10 daqiqada öqiladi

454 marta körilgan

Aka-ukalar

Sobir Önar

(Hikoya)

Töğrisi, bizning uyga quyoş  hoji boboning imoratidan oşib tuşadi. Oftob bizga nurlarini töşaşdan avval hoji boboning uyini yoritadi: keng-möl, devor-darmiyonsiz daşt hovlisi. Pastga enib tuşadigan joyda bir oyoği “oqsoq” T-28 traktori ikki yildan beri qadalgan köyi, haykaldek turadi, mabodo u yursa ham yo biror transportning şatagida, yo pastga qarab şönğib öt oldiriladi, qişloqda akkumulyatori soğ transportni özi uçratiş qiyin.
Har qalay traktor şu turişda birovga zarari tegayotgani yöq. Hoji boboning kiçik öğlidan nevaralari uni tayyor, “indamas” eşak qilib minişlarini hisobga olsak, “foydali jonivor” qatoriga qöşsayam bölaveradi.
Bir uyda uç oila jam bölgan. Katta öğil çölda, lekin bola-çaqasi şu hovlida. Kiçik öğil şu yerda. Kiçigining bolalari törtta. Örtançasi ikkinçi marta uylandi. Birinçi xotini tuğmas çiqdi — qöyib yubordi. Ikkinçisidan uç qiz bor. Kelin,  qişloq tili bilan aytganda naq “qora tovon”, yaʼni keça-kunduz tinim bilmaydi,  yozda, kuzda yaqin-atrof qirning tezagini yasalganday qilib uyiga taşiydi. Qiş böyi  uç rözğor şu ötin hisobidan isinadi,  rohatlanadi. Albatta, boşqalari ham qarab turişmas, ammo kattayu kiçikning tilida şu kelin. Kam uyqu hojining har tahoratiga iliq suv tayyor,  har çoy söraganida aççiq çoy ham tayyor. Odamlar unga öğil tirnoq tilaşadi. Köpning duosi köl, boz ustiga hoji boboyam qişloqda yagona hoji — duosi ijobat bölib, ajabmas, Olloh  ol qulim deb öğil ato etsa.
U kampiri bilan yaşaydigan kiçik naşaxonaning devoriga hojining onasidan qolgan çildirma oq surpda saqlanadi. Tabarruk. Kampir yuz yoşni qoralab qazo qildi. Töqson yoşlaridayam avji kelib sumalak boşida yo artisti yöq töylarda qarsillatib bir-ikki terma aytib taşlab kelinçaklarni öynatib yuborar edi.
Bultur hoji bobo Makkayi munavvaraga, haj ziyoratiga borganida onasini ham hajji badal qildirib kepti. Yaxşi-da. Şundan bölsa kerak, bu uy nurli, barakali.
Mening sinfdoşim, hojining kiçik öğli köpkariga qiziqadi. Bir çöbiri bor. Gaştak köpkarilarda ha-ha deb tödaga urib turadi. Norböta obdon içar edi, otasi hoji bölgaç, taqqa töxtab nomozxon bölib oldi. Lekin “şayton öyini” — köpkaridan qolmaydi.
Biz ertaga Qizil olmada böladigan köpkariga ikki çavandoz va ikki yaydoq keçin ola yölga tuşdik.
Men Qizil olmaga emas, şu qişloqning boşidagi qaynotamnikiga, Ingiçkaga boramiz, otlarni qantaramiz, joyi bor, ertalab töyxonaga tuşamiz, dedim. Kömak aka bunga könmadi. Töy egasi Qoraboş mening qirq yillik qadrdonim, borsak, hamma narsani tökib taşlaydi, boşqanikiga borganimizni eşitsa xapa böladi, deb turib oldi. Qoronğu tuşgan, lekin elektr yöq. Bizda-ku, keçqurun ikki-uç soat çiroq yonadi, bu şöring qurğurlarda şuyam yöq ekan.
“Töy toğa” deb tovuş berganimizdan söng kimdir oyoğiga kaliş kiyib çiqdi. Qoraboş akaning armiya jöralari kelib, ular bilan içib mast bölib qolganini aytib, bermon tomon boşlanglar, deb soyning narigi betida turadigan Esirgap degiç ukasinikiga boşladi. Esirgap bir çağat joydan uy solgan ekan, otlarimizgayam joy tegmay, duç kelgan joyga boğlab içkariga kirdik. Örtada moyçiroq, kun sovuq, peçkaga ötin taşlanmagan, qunişibgina ötirib oldik. Bir mahal dasturxon keldi, non yöq; allazamon ötib non keldi, çoy yöq. Obbo, bu yoği neça puldan tuşdi endi deb ötiraberdik. Kömak akaning joniga tegdim:
— Haliyam keç emas, surdik bizning qaynotanikiga.
Ammo aka unamadi. Qaynotang mehmon qilolmaydi. Bular el kezib yurgan, donği çiqqaç odamlar deb meni mulzam qildi.
Yana bir muddatdan söng bir taqsimçada toş konfet va bir taqsimçada, çamasi bulturgi hayitdan qolib ketgan parvarda keldi. Boşqa heç narsa kelmadi. Çavandozlar biror yoğliroq ovqat yeb qorin töyğaziş qayğusida, biz noçavandoz, haybarakallaçi Kömak aka ikkimiz töyda eski oşnalar bilan miriqib ulfatçilik qiliş iştiyoqida edik. Dodimiz Xudoga yetmadi çoği,  qamoqqa tuşgan tört öğlonday ötiraverdik. Ovqatdan darak yöq, heç kim xabar olmaydi. Uxlaylik desak, uy sovuq, peçkaga öt qalanmagan. Bir vaqt  bir odam kelib peçkaga öt qalab kerosin sepdi, olov yonganday böldi, ammo u yana öçdi. Qaytanga  uy tutunga töldi.
Kömak aka dimiqib derazani oçdi. Deraza ortidan bir nimaning  xirillagani eşitildi.
— Ana, mehmonga siylov deb qöy söyilayotir, — dedi Kömak aka xursand bölib qöllarini bir-biriga işqalagança.
Lekin xirildoq uzoq davom etdi va birdan töxtab, “onangni falon qilay”, degan böğiq sökinişga aylandi. Har qalay bu “siylov” biz uçunmi, boşqa birovga atalganmi — dabdurustdan biliş qiyin edi. Aloha, buning orqasidan tarsillagan tovuş keldi.  Çamasi  ikki erkak  böğişayotgan edi. Ketma-ket sökinişlardan keyin şunday ekani ayon bölib qoldi.
Kömak aka çiqib ularni ajratib qöymoqçi böldi. Qöying, janjalga aralaşib, ertaga melisaga qatnab ölmang, deb uni zörğa töxtatdim. Ammo janjal zörayib, sökinişlar ham oliy maqomga kötarilayotgan edi. Endi ular bir-birini tayoq bilan solayotgani eşitilardi. Sapçib örnimdan turdim. Agar biz uçun urişayotgan bölsanglar, mana, ketdik, sizlar töxtatinglar, demoqçi edim.
Şundoq dahlizga çiqişimni bilaman, oyoğim  satilga tegib ketib, suv tökilib, oyoğim sirpanib, yerga dumğazam bilan ötirib qoldim. Orqa oyoğim paypoğim aralaş naq tizzamgaça loy, suv böldi. Şungayam qaramay taşqariga otildim. Ayvonda, xira fonus yoruğida, ustun tagida birov  uzun tuşib yotibdi. Qarasam, ayol kişi, kötarib turğizay desam, ölik. Tap-taxta bölib qotib yotibdi. Içkaridan bir çol çiqdi.  Fonusni yaqin opkeldi. Çol ham oğziga kelganini qaytarmay anovi ikki urişqoqni sökib yotibdi.
Aʼzoyi badanim muzlab ketdi. Bu yoği yetmaganday endi manovi qotillikkayam guvohlikka ötsag-a. Kampirni kötarib içkariga olib kirdik. Nafas oliş yöq, oyoqlari muzlab boryapti. Şu payt  harbiy muallimimiz huşsiz odamni orqa böynidan mahkam qisib boşini oldi tarafga egiş kerak degan gapi xayolimga keldi va şunday qilgan edim, kampir birdan xirillab yubordi,  oğzidan köpik çiqib ketdi. Ammo endi nafas ola boşladi. Kampirni uzala qilib qöyib kelinimi yo  qizimi biroviga oyoğini uqalayveringlar, deb çiqib ketdim. Ayvonda çol katta  zarang tayoqni uşlab  ikkala yigitga bu yoqqa çiq, ikkovingni urib öldiraman, deb pöpisa qilayotgan ekan.
— Otaxon, qöying, biz siznikiga töyga keldik, mehmoningizmiz, — deb yalina-yalina bazör qölidan tayoqni oldik.
Yigitlardan birining boşi yorilib yotibdi, qon şarillab oqyapti, ikkinçisining esa yuzlari tirnalgan, közlari qovoqday şişib ketgan. Biz şunisini örtaga oldik. Jörajon, bizlar tinç ketaylik, döxtir çaqir, akangning yarasini boğlasin, onangniyam körib qöysin, dedik.
— Döxtir uzoqda, men bormayman, — dedi u.
— Qayerda, biz borib kelaylik bölmasam.
