* * *
Kabutar patiday tözğoq xavotir,
şamolga soçilgan soğinç şivirlar.
Men seni unutdim – parişonxotir
qaro soçlaringga yozdim oq şeʼrlar.
Yöllarga soçilgan xotira – tariq,
quşlar uçib kelar ruhsiz, jismsiz.
Ona, közlaringda eng gözal tarix,
közyoşga aylangan dardlar ismsiz.
Ismsiz dardlarni öqir hijjalab
izimni soğingan muqaddas tuproq.
Ona, dunyodagi barça yöllar kam,
neçun yuzingdagi ajinlar köproq?!
Axir, heç qayda yöq bundayin tasvir,
onajon, öğlingni keçirgin faqat!
Men-ku, ajinlaring çizgan musavvir,
soğinçdan soçingga yozib ketgan xat…
* * *
Uçraşuvga çiqqan qizlarday tannoz
entikib turişar nogahon baxtdan –
sap-sariq soçini qilgança pardoz
tiyramoh kelganin bilgan daraxtlar.
Tiyramoh, titramoq, ön tört kunlik moh
rangidan bağrimga soçilgan hislar.
Yuragimdan neni izladingiz, oh,
kiprigi soçini taragan qizlar?!
Taşbeh topay deya husningizga mos,
aslida kuz ham bir sabab-bahona.
Mana, qarşingizda yigirma beş yoş,
umrim yonib ketdi lovullab, mana!..
* * *
Közyoşga aylandim, oğir közyoşga,
titrasang tökilib ketaman, gulim.
Ufq kiprigida turgan quyoşday
menga közlaringdan joy ber, sevgilim!
Tikilsang tölaman, sölsang sölaman,
bargingda şabnamday titraydi dilim.
Yiğlasang yiğlayman, kulsang kulaman,
közingga termilib ölaman, gulim!
Umrim kiprigingda ötib borodur,
men ğamga munosib, sen baxtga qayliq.
Közlaring suvaydo yangliğ qaro(dur),
mening baxtim qaro suvaydo yangliğ.
Közlaring jomiga quyilgan soğinç,
ming yillik şarobday yoşing tiniq(dur).
Neçun kipriklaring pirpirar notinç?
Könglim közyoş kabi siniq-siniq(dur).
Xudo sening nozik qöllaring bilan
taqdir bitigimga yozdi ajib şeʼr.
Közyoşga aylanib, kipriklaringdan
oqib ketayapman, qöllaringni ber!!
* * *
Qöllarida anor uşlagan ayol,
anorni lab bilan tişlagan ayol.
Labiga qöşilib anorning qoni,
biznimas könglini xuşlagan ayol.
Anor bölsam edi uning qölida,
kaftida yuragim siqilsa edi.
Qonimdan rang olgan alvon qöyniga
bir emas, ming jonim sitilsa edi.
Rozi ketarmidim şunda dunyodan
baxtli ölim topgan bir darveş misol.
Butla deb yolborib tursa Xudoga –
yetim qobirğamdan yaralgan ayol.
Metroda uxlab ketayotgan yolğiz ayolga
Kelgindi, darbadar xayol yurinar,
soçlaring bir gözal yotar uyqaşib.
Uyğonsang, bilmadim, qanday körinar,
naqadar çiroyli sening uxlaşing.
Vahşiy naʼra tortib uçadi poyezd,
böğziga dod-faryod tiqilgan, göyo.
Ammo barçasiga qöl siltab qöyib,
mening yonginamda uxlar bir dunyo.
Hamma özi bilan ovvora özi,
kim qahqaha otar, kim esa tuşkun.
Qalbim, sen uxlama, uyğoq böl, közim,
şu gözal ayolni qöriqlaş uçun.
Nafis kiprigida şabnam mudraydi,
tölgan-u, tökilmay turganday közyoş.
Hozir taşqarida osmon uxlaydi,
yerostiga kirib ketganday quyoş.
Ammo naʼra tortib uçarkan poyezd,
qalbim tahlikadan titraydi, göyo
dunyoni uyğotib yuborar hozir,
uyğonma, uyğonma, uyğonma, dunyo!!!
* * *
Yomğir va qor yoğar bitta-bittalab,
köz yoğar, qoş yoğar, bitta-bitta lab.
Yana yoğa boşlar seni öylasam,
bitta-bitta yurak, bitta-bitta qalb.
Sensiz maydalandim ming bir bölakka,
közimdan yoş yoğar bitta-bittalab.
Har bir bölagimdan tikladim seni,
xotirga toş yoğar bitta-bittalab.
Asta qöyar eding yelkamga sen boş,
yelkamga boş yoğar bitta-bittalab.
Yomğir va qor yoğar bitta-bittalab,
qöl yoğar, soç yoğar, bitta-bitta lab…
Nasrullo
1988-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti özbek filologiyasi fakultetini tugatgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida