Ozodlik
(dostondan parça)
Ozodlik, seni men közimning
Qoni-la yuvganman,
Sen-la iliganman, sen-la soviganman.
Yuragim içida jahonday körganman…
Onamsan – ozodlik, yuzlarim köksingda,
Qöllarim böynimda, meni sen sevgaysan.
Oçlikdan qörqmasman, riyodan qörqarman,
Qulmasman, qullikka bormayman, Ozodlik!
Bormasman oyoqlar ostiga…
Sen meni erka kapalagimsan,
Boşimga qöngansan, boşimdan ketmaysan,
Qizimsan, qizil qizğaldoğimsan,
Orimsan, nomussan – sendan keçmayman,
Ozodlik!
Ozodlik – sen toğsen, pastqam emassan,
Şoşsan, Samarqandsan, Qöqonsan, Gurganj.
Sölimsan, ölimmas – sen Nasafimsan,
Sorimsan, orimsan, öt nafasimsan.
Sensiz qanday yaşay – havosan, suvsan,
Jahonsan, jonginam, yutoqganimsan,
Sensiz hayot bormi, Ozodlik!
Sensiz najot bormi, Ozodlik!
Sururdan çanqadim,
Ğururdan çanqadim,
Közu qaroğingdan
Suv berding, Ozodlik!
O, bu qanday suv edi, Ozodlik!
Tirnoğu soçimga töqlik yugurdi,
O, aziz lazzatim – Ozodlik!
Yuragim töq endi, Ozodlik!
Ey dilbarim
Ohumiding yobonimda suv izlagan,
Yohumiding tomonimda lab izlagan,
Dalligina jahonimda,
Siymu zarim:
– Ey dilbarim…
Çaşmamiding, toşlar uzra tökilasan,
Ufqmiding, quyoş ketgaç yiqilasan,
Yamoq tuşgan hayotimda
Sen çevarim:
– Ey dilbarim…
Biy dalada quyun ila soçilding-a,
Örtasida yavşan ila oçilding-a,
Yuragimga qadab qöygan
Oq gavharim:
– Ey, dilbarim…
Koşkiydi, to qiyomat biz yonma-yon,
Koşkiydi, to qiyomat biz jonma-jon.
Gulxan yoqib uzun tunning etagida,
Bilagimiz tilib qöysak ust-ustiga.
To qiyomat
Zikr aytsam?
Mohpaykarim,
To qiyomat zikr aytsam, mohpaykarim:
– Ey dilbarim…
Lahza
Mitti bir lahzaga siğsak ikkimiz,
Köksimga boş qöysang
Va şivirlasang.
Barmoqlar qovuşib yonsa ilgimiz,
Dudoğing toyğonsa,
Men şivirlasam.
Lahzani yopsag-u, qamalsak butkul,
На эшик-дераза, на майда-чуйда.
Unda mavjud bölsak nuqul va nuqul,
Yel kabi qalqinib,
Taralib kuyday…
Kamida milliard yil şavqini körsak,
Koinotday
Buyuk yuksalsak ne sud.
Qirq bölib çiqsag-u,
Ruhga evrilsak,
Dud bölib-e-e-ey, dud…
Hovliyu köçalar, katta yöllari,
Ğamlari, quvonçu maşmaşalari.
Qöllari yonida hurgan tillari,
Tozayu notoza xarxaşalari..
Bölmagan oniya,
Oh, qanday sevsak,
Oh, qanday titrasak,
Oh, qanday yana…
Yuragi
Köksimni
yorgan
Hamxonam,
Lahzaga
Qamalib
Tolgan
Devonam…
Abduvali Qutbiddin
1960-yili tuğilgan. ÖzMU jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Nayson”, “Humo”, “Baxtli yil”, “Xayol keçasi”, “Sen va sen uçun”, “Uzoqdan olisga”, “Bor” kabi töplamlari naşr etilgan. Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida