Davlatli ona tilimiz “davlat tili” bölganidan beri, eh-he, qança-qança qovun pişiği ötdi. Öşandan beri bu masalada amalga oşirilgan işlar ham bir talay. Darrov bölmasa ham, qimirlagan qir oşar deganidek, röyobga çiqayotgan işlar köp. Men özimga taniş bir misolni aytay: hozir yurtimizda kitoblarning mutlaq köpçiligi özbek tilida naşr etiladi. Holbuki, bundan öttiz yilça ilgari Özbekistonda çiqadigan kitoblarning yarmidan köproği rusça bölar, tiraji ham özbekça kitoblarga qaraganda bir neça baravar ortiq edi. Özbekça biror asar nari borsa 50-60 ming nusxada çiqsa, rus tilidagi romanlar 120-200 ming nusxa çop etilar, yaʼni “markaz”niki kamday, Özbekiston hisobidan ham rusça kitob naşr etilib, boşqa yoqlarga olib ketilar, odatiy hol şu edi.
Boşqa tarmoqlarni özingiz qiyoslab olavering.
Ana öşa oğir bir muhitda ona tilimiz böğilayotganini özimiz sezib-sezmay yura bergan ekanmiz. Bağrikeng elmiz, birinçi va ikkinçi ona tili bor ajoyib xalqmiz, deb özimizni ovutar edik. Bir hikoya öqiganman. Uning qahramoni bölgan hind yigiti Dehliga kelib, hindning hind bilan ingliz tilida gaplaşayotganini körib, hafsalasi pir bölib ketadi.
Ammo… bizning ham şunga yetib qolayozganimiz sir emas-ku!
Ne qilayin sening bila, ey til?
Jihatingdan mening içim qondur, –
degan edi Bobur mirzo. Öşa zamonda ham til borasida qay bir qusurlar bölgandirki, şoirning dili örtangan. Ammo u davrda odamlar öz ismi-şarifini öz qöllari bilan boşqa tilga moslab bitmagan bölsalar kerak, har holda? Bugun özbek tilidagi bir tibbiy kitobga közim tuşdi. 2005-yili, “Davlat tili haqida”gi qonun çiqqanidan ön olti yil keyin çop etilgan risola ekan. Muallifi ikki kişi: Şaagzamov bilan Gulyamova…
Tilbuzarlik
Ori rost, ona tilimiz boy til, uning bugungi taraqqiyotidan ham faxrlansak arziydi. Negaki, jahonning eng maşhur adiblari ijodiga mansub durdona asarlarni öz tilimizda öqiş imkoniyatiga egamiz. Ilm-fanning önlab sohalariga oid bilim ham yoşlar ongiga ona tili vositasida jo bölayapti.
Prezidentimiz Ş. Mirziyoyevning "ğalaba raportlari"ga berilmaslik haqidagi talabini keng jamoatçilik, xalqimiz mamnuniyat bilan kutib oldi. Taʼbir joiz bölsa, bu talabni bedorlik bongi deyiş mumkin. Biz ham şu qabildagi yaşasinçilikdan özimizni sal foriğ qilib, tilimizning ahvol-ruhiyasiga razm soladigan bölsak, unda birtalay muammolar töplanib qolganini ham körişimiz mumkin. Zotan, taraqqiyotning şarti – öz işiga tanqidiy nuqtayi nazardan qarab, uni tinimsiz takomillaştirişdir.
Tilni nima boyitadi, yaʼni har bir milliy tilning boyligi nimalarga boğliq böladi? Sodda qilib aytganda, ikki narsaga – tildagi luğat boyligi va ifoda imkoniyatlarining köpligiga. Bu ham nisbiy maʼnoda, albatta. Muayyan xalq tilining boyligi xususida gap ketganda, öşa til taraqqiyotining ayni paytdagi darajasida jamiyat hayotining istalgan sohasidagi bilimni aniq va lönda ifodalaş imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligiga qarab hukm çiqarsa böladi.