— Qöşilişda.
— Öhö, özlaringda döxtir yöqmi?
— Biznikiyam öşa, Qöşilişdagi.
Şunday deb u burilib boşqa uyga kirib ketdi. Na bölğay, biz şu holimizça qotib qoldik. Şu orada bir mototsikli bor odamni topib, yalinib, oxiri benzin puli deb, tört-beş söm berib, döxtirga jönatdik.
Kömak akaning sabri çidamadi. Narigi betga, töyxonaga boraylik, deb turib oldi.
Men yana Ingiçkaga boraylik, dedim.
Ammo endi keç edi.
Hamrohlarim — Olmos va Norböta polvonlar bu fojeaga şerik bölib qolişdan çöçiganlaridanmi yo janjaldan zada bölişdimi, otlarimizniyam olib bu yerdan ketaylik, deb qistalang qilişdi. Xullas, janjalkaşlarning  akasi, töy egasi Qoraboş polvonnikiga ötar böldik. Borsak, tağin boyagi kalişçan dastyor çiqdi. Bizni uyga olib kirdi. Kirsak, uy töla mehmon, barisi mast. Sigaret tutunidan nafas olib bölmaydi.
Noiloj kirib ötirdik. Heçqursa qornimiz qovzanar deb öyladim. Lekin dasturxon noçor edi. Na ovqat, na qorinni aldaşga durustroq narsa bor. Bir-ikki piyola çoy içganimiz içimizni bir oz ilitdi.
Kömak aka mastlarga qöşilib beş-olti piyola aroqni yutib oldi. Qiyşanglab ularga öxşab çuçmal hangomalardan ola ketdi. Mastlar esa köpga doş berolmadi, çözilib-çözilib uxlab qolişdi. Hatto dastyor yigit ham peçga suyangança pinakka ketibdi. Biz çözilişimizga umuman joy yöq edi. Endi uyqu bosardi. Ilojsizlikdan janjalxonaga ketişga majbur böldik.
Borsak, boyagi “ölgan”  kampir heç narsa körmaganday taşqarida ğimirsib yuribdi. Yo tavbangdan ketay, bu qanaqasi — xuddi jörttaga qilganday-a! Bari bir ölmagani tuzuk böpti
Kömak aka aljiragança:
— Ölmaydi bu toş kampir, mening onam. Qoraboş polvondi şul tuvğan, — derdi va tentiragança birinçi bölib boyagi mehmonxonaga kirib ketdi.  Biz hali etiklarimizni yeçib ham ulgurmay bir ayol içkaridan otilib çiqdi. Ne bölganini bilmay qoldik.
Kirsak, moyçiroq yoruğida Kömak aka közlari haykalnikiday tosrayib qotib turibdi. Kayfidan asar ham qolmagan.
— Nima qildingiz? — deb söradim.
— Heç narsa, heç narsa, — dedi u yiğlaguday bölib.
— Qariganda buytib şarmanda bölmay ölganimiz yaxşi.
— Heç narsa, heç narsa, — derdi u yana, — boyagi janjalkaş yigit deb öylapman, qoronğida kelinçak ekanini bilmapman, yuzini oçsam indamadi, körpani kötarib orqasiga bir tepsam çiyillab eçkiday sakrab turib ketdi. Endi nima böladi?
— Boyagi janjalda odam ölmadi har tugul,  ölsa — endi öladi, tayyor böp turing, — dedim.
— Neujeli, ay, neujeli?
— Mana, qarab turasiz…
Indallosini aytganda şu xavf-xatar bor edi-da. Şuni hisobga olib uyning çiqiş-qoçiş tirqişlarini möljallab ikkala derazasini ham oçib etiklarimizni ham kiyib, bardam bölib tek turibmiz. Eşik tomondan şarpa kelsa, pastga qarab sakraşga şaymiz.
Deraza orti kamida uç quloçlik pastlik, uy nişabga qurilgani uçun toş qalab qöyilgan,  toşdan narisi pastlik,  qulasang şu yerdan qulab mayib bölasan. Boyagi böğişma şu pastlikda röy bergan.
Tong ham ota qolmadi, mijja ham qoqmadik. Kömak aka mastlikda qilib qöygan  işidan puşaymon “meni öldiriş kerak, meni” deb uf tortadi nuqul. Devorlarga qarasam, nuqul kaşta, sözana ilingan, örtada kelin bilan kuyovning töy  libosida tuşgan çeti yoğoç, usti oynali kattagina portret surati.
— Siz buning emas, naq  kelinning ketiga tepgansiz. Hozir kuyov bolta kötarib kelib hammamizni chopadi, — deb gazladim men.
— Öldik, voy, — dedi Kömak aka. — Rostdan ham kelinning uyi bu.
