8 daqiqada öqiladi

1 178 marta körilgan

Pirimqul QODIROV: «Bolalikdan boşlangan tarbiya muhim…»

Pirimqul Qodirov

Xalqimizning sevimli yozuvçisi Pirimqul Qodirovning salmoqli romanlari, bir-biridan şirali qissa va hikoyalari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangani şubhasizdir.
Ayniqsa, yoşlarga bağişlangan “Uç ildiz” asariga ustoz Abdulla Qahhor yuksak baho bergan bölsa, rusça tarjimasini öqigan buyuk qozoq adibi Muxtor Avezov Moskvada bölib ötgan “Özbek adabiyoti va sanʼati kunlari”da uşbu asarni notöğri talqin qilgan va unga örinsiz ayb qöygan Anna Karavayevaning taʼriflari xato ekanini işonarli dalillar bilan isbotlab berganligi yozuvçining keyingi asarlarining yozilişiga turtki bölgan desak, mubolağa bölmaydi.
Adib şundan keyin “Qadrim”, “Erk”, “Meros”, “Botirlar va baxillar” qissalarini, “Qora közlar”, «Yulduzli tunlar» romanini yaratdi. Bu asarlarda öz davrining yoş qahramonlari qanday şakllanganligi haqida hikoya qilib, ular hayotining ibratli jihatlarini haqqoniy tasvirlab bergan.
Pirimqul Qodirovning sönggi ön yil içida yozgan “Ona loçin vidosi” romanida Amir Temurning suyukli öğli Şohruh va kelini Gavharşodbegim bilan boğliq voqealar qalamga olingan. Asardagi Uluğbek Mirzo, Husayn Boyqaro va Alişer Navoiylarning yoşlik davridagi jasorat va matonati ham öquvçida yorqin taassurot qoldiradi.
Qirq beş yildan beri samarali ijod qilib kelgan yozuvçining ijodxonasiga taşrif buyurar ekanmiz,  xastaligiga qaramay yangi asarlari va esdaliklarini töplab naşrga tayyorlayotgan adib ustozni  suhbatga tortdik.

