1 735 marta körilgan

Tinçlik tili – tonggi tilaklar

Mahmud Toir

Tonggi tilaklar

Saharlarning sarin yelidan

Yaratganning salomi kelar.

Maysalarning mayin tilidan

Şabnamlarning kalomi kelar.

Poklik erur tongning tilagi,

Uyğoq dillar uvol ketmaydi.

Toşdan emas toşning yuragi,

Turtib qöysang, zavol ketmaydi.

Quş bilan quş körişar tongda,

Huş bilan tuş körişar tongda,

Xudoyimning xuş niyati bor,

Uyğon, degan bir gözal bongda.

Tinçlik tili – tonggi tilaklar,

Dilning guli – tonggi tilaklar,

Yaxşilarga tong diydorining

Oppoq yöli – tongi tilaklar.

Kitob kerakdir

Suvrat asli nurni siyratdan olur,

Siyrat esa ilmu hikmatdan olur,

Odamdan ezgulik, muhabbat qolur,

Saodat sayliga savob kerakdir,

Köngilning mayliga kitob kerakdir.

Kitob – dil boğida gulning rangidir,

Kitob – otaş içra dilning rangidir,

U – qalbning kamoli, aql jangidir,

Kökni közlaganga xitob kerakdir,

Özni izlaganga kitob kerakdir.

Öqigan, uqqanga eli ergaşgay,

Oqil yölga çiqsa, yöli ergaşgay,

Jannatday jilmayib çöli ergaşgay,

Savol yuz oçganda javob kerakdir,

Javob jarangiga kitob kerakdir.

Kitob bu – osmonning öziga narvon,

Kitob bu – jahonning köziga narvon,

Tirik tarixlarning söziga narvon,

Tunda talpinganga mohtob kerakdir,

Kunday kulay desang, kitob kerakdir.

Olam olamligin bilmoq uçun ham,

Odam odamligin bilmoq uçun ham,

Qilni qirq tilimga ilmoq uçun ham,

Tiğni tutguvçiga şitob kerakdir,

Tuğni tutguvçiga kitob kerakdir.

Daʼvat

Tonggi tilaklarda Tangri tumori,

Gullarning ifori – yellarning yori,

Ayt, kimni tutmaydi bu tong xumori,

Agar toş bölmasang tölğonganmisan,

Ayo döst, uyğon sen, uyğonganmisan?

Közdan közga köçar nurlar çamani,

Oh, tonggi şabnamlar – durlar çamani,

Kimni maftun etmas gullar çamani,

Köz tikib, entikib, quvonganmisan,

Ayo döst, uyğon sen, uyğonganmisan?

Qumrilar soz tutib qoşingda turar,

Qaldirğoç ayvonda, boşingda turar,

Bolari gul öpib, qandini urar,

Olov bölganmisan, heç yonganmisan,

Ayo döst, uyğon sen, uyğonganmisan?

Barakaning boşi tongdan boşlanar,

“Uyğon, bolam”, degan bongdan boşlanar,

Halollik köngildan, ongdan boşlanar,

Xuş bir niyatingga çulğonganmisan,

Ayo döst, uyğon sen, uyğonganmisan?

Özgalar baxtidan bahra olgan el,

Quvonganni körsa, quvonçlari sel,

Seni tongdan safga çorlamoqda, kel,

Özing özligingdan heç qonganmisan,

Ayo döst, uyğon sen, uyğonganmisan?

Maʼno

Parvoz uçun dil kerak bölar,

Ovoz uçun til kerak bölar.

Yoqay desang gulruxsorlarga

Işq iforli gul kerak bölar.

Neki kerak, boqsang özingda,

Çiroğing ham yoqsang özingda,

Taşna dillar dil jomin tutar,

Maʼno bölib oqsang sözingda.

Kor

Tilak toza bölsa, toşga kor qilar,

Qalam tim qarodir, qoşga kor qilar.

Mehrki, köngildan uzilmay çiqsa,

Közdagi şaşqator yoşga kor qilar.

Oqibat – umrimiz izidagi gul,

Muruvvat – könglimiz közidagi gul.

Yaxşilik koridan kim murod topsa,

Dunyoga tabassum sözidagi gul.

Saodat sabosi savobning kori,

Bekka ham beminnat oftobning kori,

Buğdoy non yöq joyda buğdoy söz topsang,

Baʼzan tilloga teng javobning kori.

