Şoir uçun eng qiyin, eng oğir yoziladigan şeʼr – şoir xotirasiga bağişlov, marsiyadir. Naçora, sönggi yillarda bir qator ustozlarimizni, zabardast adiblarimizni sönggi yölga kuzatib qöydik. Bugun – may oyining ön uçinçi kuni taniqli bolalar şoiri, özining ajoyib asarlari, jumladan, parodiyalari bilan öquvçilar mehrini qozongan adibimiz Tursunboy Adaşboyevni ham «Çiğatoy» qabristoniga – ne-ne uluğ ustozlarimizning yoniga qöyib keldik. Ustoz barça adabiyotsevarlarning, ayniqsa, yoş ijodkorlarning yaqin dösti, maslahatgöyi edi. Alloh u kişini öz rahmatiga olsin!
Bu qanday mungli karvon,
Çayqalib boradi-ya.
Ustma-ust, uzun armon –
Alamli parodiya.
Ajal şeʼriyatga zeb
Şoirni yulib ketdi.
U bizni kuldiray deb
Va… bizdan kulib ketdi.
Öşdan to Toşkent qadar
Çözilgan nola edi.
Saksonga kirmiş, magar
Beğubor bola edi.
Halol ötadi burçin
(Kim unday yozoladi?) –
Bir umr söz guruçin
Toşlardan tozaladi…

Nodir Jonuzoq
13.05.2017
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

