(Hikoya)
I
Hisor toğlari adoğida yoqqan olaçalpoq qorning zahri vodiyga ham urgan. Izğirin sovuq. Dov-daraxtlar yap-yalanğoç, öt-ölanlar sarğayib bitgan. Kunlar sokin va bir tekis. Ertalablari tuşgan quyuq tuman quyoşning nursiz yoğdulari ostida tuşga borib arang yoyiladi. Tuman qorişgan sohillar böylab çözilgan tegirmonga eltguvçi yöl: öşa-öşa – mum çökkan muhitdek, jimjitlik va osudalik qöynida ğarq bölgança – to bu yerlardan bitta-yarimta yölovçi ötib qolmagunça izsiz yotaveradi.Tegirmon bu yerdan xiyla olis, Oqsuvdaryo ayri tuşgan örmon etagida joylaşgan.Odatda bu yöldan tegirmonçining nabirasi – Ösar qatnaydi. U har kuni: ertalab, tuşga yaqin va kun botar oldi, qölida dasturxonnamo tugun tutgança, tegirmonçi bobosiga yegulik olib kelar, şu örtada bir pas ivirsib yurar, söng qişloqqa qaytib ketardi. Ötgan-qaytgan bolaning Tölqin çolning nabirasi ekanligini bilsa, hazilkaşnamolar ermaklar, boşqalar esa xuddi beçoraga qaragandek, xiyol açinibroq qarab qöyardi. Ular köpinça körsatkiç barmoqlarini çakkalariga tirab aylantirgança, beçora bobong, halikidaroq, jinni bölib qolibdi-ya degandek, ajablanişar, masxaralaşar, hatto, tavba qilişib, odatiy anʼanalariga köra, quloqlarini orqasini tupuklari bilan höllab qöyişardi. Bolaning bundan ğaşi kelar, bobosini kalaka qilayotgan odamlardan nafrati qözir, lekin azbaroyi katta kişilarni hurmat qiliş lozimligi uçun, ularga biror aççiqroq söz aytişga-da botinolmas, bunday qilişdan hatto piça çöçirdi ham, u bobosining telba emasligini ham, heç qaçon bunday köyga tuşmaganligini ham bilar, faqatgina odamlar uni, qaçonlardir, haqiqatan ham ajina tutib olganligiga işonişmagani Ösarning hafsalasini pir qilardi. U tuman qurşagan söqmoq böylab şu haqda öylab kelarkan, bobosi tegirmonxonadagi sandiqdan olib körsatgan, otning yoliga öxşab ketadigan uzun – bir quloç, qirqib olingan ajinaning soçi yodiga tuşdi. Öşanda, tegirmonga un torttirgani kelgan qişloqdagilar bu ğalati, paxmoq, dağal soçni körib, rosa ajabsiniş, bir qiziqiş va içki qurquv bilan qaraşgandi bir-birlariga. Öşandan beri, eh-he, qança vaqt ötdi. Ösarning tegirmonxonadagi eski sandiqda yotadigan ajina soçni eslasa, hali ham eti junjikib ketadi. Özining qörquvini öylasa, bobosining jasoratiga har gal iç-içida tahsin aytardi. Aytişlariça, Ösarning bobosi, tegirmonçi Tölqin çol bir kuni saharlab taşqariga çiqsa, tegirmon toşi aylanişdan töxtab qolgan. Novdan suv kelişi töxtadimikan desa, sepoya novidan suv ğarqirab oqib turgan. Bobosi yugurib tegirmonxonaga kirsa, tösatdan tegirmon işlab ketgan. Taşqariga çiqqan hamonoq, zum ötmay toş aylanişdan töxtab qolgan. Bu ğaroyibotdan bobosi judayam hadik va hayratsirab, sekin içkariga qarasa, tegirmon oldida soçlari uzun, paxmaygan ajinaga közi tuşgan. Bobosi birdan borib, ajinaning soçidan mahkam uşlagan. Ajina bobosidan qöyib yuborişni sörab yalina boşlagan, lekin bobosi eski odat böyiça, uning soçini buğdoy qopining iplarini kesadigan qayçisi bilan şartta kesib olgan. Çunki, ajina, soçini kesib olgan odamning istagini hamma vaqt bajo keltirarkan. Bobosining aytişiça, agar kimdir ajina körsa, uning soçidan qirqib olmasa, ajina uning özini çalib ketarkan. Keyin öşa odam bir umr jinni bölib qolarkan. Mana, şunça yil ötibdiki, bobosi öşa ajinaning soçini tegirmonxonadagi sandiqda avaylab-asraydi.
Ösar şu haqda öylab kelarkan, tegirmonxonaga yaqinlaşib qolganini ham sezmay qoldi. Uning nazarini tortgan narsa, nafaqat, tegirmonning suvni şopirib aylantirayotgan öziga xos ovozi edi, balki, tegirmonxonadan çiqib, söqmoq böylab unga qarşi kelayotgan notaniş kişi ham edi. Egnida unniqqan çopon, boşida quloqçin telpak kiygan bu odam, Ösarga közi tuşarkan, yuziga ğayritabiiy kulgi yugurdi:
– Bobongga tuşlik olib kelayapsanmi? – dedi haligi kişi qandaydir istehzoli ovoz bilan.
Ösar uning biroz mayişgan qaddiga hamda taşqi kiyinişiga xos bölmagan ayyorona yuz tuzilişiga boqarkan yoqinqiramaygina:
– Ha, – deya boş irğab qöya qoldi.
– Bobongning holidan tez-tez xabar olib tur, ajinasi çalib ketmasin tağin, – qöpol hazil qildi haligi kişi.
Ösar oğrinib bir nimalar demoqçi böldi, lekin indamadi.
– Nimaga qovoğingni solasan, bobongning ajinasi soçini olib ketganidan xabaring yöqmi? – battar bolaning jiğiga tega boşladi u kişi.
– Bobongning tomi ketib qolgan, – çakkasiga körsatkiç barmoğini tekkizib ğalati huştak çalib qöydi u.
Ösar jahli çiqqanidan, qizarib, talmovsirab, haligi kişiga bir nimalar demoqçi böldi-yu, lekin tili kalimaga kelmay, yugurgança uning oldidan ötib, tegirmonxona tomonga çopib ketdi. Haligi kişi, orqasiga bir qarab qöydi-da, ğudrangança, söqmoq böylab kelgan yöliga keta boşladi.
Tegirmonxonada Ösarning bobosi un tortardi. Çol bolani eşikdan kirib kelganini körib, salomiga alik oldida:
– Dasturxonni uyçaga kiritib qöy, – deb uning qölidagi tugunçaga işora qildi. – Ötirib tursang, hozir men ham kiraman.
Ösar bobosi aytgan uyçaga, yaʼni, tegirmonxonaning bobosi yaşaydigan xonasiga kirdi. Bu yerda uni hayron qoldirgan narsa, hamma narsaning yon-atrofda soçilib yotgani böldi. Ajinaning soçi turadigan sandiq uyçaga kiritilgani, devorga osilgan miltiqning yerda yotişi, har ehtimolga qarşi tayyorlab qöyilgan öq-dorilar va boşqa xonadagi laş-luşlar Ösarning hayratini battar oşirdi. Bunday tartibsizlikni u bobosining uyçasida birinçi körişi edi. Çol bolani miltiq va öq-dorilar soçilib yotgan uyçaga kiritib yuborgani esiga tuşdi şekilli, zum ötmay uyçaga kirib keldi. Bola bobosiga közi tuşgan zahoti söradi:
– Bobo, nimaga hamma narsangiz tözib yotibdi?..
– Ey, nimasini aytasan, bolam, – Tölqin çolning yuragi uvişdi. – Tegirmonxonadagi sandiqdan ajinaning soçi yöqolibdi. Izlayman, izlayman, topolmayapman. Endi nima böladi, bilmayman.
U butun öng qöli bilan dasturxonni oçarkan, bolaning xavotirini aritmoq uçun:
– Ha, mayli, biron gap bölar, – deb qöydi. – Ana, miltiqni öqlasam, soç öğrisini jahannamga kunpayakun qilaman.