– Pirimqul aka, elimizning ardoqli adibi sifatida ayting-çi,  baʼzilar taʼkidlaganidek, yozuvçi böliş uçun, albatta, baxtsiz bolalikni boşdan keçiriş şartmi?  
– Mening tasavvurimda, bizga berilgan umr tonggi jim-jit bir tezlik bilan uçib  ötmoqda. Öylab qarasangiz, har bir kişining taqdiri tuğilmasidan oldingi asrlarga ham ildiz otgan böladi. Turkiy ajdodlarimiz yetti puştini yaxşi bilmagan odamni uyat qilişgan. Töqson ikki qabilali özbeklar öz ajdodlari qaysi uruğdan ekanini yoddan çiqarmaganlar. Ammo Şöro davrida uruğ suriştiriş “uruğ-aymoqçilikka  olib boradi” deb ayb qilindi. Bu hamma odamlarni tarixiy ildizlaridan uzib taşlaşga xizmat qiladigan aqida edi.
Aslida esa, har birimizning  ötmişimiz ota-bobolarimiz mansub bölgan qabila va uruğlar orqali xalqimiz boşidan keçirgan katta tarixiy voqealarga uzviy boğlangan böladi. Deylik, Amir Temur va uning avlodlariga mansub bölgan barlos qabilasi Şayboniyxon va uning avlodlari davrida qattiq quvğinga uçraydi. Barloslarning ulkan bir qismi Bobur bilan birga Afğoniston va Hindistonga ketadi. Bizning yurtda qolganlari esa toğ oraliqlariga, xon navkarlari kam boradigan pana qişloqlarda joylaşadi.
Otamizning bobokalonlari orasida Hasan Jibaçi degan kişi ötgan ekan. Jiba – jang paytida kiyiladigan zirhli kiyim. Jibaçi – hukmfarmo bekning “oftobaçi” deganga öxşaş bir mulozimi. Hasan Jibaçi öşa davrdagi hukmron doiralariga yaqin turgan qirq uruğining Quyonquloq şoxasidan böladi.
Ota-onalar bizni oyoqqa turğazgunça neçoğli maşaqqat çekkanlarini farzand östirganlar yaxşi biladi. Otamiz boy bölib badarğa qilinganligi uçun hukmron mafkura yoşlikda bizni ruhan ezib, undan bezdirgudek bölardi. Holbuki, otam mehnat qilib çarçamaydigan, beş vaqt namozini kanda qilmaydigan, umrida aroq içmagan, muloyim tabiat, mömin-qobil odam edi. Hayotda juda köp oğir, asabbuzar hodisalarni boşdan keçirgan bölsa ham, rahmatli biz bolalarni urib-sökkanini eslayolmayman. Lekin onamiz bizni zir yugurtirib işlatar, xato qilsak, ayamay jazo berar, intizomni juda qattiq tutar edilar. Otamiz “bizning xotin amaldor momosiga tortgan” deb qöyar edi. Keyin bilsak, onamizning momolari Öğiljon dodxoh Farğona vodiysining Öş tomonlarida şuhrat qozongan Qurbonjon dodxohning izdoşlaridan bölgan ekan. U kişi olamdan ötgan kezlarida tuğilgan bizning onamizga öşa momosining ismini berib, “Öğiljon” deb ot qöygan ekanlar. Şuning uçun ham iteʼdodning gurkirab ösişida baxtsiz bolalik emas, bolalikdan boşlangan tarbiya muhim, deb hisoblayman.
Bola ekanimizda onamizning siyosatidan hayiqar edik, bizni qattiqqöl hokimday tergaşlaridan ranjib, yoş aka-ukalar bir-birimizga hasrat ham qilar edik. Endi bilsam, qattiq intizom bilan tarbiyalaganliklari bizning foydamizga bölgan ekan.       
– Asarlaringiz içida sizga dovruğ keltirgan “Yulduzli tunlar” romanini hayajon bilan öqimagan kitobxon topilmasa kerak. Aynan Bobur Mirzo hayotiga murojaat qilişingizga nima sababçi bölgan?
– Boburdan boşlaganim töğri bölgan ekan, deb öylayman. Çunki Amir Temur tajribasini eng çuqur örgangan va davom ettirgan temuriyzoda, menimça, Boburdir. Mirzo Bobur “Temur tuzuklari”ni çuqur örgangan hamda vafotidan oldin öğli Humoyunga yozgan maxfiy vasiyatnomasida “Hazrat Sohibqiron Amir Temurning iş yuritişlari doim yodingda bölsin. Şunda davlating maʼmur va puxta böladi”, deb tayinlaydi. Haqiqatan  Boburning özi butun hayoti davomida Amir Temurning tuzuklaridagi purmaʼno sözlardan juda köp ibrat olgan. Daho darajasidagi isteʼdod nuqtayi nazaridan qaraganda, Amir Temurga irsiy voris va yaqin avlod Bobur Mirzo deb aytiş mumkin. Şuning uçun Bobur Mirzo Hindistonda boşlab bergan boburiylar sulolasi 332-yil umr körgan.
– “Amir Temur siymosi” nomli ilmiy-tarixiy asaringiz esa Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 16 yilligi arafasida ötkazilgan “Eng uluğ, eng aziz” tanlovida birinçi öringa sazovor bölganligi adabiyot ahlini quvontirdi. Siz uşbu asaringiz orqali oldingizga qöygan maqsadlaringizga erişdingizmi?
– Qançalik erişganimni kitobxonlar aytsinlar. Men özim şu asarni katta qiziqiş va mehr bilan yozdim. Agar şu mehrni kitobxonlar qalbiga yetkazib bera olgan bölsam, öz maqsadimga maʼlum darajada erişdim, deb öylayman.
– Biroq Sohibqiron Amir Temur haqida yozilgan asarlarda turli xil faktlarga duç kelamiz. Jumladan, ayrim badiiy asarlarda, 1370-yil Balxda Hinduvan qalʼasini zabt etişda Jahongir Mirzoni yetakçi qahramon qilib tasvirlangan bölsa, Nizomiddin Şomiy va Şarofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sida bu jasoratni Amir Temurning ikkinçi öğli Umarşayx Mirzoga xos, deb qayd etilgan. Bu badiiy töqimami yoki anglaşilmovçilik?
