25 daqiqada öqiladi

543 marta körilgan

Qultoy

Nazar Eşonqul

(Hikoya)

Ketsin mendan ohu voyim,
Obod bölsin mazgil joyim,
Duo qilgan, qiblagoyim,
Otam Qultoy, xuş qol endi…

“Alpomiş ” dostonidan Alpomiş sözi

Yuzi aralaş tuşgan qamçidan söng orqasidan tepki yedi — köpkarilarda özlariga yöl oçiş uçun oldini tösgan otlarning biqiniga tepib örgangan qaynilar bu barzangi va na xotinni, na rözğorni biladigan, umri molning izidan tayoq sudrab, qir-u adirlarda ötayotgan va şunga yaraşa kuç-quvvatga tölib turgan odamni boşqa joyiga tepib yiqitib bölmasligini, xotinidan boşqa heç kimga aytmagan sirini — aynan şu çap oyoğini qirning ustida böri ğajib, quvvatsiz bölib qolganini bilişganday möljaldan adaşmay naq tizzasiga, börining tişlari qolgan va beş yildan beri namgarçilik paytlari zirqirab, azob beradigan çandiq ustiga orqa tarafdan ketma-ket zarba berişdi — Uljonning közidan öt çaqnab ketdi. U oyoğim sindi deb öyladi va şuning uçun endi nima qilib bölsa ham momataloq bölib ketmasin deb, bir paytlar Rajab çöpon bilan Tolli yaylovida muz yoğayotgan döl ostida qolib, ustiga eşakning jabduğini yopinib qutulib qolişganday, dölday yoğilayotgan qamçilardan himoyalaniş uçun yuzini qöllari bilan tösgança har qanday hökizni orqa oyoğidan bir tortib, qassoblarga boğlab beradigan çayir panjalariga agar birontasining aqalli baloği ilaşib qolsa ham xuddi quturgan şerday tagiga tortib, tilka-pora qiladigandek, qaynilarining yaqin kelişini peşonasidan sizayotgan qondan açişib turgan közlarini qisib olgança poylab yotar, qaynilar ham içidagini bilib turişganday oyoqlarini uning qöllari yetmaydigan masofada saqlab, xuddi paxta savalaşayotganday biri qöyib, biri qamçilar, Uljon endi taqdirga tan bergan köyi, köz oldiga negadir hali quloği kesilmagan kuçugi kelgan, keyin bular meni öldirib qöysa, izimdan yiğlab qoladiganim ham yöq, anovi esi kirdi-çiqdi maymoqqa esa men ölamanmi, qolamanmi, farqi yöq, u mendan keyin ham etagiga tezak yiğib, ötgan-ketganga işşayib yuraveradi degan josusona fikr lip etib ötgandi-yu tomoğiga alamli xörsiniq tiqilib, hatto qarşilik qiliş haqida öylaşga ham qurbi kelmay, böşaşgança, özi neça marta köziga qarab turib, böğizlab taşlagan novvoslarning jonholatda pişqirgani kabi hansirab yotarkan, birdan ayolning çinqiriğini eşitdi-qaydandir maymoqlanib Arzixol paydo bölgandi; u qaynilarning ataylab uçiga qotirilgan teri örnatilgan qamçilari momataloq qilayotgan Uljonning boşiga özini taşladi: endi qamçilar ayolning yelkasi aralaş vizillar, Arzixol bor ovozi bilan qişloqsoşlarini yordamga çaqirgança, xuddi yoş gödagini bağriga olib, bostirib kelayotgan balo-qazolardan asrayotganday Uljonning boşini tovon-u barmoqlari birlaşib ketgan mayib oyoqlar bilan tuğilgani va ayni şu nuqsoni uçun soğlom va nuqsonsiz odamlar dunyosida bir umrga böynini qisib, boşini egib yurişga mahkum etilgani beri boşidan arimagan haqorat va xörlikdan yilma-yil kiçrayib borayotgan mittigina jussasi bilan tösib olgandi. Uljon naq burniga tegib turgan ayolning kökragidan açimsiq ter va öziga juda taniş bölgan kökrak hidini töydi: bir zum u bu hid qayerdan kelayotganini va bu hid dimoğida qaçon va qanday örnaşib qolganini anglolmay, özini kaltaklaşayotganini ham unutib, beixtiyor xuddi emayotgandek tamşandi. Tamşandi-yu, keyinçalik şu holatini eslab jahli çiqdi, sal bölmasa, ikkita sigirning oyoğini gavroni bilan urib sindirayozdi. Ikki-uç oydan keyin xotini uyga qaytib, bolasini emizib turganini kördi-da, yana öşa hid esiga tuşdi. Bu hid juda taniş, şu bilan birga notaniş edi. Qisir sigirdan farqi yöq, bir maymoq töqolning kökraq hidi öziga taniş bölişi ğazabini kelgirdi va otasydan örgangan odatini qildi: podaga qöşiş uçun sigirni yetaklab adabiy-ijtimoiy jurnal çiqqan Arzixolninng yelkasiga alam bilan gavron tuşirdi. Bu marta ayolni ayadi, gavronning uçigina tegdi. Arzixol uning qörs va qöpol muomalasiga örganib ketgandi. Yelkasiga gavron tuşganda mayişib ketar, oğriqni bildirmay unga ojiz va yalinçoq tarzda tikilgança maymoq oyoqparini sudrab, nari ketardi. Şunday paytlari Uljon