Luğat, yaʼni söz xazinasidan foydalaniş töğrisida mulohaza qilar bölsak, bilasiz, har bir sözning öziga yaraşur yuki bor – söz maʼno taşiydi. Demak, har bir sözga öz holiga yaraşa maʼno ortiş kerak. Bahaybat “KamAZ”ga bitta oynavand javonni yuklasangiz, manzilga borgaç, bir arava ötin tuşirib olasiz. Bilʼaks, ön qop şolğom “Neksiya”ga ortilsa, maşina abgor böladi. Söz ham şunday. Buni hisobga olmasak, “KamAZ”lik çoği bor sözlar quruq arava opqoçganday şaldirab, maʼnosiz tovuşga aylanadi, birvarakay ikki-uç maʼnoga masʼul qilingan sözlarning esa söloği çiqadi.
Yozuvçilar, olimlar, jurnalistlarning ijodiy faoliyati davomida tilga yangi söz va ifoda şakllari köp kirib keladi. Ilmda bular neologizm deyiladi. Biroq har qanday neologizm ham tilni boyitib, ijobiy hodisa bölavermaydi. Qalamkaşlar baʼzan sözning tub maʼnosini bilmasligi yoki özi yuklamoqçi bölgan yangi maʼnoni ifoda etadigan boşqa bir söz borligidan bexabar bölişi ham mumkin ekan.
Şoirlarimizdan biri yozadi:
Qadim tiyin topsak, quvonar edik,
Nogoh xazinaga kelgandek duçor.
Endi-çi? Million-million öpirib,
Na nomus qilamiz, va na undan or.
Özbek tilida xazinaga… duçor kelinmaydi, duç kelinadi! Baloga, qirğinga, yomonliklarga duçor keliş desa, boşqa gap. “Duç” bilan “duçor” sözlaridagi şakliy va maʼnoviy yaqinliklarni farqlaş örniga ularni qoriştiriş nomaqbul neologizmni yuzaga çiqargan. Yoki şu törtlikdan yana bir misol: millionlab pulni ömariş mumkin, öpirib bölmaydi, toşqin suv esa qirğoqlarni öpiradi, ömarmaydi!. Nainki, xalq tilini xalq şoiridan himoya qilişga töğri kelsa?
Hozirgi kunda sözlarga özgaça maʼno yuklaş, söz bilaman deb kökrakka uriş kasali avj oldi. Nafaqat oddiy jurnalistlar, hatto yozuvçilarning asarlarida ham ğalat ifoda şakllari bodrab ketdi.
“Ança” degan söz bor. “Xiyla”, “köpgina” degani. Ammo dilidagi tuyğular tölib-toshib ketgan palla baʼzi qalamkaşlar “ança”ga qanoat qilmay, uning maʼnosini yanada orttiriş maqsadida “ançayin”ni qöllaşadiki, bu aldoqçi şakldir, çunki “ançayin” “ança” degani emas. Aksinça, şuning teskarisini – “şunçaki”, “arzimas” degan maʼnolarni bildiradi.
Misol köp, maqsad esa ularni keltira berib, sizni zeriktiriş emas.
Siz aytişingiz mumkin: ayrim holatlarga qarab xulosa qilmang, deb. Töğri, ammo ana şunaqa “ayrim holatlar” yil sayin köpayib, tilbuzarlik, til bilmaslik ommalaşib borayotgan bölsa-çi?
Özbek tilidagi
özbekça emas gaplar
Telefon jiringlaydi. Kötarasiz. “Dilnozani mumkinmi?” deb ovoz beradi bir qiz. Dilnozani… mumkinmi… Bu nima degani? Özbekça qilib, “çaqirib bersangiz” yoki “uydamidi” desa… ayb böladimi? Qarindoşlar xayrlaşarkan, “Mayli, biz tomonga ham kelinglar”, deb bir-biriga tayinlaydi. Birinçisi rusça “ladno” (böpti)ning nobop tarjimasi. Aslida, “mayli” – biror nimaga ruxsat berişdir. Özbekçada “kelinglar” (prixodite) emas, “boringlar”, deyiladi.
