* Baxt — umr lahzalaridan birining ismi
* Baxt insondan taşqaridagi hodisa emas
* Baxt — maʼnaviy ehtiyoj
* Baxt — inson könglining eng çiroyli mulki
* Baxt — insonni yuksaltiradi, kunlariga körk beradi, sevdiradi.
Odam bolasi hamişa harakat maydonida yaşaydi. Uning yuragi, tafakkuri, idroki hamişa yölda. Orzu qiladi, intiladi, qoqiladi, yöqotadi, topadi… Ayriladi, kuyadi, soğinadi, kutadi, yetişadi… Inson umri ana şunday bir-biriga öxşagan va öxşamagan lahzalar marjoni. Baxt esa ana şu lahzalardan bittasining ismi. Yaʼni inson mutloq baxtiyor bölişi (mutloq çempion deganday) mumkin emas. U hayotning baʼzi soatlari, baʼzi kunlari, baʼzi oylaridagina baxtli yaşaşi mumkin. Lekin öşa daqiqalar uning qalbidan şunçaki ötib ketmaydi. Baxtning hatto, xotirasi ham totli. Şuningdek, baxtni biror qiyofa yo şaklga solib, «mana şu!», deb hammaga taqdim etib, barçani işontirib bölmaydi. Bu hissiyotning suvrati, körinişi, mezonlari har kimning öz köngil kengliklariga, tafakkur balandligi, idrok teranliklariga teng.
Özimga kelsak… Dadam uç yaşar paytimda qamalib qolganlar. Xöjalik raisi bölganlar. Kuzda hosil kötarilganda qaytariş şarti bilan xöjalik aʼzolariga (muhtoj bölgan aʼzolariga) uruğlik buğdoy berganlar. Bu işni qonundan taşqari, odamgarçilik yuzasidan qilganlar va «döst»lari çaquvidan söng qamalganlar. Töqqiz yilga qamalib, beş yilda qaytdilar va tört yarim oydan söng yurak xastaligi bilan vafot etdilar. Bir umr ota soğinçi bilan yaşadim.
Öquvçiligimda haq talaşadigan, sarkaşgina qiz bölganman. Darsdan söng doim qişloq xöjalik işlariga çiqardik. Yer tekislaş, ötoq, yagana, qatqaloq, çekanka, terim – tayyor tekin xizmatçi edik. Baʼzan özimça isyon qilib, darsdan söng uç-tört nafar sinfdoşimni ergaştirib, uyga qaytardim. Şunday kunlarning birida sinf rahbarimiz: “Sen maktabni yiqitmoqçimisan? Bu feʼling bölsa, sendaqalarni institut ostonasidan qöltiğingdan uşlab irğitib yuboradi!” deganlar.
Institutga 3 ta fandan (u paytlar imtihon topşirilar edi) «5» baho olib, 15 ball bilan kirganimda, osmonlarga uçganman. «Fikrim bor-u, çiroyli ifoda topolmayman», deya özimga işonmay yurganimda – 1976-yil «Saodat» jurnalining 11-sonida jannatmakon ustozimiz Zulfiyaning «Oq yöl»i bilan şeʼriy turkumim eʼlon qilingan.
Ilk kitobçamga onamga dastxat yozib jönatganim, qizim, öğlimning dunyoga kelgan onlari, ön yildan söng hamkurslar bilan uçraşuv, xullas, ötgan kunlarimni birrov varaqlasam, saodatli onlarim köp ekan. Özgalarning baxtidan baxtli bölgan daqiqalarimni bunga qöşsam, ehtimol, baxtimning yöllari, yillari yana ham uzayar. Çunki odam yolğiz özi baxtiyor bölib yaşay olmaydi. Unga, albatta, zamondoş, zamindoşlarining kayfiyati, ruhiyati taʼsir qiladi. Demoqçimanki, öz saodatingni özgalar saodati mukammallaştiradi.
Bu – oddiy bir insonning yurak yölidagi nurli bekatlar… Lekin özini yurt taqdiri, millat qismati bilan boğlab yaşaydigan insonlarning, «men şu yurt, şu millat uçun javobgarman» deb yaşaşga maʼnaviy huquqi bölgan insonlarning baxt haqidagi tuşunçalari menikidan köp bora ulkanroq böladi.
Harna bölgandayam, baxt insondan taşqaridagi hodisa emas. U inson könglining eng çiroyli mulki. Bir soatlikmi, bir haftalikmi, insonni oddiy yer kişisidan yuqorilarga olib çiqadi, kunlariga körk bağişlaydi, atrofni, atrofda yaşayotganlarni köziga çiroyli körsatadi, sevdiradi. Şu nuqtayi nazardan, baxt – maʼnaviy ehtiyoj ham. Baxt bölmasa, baxt orzusi bölmasa, odam maʼnan qaşşoq, sust böladi.
Saodat istagi kişining harakatlarini tezlaştiradi, qatʼiyat bağişlaydi. Şu mavzu atrofida yozilgan bir şeʼr esimga keldi:
Tuyğu, tuğyonlarga yupqamiz ğoyat,
Gulmi yo maysaning adaşlarimiz.
Köngilga qandaydir tuşsa bir soya,
Oqib ketaverar köz yoşlarimiz.
Yiğlaymiz, ayozmi yo qişlarida,
Kökarsa, yaşnasa sohir boyçeçak.
Qorga aylanmay qor oğuşlarida,
Gul bölib yaşasa botir boyçeçak.
Yiğlaymiz, qaldirğoç – közi surmalar,
Ketgan bahorlarni olib qaytganda.
Oğzibir elatday ziçsaf turnalar,
Osmonga arğimçoq solib qaytganda.
Qullik, Erk orasi yaqinmas asli,
Evrilib yotibdi davru davronlar.
Dukçi eşonlarning dordagi rasmin –
Körganda hozir ham qovrilar jonlar.
Zaharlangan işqi Kumuşoyimning,
Hanuz oğriq berar, beradi ozor.
Gohida suyunib, gohi koyinib,
Behol yaşamaymiz, yaşaymiz bedor.
Yuragin yaşirib yurarmi şoir,
Yomğirmi, oftobga yerday oçiqmiz.
Şu millat, şu yurtga bölsa gar doir,
Quvonç, hasratiga birday oşiqmiz.
Yiğlasak, yiğlabmiz, köngillarda nur,
Kunduzlar quyoşli, keçalar oyli.
Sevinçimiz dengiz, köz yoşimiz dur,
Bizga kelgaç, baxt ham, dard ham çiroyli.
Qutlibeka RAHIMBOYEVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
“Yoşlik” jurnali 2011-yil, 1-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


