3 daqiqada öqiladi

394 marta körilgan

Pillapoya

Pillapoya

Zinaga  qadam  qöyib,  zabt  eta  boşlagan Sabr  kiçik  odimlari  bilan  yuqorilab, maqsadiga yetdi.
Şoşqaloq  esa uç-tört  zinani ortda  qoldirib, sakray  boşladi.  Oqibat  yarim  yölda  toyib  yiqildi. Qayta turolmadi.

Billur vaza
Hukm – ajraliş.
Qarindoşlar kelinning narsa-buyumlarini yuk maşinasiga joylab, qudaçilikdan qöllarini  yuvib, qöltiqlariga  artib  ketişdi.
Qaynona böşab qolgan uyga  kira solib, açinib,  öksib-öksib yiğladi. Aççiq köz yoş  tökdi.  
Quda  taraf bexosdan qaynonaning qimmatbaho billur vazasini   sindirib  ketgan  edi.

Gözallik

U juda gözal  qiz  edi. Taşlab  ketdi…
Yigit  ikki yil öziga  kelolmadi. Nihoyat,  yaqinlarining qistoviga qarşilik qilişga kuçi  tugadi. Uylandi.
Oradan  beş  yil ötdi.  Yer aylanaverib odam-odam bilan uçraşar ekan-da. Restoranda  sobiq  sevişganlar  bir-biriga termulib  qolişdi.  Qiz  hamon  öşa-öşa jozibali.  Ammo  xotiniçalik  gözal emas edi.

Yöl

Toğ. Yolğizoyoq  yöl.  Pastda tubsiz  jarlik. Şu yöldan  bir  odam  pastga  quladi. Bunga  xurjun  teşigidan  tuşgan  bir  tilla  tanga  sabab böldi.
Jarlik tubida çilparçin bölgan odam jasadi yotar, sal nariroqda esa bir dona  tanga oftob nurida jilva qilardi.
Yolğizoyoq  yölda esa yarim  xurjun  oltin ortilgan eşak  qaqqayib  turardi.

Kölmak

U katta iğvogar  edi.
Ança-munça oilalar: aka-ukalar, qöni-qöşnilar, kelin-kuyovlar, döstu qadrdonlar uning iğvolari sabab  yuzkörmas  bölib ketişgan edi.
Bir  kuni  uni yomğirdan keyin yöl çekkasida paydo  bölgan loyqa kölmakçadan topişdi.
Aytişlariça, u  çökib  ölgan.   

Tarjimayi holim

Otamning  aytişiça, men  nafaqat  qovun  pişiğida,  balki  barça  meva-çeva  ğarq  pişganda  dunyoga  kelgan  ekanman.   Negadir  bu  yil  xazonrezgi  erta  taşrif  buyurdi.

Xiyonat

Yevropa mamlakatlaridan biri. Sud zali.
– Sizga “janob”  deb  murojaat etsam,  qarşimasmisiz?
– Yöq, janob sudya.
– Janob! Nega turmuş  örtoğingizni  öldirdingiz?                                                                
– Xiyonat qildi.
– Uni xiyonat ustida tutib  olganingiz  rostmi?
– Ha, janob sudya.
 – Bu birinçi marta xiyonat  qilişimi?                                                                                    
– Menimça, şunday.
– Nega uni qonun ixtiyoriga  topşirmadingiz?
– Endi baribir tuzatib  bölmasdi uni.
– Nimaga asoslanib bunday  fikrga  keldingiz?
– Çunki  uni…  ayol  kişi  bilan  tutib  oldim. Endi  bu  yöldan  qaytmaydi  deb öyladim.
– Unda  nega  ajraşib  qöya   qolmadingiz?                                                                             
– Siz buni umuman tuşunmaysiz,  janob  sudya. Men  erimni  qattiq  sevardim!

Ertak

Ertak,  bu – möjiza.
Lekin u yoşligidayoq  ertaklarga   işonmasdi.  Ulğaygaç  esa – batamom.  Möjiza  haqida  eşitsa,  içaklari  uzilgudek kulardi. “Ğirt ahmoqlar”, derdi  nuqul.
Keçasi  qattiq  şamol  turdi. Yozning  qoq  örtasida şarros yomğir  quyib, momaqaldiroq qöliga  çaqmoqdan  qiliç  tutdi. U  lolu  hayron  edi.         
Öşa keçasi  uning  qöşnilari osoyişta  uxlab, tuni  bilan  yulduz  sanab  çiqişdi.     Uni  qaytib heç  kim  körmadi.
U ertaklar  olamiga  tuşib  qolgan  edi.

Sof  sevgi

Qiz karavotga  çökdi.  Qiz aynan  uning  yoniga  ötirganidan xursandçiligi ortdi. Fursatdan  foydalanib  dilidagi gapni  izhor qildi.  
– Men sizni juda qattiq  yaxşi  köraman.
– Bilaman. Men ham, – dedi va  avval  peşonasiga, söng  yuziga issiqqina  labini  bosdi-da, örnidan  turdi. Qayrilib  qaradi: – Endi  uxlaş  kerak.
– Xöp,  – dedi  Bobur  va  xonadan  çiqib ketayotgan boğça  opasiga  jilmayib   boqdi-da,  közlarini  yumib,  uxlab  qoldi.

Sönggi  kun

Eşik  qönğiroği  jiringladi. Soat  esa tungi ön birga zang urdi. Eşik oçildi. Içkari  kirgaç,  xotinini  bağriga  bosdi. Ayol  hayron.  Undan  açqimtil  içimlik  hidi  anqidi.                                                                                                        
– Meni qattiqroq quç, – dedi  er.  – Yanayam  qattiqroq.
Er–xotin şu topda yagona vujudga aylangan edi.                                                                                
– Men seni sevaman – dedi  er.
– Men  ham…  Hq…
– Avval  sevgansan.
Ayol hayron bölib  kipriklarini pirpiratdi. Ammo  qaytib  na  yuzi, na közi  heç  qanday  ifoda  bermadi. Er  juvonni  bir  qöli bilan  juda  qattiq   quçdi…
 Er sudya qarşisida marhuma xotinining  qotili  ekanligini  tan  oldi.

Şohrux NEʼMATOV

1992-yili tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)