Bola kalovlanib, bobosiga tikilib turdi. Çol idişdagi dimlamani tokçadan kosa olib, suzib olarkan, bolaga bir qarab qöydi. Ösarning yuzida qandaydir anglamaslik va tuşunmovçilik hukm surardi. Çol buni darhol payqadi. Bola:
– Ajinani soçi qanday qilib yöqoldi? – deb söradi. – Keça bu haqda heç narsa demagandingiz-ku?
– Keça keçqurun Ziyodilla daqqi kelganda ham bor edi. Hozir yölda kördingmi uni?..
Bola bobosiga tuşlik olib kelayotganda tegirmondan çiqib, unga qöpol hazil qilgan haligi amakini esladi-da:
– Ha, kördim, – dedi.
– Öşa keça un sörab kelgan ekan. Men unga, senga unni qayerdan topib beraman, dedim. Bu yer dökon emas, bor işingni qil, deb haydab yuborgandim.
Özi heç joyda işlamaydi-da, qarzga un sörab kelişga tağin uyalmaydi ham. Un çiqarayotganimda, şu Ziyodilla daqqi sandiqni oçib körganday böluvdi. Soçni olib kördimi-yöqmi, yaxşi eʼtibor qilmovdim.
– Soç yöqolganini qaçon sezdingiz?.. – deb söradi bola.
– Un tortib bölganimdan keyin, qarasam sandiq oçiq qolgan ekan, içida heç narsa yöq. Ziyodilla daqqi olib ketdimikan, deb uni ertalab buğdoy olib kelgan bir boladan çaqirtirib yuborgandim. Keldi, u soçni körgaç, sandiqni oçiq qoldirib ketgan ekan. U ajinangizning soçini boşimga uramanmi deb hatto qasam ham içdi.
Tölqin çol dasturxondagi ovqatini yeyar ekan, nabirasining nima deyişiga qarab turardi. Aksiga olib Ösar heç narsa demasdi. U bobosining betoqatlanib borayotgan yuziga, birorta qorasi qolmagan soqollariga boqarkan, uning judayam qarib borayotganligiga amin böldi. Bola:
– Bobo, endi nima böladi? – dedi.
Tölqin çol ovqat tanovul qilgan kuyi:
– Bu soçni kim olganligiga boğliq, – dedi. – Agar Ziyodilla daqqi olib ketgan bölsa, bu yaxşi, aks holda, mening beparvoligim tufayli soçni ajina olib ketgan bölib çiqadi.
– Bobo, siz ajinaning kelganini körmagansiz-ku? – savolga tutdi çolni bola.
– Körmaganligim rost, lekin ajinalar goho körinmasdan ham kelib oçiq qoldirilgan narsani olib ketişi mumkin.
– Bobo, ajinaga soçning nima keragi bor? – Ösar undan söraşni qöymasdi.
Çol ovqat höplab, non uşatarkan:
– Agar u öz soçini qölga kiritsa, ozodlikka çiqadi. Bundan menga zarar yetişi mumkin, – dedi.
Ösar bobosining oğzidan titrabroq çiqqan bu sözlarni eşitarkan, halizamon yölda körgan Ziyodilla daqqining, bobongning holidan tez-tez xabar olib tur, ajinasi çalib ketmasin tağin, degan gapini esladi. Xayoliga tösatdan bunday öy kelganidan bolaning hatto eti junjikib ketdi. U bobosi aytib bergan öşa ajinani judayam yaxşi tasavvur qilardi.
– Miltiqni şuning uçun öqlayapsizmi?.. – bolaning boşiga tösatdan şu fikr keldi.
– Ha, şuning uçun, – tan oldi çol.
– Ajinani özim otib taşlayman, – dedi bola miltiqni qöliga olgança ruhlanib.
Çol nabirasining dadilligini körib, biroz köngli joyiga tuşgandek böldi.