Mahalla fuqarolari yiğini (sxod grajdan maxalli)ga çiqasiz. Bu yerda sizga ertaga kelişni tayinlaşadi: allaqaysi imoratning oçiliş marosimi bölarkan, u haşar yöli bilan (put+yom xaşara) qurilgan ekan. Qarang, mahalla özbekniki, haşar özbekniki bölsa-yu, mahalla idorasi deb aytmaymiz, haşar qilib qurilgan demaymiz. Şunaqa oddiy, özbekona qilib aytsak, asakamiz ketadi, şekilli.
Tölovlar esa “pul ötkaziş yöli bilan” amalga oşirilar ekan, “pul ötkazib” desangiz, savodsizga çiqasiz. Çunki uning göyoki asli “put+yom perevoda deneg” ekan.
Gap oddiy sözlaşuv nutqidagi xatolar haqidagina emas. Matbuot tili xiyla duduq bölib qoldi, radio va televideniye vakillarining nutqidagi saktaliklar esa qonuniyday tus oldi. Çunonçi, sport şarhlovçisi tört futbolçi deyiş örniga, “tört nafar futbolçilar” deb sayraydi. Sababi, ruslarda “çetvero futbolistov” böladi. “Töp bilan Farhod Tojiyev” degani ham “s myaçom…”ning ögirmasi, çamasi, töp Farhod Tojiyevda desa, göyo öxşamay qoladi.
“Sen ertaga kel, yaxşimi?” deydi örtoğingiz (Zavtra prixodi, xoroşo?). Buning örniga “xöpmi” (durustmi, böptimi, tuzukmi…) desa, nima qiladi? “Viloyatimizda bu yil ellik ikkita maktablar taʼmirdan çiqarildi”, “Yigirma uç nafar mutaxassislar iş bilan taʼminlandilar”, “qaror ijrosini taʼminlaş”… Bularning bari rus tilidan nönoq tarjima, ajabki, birov bunaqa “tarjimon”ning muşugini pişt demaydi.
“Pod rukovodstvom”, “pod redaksiyey” kabi kalimalar xuddi öşandoq şaklda “rahbarligi ostida”, “tahriri ostida” deb ağdarib qöyiladi. Axir, rahbarlik yoki tahrirning osti bölmas edi-ku özbekçada?! Usti ham. “Tekşirişlarni hisobga oliş kitobi”ni varaqlang, daftar ekanini körasiz. Rus tilida kitobga… yoziş mumkin, bizda esa kitob öqiladi, daftarga yoziladi. Bunaqa misollar urçigandan-urçib yotibdi.
Bular özbek tilidagi, ammo özbekça bölmagan ifoda şakllari. Ajab, özbek tilida bölsa ham ayb topaveramizmi? Albatta. Çunki “Davlat tili haqida”gi qonun çin röyobga çiqişi uçun iş yuritiş qoğozlarining matni özbek tilida bölişining özi ham kifoya qilmaydi. Bu – işning dastlabki, quyi bosqiçi. Ular özbek tilidagina emas, özbekça – özbek odam ona tilida yozganiday bölişi ham şart. Buning uçun Oliy Majlis çiqaradigan (qabul qiladigan emas!) qonun loyihalaridan tortib, to köça-köydagi eʼlonlarga qadar – bari avvalboşdan özbekona ifoda tarziga töliq rioya qilgan holda tayyorlanişi kerak.
Bu qay tarzda amalga oşadi? Nazarimda, buning uçun butun yurtimizda
Özbek tili muhiti
yuzaga keltirilişi kerak.
Xöş, “özbek tili muhiti” nima degani?
Buni anglaş uçun bir-ikki taniş manzarani yodingizga solay. Istalgan taksi yoki “marşrutka”ga çiqing, darrov magnitofondan ajnabiy qöşiq qöyib berişadi, maşinasidagi audiouskuna gumbur-gumburidan köçalar larzaga keladigan yigitlar ham aslo özbekça kuy-qöşiq eşitmaydi, uni zamonadan orqada qolganlar uçun, deyişadi. Ikkala quloğiga beş-oltitadan zirak taqib, qolmişiga “sotka”ning şnurini tiqib olgan qizlar özbekça kuy-qöşiqlarni tinglab ketyapti, deysizmi? Öylab qolaman: millatimning köpçiligi qanday kuy-qöşiqlarni eşityapti? Mana şunga qarab xalqning mentalitetini, bu mentalitet qayoqqa qarab burilayotganini aniqlasa böladi.
