Taniqli yozuvçi Şodiqul Hamro bilan yoşlarning onlayn suhbati
– 1999-yili “Hurriyat” gazetasi ötkazgan sörovnomada XX asrning eng yaxşi asarlari röyxati berilgan edi. “Ötkan kunlar”dan boşlangan röyxatga “Qora kun” qissasi ham kiritilgandi…
– Esimda, sörovnomada taniqli adabiyotşunos Norboy Xudoyberganov “Qora kun”ga XX asrning eng yaxşi qissalaridan biri deb baho bergandi. Rosti, domlaning bu qaroridan hayron qolganman.
Bu qissa talabalik paytimda bir eksperiment tarzida yozilgan. Naşr qilingaç ança bahs-munozaralarga sabab bölgandi. Köplar tuşunmagan. Ayrim kişilar uni notöğri talqin qilgan. Hatto katta adiblardan biri “Nahotki, özbek tobut öğirlasa?” deb “ayblagan”. Holbuki, qissada tobutni kim öğirlagani aytilmagan. Qolaversa, tobut, bu – bir ramz.
Oçiğini aytganda, ijodkorga özining asari haqida gapiriş noqulay. Nazarimda, buni boşqalar bajargani maʼqul. Çunki asarning dunyoga kelgandan keyingi taqdiri ijodkorga boğliq emas. U öz hayotini yaşay boşlaydi va uni har kim har xil tuşunadi. Boşqaça aytganda, baholaş hamişa nisbiy. U öquvçining ixtiyoridagi iş.
– Yozuvçi real yozişi kerakmi yoki…
– Real voqeani real tasvirlab berişni yozuvçi sifatida xuşlamayman. Masalan, “Qora kun” qissasidagi tobutning yöqolişini olaylik. Agar uni ramz sifatida qabul qilmasak, maʼnosi torayib ketadi. Asarda tobutni kim va nega öğirlagani aytilmagan bölsa-da, öşa qişloqdagi odamlarning hayoti, qilayotgan işlari tasvirlangan. “Suratdagi ayol” ham ramziy obraz. Odatda, meni qahramonlarga ism tanlaş qiynaydi. Eʼtibor qilsangiz, “Qora kun”da birorta ham ism uçramaydi. Ism işlatiş men uçun eriş tuyulgan. “Qaqnus qanotidagi umr”da ham ism işlatmaganman. Bitta öğliga Muyyad deb ism qöyadi. U “ruh” maʼnosini anglatadi. Umuman olganda, adabiyot – ruh va xayolot dunyosi yaratadigan ğaroyib olamdir. Şu bois u reallikdan tubdan farq qiladi. Qilişi kerak.
– Ijodkorlikka moyil, lekin yozişga jurʼati yetmaydigan yoşlarga qanday maslahat bergan bölardingiz?
– Yozadigan odam özining içki qörquvini hamişa yenga olişi kerak. “Yozganim kimgadir yoqmaydi”, degan hadik va qörquv faqat ziyon keltiradi. Bu, ayniqsa, ijod ostonasini hatlaşga çoğlanayotganda juda muhim. Ikkinçi maslahatim, yozuvçi bölişni maqsad qilgan odam, avvalo, “adabiyot nima” degan tuşunçani anglab olişi kerak. Adabiyot nima, yoziladigan asar qanday bölişi kerak, degan savollarga javob topiş uçun köp kitob öqiş zarur. Mutolaa – adabiyot haqidagi tasavvurni mustahkamlaşning eng töğri yöli. Yoşlarga jurʼatli bölişni tavsiya qilaman. Çunki “nega bunday yozding?” deyişga heç kimning haqi yöq. Har kim özining imkoni darajasida yozadi. Aslida har qanday yozuvçi yomon asar yozay demaydi. Şuning uçun yoşlar heç ikkilanmay butun ğayratni, quvvatni jamlab ijod qilişi zarur. Albatta, boşlanişida köngildagidek çiqmasligi mumkin. Lekin yoziş tajribasi şakllangani sari hammasi öz örniga tuşadi. Ijodkorga birov yozişni örgatmaydi, qanday yozişni uning özi hal qiladi. Muhimi, fikrlaşdan töxtamaslik zarur. Fikrlamaslik – haqiqiy fojia. Fikr bor joyda taraqqiyot va albatta, adabiyot böladi.