Rajab çöpondan örgangan sözlar bilan “Enağar, maymoq!” deb sökinardi. Rajab çöpon odamovi va qahri qattiq odam edi. Unga mol bilan odamning farq yöq, kim jahlini çiqarsa, uzun gavroni bilan tuşirib qolar, şuning uçun tersotaliklar uni köpam davralarga qöşavermas, u podasi bilan yaylovda qança yursa, qişloq şunça tinç böladi deyişardi. Uning ana şu qörs va öziga yoqmagan har qanday masalaga gavron bilan aralaşiş odati, garçi puşti kamaridan tuşgan farzandi bölmasa ham Uljonga töliq köçib ötgandi. Rajab çöpon qahri qattiqbölgani bilan mijgov emasdi. Uljonning asrandi ekanini biron marta ham yuziga solmadi, şu sababli Uljon bu uyga asrandi ekani xayoliga ham kelmasdi. Bola qizi bilan kökrak talaşib katta böla boşlagaç, birovning farzandi ekani ham Rajabning esidan çiqib ketdi va u olti yoşga kirişi bilan öziga qöşib, podaga olib ketdi. Şundan söng goh Çit ustidagi, goh Tollidagi yaylovlarda oylab qolib ketişar, ota-bola poda ketidan yurib, öz izlaridan xuddi öz umrlarining yorqin va navqiron davrlarini birma-bir yoqib, keyin öçirişayotgandek tutab yotgan öçoqlar bilan birga mol tezaklari qoldirgança, gavronlari bilan sigir oyoqlari-yu özlariga yoqmagan odamlar yelkasiga jizzaki feʼllarining asoratlarini çizib, özlarining goh yuvvoş, goh zardali kayfiyatlari kabi özgaruvçan fasllar-u yillarni bu toğ yaylovlari va daştu-dalalarga birma-bir almaştirib çiqişardi. Uljon maktabda öqimadi, uning borligini birov eslamadi ham. Şuning uçun xudsi daşt börisi kabi jizzaki va sirkasi suv kötarmaydigan qiziqqon bölib ösdi. Oradan yillar ötib, baloğat yoşiga yetgandagina, hujjat kerakligi yodiga tuşişdimi, Rajab çöpon bir qözili qöyga eski tanişi orqali tuğilganlik guvohnomasini töğirlab oldi. Şunday qilib, Uljonning asrandi farzand ekani ham, kenja qizi ikki oylik bölganda, bahorning oxirlarida bezgak tutib yotgan – xotini kasal holida otasinikiga ketib, qölida bir haftalik bola kötarib kelgani ham esidan çiqib ketdi. Uşanda u xotinining qölidagi eti hilvirab yotgan çaqaloqni körib, otasinikida ikki kun qolib ketgani uçun gavron bilan savlamoqçi böldi-yu, ammo xotinining öziga yalinib, iltijo bilan titrab, bezgak tutib turganini körgaç indamadi. Ustma-ust qiz tuğib, mendan kaltak yeyavergani uçun ham bu bolani olib kelgan deb öyladi öziça. “Bir qarindoşimiz tuqqan kuni ölib qolibdi, qizing hali sutdan çiqmagan deb menga berişdi, bu endi bizning bolamiz, otasi” dedi Rohat. Rajab endi tuğilgan qöziçoqsay bölib yotgan çaqaloqqa qaradi-yu, boşqa bu bola kimning bolasi, qanday qarindoşi böladi, qaynotasi nega kasal xotinini aynan pgu kunlari Çitga şoşlinç çaqirdi va xotini qanday qilib bu bolani olib keldi, qayta suriştirib ötirmadi. Hatto unga ism qöyiş ham esdan çiqib ketdi. Oradan bir hafta ötmay xotini bezgakdan qaltirab ikkita çaqaloqni boqişga qiynalayotganini aytdi va otasining uyida ötirib qolgan maymoq singlisini olib kelişini söradi. Rajab çöpon indamadi. Xotini kuvi pişişga ham qurbi yetmay qolganini va kundan kun xuddi kuzgi şuvoqdek tökilib borayotganini bilardi — Arzixolni qaynotasi bir söz demay, xuddi bu er olmas qizdan bezor bölişgandek, bitta eşak quloğiça keladigan böğçaga öralgan kiyimlari bilan taşlab ketdi. Hatto kuyovning közlariga qaramadi ham. Rajabning maydakaşlik odati yöq edi. Bunga eʼtibor ham bergani yöq. Keyinçalik bola yura boşlaganda Rajab bolaning böliq oyoqtariga qarab turib, xotiniga “Bu endi bizning ul böldi, Uljon qöyaqol” dedi. Şunday qilib, Çitlik bola Rajab çöponning merosxöri bölib qoldi va Arzixol ham qaytib otasinikiga ketmadi. Uljonning ham asrandi ekani baʼzida kelib, otasining uyi-yu moliga iddao qilib ketadigan qizlari demasa, heç kimning xayoliga kelmasdi. Ammo qizlar Rajab çöponning Uljonga bölgan munosabatini körib, bu haqda oçiq-oşkora oğiz oçişmasdi. Rohat töşakka mixlanib qolgandan keyin butun rözğor möylovi sabza urib, otasiday bağritoş va qöpol bölib voyaga yetayotgan Uljonning turtkilaşlari- yu qamçilaridan qirqsan oşar-oşmay muştday bölib qolgan şu maymoq ayolga, Rajab çöpondan söng qişloqning podasi esa Uljonga qoldi.
Uljon Arzixolni boşidayoq yoqtirmasdi: u bu majruh ayol nega özlari bilan yaşayotganini uzoq vaqtgaça tuşunmadi — keyin esa onasining örnidan turolmay yotganda yolğiz şu mayib xolasi kuniga yarayotganini körganda, battar ğaşi keldi: unga bu ayolning biron işni eplab qilolmasligi, iş buyursa, hamişa çalasi bölişi, çiroq yoqqanda, şişasi yorilişi, idiş yuvganda kosa sindirişi, non yop desa, xamir oqib ketib, nonsiz qolişlari, soğib olgan sutiga, albatga, mol göngi qöşilib qolişi, umuman, ayolga xos bölgan juda köp fazilatlar bu Xudo urganda yöqligi uning ğaşini keltirar, ustiga ustak bu ayolga rahm qiladigan, unga açinadigan odamning özi yöq, otasidan tortib, opalarigaça Arzixolga bir keraksiz va ortiqça buyumga qaraganday qaraşar, bobolari bilan toğalari ham Çitdan qidirib kelişganda Arzixol bilan nomiga söraşar, göyo u allaqaçon ölib ketganday, bu mayib ayol bir begonaday, uning hali ham öşa otasi bilan olib kelgan böğçadagi kiyimlari ustiga ilinib turgan abgor qiyofasiga eʼtibor ham berişmas, Rohat esa kasallik heç kimga keragi bölmagan bir maymoqni emas, aynan özini tanlab, hayot şamlarini birma-bir öçirayotgani uçun alami kelgandek yotgan joyida Arzixolni “Sen töqol, meni özingday beburd qilasan, meni isnodga qöyasan” deb qarğanar, közi tuşgan joyda uni gördan olib, görga tiqar, şunda ham bu ayol xörlik va haqoratga loyiqday biron eʼtiroz bildiriş tugul, hamişa qörqib, hurkib, burçak-burçaklarga bekinib, birovlarning köziga körinmay yaşar, bu esa Uljonning ğaşini batgar keltirar, uni körgan joyda turtkilab ötar va ötirsa öpoq, tursa söpoq deb sökardi.
Qaynilarining qirdan oşib kelayotganini körgandayoq Uljon bularning niyati buzuqligini bilgandi. Ammo tom aylanib qoçişga yo bekinişga ğururi yöl qöymadi. Otning abzalini tortgança ularni poylab turaverdi. Birinçi qamçi kelib tuşganda, ot hurkib, qoçib qoldi. Qişloqda har kim öz işi bilan band, törtta barzangining qişloqsagi har qanday yigitni bir çöqişda qoçiradigan Uljonday odamni uyiga kelib kaltaklaşi xayollariga ham kelmasdi. Ammo qaynilar bir söz demay kuyovni savalaşga tuşişdi. Tovuqlarga don berib, katakdan örmalab çiqayotgan Arzixol körib qolib, özini ustiga taşlab, bor ovozi bilan butun qişloqni oyoqqa turğizgandagina qişloqsoşlari ajablangan köyi birin-ketin yugurib kela boşlaşdi.
Boyqul çol Qöşköllik qaynilarni jerkib berdi.
— Singillaringni haydab yuborgan bölsa, qamçi bilan qöşasizlarmi? He, örgildim sizlarday — orkaşlardan.
— Singlimiz endi bu hökizning uyiga ölsa ham kelmaydi! Bunga boşqa xotin topib beringlar! — dedi örtança qayni.
U jimitday gavdasi bilan Uljonning boşini tösib olgan Arzixolning yelkasi oşa qamçi tuşirganda akasidan bir qamçi yeb, böynini uşlab turardi.
Qaynilar ot çopib, qişloqlarining orini kötarib yurgan odamlar edi. Keksa çol bilan tortişib ötirişmadi. Bundan taşqari tersotaliklar ham öz qişloqlariga qamçi kötarib bostirib kelişganidan nafsoniyati qözğalib, biri tayoq, biri panşaxa kötarib olişgan, vajohatlaridan aka-ukalarni ğajib taşlagudek körinişardi. Ular otlariga minib, bir söz demay jönab qolişdi. Arzixol yuzidan sizayotgan qon böyni orqali içiga oqib ketayotganidan bexabar Uljonning yuzidagi jarohat izlarini römoli uçi bilan artar, nariga uçib ketgan telpagini qoqib boşiga kiydirardi. Uning mehribonçiligi Uljonning jahlini çiqardi. U öziga kelib, ayolni itarib yuborib, hali qirga yetmagan qaynilariga bir köz taşlab, omborga qarab yugurdi. Arzixol uning nima uçun omborga kirganini bildi. Maymoqlanib, Boyqul çolga nimadir deb ğulduragança, izidan çopdi va omborning eşigiga tayoq ötkazib qöydi. Içkaridan Uljon eşikni tepib baqirayotgani eşitildi. Uljon bir iloj qilib, eşikni buzib, qölida miltiq bilan çiqqanda qaynilar allaqaçon qir oşib ketgandi. Uljon alamiga çidolmay qöndoq bilan Arzixolni bir urib yiqitdi.
— Enağar maymoq, ularning örniga seni öldiraman!
Uljon xotinining ketib qolişi-yu, qaynilarining özini savalaşgani alamini biratöla maymoq ayoldan oldi: har doim podadan qaytganda Rajab çöpon oyoq ostida yotmaslik uçun örgatgan joyga — ayvonning şiftiga tiqib qöyilgan uzun irğay tayoq bilan Arzixolni solib qoldi. Ayol sal bölmasa ikki qadamga, ayvonga terib qöyilgan buğdoy qoplari ustiga uçib borib tuşdi: uning jimitday tanasi xuddi koptokday yuqoriga kötarilib tuşganini bu yerga nafsoniyatlari qözğalib emas, köproq tomoşa uçun kelgan tersotaliklar aniq körişdi. Arzixol Uljonga ojizona va zaif ovozda nimadir demoqçi böldi, musiçaning qurillaşiday ovoz çiqardi, ammo heç narsa demadi, tayoq tuşişi bilan boşidan uçib tuşgan römolini olib, esiga tuşgandagina qatiqqa yuviladigan soçi patak bölib yotgan tözğoq boşiga taşlab, Uljonning közidan yaşiriniş uçun molxona tarafga pildirab ötib ketdi.
Keçga yaqin Örol usta qop-qorayib ketgan tayoq örnini körib, zaiflaşib qolgan tirsakni uşlab körarkan, ayolçaliş qilib qarğandi:
— Hökizday bölmay öl-da, sen, Uljon. Kelib-kelib bir mayibğa kuçinğ yetdimi? Qölini sindirib qöyibsan-ku, juvonmarg.
Arzixolning oğriqsan kökarib ketgan yuziga qarab, özi ustani boşlab kelib, özi dakki eşitayotgani jahlini keltirdimi, yo qilgan işidan uyaldimi, Uljon çolga bir oğiz gap qaytarmay nari ketdi.
— Uni qarğamang, usta bova, — dedi Arzixol oğriqsan terlab, inqillarkan. — Ayb özimda. Özim yiqilib tuşdim. Xotinini men siğdirmadim. Meni deb ketib qoldi. Nima qilay, men bir Xudo urgan ayol ekanman. Bunga ham dardisar böddim. Özi opamning örniga men ölib ketsam bölardi.
Tersotaliklarning birontasi Uljonni koyiy boşlasa va u haqda yomon fikr bildirsa, Arzixol birdan uni Aslida ayb menda, opamning örniga men ölib ketsam yaxşi bölardi” degan sözlar bilan himoya qilişga tuşardi. Rohat odam tanimay, közlari orqali rozi- rizolik qilib yotarkan, Arzixol rozilik söraş örniga “Sizning örninigzda men ölsam yaxşi bölardi, Uljon ham şuni istayapti”, deb yiğlaganini hali haligaça qişloqsoşlari eslab yurişardi. Tersotaliklar bu majruh ayolning hamişa özi qilmagan aybni böyniga olişi va hamişa hurkak, bir narsadan xavotirda yurganday doimo Uljonning oldida qaltirab turişi, Uljon desa kasalligiga qaramay örnidan turib ketişi, Uljon kelmasa keçalari toki u kelgunça mijja qoqmay çiqişi, baʼzida oç ketganda, ovqat kötarib, mayib holiga qaramay, ikki qir nariga — yaylovga piyoda borib kelişi, bolalari va xotinining tayyor çörisi bölib qolganining sababi — ayol unga örganib qolgan, şu sababli Uljonning uydan haydab yuborişidan qörqadi, poda izidan yuraverib, özi ham hökizga öxşab qolgan bu yovvoyi uni haydab yuborişdan ham qaytmaydi, şuning uçun ham bu ayol öziga şunça azob bergan odamga baribir mehribonlik qilaverçi, çunki bu asrandini çaqa.loqligidan özi kötarib katta qilgan, öz bolasiday bölib qolgan, bir uyga beka böliş baxtidan mahrum bölgan şörlikning şu çöpondan boşqa bu dunyoda ovunçoği qolmağan, faqat şu Uljonga bölgan mehrgina bu bebaxtni dunyoda uşlab turibdi deyişardi.
Örol usta öşanda qariyib öttiz yildan beri Rajab çöponning uyida yarim jon va mittigina bölişiga qaramay, qöli kosov, soçi supurgi bölib qolgan ayolning yiqilib tuşganiga işonmagandi: tayoqning örni bilinib turardi. Arzixol heç qaçon biron kişiga aytmagan bölsa ham uning goh peşonasi, goh yuzi şilinib, kökarib yurganini körgan qişloqaoşlari bu Uljonning işi ekanini bilişardi. Usta Örol tuxum surtib, Arzixolni dodlatib, tirsakni xudsi munçoq terayotganday silab-işqaladi, singan suyaklarni qöli bilan tekislab bölgaç, çorçöp qilib boğlab qöydi. Oğriq qolgandek böldi-yu, ammo Arzixolning tirsagi yillar ötişi bilan qaltiraydigan, keyin esa, salga çiqib ketadigan darajada mörtlaşib qoldi. Oradan yillar ötib, Arzixolning çiqib ketgan tirsagini xuddi qöğirçoqning qölidek joyiga solib qöyişga Uljonning bolalari ham örganib ketişdi, tirsakni joyiga soliş payti ayol sod-voy qilib turganda, Uljon sekin uydan çiqib ketar, şunça yillar ötgan bölsa ham negadir qaynilari kelib ketganda alam ustida Arzixolni kaltaklagani yodidan çiqmas va öşa kungi ter hidi kelayotgan kökrak hidini dimoğida tuyardi. Vaholanki, u bu maymoqni jahl ustida tayoq bilan solib, mayib qilib qöyay degan holatlar umri davomida köp bölgan, bularning birontasi ham esida qoliş tugul, hatto bir möyini qilt ettirganini eslolmasdi. Nega aynan öşa kungi voqea yodida bunçalik uzoq saqlanib qolganini tuşunmasdi. Eng kayvoni kampirlaru oqsoqollarning ham qölidan kelmagaç, tersotaliklarni hayratga solib, poyu-piyoda maymoqlanib Qöşkölga kirib borgan Arzixol bilan birga uyiga