– Özim ham otib taşlardim, agarda öşa ajina menga hamla qilsa. Lekin Ziyodilla daqqi boya kelganda aytdiki, ajina ruhiy mavjudot ekan. Uruşda duşmanni otasiz, ajinaga öq taʼsir qilmaydi, – dedi u. – U töğri gapirdi, haqiqatan ham şunday. Ajinalarni heç otişganini eşitmaganman. Ularga öq taʼsir qilmasligi çin. Şuning uçun, ana, miltiqdan öqlarni çiqarib taşladim.
Ösar yerda soçilib yotgan öq-dorilarga ğayritabiiy bir alfozda qiziqsinib qaradi. U öqlarni miltiqqa bir paytlar bobosi örgatganidek qilib öqlamoqçi ham böldi. Lekin bobosi röyxuş bermasligi bilib bunday qilmadi.
– Öqlarni yiğiştirib qöyaymi?.. – deb söradi u.
Bobosi ovqatlanib dasturxonga omin öqirkan:
– Mayli, yiğiştirgin-da, tokçaga qöya qol. Meni hali çiqaradigan buğdoylarim bor, – dedi-yu örnidan turdi.
Bola öq-dorilarni yiğiştirib tokçaga taxlab qöyarkan, Tölqin çol uni bir pas kuzatib turgaç:
– Endi olib uyga boraqol, hali keçki ovqatni ham olib kelişing kerak, – dedi.
Bola bobosining ortidan taşqariga çiqdi. Ertalabki tuman deyarli tarqab bölgandi. Quyoş izğirinli havoda bulutlar ostidan xira nur soçadi. Çol bolani kuzatarkan:
– Agar keçda yotadigan bölib kelsang, uyga aytib qöy, xavotir olib yurişmasin tağin, – dedi.
Bola boş irğab qöydi. Bu gap unga moydek yoqqandi. Negaki, bobosi unga köpinça tegirmonxonada yotişga ruxsat bermasdi. Lekin hozir bobosining özidan bunday taklif çiqişi Ösar uçun yoqimli edi. U çol bilan xayrlaşib, qişloqqa eltadigan söqmoq böylab, qandaydir qöşiqni xirgoyi qilgança ketdi…
Çol bir pasga uning ortidan qarab turdi-da, söng tegirmonxonaga buğdoy çiqargani kirib ketdi.
II
Ösar tegirmonxonaga bobosiga keçki ovqat uçun dasturxonda non va betonçada şirguruç olib kelganda, atrofda şom qoronğusi deyarli tuşib bölgandi. Çol bolaning keçikib, qoronğuda yurgani uçun koyigan böldi. Ösar:
– Bolalar bilan gurung qilib, qolib ketibman. Oyim uydan ança vaqtli çiqarib yuborgandi, – dedi.
Çol bolani uyçaga kiritar ekan, şişa chiroqni yoqib qöydi. Taşqarida şamol esar, daryo şovullardi. Atrofga yoyilayotgan şom tumani bir pasda butun vodiyni tutdi. Bu yerga elektr toki keltirilmagan edi. Negaki, bu yerda tegirmonxonani aytmasa, elektr olib kelişning kimga ham zarurati bor. Tuman qurşagan sohillar ortidan ham, Ösarlar yaşaydigan qişloq tarafdan ham elektr çiroqlarining milt-milt yonişi, daryo böyidagi tegirmonxonada ötirgan bolaning qalbida ajib bir surur uyğotardi. U bobosining mana şunday alfozda qança yillardan buyon umrguzaronlik qilişini, tegirmonxonadagi uyçaga har gal kelganda, jasoratga yöyib ötirar, bobosini qandaydir afsonaviy qahramon sifatida tasavvur qilardi. Lekin hozir u bobosining ajinaning kelişi haqidagi xavotirlarini tinglarkan, bobosi özi öylagançalik köp ham jasur emas, deb öylay boşlaydi. Ösar buni bobosining qariganligiga yöyib qöydi. Çol Ziyodilla daqqining gapini bolaga aytardi:
– Ajina, Ziyodilla daqqining aytişiça, odatda, tunda ziyon yetkazarkan. Köp jin çalgan kişilarni suv böyida tunda ajina çalib ketgan. Özim ham bu haqda köp eşitganman.
