12 daqiqada öqiladi

452 marta körilgan

Jahongir QOSIMOV: «Kinoni kino qiladigan adabiyot!»

Jahongir Qosimov

Gohida bir eʼtirozga duç kelamiz: “Kinoijodkorlar özbek adabiyotidan, şarq falsafasidan mutlaq uzoq. Şu bois, ular millatga xos nozik xususiyatlarni u qadar ilğamaydi”. Öylaşimça, bu taʼrifni kinorejissyor Jahongir Qosimovga nisbatan qöllaş insofdan bölmas… Çunki kinoçilar orasidan özbek adabiyotiga köproq murojaat qiladigan ham va qalam ahli bilan tez-tez muloqotda bölib turadigan ham aynan şu ijodkor. Uning sanʼatda bosib ötayotgan yöllariga köz taşlaganingizda, albatta, Asqad Muxtor, Xayriddin Sulton, Erkin Aʼzam, Tohir Malik, Murod Muhammad Döst va Faxriyor nomini uçratasiz. Rejissyor bilan suhbatda bölgan odam Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari unga hamroh ekaniga amin böladi. Siz u bilan rassomlar ijodi haqida ham bemalol suhbatlaşişingiz mumkin. Hozirça bizning maqsadimiz bu emas… Qolaversa, bu sanʼatkorni ortiqça savollar bilan çalğitgimiz yöq. Men kino arbob huzuriga bordim. Ayni damda menga sanʼatkor şaxsini oçib beradigan öy fikrlar muhim…

jahongir_qosimov_suhbat.jpg

– Kino sanʼatmi yo sanoatmi? Hamişa dunyoni mana şu savol öylantiradi, – deb gap boşladi u. – Kino Fransiyada kommersiya uçun tuğilgan. Odamlar şarmanka orqali namoyiş etiladigan turli manzaralarni köriş uçun pul tölab, hordiq çiqargan. Yaʼni u köça tomoşasi sifatida kirib keldi. Biroq Devid Griffit(1875-1948), Charli Chaplin(1889-1977), Federiko Fellini(1920-93), Andrey Tarkovskiy(1932-86), Ingmar Bergman(1918-2007) kabi sanʼatkorlar kinoni sanʼat darajasiga kötardi. Bugun bu – aksioma. U qaysi maqsadda suratga olinişidan qatʼi nazar, insonlarni ezgulikka çorlaşi kerak. Aslida “Titanik”(rej.Jeyms Kemeron) yoki “Indiana Jons”(rej. Stiven Spilberg) kabi filmlar ham tijoratni közlab olingan, lekin ulardagi badiiy talqin kinoni sanʼat ekanini yana bir karra eʼtirof etdi. Biroq biz tijorat atamasini haqoratomuz sözga aylantirib yubordik.
Elliginçi yillar Amerika filmlariga nazar taşlang. Ularda öpişiş sahnasini körmaysiz. Bu hol oltmişinçi yillarda kirib kelganda, Amerikaning bir qança siyosatçilariyu senatorlari “bunga aslo yöl qöyib bölmaydi, biz xalqimizni buzamiz. Ertaga bizda qadriyat degan narsa qolmaydi. Eng yomoni oila yaxlitligiga putur yetkazamiz”, deb rosa eʼtiroz bildirgan. Ularning qay darajada haq ekanini bugun körib turibsiz. Asta-sekinlik bilan 1970-80-90 yillarga kelib, bu manzaraning boşqaça qopqalari oçilib bordi. Ertaga bizda ham aynan şu holat röy bersa, sira ajablanmayman. Odamzot özi uçun nomaʼlum bölgan çirkinliklardan boxabar bölyapti. Mark Avreliydan “Mana biz şunça qonunlar qabul qilyapmiz, lekin nega otasini öldirgan bolaga heç qanday jazo çiqarmayapmiz?” – deb söraşganida, u: ‘’Men bu qonunni qabul qilmayotganim boisi, şu tuşunçaning özi odamda bölmasinʼʼ, degan ekan.