qaytgani sababli singillari bilan yuz körişmas bölib ketgani uçunmi yo turmuş degani çimildiqsagi entikişdan boşqa narsa ekanligi tufaylimi, xotinining tobora injiq va mijğov bölib borayotganiga qaramay izma-iz tuğilayotgan bolalar öşa kungi kaltaklanganining alamini ham, xotinining zaif joyini sotib qöyganini ham, qaynilari uni uriş uçun aynan öşa zaif joyidan foydalanişganini ham, öşa kuni Arzixolni jahl ustida urib, birinçiadabiy-ijtimoiy jurnalmarta çekkan xijolatini ham uning xotirasidan surib çiqarişdi, ammo açimsiq, ter taʼmi bor kökrak hidi esidan çiqmadi. U bu hidni ilgari qayerda hidlaganman deb keng vodiyda yoyilib ötlayotgan podalarga xudsi öz mulkini kuzatib turgan şahonşohday sersolib qaragança, Arzixolnining goh yelkasi, goh oyoğiga tuşaverib, özi ham ayolning bilak va yelkalariga qöşilib, yilma-yil yeyilib-silliqlanib borayotgan tayoqqa suyanib, azobli öyining tagiga yetişga urinardi. U yillarning uvalanib ketgan kesaklari va suvoqtari ostida qolgan yiltillab turgan öşa xotirasini topgandek böldi: Arzixol maymoq çaqaloqligida özini ovutiş uçun kökrak bergan, şu yöl bilan Rohat onasi yöq paytlari, keyin esa, kasal bölgandan keyin hamişa ter hidi kelayotgan, oyoqlaridek zaif va hayot asari yöq, xuddi suzmasi açib qolgan xaltadek sölğin, sassiq kökragini oğziga tutgan, hid öşandan dimoğida qolgan deb öyladi va bu uni batgar tutoqgirib yubordi — u bu maymoqni er ham olmagandan keyin menga kökragini berib, özini ovutgan, şuning uçun meni xuddi özi tuğib qöyganday mehribonlik qilgan, bu hid öşa paytlardan xotiramda qolgan degan xulosaga keldi: bu uning jahlini battar qözğadi, agar şu payt maymoq oldida bölganda, gavroni bilan yelkasiga solib qolişdan va soğ qölini ham mayib qilişdan qaytmasdi. Şuning uçun u keyinçalik ham Arzixolning mayib oyoğiga qöşilib, öng qöli ham butunlay işlamay qolganda, biron marta özini aybdorday his qilmadi: aksinça, uning bir paytlar, onasi örniga özining şörlangan teriday kökragini tutgani uçun keçirolmadi. Uljonning ayolga bölgan bunday munosabati keyinçalik uning bolalariga ham ötdi: esini taniyotgan bolalari ham çaqaloqlarning iştonini yuvişmi, tezaqdan guvala qilişmi, qozon ostiga olov yoqişmi, qiş kunlari qurigan yulğun terib, töqayzor titib yurişmi, hammasi maymoq ayolning çekiga tuşganidan zarraça ham ajablanişmay qöyişgan, uni momolarining singlisi deb emas, uylaridagi özlari qilişga irganadigan yoki qöllari bormaydigan qora işlarni bajarişga mahkum etilgan çöri deb tasavvur qilişar, Rohat ölgandan keyin Arzixol siçqon hidi bosib ketgan omborga köçib ötgan
— Uljon nozik mehmonlarga ataylab toğda otib kelgan, şamolda quritib, qotiriş uçun omborni töldirib ilib taşlagan va qotgani sayin şunça mazasi çiqadigan tönğiz etlari^ilan birga bu ayolning umri ham kiçkina hujrada yilma-yil quruqşib borardi.
Aslida xotinining ketib qolişida Arzixolning aybi yöq edi. Arzixol kelinni haydatib yuboriş tugul, unga öqrayib qaraşga ham yuragi betlamagan, aksinça, kelin kelgan kunidanoq bu maymoq ayolga butun jasadini taşlab olgandi. Oldiniga nomiga bölsa ham Uljonning onasi örnidagi xolasi, şularning xizmatini qilasan deyişdi kelinga. Ammo Arzixol kelinga xizmat qildirişga imkon ham qoldirmadi. Hali çillasi çiqmagan deb uy yumuşlarini öz zimmasiga oldi — kelinning baxti bor ekan — çimildiqsaligidayoqtekin xizmatkorga ega böldi. Kelin poda izidan ketgan, baʼzi keçalari tuni bilan ham yaylovda tunab qoladigan kuyovni kutib ötirgan tunlarda Arzixol uni ovutşlga urinardi — hali heç kimga, hatto öz opasiga ham aytmagan sirlarini şivirlab aytib, kelinning kuyovi kelmayotganidan paydo bölgan hijronini biroz bölsa ham bosişga urinardi. Kelin birinçi bor körgandayoq bu ayolning oyoğini