* * *
Bir kuni sof köngilli Amir fasohat va zarofat bobida zamon şoirlarining peşqadami xoja Osafiyga nasihat qiliş uçun muborak tilini bayonga keltirib dedi:
– Senga hayronmanki, ötkir zehning va baland taʼbing bölaturib, şeʼr aytiş bilan kam şuğullanasan, bor vaqtingni befoyda işlarga sarflaysan.
– Şu kunlarda köproq şeʼr aytişga maşğul bölayotirman. Masalan, ötgan keça ikki pullik şam yonib bitgunça ikki yuz bayt aytdim.
Şunda oliy hazrat dedilar:
– Demak, yozgan şeʼrlaringning yuz bayti bir pul ekan-da.
* * *
Musiqiy ilmida zamonasining yagonasi bölmiş mavlono Alişoh bir kuni davlatmand oliy hazrat Navoiyga arz qilib, “Sizning oliy iltifotingizdan va marhamatingizdan umid şulki, vaqf boşqaruvçilari olti oylik maoşimni birdaniga bersalar, har oyda ularga boş oğriği bölib yurmasam”, dedi. Oliy hazrat javob qildi:
– Mavlono, umrimizdan olti kun qolganmi-yöqmi, bilmaymiz. Nima uçun siz omonat hayotga bu qadar eʼtiqod qilib, olti oylik maoşni oldindan talab qilasiz?
Mavlaviy janoblari dedi:
– Siz buyruq beravering, ular pulni beraversinlar. Bordiyu ölib qolsam, öşa pul göru kafanimga yarab qolar.
Şunda on hazrat dedilar:
– Öligi ham bir balo, tirigi ham bir balo deganlari siz ekansiz-da?!
* * *
Bir kuni saxovat maydonining egasi Navoiy avvalgi zarif kimsalardan özining qiziq körinişi va ajoyib sözlari bilan mumtoz va mustasno bölgan mavlono Şihobuddin Mudavvinga marhamat yuzasidan egar-jabduqli bir ot inʼom qildi. Bu iltifot munosabati bilan mavlaviy özini oliy hazratning xos kişilari qatorida hisoblab, xizmat va mulozamatni haddan oşirib yubordi. Masalan, qaçonki Navoiy otga minib biror yerga boradigan bölsa, u ham xizmatda bölar, uyga qaytib kelganda esa darvoza yonidan bir daqiqa ham nariga ketmas edi. Şu sababdan lutfu karam manbayi Navoiy undan juda qisildi, biroq oliy xulqi uning dilini oğritişga va oçiqdan-oçiq öz mulozimatidan uzoqlaştirişga yöl qöymas edi. Oxiri xizmatkorlardan biri Amirning körsatmasi bilan öğri tariqida uning oldiga bordi va otini tezlik bilan bozorga olib borib sotdi. Mavlaviy Şihobuddin Mudavvin uni haqiqiy öğri deb hisobladi, orqasidan qidirib, ikki toş yölni piyoda bosdi, lekin otdan heç qanday asar topmagaç, yuz bergan voqeadan hayron bölib, çopib izzat dengizi bölmiş Amir huzuriga keldi va özining sargardonlik kayfiyatini arz qildi. Oliy hazrat dedilar:
– Biz otingning bahosini beramiz, faqat şu şart bilanki, bundan keyin ot saqlamaysan va otlangan çoğimizda bizga ham boş oğriği bölmaysan.
U bunga rozi ekanligini maʼlum qildi. Şu vaqt amir xizmatkorga dedi:
– Maʼlum miqdor aqçani mavlonoga beringiz.
Hiylakorlik qilgan kişi unga 94 tanga sanab berdi. Mavlaviy taajjublanib:
– Inʼom qilingan aqça 100 tanga bölişi kerak, ne sababdan 6 tanga kam? – dedi. Hozir bölganlardan biri dedi:
– Otingizni bundan ortiqqa olmadilar.
Xondamir,
“Makorim ul-axloq”dan
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