– Lekin siviliziatsiyada qadriyatlarni qay darajadadir boy beriş ehtimoli ham yöq emas-da! Baribir qurama madaniyat – zamonaviy dunyoning şovqini öz hukmini ötkazmasdan qöymaydi…
– XVIII asr oxirida fotografiya paydo bölganda, endi rassomlarning kuni bitdi, deb öylaşgan. Kino vujudga kelganda teatrga, televideniye esa kinoga xavf soladi, deyişdi. Şukrki, har bir sanʼat bir-biriga daxl qilmay öz yölida davom etyapti. Agar odamda içki muvozanat kuçli bölsa, unga heç qanaqangi megapolislaru ommaviy madaniyat taʼsir qilolmaydi. Ingliz adibi Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asarini eslang. Qarang, Robinzon kimsasiz orolda yovvoyilaşib ketmasdan, aksinça, odam yeydigan qabiladan çiqqan Jumavoyning qalbiga iymonni olib kirib, Tangrini tanitdi. Mana sizga – qadriyat!
Bola uçun eng yaxşi ibrat amaliy tarbiyadir. Bolalar şoiri Sergey Mixalkov bolalarini koyib, biror marta nasihat qilmagan ekan. Konçalovskiy: “Ayrimlar otam menga ertaklar öqib berardi, deyişsa, havasim keladi. Şunaqa otalar ham bölgan ekan-da! Faqat bir gapni eşitardik: “hoy, xalaqit berma, dadang işlayapti”. Hamişa uni iş ustida körardik. Bizga otamning hayot tarzi tarbiya vazifasini ötagan”, degandi. Yaqin ötmişdagi turmuşimizni köz oldingizga keltiring: içkari va taşqari hovli. Içkari hovli ayollar bilan birga baloğatga yetmagan bolalarniki, taşqari hovlida esa mehmonlar askiyabozligu maişat qilişgan. Bu bilan faqat nomahram nigohidan ayollarni himoya qiliş emas, yot sözlardan bolalarni asrab qoliş ham közlangan. Bunday gurung-larga bolalarni yaqinlaştirişmagan.
Agar dunyodagi jami urf-odatlar bozorga olib çiqilgan taqdirda ham, har bir millat vakili aylanib-aylanib, baribir, özining urf-odatlarini sotib olardi, degan fikrga qöşilaman. Nega? Birinçidan, tanglayi şu urf-odatlar bilan kötarilgan, boşqasiga könikolmaydi. Ikkinçidan, geografik jihatdan mana şu joyga aynan özingni urf-odatlaring asqotadi. Çunki bu tuşunçalar asrlar davomida yiğilgan. Bu yöllardan kimlar ötmagan… Aleksandr Makedonskiy… arab istiloçilari… möğullar – biz bilgan-bilmagan… qança-qança töntarişlar. Har biri özi bilan nimalarnidir olib kelgan. Va har biri sivilizatsiyaga öz uluşini qöşib borgan. Şulardan saralanganlarigina xalq xotirasida yaşab kelyapti.
    – Bir haqiqat borki, özgalar tanqidiga uçramasdan oldin, özingdagi kamçiliklarni köra bil…
    – Bizda katta maʼnodagi bağrikenglik bor, şu bilan birga biqiqligimiz ham yöq emas. Har bir muammoni şaxsiyatga borib taqaymiz. Men kimningdir işini tanqid qildimmi bas, uning duşmaniga aylanaman-qolaman. Mutenamo hozirjavobligu labbayçilikni aytmay qöya qolay…
    Hamma foydali maslahatni tabiatning özi beradi. Daraxt gullaşi kerakmi, u bahorni kutadi. Agar xudo körsatmasin, böladigan işni tezroq bölgani yaxşi-da, deb qişda gullagudek bölsa, uni sovuq urib qovjirab qoladi. Hozirjavobu labbayçi ijodkorlar işini heç narsaga yaramay qolgan sovuq urgan daraxtga öxşataman. Ular “qalbimdan çiqyapti” deb daʼvo qilişadi. Agar haqiqatanam, qalbda bölganda edi, ularning muhabbati dard bilan çiqardi.
