3 daqiqada öqiladi

1 198 marta körilgan

Til örganişga kömaklaşuvçi 5 ta bepul mobil dastur

Til örganişga kömaklaşuvçi 5 ta bepul mobil dastur

Oldindan oçiğini aytib qöya qolay: biror-bir dastur sizni birpasda tarjimonga yoki til bilimdoniga aylantirib taşlamaydi. Bular şunçaki yordamçilar, xolos. Asosiysi – sizdagi qobiliyat, ğayrat va intiliş.

Texnologiya rivojlangani sari hayotimizga çuqurroq kirib boryapti, köp işlarimizni osonlaştiryapti. Til örgatişga ixtisoslaşgan dasturlar ham xuddi şunday. Masalan, elektron luğatlarda biror sözni yozsangiz, bir zumda maʼnosini çiqarib beradi. Şu söz qatnaşgan iboralar maʼnosini ham osongina bilib olasiz.

Hatto boşlanğiç sinf öquvçilari qöl telefoni işlatayotgan bir payt­­da uning foydali jihatlarini örganiş va boşqalarga ham örgatiş zarur. Demak, til örganişga kömaklaşuvçi maşhur bepul mobil ilovalar bilan tanişamiz. Bu dasturlardan samarali foydalaniş uçun kamida rus yoki ingliz tilidan boxabar bölişingiz kerak. Bu tillarni maktab, kollej yoki oliy öquv yurtida örgangansiz. Agar öşa davrda tekin örganmagan bölsangiz, pul tölab qöşimça darsga borişingizga töğri keladi.

LinguaLeo (Android, iOS, Windows Phone)

Bu dastur rus tilini biladiganlar uçun möljallangan. U orqali ingliz tilini örganişingiz mumkin. Boşqa köplab dasturlar kabi örgatiş uslublari, mavzular va öqiş tezligini özingizga moslab tanlaysiz. Audio va video materiallarning katta zaxirasi bor.

LinguaLeo asosan boşlovçilar va bolalar uçun qulay. Uning pulli bölimlari ham bor. Biroq bepul qismi orqali ham köp imkoniyatlaridan foydalaniş mumkin.

Duolingo (Android, iOS, Windows Phone tizimlarida işlaydi)

Eng maşhur muallim-dasturlardan biri. Bu mobil ilova yordamida dunyoning juda köp tillarini ingliz tili orqali örganişingiz mumkin. Ingliz va olmon tillarini esa rus tili orqali örganiş imkoniga egasiz. Grammatika qoidalarini örganiş, söz boyligini oşiriş uçun turli qiziqarli öyinlar bor. Dasturga talaffuzni yaxşilaş uçun ham köplab maşqlar kiritilgan.

Bir paytning özida bitta profil orqali telefon, planşet va saytda Duolingo dan foydalaniş mumkin.

Memrise (Android, iOS)

Til örgatuvçi öyinlarga berilib ketiş kutilgan natijaga olib kelmaydi. Til örganiş qatʼiyat, mehnat va luğat boyligini doimiy oşirib borişni talab etadi. Gap qurilişini, sözlarning talaffuzini yaxşi biliş mumkin, lekin leksikangizni rivojlantirmasangiz, qanotsiz quş holiga tuşasiz.

Çet tilini egallaşning eng yaxşi usullaridan biri öşa tildagi kitoblar, maqolalarni öqişdir. Biroq tayyorgarliksiz kişiga bunday mutolaa juda oğir tuyuladi. Şuning uçun faqat dasturlar bilan çeklanib qolmay, örganuvçilarning darajalariga moslaştirilgan kitob­lar (adapted books)ni öqib boring.

Busuu (Android, iOS)

Bu dastur bir neça ilovalarni öz içiga oladi. U orqali ingliz, olmon, fransuz, yapon, ispan, xitoy, portugal va boşqa tillarni örganişingiz mumkin. “Sayyohlar uçun ingliz tili” deb atalgan ilova ham bölib, u safarga otlanganlar tez fursatda inglizça sözlay olişiga kömaklaşadi.

Dasturdan offlayn ham foydalansa böladi. Imkoniyatlarini kengaytiriş uçun esa uni sotib oliş kerak.

Rosetta Course (Android, iOS)

Bu ilova orqali köp tillarni örganiş mumkin. Gaplarning grammatik va leksik qurilişini örganişda katta yordam beradi. Qoidalarni öqitiş emas, amalda qöllaş orqali örgatadi.

Boşqa dasturlar kabi Rosetta Coursening töliq şakli pulli.

Bundan taşqari, Android va iOS tizimlarida işlaydigan özbekça-rusça, rusça-özbekça, özbekça-ing­lizça, inglizça-özbekça va bu uçala tilga tarjima qiluvçi luğat-ilovalar ham bor. Ular boşlovçilar uçun ança foyda beradi.

Yana bir muhim gap: agar siz röyxatda körsatilmagan dasturdan foydalansangiz va u sizga qulay bölsa, eng yaxşi dastur – ana şu. Zarurat tuğilsa, boşqa mobil ilovalar qatori yuqorida sanalgan dasturlarni ham sinab körişingiz mumkin.

O. Madvaliyev

tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)