(Hikoya)
Har gal qişloqqa qadam bosganda yuragim hapriqib ketadi. Mana şu çang köça, paxsa devorli pastqam uylar, ariqqa soç yoygan majnuntollar közimga olovday bölib körinadi. Dov-daraxt kiprikday tizilgan köça böylab borar ekanman, devori nuragan, tomi köçgan xonadon yonidan ötganda bir xil bölib ketaman. Oğir bir yuk bosadi. Aslida körimsiz bu uyning boşqa hovlilardan farqi yöq. Qişloqning bir xonadoni. Bir qaraşda şunday, ammo u menga boşqaça taʼsir etadi. Köp falokatni yaşirib yotgan lahadday bölib tuyuladi. Gap şundaki, bu hovlida juda ğalati bir kampir yaşagan. U odamlarga köpam aralaşmas edi. Alamzada. Doim tund kayfiyatda. Men uning qovoq oçganini, kulgan-boqqanini bilmayman. U hatto bolalarga ham iliq söz aytmasdi. Qiziği, qaçon qaramang, hovlida bir eski pöstakni sudrab yurardi. Hatto köçada ham şu matohni qölidan qöymasdi. Bir kuni buvimdan bu kampir, (biz uning ismini bilmasdik,) pöstakka munça yopişib olgan, deb söradim. Buvim biroz öylanib turgaç, tin oldi, söng:
– Zax ötmasin, deydi-da, bolam, – dedi. – Körmaysanmi, darvozasi oldida ötirğiç ham yöq. Şuning uçun pöstakni sudrab yuradi.
Buvimning gapi meni qoniqtirmadi. Ammo unga yana gap qotişga çöçidim. Mahmadonalik qilmaslik uçun, «hm-m» deb qöya qoldim. Lekin bir kuni buvim «yorildi», menga öşa pöstak bilan boğliq voqeani aytib berdi. Kampir erini uruşga jönatgaç, u omon-eson kelsin deb bir qöçqor boqqan. Eri uruşdan qaytgaç, öşa qöçqorni söyib, xudoyi qilgan. Şungaça u birovga bir çuqum oş bermagan, xonadoniga birovni çorlab çaqirmagan ekan. Jonliqning terisini esa kampir olib qöygan, şundan beri qayerga bormasin, öşa pöstakni sudrab yurgani-yurgan…
Kampirning yolğiz qizi bölgan. U şaharga öqişga borib, institutga kira olmagan. Oriyat qilib qişloqqa qaytmagan. Işga joylaşgan. Söng qaysidir boyvaçça bilan don olişib, unga «osilib» olgan. Xullas, şunaqa gaplar. Aslida qizi ham odamlarga unça yoqmasdi. Ayniqsa, öşa boyvaççaga tekkaç, uning dimoği yanada kötarilib ketdi…
Bilmadim, u şahardan baxt topdimi yoki baxtsizlik, oçiği, bu heç kimni qiziqtirmasdi. Qişloqda birov uni yaxşi yoki yomon demaydi, muhokama qilmaydi, göyo bu mumkin emasdek…
Qişloq odamlari kampirni ham unça xuş körmasdi. Nimagadir u haqda birov botinib gapirmasdi. Uzunquloq gap-sözga qaraganda, kampir vaqtida aktiv bölgan, öşa notinç zamonda uning çaquvi bilan qançadan-qança odamning yostiği qurigan.
Biz esimizni tanigan vaqtda eri olamdan ötgan edi. Qizi esa ahyon-ahyonda qişloqqa birrov kelib-ketardi. Aytişlariça, kampirning yiqqan boyligi öziga yetarli. Keyinçalik men buni öz közim bilan kördim. Şunday bölmaganda, boşqalarga öxşab munkillagan kampirda boylik nima qilsin, deb yurar edim.
Dunyoda ğalati odamlar böladi. Ularning yuriş-turişiga qarab bir beva-beçora-da, deb öylaysan. Aslida esa…
Bir kuni oyim bir kosa oşni qölimga tutqazib, qizim, şuni köça boşidagi momoga olib borgin, deb qoldi.
