18 daqiqada öqiladi

281 marta körilgan

Kuni bizga qolgan bayroq

Ahmad Aʼzam

Bu voqeani aytib bersammi, yöqmi yo tarixiy obidalarimizga hurmatimiz katta, osori atiqalarimizni nihoyatda eʼzozlaymiz deganimiz bilan aslida, ahvolimiz şunday deb ökinib yuraveriş kerakmi degan iştibohlarga boraman. Yöq, aytmasam bölmas ekan, endi foydasi yöqdir, lekin köpçilik bilib qöygani yaxşi. Keyin, yana balki, şoyad degan umidlar ham tark etmaydi.
Töqson sakkiz yo töqson töqqizinçi yili, “Özlik” körsatuvi avjida paytlari ismi ham eskiçasiga, ham yangiçasiga çiroyli bir Gulpoşşa degan ayol telefon qildi. Familiyasi Ergaşxöjayeva ekan. Şunga qarab negadir tagli-tugli oiladan, kamida xöjalardan degan fikr keldi xayolimga, bu ham bejizga emas ekan. Ayol keldi, risoladagidek bejirim kiyingan, jiddiy, öqimişli ekani özini tutişidan ham bilinib turibdi, Diplomatiya va xalqaro iqtisodiy munosabatlar universitetida işlaydi va haqiqatan ham tomiri Janubiy Qozoğistonning Sayram qişloğida yotgan azizu avliyolarga borib taqalar ekan. Albatta, ajdodi repressiyaga uçragan va albatta, qatağon haqidagi navbatdagi körguliklarni eşitaman deb öyladim…
Yöq, Gulpoşşa opa tamomila boşqa gapni kötarib kelibdi va bu gap boşda menga rivoyatga öxşab tuyuldi: sohibqiron Amir Temur buyuk mutasavvuf Ahmad Yassaviy bobokalonimiz qabri ustiga yopgan tabarruk bayroq bugungaça asrab kelinib, hozir ham bir yaxşi odamlar qölida saqlanayotgan emiş. Ana xolos, dedim içimda. Juda işongim keldi, lekin içimda şubha bor. Eslasangiz, öşa paytlari başoratçiyu ekstrasenslar safi selgimagan, hammasida kamida bittadan karomat bor, Toşkentda tinçigan miş-miş Farğonadan çiqib turar edi. Opa şunaqa bir taʼsirçan rivoyatni eşitgan, rivoyat Amir Temur va Ahmad Yassaviyga taalluqli bölgani uçun juda işongisi kelgan va öylab-öylab işongan ham deb öyladim. Boşda uning gaplarini ana şunday şubha-gumonlar köçasiga kirib-çiqib eşitdim. Ilm odamlari orasida soddalari kammi, keyin, olti yuz yildan beri ne-ne osori atiqalar xoku turob bölib ketdi-yu, Amir Temur bobomiz Ahmad Yassaviy qabri ustiga yopgan bayroq tilla toladan töqilgan bölsa-da, haligaça omon qolar ekanmi, xullas, işoniş ham qiyin-da. Lekin Gulpoşşa opa bu bayroq öz ajdodlarida saqlangan va hozir ham bor, deyapti! Opaning gaplari möjizaga tortib ketadi-yu, lekin tarix tubidan çiqib kelyapti, avvalboşdagi şubhalarim endi hayratga aylandi: bordiyu rivoyat emas, rost bölib çiqsa-çi!
Opa suvratini ham olib kelganman, dedi, videotasvirda! Ana, endi haqiqatan ham möjizani körgandek VXS tasmasiga tuşirilgan tasvirlarni körib oldim. Yöq, bu uruş yalovi, harbiy bayroq emas, juda katta uçburçak, ikki kişi ikki uçidan tortib turibdi, şunga qaraganda teng tomonlari ikki metrça çiqadi, örtasi nimadir kök-yaşil material, ğij-ğij arabça matnga töla hoşiyasi yigirma santimetrlar keladi. Bu nimadir diniy, tariqat maqomi aks etgan bayroq, şuning uçun bezaksiz. Ziyoratlarga borgan joylarimda azizu avliyolarning marqadiga yopilgan sözana, guldor çoyşab, gilamçalarni körganman, baʼzilari juda eski, lekin bunaqa bayroqqa duç kelmaganman. Özim varaqlab körgan tarix kitoblaridagi suratlar, albomlarda ham bunaqasiga közim tuşmagan. Bu bayroq noyob edi: matosi öşa davrlar Kaʼba ustiga yopilgan baxmalning bir bölagi ekan. Endi tabiiyki, juda eskirib ketgan.
