…Aniq esimda bor: yetmiş töqqizinçi yilning kuzi edi.
Öqişga kirolmasdan, tuman gazetasida korrektor bölib işlab yurardim. Gazeta odatda haftasiga uç marta çiqardi, ammo paxta mavsumi ketayotganligi sababli har kuni çop etilardi. Tahririyat qişloqdan yigirma çaqirim uzoqda, bosmaxona naq ellik çaqirim naridagi viloyat markazida. U paytlari harflar qörğoşinga quyilardi; har kuni keçqurun yetti-sakkizgaça xuddi zavod işçilariday qop-qora moyga belanib, sahifa öqiymiz, keyin telefonda raykomdagilar bilan bir amallab boğlanamiz-u, baqirib-çaqirgan köyi xöjaliklar qança foiz paxta topşirgani haqidagi qimmatli maʼlumotni olamiz… Xullas, keçki ön-ön birlarda yölovçi maşinalarga yalina-yalina tuman markaziga, tahririyat binosiga kelib olamiz-da, öşa yerda yotib qolamiz. Ertalabdan esa hammasi boşidan boşlanadi.
Şunday kunlarning birida akam armiyadan qaytdi.
Barnauldan.
Yuqori sinflarda öqigan çoğlari juda urf bölib ketgan poçasi yarim quloç “klyoş” şimda köchaning çangini supurib yuradigan, tor köylagining çöntagiga bir dona atirgul solib oladigan olifta akam maktabning “zöravon”laridan biri edi: boks bilan şuğullanardi, Guliston degan şaharda birinçi örinni olib qaytgandi, şungami, unça-munça muallimlar ham undan sal hayiqib turişardi. Menga barmoğining uçini tekiziş u yoqda tursin, sal ola qaragan bolaning-ku, bira töla şöri qurirdi: çapdast akamning zalvorli muştidan qutulib qoliş uçun yo yerga kirib ketiş kerak edi, yo osmonga uçib.
Özining baholari haminqadar bölgani holda akam mening yaxşi öqişimni istardi. Kimyo fanidan viloyatda birinçi örinni olganimda-ku, eldan burun çopib kelib, uydagilardan suyunçi sörab turgan ham şu akam böladi.
Endi u paytlar… hammayoq paxta, paxta. Otamiz brigadir. Erta köklamdan to keç kuzgaça dalada bölişga, hatto qişda yaxob suvi qöyişga ham çiqişga töğri kelardi. Ammo akam meni bunaqangi işlardan ayardi. Otamning közini şamğalat qilgan köyi uyga yo maktabga yuborardi: “Sen öqi”. Otamning taʼbiri bilan aytganda, akamning “eşşakday kuçi bor” edi, şu sababli u kişiga ikki odamning örniga işlaş çöt emasdi. Yodimda, akam bas boylaşib olti kişi uç kunga möljallab turgan işni yakka özi bir kunda bajarib taşlagandi. Kuz mahali hovlimizga olib kelingan tonna-tonna yeryonğoqni terib oliş uçun kömaklaşişga çiqqan kezlarim akam qölimdagi toğorani olar va atay qovoğini uygan köyi uyga işora qilardi: “Sen borib kitobingga qara…”
Xuddi şu akam yettinçi yo sakkizinçi sinfda öqib yurgan çoğlarim, özi keçqurun arzon odekolonga burkanib, derazadan oşib tuşgança – otamiz bunaqa masalalarda qattiqqöl edi – kinoga jönab qoliş oldidan mening sinfdoş qizlarga 8-mart otkritkalarini yozayotganimni körib qolgani mahal allaneçuk oğrinib: “Sen öqi. Bunaqa işlar bilan boşingni qotirma”, degandi…
Akam Oltoy ölkasida xizmat qilib yuribdi-yu, bir xatida meni – uydagilar jurnalni yuborişgan bölsa kerak – “Gulxan”da çiqqan narsam bilan tabriklabdi. Yana bir xatida esa özimning rayon gazetasida çiqqan törtligimni özimga köçirib yozib yuboribdi, maqtab qöyişniyam unutmabdi.
Akam armiyadan ança ulğayib, vazmin, jiddiy bölib qaytgandi.
Qişloğimiz kattagina, qarindoş-uruğlar ham yetarli. Ular navbatma-navbat akamni içkilikbozlik tonggaça davom etadigan “çoy”ga çaqira boşlaşdi. Akamning esa nimagadir bunaqangi ziyofatlarga borgisi kelmasdi…
Vaqt ötmoqda edi. Men öz taşvişlarim bilan band edim. Şungami, bir kuni keçqurun akam “Barnaulga qaytib ketmoqçiman…” deb şivirlab qolganida bu xabar menga yoz osmonida çaqnagan çaqinday taʼsir qildi. Axir…
Bu niyat uydagilarning ham quloğiga yetib borgan ekan, ziç yopilgan eşiklar ortida ança-munça qattiq-qurum gaplar bölib ötdi.
Akam bölsa ahdidan qaytay demasdi. Nuqul “Barnaul, Barnaul…” Baribir heç çiday olmadi şekilli, bir kuni yarim tunda akam şoşa-pişa men bilan xayrlaşdi-yu, “Qaydasan, Barnaul!” deya yölga tuşdi. Qölimdan kelgani – çöntagimdagi arzimagan maoşimni qöliga tutiş böldi.