Toşkentning Ğafur Ğulom metro bekati yonidagi internet-kafega bir iş bilan boş suqqan edim, ortimdan yetmişlarga yaqinlaşgan opaxon kirib keldi. Kompyuterçi yigitdan bir xat yozib, elektron poçtadan jönatib berişini söradi.
Yigit “Bizda bunaqa xizmat yöq, ammo gap bunda ham emas, odam köp, şuning uçun iloji yöq, keçirasiz”, deb şarhi hol qildi. Şundan keyin bu özbek kampir “A çego…” deya örisçalab söroqqa tutib, paydarpay savol yoğdira boşladi. Vaqt ketyapti, desangiz. Oxiri men aralaşib, “Opaxon, heç jahonda özbek özbekka örisça gapiradimi, özbekça sörayvering, ğalati-ku?” deya tanbeh beruvdim, opa yana örisçalab bir nimalar deb tönğilladi-da, kompyuterxonani tark etdi.
Taşqariga çiqsam, örindiq qöyilgan ekan, ötirdim. Yonginamdagi muzqaymoq dökonining bozori çaqqon. Şim kiygan, qorni qopday osilgan kampirlaru böyalgan tirnoqlari bir enlik qizlar yaxakijon yalab ötmoqdalar. Ikkala qöliga bittadan “sotka” uşlagan öta işçan qiyofadagi yigitlar ham oralab qoladi. Bari özbek, barining gapi ajnabiy…
Tavba, deyman özimga özim. Qayerda yaşayapmiz? Töğri, “Til bilgan – el biladi” degan ajoyib maqolimiz bor. Ammo “el biliş” uçun, avvalo, öz ona tilimizni yaxşi bilişimiz, uning hurmatini joyiga qöyişimiz lozim emasmi?!
…Ön uç-ön tört yoşlarda edim. Bobom şahar çetidagi dalaga qovun-tarvuz ekkan, yozgi taʼtil mahali kunim öşa yoqda ötardi. Yölning narigi tomonida, sal içkariroqda köproq boşqa millat vakillari yaşardi. Bir kuni şom payti öşa uylar tomonda şovqin kötarildi. Ketmonni taşlab, çopib borsam, bir qirğiz ayol bilan bir tatar xotin aytişib yotibdi. Atrof töla odam. Tekin tomoşa-da. Naq biror soat urişişdi. Oxiri janjalkaşlarning jaği toldi, çarçaşdi, hangomatalablar ham birin-sirin tarqadi. Bu ikki “xöroz” ayol ham pirovardida bir-birini eng aççiq qarğişlar bilan “siylab”, uy-uyiga kirib ketdi. Qoronği maydonda bir öris kampir yolğiz qoldi. Men orqaroqda turgan edim, kampir payqamadi. Boyagi janjal oğir taʼsir qildi, şekilli, turdi-turdi, keyin bir uh tortib, “Tavba!” deb qöydi-da, uyiga yöl oldi.
Bu voqeaning xotiramda qolganiga sabab, boyagi öris kampir “Boje moy!” demadi, “Gospodi!” ham demadi, “Tavba!” deb yuragini böşatdi. Özbeklar içida tuğilib, umri özbeklar içida ötgan bölsa, nima ham desin?! U yoğini sörasangiz, oralari buzilgan anovi tatar xotin bilan qirğiz ayol ham bir-biriga tuşunarli bölişi uçun özbekça urişgan, ikkovi ham beixtiyor şuni tanlagan edi. Ana şu – özbek tili muhitining bir lavhasi.
Özbek tilida gapiriş boşqa-yu, özbekça gapiriş boşqa, jumlaning sözi özbekça, ammo şakli rusça bölsa, eng yomoni mana şu. Şuning uçun ham öziga özi “Tavba!” deb aytgan hov öşa öris kampirni men internet-kafeda uçratganim yetmiş yaşarli suyagi özbek, ammo dili begonalaşib ketgan “uzbeçka”ga qaraganda özbekroq deb bilaman, millatim vakili deb sanayman.