Yöq, buni hozir körsatmaymiz, unga boşqalarning eʼtibori tuşmasdan olib kelamiz, keyin bamaslahat bir yöli topilar. Hozir u boşqa davlatning mulki, joriya qilsak, öşa yerning özidan olib ketib qoladi, olib kelgandan keyin bildirsak, qaytarib berişni talab qiladi. Ammo uni bu holda ham qoldirib bölmaydi. Bugungi kunda yangi mustaqil davlatlar öz tarixini yaratişga intilib, haqiqiy umum tarix körpasini öz ustiga tortib yotgan davr, ayniqsa Ahmad Yassaviy bobomiz ikki millatning ham birdek tabarruk hazrati. Keyin Amir Temur bobomiz Yassaviy bobomiz qabri ustiga mahobatli maqbara tiklaganini, juda köp hojatmandlarning kuniga yaraydigan bahaybat doşqozon quydirganini tarix kitoblaridan bilamiz, qozon hozir ham bor, ziyoratga borganda körganman, içi töla sodda xalqimiz taşlagan xayr-ehson puli, bir davr Peterburg muzeyida bölib yana qaytib kelgan, lekin u tunç, yaʼni bronzadan quyilgan, yana ming yillar turiş beradi, ammo qabr ustiga yopilgan bayroq matodan tikilgan, bu mato har qança pişiq bölmasin, olti yuz yildan beri saqlanib kelayotgani, bari bir, köngilning tub-tubida iştiboh tuğdiradi ham. Şuning uçun bayroq haqida körsatuv qilişga hali bor, degan fikrga bordim. Eng asosiysi – bayroqning özini köriş, ilojini qilib yana Toşkentga olib keliş (yana deganimning tagida köp gap bor, rasamadi bilan buni ham aytaman). Albatta, bekitiqça, bildirmay keltiriş kerak. Ungaça Gulpoşşa opaning ajdodlari boşiga tuşgan körguliklarini yozib turamiz. Imi-jimida bir özim boraman, nima qilib bölsa ham qaytarib olib kelaman! Bayroq juda aziz, lekin nazarimda taqdiri omonat edi.
Bir möjiza yuz beradigandek va özim aralaşib, muşkulotni yeçadigandek işonç uyğondi. Şunday tabarruk narsaning taqdiriga aralaşiş bir şarafga erişiş imkoniyatidek va bu imkoniyat oldimga kelib turgandek tuyuldi.
Töğrisi, borib olib kelaman degan fikrdan könglim yorişib, yoş boladek serhayajon bölib qoldim. Qarang-a, şunday tabarruk narsani bildirmay olib keliş mening çekimga tuşsa-ya! Xudo ol, qulim, degani şu-da. Ammo u Toşkentga bir kelgan, seyfda qulflanib yotib-yotib yana qaytib ketgan. Aytsam işonmaysiz-a? Şunday bölgan! Uni olib kelgan otaxonning gaplariga ham, bayroqqa ham işonmaganlar, buni tarix muzeyiga topşiring-da, Sayramingizga qaytib ketavering, deyişgan. Otaxonning dili ozor topib, bayroqni qaytarib olgan-da, Sayramiga jönab yuborgan. Işonmaysiz-a? Albatta, işoniş qiyin, lekin şunday bölgan.
Bayroqqa ana şunday munosabat öylantiradi, odamni köp noxuş xulosalarga tortib ketadi. Ungaça bunday bölmagan, Turkiston, xususan Sayram ahli bu bayroqni Amir Temur bobomizdan meros deb köz qoraçiğidek saqlab kelgan.
Gulpoşşa opaning aytişiça, bunday bölgan. Sohibqiron Amir Temur buyuk mutasavvuf Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara tiklagandan söng uning qabri ustiga bu bayroqni yopgan. Bayroq çor Rossiyasi bosqinigaça qabrga yopiğli turgan, ziyoratga kelgan xalq tavof qilib yurgan. Yassi – Turkiston şahri istilo qilinişidan oldin, çor qöşini yaqinlaşib qolganidan xavotirga tuşib, bayroqni ruslar olib qöyadi, degan öyda uni olib yaşirganlar, qayerda, kimdaligini oğziga mahkam, xos odamlargina bilgan. Töğri qilingan, çunki ruslar kelgandan keyin Yassaviy bobomizga tegişli hamma narsa xatga olinib olib ketilgan. Bilmagan odamga körimsiz tuyuladigan bayroqning taqdiri ayançli bölişi turgan gap edi. Doşqozonni bilasiz, tortib olinib, Peterburgga olib ketilgan. Ruslar olib ketgan aşyolarning ikki jildlik albomi Qozoğistonda naşr etilgan, ular orasida, tabiiyki, bayroq tasviri yöq. Şunga qaraganda, bayroq Turkistonga ruslar kirmasidan oldin olib yaşirilgan. Şu bilan avlodma-avlod, sandiqma sandiq ötib kelavergan.
Mustaqillikdan keyin ham bayroqdan ajraliş xavfi saqlanib, yana sir tutilgan, qabrga, öz joyiga yopsak, davlat olib qöyişi, poytaxtdagi biron muzeyga berişi va muzeylarning bu ahvolida şu bilan badar ketişi mumkin degan xavotirda. Bu orada Toşkentda Amir Temur muzeyi quriladi. Şu bilan Turkiston ahlining könglida umid ham kötariladi: ana endi bayroqning örni topildi – Amir Temur bobomiz yopgan bayroq uning muzeyida turişi kerak!
Bayroq oçiqlanadi, oqsoqollarga maslahat solinadi: uni özimiz bunday saqlab turolmaymiz, Toşkentga olib borib, sohibqiron bobomiz muzeyiga beraylik, uning şunça vaqt sandiqlarda bekinib yotgani yetar, endi butun özbek xalqi körsin, faxrlansin. Bu maslahat hammaga maʼqul tuşadi va oxirgi marta bayroq uyida saqlanayotgan otaxon xalqning duosi va roziligini olib uni Toşkentga olib kelgan…
Otaxon bayroqni oçilajak muzeyga keltirgan va bu sohibqiron Amir Temurning bayroği deb, uning tarixini aytib bergan, buni muzeyga qöysangiz-da, evaziga bitta gilam bersangiz, men gilamni olib borib masjidimizga, xalqning poyiga töşasam, degan.
Ana, byurokratiyami, ilmiy şubhaçilikmi yo loqaydlikmi şu yerdan boşlanadi. Avvaliga bayroqning Amir Temur davridan beri saqlanib kelayotganiga işonişmagan va bu ham töğri tuyuladi, keyin Amir Temur muzeyiga qöyadigan bölgandan keyin albatta işonçli ekspertizadan ötkaziş kerak. Gulpoşşa opaning yugur-yuguri bilan bayroq tarixçi va boşqa mutaxassis olimlarga körsatilib, ularning juda qadimiy degan xulosasi olingan. Uni ekspertizadan ötkazişning texnik imkoniyati bölmaganmi, işqilib qilinmagan, faqat hoşiya qismidagi yozuvlar Şarqşunoslik institutida köçirib olinib, tarjima qilingan. Olimlar bayroq tarixi borasida qatʼiy fikrga kelganmi, kelmaganmi, işqilib, u öşa paytlardagi katta bir rahbar hukmiga topşirilgan. Sovet komsomolining şonli yurişlari mavzuida doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan bu rahbarga bayroq jön bir eski latta bölib tuyulganmi yo Amir Temur bilan Ahmad Yassaviyga tegişli degan gapni omi xalq töqigan bir çöpçak-da, deb öylaganmi, işqilib, uni ikki-uç oy seyfiga taşlab qöygan. Aytişlariça, uni Amir Temur muzeyi zallarida namoyiş etiladigan osori atiqalar safiga kiritmagan ham. Balki işonmagandir, balki ikkilangandir, bu yoğini özi biladi, işqilib, boboyga aytinglar, bu narsasini olib borib tarix muzeyiga topşirsin-da, Sayramiga ketaversin, degan. Vassalom, otaxonga bitta gilam beriş, bayroqning tarix muzeyida ham eksponat qilib qöyilişi haqida gap bölmagan. Holbuki, bunaqa bayroq na Özbekistonning, na Markaziy Osiyo davlatlarining biron joyida, ehtimolki butun islom olamida yöqligi haqiqat edi. Keyin, xalqning Ahmad Yassaviydek ulkan diniy arbob, tariqat piriga tegişli aşyo haqida rivoyat töqişi ham aqlga siğmaydi. Umuman bu bayroqning Toşkentga kelişi va qadr topmay qaytib ketişi ham aqlga siğmaydi.
