Zinaga qadam qöyib, zabt eta boşlagan Sabr kiçik odimlari bilan yuqorilab, maqsadiga yetdi.
Şoşqaloq esa uç-tört zinani ortda qoldirib, sakray boşladi. Oqibat yarim yölda toyib yiqildi. Qayta turolmadi.
Billur vaza
Hukm – ajraliş.
Qarindoşlar kelinning narsa-buyumlarini yuk maşinasiga joylab, qudaçilikdan qöllarini yuvib, qöltiqlariga artib ketişdi.
Qaynona böşab qolgan uyga kira solib, açinib, öksib-öksib yiğladi. Aççiq köz yoş tökdi.
Quda taraf bexosdan qaynonaning qimmatbaho billur vazasini sindirib ketgan edi.
Gözallik
U juda gözal qiz edi. Taşlab ketdi…
Yigit ikki yil öziga kelolmadi. Nihoyat, yaqinlarining qistoviga qarşilik qilişga kuçi tugadi. Uylandi.
Oradan beş yil ötdi. Yer aylanaverib odam-odam bilan uçraşar ekan-da. Restoranda sobiq sevişganlar bir-biriga termulib qolişdi. Qiz hamon öşa-öşa jozibali. Ammo xotiniçalik gözal emas edi.
Yöl
Toğ. Yolğizoyoq yöl. Pastda tubsiz jarlik. Şu yöldan bir odam pastga quladi. Bunga xurjun teşigidan tuşgan bir tilla tanga sabab böldi.
Jarlik tubida çilparçin bölgan odam jasadi yotar, sal nariroqda esa bir dona tanga oftob nurida jilva qilardi.
Yolğizoyoq yölda esa yarim xurjun oltin ortilgan eşak qaqqayib turardi.
Kölmak
U katta iğvogar edi.
Ança-munça oilalar: aka-ukalar, qöni-qöşnilar, kelin-kuyovlar, döstu qadrdonlar uning iğvolari sabab yuzkörmas bölib ketişgan edi.
Bir kuni uni yomğirdan keyin yöl çekkasida paydo bölgan loyqa kölmakçadan topişdi.
Aytişlariça, u çökib ölgan.
Tarjimayi holim
Otamning aytişiça, men nafaqat qovun pişiğida, balki barça meva-çeva ğarq pişganda dunyoga kelgan ekanman. Negadir bu yil xazonrezgi erta taşrif buyurdi.
Xiyonat
Yevropa mamlakatlaridan biri. Sud zali.
– Sizga “janob” deb murojaat etsam, qarşimasmisiz?
– Yöq, janob sudya.
– Janob! Nega turmuş örtoğingizni öldirdingiz?
– Xiyonat qildi.
– Uni xiyonat ustida tutib olganingiz rostmi?
– Ha, janob sudya.
– Bu birinçi marta xiyonat qilişimi?
– Menimça, şunday.
– Nega uni qonun ixtiyoriga topşirmadingiz?
– Endi baribir tuzatib bölmasdi uni.
– Nimaga asoslanib bunday fikrga keldingiz?
– Çunki uni… ayol kişi bilan tutib oldim. Endi bu yöldan qaytmaydi deb öyladim.
– Unda nega ajraşib qöya qolmadingiz?
– Siz buni umuman tuşunmaysiz, janob sudya. Men erimni qattiq sevardim!
Ertak
Ertak, bu – möjiza.
Lekin u yoşligidayoq ertaklarga işonmasdi. Ulğaygaç esa – batamom. Möjiza haqida eşitsa, içaklari uzilgudek kulardi. “Ğirt ahmoqlar”, derdi nuqul.
Keçasi qattiq şamol turdi. Yozning qoq örtasida şarros yomğir quyib, momaqaldiroq qöliga çaqmoqdan qiliç tutdi. U lolu hayron edi.
Öşa keçasi uning qöşnilari osoyişta uxlab, tuni bilan yulduz sanab çiqişdi. Uni qaytib heç kim körmadi.
U ertaklar olamiga tuşib qolgan edi.
Sof sevgi
Qiz karavotga çökdi. Qiz aynan uning yoniga ötirganidan xursandçiligi ortdi. Fursatdan foydalanib dilidagi gapni izhor qildi.
– Men sizni juda qattiq yaxşi köraman.
– Bilaman. Men ham, – dedi va avval peşonasiga, söng yuziga issiqqina labini bosdi-da, örnidan turdi. Qayrilib qaradi: – Endi uxlaş kerak.
– Xöp, – dedi Bobur va xonadan çiqib ketayotgan boğça opasiga jilmayib boqdi-da, közlarini yumib, uxlab qoldi.
Sönggi kun
Eşik qönğiroği jiringladi. Soat esa tungi ön birga zang urdi. Eşik oçildi. Içkari kirgaç, xotinini bağriga bosdi. Ayol hayron. Undan açqimtil içimlik hidi anqidi.
– Meni qattiqroq quç, – dedi er. – Yanayam qattiqroq.
Er–xotin şu topda yagona vujudga aylangan edi.
– Men seni sevaman – dedi er.
– Men ham… Hq…
– Avval sevgansan.
Ayol hayron bölib kipriklarini pirpiratdi. Ammo qaytib na yuzi, na közi heç qanday ifoda bermadi. Er juvonni bir qöli bilan juda qattiq quçdi…
Er sudya qarşisida marhuma xotinining qotili ekanligini tan oldi.
Şohrux NEʼMATOV
1992-yili tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