Bunday muhitda odamlar ona tili stixiyasi bağrida yaşaydi, şu til tabiatiga muvofiq fikrlaydi va bir-biriga özbekona iborayu ifodalar bilan muomala qiladi. Bunday muhitda taqdim etilayotgan axborotning özbek tilida bölişi yoki asl özbekça bölişi esa allaqaçon bosib ötilgan bosqiçga aylanadi. Bunday muhitda til barq urib rivojlanadi, odamlar istalgan joyda öz tilida gapirişdan iymanmaydi, özgalar tuşunarmikin deb istihola qilmaydi, balki huzurlanib nutq irod etadi.
Maqom qaysi tilga berilgan?
Bu savolni kimga bermang, hamma bilittifoq özbek tili davlat tili maqomiga ega, deb aytadi. Töğri, şundoq, ammo bir ammosi bor. Özbek tili degani katta tuşunça. Xorazm şevasi ham özbek tiliga kiradi, Toşkent lahjasi ham. Davlat tili degan maqom esa umuman özbek tiliga emas, özbek adabiy tiliga berilgan. Faqat adabiy til davlat tilidir.
Şunday ekan, barça davlat taşkilotlarida özbek tilidagina emas, adabiy tilda iş yuritilişi şart. Namanganlik muallim namangança şevada dars öta boşlasa, toşkentlik aktyor sahnada toşkentça şevada sözlasa, milliy yaxlitlikka putur yetişi turgan gap.
Ajabki, ilgari – elimiz mute, tilimiz zabun bir zamonda ham adabiy tilda saboq öqitilar, sanʼatkorlar umummiliy tilda gapirar edi. Hozir esa har kim öz şevasi maqomiga yörğalaydigan bölib qoldi, şunga yaraşa, saviya ham tuşib, mulla bilganini öqiydi qabilidagi hodisotlar köpaydi. Millat umumözbek adabiy tilida gapirişga öta borişi kerak. Çunki adabiy til elni birlaştiruvçi kuç bölsa, şevaga ruju qöyiş esa mahalliyçilikni kuçaytirişi tayin.
Yana bir toifa borki, ular nazdida, lotin alifbosi – davlat tili degani, şekilli. Çunonçi, xudoning bergan kuni qöl telefonimizga bir neça marta SMS xabar jönatişadi. Har biri ikki tilda – avval rusça keladi, söng özbek tilida takrorlanadi. Ammo rus tilidagi matn ham lotin yozuvida bitilganki, nazarimda, uni öris ham öqiy olmaydi. Axir, bizga rus tilini ham lotin yozuviga ötkaziş vakolati berilmagan-ku! Nega şunaqa qilişadi, bilasizmi? Ular nazdida, lotin yozuvida matn tayyorlaş til haqidagi qonunni bajariş bölsa kerak. Davlat tili – boşqa-yu, lotin alifbosiga ötiş – boşqa narsa, buni anglaş şunçalar qiyinmi?
* * *
Til – dilning kaliti. Demak, tilning buzilişi millat tiynatiga ham taʼsir qiladi. Evohki, bunga ança befarq, loqayd munosabatdamiz, örganib qolganmiz. Holbuki, Özbekiston – milliy qadriyatlarimizni asraydigan, rivojlantiradigan yagona davlat. Özbek tili faqat şu zaminda unib-ösişi, nashʼu namo topişi mumkin. Buni qonunni bajariş yösinidagina emas, çin dilimizdan ham eʼtirof etadigan bölsak, til haqida qonun çiqariş bilanoq iş bitmasligini tan olişimizga töğri keladi – butun mamlakatda özbek tili muhitini yuzaga keltiriş kerak. Bu muhitni har kuni, har soatda qöriqlab-asraşimiz, parvarişlab kuçaytirişimiz lozim.
Zuhriddin Isomiddinov,
filologiya fanlari nomzodi.
1953-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Turkiy epos va tarjima” risolasi çop etilgan. 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. A.P. Çexovning turkum hikoyalarini özbek tiliga tarjima qilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


