz jarayoni qanday keçgan?
– Aynan şeʼriyat yoki nasr vakili bölmay dramaturg bölişimga teatr sababçi böldi. Qaysi teatrda işlagan bölsam, albatta, badiiy kengaş aʼzosi bölganman. Bunday bölgaç, tabiiyki, juda köplab, hatto yuzlab pyesalarni öqişga majbur bölasiz. Töğri, ularning hammasini ham asar deb bölmaydi. Lekin nima bölişidan qatʼi nazar, öqiş şart. Mana şu mutolaa jarayonida dramaturgiyaga kirib keldim.
Guliston teatrida işlab yurgan paytlarimda qiziq bir voqea böldi. Bir kuni nima böldi-yu bir dramaturg yozuvçiga: “Bunaqa asarlarni men öynab-öynab yozaman” deb yubordim. U “yozing” dedi. Teatr direktori ham “marhamat, yozing” dedi. Ularning huzuridan “yozaman” deb şahd bilan çiqib ketdim. Biroq uyga kelib qörquvga tuşdim. Özim aktyor bölsam, bu ham yetmaganday oyoğim bilan yozaman deb katta ketişning nima keragi bor edi. Maktabda yaxşi öqirdim, institutni ham aʼlo baholarga tugatgandim. Aniq fanlarga qiziqardim, ilmiy kitoblarni köp öqirdim, olgan bilimlarimga yaraşa saviyam, dunyoqaraşim ham bor edi. Lekin yozişdan yiroq edim. Qalam masalasida talant çatoq edi. Biroq özimga qatʼiy işonib “Taqdir eşigi” pyesasini yozişni boşladim. Keyinçalik “Tikansiz tipratikanlar”, “Tuşov uzgan tulporlar” yozildi.
Öşa paytlarda men dramaturg bölaman demaganman, bu izlanişlarimga aktyorlik kasbining davomi sifatida qarardim. Özim pyesa yozib, özim sahnada ijro etardim. Uçta pyesam sahnalaştirilganda ham Muqimiy teatrida işlab yurardim.
Rosti, nazarimda Şukşin kabi har ikki sohani olib ketaman deb öylar, özimga katta baho berardim. Ammo bu iş juda qiyin ekan. Şundan keyin butun kuç-ğayratimni dramaturgiyaga qaratdim.
– Şarof aka, har bir sohada, ayniqsa, ijodkor hayotida bir rahnamoning, ustozning örni beqiyosdir. Ijodingizda kimlarning örnini alohida taʼkidlagan bölardingiz?
– Mening ijodimda, xususan, dramaturg bölişimda uç insonning alohida örni bor. Talabalik paytlarimda Ravşan ismli bir döstim bor edi. U drama rejissyorligi fakultetida öqirdi. Ravşan diplom işiga sahnalaştiriş uçun Kondidan Sminovning “Törtinçi” pyesasini tanlabdi. Pyesani yozuvçi Uçqun Nazarov tarjima qilgan ekan. Negadir bu tarjima unga yoqmabdi. U pesani mendan özbekçaga ögirib berişni söradi. Tabiiyki, men bunga jurʼat qilmadim. Biroq u “qölingdan keladi” deb turib oldi. Rosti, döstimning bu işonçi menga qanot berdi. Ijodiy iş boşlandi va u Hamza teatrida diplom spektaklini namoyiş qilib hali heç kim maqtov eşitmagan talabçan rejissyor Rodundan aʼlo baho oldi. Bu menga sal bölsa-da tarjimonlikda işonç va rağbat bölgandi. Keyin Janni Rodarining “Jelsiminoning sarguzaştlari” asarini özbekçaga ögirdim. Guliston teatrida işlab yurgan kezlarimda Ranet degan Hindiston yozuvçisining “Jinoiy tango” (“Криминалный tango”) asarini tarjima qildim. Töğri, bu tarjimalarning hammasi keyinçalik yöq bölib ketdi. Lekin ularning har biri yoziş olamiga kirib kelişimga turtki böldi. Albatta, keyinçalik bir qator uluğ ustozlarning maʼnaviy körsatmalaridan bahramand böldim.
