Jurnalimizning 2016-yil
10, 11-sonlarida taniqli yozuvçi Isajon Sultonning «Genetik» romani eʼlon qilingan edi. Milliy özligimizning qadim ildizlari, xalqimiz genofondining mustahkam asoslari, jamiyatimizda bugun röy berayotgan maʼnaviy uyğonişning mohiyati badiiy va ilmiy jihatdan talqin qilingan asarni öquvçilar mamnuniyat bilan kutib oldi. Şuningdek, barça yangi va yaxşi asarlar kabi uşbu roman ham adabiyot muxislarida öziga xos fikru mulohazalar, muşohadalar uyğotdi. «Genetik» romanining yoziliş tarixini yoritiş, asardagi badiiy tilsimlarga kalit topiş maqsadida roman muallifi, yozuvçi Isajon Sulton hamda Butunjahon fanlar akademiyasi aʼzosi, Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, biologiya fanlari doktori Ibrohimjon Abdurahmonovning suhbatini eʼtiboringizga havola etyapmiz.
Tahririyat
Isajon Sulton: – Ibrohimjon Yölçiyeviç, mana, uzoq suhbatu munozaralarimizdan söng “Genetik” deb nomlangan roman dunyo yuzini kördi. Endi kitobxonlarimizga uşbu asar yozilişi davomidagi voqealar hamda undagi baʼzi qöşimça şarhtalab örinlarga ham töxtalsak böladi, menimça. Keling, suhbatimizni asarga turtki bölgan uçraşuvimizdan boşlay qolaylik. Sizning izlanişlaringiz haqida ilk bor menga Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo hayajon bilan sözlab bergan edi. Oradan heç qança vaqt ötmay, yuzlaşiş, tanişiş nasib qildi.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Ha, Iqbol aka va bir guruh ijodkorlar bilan birgalikda Samarqandda “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” festivali tadbirlarida qatnaşgan edik. Men bir uçraşuvda yoşlarga genetikadagi har doim gapirib yuradiganim – “Toğ olmasi şaharga köçirilganida qanday özgargani” hikoyasini aytib berdim. Öşa mahal Iqbol aka “Bolalarning öz tillaridagi hayotiy misolni keltirganingiz juda tuşunarli böldi”, deb qoldilar. Yaqinroq suhbatdan söng: “Özbek adabiyotida ham genetika mavzusi bor”, deya, sizning “Boqiy darbadar” romaningizdagi mangulik sirini topgan professor Ziyo obrazini misol qilib keltirdilar. Keyinroq bilsam, sevimli şoirimiz bu mavzuda yangi asar yaratişni taklif qilgan va siz bilan meni, yaʼni yozuvçi bilan olimni uçraştirişni rejalaştirgan ekan.
Haqiqatan ham, festivalning keyingi bosqiçida – dunyoda şoir nomiga qöyilgan yagona va noyob Navoiy şahri bağridagi tadbirlar vaqtida bir guruh ijodkorlar qatori siz bilan yuzlaşdik. Aytiş mumkinki, u uçraşuvlar nafaqat bilimga, yangilikka çanqoq yoşlarni, balki ilm va sanʼat kişilarini ham yaqinlaştirdi, ijodiy hamkorliklarga yöl oçdi. Qolaversa, Qizilqum böylab sayohatlar mobaynida neça bor çöl bağriga kirib, uning flora va faunasini kuzatişga imkon topgan olimning iştiyoqini ham tuşunsangiz kerak.
Isajon Sulton: – Qizilqumda ekanimizda mening diqqatimni tortgan narsa – çiğanoqlar böldi. Dengiz çiğanoqlari… Şuningdek, sahro tuzilişi, barxanlaru pasttoğlar, har yerda tösatdan qoyatoşlar uçraşi – bularning hammasi u hududda bir mahallar ummon tölqin urganidan darak berib turganday taassurot uyğotdi. Qolaversa, muazzam tarixiy yodgorlik – Jaraquduqdagi Toş örmonni ham yodingizga solmoqçiman. Dunyoda bunday noyob tarixiy yodgorliklar barmoq bilan sanarli. Toş örmon haqida gap ketganida, bundan töqqiz million yil avval Qizilqum örnida haqiqatan ham ummon mavj urgani aytiladi. Jaraquduqda akula, skat, turli baliqlar, suvdayu quruqlikda yaşay oladigan jonzotlar, timsohlar, dinozavr va pleziozavr qoldiqlari topilgani buning isbotidir. Şuningdek, olimlar çaqmoq yerga kelib urilganida qumning erişidan hosil böladigan ğalati durbinsimon narsalar ham topişgan.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Ha, u fanda “fulgurit” deb nomlanadi. Kvars qumlari çaqmoq şiddatida erib, şişaga aylanadi, tevaragidagi qum esa sopol tusini oladi, şu tarzda öşa jismlar paydo böladi. Men ham har qadamda benihoya qadimiy tuproqlar uzra yurganimizni his qilib turdim. Sarmişsoy petrogliflarini aytmaysizmi?
