2 daqiqada öqiladi

308 marta körilgan

Xotira uyğonsa, gözaldir

Orif Töxtaş

Zomin seminari iştirokçilariga savollar:

1. Yoş ijodkorlarning Zomin seminarida qaçon qatnaşgansiz? Seminar sizda qanday taassurot qoldirgan?
2. Seminar ijodingizga qanday taʼsir körsatgan? Sizga qattiq taʼsir qilgan voqea, suhbat, uçraşuvlar bölganmi?
3. Zomin seminari kaşf etgan yoşlardan kimlarning ijodini kuzatib borasiz? Sizningça, yillar mobaynida ularning ijodida qanday özgarişlar yuz berdi?
4. Bu yil Zomin seminarining qanday ötişini istar edingiz?

Orif TÖXTAŞ

1. Men 1997-yili mazkur ijodiy seminarning iştirokçisi bölganman. Ijodkor döstlarim – Uyğun Röziyev, Nodir Jonuzoq, Ğayrat Saydullayev hamda opam Muhabbat Töxtaşevalar bilan birgalikda qatnaşganmiz. U mahalda barçamiz Samarqand davlat universiteti talabalari edik. Oçiğini aytiş kerak, oddiy bir talaba uçun bunday ijodiy seminarlarda iştirok etişning özi katta baxt edi!
Tadbir hammamiz uçun ham unutilmas taassurotlarga boy bölgan.  Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov boşçiligidagi bir guruh taniqli şoir va adiblar bilan hamsuhbat bölib, ularning maslahatlari, körsatgan yöl-yöriqlariga muşarraf bölganimizning özi ham ulkan taassurot, aslida! Ulardan olingan ijodiy ögitlar hali-hamon bizga ijodiy dastur sifatida asqotib keladi, desam, mubolağa bölmaydi. Bugungi kunga kelib xörsinib eslaydiganimiz – öşa maşhurlarimizning aksari marhum bölsa, biz ularning jonbaxş suhbatlaridan, afsuski, mahrum böldik…

2. Adaşmasam, Rasul Hamzatovda  öqigan edim: “Şoirning uçta ustozi bor: Vatan, Tabiat va Kitob”. Şunday ekan, mazkur seminarning yurtimizning eng sölim göşalaridan Zomin toğlari yonbağrida taşkil etilgani biz yoş ijodkorlar uçun Vatan darsini ötagandek bölgan göyo.  Qolaversa, seminar ijodiy va ijobiy raqobatni yuzaga keltirgan edi. Unda qatnaşganlar dastlab özining nimaga qodirligini anglar, yutuq va kamçiliklarini ilğab olişga imkon topardi. Şaxsan mening iştirokim öz ijodimda katta örin egallaydi, desam adaşmayman. Aytiş mumkinki, bu seminar iştirokçilarga mustahkam qanot vazifasini ham ötagan.
Zominda taşkil etilgan keçki muşoiralar, fayzli davralarning har birini entikib yodga olamiz. Bundan taşqari, biz – samarqandlik iştirokçilar hali-hanuz bir-birimizga aytib, kulişamiz: ha, aynan qaynoq yozning ötli kunlarida biz yengilgina kiyinvolib yölga çiqqandik, Zomin toği yonbağrida, ayniqsa, ertalablari rosa dildiraganmiz. Bilmaganmizki, saratonda ham bu göşa öziga xos salqin haroratda saqlanar ekan.

3. Uşbu ijodiy seminarda kaşf etilgan yoşlar ançagina, mening nazarimda. Bugungi kunda faollik körsatayotgan ijodkorlarning aksariyatida Zomin havosining “yutum”i bor.

4. Aslini olganda, yurtimizda köpçilikka notaniş bunday jannatmonand manzaralarning borligi bizga ilhom, jöşqinlik baxş etadi. Şuningdek, tadbir asnosida har yili yangi ovozlar kaşf etiladi, adabiyotga yangi nafaslar kirib keladi. Bunga işonçim komil!

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…