– Ajina kelsa, nima qilamiz? – bolani titroq bosdi.
– Sen köp ham qörqma, u kelsa ham, menga ziyon yetkazadi, – bolani tinçlantirişga urindi çol. – Har ehtimolga qarşi miltiqni öqlab qöyaman. Menga ziyon yetkaziş niyatida bölsa, ruhiy mavjudot-pavjudotligiga qarab ötirmayman. Şartta otaman-qöyaman.
Bola çiroq yoruğida bobosi haqiqatan ham miltiqni öqlab, tokçaga qöyib qöyayotganligiga eʼtibor qaratdi. Bundan uning köngli ança xotirjam tortdi.
Çol şirguruçni dasturxonga qöyarkan, bola bobosining közi ança ötkirligidan zavqlanib qöydi. Örtoqlarining bobolari allaqaçon közoynak taqib, hassaga suyanib qolgan, uning bobosi esa, ularning oldida ança tetik va bardam körinadi. Bolalar uning bobosini bir qöli yöqligini aytişadi. Ösar esa, özingni bobong hassasiz yurolmaydi-ku, bobongni közi közoynaksiz körmaydi-ku, derdi. Hozir bobosi bilan jimgina tamaddi qilib ötirarkan, u öşa bolalarning gaplarini eslar, özi ham ularning bobolarini kamsitgani uçun iç-içidan xijolat çekib ötirardi.
Çolni bot-bot ovqatdan ol deyişi uning xayolini bölardi. U xöp derdi-yu, yana xayolga berilardi.
Dasturxonga fotiha öqişarkan, bobosi undagi holatni sezdi şekilli:
– Nimaga bunça xayol surasan? – deb qoldi.
Bola:
– Özim, – dedi.
Çol chiroqni olib taşqariga çiqib keldi-da:
– Hamma yoq tinç, dam olsak ham bölar, – dedi.
Uyçaning bir qismida taxmonda yiğib qöyilgan körpa-töşakni olib, çol öziga va Ösarga joy töşab berarkan:
– Sandalga çöğ solib qöyganman, issiqqina yotasan, – dedi. – Ehtiyot böl, çöğga yana oyoğingni bosib olmagin.
– Yoş bolamidim, bobo, – Ösarning ğururi qözğalib ketdi.
Har doimgidek tegirmonxonada qolgan tunlari çol bolaga ertak aytib berdi. U ertakda oq dev, sariq dev va qora devni yengan pahlavon Rustam hamda uning oti Raxş haqida söz ketardi. Ösar bobosi aytib bergan ertakni eşitib yotarkan, özini öşa pahlavon Rustam deb tasavvur qilardi. Ertak tugagandan keyin ham bola ança vaqt öşa pahlavon töğrisida öylab yotdi. Uni xayoli qayoqlarga olib ketmadi deysiz… Bir mahal közi ketgan ekanmi yoki uxlab qolib nimadandir çöçib uyğondimi, taşqaridan qandaydir yoruğlik közini qamaştirgandek böldi. Göyo kimdir derazadan içkariga fonar tutib öçirib yoqqandek edi. Ösar bu xayolida böldimi yo öngidami, har holda yaxşi anglayolmadi. Tegirmon tarafdan judayam sekin şitirlagan ovoz eşitilganday böldi. Ösar bobosini uyğotmoqçi bölib, sekin u tomonga qaradi. Bolaning baxtiga Tölqin çol hali uxlamagan edi. Çol qölida miltiqni tutgança dağ-dağ titrab turardi. Ösar bobosi tomonga engaşarkan, uning qoronğuda çaqnab turgan közlariga ğayrişuuriy bir idrok-la boqarkan, buni aniq sezdi. Çol bola uyğonganligini bilib unga sekin, past ovozda:
– Jim yot, – dedi.
Ösar nima bölayotganligini anglolmay hayron edi.
– Bobo, nima bölayapti özi?
– Ajina kelganga öxşaydi, – dedi.