Isajon Sulton: – Sarmişsoy haqida turli fikrlar bor. Şulardan biri: toğ ösib çiqqanida toşlari yumşoq bölgan, vaqt ötişi bilan qota boşlagan. Öşa mahalda u yerda yaşagan kişilar kelib, turli suratlar çizib ketişgan. Petrogliflarning xilma-xilligi va köpligi kişini hayratga soladi. Fan ularning yoşini olti-yetti ming yildan ziyod deb baholaydi. Suratlar sanoği esa uç mingdan oşiq. Yoki Zarautsoydagi beş yuzga yaqin toşqoya suratlarining yoşi töqqiz-ön ming yilga teng deb baholanadi. Samarqanddagi Quruqsoy, Jizzaxdagi Pişoğor, Farğonadagi Soymali yodgorliklarini ham eslaylik. Yillarga diqqat qilsak, bundan beş-ön ming yil avval vatan tuproqlarida katta bir xalq hayot keçirganini bilib olamiz.
Bular – öşa şukuhli festival taassurotlarining bir qismi, xolos. Bugunimizda esa dengizday tölqinlangan yoşlarning qiziqiş ila çaqnagan nigohlari haligaça köz öngimizda. Yana bir narsani öyladimki, bir neça million yil avval ummon deyilgan yerlarda odamzot mavjud bölmagan. Lekin taqdir taqozosi bilan yöqolib ketgan öşa ummon örnida hozir tölqinlanib turgan xalqni, yoşlarni köriş, haqiqatan ham, ajoyib emasmi?
Uçraşuvlar asnosida sizning “Ozodligimiz, erkinligimiz, mustaqilligimiz şarofati tufayli men olimga aylandim” degan sözlaringiz barçada katta taassurot qoldirdi.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Nafaqat mening, balki hammaning qalbidagi gaplar bular. Hayratlanarli quvonç şuki, festival qatnaşçilarining hammasi bir ovozdan şuni taʼkidlaşdi.
Öşa kunlarni siz ham hayajon bilan eslasangiz kerak, çunki minglab yoşlarimiz bilan uçraşar ekanmiz, şu singari şaharu qişloqlarda yetilib kelayotgan yurt bolalari qalbini tasvirlaş, keçagi va bugungi kunni muqoyasa qiliş kerakligi haqida ham qizğin suhbat qurdik. Öşa mahallarda ilm çöqqilari nihoyatda uzoq va olis tuyulganini, el orasidan sanoqli kişilargina olim bölib yetişganini, odamlar mehnatu zahmatlarining umumiy manzaralarini çiziş lozimligi haqidagi fikrga ham keldik. Eng muhimi, Siz asarda mahorat bilan yoritib-badiiylaştirganingiz – “Mendan kim ham çiqardi”, “Ular kim-u, biz kim”, yo bölmasa “Öqib olim bölarmidik” kabi öziga işonçsizlik kayfiyatini yoşlarimiz va xalqimiz ongidan qanday yöqotiş yöllarini ham köp gaplaşdik. Aslida, niyatdagi ezgulik – barçamiz boşimizdan keçirgan va keçirayotgan qişloq hayotida, unda kuzatganlarimiz katta maktab va aql çarxi ekanini tuşuntiriş kerakligini maqsad qilib olganimizda edi.
