Bahorning ilk kunida Özbekiston xalq şoiri Zulfiya tavallud topgan kunni keng miqyosda nişonladik. Bizning yurtimizda har bahor şunday boşlanadi. Ha, ona diyorimizda “Har bahorda şu bölar takror”…
Yozuvçilar uyuşmasida “Assalom, ey, xuş kelding bahor” deb nomlangan bahor muşoirasi bölib ötdi. Unda yurtimizning atoqli şoirlari, keksa va yoş avlodga mansub ijodkorlar hamda adabiyot muxlislari qatnaşdilar.

Muşoirani Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq yozuvçisi Muhammad Ali oçdi. Adib öz sözida bu yilgi bahorning özgaça şukuhi borligini taʼkidladi. Bahor fasli insonlar ruhiyatiga munavvarlik, kayfiyatiga kötarinkilik baxş etadi, köngillarga yangi umidlar, orzu-niyatlar va maqsadlar soladi. Yangi kuç-ğayrat va şijoat bilan yurtni yanada farovon etiş, borliqni gulga burkaş, nihollar ekiş, qişdan omon çiqqan keksalarni yöqlaş – boringki, ezgulik va gözallik tadbirlari avj oladi.

Xususan, yaqinda muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç bilan milliy boğda bir guruh ijodkorlar bilan bölgan uçraşuv özbek adabiyoti tarixini abadiylaştirişga qöyilgan qutluğ qadam bölganini sözladi. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, bu boğ butun xalqimiz uçun kelajakda qutluğ ziyoratgoh, şuningdek, respublikamiz qalam ahli, ayniqsa, yoş ijodkorlar uçun tom maʼnoda ilhom manbai, ayni paytda, saodat gulşaniga aylangusidir.

Bahor muşoirasida Özbekiston xalq şoirlari Omon Matjon, Usmon Azim, taniqli şoiralar Zulfiya Möminova, Şarifa Salimova, Gulçehra Jörayeva, Farida Afruz, Marta Kim, Qutlibeka Rahimboyeva, Nazira as-Salom va boşqalarning şeʼrlari yangradi. Bu aşʼorlarda ayolni, xotin-qizlarimizni uluğlandi, yurtimizdagi yangilanişlar, xalqimiz bunyodkorligi, milliy qadriyatlarimiz, tinçlik va farovonlik tarannum etildi.


Yurtimizda xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan berilayotgan eʼtibor, ayniqsa, qizlarning taʼlim-tarbiyasi va kamoloti yölidagi ğamxörliklarni har bir fuqaro körib, his etayotgani quvonarlidir. Yozuvçilar uyuşmasidagi bahor muşoirasiga taşrif buyurgan ijodkorlar, talabalar va adabiyot muxlislari ham bundan mustasno bölişmadi. Ularning har biriga Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan çop ettirilgan kitoblar töplami tuhfa qilindi.
Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


