2 daqiqada öqiladi

226 marta körilgan

Axloq va hayot bir butundir

Tomas Mann

Tomas Mann hikmatlaridan

Atoqli olmon adibi va publitsisti, adabiyot yönalişida Nobel mukofoti sovrindori. 1901-yili ilk romani “Buddenbroklar” bosilib çiqadi va unga katta şuhrat keltiradi. Aynan şu asari uçun yozuvçi 1929-yili Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Qirol oilasi aʼzosi”, “Iosif va uning oğalari”, “Lotta Veymarda”, “Doktor Faustus”, “Sehrli toğlar” kabi romanlari, bir qator qissa va hikoyalari maşhur.

* * *
Nahotki men hayotni, bu toza, şafqatsiz va qudratli hayotni yomon körgan bölsam? Bekor gap. Tuşunmovçilik bu. Men uni yenga olmaganim uçun özimni yomon körganman, xolos.
* * *
Mukammallik katta quvonç olib keladi.
* * *
Baxt va muvaffaqiyat – özimizda, içimizdadir.
* * *
Axloq, şubhasiz, hayotda eng muhimidir.
* * *
Vaqtni qölingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirğalib qoçib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bağişla.
* * *
Şoir ijodiy töqimalari sabab emas, ilohiy iqtidor tufayli dunyoga keladi.
* * *
Bizning qörquvimiz – duşmanlarimiz mardligining manbasidir.
* * *
Axloq va hayot bir butundir. Axloq – hayot tirgagi, axloqli odam hayotning çinakam fuqarosidir.
* * *
Nuqsonni yoqlaş bilan fazilatlar haqorat qilinadi.
* * *
Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxşiroq, pişiqroq va mukammalroq bölişimiz uçun berilgan qimmatbaho sovğadir.
* * *
Orzular uşalganda eng yaxşi narsalar ortda qoladi.
* * *
Barça istak va harakatlarimiz asablarimizning ehtiyojlari sabab dunyoga keladi. Bu ehtiyojlarni söz bilan taʼriflaş qiyin.
* * *
Uruş – tinçlik davridagi muammolardan qörqoqlarça qoçişdir.
* * *
Faqat ölimgina azob-uqubatlarni hurmatlaşga örgata oladi.
* * *
Baʼzi odamlar bilan yaşaş qiyin, lekin ularni taşlab ketiş ham oson bölmaydi.
* * *
Sanʼat insonning ezgulikka, haqiqatga, komillikka ğayriixtiyoriy va azaliy intilişining eng gözal, eng qatʼiy, eng quvonçli va ezgu timsolidir.
* * *
Xunuk holatlarni ham öz foydasiga uyalmay özgartira oliş yaşovçanlik qobiliyatining belgisidir.
* * *
Agar biror fikr butun vujudingni qamrab olgan bölsa, u seni har qadamda taʼqib etadi, hatto havoda ham uning hidini sezasan.
* * *
Azob-uqubat körmagan odam bir umr yoş bola bölib qolaveradi.
* * *
Qöpollik sizni istagan odam bilan bir joyga qöyadi; faqat adabgina masofa hosil qila oladi.
* * *
Oilada hamma bir-birini himoya qilişi kerak, aks holda, körgiliklar eşik qoqib keladi.
* * *
Mutlaqo begona odamlarning bir-biriga “sen” deb murojaat qilişi yovvoyilik, qoloqlik, odobsizlik belgisidir. Men buni jinimdan battar yomon köraman. Çunki bu, mohiyatiga köra, sivilizatsiyaga va insoniyat taraqqiyotiga surbetlarça, vijdonsizlarça qarşi yönaltirilgandir.
Orif Tolib tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)