– “Hovlidagi daraxt” hikoyangizda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarning badiiy talqinini kuzatamiz. Uçta şoxi kesilgan daraxtning tomirlarini oçib körgan xasta ota ular hali qurib ulgurmaganini bilgaç, ahvoli önglana boşlaydi. Boşqaça aytganda, tirik tomirlar otaga hayot baxş etadi. Bu hayotning davomiyligiga ramziy işorami?
– Bu hikoya ham talabalik paytidan xotira. Öşa kezlari yoşlar seminari bölgan. Unda men ham qatnaşganman. Yozuvçi Olim Otaxon hikoyalarimni olib ketib, uç kun kelmagan. Seminar yakunlanayotgan paytda paydo bölgan. Bu paytda seminarning ğoliblari eʼlon qilinib bölgan edi. Şunda Olim aka proza bölimini boşqarayotgan yozuvçi Said Ahmadga mening “Hovlidagi daraxt” hikoyamni seminarning eng yaxşi hikoyasi deb topiş kerakligini aytdi. Said Ahmad bunga eʼtiroz bildirdi, lekin Olim aka fikrida turib oldi. Öşanda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bir million nusxada çop etilardi. Seminarda kim ğolib bölsa, uning bitta hikoyasi şu gazetada eʼlon qilinar edi. Oradan bir oy ötib, hikoyam gazetada bosilib çiqdi. Hikoyaning dastlabki nomi “Bizning daraxt” edi. Olim aka “Hovlidagi daraxt” deb özgartirgan ekan. Bu hikoya öta ramziy emas. Hikoyada “daraxt bobomning hassasidan kökargan”, degan jumla bor. Daraxt obrazi bir oilaning avloddan avlodga ötib kelayotgan anʼanalari davomiyligi timsoli. Anʼanalarni bir avlod özidan keyin keladigan avlodga risoladagidek yetkazişi kerak. Aniqroği, har bir odam öz avlodiga munosib bölişi şart. Baʼzan hayotda bir noqobil farzand çiqadi-da, öşa daraxtning şoxini kesadi. Demak, şu farzand oilasiga xiyonat qilgan böladi. Qamoqdan qaytayotgan ota epizodi esa, otamning taqdiri bilan boğliq. Gap şundaki, otam quloq sifatida Sibirga surgun qilingan. Otam yarim keçasi ozod qilingan. U kişi azbaroyi xursandligidan tong otişini ham kutmay eng yaqin temiryöl stansiyasigaça öttiz kilometr masofa borligiga qaramay yölga çiqqan. Şunday sovuq bölgan ekanki, stansiyaga kelgunça soqoli ham muzlab qolgan. Buni körib odamlar qörqib ketgan. Otam uzoq yillar mobaynida yaşillikni körmagan. Yölda kelişayotganda qay bir bekatda daraxt uçragan. Poyezddagilar, şu jumladan, otam ham daraxt şoxlarini közga surtgan. Hikoyadagi daraxt – avlod timsoli. Unda “oilaning barça aʼzolari qadriyatlarga sodiq bölişi şart”, degan ğoya ilgari surilgan.
– Hozirgi kunda qanday asar ustida işlayapsiz?
– Ikkita asar yozyapman. Biri “Suratdagi ayol” singari baxtsiz ayol haqida. Ikkinçisi umrining oxirigaça yolğiz ötgan çolning judayam ğalati qismatiga bağişlangan.