 – Jahongir aka, bir suhbatingizda “Otalar sözi – aqlning közi” televizion körsatuvini qabul qilişimizning sababi, biz faqat unga nasihatomuz dastur sifatida qaraymiz, xolos. Agar sanʼat asariga daʼvo qilgudek bölsa, bu öşa körsatuvning fojiasi”, deb aytgandingiz. Men bu fikringizga qöşimça qilib “Iblis devori” filmini ham aytgan bölardim.
– Siz “Iblis devori”ni aytyapsiz, katta ekranlardan tuşmayotgan “xontaxta”larning bari oçiqdan oçiq qip-qizil didaktika. Şörlik tomoşabinga öylab körişga ham imkon qoldirilmaydi. Oqibatda odamlar uçun hatto öy suriş ham maşaqqatli mehnatga aylanib boryapti. Yoşlarning maʼlum bir qismi “xayol” nimaligini unutib qöygan. Baʼzan quloqqa çalinadi: “uşbu filmning tarbiyaviy ahamiyati mana bunaqaʼʼ yoki “tarbiyaviy jihatlari bor”. Juda kulgili. Demak, şörlikning boşqa heç narsasi yöq. Yana bir söz urçib ketgan: “yangi çehralar”. U menga “sip-silliq qiyofalar, böm-böş közlar…” bölib eşitiladi. Bu “kaşfiyotga” qadar qayerlarda bekinib yotarkan bu “noyob çehra”lar?
– Radiodagi suhbatlarning birida “orzu-xayollar insonni gözallaştiradi”, dedingiz. Armon-çi?
– Tarozining bir pallasida orzu-havas tursa, ikkinçisida armon turadi. Vazni birinçisinikidan sira kam emas. Zero, armon hayotga mantiq kiritadi. Har bir narsaning bahosi aslida qança turişini anglatadi. Qadrning qimmatini bilasiz. Dard armonning ikkinçi nomi. Ijodkor ham insoniyatga dardi-armoni bilan kerak.
Ertaga… Birgina mana şu söz bizning butun umrimizga öt qöyib yuboradi…
Butun erkaliklarimni onam emas, buvim Umirxon aya kötarardilar. Dutor çalardilar, issiqqina qöynilariga kirib olib tinglab ötirardim… Hatto dutor simlarini bir neça marta uzganman ham. Indamasdilar… U kişiga nima kerak edi özi? Pulim, mansabim, sovğalarim-mi? Yöq, aslo!.. Faqat oldilarida ötirsang böldi edi. “Kel, ötir, munça televizor körasan, kitob öqiysan, gaplaşaylik”, derdilar. Özimça, buvim bilan nimani gaplaşişim mumkin, deb öylardim. Borsam ham şoşa-pişa “Yaxşimisiz, oyi, men yaxşi, keliniz yaxşi”, şu xolos. Otamga nisbatan mehrim ham armonga aylangan. Heç erkalatmasdi. Çuçmal filmlardagidek “qalaysan, bolajonim, voy undoq-voy mundoq” deb, ötirib olib nasihat qilmasdilar. Lekin mehrning kuçini hamişa sezib turardim. Bir-ikki gap bilan köp narsalarni örgatardi. Tuşkunlikka tuşgan paytlarim “avval bir işni boşlamagin, boşladingmi, sidqidildan qil, rahmat eşitişni örgan”, derdilar. Özi dunyoda eng buyuk muhabbat ota-onaning bolaga bölgan beğaraz muhabbati ekan. Qolgan bari – “Sen meni yaxşi körsang, men ham seni yaxşi köraman”. Hayvonot dunyosini ham kuzatsangiz bola onaga ovqat olib kelmaydi. Bu esigayam kelmaydi. Xudoga şukr, onam hayotlar. Ular uçun nimadir qilmoqçi bölsam, “kerak emas, bolalaringni öyla” deb turib oladilar. Vaqt ötgan sari armonlar ham kelaverarkan. Bu ming yillik muammo. Yagona taskin şuki, armonning armon ekanligini sezib, afsus çekayotganimizda… “Ha endi, ötdi-ketdi-da” demayotganimizga şukr. “Suv yoqalab”da ham Bolta Mardonning armoni meni öziga tortgan. U na özining qalbini, na bolalarining qalbini öz vaqtida tinglay oldi. U xatosini davrdan izladi. Yana içida “Yaxşi işlarim ham bor-ku, beayb parvardigor”, degan taskin ham yaşaydi. Ammo…
– Özingiz rejalar asosida iş körasizmi, yoki orzu-xayollar ortidan quvib yaşaysizmi?
