10 daqiqada öqiladi

500 marta körilgan

Hayot özi ustoz ekan

Abdurasul Jumaqul

Yondaftardagi bitiklarimdan:
Yurtboşimizning şunday gaplari bor: “Yozuvçilik – bu oddiy kasb emas, Xudo bergan isteʼdoddir”. Bu kasbga heç qayerda öqitib, örgatib bölmaydi. Yozuvçilikning maktabi ham, dorilfununi  ham bitta. U ham bölsa bir umr hayotning içida böliş, öz xalqi bilan hamdardu hamnafas bölib yaşaş, haqiqat va  adolatga sadoqat bilan xizmat qilişdir. Bu taqdiriga yozuvçilik qismati bitilgan insonlar zimmasidagi ezgu vazifani çuqur masʼuliyat bilan his qilib aytilgan sözlardir.

* * *
Men tuğilgan Köhnaşahar qişloği Qaşqadaryoning quyi oqimida joylaşgan. Uning kunbotar tomonida maşhur Zanjirsaroy qalʼasining xarobalari, kunçiqar tomonida esa Abdullaxonga nisbat beriladigan, biroq xalq orasida Bekça deb ataladigan sardoba bölardi. Bolaligimda qöy haydab yurib Zanjirsaroy xarobalarining sap-sariq ğiştlariga qarab çuqur xayolga çömardim. Ğiştlar orasidagi gançda qolgan meʼmor ustaning barmoq izlari xayolimni uzoq ötmişga sudrab ketardi. Qumga çökib borayotgan sardobaning ulkan gumbazi ustiga tirmaşib çiqib, olis-olislarga termulib ötirişni yaxşi körardim.
Keyinçalik universitetning filologiya fakultetida öqib yurganimda ham, gazeta tahririyatida işlaganimda ham meni şu tuyğular tark etgani yöq. Imkoniyat tuğilişi bilan şu tarixiy obidalarning yoniga borib, soatlab qolib ketardim. Şu paytlarda sardoba va Zanjirsaroy haqida maʼlumotlar, xalq oğzida yurgan rivoyatlarni yiğa boşladim.
Pişiq ğiştdan qurilgan sardoba gumbazi yonida öşa paytlarda paxsa devorli uyning xarobalari bölardi. Bir kuni şu xarobalar haqida söraganimda bobom “Bu xarobalar Mulla Jumabek qurdirgan rabotning qoldiqlari” degan edi.
Bu qiziqişlarim meni tariximizning qora kunlari bölgan, şöro hokimiyatining ilk yillarini örganişga undadi. “1917-1924-yillarda Turkistonda milliy mustaqillik uçun kuraş” mavzusini olib, ilmiy işni yoziş jarayonida arxiv hujjatlarini titkilar ekanman bir neça hujjatlarda Mulla Juma nomiga ham közim tuşdi. Biroq bu şaxs haqida boşqa heç qanday maʼlumot ololmadim.
El oğziga quloq tutdim. Gap-sözlarga qaraganda, Mulla Juma yigirmançi yillarda şörolar tuzumiga qarşi imkon qadar kuraşgan, hatto atrof qişloqlarni birlaştirib, mustaqil beklik tuzgan ekan!
Mulla Juma beklik qilgan davrda uning hududida uçta sardoba bölib, bek barça sardobalarning obod bölişiga, yölovçilarning qönib, hordiq çiqarişlari uçun rabotlar qurilişiga katta eʼtibor bergan. Sardoba suvini ifloslantirişga yöl qöymagan. Bu işga jurʼat qilganlarni ayovsiz jazolagan.
Alğov-dalğov, it egasini tanimaydigan yigirmançi yillarda qaroqçi-yu talonçilarning kuni tuqqan edi. Mulla Juma öşa paytda katta sahnaga çiqib, elni şu unsurlardan tozalaydi. Pahlavon kelbatli bu yigit haqiqiy mergan ham ekan. Uning dovruğidan çöçigan öğri-qaroqçi uning bekligiga qadam bosa olmaydi. Biroq, 1924-yilga kelib ança oyoqqa turib olgan şöro hukumati Mulla Juma bekligini tugatadi. Hali yigirma beşga kirib-kirmagan bekning özi otib taşlanadi. Arxivlarda u haqdagi maʼlumotlar uzuq-yuluq. Baʼzi hujjatlardagina uning nomi “Sariq qişloğidagi banda boşliği Mulla Juma…” qabilida keltiriladi xolos. Biroq xalq içida uning qahramonligi töğrisida turli aytimlar yuradi. Men “Sardoba” romanini yoziş jarayonida mana şu rivoyatnamo voqealarga tayanişni afzal bildim.
Öşa paytlarda rivoyatlarni yiğayotib, bir kun kelib biron bir asarimda işlataman, degan niyatim yöq edi. Ularni şunçaki qiziqqanim uçun töplagandim. Biroq oradan yillar ötib bu maʼlumotlar “Sardoba” romani yaralişi uçun zarur xom aşyoga aylandi.
Bobom Qurbon bobo yaxşigina maʼlumot olgan ziyoli kişi edi. Qişloqda obrösi baland, heç kim u kişining gapini ikki qilişga botina olmasdi. Juda köp rivoyat va dostonlarni yod bilardi. Qişning uzun tunlarida bobomning sandalli xujrasiga yiğilib olib yettinçi lampa yoruğida bobomning oğziga termulgança bir rivoyatni tinglab ötirardik. Baʼzan biror-bir asar ustida işlayotganimda, öşa paytlar, bobomning aytgan rivoyatlari esimga tuşib ketadi. Uning salobatli, biroq mayin ovozi quloğim ostida jaranglayotgandek böladi. Bobomning ötkir nigohlarini his qilaman.
“Sardoba – bir muştipar onaning iltijosi ila bino bölgan Olloh inoyati.
Sardoba – ona. Muşfiq bolasining tirik qolişi uçun jonini qurbon qilgan ona.
Sardoba – elimizning onasi. Biz sahroyi elmiz, sahroyi elning bir bölagi, Sardobali elmiz.
Sardoba – onamiz bölmasa biz el bölmaymiz.
Sardoba – onamiz bölmasa bizni quturgan sahro yutib yuboradi…”
Bobomning Sardoba haqidagi rivoyati şunday sözlar bilan yakunlanardi. Bobomning şunday rivoyatlarini eşitganimdan keyin, bu obidalarga boşqaça köz bilan qaraydigan böldim. Rivoyatlar şunçalik miyamga örnaşib qolgan ekanki, “Sardoba” romanini yoziş jarayonida bobomning ovozlari quloğim ostida jaranglab turgandek böldi.
2010-yilda romanni öqib çiqqan marhum ustoz adib, Pirimqul Qodirov “Jumaqul, ançadan beri romançiligimizda asotir va rivoyatlarga tayangan asar közga taşlanmayotgan edi. Sizning “Sardoba”ngiz asotirlar romani bölibdi” degan eʼtiroflaridan boşim kökka yetgandi. Keyinçalik ustoz roman çop etilayotgan pallada şu sözlarini kengaytirib, “Asotirlar romani” nomi bilan kitobga sözboşi ham yozib berdilar.