– Voy, oyi, men undan qörqaman! – dedim yuragim hapriqib.
– Nimaga qörqasan? – hayron böldi oyim. – Uyam bir odam-da, nima, seni yeb qöyarmidi?
Oyim şunday deyişga dedi, ammo gap ohangidan öziyam öşa kampirdan hayiqişi sezildi. Men battar taysalladim. Oyim kampirga açindimi yoki gapi yerda qolişini istamadimi, qovoğini solib: – Gapimni ikki qilma, – dedi. – Momo kasal, butun qişloq qarab turibmiz. Bemordan xabar oliş savob böladi, qizim!..
Rosti men öşa uyga borişdan çöçirdim. Ammo oyim qöyarda-qöymay qölimga tugun tutqizdi va kampirnikiga yubordi. Yetib borgaç, zör bir taraddud bilan qarovsiz hovliga kirdim. Borib ayvon eşigini sekin itardim-da: – Momo, – deb ovoz berdim. Lekin sado bölmadi. Asta oyoq uçida yurib ayvonga kirdim. Dahliz eşigi qiya oçiq ekan. Kirsam, kampir saratonning jaziramasiga qaramay, qalin körpaga öranib yotibdi, hammayoq besaranjom.
– Momo, – dedim yana yuragim betlamay.
– Kim u? – dedi u zörğa. – Kir-kiraver!
Kampir közlarini qisib menga tikildi.
– Sizga ovqat opkelgandim. – Şunday deb tugunni uning boş uçiga qöydim va ketişga çoğlandim.
– Umringdan baraka top! – Kampir munğayib qaradi. – Kimning qizisan?
Men istar-istamas kimligimni aytdim.
– Ha, şunaqami? – Kampir ğalati kuldi. Kulganda tişi yöq oğzi öraga öxşab ketdi. Qandaydir xunuk, yoqimsiz. Yuragim bezillab, qaytmoqçi böldim, şunda kampir, töxta, deb qoldi. Xuddi ertakdagi yalmoğizning oldida turganday yuragim uvuşib ketdi. Butun vujudimni qörqinç hissi çulğab oldi.
– Keçadan beri çoy içganim yöq, – dedi u juda norozi bölib. – Qumğon qaynatib kök çoy damlab ber! – Kampir ming azob bilan çap yonboşiga öngarildi.
U behol körinsa-da, ovozi miltiqning öqidek edi. Şu bois, qörsa-pisa, mayli, dedim-da, sözsiz aytganini qilişga kirişdim. Öçoq boşiga borib, qumğonni çayib, suv quydim. Qarasam, öt yoqiş uçun gugurt yöq. Tandir boşida ham, öçoq atrofida ham…
Kampir uxlaganday yotsa-da, közi oçiq edi.
– Momo, gugurt qolmaganmi? – deb söradim undan. U miq etmadi. – Gugurt yöqmi, deyman, momo?
U tuş körayotgan odamday saçrab ketdi.
– Gugurt deysanmi? Nega yöq bölsin. Ğaladonga kir, tokçada qutisi bilan turibdi, – Keyin u yuzimga tikilib qaradi. – Içim yonib ketayapti…
Men içkari xonaga ötdim. Şunda hayron bölib qoldim. Uning yaşirin boyliklari haqida köp eşitganman. Şuning uçunmi, kampirning uyi qimmatbaho buyumga töla, degan tasavvurda edim… Qayoqda, xona töla eski-tuski, aşqol-daşqol, heç kimga kerak bölmagan yaroqsiz buyumlar qalaşib yotibdi. Tördagi tokçada çeti singan toşoyna, devorga titilib ketgan gilam osilgan, almisoqdan qolgan xum va közalar, çala-yarim töldirilgan qoplar, siniq idiş-tovoq…
Buni boşiga uradimi u, deb öyladim.
Tokçadagi narsalar içidan bir quti gugurt topdim. Kampirning bor-budini közdan keçirayapman-u, odamlar ham aytaverar ekan-da, xayoliga kelgan gapni, tilla yöq-ku, deb öylayman içimda. Hammasi eski-tuski. Biz uning taşlandiq narsalarni yiğib-terib yurganini körganmiz. Attorga sotib pul qilsa kerak-da, deb öylaganmiz. Hamma aşqol-daşqolni ğaladonga yiqqan ekan-da! Nega? Nima uçun? Öylab öyimning oxiriga yetolmadim. Gugurtni olib, xonadan çiqsam, kampir eşikka tikilib yotibdi.
– Topdingmi? – dedi u. – Yonib ketayapman. Ammo tanim sovqotayapti…
Qumğonni qaynatib, çoy damladim. Kampir qaltiragan qöli bilan piyolaga çoy quymoqçi böldi. Bexosdan çoy uning köksi aralaş tökildi. Ammo u buni sezmadi. Özim çoy quyib unga içirdim. Kampir közlari yumuq holda bir piyola çoy içdi, bir nima deb piçirladi. Söng közidan bir tomçi yoş dumalab ajin bosgan engagiga tuşdi. «Yo tavba, bu kampir ham yiğlar ekan-a?!». Hayratdan qotib qoldim. Kampir piçirlab: «Kimning bolasiman deding?» – deb söradi. Aytdim. U yalt etib menga qaradi. Birdan huşyor tortgani meni sergaklantirdi. Buvamning qamalib ketgani xayolimdan ötdi. «Nahot uni şu kampir qamatgan bölsa?» – deb öyladim. Yuragim orqaga tortib ketdi. Kampir inqillab bezovtalana boşladi. Yelkasidan uşlab çalqança yotqizmoqçi böldim. U negadir bejo bölib, ğalati qaradi, bir nima deb ğudrandi. Ötirişga yordam ber, degandek böldi. Uning qöltiğidan olib ötqizmoqçi böldim. Şunda qölim qandaydir bir qattiq narsaga tegdi. Kutilmaganda kampir meni bor kuçi bilan siltab yubordi. Tap etib ötirib qoldim. U ham holsizlanib hansiradi.
– Buvang… – dedi u oğir-oğir nafas olib, söng belini paypasladi. – Sen bor-ket!
Bir seskandim. «Buvamni şu qamatgan bölsa-ya?..» Uni battar yomon körib qolgan edim. Vujudimda ğalati titroq turdi, ammo bu qörqinç emas, men undan qörqmay qöygandim. Unga nisbatan könglimda açinişmi, nafratmi, juda ğalati hislar aralaş-quralaş bölib yotardi.
Keyin şartta örnimdan turdim-da, eşikni ham, darvozani ham lang oçiq qoldirib, uyga qarab çopdim.
– Namunça qopketding? Yana köçada öynab qoldingmi?
– Yöq, oyijon. Haligi, u çoy damlab ber, deb qoldi. Qumğon qaynatib, çoy damlab berdim.
– Voy, özimning dastyor qizimdan aylanay, yaxşi qipsan, bolam!
– Oyijon, u kampir buvamni… Oyim jim deganday barmoğini labiga bosdi.
Birozdan söng özimga kelgaç: – Odamlar bu kampirni katta boyligi bor, derdi. Heç qanaqa tilla buyumi ham, taqinçoği ham yöq ekan! – dedim özimni çalğitişga urinib. – Men ğaladonini kirib kördim!
– Boyligi bölsa-bölmasa, senga nima? Jon qizim, qöy, yaxşi emas bunday gaplar…
Bari bir, kampirning boyligi haqidagi fikr xayolimdan ketmasdi. Ayniqsa, uning siltovi yuragimga oğir botgan edi.
Öşa haftaning oxirida qişloğimizga «Tez yordam» maşinasi keldi. U kampirning uyi oldida töxtadi. Biz köçada öynayotgan edik. Bir töda bola qiziqib, özimizni hovliga urdik. Bir kun oldin qizi kelgan, hovli-eşikni tozalagan, ayvonga joy qilib, kampirni olib çiqqan ekan. Biz borsak, yuzidan nur yoğilib turgan, nigohi ötkir doktor amaki kasalni körayotgan ekan. U obdon körgaç, kampirga sinçidek qadalib qaradi. Keyin miyiğida kuldi va uni yonboşlatib, köylagi ostiga qöl yubordi. Va … u ham öşa qattiq narsani uşladi. Kampir bezovtalandi. Doktorni siltab taşlamoqçi böldi, lekin u kişi kampirning belidan belboğini yeçib oldi. Kampir belboqqa taşlandi, akaşak qöli bilan uni yulqib tortdi.
– Böldi, endi, momo! – dedi doktor juda vazmin ovozda. – Hayajonlanmang, sizga mumkin emas! Buni qizingizga bersangiz ham böladi! Sizga endi bu ortiq yuk! Yaxşisi, piça dam oling!
Nazarimda kampirning joni çiqib ketganday böldi. Qöli şilvirab tuşdi, belboğning u tutgan uçi oçilib, tilla taqinçoqlar yerga soçildi. Hamma, voy-bö, deb yubordi. Doktor amaki kampirning qiziga yuzlanib: – Onangizning muşkuli oson böldi, ortiq bezovta qilmang, – dedi. U heç qanday dori-darmon yozib bermadi. Miyiğida jilmaygança bizga:
– Tomoşa tugadi, – dedi. – Hamma uy-uyiga! – Söng özi maşina tomon ketdi. Biz bolalar bölsa, bu sirli hodisani uydagilarga aytiş uçun şoşildik.
– Oyijon, oyijon, aytgandim-ku, sizga, kampirning boyligi bor, deb. Belidagi belboğ töla oltinlar ekan. Men buni öz közim bilan kördim. Belboğga örab, beliga boylab olgan ekan!
Kattalar bir-biriga maʼnoli qarab qöyişdi.
– Yolğon aytiş yaxşimas, qizim, – dedi oyim.
– Sizni aldamayapman. Işonmasangiz, ana, bolalardan sörang. Ular ham körişdi. Doktor amaki uning belidagi belboğni yeçib olayotganidi, tilla taqinçoqlar soçilib ketdi. Keyin kampirning qizi ularni terib oldi.
Hademay bu miş-miş butun qişloqqa yoyildi.
Ertasi kuni kampir olamdan ötdi. Uni kömib kelgaç, odamlar: «Tillaning kuçi bilan yurgan ekan-da!..» deb yurişdi. Öşa tilla qiziga ham buyurmadi. Uning bittayu bitta arzanda öğli bor edi. Aytişlariça, öşa öğil ularni bittalab sotgan, naşa olib çekkan. Faqat bu emas, keyinçalik u ninaga «ötirib» qolgan va bor-budini sovurgan. Axiyri, qamalib ketgan. Hozir kampirning qizi qişloqqa kelmaydi. Taşlandiq hovli esa huvillab yotibdi. Odamlar uni bexosiyat deb biladimi, özlarini çetga oladi…
Ha, aytmoqçi, yaqinda «Taynaya magiya» degan kitob qölimga tuşib qoldi. Unda tilsimlar izohi berilgan. Masalan, tumor odamni balodan asrar ekan. Pöstak esa… Bilasizmi, bu kampirga öxşaganlar oldin Yaratganga şirk keltirar ekan, keyin qora niyat qilar ekan. Niyatga köra, kimda-kim qöçqorning göştidan yesa, pöstakka bandi bölib, uning egasiga moli, kerak bölsa, joni bilan qullik qilar ekan…
Men hikoya qilgan voqea şundaymi-yöqmi, bilmayman. Ammo öşa işlardan söng bir haqiqatni anglab yetdim: odamzod qilmişini oq yoki qora çimmatga qançalik öramasin, bir kun kelib öşa çimmat çok-çokidan sökilib ketadi. Va bunday vaqtda kişi özi bilan özi qoladi, uning dahşatidan qoçib özgalarga talpinadi. Ammo…
Gulruh ODAŞBOYEVA
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