Izsiz ketmagaydir dunyoda heç kor,

Töğrini töğri der, inkorni inkor.

Vale, har kişiga bir kor yaraşgay,

Yaxşilik yodida yaşaş iftixor.

Tavba

Ilğadim nogahon toşlar şivirin,

Dilgir dil, egilgan boşlar şivirin.

Qaboğim qalqitib, közimdan oqqan,

Yuzimni yondirgan yoşlar şivirin.

Bu şivir şamolning şaklidan darak,

Könglimning noörin jahlidan darak.

Tavbalar tizlaşib turardi bunda,

Vujudim keç topgan aqlidan darak.

Yallolar bazmida ekan bu dilim,

Xatolar azmida ekan bu dilim.

Endi közyoşidan najot axtarib,

Nadomat nazmida ekan bu dilim.

Şeʼrga siyoh böldi şu köngil qoni,

Şu qalam uçinda köngilning joni.

Takror aytsa, tavba qabulmas, ey dil,

Bu tavba umringning sönggi imkoni.

Barqaror baxt

Şaraf qaydan, şon qaydan kelur,

Joni fido avlod bölmasa.

Aytgin, odam qanday yuksalur,

Vatan ozod, obod bölmasa.

Yuzi yoruğ bir millat qayda,

Olam bilgan bu qudrat qayda,

Bu şon-şuhrat, bu davlat qayda,

Vatan ozod, obod bölmasa.

Ajdodlarning ohi toğ bölgan,

Har kunida ming söroq bölgan,

Bormi, axir, yayragan, kulgan,

Vatan ozod, obod bölmasa.

Dunyolarga böylab bölurmi,

Baxt haqida öylab bölurmi,

Tinçligimiz kuylab bölurmi,

Vatan ozod, obod bölmasa.

Şukur, elim, baxting barqaror,

Tinçligingga jonimiz tumor,

Qayda edi bunday iftixor,

Vatan ozod, obod bölmasa.

Kuygan dil

Kuygan köngillarda kuygan dil kördik,

Kuyib ketganmi ul, siqim kul kördik.

Martaba, dedilar, keldiyu ketdi,

Öşal martabani biz bir pul kördik.

Kuygan köngillarda kuygan dil kördik,

Kuyib kuydirganmi, bir bulbul kördik.

Nogoh boğ oralab kelar edi ul,

Biz gulning qölida dasta gul kördik.

Kuygan köngillarda kuygan dil kördik,

Mutlaq abgor edi, sitam, sil kördik.

Qalb közing körmasa, dunyo tangu tor,

Köngilga siğmagan ajib qil kördik.

Kuygan köngillarda kuygan dil kördik,

Çehrami yo oftob, nur – butkul kördik.

Bu iymon nuridir, dedilar bizga,

Özi siniq edi, Haqqa qul kördik.

***

Sevgi bor olamda nur albat bölur,

Ham dilu qöl körki, gul albat bölur.

Muhabbat merosdir Odam Atodan,

Har gulning bulbuli – qul albat bölur.

***

Har köngil bir olam, öz toği bordir,

Har köngil bir olam, öz boği bordir.

Kirsang, darvozasin asta çertib qöy,

Besöroq taşrifning söroği bordir.

***

Yöqlab kelsa turnalar, közlarim xumor bölar,

Qurey-qureylab ötsa, sözlarim tumor bölar.

Soğinçlarim samoda qanot qoqar göyoki,

Umr bersa bu diydor har bahor takror bölar.

***

Tilim aytar: Mahmud, hikmat dilingdadir,

Dilim aytar: Mahmud, hikmat elingdadir.

***

Qanoat qoningda qatra topilgay,

Şukur qil, nafsingga eşik yopilgay.

***

Köz yumib körganing dilingnikidir,

Agar hikmat topsang elingnikidir.

***

Unutsang arziydi unutguvçini,

Soğinç sil qiladi lek kutguvçini.

Mahmud TOIR,

Özbekiston xalq şoiri.

1952-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Ayt endi, yuragim”, “Biz neçun uçraşdik”, “Muhabbat şevasi”, “Oqib ketgan armonlar”, “Barmoqlar bodasi”, “Haqni tanib”, “Yuz törtlik”, “Ogoh böl, dunyo”, “Otamning ökinçi”, “Şeʼriy hikmat”, “Yangi Toşkentnoma”, “Bedorlarga bering dunyoni” kabi kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.