– Ijodiy izlanişlaringizga taʼsir etadigan omillar haqida gapirib bersangiz…
– Bir kuni yozuvçi Tohir Malikning huzuriga bordim. Ustoz ijodxonasida ötirgan ekanlar. Öşa yerda devorga osib qöyilgan bir suratga közim tuşib qoldi. Tasavvur qiling, suratda bir ritsarning qöli, ha, faqat bir qöli tasvirlangan edi. Qöl ajib bir gulni uşlab turibdi. Ammo sohibi körinmasdi. Tohir Malik bilan suhbatlaşayapmizu, xayoli-huşim mana şu antiqa tasvirda böldi.
Öşa kuni uyga ketgunça şu qöl haqida öylab ketdim. Sohibi nomaʼlum bir qöl çiroyli bir gulni avaylab uşlab olgan. Gul esa tuşib ketaman-ketaman deb turibdi. Bilasizmi, kimlargadir arzimas tuyulgan mana şu surat taʼsirida “Tikansiz tipratikanlar” pyesasi yozildi. Garçi bu asarni sahnalaştirişning iloji bölmagan bölsa-da, lekin bu pyesa eng ijodiy işlarimdan biridir.
Stolga ötirib öz-özidan asar boşlab ketolmayman. Nimadir turtki bölişi kerak. Baʼzan hamma narsa bitta jumladan boşlanadi. Ha, şunday fikrlar borki, uning şarhi uçun butun boşli asar yoziş mumkin. Misol uçun, vijdon nima? Insonning içida vijdon degan organ yöq. Yurak bor, taloq bor. Lekin vijdon oğrisa, azob bersa odamning hayoti zulmatga aylanadi. Şu fikrning özi uçun “Taqdir eşigi” yozilgan. Har qanday asar avval insonning miyasida yetiladi, yoziş vaqti kelganda esa texnik işi qoladi, xolos. Asarni bir ötirişda yozib qöyişning iloji yöq. Asar kayfiyatiga, qahramonlar ruhiyatiga kiriş lozim. Men tabiatan öz-özimga talabçanman. Şu sabab, baʼzida uzoq vaqt yozmayman. Baʼzan asar qayerdadir töxtab qoladi.
– Öziga talabçan odam bugun yozgan asarlaridan ertaga qoniqmay qolişi mumkin. Sizda ham şu jarayon böladimi?
– Keçagi odam bugungisidan farq qiladi. Vaqt ötgan sari tajriba oşadi, bilim özgaradi, dunyoqaraş ösadi. Baʼzi asarimning oradan yillar ötib böş joylarini körib qolaman. Öşa paytda muhim tuyulgan gaplar, keyinçalik sayoz körinadi. Tuzatgim keladi, lekin özimni töxtaman. Şu paytgaça yozganlarim qanday bölsa, şundayligiça qolişini istayman. Çunki ularning har biri umrimning varaqlari. Agar öttiz yil oldingi yozganlarimni özgartiraversam mening bolaligim, yigirma yil oldingisini buzsam jöşqin yoşligim va öşa paytlardagi beğubor öylarim, fikrlarim qayerda qoladi? Agar “Romeo va Juletta” asarini har kim özining zamoniga moslaştirib qöyaversa Şekspirning Şekspirligi qoladimi?
Nazarimda har bir sahna asari yozilgan vaqtiga mos tarzda sahnaga olib çiqilişi kerak. Ana şunda asarning mazasi, şirasi saqlanib qoladi. Eski özbek kinolarini körganimda özimga taniş qadrdon köçalarni, binolarni, daraxtlarni körgim keladi. Kadrlardan ularni qidiraman. Beixtiyor yoşligim esimga tuşib ketadi. Öşa paytlarga tegişli xotiralar yopirilib keladi, entikib, orziqib ketaman. Avval yozgan pyesalarimni öqiganimda ham xuddi şunday ahvolga tuşaman.
– Ijodkorga xos bölgan talablar bilan şaxsiy prinsiplaringiz doim murosa qila oladimi?
– Prinsiplarni, tartiblar va çegaralarni yomon köraman. Ijod borasida juda erkinman. Kundalik tartibim ham yöq. Bu sohaga oid biror iş qiliş – albatta biror badiiy asar öqiş, kino yoki spektakl köriş tartibim ham yöq. Umuman olganda betartib odamman. Har ikkisidan birini tanlaş kelib qolgan vaqtda ham yengilman – sayohatni, döstlar davrasini tanlayman.