U negadir titrardi. Bola esa hangu mang. Eng qiziği, uning dilida hozir ajinaning soçini körganda uyğonadigan ğayritabiiy qörquvning özi yöq edi. Bu uning yarim uyqu holatda bölganidanmi yo bobosining qölida öqlangan miltiq turganidanmi, bir narsa deyiş qiyin. Har holda uning yuragi hozir, xuddi sarguzaşt işqibozlariniki kabi gurs-gurs urib turardi xolos. Tegirmonxonaning narigi xonasida şitirlayotgan, kimningdir judayam ohista qadam olişi bolaga aniq eşitilib turardi.
– Bobo, eşitayapsizmi?.. – şivirladi bola. – U çindan ham ajinami?..
– Jim, jim, – derdi bobosi.
Çol miltiqni eşikka qaratib öqlab turardi. Agar eşik oçilsa, tamom, u aniq otadi. Bola, hozir şu narsa röy beradigandek, eşik tarafga içki bir hayajon va hayrat bilan qarab turardi.
Şitirlagan ovoz bolaning xayolida tegirmonxonadan taşqariga yönalgandek böldi. U sekin deraza tomonga örmalab bordi. Ösar adaşmagan edi. Tegirmonxonadan oq ridoga örangan, orqasiga nimadir ortmoqlab olgan kimsa söqmoq böylab tez-tez yurib keta boşladi. Ösar:
– Bobo, ana ajina, u ketayapti, – dedi.
Tölqin çol miltiğini tuşirib, yillar tözonida xiralaşgan ötkir közlarini söqmoq böylab ketayotgan kişiga tikarkan:
– Ha, u ketayapti, – dedi. – Lekin u negadir, mening ajinamga öxşamayapti.
Çol bolaga yostiği tagidan gugurtni olib berarkan:
– Ösarjon bolam, chiroqni yoq, – dedi.
Bola çol aytganidek qildi. Tölqin çol:
– Yo, Xudoyim-yey, Özingga şukr, Özingga şukr, – derdi.
Bola hamon derazadan tikilib turar, ajina esa, tuman bosgan söqmoq böylab ğoyib bölgandi. Ösarni ayniqsa, uning odamga öxşab oyoqda yurib ketayotganligi hayron qoldirdi. Bobosi aytişiça, ajina şunday mavjudotki, u xohlagan tusga kira oladi. Xohlasa, kökka uçib ketadi, xohlasa, odamlarning köz öngida mumga aylanib ğoyib böladi. Lekin hozir Ösar körgan ajina, u har kuni qatnaydigan söqmoğidan ketib borayotgandek edi. Çol chiroqni olib, taşqariga çiqdi. U narigi xonani közdan keçirmoqçi böldi. Ösar negadir, qöliga miltiqni olgança uning ortidan çiqdi. Çol çiroq bilan paypaslab yurgança tegirmon joylaşgan xonaga kirdi. U yerda miskin bir jimlik va ufunat hukm surardi. Tölqin çol tegirmonxonani közdan keçirarkan, birdan hayqirib yubordi:
– Un yöq, qopda çiqarib qöyilgan un yöq, – dedi u. – Ajina nahotki unni olib ketgan bölsa?!
– U orqasiga nimadir kötarib olgandek edi, – Ösar ajinaning tegirmondan çiqib tez-tez yurib ketayotgandagi holatini bobosiga aytib berdi.
– Yaxşi körolmadimu, lekin rostdanam, şunday edi, – xulosa qildi çol.
– Nahotki u meni şunday jazolasa?!
Bolaning xayoliga tösatdan boşqa narsa urildi. U miltiqni mahkam siqib uşlagança, qoronğu söqmoq böylab yugurib ketdi. Bolaning bunday qarorga kelişini kutmagan çol uning ortidan çopdi:
– Ösarjon, töxta, töxta… – der edi u nuqul.
Bola esa tayğanib-surinib çopib borardi.
