4 daqiqada öqiladi

6 054 marta körilgan

Alişer Navoiy zamondoşlari nigohida

Alişer Navoiy

Alişer Navoiy ijodi va şaxsiga hamma zamonlarda qiziqiş katta bölgan. Hatto u kişi haqida köplab afsonasifat hikoyalar ham töqilgan. Uluğ mutafakkirning şaxsi, tutumi, feʼl-atvori haqida yaqqolroq tasavvur hosil qiliş uçun avvalo hazratning asarlarini, u zotga zamondoş bölgan adiblarning xotiralarini sinçiklab öqiş zarur. Quyida buyuk bobokalonimiz bilan bir davrda yaşagan mualliflarning asarlaridan parçalar beril­yapti. Ular Alişer Navoiyning beqiyos fazilatlari va şaxsiyati haqida sözlaydi.

Yoşlik paytidayoq sohibi fan böldi

Bu maşhur va oliy darajali amir1ning buyuk otasi zamonasining maşhur kişilaridan va Çiğatoy ulusining uluğlaridan va sulton Abulqosim Bobur bahodir hukmronligi davrida sultonning yaqin kişisi bölib, mamlakatni idora qiliş va davlatga kafillik uning inon-ixtiyorida edi. Benihoyat fozilligidan hamma vaqt öğliga fazilat örgatdi, tamom himmatini saodatmand farzandini ilm-hunar bezaklari bilan ziynatlaş hamda hidoyat nurlari bilan ravşan qilişga sarf qildi… Ul buzrukvorning tirişib qilgan harakati behuda ketmadi va otasidan keyin nodiri davronlik, izzatu tamkinlik kursisida qaror topdi. Ul uluğ amir yuqorida zikr etilgan mağfiratli podşoh zamonida, uning haşamati va ulkan himmati bilan, hamma vaqt fazilat orttirişga intildi, fazl egalarining suhbatini topdi, karamli taʼbi va ötkir zehni şeʼr aytiş, ötmiş tarixni örganişga qaratildi. Yoşlik paytidayoq, ikki til egasi: turkiyda sohibi fan, forsiyda fazl egasi böldi.

Davlatşoh Samarqandiy,

“Tazkirat uş-şuaro”dan

Himmat va saxovatda benazir zot

905 (1499–1500) yili şahzoda Muhammad Muhsin mirzo mamlakatning baʼzi ehtiyojlari uçun Sabzavor qalʼasiga maʼlum miqdorda ğalla jamğarmoqçi böldi. U viloyatda esa ğalla topilmas edi. Amir va noiblardan bir guruhi “Hazrati sulton muqarrabining bu şaharda ğallasi köpligini va oliy farmon bilan undan ehtiyojga loyiğini olaylik va ğalla topganimizda ul janobning vakillariga evazini qaytarib beraylik”, deb arz qildi. Çiroyli xulqli şahzoda ularga javob qildi:

– Amir janoblarining ğallasidan maʼlum miqdorda oliş u yoqda tursin, hatto unga heç kim töğridan-töğri köz taşlay olmaydi ham.

Bu xabar oliy tabiatli Amirga yetib borgaç, maxdumzoda haqida yaxşi duolar öqib, Sabzavordagi hamma ğallalarini şahzodaga tortiq qildi. Bu haqda noiblardan biriga maktub yozib, unda şular aytiladi: “Vallohkim, garçi har bir dona buğdoy örnida bir donadan marvarid bölganda ham u zotdan ayamay, hammasini nazr qilib, mehr-muhabbat uruğini maxdumzodaning dillariga soçar edim”.

Xondamir,

“Makorim ul-axloq”dan

Yoşlar homiysi

Bu faqir mavlono Sohibdoroga ona tomondan qarindoş bölardi. Bir kuni otam bilan bu kişining uyiga bordik. Kamol ahliyu fazilat arboblaridan ança kişi bor ekan. Bu faqirning otasiga xitob qilib dedilar: “Köp muddatdan beri eşitamanki, öğlingiz maqbul tolibi ilm, xuşxon hofiz va pahlavon şoir ekan. Har qanday nomi aytilmay öqilgan muşkul muammoni yeçarkan, degan şov-şuv yuradir”, deb bir muammo öqidilar, men topdim…

Biz uyimizga qaytib ketdik. Biroz fursat ötgaç, mavlono Sohibdoroning xabarçisi kelib, xojam sizni söramoqdalar, dedi. Biz yetib borgaç, mavlono dedi:

– Amir Alişer huzurlariga borgan edik. Mirning odati şuki, har kuni meni çaqirib, bugun şaharda bölib ötgan ajoyibu ğaroyib hodisalardan neni kördingiz va nima gaplar eşitdingiz, deb söraydilar. Men javob berdim: “Bir kişini uçratdim. Özi 16 yoki 17 yoşda. Nomi aytilmay öqilgan har qanday muşkul muammoni topadi. Tolibi ilmlikda, hofizu şoirlikda katta iqtidor bor”. Mir taajjub bilan sen uni imtihon qildingmi, dedilar. Men bir muşkul muammoni nomini aytmay öqigan edim, yeçdi, dedim. Hazrati Mir menga: “U kişini nega olib kelmading?” deb eʼtiroz bildirdilar. Men öz gaplarimdan puşaymon böldim. Çunki Mirning suhbati hayratli va dahşatangizdir. Masalan, biror majlisda biror fozilning nomini sörasalar-u, aytib berolmasangiz, koyiydilar. Mabodo bir muammo öqilsa-yu, topolmasangiz, şarmanda va xijolat bölişingizga sabab böladi. Endi hozirligingizni körib, ertaroq bu yerga kelib turingki, hazrati Mir siz bilan körişmoq iştiyoqidalar.

Alqissa, erta bilan mavlono Sohibdoro uyiga yetib keldim. Mendan boşqa u kişining huzurida yana uç tolibi ilm bor ekan. Mavlono Sohibdoro menga: "Vaqtida kelding. Bu uç yoşni ham Mirning huzurlarida taʼrif qilğan edim", dedilar. Ularning biri muammoiy edi. Mahorati şu qadar ediki, uni bu sanʼatda mavlono Husayn Nişopuriy bilan tenglaştirar edilar… Ikkinçisi qasidagöylikda şuhrat topgan edi… Uçinçisi masnaviyni juda yaxşi aytar edi… Oliy majlisga kirib bordik. Majlis ahli va hazrati Mir öz nadimlari bilan hozir ekan. Janobi Mir biz tomon qaradilar. Faqirga işora qilib, "Nomini aytmay öqilgan muammoni yeça oladigan döstimiz şu kişimi?" dedilar. Mavlono Sohibdoro: "Bali, öşa maxdum", deb javob berdilar. Mavlono Muhammad Badaxşiy suhbatga aralaşdilar: “Maxdumlar, xudovandigoro, muammo yeçişda Sizdan ötadigani yöq-ku?..” Mir dedilar: “Men uning muammo yeçişiga iqtidorini közidan bildim. Zero, uning fikrlari közlaridan zohir bölib turibdi.

Keyin şu muammoni öqidilar:

“Boğro bin az xazon befarru, sarv az jo şuda,

Bulbulaş barham zada minqoru, nogöyo şuda”.

(Boğni kör, xazonrezlikdan körki qolmabdi, sarv örnida yöq, bulbulning tumşuği yöq bölib, kuylaşdan qolibdi.)

Ittifoqo, men bu mummoni yod bilardim. Öylanib qoldim: nomini aytib, özimni göllikka solib, majlisni ötkazaversammi yoki töğrisini aytayinmi? Oqibatda rostini aytişga ahd qildim. Dedim: "Maxdum, men bu muammoni yod bilaman". Hazrati Mir biroz boşlarini egib turdilar-da, yonidagilarga: "Azizlar, bilasizlarmi, buning sözi ne maʼnoni bildiradi. Öz qudratini izhor qilib, bunisini bilaman, boşqasini ayting, demoqçi". Mir boşqa muammo öqimadilar. Ançagaça lutfomuz sözlar aytib, söngra mavlono Sohibdoroga: "Biz buning daʼvosini qabul qilurmiz", dedilar.

Zayniddin Vosifiy,

“Badoye ul-vaqoye”dan

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)