töğrilab bosişdan boşqa armoni bölmasa kerak, bunday ayolda orzu-havas nima qiladi deb xato öylaganini öşa kunlari bilib qoldi. Zero, Arzixolning ana şu siridan boşqa bironta ham boşqalarga aytişga arzigulik xotirasi yöq edi. Şuning uçun çillasining çanqoğini bosolmagan kelinga şu xotirani aytib, çimildiqdan çiqmasdan kuyovdan norozi bölayotgan kelinni çalğitişga uringandi. Şundan boşqa niyati yöq edi. U kelinga uyalibroq, lekin xörsiniq bilan bir çavondoz yigitga köngli tuşganini, özlariga maymoq kelinni munosib körmagan ota-onasidan nolib, u yigit hu anovi qir ortidagi qişloqsan kelib, töqayzorda uçraşib turganini, Arzixol ham uylaridagi suv töla çelaklarni öraga ağdarib, tez-tez suv olib keliş uçun daryo böyiga — öşa töqayga tez-tez borib turişini, yigitning qamçisiga kaştali bandak töqib berganini, keyin nima bölib, çavondoz yigit körinmay qolganini, oradan oylar ötsa ham undan xabar bölmaganini, u esa yurak yutib birovga bu haqsa gapirolmaganini, hali ham öşa yigit navqiron va öktam qiyofada, yulğun va zirk bilan tölgan töqayda yurgandek, öşa töqayga borgisi, uni körib, kökragiga boş qöyib şunça yillik ayriliq uçun gina qilib, töyib-töyib yiğlagisi kelişini aytib qöydi. Öşa payti kelin bu gaplarni biron kişiga gullab qöymaslikka vaʼda bergandi. Ammo bolalar tuğilib, Uljonning xolasiga bölgan qöpol-qörs muomalasi asta-sekin kelinning ham betini qotirdi — u ham Arzixolga eriga öxşab muomala qilişni örgandi. Oldinma-ketin tuğilayotgan bolalarning beşigini tebrataverib ayolning qöllari çilvirday eşildi, keyin esa kötaraverib, yelkasining yağiri çiqdi. Ammo buni ayol bir marta ham na Uljonning, na kelinning yuziga solgani yöq. Aksinça u xuddi öz nevaralarini bağriga olib, tarbiya qilayotganday bolalarning na xarxaşasidan, na töpolonidan bezor bölar, bolalar uni qiynagan sayin ayolning ularga mehri iyib, köproq suyib borar, bolalar uni goh ot, goh eşak qilib minib, butun hovlini aylanib yurganini körganda Uljon asli bu maymoqning esi yöq, buning özini tarbiyalaş kerak oldin, u tomonidan bu tomoni yaqin qolgan kampir ham şunaqa qilib bolalar bilan öynaydimi deb öylar va şunday bir ayolni öziga sardisar qilib taşlab ketgan onasidan norozi bölib, qölidagi gavronni ğazab bilan uşlab qöyardi. Kelin ham endi unga bir xizmatkorga qaraganday qarar, uy işlari-yu, supur-sidir, mol-holga va bolalarga qaraş Arzixolning zimmasida edi. Yillar ötişi va çimildiqdan uzoqlaşib, turmuşning betiyiq ehtiroslariga öralaşib qolgan kelin bergan vaʼdasini unutdi. Bir kuni Uljon dasturxon ustida qir ortidagi bir çavondozni baytali tepib öldirganini aytib, janozaga borayapman deb, xotinini şoşira boşladi.
— Enağarni bedov emas, baytal tepib öldiribdi. Xuddi öç olgandek, naq qanşariga tepibdi, — dedi u. — Boyqul çol kutib turibdi. Xuddi özi borsa qirda böri yeydiganday… Tez böl…
Şunda kelin befarosatlik qildi.
— Bu, haligi, siz bilan vaʼdalaşib yurgan çavondoz emasmi, — dedi piçing aralaş kelin bir çetda Uljonnirnʼ xurjunini ombordan olib çiqqan Arzixolga.
— Hali poççamning azasiga borayapman deng…
Uljon ajablanib xotiniga qaradi. Arzixol esa taxtaday qotib qodsi — u hozir hammasi tugaydigandek, Uljon uning sirini bilib, terisiga somon tiqadigandek gezarib-qaltirab turardi. Uning yuzi bunçalik oqarib ketganini va bunçalik sarosimaga tuşganini hali heç kim körmagandi Uning yuzi keçirib bölmas gunoh ustida qölgan tuşgandek oqarib ketgandi. Ammo Uljon xotinining gapidan boşqa maʼno tuydi: bir hafta oldin kelinning xolasi töy qilganda Uljon “Poççangning oldida töy qarzim yöq, men töy qilganimda ham kelgani yöq, oramiz oçiq” degandi. Bir haftadan beri tömtayib yurgan xotini qoş qöyaman deb köz çiqarganini keç angladi, piçingi qimmatga tuşdi.