Ammo, ne tongkim, qotillikka arzirlik mazkur voqea bu janjalli uyda eʼtiborsiz qoldirildi. Bari bir derazalar lang oçiq, ertalabga dovur çegaradagi huşyor askar maqomida tongni ham ottirdik.
Şunça ğavğolarni öz bağriga singdirgan qiş keçasi juda uzun edi…
Tong yorişar-yorişmas uyga bir quçoq ötin kötarib çol kirdi.
— Mehmonjonlar, qişning izğirinida tirazalardi oçib qöyganlaringiz nimasi? Polvonlar-da bular, polvonlar.
Bu taşrifdan biz balo ariganini çuqur anglab yengil tin oldik. “Qatlga mahkum” Kömak aka ham  dabdurustdan öziga kelib, çolni otam deb guldiray ketdi.
Peçka ustidagi çoynak huştak çalib qaynadi. Çoy ustida köpkari haqida gurung ketdi. Göyo bu uyda keça suronli jang-jadallar bölib ötmagandek.
Norböta polvon bari bir gap orasi keçagi tepalaşgan yigitlar sizga kim böladi, deb söradi. Çol avval “onangni palon qilaylar” dedi-da, söng:
— Ikkoviyam mening ulim, — dedi.
— Yöğ-e, — dedi Olmos çavandoz, — biz töydan ikki mast kelibdi deb…
— Kallasi yorilgani kiçkinamiz. Erkaroq. Beş-olti qafasda kaklik saqlaydi. Akasi rayondagi moliyaçi jörasi kelib havas qilsa, opketaver   deb bittasini bervoripti. Boya kelin şuni eriga aytib qöyipti. Keyin şu janjal-da: söyaman, çopaman deydi akasini, özlaringiz kördingizlar-ku, kimga qiyin— öziga qiyin. Boltaning uçi tegsa kalla ketar edi, keyin nima bölar edi — ölar edi. Töyda aza çiqar edi. Uyat-da. Bu yoqda köpkariga odamlar aytilgan. Mana, sizlarday polvonlardi miymon qip yotippiz. Katta ulimizding Qoraboş polvon deb çiqqan oti bor, tuvrima, polvon?
Olmos polvon bözday oqarib, hatto kökarib ketdi.
— Yaxşi bölib qoldimi axir ulingiz?
— Narigi tomda ölaman deb jotipti, kim biladi. Toştemir duxtur kelib boyladi, uningam kayfi borakan, aroq söradi, bermab edik, ketib qopti.
— Kampir soğmi işqilib? — dedi Kömak aka.
— Bu enangdi… — deb tağin sökindi boboy. — Bu ikki birday jigit razbor qilaversin, demay ora oçaman, deb örtaga tuşgan. Birovi nari tur deb tirsaklab yuboripti, borib kallani ustunga urib opti, pak qoldi ölib qolişiga. Haliyam ustun bor ekan, bölmasa toşdevoldan pastga tuşib böyni qayrilib ölar edi. Hay, eʼtibor qilmang, miymonlar, köpkaridan gapiring…
Tamaddi qilgaç töyxonaga ötar böldik. Otlar öşa yerda qolgan, uloqqa tayyorlaş kerak. Çoşgohda Keragatoşning yaylovida köpkari boşlanadi.
Janjalxonadan çiqayotib keçasi kampir yiqilgan joyga razm soldim. Xudo asrabdi. Agar ustunga urilmay toşdevordan pastga tuşib ketganida, rostdan ham bugun azaxonada ötirarkanmiz…
Atrofga qalin tuman tuşibdi. Töyda qozon osilgan. Odamlar ğimirlab qolgan. Otlarimizni oğilning orqasiga ötkazib boğlab qöyişibdi. Har qaysining oldida bir boğ beda… Çavandoz uçun bundan ortiq jazo yöq. Töq ot köpkariga yaraydimi? Uni quruq qiynaganing, qamçi tuşirib badanini oğritganing qoladi.
Kutganimizday köpkari ham murdor böldi. Polvonlarimiz solimgayam, jalovgayam taşlay olişmadi. Boz ustiga tuman juda quyuq edi.
Qişloqqa oşib tuşganimizda, garçi keç tuşayotgan bölsa-da, quyoş çiqdi. Bu — ertaga kun iliq bölişining belgisi.
Uyga kelib Qizil olma qişloği tomonga qaradim. Hoji boboning uyi ravşan, oqarib körinardi. Çöldagi öğli bir telejka opkelgan şekilli, pastlikka qarab turgan traktorga taqib qöyibdi. Ertaga yurgizsa kerak…

Sobir Önar

«Yoşlik» jurnali 2009-yil, 4-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)