Ijodkor uçun nima kerak? Unçalik köp narsa emas. Avvalo, qornim töq bölişi, soğlik va tinçlik bölsa böldi. Men ilhom deganlariga köp ham işonavermayman. Menimça ilhom parisi işlaşga bölgan kayfiyat, iştiyoqdan boşqa narsa emas.
– Ijodkorlikni kasb deb bölmaydi, uni taqdir hukmi deyişadi…
– Bu savolingizga öz hayotim misolida javob bersam. Men ham ijodni taqdir hukmi sifatida hamma narsadan ustun qöyganman. Ammo bemor bölib qolganimdan keyin özim haqimda öylay boşladim. Men pul uçun yozmayman derdim. Biroq vaqti kelganda hayot hamma narsa haqida öylaşga majbur qilib qöyarkan. Tiriklik uçun soğlik ham, pul ham kerak ekan. Yoşing ulğaygan sari “yara”laring ham kattarib borarkan. Birini uylantiriş, birini uzatiş, uy-joy qilib beriş… Bu “taqdir hukmi” deb mukka tuşib yozib yotaverişning iloji yöq.
Ijodkorning vazifasi odamlarni yaxşilikka undaşdir. Har qanday badiiy asar ezgulikka xizmat qilsin. Oxiri fojea bilan tugagan asarlar sönggida ham yoruğlikka umid bölişini istayman. Aççiq bölsa ham aytişimiz kerak, hozirda sof sanʼat xavf ostida qolmoqda. Hatto oddiygina bolalar uçun namoyiş etilayotgan multfilmlarda ham uruş-janjal, dahşatli maxluqlar… Bu kimga kerak?
Ilm-fan insonning miyasini, din ruhini, sport jismini tarbiyalaydi. Ijod köngil işi, ijodkor qalbni tarbiyalaydi. Ijodiy asar inson yuragini ezgulik bilan bezaşi kerak.
– Şarof aka, sizningça, hayotni qay darajada sahnaga köçiriş mumkin?
– Asar tabiiy böliş kerak. Masalan, siz ertalab köçaga çiqasiz, odamlarga qöşilasiz, işga borasiz, iş jamoangiz bor… hayot tarzingiz şunday. Hayotiylik bilan badiiylikni almaştirib qöymasligimiz kerak. Afsuski, sönggi paytlarda mutlaqo hayotiy voqelikdan yiroq filmlarimiz köpayib ketdi. Tasavvur qiling, bir firmada işlayotgan yigit bilan qizning sevgisi filmga syujet qilib olingan. Kinoni tomoşa qilar ekansiz, to oxirigaça bu firma özi nima iş bilan şuğullanadi degan savolga javob topolmaysiz. Axir şunçaki köça gaplari bilan asarni töldirib bölmaydi. Bu tomoşabinga ham, aktyorga ham heç narsa bermaydi.
– Şarof aka, bizning teatrlarimizda turli xil çet el dramaturglari asarlari qöyiladi-yu, nima uçun özbek dramaturgiyasi namunalari jahon sahnalarida namoyiş etilmaydi?
– Bu holat milliy mentalitetimiz bilan boğliq, deb öylayman. Xalqimiz tabiatidagi yumorini, askiyalarimizni, eng asosiysi, askiyalarimizdagi nozik qoçirimlarni hamma ham tuşunavermaydi. Vaholanki, bizning adabiyotimizda mahorat jihatdan qolişmaydigan önlab yozuvçi-dramaturglarimiz bor. Misol uçun, Pirimqul Qodirov, Said Ahmad, Uçqun Nazarov, Odil Yoqubov, Ölmas Umarbekov singari yozuvçilarimizni sanaşimiz mumkin. Töğri, köplab yozuvçilarimizning asarlari tarjima qilinib çet mamlakatlarda naşr etilmoqda. Ammo bu borada masalaning yana bir jihati bor. Yaʼni, roman yoki qissani öquvçi öqiyotganda öz tasavvur olamiga binoan qabul qiladi. Asar voqealariga öz şaxsiyatidan kelib çiqib munosabat bildiradi. Teatr esa köpçilikka möljallangan. Voqeani ommaviy tarzda qabul qiliş murakkab jaryon.
Suhbatdoş: Akbar ERGAŞEV
“Yoşlik” jurnali. 2011 y. 11-12-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