Çol chiroqni tegirmonxonada qoldirganidanmi, bolani orqasidan yuguraman deb yiqilib tuşdi. U turib yana yugurdi, bolani çaqirdi, qandaydir kölmakka yana yiqilib tuşdi. Tölqin çol örnidan turarkan, yölini yöqotib, qayoqqa yugurişini ham, qayoqqa yurişini ham bilmay qoldi. U ovozini boriça bir neça bor Ösarni çaqirdi. Lekin heç kim javob qilmadi. Ösar bobosining orqasidan çaqirganini, uning ortidan kelayotganini ham bilardi. Şuning uçun qölida bobosi öqlab qöygan miltiqni tutgança, söqmoq böylab yugurib borar, bobosining orqada yiqilib, kölmak loyiga belanib, yölni yöqotib qolib ketganini hozir umuman xayoliga keltirmasdi. Uning fikri-zikri, hozir tezroq ajinaga yetib olişda edi. Dalada tuman şunçalik quyuq tuşgan ediki, Ösar deyarli yölini yöqotayozgandek oldinda nimanidir körişga umid qilib, halloslab borardi. U yugurayotib qoronğuda bir neça bor yiqilib tuşdi. Bir gal hatto qölidan miltiq çiqib ketdi. U miltiqni paypaslab yerdan olarkan, bu ajinaning makri bölsa kerak, deb öyladi. Uni qoronğuda ajina yiqitayotgandek edi. Yöqsa, u kunduzlari bu söqmoqlardan neça bor chopadi, yiqilmasdi-ku, ha, uni ajina yiqitayotgan bölsa kerak. Ösar uzoqdan bobosini yana bir neça bor çaqirganini eşitdi. U bobosi orqasidan kelmayotganligini, u judayam orqada qolib ketganligini bildi. Bildi-yu, qörquvdan yuragi şuv etib ketdi. Yaxşiyam, qölida miltiq bor edi. Bu odamga yöldoş böladi, derdi bobosi miltiq haqida. Bobosi bu miltiqni tunlari doim boşiga qöyib yotardi. Ösar yiqilib tuşmaslik uçun endi yugurmasdan, lekin tez-tez qadam taşlab, söqmoq böylab borarkan, tunda bu yerlar unga judayam dahşatli bölib körinardi. Tuman qalinligidan heç narsani körib bölmas, Oqsuvdaryo qoronğuda vahşatli şovullar, kişi yuragiga ğulu solardi. Bola oldinga qarab boraverarkan, tösatdan uning omadi çopdi. Undan yuz qadamça oldinda kimdir fonarni bir yoqib, öçirdi. Ösar bir muddat töxtab qoldi. U fonar bir yonib-öçganda, oq rido kiygan ajinani orqasidan aniq kördi. U yelkasida qandaydir qopni kötarib olgandi. Bu bobosining tegirmonxonasidan öğirlangan un ekanligiga Ösarning zarraça şubhasi qolmadi. U tegirmonxonadan yugurib çiqqanda aynan şunday deb öylagandi. Ha, uning sezgilari aldamagan ekan. Ajina tegirmonxonadagi bir qop unni olib ketayotgan edi. Ösar uning orqasidan yugurib yeta olişi mumkin bölsa-da, uni qandaydir bir içki qörquv oldinga yurişdan qaytarar, yurişi borgan sari sekinlab borardi. Ösar özini ajina körib qolişidan qörqayotgan edi. Bola bobosining ajina haqida aytib bergan gaplarini esladi. Ajinani tobe qiliş uçun, uni mahkam borib soçidan uşlaş kerak-da, şartta soçidan qirqib oliş kerak. Şunda u bir umr senga xizmat qiladi. Bobosida uning soçi bor edi-yu, lekin bobosi, biron marta ham ajinaning xizmatidan foydalanmagan. Yöqsa, uning bir dona soçini olib, olov yoqib tutatsang, u sening xizmatingga yetib kelarkan. Ösar bildirmasdan uning ortidan borib ajinaning soçini qirqib olmoqçi böldi. Lekin tezda bu fikridan qaytdi. Negaki, unda na qayçi bor, na bobosidek jurʼat bor