– Orzu – öz nomi bilan orzu. Karyerani orzuga aylantirib olib, oldin unday qilaman, keyin bunday qilaman, deya reja tuzib yaşaşni hazm qilolmayman. Lekin ijodiy imkoniyatlaringni körsatiş uçun, albatta, maʼlum bir reja asosida iş körasan. Misol uçun, institutga kirişing, kitob öqişing, milliy va jahon kinosanʼatidan xabardor bölib borişing şart. Bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşadi. Osmonga qaragança “hah, bir kino olsam edi, boplab taşlardim-da”, deyiş bilan iş bitmaydi…
– “Yengil-yelpi muhabbat temalari” degan jumlani köp işlatasiz. Yanglişmasam, “yengil-yelpi” sifatini aynan muhabbatga – bu tuyğuning öziga nisbatan işlatmasangiz kerak?..
– Muhabbat – dard bilan yoziladigan, dard bilan tasvirlanadigan mavzu. Yiğlaş kerak, deb aytmayapman. “Men seni sevaman, qayerdasan”, qabilidagi töxtovsiz telefonlaru uçraşuvlar, şuning özi emas-da! Bu boşqa narsa…
Yerdan bir qariç balandda yurgan oşiq hayotni boşqaça köradi, unga yomonliklar körinmaydi… Göyo uning duşmani yöq – hamma yaxşi. Öziça hayotni falsafiy qabul qiladi. Ana şunday insonlargina Olloh uçun xizmat qila oladi. Bunga işonaman. Öng yuziga ursang, çap yuzini tutib beradiganlar ham aynan şular… Romeo va Julyettani qarang, oilalar örtasida ayovsiz duşmanlik bor: “Hey qiz, u sening yakkayu yagona akangni öldirdi!” “Axir, men uni sevaman!”. Ölimdan-da kuçli! Havas qilaman. Bundagi yuksak gumanizm fojiasini qarangki, yillar davomida bir-biriga duşman Montekki va Kapulyettilar könglidagi adovatni yuvib, qalbini oçişi uçun eng gözal norasidalar qurbonligi kerak böldi.
Keyin isteʼdodli insonlarning ehtirosi kuçli, özgaça böladi, deyişadi. Lekin men bunday öylamayman. Faqat isteʼdod öz tuyğusini çiroyli, taʼsirçanroq aks ettira oladi. Ularda körsatib bera oliş imkoniyati bor, xolos. Serano de Berjerak balkon ostida şunday kuylarkanki, ayollar es-huşini yöqotib qöyarkan, uning izhorini tongda sayragan bulbul navosiga öxşatişgan. Keçirasiz, öşa dard zoğçadayam bor, faqat u aytolmaydi. Siz körmaysiz uni. Maʼşuqasiga maşina sovğa qilgan boyvaççanikidan, gul ham tuhfa etolmayotgan kambağalning işqi kuçli bölişi mumkin. Masalan muhabbat haqidagi kitoblarni öqib olib, tuni bilan sevamanmi-sevmaymanmi, u-çi, telefon qildim, olmadi, deb ertalabgaça uxlamasdan çiqiş “telbalik”-da! Afsus hammayam bu kasalga çalinavermaydi. Özim ham qayerda bölmasin Sayyorani yonimda olib yurgim kelardi, erkaklar çoyxonasiga ham olib kiraverardim. U beçora ham men qayoqqa yetaklasam ketavergan. Usiz sakkizta erkakning gurungi tatimagan… Mana sizga savdoyilik!