Isajon Sulton: – Ha, qiziqarli suhbatlar davomida şunga amin böldikki, haqiqatan juda muhtaşam va qadimiy xalq farzandlari ekanmiz. Bu haqda badiiy asar yaratiş uçun uni ikki qismga böliş kerakligi haqida ham töxtaldik. Keçagi kunlarda qişloqlarda hayot keçirgan yoşlar hayotini tasvirlaş uçun şunday yöl tutiş kerak edi-da. Qolaversa, har kuni körilaverib köz örganib qolgan, ammo bilim tufayli haqiqiy mohiyati oçiladigan turmuş voqealarini ham tasvirlaşga töğri keldi. Hayotda şunday holatlar köp. Yoşlikda anglab yetilmagan bir manzara aql tölişgaç, boşqaça jilvalana boşlaydi. Qisqasi, butun bir xalqning zahmatli hayotini, barçaning taqdirini, kelajagini özgartirib yuboradigan juda ulkan, olamşumul özgariş röy berganiga albatta töxtaliş lozim böldi. Misol uçun, bahor hamma yoqni birdaniga özgartiradi, gul-çeçakka burkaydi hamda yangi hosilga zamin tayyorlaydi. Elimiz taqdiridagi hayotbaxş bahor, yaʼni mustaqillik kişilar qaddini tiklagani, kim ekanini ayon qilgani, kelajakka yoruğ yuz va qatʼiy işonç bilan intilişiga yöl oçib berganini ham taʼkidlaş barçamizning qalbimizdagi yoruğ niyatlarga hamohang böldi.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Bularga yana şularni qöşimça qilsam. Keçagi zulm kunlarini eslasangiz, yuragingiz ortga tortib ketadi. Fojianing yana bir jihati şundaki, köpçilik kişilar öşa turmuşning qançalar adolatsiz, şiddati söndirilgan ekanini bilişmas, hayot şu ekan-da, deb yuraverişardi. Romanda tasvirlangan qişloq manzaralari, kişilarning mehnat-maşaqqatlari köz oldingizga keladi. Axir, inson umriday bebaho neʼmat albatta ezgu işlarga sarflanişi kerak emasmi? Bugunimizning katta avlodi u kunlarni yaxşi biladi. Öşa kun kişilarining qalbiga nazar solsak, kelajakka işonç yöq qilinganini, “Endi şunday yaşab ötib ketaveramiz, şekilli, bola-çaqamizni oyoqqa qöyib olsak bas” degan tuşunça hokim bölganini köramiz.
Isajon Sulton: – U manzaralarni men ham yaxşi eslayman. Asardagi Sofiya xola yoki Ubay aka obrazi öşa payt kişilarining holatini timsoliy tarzda oçib beradi, deb öylayman. Ne-ne muhtaşam sulolalar farzandlarining ahvoli öşandan ortiq emas edi-da.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Haqiqatan ham, mustaqillik taqdirlarni özgartirdi. Buni öz hayotim misolida baralla ayta olaman. Yurtimiz, davlatimiz men singari yuzlab oddiy qişloq yoşlarining qiziqişlarini qöllab-quvvatladi, bilimlar sari yöl oçib berdi. Yöqsa, olis bir qişloqdagi biologiya öqituvçisining bolasi eng zamonaviy fanlardan biri hisoblangan genetika sohasida yangiliklar yaratişi kimning xayoliga kelibdi? Universitetning biologiya fakultetini bitirgaç, laboratoriyada işlab yurgan kezlarim edi. Davlatimiz kömagi bilan dunyoning eng ilğor ilm maskanlaridan birida magistratura tahsilini oldim, doktorlik dissertatsiyamni yoqladim. Hozir öylab qarasam, u jarayonlarning mohiyati juda çuqur ekan. Yuzlab yoşlar dunyoning eng ilğor markazlarida ilm örganib, elu yurt ravnaqiga xizmat qilişsin, degan ezgu va yoruğ umiddan paydo bölganini hozir yaxşi tuşunaman. Töğrisini aytsam, çet elda ekanimda elimning, yurtimning qançalar aziz va betakror ekanini anglab yetdim.
Amerikaning Texas universiteti dunyo qişloq xöjaligining eng katta ilmiy markazi hisoblanadi. U yerda Amerika paxtaçiligining “ota”si – professor Kamol Elzik hamda yoş olim Allan Pepper bilan taʼlimni boşlab yubordik. Asarda siz keltirgan, qovun uruğidan olinadigan peptidlar voqeasi haqiqatan ham röy bergan. Faqat u paxta dalalarida emas, özimizning Toşkentimizda, Genetika institutining laboratoriyasida sodir bölgan edi. Siz badiiy asar talabidan kelib çiqqan holda uni qişloq dalalariga köçirgansiz. Universitet ilmiy markazlaridan birida ğöza tolasini uzaytirişga doir taklifimni professorga aytganimda menga ğalati qarab qöydi, keyin bilsam, Özbekistondan kelgan bir boladan bunday fikr çiqqaniga hayron qolgan ekan. Texasdagi öşa ustozim – Allan Pepper hamda Hindistondagi bir olim ham şu haqda boş qotirib turişgan ekan. Ular-ku katta olimlar edi, magistraturada endigina tahsil boşlagan yigirma uç yaşar özbek bolasining aqliga bunday fikr qaydan kelaqolganiga hayratlanişgani esimda. Keyinroq Alanning aytişiça, yiğilişlarning birida Kamol Elzik bir guruh olimlarga “Özbeklar biotexnologiyalarda ança salohiyatli”, deb meni himoya qilgan ekan. Buni eşitib rosa quvongandim va Kamolga mehrim tuşgan, uni uyaltirib qöymaslik uçun doim aytganlarini öz örnida bajarişga harakat qilardim.