Akamni poytaxtdagi temir yöl vokzalidan arang qaytarib olib kelişdi…
Oraga qarindoş-uruğlar tuşişdi, yaqinlar, bunaqa payti köpayib qoladigan “xolis” taniş-bilişlar. Nasihat, iltimos, döq-pöpisa, köz yoşlar, muşt dölaytirişlar… Aloha, köplaşib yigitning “şoxini qayirişdi”…
Oradan bir yildan köproq vaqt ötib akam uylandi. Keyin el qatori turmuşning tuganmas taşvişlariga boşi bilan şönğib ketdi. Bola-çaqali böldi, uy sotib oldi.
Oxiri yaxşi tugagan narsa baribir yaxşi-da.
Balki bu voqea mening esimdan ham çiqib ketardi. Ammo men öşa paytlari “Anoyining jaydari olmasi” degan hikoyani öqib qoldim…
“…Bir Barnaulga borib kelay deyapman. Tomoşaga. Xizmat qilgan joylarim, soğinibman”… Bu axir akamning gaplari-ku.
Hikoya meni larzaga soldi. Ança paytgaça özimga kelolmay yurdim.
Yursam ham, tursam ham öylanaman: bu hikoyani yozgan yozuvçi qaçon bizning uyga kelgan, qaçon bölib ötgan gap-sözlardan xabar topgan… Şodi garang – qişloğimizdagi soqov Bara-bara bilan qaçon uçraşgan…
Falakning gardişi bilan keyingi yilning yoz faslida talabalar quriliş otryadi safida Barnaulda böldim.
Men Oltoy ölkasida avvallari turkiy qavmlar yaşaganiniyu, yozuvçi Şukşin tuğilganini bilardim, xolos. Endi esa…
Şahar yaqinidagi örmonda, palatkada, vagonda yaşadik, yöl qurdik.
Har şanba-yakşanba Barnaulga kelaman. Şaharni qadamlab ölçayman hisob. Meni bir savol qiynardi: Ramazonni, akamni bu şaharning nimasi öziga tortgan? Nimasi?..
Ikki oydan köproq vaqt şu savolga javob topolmay qiynaldim. Nihoyat… nihoyat nimanidir tuşunganganday böldim. Öziyam tilla topgan gadoyday hayajonlanib ketdim…
Men özimning mitti “kaşfiyotim”ni birov bilan sirlaşib ötirmadim, qizğandim. Uni könglimning tubiga joylab qöydim.
Erkin Aʼzamning boşqa yozganlariniyam yotib olib öqiyverdim…
Baribir “Çantrimore” yuragimni boşqaça örtab yuborgan ekan. “Böldi, boşqa öqimayman…” deyman-u, lekin… Axiyri “Biz bölmagan joylarda” (“Izlaganing ne edi…”) deb nomlangan hikoya yozibgina bu azobdan salgina qutulganday böldim. Erkin aka “Anoyi…”da taʼkidlaganiday, baʼzi örinlar oşiribroq yuborildi, illo “Bu iş qurğur özi şunaqa, şunday qilmasa bölmaydi”. Sarlavhaning tagiga esa katta-katta harflarda “Erkin Aʼzamga” deb qöydim. Ammo maşqimni bunaqa eskartma bilan çop etişga jurʼat etolmadim. Şuning uçun hikoya ança payt javonda yotdi. Nihoyat jurnalda eʼlon qiliş imkoniyati tuğilganida esa bağişlovimni olib taşladim: “kim edim zotan”…
Taqdirning inoyatini qarangki, oradan ön yil çamasi vaqt ötganidan keyin heç kimga bildirmasdangina bizning uyga kelib-ketgan “tirik Erkin Aʼzam” bilan uçraşiş nasib etdi…
Bu hayot ekan, biz öquvçilik-talabalik davrimizda, u-bu narsalar maşq qila boşlagan kezlarimizda salkam avliyo hisoblab yurgan, kitoblarini qöldan qöymay, navbatda turib öqigan, özimizça millat vijdoni sanab yurgan yozuvçilarning ayrimlari bilan yaqindan tanişiş asnosida, ming afsuski, hafsalamiz pir böldi. Zero, manfaat ilinjida kimnidir maqtaydigan, kimnidir esa tanqid qiladigan, “tanqiddan tuban” ekanligi şundaygina körinib turgan “asar”larga sovun pufagiday şişirilgan sözboşiyu taqrizlar yozib beradigan, muallifning maşqiga emas, ism-şarifiga qaraydigan, öz nomini, öz sözini sotadigan qalamkaş bilan töqnaş keliş, uni kuzatib ötiriş köngilda tuzalişi oğir asorat qoldirarkan.
Ming şukrki, ötgan yillar içida Erkin akaga nisbatan bölgan ixlosimga gard ham yuqmadi (Bu yoğiga ham köngil töq: har qalay, oltmişga kirgan odamning endi “aynimasligi” aniq). Ming şukrki, adabiyotimizga halol xizmat qilayotgan Erkin Aʼzam singari Şaxslar bor. Ular ijod qilişayapti, adabiyot yaşayapti, demak, Çölpon aytganiday, millat yaşayapti.
Men aslida Erkin akaning qissalari haqida tölib-toshib yozmoqçi edim. Ammo tomçida Quyoş aks etadi-ku, degan öyda birgina hikoya bilan çeklandim.
Bilaman, Erkin Aʼzam mendan boşqa ham minglab, yuz minglab, millionlab öquvçilarining xonadonlariga kirib kelgan, ularning taşviş-quvonçlari, dardlari, dil iztiroblarini asarlariga köçirgan. Erkin akaning yozganlarida özimizni körişimizning sababi ham şunda bölsa kerak. Buyam yozuvçining baxti-da. Şunday baxtga erişgan odamga havas qilmay böladimi?..
Abduqayum Yöldoşev
“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 10-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