– Badiiy töqima şunday özgarişlar qilişi mumkin. Ammo men Umarşayx Mirzoni aslidek qilib, yarador paytida özini bardam tutganini tarixiy manbalarda qanday bölsa, şunday körsatganman. Umuman, Temuriylar haqida şu qadar töqima gaplar köpki, ularni men mumkin qadar çetlab ötdim. Va manbalarda körsatilgan faktlarga asoslandim. Öylaymanki, bunda xolislik juda ham zarur.
– Asarlaringizni mutolaa qilar ekanmiz, undagi qahramonlar hayoti muallif hayotining bir parçasiga öxşab ketadi.  Bolaligingiz qanday keçganligi haqidagi öy-keçinmalaringiz bilan ham örtoqlaşsak degandim…
– Bolaligim, yoşligim… O, qança yillar ötdi. Ammo rosti, xuddi keçagi kundek. Bundan oltmiş beş yil muqaddam yettinçi sinfni bitirayotgan paytlarimda “Qutluğ qon” romanini qançalik taʼsirlanib öqiganim haligaça yodimdan çiqmaydi. Kitobdan olgan yorqin taassurotlarim uni öqigan joyning manzaralari bilan  birga hamon köz öngimda turibdi.
Biz bir boğot joyning qörğonçasida turardik. May oyining oxirlari, boğdagi toklar qiyğos gullagan payt. Qörğonçada sigir va eçkilar bor, ularga öt öriş, ança uzoqdan çelakda suv taşib keliş biz kabi dastyorlarning zimmasida edi. Lekin kitob öqişimga xalaqit bermasliklari uçun, tokzorning narigi çetidagi pana bir joyga yaşirinib olar edim. Onam bir neça marta qörğonçadan çiqib meni çaqirar, lekin özimni eşitmaganga solib kitob öqişda davom etardim. Şaxsan men Yölçining tuproği töpiqqa çiqadigan köçalardan yalangoyoq yurib, qişloqdan şaharga kelişini ham aynan öz hayotimga öxşatardim. Çunki bolalik paytimizda otamiz boy bölgani uçun bor mol-mulkimizni şörolar tortib olgan, qiş kunida bizning issiq uyimizdan quvib çiqarib badarğa qilgandi.
Yoşlik yillarimizda Abdulla Qodiriy, Çölpon, Fitrat kabi yozuvçilarning asarlarini öqişdan butunlay mahrum etilgan edik. Mabodo baʼzi ixlosmandlar “Ötkan kunlar” yoki “Keça va kunduz” romanlarini yaşirinça öqiyotgan paytda qölga tuşsa, qatağonga uçrardi.
Öşa yillarda biz talabalar suyukli ustozlarimizga nohaq otilgan malomat toşlaridan qattiq iztirob çekkanmiz. Bu iztiroblarimni “Uç ildiz” romanida Mahkam va Oçil kabi yoşlar navqiron, suyukli domlalari professor Abdurahmon Toşev va dotsent Temur Akbarovlar tomonida turgani, ularga tuhmat qilgan baxillarga qarşi kuraşgan lavhalar orqali körsatişga harakat qilganman. Örni kelganda aytiş joiz: talabalar sevadigan professor Toşev obrazida men Oybekni nazarda tutgan edim. Otasi temirçi bölgan Temur Akbarovni tasvir etganda ustoz Abdulla Qahhor köz oldimda turgan edi.
–   Hayotingizdagi eng baxtli çoğlaringizni eslasangiz…
–  Bundan ellik beş yil avval men 19 yoşda talaba bölgan kezlarimda gazetalarga lavhalar yozib turardim. Öşa yilning avgust oyida yoşlar gazetasi menga bir topşiriq berdi.
Samarqandda yettinçi sinfni bitirgan öquvçi qiz Moskvadagi gimnastika musobaqalariga qatnaşib, yaxşi baho olibdi. Hozir şu qiz Çirçiqdagi sport maktabida öqiydi, tez borib u bilan suhbat uyuştirib keling, deyişdi. Yurib çarçamaydigan yigitlik  paytimiz. Öşa kuniyoq  aytilgan joyni  topib bordim. Öquvçi qizni çaqirib berişdi. Suhbatlaşdik. Gaplari maʼnili, özini kattalardek vazmin tutadi. Jussasi kiçikroq, ammo pişiq. Suhbatimiz paytida maktabni bitirsam, balki Toşkentga öqişga borarman degani yodimda qoldi. 1951-yili men universitetning 5-kursida öqiy boşlagan kunlarim Şarqşunoslik fakultetining 1-kursiga oltin medal bilan imtihonsiz kirgan yoşlar davrasida öşa qizni körib qoldim.
Öşa yili kuzda mening “Studentlar” degan birinçi kitobim naşr etilgan edi. Bu kitobning taqdimotida sirli tilaklarga sababçi bölgan öşa Sofiya ismli qiz ham iştirok etdi.
Taqdir taqozosi deganlari şumi, balki tasodifdir, qarangki, kelgusi 1952-yilning yangi yil keçasini bölajak umr yöldoşim Sofiya bilan bir dasturxon atrofida kutib oldik.
– Ustoz, 2010-yil  – «Barkamol avlod  yili» böldi. Uşbu  yilda kitobxonlarga, xususan, yoşlarga qanday tuhfa tayyorladingiz?
–  Yoşlar aksariyat asarlarimning boş qahramoniga aylangani tasodif emas. Çunki kelajagimiz yoşlar qölida. Ularni qöllab-quvvatlaganimiz porloq istiqbol yaratişning eng sinalgan vositasidir. Şu fikrlardan kelib çiqib, Şöro davrida yozilgan “Qadrim” degan qissani qaytadan işlab çiqdim. Afsonani eslatadigan asardagi şiddatli voqealar jarayonida qişloqdan gaz konlariga kelib işlayotgan ikki qalb – Iskandar va Zulayhoning maktabda birga öqigan paytlaridan boşlangan muhabbatlari xaloskor bir kuçga aylanadi. “Qadrim” qissasining yangi naşri bugungi yoşlarga ham ibrat böladi, deb umid qilaman.      

Suhbatdoş: Adiba UMIROVA

“Yoşlik” jurnali 2011-yil, 1-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)