Romanda tilga olingan paxta tolasini uzaytiriş böyiça ğoya – real voqea. Soya joyda ösimliklar nur izlab ösib ketişini hamma körgan. Biroq barça biladigan bu manzara vaqti kelib genetika sohasida bir yangilikka sabab bölişi kimning xayoliga kelibdi deysiz?
Bizning kuçli tomonimiz ham şunda – juda köp bolalarimiz tabiat tilini bilib katta bölişadi. Yaʼni, zaminimiz juda böliq. Katta megapolislarning kişilari bilan soliştirsangiz, amin bölasiz: kişilarimiz qaysi ösimlik nimaga davo bölişidan tortib, feʼl-atvorigaça puxta bilişadi. Bu xalqona bilimlarni ular momolari, bobolari yoki qöni-qöşnilaridan eşitib örganib olişgani yoki, siz badiiylaştirib berganingizday, qişloq hayotidagi bolalik tajribalaridan bilib olganliklari bor gap. Şu sababli ham asar qahramoni dunyo genetika simpoziumlari bölib ötadigan şahar – Kartaxenada “Özbekistonda tuğilmasaydim, olim bölmas edim”, deb eʼtirof etadi.
Şuni ham alohida faxru ğurur va minnatdorlik bilan aytib ötişni istar edim. Birinçi prezidentimiz Islom Karimovning taşabbusi bilan mustaqilligimizning ilk yillarida, yaʼni 1992-yili Özbekiston Fanlar akademiyasi qoşida Genetika instituti taşkil qilingan edi. Hozirgi prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev davlatimizning boş vaziri sifatida tadqiqotlarimizga qiziqiş bildirganlari, qöllab-quvvatlaganliklari uçun juda minnatdormiz. qançadan-qança muhim işlari bölişiga qaramasdan laboratoriyamizga, tajriba maydonimizga va keyinçalik markazimizga taşrif buyurib, har bir tadqiqotimizni hijjalab muhokama qilganliklarini, taʼbir joiz bölsa, öz fikrlari bilan boyitib, töğri yölga yönaltirganliklarini alohida aytişim kerak. Biz kabi yoş mutaxassislarga işonç bildirganliklari fan taraqqiyotiga katta turtki böldi va bizni yanada qattiqroq işlaşga, işonçga munosib bölişga undadi. Esimda, dastlabki uçraşuvlarda katta domlalarimiz tomonidan bildirilgan “Bunday işlarga hali erta, natija çiqmaydi” degan eʼtirozli qaraşlarga prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Biz özbekmiz, boşladikmi – albatta yakuniga yetkazamiz”, deb javob bergan edilar. Şu qatʼiyat tufayligina izlanişlarimiz, yaratilgan “gen-nokaut” texnologiyamiz laboratoriyadan to fermerlar dalalarigaça yetib bordi. Şu kişilar kömagi tufayli Markaziy Osiyoda yagona Genomika va bioinformatika markazi bunyod etildi. Dunyodagi eng sönggi rusumli ilğor ilmiy-tadqiqot uskunalari – sekvenserlar, analizatorlar olib kelib örnatildi, olimlarga zamonaviy şart-şaroitlar yaratildi.
Markazimiz faqatgina ösimliklar genetikasi bilangina şuğullanib qolmaydi. Imkoniyatlarimiz beqiyos. Biroq, siz asarda taʼkidlab ötganingizday, zamonaviy bilimlarga ega bir kişi qanday qilib öz xalqi tarixi sirlariga boqmay ötardi? Yurtimizning hududlaridan tanlab olingan kişilar genlarini tadqiq qilganimizda, haqiqatan ham, ularning irsiyati önlab ming yil nariga borib taqalganini kördik. Bu hali töliq tarix emas – genlarni “öqiş” jarayonida fan tilida mutatsiya deyiladigan hodisaga asoslanib genetik tarixga bir nazar solsa böladi. Soddaroq qilib aytsam, odamzot paydo bölibdiki, genlarni ajdodlardan avlodlarga berilişida muhrlangan özgarişlarni köra olasiz. Bu esa Özbekiston xalqlarining genetik tarixi örtaça ellik ming yildan ziyod ekanini körsatib turibdi.
