10 daqiqada öqiladi

5 827 marta körilgan

Kiçik janrning katta dunyosi

Luqmon Börixon

Yaxşi yozuvçi böliş uçun, avvalo, yaxşi öquvçi böliş kerak, deb taʼlim berardi uluğ ustozlardan biri talabalik çoğlarimiz. Yaxşi yozuvçilik maqomiga erişişga orzumand biz murğak qalamkaşlar bir kuni yurak yutib söradik: yaxşi öquvçi böliş uçun nima qilmoq kerak? Ustoz javob berdi: mutolaaga diqqat-eʼtiborni jamlab, mulohaza-muşohada bilan kirişing, qölingizdagi asarning eng nozik jihatlarini ilğaşga harakat qiling.

Muhtaram ustozning pand-nasihatlarini köngilga tugdik va şu barobarida yaxşi mutolaa uçun yaxşi asarlar ham zarurligini angladik. Diqqat-eʼtiborimizni ohanraboday öziga tortadigan, mulohaza-muşohadaga çorlaydigan, nozik jihatlari köngillarni zavqu şavqqa çulğaydigan kitoblargina bizni yaxşi öquvçilarga aylantira olişini bildik. Biroq xuddi şunday sifatlarga ega asarni qanday aniqlaymiz? Bu, menimça, har bir öquvçining öziga, didiga, saviyasiga havola. Biz, masalan, bir-ikki köylak oldin yirtgan öquvçi sifatida yoşlarga özimizda çuqur taassurot qoldirgan, tölqinlantirgan, hayajonga solgan asarlarni tavsiya qilişimiz mumkin, xolos. Fursatdan foydalanib men ham aziz jurnalxonlarga, jumladan, badiiy ijodga iştiyoqmand yoşlarimizga bir neça jajji asarlarni misol tariqasida, nisbiy tarzda tavsiya etişni lozim topdim.

Jek LONDON.

“Oq sukunat”, hikoya.

Oppoq qorga burkangan sovuq ölka. Quyuq-qalin örmon. Osmonöpar qarağayzorlar. Mangu muzliklarga burkangan toğlar, qoyalar… Maşhur adib Jek Londonning oltin qidiruvçilar hayotidan hikoya qiluvçi deyarli barça asarlarida voqealar xuddi şunday uluğvor tabiat qöynida keçadi. Jek Londonning qahramonlari qimmatbaho maʼdanlar izlab öz hayotlarini xavf-xatarga qöyişadi, lekin aslida oltin-kumuşlardan ham noyobroq maʼnaviy xazina topişadi yoxud yöqotişadi. “Oq sukunat” ham ayni şunday asarlar turkumiga kiradi. Bu hikoyani inson irodasiga, döstlik, sadoqat kabi oliy insoniy tuyğularga qöyilgan yuksak haykal deb ataşimiz mumkin. Bu haykal öşa qorli toğlar, qalin örmonlar oşa yaqqol körinib, öquvçilarni hamişa tölqinlantirib keladi.

Gabriel Garsia MARKES.

“Atirgulning tikoni”, hikoya.

Bu muhabbat haqidagi gözal va mahzun asar. Unda butun hayoti haşamga, farovonlikka burkangan sohibjamol Nena Dakonte va Billi Sançesning sevgi keçinmalari tasvirlab berilgan. Markes deyarli har bir asarini sermazmun, serişora, qaysidir maʼnoda muallif badiiy ğoyasini özida mujassam etgan satrlar bilan boşlovçi adiblar sirasiga kiradi. “Atirgulning tikoni”da ham şunday alomatni kuzatamiz: “Keçga yaqin çegaraga yaqinlaşganlarida Nena Dakonte nikoh uzugi taqilgan barmoğidan hamon qon tomçilayotganini kördi”. Asar personajlari qizning könglidan keçayotgan pok muhabbat hislaridan emas, uni örab turgan boylik, hokimiyat, dabdabali turmuşdan köproq hayratlanişadi. Nena esa sevgi şarobidan mast. Qölidagi jarohatni ham keyin payqaydi. Hikoya fojiaviy yakun topsa-da, öquvçi köngliga yoruğ bir tuyğu kirib keladi. Inson umrining bahosi haşam, dabdaba içida ötganligi bilan emas, bir lahza bölsa-da, pokiza muhabbat oğuşida keçganligi bilan ölçanişiga yana bir karra amin böladi. “Atirgulning tikoni”ni öqiş jarayonida buyuk adibga xos teran ifodadan zavqlanamiz.

Xurşid DÖSTMUHAMMAD.

“Mahsuna”, hikoya.

Aslida bizni adabiyot örab olgan. Har bir manzarada, har bir çehrada katta asarlarga tatigulik maʼno-mazmun yaşirin. Faqatgina ularni çinakam yozuvçiga xos nigoh bilan körib, qoğozda ifodalab berişimiz kerak, xolos. Atoqli adib Xurşid Döstmuhammad xuddi şunday kuzatuvçan, sermuşohada ijodkor. U kişiga xos bunday inja xislatlar “Mahsuna”da ham yakqol körinadi. Hikoya qahramoni endigina turmuşga çiqqan, gözal va hayoli bir kelinçak. U hamma narsani tabiiy qabul qiladi. Çunki tuyğulariga, orzu-­umidlariga ğubor qönmagan. Biroq eri juvonning keçinmalariga, nafis hislariga biroz beparvo. Uni özi bilan har xil ziyofatlarga, keçki yiğinlarga olib bora boşlaydi. Tabiiyki, bunday davralarda içkilikbozlik, behayo gap-sözlar, imo-işoralar avjga çiqadi. Mahsuna bot-bot taşkil etiladigan xuddi şunday gaştaklar taʼsiriga asta-sekin tuşa boşlaydi. Avvaliga begona erkakning şunçaki köz taşlab qöyişidan özini qöyarga joy topolmay qoladigan kelinçak keyinçalik allaqanday semiz loşlarning öziga yaqinlaşib, quloğiga sirli piçirlaşlariga ham könika boşlaydi. Hikoya yakuniga boraverib Mahsunaning begona erkak bilan xufyona uçraşişga ham ruhan tayyorligini anglaymiz. Köngillarda beixtiyor xavotir, afsus uyğonadi. Eng ahamiyatli jihati şundaki, Xurşid Döstmuhammad juvonning qalbida, xayolotida, ruhiyatida asta-­sekin sodir bölayotgan fojiaviy özgarişlarni ğoyat mohirlik va sanʼatkorlik bilan oçib bergan. Yozuvçi öz qahramonining har bir xatti-harakatini, keçinmalarini çinakam ruhşunoslarga xos tarzda tahlil etadi, bu borada nozik badiiy unsurlardan unumli foydalanadi. Ayniqsa, “Mahsuna”ning sönggi satrlari sirli, tilsimli manzara bilan yakunlanişi ham öquvçi eʼtiborini tortadi. Juvonga bir paytlar ölib ketgan onasining qönğiroq qilişi bizning badiiy dunyomizga, tafakkurimizga öziga xos turtki beradi. Mulohaza-muşohadaga undaydi. Hikoyadagi tabiiylik, badiiy jilvalar taʼsiridan hatto marhumlar ham qönğiroq qilişiga beixtiyor işonib qolamiz. Aslida hikoyadagi bu detal çuqur ramziy-timsoliy mazmunga ega. Öşa kelinçakning qaltis qadamidan or-nomusni hamişa har nedan yuksak qöygan ajdodlar ham bezovta ekanligiga gözal işora etilgan. Xurşid Döstmuhamadning “Mahsuna” hikoyasini özbek zamonaviy adabiyotining durdonalaridan deb bemalol aytişim mumkin.

Sten BARSTOU.

“Qaydasan, Tommi Flin?”, hikoya.