Bu yoqda qazilmalardan çiqib qolgan har bir aşyoni puflab közga surtib yotibmiz, çet ellardan tadqiqotçilar kelib, bir sopol köza siniğida bezak topsa, döppisini osmonga otyapti-yu, sohibqiron bobomizning bayroğiga munosabat şu bölsa! Bayroq nima bölganda ham uzoq tarixda Ahmad Yassaviy qabriga yopib kelingani bilan ham tabarruk osori atiqa-ku!
“Özlik” körsatuvi ot ustiga mindirgan paytlar, özimga işonçim özimdan ham baland. Şu işonçimga tayandim, öşa otaxonni topaman, u kişi qaytiş bölgan bölsa, avlodini topaman, nima qilib bölsa ham bayroqni berişga köndiraman! “Özlik”ni gapirayotganim bu körsatuvning maşhurligi bayroq borasidagi muzokarayu gufti-gölarda köp qöl kelgan.
Gulpoşşa opaning ajdodlari boşiga tuşgan repressiya körguliklarini yozib oldim-da, ertasi kuni kassetani qöltiqlab boş vazir örinbosari Hamidulla Karomatov huzuriga kirdim. U kişi bir yiğilişga otlanib turgan, gaplaşişga vaqti yöq ekan, aka, keyinroq keling, dedi. Köp vaqtingizni olmayman, atigi ikki daqiqa, bir narsaga köz taşlab bering, iltimos, deb kassetani kabinet quyisida turgan magnitofonga tiqdim. Hamidulla Karomatov sal diqqat bölib magnitofonni qöşdi va bayroqni körib, hayronu lol bölib qoldi: nima bu, bor narsami? Men şoşa-pişa ikki oğiz izoh berdim. Boş vazir örinbosari tarixni yaxşi biladigan odam, hayratga çömdi, bunaqasini körmaganman, dunyo kezib yuribman, şarq mamlakatlaridagi köp aziz-avliyolarning qabrini ziyorat qildim, ammo bunaqa bayroqni körmadim, özimizda ham yöq, juda eskiligiga qaraganda noyob durdona, Amir Temur bobomizdan meros bölişi bor gapga öxşaydi, bizdan oldingilar çatoq iş qilgan ekan, qaniydi qaytarib olib kelsak, dedi. Men borib olib kelaman, dedim. Qanday qilib, çegaradan qanday olib ötasiz, deb xavotirlandi u kişi. Maşinamning örindiğiga töşab, ustida ötirib ötaveraman, qaysi çegaraçi bilib ötiribdi, bu bir eski latta ekan, deb ötkazib yuboraveradi, dedim. Boş vazir örinbosari öylanib qoldi, maʼqul, olib kelolsangiz, zör iş bölar edi, lekin tez boriş kerak, u yoqning özi ega çiqmasdan, dedi. Bir oz xarajati çiqişi mumkin, bayroqni sotib olsam, katta pul söraşsa, dedim, toping, qaytganingizdan keyin hammasini özim qoplab beraman, dedi Hamidulla Karomatov.
Şunday qilib boradigan böldim. Xayolimda har xil hisob-kitob, hammasi töğri böladigandek, ammo bayroqning qadri balandligini endi bilib, rostdan ham katta pul söraşsa-çi? Masalan, ming-ikki ming… balki ön ming dollar berasan deb qolişsa, bu yoği çatoq. Ana şu çatoqlikni hal qilaman deb, vallomat, fidoyi döstim, “Matbuot tarqatuvçi”ning boş direktori Rustam Qosimov oldiga bordim. Unga masalani tuşuntirgan edim, katta savob iş ekan, xöp desangiz, birga boramiz, deb qoldi. Zör bölardi, dedim, faqat yoningizga kattaroq pul olib olasiz-da, kökidan, dedim.