Bu boradagi izlanishlarimiz “The Open Genomics Journal” xalqaro jurnalining 2009-yil 2-sonida “Gene Flow at the Crossroads of Humanity: mt-DNA Sequence Diversity and Alu Insertion Polymorphism Frequencies in Uzbekistan”, yaʼni “Insoniyat çorrahasida gen oqimlari: Özbekistonda uçraydigan insersion polimorfizmlardagi mt-DNK turli-tumanliklari” sarlavhasi bilan eʼlon qilindi. Bu mavzuda 2005-yili şogirdimiz Şuhrat Şermatov nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Tadqiqotlarimizda öz yurtimiz olimlari bilan bir qatorda çet el mutaxassislari ham iştirok etişdi. Ularning nomlarini sanab ötişni joiz deb bilaman, çunki bular köp yillik mehnatlarning samarasidir. Öz yurtimizning farzandlari – Şuhrat Şermatov, Zabardast Böriyev, muhtaram ustozimiz Abdusattor Abdukarimov hamda çet el ilmiy markazlarining mutaxassislari – Erik Devor, Mark Zloyutro, Merediç Millis, Jessika Galbrayt, Maykl Krouford. Tadqiqotda Markaziy Osiyo çindan ham dunyo taraqqiyoti yölidagi oltin beşik ekani öz isbotini topgan.
Aqlli odam deyilgan “Homo Sapiens” Afrikada paydo bölgani ilmiy haqiqat hisoblansa, ilk kişilar yaşaş uçun qulay, barakali tuproqlarni izlab yölga çiqişgan. U mahalda kişilarning dengizni suzib ötişlari mumkin emas edi. Arabiston yarim oroli orqali toğlardan oşib, bizning ölkalarga kelib örnaşişgan, bir qismi Oltoy tomon ketişgan. Öşa yönaliş böyiça muzliklar diyoridan ötib, Amerika qitʼasigaça yetib borişgan. Bu antropologiya fanidagi uç asosiy farazning biri deyilsa-da, ilmiy isbotlari qoniqarli deb hisoblanmas edi. Genomika markazimizning izlanişlari mobaynida mana şu tarzda Markaziy Osiyo insoniyat taraqqiyoti yölidagi oltin şohbekat bölib xizmat qilgani öz isbotini topdi. Bu – haqiqatan ham, juda qadimgi tarix. Şuningdek, tadqiqotlarimiz natijasida xalqimiz sivilizatsiyadagi mavjud barça genlar xilma-xilligiga ega ekanligi va ular orasida inson sivilizatsiyasidagi eng qadimiy genotiplar mavjudligi körsatib berildi. Bu xalqimizning öta qadimiy genetik tarixiga urğu berişi bilan birga, “tirik tarixiy muzey” ekanidan ham dalolat beradi. Xulosalarimizning asosi şuki, bizning yurtimiz nafaqat siyosiy, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega, balki öta qadimiy va xilma-xil bölgan insonlari bilan xalqaro miqyosda juda katta biologik boylikni özida mujassam etgan. Biz bu boylikni anglaşimiz, qadrlaşimiz, asrab-avaylaşimiz hamda undan ğururlanişimiz kerak. Siz bu ğoyalarni badiiylaştirib, romanda keng oçib berganingizdan juda xursand böldim.
Isajon Sulton: – Xalqimiz tilida asrlar böyi yaşab kelayotgan dostonlarimizning yoşi beş-olti ming yil deyilişini eşitganman. Biroq Surxondaryoning Boysunidan topilgan Teşiktoş bolasi hammamizning aqlimizda savollar hosil qilgani şubhasiz. Darsliklarda uning yoşi kamida yuz ming yil deb taʼkidlanadi. Axir, u bola kömilgan joy atrofida doira şaklida tizilgan kiyik va toğ eçkisi şoxlari topilgan-ku. Toş qurollar-çi? Yaʼni, tariximiz hazilakam tarix emas ekan.
Teşiktoş bolasini topgan olim A. Okladnikov buni şunday deb taʼriflagan: “Keyingi qazilmalar kutilmagan va, haqiqatan ham, haligaça biror bir tadqiqotçi duç kelmagan favqulodda manzarani namoyon qildi: mustyer odami boş çanoğining atrofiga qatʼiy tartibda, aniq reja asosida doira şaklida toğ eçkisining şoxlari tizib çiqilgan edi. Rad qilib bölmas mazkur haqiqat bu yerda tafakkur, xatti-harakatlarning mantiqli rejasi bölganini, u xatti-harakatlar ortidagi bus-butun taassurotlar dunyosidan darak berib turardi…”
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Mustyer madaniyati haqida esa şunday deyiladi: “Mustyer madaniyatining paydo bölişi taxminan uç yuz ming yil avval deb hisoblanadi, ularning sovuq tufayli inqirozga yuz tutişi vaqti öttiz ming yil avval deb bilinadi…”
Bu maʼlumotlar sirayam boşqalardan köra afzalroqmiz yoki ustunroqmiz deb emas, balki yoşlarimiz özlarining qançalar qadimiy sulolalarga mansub ekanliklarini bilib olsinlar va özlariga işonsinlar deb oşkor qilinmoqda. Olam hali sanaşniyam tuzuk-quruq bilmagan, özaro ölja talaşib uruşib yurgan mahallarda bilimga intiliş mötabar sanalgan şu qutluğ tuproqlardan yetişib çiqqan ne-ne daholarning qoni uyğoq ekanini idrok qilişlari hamda u qon tomirlarida hanuz oqayotganini his kilişlari uçun, albatta. Mavzuning “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” degan şiorimizga qançalar mos ekanini köring. Xulosalar öz-özidan körinib turibdi. Genetika inson vujudidagi har bir ajdodning izlarini topa oladigan qobiliyatga ega. Surxondaryodagi baʼzi qişloqlarning kişilari tarixi undan ham olisga borib taqaldi hamda öşa hududlardan topilgan Teşiktoş bolasi haqidagi tarix bilan mos kelgani körindi.