Angliyalik atoqli adib Sten Barstou XX asrning 50-60-yillarida adabiyot olamida öz asarlari bilan adabiy jamoatçilik eʼtiborini tortgan edi. Yozuvçi asarlarining voqealari Yorkşir deb atalmiş sanoat va işlab çiqariş yuksak taraqqiy etgan şaharçada keçadi. Uning qahramonlari xuddi şu şahardagi zavod-fabrikalarda mehnat qilişadi, dam oliş saotlarini içkilikbozlik, qartabozlik kabi maşğulotlar bilan ötkazişadi. Sten Barstou ularning hayoti, intiliş­lari, orzu-umidlari haqida qiziqarli hikoya qilib berarkan, sanoat, sivilizatsiya mörilaridan çiqayotgan dud-qurum inson qalbini tobora qoplab borayotganini, maʼnaviy tamoyillar yemirilişga yuz tutganini mohirona, donişmandlarga xos körsatib beradi. “Qaydasan, Tommi Flin?” aynan şunday xususiyatlari bilan öquvçi eʼtiborini öziga qaratadi. Hikoya qahramoni – Kristi Uilkoks. Har yilning kuz faslida uning ruhiy xastaligi xuruj qiladi. (Uning şunday dardga mubtalo ekanligini hikoya oxiridagina bilamiz.) Öşa mahal u bor-yöq pulini çöntagiga solib, köça-köyga savdoyinamo bir alpozda çiqib ketadi. “Keçirasiz, Tommi Flinni körmadingizmi?” deb sörab yuradi uçragan kimsadan. Köpçilik yigitning ahvolidan xabardor. “Tommini körgandik, u falon yerda ötiribdi” qabilida javob berib Kristini masxaralaşadi. Ayrimlari uning çöntagidagi pulga köz olaytirişadi. Murod-maqsadi Tommini topiş bölgan Kristi bu yölda borini ayamaydi. Hikoya davomida öquvçi öşa qidiruvdagi qahramon bir paytlar Kristini qutqargan olijanob yigit ekanligini payqaydi. Uning tezroq topilişini istab turadi. Biroq kutilgan natija röy bermaydi. Öquvçi hikoyaning sönggi sahifasida onaning politsiyaçi bilan suhbatidan Kristi ruhiy xasta ekanligini anglaydi. Mutolaa jarayonida dardçil adib Stven Barstou Kristi Uilkoksga qöşilib Yorkşirda olijanoblik, mehr-oqibat, ruhiy poklik izlab yurganini his etamiz. Kristining dösti haqida, töğriroği, mardlik, xaloskorlik haqida gap ketganda şoirona pafos bilan sözlaşidan zavqlanamiz. Hikoya söngida Kristi emas, aslida uni örab turgan jamiyat ruhiy xasta ekanligiga işonamiz.

Fozil ISKANDAR.

“Çöltoqqöl”, hikoya.

Rus tilida ijod qilgan bu maşhur abxaz yozuvçisini kim ham bilmaydi deysiz? Uning yengil yumor, hazil-mutoyibaga yöğrilgan, biroq çöng dard va iztiroblar yuklangan asarlari butun dunyo böylab kezib yuribdi. Yurtimizda ham Fozil Isandar ijodidan taʼsirlangan adiblar köp. Bu bejiz emas, albatta. Çunki Fozil Iskandar mahorati, noyob isteʼdodi öquvçini beixtiyor öziga tortadi. Jumladan, buyuk abxaz adibining “Çöltoqqöl” hikoyasida unga xos jihatlar yakqol közga taşlanadi. Yozuvçining xuddi boşqa asarlarida bölganidek, bu hikoyada ham mağrur, mard, tanti qahramonlar bilan uçraşasiz. Ularning turmuş tarzidan, özlariga xos dunyoqaraşidan zavqlanasiz. Eng muhimi, ularni yaxşi körib qolasiz. “Çöltoqqöl”ning boş qahramoni – Mustafo, bir qöli mayib qariya. Uning hatti-harakatlariga, ong-şuuriga Kavkaz xalqlariga xos qadimiy urf-odatlar, anʼanalar singib ketgan. Mustafo or-nomus masalasini har nedan ortiq qöyadi. Inson hayoti, qadr-qimmati uning or-nomusi bilan ölçanadi deb hisoblaydi. Hikoya maroq bilan öqiladi. Uning sönggi satrlarini mutolaa qilarkansiz, şirinlikka töymagan boladay yana tamşanib qolasiz.

Xayriddin SULTONOV.

“Yo, Jamşid!”, hikoya.