Bezrayib turgan Arzixol aralaşişga ulgurmadi, kelin faqat qarindoşlarining töy-azasiga bormay qöygani uçun emas, erp yilning uç faslini yaylovda ötkazayotgani va özining gulday umri ikkita çurvaqaning bigallaşi bilan ötib borayotgani uçun tölib turgan ekanmi, tiliga kelganini oğzi çarçagunça gapirdi, Uljon ham qöli çarçagunça uni savaladi. Uljon ketgaç, yelkasi mamataloq bölgan kelin bolalarini olib, Qöşkölga, otasinikiga ketib qoldi. Arzixol Qöşköl qirigaça yalinib borsa ham kelin qayrilib qaramadi: u kelinning izidan toki qoş qoraygunça qarab ötirgan qir ustida ertasiga törtta otliq paydo böldi…

*    * *
Öziga tengdoş ayollar allaqaçon kelinli bölib, bolalar-u nabiralar, kelinlaru qizlar parvarişida, yetti qavat körpa ustida soğliklaridan noliy boşlaganda ham Arzixol na soğligidan, na turmuşidan nolir, hali ham otasi Rajab çöponnikiga opasining xizmatini qiliş uçun taşlab ketgan öşa sunbula oqşomidek tongdan şomgaça Uljonning yilma-yil katgarib borayotgan ğalvali rözğorida, qözi izidan töqayzoru bahor paytlari xuddi dunyo ötkinçiligini taʼkidlayotgandek şoşib-töliqib oqadigan daryo böyida, poda tezagi tuşgan qiru adirda, qişloqning miş- mişlaru ğurbat kömilgan çang köçalarida özining şum taqsirini yetaklab yurgandek kuymalanib yurar, uni mayib qilib yaratgan taqdir xuddi uni endi siylayotgandek yoşi ötgan sayin u tetiklaşib, kuçga tölib borar, yanayam jonsarak bölib qolgan, keçasi hammadan keyin yotar, oçilib qolgan bolalarning va Uljonning ustini yopib qöyar, sovub qolgan peçkaga tezak taşlar, uxlab yotgan kelinning uyğonib qolişidan xavotirlanib, nafasini içiga yutib beşik tebratib çiqar, keyin allamahalda yillar-u fasllar qor va yomğir qiyofasida yemiraverib, kalamuşning uyasiday ğarib qilib qöygan omborga kirib ketar, ertalab esa maymoqlanib yo oftobani, yo sut töla kadini ağdarib yuborgan şovqin bilan boşqalarni uyğotar, endi tovuşi dörillay boşlagan Uljonning bolalari ham uni xudsi otalariday jerkir, kelin esa tinim bermay yumuşga kömib taşlar, u esa yaroqsiz bölib qolgaç taşlab yuboriladigan buyumga öxşab bu uydan haydalişdan çöçigandek heç bir işdan böyin tovlamas, u özini keraksiz bölib qolayapman deb öylagani sayin Uljonning bolalaridan tortib, özi ham kampirga köproq suyanib borar, uning oğrib yo kasal bölib yotib qolişini tasavvur ham qilişolmasdi. Xudsi özi çiqmasa, qişloq moli örmaydigandek, Uljonni poda izidan Azlar qirigaça kuzatib qöyar, agar keç qolsa, heç kimga aytmay yana öşa qirga, çayir va temirday mustahkam ildizlari toşlarni yorib, qoyaga çirmovuqday yopişib olgan, şoxlari qurib-qaqşab ketganiga qaramay eng baland novdasida hali jöşqinlik va köklam hidi barq urib turgan, bir juft ğudsasini xudsi butun dunyoga köz-köz qilayotganday silkitib qöyadigan va tabiatning fasllar qiyofasida goh izğirin, goh jazira, goh sel bölib keladigan barça sinovlariga matonat bilan doş berib kelayotgan yolğiz keksa zarang daraxti yoniga borib, xira torta boşlagan közlarini olis yaylovlarga tikib, çökkalab ötirib olar, göyo keksa zarang bilan sabr va matonat borasida bahs boylaşayotganday toki uzoqlardan kelayotgan podaning çangi körinmagunça şu holatda qilt etmay ötiraverar, poda körinişi bilan maymoqlanib, turtinib- surtinib, peşvoz çiqar, qariyb ellik yildan beri yolğizlikdan zerikkan daraxt esa uni qöyib yubormaslik uçun juldur kiyimlaridan bir parça yulib qolganini ham, keyin asov şamolda xuddi ğoliblik tuğiday laxtakni hilpiratib turganini ham sezmay, Uljon sari otilardi. Ayol qarigan sayin jonsarak, harakatçan, serğayrat bölib borar, endi uni boşqa tersotalaklarning ham xizmatini qilib, turli hovlilarda ğimirlab yurganini körib qolişardi.
Uni körganda öz qismatdoşini topganday şabada tili bilan ovoz çiqaradigan zarangning zorlanişlari ham, maymoq kampirning xudsi jandasini sudrab yurgan darvişday oyma-oy tökilib borayotgan tanasini boşqalarga bildirmaslik uçun azod kötarib yurişi ham endi peşonasiga yozilgan taqdiri azal hukmini özgartirol%şi: Arzixol bir umr qörqqan narsa kuzning örtalarida tegirmondan yarim xalta un torttirib kelgandan söng sodir böldi — u birdan yotib qoldi — xuddi jon tomiri uzilib ketganday kundan kunga yuzlaridan hayot asari yöqola boşladi. Şu yotiş bilan xazonrezgini ötkazib, qişning naq çillasida qaytiş qildi. Tuflasa tupuk muzlaydigan tongda uni sönggi manzilga kuzatişga öntaça tersotalik va hali betlari qotmagan qarindoşlar yiğilişdi: bu yerga yiğilganlar azaga kelgandan köra çet qişloqsan kelib, boşqalar bir neça kunda egallab oladigan tersotaliklarning köngliga qirq yildan ortiq yaşab ham kirolmagan, kiriş u yoqsa tursin, kiriş eşigini taqillatib ham körmagan va şunça yillardan beri özining maymoq oyoğini, qirq yilça birga yaşab ham sirli va nomaʼlum bölib qolgan könglini özlaridan yaşirib ötgan majruh ayolning heç qursa sönggi kunida, xudsi qulagan qalʼaga bostirib kirgan qöşinday, uning bor sirini endi foş qiliş maqsadida yiğilişganday edi: Uljon ham ayni şunday kunda özini taşvişga qöyganidan norozi tönğillardi.
— Bu maymoqning ölgan kuni ham öziga öxşagan taşviş böldi-ya…
U bu gaplarni atayin boşqalarga eşittirib aytdi, şu yöl bilan kasal onasi ölgandan söng ham Çitga qaytarib olib ketmay özining boşiga majruh ayolni dardisar qilib qöygani uçun bobosi bilan toğasini çaqib olmoqçi edi. Bobosining endi parti ketib, şarti qolgandi, uning gapiga parvo qilmadi — u özining darmonsizlikdan osilib tuşayotgan boşini zörğa kötarib turar, toğasi esa özini eşitmaganga solardi.