Isajon Sulton: – Bularning bari xalq tilida aytib yuriladigan turli hikmatlarning çuqur maʼnolarini ham isbotlab turibdi. Masalan, ayolning muqaddasligi, onaning mötabarligi haqida juda köp maqolu matallarimiz bor. Genetika fanining taʼkidlaşiça, sulola “kalit”lari ayolda saqlanar ekan. Avlodlarni dunyoga keltiradigan, asrab-avaylab ulğaytiradigan ham ayoldir. Ularni qançalar eʼzozlaş kerakligi haqidagi xalqona hikmatlarimiz fan yoruğida mana şunday isbot topganiga qarang. Ayol guldan nozik yoki qizbolaga oğir yumuş qildirma, degan azaliy hikmatlarni esga soladi. Xalq öz qizlarini, ayollarini, onalarini qanday eʼzozlaşining sabablariga qarang!
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Endi asarda tilga olingan “Oltmiş tört genli kalit”ga ham töxtalib ötmasak bölmas. Uni fan “isteʼdod kalitlari” deb ataydi. Har ota-ona öz isteʼdodini bolasiga meros qilib qoldiradi, uning yöqolib ketişi mumkin emas, çunki har hujayra içida yaşirin saqlanib turadi. Maʼlum şaroit yuzaga kelganida esa, öşa “kalit” tösatdan işlab ketadi, ajoyib zako quvvatini oçib yuboradi. Xalq qadimiyligi va xilma-xillik köpligining muhimligi şunda: xalqimiz qonida öta qadimiy va turli isteʼdodlar yaşirinib yotibdi. Har bolamiz qonida isteʼdod oqmoqda, degani bu. Endigi vazifa öşa “uxlab yotgan genlarni” uyğotişdan iborat. Siz romanda keltirganingiz: “Uyğon! Uyğon! Uyğon, axir! Qon köpirmoqda, har bir hujayra “Uyğon” deya qiçqirmoqda edi”, degan çorlovlar yoki “Katta odam” bölib “katta işlar”ga qöl uriş uçun esa sabr-toqat, hurmat, işonç, orzu-havas, intiliş, mehnat, ortga bir nazar taşlay oliş kabi xislatlar bilan yaşaş va ularni (yaʼni genlarni) hayot davomida uyğotib boriş kerak ekan”, degan xulosalar yuqoridagi vazifaning badiiy yeçimi bölgan, desam töğri böladi! Bularning hammasi bobolarimiz ögitlarida mujassamlangan va isbot talab qilmaydigan haqiqatlardir.
Albatta bular umumiy fikrlar. Lekin xususiy faktlarga kelganimizda ham natija özgarmaydi. Oramizda genetik yoşi yuz ming yilga teng kişilar ham bor. “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” degan çorlovning töğriligi va uning mohiyati şu yerda yanada oydinlaşadi.
Butun ölkamiz böylab to eng çet hududlargaça yangi va zamonaviy öquv dargohlari qurilgani, yoşlarni qamrab oladigan keng kölamli ijtimoiy tadbirlarning ötkazilayotgani, u tadbirlarga olimlar, şoir-yozuvçilar, madaniyat va sanʼat namoyandalarining jalb qilinayotgani – ana öşa yaşirin isteʼdodlarni uyğotişga bölgan harakatlarni ifodalaydi.
Eʼtibor bergan bölsangiz, xalqaro fan olimpiadalari, şaxmat musobaqalari ğoliblarining nomlarini ehtirom bilan tilga olamiz. Boşqa sohalarda ham şunday qalqiniş sodir bölmoqda. Bular – öşa isteʼdod genlari işlab ketganini körsatadigan dalillardir. Vaqti kelganida xalqimiz öz isteʼdodi, zako quvvati bilan olamni hayratda qoldirişi haqiqatga yaqin.
