Töy-tomoşalarimiz haqida köp mulohazalar qilamiz. Ayrim odatlarimizni sanab, xursand bölamiz: özbekona udum va tadbirlarimiz rostakamiga töylarimizda ham öz ifodasini topib, odamlarni mehr-oqibatga, ahil-inoqlikka, umuman, yaxşilikka örgatadi. Biroq şunday «odat»larimiz borki va şunday yangi «urf»lar ham paydo bölyaptiki, ular tuşungan odamlarning haqli eʼtirozini keltirib çiqarmoqda.
Tanqid mavzusiga aylanib kelayotgan ana şunday jihatlar – töylarimizdagi dabdababozlik, ortiqça qiliqlar, yangi «urf»lar kişini çuqur mulohaza qilişga undaydi. Sababi, odamlarimizni na moddiy, na maʼnaviy foydasi tegadigan bunday «odat»lardan qaytariş kelgusida köplab xunuk oqibatlarning, maʼnaviy jarohatlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Namunça vahima, dersiz. Xotirjam böling: asossiz emas bu. Töylarimizda hozir kundan-kun urçib borayotgan ayrim dahmaza odatu qiliqlarni eşitgan, körgan kişi heç ham befarq qarab turolmaydi.
Kim aybdor?
Bir hamqişloğim aytib bergan voqea haligaça qalbimni larzaga soladi. Kuyov bola – hali yigirmaga ham kirmagan yigitça xorijda mardikorlik qilib kelib, yangi maşina olibdi. Birozdan söng uylanadigan bölibdi. Töy kuni kelinnikiga borayotganda kuyov rosa injiqlik qilibdi: «Kuyovnavkar maşinasi ön beşta bölmasa, töy-pöy bölmaydi, maşinaga çiqmayman», debdi. Kattalar ham uni köndirolmabdi. Oxiri kuyovbolaning şaştini qaytarmay, ulov sanoğini u aytganiday badastir qilişibdi.
Yölga çiqqan maşinalar karvoni boşida kuyovbolaning özi, tağin rulda emiş. Katta yölga çiqişganda kuyovbola hammaga buyruq beribdi: «Maşinalar ikki yonimdan yursin!»
Beöylik, qiziqqonlik, oliftalik yoşlarga xos xislat-da, deymiz. Kuyov maşinasining ikki yonidan yana haşamat ulovlar qöşilgaç, trassa töliq band böladi. Orqadan kelayotgan boşqa ulovlarga ham yöl berilmaydi. Bir-biriga signal çalib, qiyqirib ketayotgan yigitlar bir mahal qirlikka çiqayotib, röparadan juda katta tezlikda bir maşina kelayotganini körib qoladi-yu, sarosimaga tuşişadi. Juda qisqa fursatda sodir bölgan bu sarosima noxuş yakunlanadi: qarama-qarşidan kelgan ulov öşa tezlikda kuyovning maşinasiga töqnaşadi va… töy azaga aylanadi… Dahşatli bu voqea bir zumda ovoza bölib ketdi.
Bunda kim aybdor? Juvonmarg ketgan kuyovbolami? Ehtimol, yoşi kattalar, kayvonilarda ham ozgina ayb bordir? Töylarimiz yaxşi, odatlarimiz durust, biroq qiliqlarimiz yomon. Aslida öşa kuyov bölmiş yigitça ham tinçgina, hamma qatori, yölda boşqa ulovlarga xalaqit qilmasdan yurişi mumkinmidi? Mumkin edi, albatta.
Xöp, töyi bölayotgan odamning odatdagi erkaliklari-da bu, dermiz, lekin kattalar, kayvonilar ularni tartibga çaqirişi, keraksiz va zararli «odat»larning böy körsatişiga yöl qöymasligi ham mumkin edi-ku? Qişloğu şaharlarimizda töy kuni unça-munça maşinalar karvoni yölda sidirğa yurmasligini körgan yoşi uluğlar nega töy bölayotgan mahali sözga çiqib, buning oğir oqibatlari haqida yoşlarga ikki oğiz dakki berolmaydi?