– “Yoşlik” va boşqa jurnallarda çiqqan hikoyalaringizni öqiganimizda hayotni ramziy köra olişingizni, xulosalaringiz kutilmagan ekanini anglaganmiz. Lekin nimagadir asarlaringizni köp eʼlon qilmaysiz. Buning sababi nima?
– Men asar yozgandan keyin uni çop etişga unça qiziqmayman. Orada bir fursat tanaffus ham böldi. Fikrimça, ijodkor yozmay qöysa, uni ayblaş kerak emas. Masalan, men tanaffus paytida ham xayolda köplab hikoyalar yozganman. Şuning uçun özimni heç qaçon ijoddan töxtab qoldim, deb öylamayman. Hozir ham ijodim davom etyapti. Naşrdan çiqarişga esa özimda juda kuçli iştiyoq yöq.
– Ijod jarayoni, uslubingiz haqida qisqaça gapirib bersangiz.
– Yoziş jarayoni men uçun juda oğir. Biror asar syujetini qoğozga tuşirganimdan keyin uzoq vaqt tahrir qilaman. Masalan, oxirgi “Muazzam” qissasini olti marta qayta-qayta sayqalladim. Syujetni yoziş oson, lekin keyingi jarayon maşaqqatli. Heç bir asarni birdan oqqa köçirib, naşr qilganim yöq. Eng kamida ikki-uç marta tahrir bölib, keyin naşr qilingan. Yozuvçilikning lazzatini ana şunda – asarni qayta-qayta sayqallaşdagi maşaqqatda deb bilaman. Yozuvçi laboratoriyasi deganda men şuni tuşunaman. Odamni köp qiynaydigan, jurʼatni pasaytiradigan holat şuki, xayolda asarni şu darajada töliq yakuniga yetkazasizki, aslida hayotda şu tarzda qoğozga tuşiriş juda qiyin böladi. Uni yozasiz-da, lekin xayoldagidek bölmaydi. Aniqroği, nimalardir kemtik bölib qoladi. Şunda undan voz keçasiz yoki keyinroqqa qoldirasiz. Bu – juda murakkab jarayon.
– Adabiyotga jamiyatning taʼsiri qay darajada deb bilasiz? Öquvçilarga zamonaviy özbek adabiyotidagi şaxs va jamiyat munosabati aks etgan qaysi romanlarni tavsiya qilgan bölardingiz?
– Ijodkor özi mansub jamiyatdagi munosabatlarning taʼsiri sababli asar yozişi mumkin. Töqsoninçi yillargaça adabiyotda yozuvçilarning duşmani aniqroq bölgan. Duşman – kommunistik tuzum. Köp yozuvçilar mana şunga könikkan. Öşa paytdagi siyosatning qay bir jihatini sözlarning orasida yaşirib yaratgan. Keyin yurtimiz mustaqillikka erişdi. Adabiyot esa bir zum töxtab qolgandek böldi. Şunda Şukur Xolmirzayev “Adabiyot öladimi?” degan savolni örtaga taşladi. Aslida yozuvçi ijodi jamiyat bilan çambarças boğliq. Yozuvçi jamiyatdagi voqealar, odamlar ruhida keçayotgan hodisalar talqinini yaratadi. Demak, yozuvçi – bevosita jamiyatning mahsuli. U hodisa-voqealarni jamiyat nuqtayi nazaridan tahlil qilib beradi. Yaʼni jamiyat içida yaşaydi va jamiyatga özining munosabatini bildiradi.
Keyingi paytda öqigan romanlarim içida Nazar Eşonqulning “Göröğli” asari katta taassurot qoldirdi. Unda şaxs va jamiyat bir butunlikda tahlil qilingan. Unda ramziy maʼnoda juda köp ğoyalar aytilgan. Yoşlarga şu asarni qayta-qayta öqişni tavsiya qilaman. Çunki bu romanda nafaqat milliy, balki jahon adabiyotidagi eng ilğor usullar ham öz ifodasini topgan.