Kelişdik-da, ertasi kuni ertalab Rustam akaning “Espero”sida qaydasan Sayram deb yölga otlandik, Ğiştköprik bojxona postiga yetay deganda çegaradan pasportsiz ötkazmasligi esga tuşib, orqaga qaytib, hujjatdan kamimizni töldirib oldik. Özimizning bojxonadan beişkal ötdik, Qozoğiston bojxonasi hujjatlarni tekşirdi, maşinaga ruxsatnomani içkaridan olasizlar, dedi askar yigit. Içkari kirsak, maşina uçun olti ming tölaşimiz kerak ekan, zobit yigit, TVning kuçi-da, meni tanib qoldi, ham deputatlik guvohnomamni körib, sizdan pul olmayman deb, tekinga ruxsatnoma yozib berdi. “Espero”ning tumşuğini Çimkent yöliga töğrilab, gazni bosdik…
Yöl böyi bironta “dan”çi körmadik, heç kim töxtatmadi. Sayram yöliga burilib, qişloqlardan oralab ötayotganimizda bu yerlarning nimasidir ğalati tuyuldi: har bir hovlidan juda uzun, öttiz-qirq metrlik quvur yo töğri ulama xoda kötarilgan. Avval bu yerlarda köp çaqmoq çaqadi şekilli, yaşinqaytarğiçmikan, lekin nimaga bunça baland deb öyladim. Keyin razm solsam, hammasining uçida “möylovi” bor: antenna ekan, bari Özbekistonga töğrilangan. Borganda söradim, bu yerdagilarning hammasi şunaqa uzun antenna bilan “Özbekiston” telekanalini tutar ekan. Demak, bu yoğidan köngil tinç: “Özlik”ni köradilar, meni köpçilik taniydi.
Töğri tarix muzeyiga bordik. Oldin ham bir kelganman. Muzey direktori Mirahmad aka işlab ötirgan ekan. Körişib-söraşib, bayroqni suriştirişga tuşdik.
Bayroqni otaxon Toşkentdan qaytarib olib borgandan keyin, menda tursa bir kor-hol bölib qolmasin deb, Sayram tarix muzeyiga, Mirahmad akaga topşirgan. Oradan vaqt ötib, çol vafot qilgan, bayroq muzeyda qolgan. Yana oradan sal vaqt ötib, çolning yaqinlari bayroq özimizda tursin, xalq Sayramda qolib ketadimi deb bezovta bölyapti deb, sörab özlariga olib ketgan. Keyin yana nimadir bölib, nimadir qöyib, bayroq bir odamning qöliga ötgan va Mankent qişloğining tarix muzeyidan qönim topgan. Bayroq hozir şu muzey devorida osiğli ekan. Bu gapni eşitib yuragim tuşib qolay dedi: şunday noyob narsani qanaqasiga oçiqqa osib qöyişadi! Yana qişloq muzeyida!
Bir gapni aytiş kerak: Qozoğistondagi köp özbek qişloqlarida tarix muzeyi bor, ularda öz tarixini bilişga qiziqiş juda katta. Muzeylarki moslaştirilgan binolarda emas, köpi uçun alohida imoratlar qurilgan, köplab osori atiqalar yiğilgan. Aholining özi tiklagan, özi ğamxörlik qiladigan bu muzeylar çetdan borganga juda qiziq, odamning havasini, nimaga bizda bunaqa emas degan ozgina hasadini ham uyğotadi.
Xay, mayli, bu alohida mavzu, biz uçun asosiysi, bayroq omon, muzeyda osiğli, muzey Mankent degan qişloqda. Mankentga yetgunça bir neça qişloq oraladik, Oqsuvmi degan soy yoqalab yurdik, bizdagiga qaraganda uç-tört daraja salqinligi uçunmi, havosi xuşyoqim, umuman çiroyli joylar ekan. Mankent ham bahavo, hovlilari pastu baland, köçalari ilang-bilang, istarali bir qişloq ekan. Muzeyni topib borsak, berk, köçada yurganlar bizni qiziqsinib örab olişdi, Rustam aka bu qadar eʼtiborga tuşganimizdan hayron, menga esa sababi maʼlum – osmonga balandlab ketgan antennalar. Şu odamlar aytdi, muzey direktori, Normamatmi, Toşmamatmi, degan odam ekan, oçiği, ismi aniq esda yöq, şuning uçun, keling, Normamat deylik, xullas, şu kişining bugun muzeyga keliş-kelmasi dargumon, hozir – masjidda bölsa ehtimol. Urim-burim köçadan masjidni topib bordik, namoz vaqti bölmagani uçun odam yöq, qöşni hovlidan bir yoşi ötgan kişi çiqib qolgan edi, undan muzey direktorining uyini söradik. “E-e, Normamat akami?” deganiga qaraganda, Normamat aka bizga aka emas, otaxon bölar ekan. Yana bir burilmali köçaga burildik. Saldan keyin bu köça ham torayib, oldinga yursak, orqaga burilib olişimiz gumon, “Espero”dan tuşib, ikki oyoqqa mindik. Köchaning oxirlariga bordik, uçta darvozaga taqaldik. Aytdim-ku, bu yerdagi hovlilar pastu balandligini. Şu odam böyi pastlikdagi çöp-çöqir bilan öralgan tomorqasida bir kampir kuymalanib yotgan ekan, köça labida turib çaqirdim, salom berib, Normamat otaxonning eşigini söradim.
Kampir boşini kötardi-da, bir muddat kalovlanib qoldi, keyin “Voy! Voy! Ahmad Aʼzam! Ahmad Aʼzam! Bugun öng yoğim bilan turgan ekanman. Bu tomonlarda nima qilib yuribsiz? Voy, aynonib ketay” deb biz tomonga kelaverdi. Meni taniyotgani televizor tufayli ekanini bilsam ham könglim boşqaça bölib ketdi. Eʼtibor kimga yoqmaydi deysiz! Rustam aka ham juda hayron: “E-e, şu yerda ham sizni bilişadimi?” deb ğururimga moy sepadi. Kampir gapni “Özlik”dan oldi. Ahmad Aʼzamdek odamki öz oyoği bilan kelib qolgan ekan, bir piyola çoy qilib bermasdan qöyib yubormasligini bildirdi. Içimda bu yerdagilar şu kampirigaça meni bilsa, demak, sizdek odam özi sörab kelibdiki, mang, bayroq sizga, deb qölimga tutqazib yuborişadigandek tuyuldi. Şu-da, kim özini yaxşi körmaydi, bu yoqda boşqa mamlakatning ovloq qişloğida kampirlargaça tanib tursa! Işqilib Xudoyimning özi işimizni önglab turgani rost bölib çiqsin-da, deb yuragim pökillagan.
Sal naridagi uy öşa Normamat otaxonniki ekan, hali özini körmay, otaxon deb ğoyibdan xuşomadni boşlab yubordim. Ammo otaxoni tuşmagur uyida ham yöq ekan.
Yana muzeyga qaytib keldik, endi nima qildik deb boşimiz qotib ötirganda bir otaxon kelib muzey eşigini oçdi. Ana, nihoyat maqsadga erişdik! Özi ekan!
Normamat otaxon soqoli bejirim kuzalgan, boşida döppi, egnida pörim yaktak, bosiq-vazmin, hadeganda oçilavermaydigan kişi ekan, menga içimdagini top degan quvlardan tuyuldi. Mayli, bu haqda keyin.
Muzeyga kirişimiz bilan alanglab bayroqni topdim. Mana, şunça orziqtirgan narsa köz oldimda turibdi! Tomonlari ikki metrça, çekkasiga yigirma santimetrlar keladigan pişiq böz hoşiya tikilgan, qolgan joyi, yaʼni örtasi pati tökilib, töq yaşil rangi unniqib ketgan baxmal. Baxmali Makkada Kaʼbaga yopilib, har hayitdan keyin yangilanadigan baxmaldan maxsus olib keltirilgan, çetidagi hoşiya bu yerda tikilib, eskirganda yangilab turilgan. Baxmal bayroq şunça eskiligiga qaramay salobati bilan bosadi, köngilga bir mahobat soladi. Faqat… oçiq devorga qoqilgan! Ha, işonavering, haligi deraza şişasini qotiradigan bir santimetrlik mayda mix bor-ku, tortib, şu bilan qoqib çiqilgan. Pastga osilgan qismiga qöl yetadi, ana şu qöl yetadigan qismi titilay deb turibdi – kim kirsa tavof qiladi-da.