Uljon nomiga bölsa ham çollarning qistovi bilan mayit yotgan omborxona tuynugi oldida turib, römolça bilan közlarini işqalagan böldi, tayoqqa suyanib, “xolam-ov” dedi. Uning bu yöqlovi tinç osmonda momoqaldiroq gumburlaganday taʼsir qildi, yöqlovdan köra zardaga öxşab eşitildi. Azaga kelganlarning kulgusi qistadi. Çollar yoşi qirqsan oşib ham el rusumini tuşunmagan bu besönaqay va qörs odamdan norozi bölib boş çayqab qöyişdi. Şunda kimdir kelib, Uljonning qöltiğidan oldi. Uljon sekin burilib, kenja toğasini kördi. Toğasi Çitdan ertalab ikki kişi otda suyab zörğa olib kelgan va ayvonning bir çetida tagiga omonat töşalgan pöstakda ötirgan bobosi çaqirayotganini şivirlab tuşuntirdi. Uljon köpam jini suymaydigan va şunça yildan beri onda- sonda boboligini eslab qoladigan, şunda ham birrov kelib, tez jönab ketadigan çolning özida nima gapi bölişi mumkinligiga ajablanib, laylak yuriş qilib,adabiy-ijtimoiy jurnalçolning oldiga bordi-da, “Nima deysiz?” deganday surlik bilan tayoqqa suyanib turdi. Bobosi xuddi aybdorday boşini egib olgandi. Keyin qarilikdanmi yoki baribir maymoq va maedeuh bölsa ham farzandi özidan oldin dunyodan ötganidan ezilganidanmi, közlari yoşga tölib, xirilloq tovuşda dedi:
— Onam deb yöqlang, bolam. Onam deng.
Uljonning ğaşi keldi. Endi şu yetmay turuvdi deb öyladi.
— Nega ona deb çaqiraman? Onam ölib ketganiga ötgiz yildan oşdi.
Bobosi çuqur xörsindi. Közlarini olib qoçdi. Keyin piçirladi:
— Arzixol sizning tuqqan onangiz böladi, bolam. Salom çavondoz badnom qilib ketgaç sizni Rohatga berdik. Aslida sizni Arzixolning özi emizib katta qildi, bolam… U sizning haqiqiy onangiz…
Çol boşqa heç narsa demadi. Kunning ayozini junlar içiga kirib olib yengmoqçiday, pöstakni oyoqlariga örab, közlarini yumib oldi va şu bilan özining söngsiz dardlariga va maymoq qizini isnodaan qutqariş uçun öylab topgan öşa olis xotirasiga kömilib ketdi.
Uljon esa “Bu esini yegan nima deyapti?!” degandek toğasiga qahr bilan qaradi. Toğasi boşqalar eşitib qolişidan qörqqandek, otasining gapini tasdiqlab, “Şunday!” degandek indamay boş irğadi va u ham bu betiyiq jiyani tayoq bilan solib qolişidan qörqqandek nari ketdi. Uljon xuddi bu azali hovlining bezovta hilpirayottan yaloviday yuzi pirpirab, atrofga ilinj bilan tikilar, kimdir bu gaplarni yolğon deyişini kutar, ammo hamma öz işi bilan band va bu gapni inkor qiladigan mardning özi bu hovlida körinmasdi. Şunda avval qaynilari kaltaklaşga kelgan kunda tuygan kökrak hidini dimoği tagida tuydi, keyin bu hid uning allaqaçon zulmat qaʼriga singib ketgan xotirasini — özining tamşanib emayotganini va öziga ham gunohkorona, ham qörquv bilan boqib turgan yoş va opasining navbatdagi qarğişidan dildirab turgan Arzixolni lip etib yoritib yubordi.
Uljonni qabr tepasida yolğiz qoldirişdi. Uning qirq yildan oşiq yelkasidan qöymagan va azada suyanib turgan tayoğini bu ayolning ham izidan yiğlab qolgan kişisi bor deyişganday şunçaki udum uçun qabrga tiqib qöyişdi. Endi Uljon dastlab Rajab çöponning, keyin esa qariyb öttiz yil özining qöli bilan goh öçoq boşida butun hovlini tutunga töldirib yuborgani, goh kuvi pişaman deb yoği bilan qöşib ağdarib qöygani uçun, goh sigirni emib yotgan buzoq oldida, goh xamiri oqib ketgan tandir boşida Arzixolni taʼqib etgan, qaçon jahli çiqsa, qaçon qahri qözisa, nuqul oyoği ostida öralaşadigan, urgan sari urgisi, xörlagan sayin xörlagisi kelaveradigan, şunça xörliklarga indamay çidab, yana meni ur deganday qarşisida paydo böladigan, nimjon va majruh ayolni goh turtkilab, goh savalab, özi ham endi savalagan sayin bir quçoq qurigan ötinday kötarib kelişib, manovi dömpayib turgan qabrga tiqişgan ayolning ustixonlari kabi silliqlaşib-ingiçkalaşib qolgan va Uljon uçun bu hayotda podasining izidan ergaşib yuradigan itçalik ham qadri bölmagan jimitday jussali ayolga berilgan şunça yillik xörliklariga “mana, men guvohman” deyotgandek qad kerib turgan tayoq bilan yuzma-yuz turardi.

Nazar EŞONQUL

“Yoşlik” jurnali 2008-yil, 4-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)