– Çet el adabiyotidan taʼsirlaniş jarayoni Sizda qanday keçgan? Qaysi adiblarni ruhingizga yaqin his qilasiz?
– Meni Lotin Amerikasi adabiyoti maftun qilgan. Avvaliga Markes asarlarini öqidik, keyin Xuan Rulfo… U bor-yöği bitta qissa, öntaça hikoya yozgan. Lekin Lotin Amerikasining modern adabiyotini boşlab bergan. Masalan, men bu buyuk yozuvçining “Pedro Parama” qissasini juda yoqtiraman. Bu qissa bizda 90-yillarda tarjima qilib, naşr etilgan. Bu asarni gapirib berib bölmaydi, uni faqat öqib xulosa çiqariş kerak. Nobel mukofoti sohibi Gabriyel Markes Xuan Rulfoga şunday baho bergan: “Xuan Rulfodan nega boşqa asar yozmaysiz deb söraş jinoyat bilan tengdir!” Markesning “Yolğizlikning yuz yili” romani tuğilişiga ham Xuan Rulfoning ijodi sabab bölgan. XX asrda adabiyotdagi “portlaş” Lotin Amerikasida vujudga kelgan. Köplab yozuvçilari asarlari bilan tanişganman. Ularning milliy anʼanalari milliy anʼanalarimizga juda öxşaydi. Şu bois könglimga yaqin olaman.
– Sizningça özbek hikoyaçiligida eng yaxşi hikoya qaysi va u qanday jihati bilan manzur bölgan?
– Eng yaxşisi Murod Muhammad Döstning “Daştu dalalarda” hikoyasi. U bitta ohangda yozilgan. Bu hamma ijodkorning ham qölidan kelmaydi. Unda katta ğoya yöq, lekin bir odamning qismati şunday bir çiroyli qöşiqdek juda yuksak pardalarda tasvirlangan. Bundan taşqari, Nazar Eşonqul va Asqad Muxtorning ham yaxşi hikoyalari bor.
– Pandemiya köplab odamlarni sarosimaga solib qöydi. Bu holatda adabiyot insoniyatga umid bera oladimi?
– Globallaşuv, pandemiya, turli iqtisodiy-siyosiy böhronlar odamlarni şunday holatga solib qöydi. Lekin adabiyot odamlarga işonç uyğotadigan qudratli kuç. Bunga tarixdan juda köplab misollarni keltiriş mumkin. Masalan, Ernest Xemengueyning “Çol va dengiz” qissasida şunday jumla bor: “Insonni yöq qilib yuboriş mumkin, lekin uni yengib bölmaydi”. Bu – katta ğoya. Alber Kamyuning “Vabo” asari ham öz vaqtida tuşkunlikka tuşgan odamlar qalbida kelajakka işonç paydo qilgan. Hali bunday asarlar köp yaratiladi.
– Bir neça yuz yillar ötgandan keyin adib Şodiqul Hamroning qaysi asari öqiladi deb öylaysiz?
– Buni heç kim bilmaydi. Yuz yildan keyin ahvol qanday bölişini başorat qiliş muşkul. Balki yigirma yildan keyin ham öqilmasligi mumkin. Mendan “Nega asarlaringizni çop qilmaysiz?” deb köp söraşadi. Bunga javobim şuki, asar yozilsa, kimga kerak bölsa, özi topib öqiydi. Uni kitob şaklida çop ettiriş mumkin. Lekin uni tarğib qiliş şart emas. Ehtiyoj tuğilganda öqilaveradi. Masalan, “Hovlidagi daraxt” hikoyamning yozilganiga 30 yildan oşdi. Şunga qaramasdan u gazeta va jurnallarda qayta-qayta naşr qilinmoqda. Demak, asarning öqilişi – uning yangi hayoti. Uning qanday keçişi yolğiz Yaratganga ayon. Bu ham adabiyotning ilohiy belgisi.
Suhbatni Döstbek Sulaymonov tayyorladi.
2021/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