– Baʼzi rejissyorlar kinoga adabiyotdan köra, tasviriy sanʼat yaqin, deyişadi.
– Kinodagi voqeani aynan olib qoğozga tuşirsangiz, tasvirdan kam bölmaydi, taʼsirli çiqadi. Lekin qoğozga tuşgan har bir sözni ekranga olib çiqib bölmaydi-da. Kinematografiyaning adabiyotga yetişişiga bir qança qovun pişiği bor. Kinoni kino qiladigan adabiyot. Agar har bir personaj dialogida bir fikr yotmasa, siz uni körmaysiz. Bilasiz, ruslarda umuman ijodkorga nisbatan “xudojnik” atamasi işlatiladi. Bu söz sanʼatning hamma turini öz içiga oladi. Şu maʼnoda na kinoni, na musiqa, na tasviriy sanʼat va na teatrni dramaturgiyasiz tasavvur qila olasiz. Biroq şularning orasidan adabiyotga – sözga yaqini, bu – kino va teatr!
    – Maʼlumki, sanʼatning asosiy vazifalaridan biri – gözallik dunyoni qutqara olişiga odamlarni işontiriş. XIX asrda yuzaga çiqqan “telba” Mişkinning bu işonçi, haqiqatanam, ertaklar tark etayotgan bugungi DUNYOni qutqara olişiga Siz işonasizmi?
    – Agar bevafo dunyoni nimadir qutqara olsa, najot faqat – gözallikdan! Baribir, bu qanaqangidir ideal. Real olib qaraganda, afsuski, bu orzu bölib qolişi ehtimoli ham yöq emas. Agar bu ezgu xayol haqiqiy hayotda tom maʼnoda öz tasdiğini topganida, biz yaşayotgan sayyora “yer” deb atalmasdi. Mavhumroq bölsa-da, öşa nimagadir işonganimiz uçun ham nimalardir qilamiz. Köngilda milt-milt yonib turgan mana şu işonç dunyoning muvozanatini bir amallab uşlab turibdi, deb öylayman. Tan oliş kerak, “Sanʼat – odamzotni vahşiylikdan asraydi” degan fikr sira mubolağa emas. Şuning uçun, biz muhabbat – sanʼat qarşisida qançalik qarzdor ekanimizni unutmasdan, UNGA minnatdorlik izhor qilib turişimiz zarur.
    – Siz qaysi rejissyorni özingiz uçun sanʼatdagi “idol”deb bilasiz?
– Kino sanʼatning tez qariydigan turi. Uni yangi-yangi “urf”lar qaritadi. Tolstoy, Çexov, Abdulla Qodiriyning asarlari har qanday davrdayam özining zamonaviyligini yöqotmasligi mumkin, lekin kinoasar… ön minglab kinolardan sanoqlisigina klassikaga aylanadi. Şu maʼnoda meni doimo hayratga soladigan sanʼatkor, bu – Charli Chaplin dahosi! Çap-linni yuz yillardan keyin ham tomoşabin köradi. Meni köproq uning montaji yo suratga oliş uslubi emas, xarakterlarni topişi, mikroskop kabi inson qalbining jami tebranişlarini körib, his qilib, kiçik bir odam fojiasini oçib berişi, uning jamiyatdagi örnini tasvirlaşi qoyil qoldiradi. Ğirromliklarsiz yaşaş uçun kuraşayotgan odamning uddaburonligini özgaça yumor bilan ifodalagan. Şu bilan birga sentimental va romantik. Sanʼatkorning özi ham qahramonlari ustidan kulgan, ham ularga qöşilib yiğlagan. Bundan taşqari Fellini, Antonioni, Bergman, Spilberg, Orsen Uells, Fransua Tryuffo kabi rejissyorlar ijodini ham kuzataman, biroq, baribir, Chaplinning örni bölakça.