Genetika esa yangi ufqlar tomon odimlamoqda. Aytiş mumkinki, közlangan yangiliklarning bari hayotiy va el-yurtga xizmat qiladigan yangiliklardir. Masalan, tibbiy genetika sohasida katta izlanişlar olib borilayotir. Özbekistonda yaratgan yangiligimiz – kasalliklarga çidamli, odatdagidan ança erta yetiladigan va tolasi uzun “Porloq” deb nomlangan ğöza navlarimiz dalalarda keng ekilayotgan bölsa, tarkibidagi yelim moddasi köproq yoki zang kasalligiga çidamli buğdoy navimiz laboratoriya sinovlaridan ötkazilmoqda. Sovuq urmaydigan uzum, anor navlari yaratiş ustida iş olib borilmoqda. Bular hali qiladigan işlarimizning deboçasi, xolos. Seleksiya haqida gap ketganida yana bir jihatni tilga olib ötiş zarur, bu “aql seleksiyasi”dir. Davlatimiz kömagi va şaxsan mamlakatimiz rahbarining qöllab-quvvatlaşi natijasida yigirmadan oşiq isteʼdodli yoşlarimiz dunyoning eng nufuzli ilmiy markazlarida bilim olib qaytişdi. Ular – kuçli isteʼdod egalaridirlar. Esimda, markazimizga taşriflarining birida prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev har bir yoş mutaxassis bilan birma-bir suhbatlaşarkan, “Bilib qöyinglar, sizlar qilayotgan işlar, sizdagi intiliş va maʼnaviyat, közingizni yonib turişi eng katta boyligingizdir”, degani barçamizni ruhlantirgan va tom maʼnoda “uxlab yotgan” genlarimizni işlatib yuborgan edi.
Xalqimiz ilmga çanqoq ekan, aniq fan hisoblangan şu sohamizdagi yangiliklar tarixçilarimizning, adabiyot namoyandalarining, folklorşunoslarning diqqatini öziga tortgani sir emas. Rizqu rözimiz bölmiş ğöza, tola, buğdoy haqida gapirdik. Yoşlarimiz kömagida, jamoa bilan birga hali yana juda köp işlar qilişimiz kerak. Bular orasida eng muhimi – yurtimizda yetiladigan neʼmatlarning kasalliklarga çidamli, serhosil yangi navlarini yaratişdan iborat.
Isajon Sulton: – Adabiyot ham mana şu hayotiy özgarişlar bilan kişilar orasida köprik vazifasini ötaşi, şu şonli kunlarni badiiy tarixga muhrlaşi kerak. Kun kelib, kelajak avlodlar bugunning asarlari bilan tanişganlarida, ozodligimizning dastlabki yillarida ado etilgan juda muhim işlarning kişilar ongidagi akslanişlaridan xabar topişadi, albatta. Kelajak kişilari bularni munosib baholaşi, yurt taraqqiyotining eng muhim kunlari deb eʼzozlaşi tayin.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Fanlar esa yoşlarimizni kutib turibdi. Eng çet hududlarda ham zamonaviy maktablar, körkam, uluğvor kollej va litseylar qad kötargani haqida söz yuritdik. Endi gap öşa muhtaşam dargohlarda bolalarga zamonaviy bilimlarni yetkazib berişda qolmoqda. U bilimni bera oladigan quvvatimiz bormi? Yaʼni, şunçalik kölamli yangilanişlarga özimiz tayyormizmi, mosmizmi?
Isajon Sulton: – Bu borada barça sohalar muştarak iş olib borayotganini ham quvonib taʼkidlaşni istardim. Bir mahallar qobiliyatli yoşlar dunyoning ilğor universitetlariga borib, bir neça yil ilm zahmatini çekkan bölsa, endi u universitetlarning özi Özbekistonga keldi. Vestminster, Singapur, Inha, Turin kabi ilm dargohlari poytaxtimiz körkiga körk qöşib turibdi. Vatan ravnaqi uçun kerakli hamma sohalarning taʼlimi yölga qöyilgan. Bularning hammasi kelajakni öylab qilingan, beqiyos natijalar beradigan işlar. Bizlar Vatanimizning çorak asr mobaynida juda katta rivojlaniş yölini bosib ötganini har doim ham quvonç bilan eʼtirof etamiz, biroq bundan bu yoğiga taraqqiyot yanada tezlaşişiga hamda bugungi işlar kelgusida ulkan samaralar berişiga şubha yöq.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Yuzlabminglab ota-onalar bolalarining ilmli bölib yetişişini istaşadi. Ölkamizda matematiklar, fiziklar, adabiyotçilar oilalari bor. Keçagina bunday misollar onda-sonda uçragan bölsa, hozir misli körilmagan darajada köpaygan. Qolaversa, davlat bir bolaning umumiy taʼlim olişi va hunarli bölib yetişişi uçun ön ikki yil sarflaydi, bir mutaxassis yetişib çiqişiga ön olti yil, umumiy amaliyot şifokori uçun ön töqqiz yil, olim yetişib çiqişini esa öttiz yil kutadi, şunça vaqt taʼlim beradi. Katta vaqt, mablağ sarflangan vatandoşimiz şular tufayli erişgan bilimi, qobiliyati va isteʼdodi bilan el-yurt xizmatiga bel boğlaşi tabiiy, albatta. «Genetik» romanida özlikni anglaş ehtiyoji va bugungi davr çaqiriqlari badiiy tarzda aks etgani ayni muddao böldi.