…Bir neça yil avval Toşkent şahar hokimining poytaxtdagi töy-marosimlarda ortiqça dabdababozlikka barham berişga qaratilgan hujjat qabul qilgani yaxşi iş bölgan edi. Biroq bugun guvohi bölyapmizki, baribir ayrim töylarda kelin-kuyovlar turnaqator maşinalar karvonida yuribdi. Töylarda xizmat qilayotgan artistlar soni ham köp-da nazorat qilinmayapti.
Nazarimizda, bunday qarorlar, nazoratlar, qaçonki, odamlarning öy-xayoli, dunyoqaraşi özgarmas ekan, töla natija berişi qiyin. Dabdababozlik, ortiqça «urf-odat»lar, «qiliqbozlik», boyligini köz-köz qilişu kimözarga öynaşlarga barham berilişi duşvor.
Ersiraşmi bu?
Asosan şaharlarimizda yana bir xunuk «odat» paydo bölgan. Töyxonaga kelin kirib kelgaç, mehmonlarga özbekona udum böyiça taʼzim qiladi. Hozir esa bu milliy fazilatlar örnini xalqimizga xos bölmagan, juda xunuk illat egallamoqda: kelin ortga buriladi, uning ortida bir töda dugonasi, asosan hali turmuşga çiqmagan qizlar turadi. Kelin qölidagi gulni ortiga otadi, qizlardan qaysi biri uni uşlab olsa…
Bu ahmoqona udumning maqsadi va mohiyatini aytişgayam uyaladi odam. Nima emiş, gulni qaysi qiz tutib olsa, öşa birinçi bölib va tezda erga tegib ketarmiş…
Özingiz öylang, bu özbek qizlari uçun uyat, isnod emasmi? Ğarbdan kirib kelayotgan bu kabi andişasizliklarni nega kör-körona qabul qilaveramiz? Öşa qizlarning töyda iştirok etayotgan ota-onasi, aka-ukasi yer yorilsa-yu, kirib ketsa arziydigan şarmandalik emasmi bu? Mohiyatida ersiraş degan gap yotgan bu «odat» qaçon udumlarimizga kirib keldi ekan? Qaysidir ahmoq özini tomdan taşlasa, biz ham taşlayveramizmi? Uyda, oila davrasida, kerak bölsa, töylarimizning özida bunday ahmoqgarçiliklar haqida gapirilsa, oilaviy suhbatlar qilinib, yoşlarning ongiga milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqimiz köproq singdirib borilsa edi, şu kabi yot ğoya va tuşunçalar bizdan uzoqroq bölarmidi.
Bösabozlik
Bir video ijtimoiy tarmoqlarda yaşin tezligida tarqaldi: mamlakatimizning olis viloyatlaridan biridagi öta andişasiz töy sahnasi aks etgan bu videoni körganimdan beri özimga kelolmayman.
… Restoran-töyxona töla odam. Xotin-xalaj, erkaklar, çollar ötiribdi. Ikki-uç kuyovjöra sözga çiqadi. Sal kayfi bor, şekilli, birinçisi zörğa ikki jumlani epaqaga keltirib, kelin-kuyovni baxt ostonasiga qadam qöygani bilan tabriklaydi. Bu paytda yangi oila qurayotgan juftlik tabriklovçiga hurmat yuzasidan tik turibdi, kelin esa özbekona andişa bilan tinmay taʼzim qilyapti.
Haligi yigit tabriklab bölgaç, kuyovga qarab, xitob qiladi:
– Alişer! Gorko!
Dafʼatan bu xitobni eşitgan odamning yuziga andak tabassum yuguradi. «Yigit tuşmagur ja zamonaviy ekanmi? «Gorko»ga balo bormi özbekning töyida?! Mastlikda har narsa deyaveradi-da odam, kelin-kuyov quloq solarmidi bunga…» deya öylaysiz. Biroq… adaşasiz! Bu hazil emas! Jörasining xitobini eşitgan kuyov şartta kelinga ögirilib, labidan bösa oladi!
Töyxonada qarsaklar çalinadi.
Söng ikkinçi yigit tabriklaydi. Tik turgan kelin yana taʼzim qiladi. Bu tabriklovçi ham sözining yakunida:
– Alişer! Gorko! – deydi.
Yana bösabozlik….
Dahşatga tuşasiz. Bizga nima bölyapti? Özbekning töyida-ya? Töyxonani töldirib ötirgan kayvoni keksa otaxonu onaxonlar, yoşi katta erkagu ayollarning oldida-ya? Ularning közi qayerda?
Öylab öyingizga yetolmaysiz: yoşlarimiz şunçalik uyatsiz, andişasiz bölib ketişdimi? Kuppa-kunduz kuni, tağin şunça odamning orasida bösabozlik qiliş uçun odam qançalik or-nomussiz, andişasiz bölişi kerak? Bölğusi qaynona, qaynotalarning köz öngida bunday xatti-harakat qiliş odobdanmi? Özbekona şarm-hayo, iffat deganlari qayerga yöqoldi? Tarbiya va axloqimizga yetti yot «gorko» degani hayotimizga, töylarimizga qayerdan, qanday qilib kirib kelyapti? Şarqona mentalitetimizga şunçalik darz ketyaptimi?
Savollar köp…
«Kelinnavkar» nimasi?
Yaqinda bir tanişning töyida qatnaşdim. Töyxonaga kelin-kuyov kirib keldi. Hammaning eʼtiborini tortgan narsa şuki, kelinning dugonalari bir xilda kiyingan ekan. Kimdir kulimsiradi: «Inkubatordan çiqqanday böpti». Keyin eşitsam, bu hozir paydo bölayotgan yangiça «urf»lardan yana biri ekan.
– Bir dugonamdan töyiga taklifnoma oldim, – deydi Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Şohsanam Nişonova. – Uning aytişiça, töyda kelinning hamma dugonalari «kelinnavkar» sifatida bir xil libosda bölişi şart emiş. Avvaliga bu holat menga kulgili tuyuldi. Axir, dugonamning men tanimagan tanişlari ham bölişi mumkin-ku, qanday qilib, ular bilan bir xil kiyinaman, hammaning didi turliça bölsa? Eʼtirozimni bildirişga endi oğiz juftlagan edim, dugonam yigirma qizga yetadigan libos uçun gazlamani öz böyniga olganini aytdi. Ota-ona qiziga sarpo qilgani yetmaganidek, endi kelinning dugonalari (kelinnavkar)ga ham kiyim olişi kerakmi?..
Hammaning imkoniyati bir xil emas, albatta. Oqila qiz heç qaçon ota-onasini qiynab qöymaydi, qolaversa, «kelinnavkar» degani qadriyat emas, illat deb öylayman.
Bir xil matodan kiyim kiygan kelin dugonalarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda qöyilişiga ham közimiz örganib qoldi. Eng qiziği, bunday suratlarning ostidagi «kelinnavkar» degan yozuvga kimdir eʼtibor berdi, kimdir esa yöq. Aslida, kuyov bölmiş döstlari bilan kelinning uyiga kelişini kuyovnavkarlarni kutiş marosimi sifatida bilamiz. «Navkar» sözi ham erkaklarga tegişli emasmi? Ammo endi kelinning bir xil libosdagi dugonalarini «kelinnavkar» deyilişi nimani anglatadi?..
Mayli, har kim orzu-havasiga yetsin, baxtli bölsin. Ammo biz uçun yetti yot begona odatlar töylarimizga kirib kelayotgani kişini taşvişga soladi. Töylarni ixçamlaştiriş haqida hamişa, hamma joyda gapirib kelinadi, tuşuntiriş işlari olib boriladi. Şunga qaramay, ğalati odatlarga taqlidlar paydo bölyaptiki, ulardan «ommaviy madaniyat» hidi kelayotganga öxşaydi.
Yoş hamkasbimizning qayğurganiça bor. Bu köplab oilalarning qizlari uçun töy kuni bir talay köngilsizliklarni keltirib çiqaradigan ança ötkir ijtimoiy masalaga aylanişi mumkin. Ha, bunday ortiqça va baçkana nomaʼqulçiliklar köpaysa köpaymoqdaki, aslo kamaymayapti.
Xöş, töy-marosimlarimizdaçi yangi «odat»lar qanday, qayerdan paydo bölyapti?
Soxta tarğibot ortidan
«Osmonda oy çiqsa, bilingki, kimdir bundan manfaatdor», derdi bir iqtisodçi tanişimiz. Darhaqiqat, yaqinda bir şou-biznes vakili bilan suhbatlaşayotib, bilib qoldim: bunday «odati»lar ham bekorga paydo bölmas ekan.
«Anʼana», «odat» nomi ostida kundalik hayotimizga kirib kelayotgan «yangilik»lar asosan ayrim uçarlarning hamyonini qappaytirişga xizmat qilar ekan. Hozir nima köp, töy-marosimlarni çiroyli qilib ötkazişga yordam beradigan dastyor firmalar köp. Pulini tölasangiz böldi: töyxonani rang-barang pufaklar bilan bezaydi, ostonaga poyandozlar töşaydi, kelin-kuyovni maşinada emas, foytun-aravalarda olib kelib beradi. Suratga ham tuşiradi, videoga ham oladi. Boşlovçidan tortib artistlarni, maşşoqlarni, raqqosu raqqosalarni ham gaplaşib, töyxonada badastir qilib berişadi. Xullas, qölingizni sovuq suvga urmaysiz, hammasini özlari qilişadi.
Ana şunday firmalar «faoliyat» turini qança kengaytirsa, daromadi şunça ortadi. Şu bois ular ming bir «yangilik» öylab topadi. Töy egasiga: «Aka, falonçaning töyida kelin-kuyov töyxonaga özlari emas, taxtiravonda kirib kelişibdi. Hozir şu moda böpti yoşlar orasida. Zamonaviy odamlar şunday qilayotganmiş», deydi. Bu aslida bekor gap bölsa-da, şunday reklama qilinadi.
Şu taxlit öşa tagi yöq yangi «moda» urçib ketadi. Bu yoqda esa olğir firma boyigandan boyiydi. Sizning maʼnaviyatni asraşu milliy qadriyat degan diydiyolaringizning sariq çaqalik qiziği yöq ularga. Muhimi, pul kelyapti-ku…
Ortiqçasi isrof bölmasa…
Haşamdor töylar qiliş, boyligini köz-köz etiş orzu-havasi boşqa xalqlarda ham bor. Ular ham hisob-kitobini bilib bölmaydigan isrofgarçiliklar qilib turadi. Biroq öşa ortiqça dabdaba örniga savob qiladigan, elning duosini oladigan odamlar ham yöq emas.
Ötgan yili bir xabar butun dunyoni aylanib çiqdi: hindistonlik Ajay Manot ismli milliarder biznesmen yolğiz qizining nikoh töyida 90 ta kambağal, boşpanasiz oilaga barça qulayliklarga ega uylar qurib berdi. Nikoh kuni esa kelin-kuyov yangi uylar kalitini öz egalariga topşirdi.
Bugun dunyoning u yer-bu yerida ana şunday saxovatpeşalar tomonidan ibratli işlar ham qilinyapti. Bölyapti-ku, bunday amallar ham.
Yöq, odamzod şon-şarafga öç. Bor-budini bir kunlik töyga soçsa-yu, hammaning tiliga tuşsa… Töyni-ku uzoq yillar eslab yurişar, lekin şu dabdabaga sarflangan mablağ yoki boşqa moddiy narsalar kimgadir hadya qilinsa-yu, beçorahol odamlarga yordami tegsa, bu yaxşilik, savob iş heç kimnig yodidan çiqmaydi.
Bizning yurtimizda ham dabdabali töy qilgandan köra pulini yetim-yesirning boşini silaşga, mehribonlik va qariyalar uylariga ehson qilişga sarflaydigan saxovatpeşa odamlar oz emas. Isrofgarçilikka juda qattiq qaraydigan xalqimiz töylarida ham, urf-odat va maişiy turmuşida ham ana şunday fikrlaydiganlar qança köpaysa, şunça yaxşi.
Inson dabdaba va isrofgarçiligi, şuhratparastligi bilan emas, odamiyligi, saxovati, yaxşiligi bilan çinakamiga nom qozonişi va bu nomni uzoq vaqt saqlab qolişi mumkin.
Jasur KENGBOYEV
1985-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
«Isteʼdod maktabi» VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi. «Birinçi kitobim» loyihasi doirasida «Köhna belboğ» nomli hikoyalar töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