Ötgan asrning 80-yillarida ilğor, namunali işçi-dehqonlar, paxtakorlar hayotidan çuçmal asarlar köpaygandan köpayib, adabiy jamoatçilikni ança bezdirib qöygan edi. Xuddi şunday dilgir kunlarning birida, özining qator ajoyib asarlari bilan ustozlar nazariga tuşgan navqiron adib Xayriddin Sultonovning “Yo, Jamşid!” hikoyasi paydo böldi. Adabiy muhitda bamisli çaqmoq çaqnadi! Nima uçun? Çunki Xayriddin Sultonovning uşbu jajji asarida hali özbek öquvçisiga xiyla notaniş olam – qimorbozlar hayoti qalamga olingan edi. Hikoyada tasvirlar, ifoda şu qadar tiniq va jonliki, öyinda katta pul yutqazib qöygan Örinboyning uyiga beixtiyor özingiz ham kirib borganday bölasiz. Asar qahramonlari, personajlari, har biri öz xarakteri, öz xatti-harakati bilan şundoqqina köz oldingizda gavdalanadi. Örinboy qimorga boy bergan. Qarzni ertalabgaça tölaşi kerak. Xonadonda vahimali sukunat. Qarindoşlar yiğilişdi. Öşa qarz pulni töplab beriş yuzasidan maslahat boşlangan. Hikoyani öqiş davomida hayotda qimorga yutqazişdan köra qarindoşlar örtasidagi mehr-oqibat, samimiyat, bağrikenglik yöqolib borayotgani katta fojia ekanligini anglab boramiz. Negadir hikoya qahramoni Örinboyni yaxşi körib qolasiz. Unga xayrixohlik tuyğusi paydo böladi. Bu, ayniqsa, hikoyaning yakuniy satrlarida yana bir karra körinadi. “Yo, Jamşid, xalqim bahamjihat bölsin! Yo, Jamşid, yigitlar yuzi yerga qaramasin!”  deb hayqirging keladi.

Erkin AʼZAM.

“Anoyining jaydari olmasi”, hikoya.

Bu möjaz asar behad zavq-şavq bilan öqiladi. Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam uslubiga xos istehzo, hazil-mutoyiba har bir satr ortidan sizga jilva qilib turadi. Hikoya qahramoni – Ramazon. U na Boysunga, na Toşkentga siğadi. Mangu yölovçi. Bir paytlar özi harbiy xizmatni ötagan Barnovul tomonlarga ketişga şay. Aslida Ramazon özini, özligini izlab yurgan yigit. Hatto öşa Barnovulda ham qönim topa olmasligi kunday ravşan. Uning jaydari va çapani feʼli, samimiyati şahar çang-ğuborlari ustiga qöngan tong şudringi monand yoqimli. Ramazonning beğubor olamini anglaş uçun xuddi uning özi kabi samimiy böliş lozim. Hikoya personajalaridan biri Şodi garang: “Çantrimore! Kalimakatore!” deb hayqiradi. Yoş-yalang bu şiornamo sözlarni yodlab olgan. Bir-birlarini körganda Şodi garangga taqlidan qöl siltaşib hayqirişadi: “Çantrimore! Kalimakatore!” Bu sözlarning maʼnosi nima? Biz “Anoyining jaydari olmasi”ni mutolaa qiliş jarayonida ularning maʼnosini anglaganday bölamiz: “Kel yonimga, inson! Oç, bağringni, inson!”. Aslida bu mangu çorlovdir. Bu çorlov öşa paytda köksiga har xil nişonlar taqqan faollar, jamoat arboblari tomonidan emas, xasta bir odam tomonidan tilga olinişi ham hikoyaning mazmundorligini, taʼsirçanligini yanada oşiradi. Hassos yozuvçining nozik işoralarini anglab yuzimizda mahzun bir tabassum paydo böladi.

Maʼsuma AHMEDOVA.

“Şaharga sayohat”, hikoya.

Oddiy narsalarni murakkab qilib emas, balki öta murakkab narsalarni ham oddiy qilib yoziş sanʼatdir. Donişmandlar şunday deyişgan ekan. Bu fikrga qöşilmaslikning iloji yöq. Zero, bugun allaqanday mavhum atama, istilohlarning ortiga yaşirinib olib adabiy jamoatçilikni çalğitişlar odatiy holga aylandi. Men atoqli adiba Maʼsuma Ahmedovaning ijodini kuzatib, yuqorida qayd etganimiz donişmandlar hikmati neçoğlik töğri ekanligiga yana bir karra amin bölaman. Maʼsuma opa asosan oddiy qişloq odamlarining hayotini qalamga oladi. Ularning oğir turmuş şaroitini tasvirlar ekan, kamtarona umrguzaronlik qilayotgan kişilarning maʼnaviy olami naqadar boy ekanligini yuksak pafoslarda körsatadi. Jumladan, “Şaharga sayohat” fikrimizning yakqol dalilidir. Hikoya qahramoni – oddiygina qişloq ayoli. U köpdan beri şaharga tuşiş orzusida. Kelgusi hafta havo oçiq bölib tursa, seni albatta şaharga olib boraman, deb eri vaʼda bergan. Bu mittigina asar boş-adoq öşa orzumand ayolning keçinmalaridan iborat. Uning ğoyat soddaligidan, ammo yuragi sevgiga, andişaga limmo-limligidan zavqlanamiz. “Şaharga sayohat” qişloq ayolining ahvolini, şu baroborida, yuksak ruhiyatini mohirona çizib bergan ajoyib hikoyadir. Maʼsuma Ahmedova xuddi boşqa hikoyalaridagi kabi “Şaharga sayohat”da ham kiçik janrning ulkan imkoniyatlarini, katta olamini körsatib bera olgan. Baʼzan yonimga yoş ijodkorlar kelib ijodiy saboqlar söraşadi. Men ularga köpinça Maʼsuma Ahmedova hikoyalarini öqib-örganişni tavsiya qilaman. Çunki mahoratli adibamizning ijodi yoş qalamkaşlar uçun maktab böla olişiga işonaman.

Zulfiya QUROLBOY qizi.

“Tafakkur”, hikoya.

Har kim ham öz xalqi, öz millati bilan maqtanadi, faxrlanadi. Özi mansub millatning yutuqlarini köklarga kötarib, kamçilik­larini yaşirişga harakat qiladi. Ammo hayot biz bekitgan illatlarni ham baʼzan oşkor etib qöyadi. Aslida yutuqlar özimizniki, çöntakdagi naqdday gap, köproq qusurlar haqida gapirib, ularni bartaraf etiş haqida öylaş zarur. Özbek nasrining isteʼdodli vakillaridan biri Zulfiya Qurolboy qizining “Tafakkur” hikoyasini har gal öqiganimda negadir xayolimdan şunday öylar keçadi. Bu hikoya noyob qobiliyatli öspirinning qismati haqida. U şaxmatga qiziqadi va bu borada bir neça bor öz iqtidorini körsatadi. Ammo ota öğlining bunday “bekorçi” iş bilan maşğul bölişidan norizo. Uningça, mol boqiş, tomorqaga qaraş çinakam erkaklarga xos. Ota öz johilligi tufayli öğlini şaxmatga muhabbatidan voz keçtiriş uçun har xil şafqatsizlik­larga qöl uradi. Ammo niyatiga yetolmaydi. Şu barobarida, mavjud muhit, nodon rahbarlar ham öşa noyob qobiliyat egasini qöllab-quvvatlaş örniga uni mahv etişga bel boğlaydi. Oxir-oqibat, maşʼum reja ğalaba qozonadi. Şaxmatsevar yigit bir umr nogiron bölib qoladi. Biroq ajoyib kunlarning birida u yana şaxmatga qaytadi. Yigitning yana tafakkuri uyğonadi. Bu hikoya jaholat va maʼrifat, ziyo va zulmat örtasidagi kuraşga bağişlangan asar. Zulfiya Qurolboy qizi insonlarni ogohlikka çorlaydi. Ezgulik, tafakkur hamişa ğolib çiqişiga komil işonç bilan qalam tebratadi. Uşbu hikoya har bir öquvçining könglida olam-olam zavq-şavq uyğotadi.

Luqmon BÖRIXON,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

1965-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

 “Jaziramadagi odamlar”, “Temiryöl yoxud titrayotgan toğ”, “Tun qaridagi şuʼla”, “Qidiruvdagi qiz”, “Xizr körgan yigit”, “Sirli muallim”, “Quyoş hali botmagan” kabi kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)