6 daqiqada öqiladi

238 marta körilgan

Bola botir

Bola botir

* * *
Şeʼr qanday yoziladi? Bu savolga aniq bir javob beriş qiyin. Faqat şuni aniq aytiş mumkin: şeʼr kayfiyat taʼsirida dunyoga keladi. U xursandçilik bölişi mumkin, iztirob bölişi mumkin. Şeʼr – köngil bezovtaligi mahsuli. Şoirlik – bu köngli sezgirlik. Şeʼrni şeʼr qiluvçi omillar esa talaygina. Men aytmasam ham ular şeʼr ahliga yaxşi maʼlum. Şu bilan birga unda maʼlum maʼnoda sir, ğayritabiiylik bölişi kerak. Har bir şeʼrga, albatta, nimadir turtki beradi. Şunisi qiziqki, baʼzan turli davrlarda bölgan voqealar, kuzatuvlar, hissiyotlar, heç kutilmaganda, ajib bir tarzda qovuşib, yaxlit bir manzara, kompozitsiya hosil qilişi ham mumkin. «Bola botir» men uçun şunday şeʼrlardan.
                
* * *
Bahor örtalarida Garaşaning toqqa tutaş, katta-kiçik xarsanglar çönqaygan qum-toşli tomonlari ham, uning etagidagi böz tuproqli qir-adirlar ham ming xil giyohlar yal-yal oçilib yaşnab ketadi. Xuşböy havoni simirib töymaysan. Har qadamda turli jonivorlarga duç kelasan. Toşbaqalar ğimirlab qoladi. Yumronqoziqlar çopqillab yuradi. Parrandayu darrandalar, haşarotlar tinim bilmaydi.
Ön bir yaşar öspirin eşak minib qir oralab yolğizoyoq yöldan ilgarilab borayapti. Kutilmaganda undan ön-ön beş qadam naridagi maysalar şitirlab, çiroyli tulki boş kötaradi. Bola avval çöçib tuşadi. Lekin tulki katta odamlar bilan röbarö kelgandagidek urra qoçib qolmaydi. Boladan çamasi yigirma metrlar uzoqlikda çiroyli, uzun dumlarini öynatib, goh oldinga, goh orqaga qarab ömbaloq oşadi. Bola yaqinlaşib kelganida yana uzoqroqqa yugurib ketib, boyagi qiliqlarini takrorlaydi.
Bolaning qiziqişi oşib eşagini tezlatadi. Buni sezgan tulki ötlar orasida dumalab bir zumda közdan ğoyib böladi. U bolalar bilan ana şunday öynaşişni xuş köradi. Tulki yoş bolaga duç kelsa qitiqlab öynaşişni yoqtiradi, degan gaplar ham yuradi odamlar orasida. Odamga teginmaydi. Haşarotlar, zararkunandalar – siçqon, yumronqoziq ovlaydi. Tovuqlarni ayniqsa yoqtiradi.
* * *
Bolaligimda eşitganman. Bir yigit yozning issiğida, qoq tuş payti xilvat qir oralab ketib borayotsa, jar yoqasidagi qoratoş yonida qip-yalanğoç ayolni körib qoladi. U nihoyatda kelişgan bölib, tillarang soçlari yoyilib, deyarli butun qomatini yopib turardi. U soçlarini silab, işva qiladi. Yigit quloğiga «Hoy yigit, beri kel!» degan ovoz çalinganday böladi. Yigit qörqib, olazarak bölib, bor ovoziça baqirib yuboradi. Közlariga işonmay yana qaraydi. Ammo boyagi joyda heç kim körinmaydi. U dir-dir titrab uyiga kelganda oğzi qiyşayib qoladi. Pariga duç kelib qörqib ketganidan şunday bölib qolgan, deyişardi odamlar.
                
* * *
Oy tölişgan paytlarda qiru adirlar keçalari ham kunduzdek çaroğon bölib ketadi. Oybetgay tomonlar yarqirab, terskay joylar ğira-şira qoronğulik içida ajib bir sirli, afsonaviy, xiyla xavotirli tus oladi. Çigirtkalar çirildoği olamni tutadi. Allaqanday quşlar dapqir-dapqir sayrab qoladi. Qayerdadir böliq ötlar şitirlaydi, nimadir «gurs» etib yiqilib tuşganday böladi. Quyilib yomğir yoqqandek oy nuri oqadi. Yerda oppoq bulutdek yoyilib yotgan şuvoqzordan taralgan taxir va yoqimli is dimoqlarni qitiqlaydi. Çindanam sirli-sinoatli keça.
Otliq yölovçi öt bosgan tuproq yöldan dupur-dupur jadal intiladi. Oybetkay qirdagi quvrayzorga közi tuşgaç, seskanib ketadi. Yopiray, bu ne möjiza?! Quvrayzor içida qaddi-qomati kelişgan suluv bir juvon sollanib turibdi. Oy nuriday yoğilgan, töpiğiga tuşgan soçlarini silab-siypalaydi. Bu qanday juvon? Yarim keçada bu yerlarda yarim-yalanğoç nima qilib yuribdi? Yölovçi öz közlariga işonmaydi. Közlari adaşadi. Tikilib qaraydi. Juvonning qiyofasi özgaradi. Yaqinroq kelgan yölovçining hayrati yanayam oşadi: sarğiş-qönğir dumlarini çiroyli öynatib turgan tulkini köradi…
Şunday keçada öşa yöllardan men ham ot minib ötganman. Yuqoridagi voqeani eşitganim bois qirdan nigohimni uzmay otni qiçab ötganman. Lekin u parini körmaganman.
* * *
Qiş oxirlab qolgan kunlar. Qor erib yerlar yumşagan. Keçqurunlari yer yaxlab, qatqaloq bölib qolgan paytlar. U zamonlarda qişloğimizda tökçiroq (elektr) bölmagan. Şu bois hamma uyda ham çiroq yoqilavermas, uyquga yotgunça butun oila bir uyda bitta çiroq ostida, sandal atrofida gurunglaşib ötirilardi. Biz yoşlar tunning bir mahali oğilxonadagi mol-holdan xabar olib, yem-xaşak solib kelardik. Öşanda men oğilxonada edim. Taşqariga çiqqanimda avvaliga mayin yoğib boşlagan yomğir biroz kuçayib, şitir-şitir avjiga çiqqan edi. Uy tomon yurib, çiroq nuridan yorişib turgan pastak deraza yoruğida kimdir derazaga quloq tutib turganini körib qoldim. Avvaliga ajablandim. Öğrimi degan xayolga bordim. Sezdirmay yaqinlaşib hayratga tuşdim. Çiroyli bir tulki derazaga quloq tutib, içkaridan eşitilayotgan ğönğir-ğönğir ovozlarni xuddi gap poylagan odamdek tinglar edi. Yaqin borişga haddim siğmadi-yu «Hayt!!!» deya qarsak çaldim. Tulki şu zahoti şartta qayrildi-yu, öqday otilib odamböyi devordan osongina sakrab közdan ğoyib böldi.
Voqeani uydagilarga gapirib beruvdim, «Qurğur tulkilar xuddi til biladiganday gap poylaydi. Buni siri nimada bilmadigu, lekin tulkilarning şunday ğalati odati bor», deyişdi.