Muzey binosi yalanglikda yangi qurilgan, derazalari keng, baland, lekin panjarasi yöq. Turgan gap, bayroqni şu şaroitda şunday saqlayotgan, yana yoşi katta odamga bunaqa qiliş notöğri, uni maxsus iqlim muhitida, qulflanadigan eksponat sifatida saqlaş lozim deb aql örgatişdan foyda yöq. Hozir uning könglini ranjitmay, iş bitişini öylaş kerak.
Otaxon Toşkentdan kelganimizni eşitib çoy damladi, qand-qurs qöyilgan stoliga manzirat qildi.
Men siporiş olib, sekin bayroq haqida gap boşladim. Hali maqsadga ötganim yöğ-u, ammo otaxon birdan sergak tortdi, misoli osmonga xira bulut pardasi tortildi. Gaplarimni har zamonda ha, hm deb eşitgani bilan buqinib olaverdi. Ha, osib qöyibmiz-da, xalqda şunaqa qadimgi degan gap bor, endi Xudo biladi, bizlar bilmasak, odamlar kirib tavob qiladi, bir narsa deyiş noqulay, özlarining mulki-da, biz bir qorovul… Bayroqni sal paçakilab, kelganlaringga ham unça arzimaydi, demoqçi. Menga öxşaganining köpini körib, içdan pişib ketgan çol, endi uni otaxon degim kelmay qoldi. Gaplaşgani sayin ruhim tuşib boryapti: hay, bu çolning bayroqni beradigan siyoği yöğov. Bölmasa, vaʼdani katta qilyapman: bayroqni Amir Temur muzeyiga qöyamiz, çolning öziga “Özlik”ning ikki sonini bağişlaymiz, Mankent haqida hujjatli film yaratamiz, tuman oqsoqollarini töplab suhbat uyuştiramiz… Yöq, çol sinini buzay demaydi. Xöp, bölmasa, qança desangiz, pulini beraylik, dollarda? Yöq, bayroq xalqning mulki ekan, sotilmaydi. Kamina ham çollar bilan gaplaşişga ustasi farang bölib ketganman, Rustam aka ham qöllab turdi, buni ham burçakka qisib boraverdik. Oxiri u yumşagandek böldi, mayli, men xalqimizning oldidan bir ötay, tuman oqsoqollar kengaşiga kelganingizni aytib, roziligini olay, sizni bu yerda hamma taniydi, yöq deyişmaydi, lekin hozir emas, keyin özim olib boraman, Toşkentda ikkita farzandim turadi, şularnikiga borganda, özim sizga telefon qilaman…
Maʼqul deyişdan boşqa iloj yöq. Çolga bayroqni olib borgunça ham bunaqa körgazmadan olib, ehtiyotlab qöyişni iltimos qilib Sayramga qaytdik. Yana Mirahmad akaga uçraşdik. Mirahmad aka hikoyamizni eşitib, boşini çayqab qoldi, bizga taskin berdi. Bu quv boboyni köpçilik bölib örtaga olamiz, insofga çaqiramiz, işqilib, bayroqni sizga yetkazamiz, dedi. Gulpoşşa opaning Ahmadjon degan ukasi yöqlab keldi, u ham dardimizga şerik böldi, bir piyola çoy qilib berdi, katta tadbirkor odam ekan, hammaga taniqli, u ham bizni umidlantirdi. Endi sizning kelganingizni xalqimiz öz közi bilan körsin, bayroqni özingizga berişimizga işonsin deb, bir katta maʼrakaga olib bordi. Ana kördingizmi odamlarning hurmatini, Xudo xohlasa, bayroq sizniki, yetkazamiz, deb kuzatib qoldi tadbirkor döstimiz ham.
Baribir, kayfiyatimiz tuşib, “Espero”ni Toşkent yöliga soldik.
Heç işni bitirolmay qaytdig-u, lekin u yoqda katta harakatlar boşlanib ketdi. Tadbirkor döstimiz Mankentga borib, çolga xöp işlov bergan, çol bizga bergan vaʼdasini peş qilib, boşqa gapga unamagan. Mirahmad aka gapni tuman oqsoqollar kengaşiga qöygan, çolni örtaga olişgan, hammamiz rozi, bering Toşkentga deb, çol bu yerda ham vaʼda bilan çap bergan. Bu yoqdan rejissyorimiz Mahkam aka Muhamedov ham aralaşdi. Bir neça marta borib keldi, öz tuğilgan qişloği Qorabuloq qariyalarini ham işga soldi, çol tuşmagur öşa jurnalistga aytgan gapim – gap, şu gapimda turibman, öz qölim bilan oborib topşiraman deyapman-ku, degan gapini takrorlaşdan bu yoqqa bir qadam ham siljimagan. Köp odamlar aralaşdi, köp urinişlar böldi, çol ham qaysarlarning qaysari ekan, heç kimga böy bermadi.
Hatto bir kuni bir odam keldi, qaysi toifadan ekanini aytmay, har qalay, tutgan joyidan kesadiganlardan, şu kişi, uka, muzey direktori sizga öxşaganning öntasiga dars beradi, suvga olib borib, suğormay qaytarib keladigan odam, şuning uçun men yigitlarimga aytay, keçasi muzeyga tuşib, bayroqni olsinlar, bir-ikki kunda qölingizda böladi, dedi. Mening kayfim uçib ketdi, şunday tabarruk bayroqni öğirlatişga… oçiği, gunohidan, Turkiston ahlining könglini oğritişdan qörqdim. Özim tuşmaganim bilan, kim tuşirganini biladi-ku odamlar deb öyladim. Yöq, dedim öşanda, hozirlari öylab afsus ham qilib qöyaman, uning gapi töğri edi…
Kutib yuraverdim, odamlarning harakati töxtaganidan va ayni paytda Normamat akaning kelişidan darak yöq. Oradan ança muddat ötdi.
Mahkam akaga yana Mankentga borib kelsammi, degan edim, u kişi yöq, bormang, borolmaysiz ham – Qozoğiston hududiga kirişingiz bilan hibsga olinasiz, dedi. Iy-e, bovurlarimizga qarşi nima qilibman, deb hayron böldim. Bayroq yöqolgan, ana şu yöqolişi yuzasidan jinoiy iş oçilgan, ayblanuvçilar orasida siz ham borsiz, dedi Mahkam aka.
Köp emiş-memişlar çiqdi: bayroqni muzey direktori pullagan, bayroq çet elga çiqib ketgan, bayroq u yoqda kimningdir şaxsiy kolleksiyasida, bayroqni olib yana bekitib qöyişgan, bir kuni çiqib qoladi… Bilasiz-ku, bunaqa paytlari işning tepasida özlari turgandek töqib taşlayveradilar.
Yaqinda Gulpoşşa opadan söradim: yöq, yangi gap yöq. Bayroq özidan keyin köp miş-miş qoldirib, izsiz ğoyib bölgan.
Bizning uni izlab borganimiz, devorga qoqilgan holida körganimiz, quv çolni köndirişga uringanlarimiz endi bir çöpçakka öxşab qolyapti.
Hangoma baxtli yakun topmagani uçun uzr albatta. Lekin köngilda umid sönmaydi: balki bu muqaddas bayroq oradan ellik-yuz yil ötib yana kimningdir sandiğidan çiqib qolar, har holda sohibqiron bobomiz buyuk mutafakkir yana bir bobomiz qabriga yopgan, xalqimizga meros qolgan noyob osori atiqa şunday yöqolib ketavermas, uni yöqotib yuboriş gunohi azim ekanini, buning qiyomatda bölsa ham javobi borligini qöli egrilar ham bilar…
Yana umid şuki, uni öğirlagan bölsalar, demak, qadr-qimmatini bilganlar, yöqotib yubormaydilar, sotgan bölsalar, katta pulga, uni olgan odam ham nimani olayotganini bilgan, avaylab asraydi va hokazo-hokazo. Endi bu yoği çindan köngilni yupatadigan rivoyatlar.
Lekin ökinç öşa-öşa – köplaşib şunday tabarruk mulkimizni oldirib ötirganimiz…

Ahmad AʼZAM
“Yoşlik” jurnali 2013-yil, 12-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)