Qani mening yuldizim?

0
57
marta ko‘rilgan.

Taniqli shoir va dramaturg Mashrab Boboyev 1941 yili Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Uning “Onamga xat”, “Bahor kayfiyati”, “Gurung”, “Kechki trolleybus”, “Olisdagi chiroq”, “So‘z”, “Men bilgan sir”, “Qani mening yulduzim?”, “Nomsiz yulduzlar” kabi o‘nlab she’riy kitoblari nashr bo‘lgan. Shuningdek, uning “O‘ttiz yoshlilar”, “Yer tomiri”, “Toshkentdan kelgan mehmon”, “Mushkul savdo”, “Bizning hovli” (“Onaizor”), “O‘z uyingdasan”, “Suyanch tog‘lari” kabi bir qator sahna asarlari tomoshabinlar tahsiniga sazovor bo‘lgan.

Mashrab Boboyev A.Pushkin, R.Hamzatov va boshqa shoirlarning she’rlarini, V. Katayev­ning “Xayol chechaklari” romani, Muin Bsisuning “Tashrif qog‘ozi”, Otar Chiladzening “Rangin dunyo” she’riy kitobi va yigirmadan ortiq dramatik asarlarni o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mashrab Boboyev 2003 yili Toshkent shahrida vafot etdi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.