* * *
Bu voqealarning bari olis bolalikda bölib ötgan. Dala-daştga özgaça çiroy baxş etuvçi oydin keçalarni yaxşi körganim uçun ularni ahyon-ahyon eslab yurardim. Şu voqealar sabab bölibmi, «Bola botir» könglimda yetildi. Pariga aylangan tulki. Pariga oşiq bola. Oşiqlik tufayli tulkiga aylangan bola. Qurbaqaga aylangan malikaday. Yigitga aylangan şerday. Bu bölişi mumkinmi? Bu bizning to şu paytgaça anglagan eʼtiqodlarimizga qançalik töğri keladi? Odam qiyofasidagi mana bu zot balki rostdan ham tulkidir. Tulki qiyofasidagi mana bu jonivor möjiza röy berib rostdanam malikaga aylanib qolsa-çi?
Yoki bu hol haqiqatan çin oşiqlar qismatiga xos siru sinoatmi? Biz özi asli çin oşiq deganda nimani tuşunamiz? Özimizdan keça olamizmi? Işq uçun qurbon böla olamizmi? Bu çindan-da sirli. Ehtimol işq özi heç qaçon yeçilmaydigan buyuk bir sirdir. Balki şuning uçun ham hamma birdek unga intiladi. Lekin yetolmaydi. Yetganlar bormikan? Majnun yetganmidi? Farhod-çi? Feʼlimizdagi barça qusurlar bu uluğ martabaga yetişa olmayotganimiz tufayli mavjud emasmikan?

* * *
Olam-olam bölib tirik
Neça asr, neça yil
Körmagandi bunday tiniq,
Nur yoğilgan keçani.

Mayin yellar qanotida
Tölqin-tölqin oqar nur.
Çigirtkalar çirildoği
Jaranglaydi misli dur.

Mast qilguvçi şuvoq isi
Dimoqlarni yoradi.
Bola Botir dala yölda
Ot öynatib boradi.

Nogoh közi tuşar, şundoq
Yöl böyida bir pari
Imo qilar, taqimini
Öpib tillo soçlari.

Kaptar siyna, çumoli bel,
Köza quymiç, oqbadan.
Körsatsa şu Layli deya
Majnun keçar sahrodan.

Çömiç-çömiç moy simirgan
Boybiçaning boy qizi.
Bu dunyodan emas, çindan
Asli oyning oy qizi.

Pişqirar ot yurari-yu
Yurmasini bilmayin.
Hayratidan xoniş qilar
Oyga qarab jilmayib.

Otdan tuşar Bola Botir
Oy nuriga osilib.
Oyparining siynasiga
Asta qöyar boşini.

Ehtirosdan ixtiyori
Ketar tamom ilkidan.
Tangaçalik ehson tilar
Nozaninning mulkidan.

“– Böldi, endi özingni tiy,
Qölingni tort, şöx yigit.
Men tulkiman, bu işni qöy,
Unut meni, bas, unut”.

Oyparining nolişlari
Quloğiga kirmaydi.
Qah-qah urar Bola Botir,
Ahdidan yuz burmaydi:

“– Hiyla qilib avrama, bas,
Menday yigit mardini.
Işq timsoli bölib, özing
Bilmasmisan şartini.

Mayli, agar tulki bölsang,
Men ham tulki bölayin.
Gul yuzingdan faqat yana
Bitta muççi olayin”.

“– Bola Botir, özingdan kör,
Yoş joningga qasd qilding.
Men tulkiman, axir, meni
Nega munça mast qilding?”.

Bitta bölar yeru osmon
Jonu tan bir, ruhu qalb.
Oy buloği toşar nogoh
Şarşaradek şarqirab.

Sapçib tuşar egasiz ot
Bilmay bu hol sirini.
Tegrasida ikki tulki
Quvlaşar bir-birini.

…Olam olam bölib tirik
Neça asr, neça yil
Körmagandi bunday tiniq
Nur yoğilgan keçani!

Saʼdulla HAKIM

“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)