Isajon Sulton: – Ha, bu asar ilğor fan va adabiyot hamkorligining mevasi ölaroq dunyoga keldi, dedik. Fan negizlarini oçib berişda, kölamini va mohiyatini kişilarga yetkazişda tilimiz jilvalari bilan bir qatorda badiiy obrazlilik yordamga keldi. Muhokamalar, munozaralar va fikrlar xilma-xilligi aro asar nihoyasiga yetdi. “Yoşlik” jurnalimiz esa asarni darhol çop etişga, yoşlarimizga tezroq yetkazib berişga şoşildi. Ezgu niyatlar kişilarni ana şunday birlaştirar ekan-da! Bular haqida söz ketsa, “muştaraklik” degan jihat yodga keladi. Masalan, fanning ilğor qismida turli yönalişlar bir-biri bilan uçraşadi. Fizikaning şunday sohalari borki, uni kimyosiz tuşunib bölmaydi. Qonuniyatlar siriga yetiş uçun esa oliy matematikaga ehtiyoj seziladi. Taraqqiyot ham şunday. Bir mamlakat taraqqiyotning ilğor şiddatiga erişar ekan, xuddi fanda röy bergani kabi, ijtimoiy hayotda ham turli sohalar muştarak işlaşi kerak böladi.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Ularning kişilar tafakkurida akslanişiga kelsak, misol uçun, zamonaviy bir bino yoki köprik qurildi, deylik. U qaçonlardir yaratilgan kaşfiyot va yangiliklar samarasi, albatta. Unda işlatilgan narsalarning öziga xosligi, yuk kötara oliş qobiliyati, issiq va sovuqqa çidamliligi va hokazolar örganilmasdan turib, barpo etib bölarmidi? Endi yurt böylab qad kötarayotgan ulkan zamonaviy işlab çiqariş komplekslariga, yangi-yangi fabrikalarga nazar solaylik. Ular ilğor ilm-fanning köplab sohalarini bir nuqtaga keltirişi, jamiyatdagi katta özgarişlarni bildirişi bilan bir qatorda, farovon kelajakka bölgan umumiy intilişning ajoyib timsollari hamdir.
Men yana şuni aytmoqçimanki, yoşlarimizga mulohaza qilişlari uçun, qolaversa, şu singari asarlar yaratilişi uçun arziydigan mavzular köp. Fanlar, tizimlar, xizmatlar, tadqiqotlar… Bularning har biri kişilarimizga olamjahon taassurotlarni hadya etişi, kelajakka bölgan işonçini, Vatanga mehru muhabbatini orttirişi şubhasiz.
Isajon Sulton: – Yaʼni, zamonaviy bilimlar yoğdusida kişilarimizga özlarining kim ekanliklarini, qanday uluğ sulolalar merosini jo aylaganliklarini bayon etişdan közlangan niyat – qatʼiy işonç, bilim va yoruğ qalb ila, barça birday bahamjihat bölib kelajakka yuzlanişdan iborat. Bu esa bugunimizning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” degan ezgu şiori atrofida jipslaşişga undaydi. Mana şunday ezgu niyat yölida birlaşar ekanmiz, elimiz-yurtimiz ravnaqi, farovonligi uçun xizmat qiliş şarafli ekanini his qilamiz. Bular – insonni uluğlaydigan va, eng asosiysi, yaşab ötgan umridan qoniqiş hosil qilişiga sabab böladigan eng muhim unsurlar, desak xato qilmaymiz. El-yurt ravnaqi, farovonlik va taraqqiyot yölida qöşiladigan hissa şundagina ulkan baxtu saodatga aylanadi.
N.Çoriyev yozib oldi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