edi. Oldinda tezlaşib ketayotgan ajinaning böyi Ösarnikidan ança kattaligi ham uni çöçitdi. Bildirmasdan orqasidan bordim ham deylik, baribir soçidan tutişga qölim yetmaydi-ku, öyladi u. Şunday bölsa ham, Ösar ajinaning izini yöqotmasdan, uning ortidan bildirmasdan boraverdi. Agar orqasiga qaragudek bölsa, yo töxtab, u yoq-bu yoqqa alanglasa, Ösar ham bir yerda jimgina qotib turardi. Ajina nimadandir çöçiyotganligini, Ösar köp ötmay sezib qoldi. U orqasidagi yuk bilan çarçagandi. Lekin uning nimaga uçib ketmayotganligi, boşqa mavjudotga aylanib, mumdek erib ğoyib bölmayotganligi Ösarni hayron qoldirayotgandi. U bobosi aytgançalik, köp ham qudratga ega bölmasa kerak, deb öyladi Ösar. Yöqsa, ajina ham çarçaydimi?! Ajina yukni yerga qöyib, orqasiga alanglab qarab turardi. Ösar meni ajina kördi, deb öyladi. U qörquvdan vujudi titrab, otişga şaylanib, miltiq uçini ajinaga qaratib turardi. Agar u Ösar tarafga qarab yursa bormi, bola aniq miltiq tepkisini bosardi. Lekin ajina tuman içida oq tusi bilan körinib, Ösar tarafga qarab turgan bölsa-da, uni körmayotgan edi. U faqat uning ortidan kimdir kelayotganidan xavotirlanayotgandi. U örnida bir-ikki bor aylanib turdi-da, yana qopni yelkasiga olgança oldinga yurib ketdi. Ösar unga bildirmasdan borgan sari yaqinlaşib-yaqinlaşib borardi. Ajinaning uni körib qolişiga tunning qoronğuligi va tumanning qalinligi yöl bermasdi. Voajab, ajina yölini qişloq tarafga qarab burgandi. U tez-tez yurib, muyulişdagi birinçi köçaga burdi. Ösar miltiğini mahkam tutgança, har lahzada otişga tayyor bölib, uni taʼqib qilib kelardi. Qişloqda itlar hurar, keça izğirini yöl betidagi teraklarning şip-şiydam tanasini yalardi. Ajina köçadagi uylardan biriga tezgina kirib közdan yöqoldi. Ösar sönggi jangga hozirlangandek, öşa darvoza tarafga qarab yugurdi. U butun nafrati, kuçi, ajinaga qarab aytmoqçi bölgan barça sözlarini zumda xayolidan keçirib, ajina kirib ketgan öşa darvoza tarafga talpindi. Bu uy kimniki, ajina bu yerga nimaga kirib ketdi, hozir bu narsalar u uçun qiziq emasdi. Uning butun fikri-zikri ajinaga sönggi olişuv oldidan aytiladigan sözlarida edi. Bu sözlarda bobosining dunyodagi yaxşi odamlardan biri ekanligini, odamlar yaxşi yaşaşi uçun uruşga borganligini, hatto jangda bir qölidan ayrilganligini, undan ajinaning öç olişga heç qanday haqqi yöqligini, kerak bölsa bobosi uçun öz jonini ajinaga berişi mumkinligini unga aytadi. Agar ajina könmaydigan bölsa, unda Ösar ham qarab ötirmaydi, unga qarata tepkini bosadi. Ösar şunday tezlik bilan miyasiga kelgan fikr içra darvozani şart oçib içkariga kirarkan, ajina yelkasidagi qopni yerga qöyib, ustidagi oq ridoni olib taşlagança, u tomonga qaradi. Ösar qörquv va hayajondan emas, balki unga judayam taniş turqli kişini tösatdan uçratganidan hayratga tuşgandek, ğalati holga tuşib qoldi. Yölakdagi elektr çiroği nurida unga bugun tegirmon yölida körgan, bobosi aytgan, öşa – Ziyodilla daqqi qarab turardi…
Şerzod Komil Xalil
“Yoşlik” 2010/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