– Haqiqatanam, U: “Men uçun sanʼatda eng muhimi – insonni tasvirlaş!” deb aytgan. Charli Chaplinning qizi Jeraldinaga yozgan maktublarining öziyoq uning tilsimli qalb sohibi ekanini aytib turibdi. Şu maʼnoda, şamolning har bir epkinida ijodkor pozitsiyasini özgartirib borişini qanday izohlaysiz?
– Bilasizmi, amerikalik kinorejissyor Orsen Uells odamlarni ikki turga böladi: xarakter va qurbaqa. Hatto qurbaqa ham öziça “men xarakterman” deb daʼvo qiladi… Agarda eng oğir, sinovli, qaltis pallada “vaq-vaq” qilib yubormasa, haqiqatanam u xarakter, yaʼni şaxs – oxirigaça özining hayotiy-ijodiy pozitsiyasiga ega bölgan odam!
– Baʼzida ijodkor öz zamonasi ruhiga xiroj tölaşdan ozod bölolmaydi. Ayniqsa, ommaviy sanʼat – kinoda…
– Albatta, har bir davr ijodkorga özining ehtiyojlarini yuklaydi. Biz demokratik jamiyatda yaşaymiz. Televideniye va internet orqali bostirib kelayotgan ommaviy madaniyat xurujini kuç bilan tösolmaymiz. Bu aks taʼsir qilişi heç gap emas. Çekimizga esa mana şu ötiş davrida yaşaş tuşgan. Bizning avlodni birdan bir vazifasi kinoni vaqt ötkaziş uçun kerak bölgan şunçaki ermak tomoşa emasligini isbotlaş va ommaviy madaniyatdan xoli bir sanʼat borligini körsatişdir. Buning uçun filmlarimiz mavzusi qançalik milliylik kasb etsa, ğoyaviy jihatdan ham şu qadar umuminsoniy bölişi zarur. Faqat dardgina barça millatga birdek tuşunarli böladi. Indira Gandining “Vatan ostonadan boşlanadi, lekin uning aynan şu yerda tugaşi yomon”, degan gapi meni köp bezovta qiladi. Filmlarni ham xalqimiz uçun qilamiz, lekin eng qiynaydigani, qilayotgan işlaringni bari ikki daryo oraliğida qolib ketsa…
Suhbatdoşimning bu fikrlari bir maqolani yodga soldi. Garçi örinsiz bölsa-da, keltiraman: “Fellinini Fellini qilgan uning asarlarida aks etgan italyan millatining ğururi, şaʼn-şavkatidir. Şu bois u mamlakati dovruğini dunyoga çiqardi! Bizning kinoijodkorlarimizda esa ana şunday iftixor hissi yetişmaydi” Imonim komilki, hamkasbimiz agar Fellinining birgina filmini körib, odamning ojizliklaridan ozorlangan sanʼatkor haqiqatini tuyganda edi, heç qaçon bunday demagan, uning filmlarida kötarilgan mavzular emas, Fellini şaxsining özi qay tariqa italyan millatining ğururiga aylanganligini tuşungan bölardi. “Iftixor!”– harqança çiroyli, ohanrobo söz bölmasin, u Sanʼatkor orzulari uçun manzil bölolmas ekan.

Iqbol QÖŞŞAYEVA suhbatlaşdi.
“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 7-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)