* * *
Otam Fayzulla bobo sakson beşga kirdi. Umrlari mehnatda ötganligi uçun Xudoga şukr, hamon bardam. Otam biz aka-ukalarni halollikka, töğrisözlikka örgatgan. Mehnatdan qoçmaslikka undardi. Baʼzan qattiqqöllik qilardilar, lekin adolat çegarasidan çiqmasdi.
Onam rahmatli Şarifa momo esa mehribon, yumşoqköngil ayol edi. Köplab ertak va dostonlarni yod bilardi. Men harbiy xizmat ötaşga ketayotganimda töşakka mixlanib qolgandi. Ikki yil davomida örinlaridan turmay mendan xat kutar ekan. Eşik “tiq” etsa alang-jalang bölib, “qara-çi, poçtaçi keldimi” deyaverar ekan. Men buni his qilganimdan imkon topildi degunça onamga xat yozişga harakat qilardim. Xizmatdan qaytib kelganimda onamning yostiqlari ostida barça yozgan xatlarim dastalanib turganini kördim. Qayta-qayta öqilaverganidan titilib, ranggi öçib ketgan xatlar… Öşa paytdagi urfga köra har bir maktubga ikki satr epigraf yozardim. Bitta xatdagi epigrafga ikki tomçi közyoş tökilgani sarğiş doğdan bilinib turardi. Onam xatni öqiyotganda yiğlagan ekanlar-da…

“Köpdan beri yuragimni tirnar bir ğaşlik,
Soğinçda va ayriliqda ötmoqda yoşlik”.

* * *
Talabalik yillarimda şoir döstlarim Oçil Tohir, Nurulla Oston, Jamol Sirojiddin, Asror Nurboyevlar bilan ijarada birga turardik. Darsdan böş paytlarda men hikoyalarimni, şoirlar esa şeʼrlarini kötarib tahririyatlar eşiklarini taqillatib çiqardik. Biron gazeta yo jurnalda bir maşqimiz bosilib çiqsa köçamizda bayram bölib ketardi. Lekin bunday hol oyda-yilda bir martagina bölardi, xolos.
– Bosmasa bosmasin, – fiğoni falakka çiqib, qalingina şeʼr daftarini stolga qarsillatib urardi Nurulla, – endi redaksiyasiga qadamimni ham bosmayman! Gazeta özingniki bölmasa biron narsang ham çiqmas ekan!
– Ana, endi özingga kelyapsan, şoir, – derdi gapga qöşilmay çetda kitob öqib turgan Asror. – Kel, özimiz gazeta çiqaramiz. Şunda har sonda sening şeʼring bilan Jumaqulning hikoyasi bosiladi.
Şu-şu ijaraxonamizning devoriy gazetasi taşkil qilindi. Har ön-ön beş kunda yangilanib turadigan bu gazetaning har sonida Nurullaning şeʼri bosilib tursa-da, bari bir uning köngli tölmasdi.
“Nimaga hikoyang bunça uzun?! Gazetaning yarmini egallab olibdi!” – deb menga taşlanib qolsa, “Şeʼrni ham aççiq içakdek çözibsan, qara, uçta şeʼrim siğmay qoldi!” deb Oçil bilan ğijillaşardi.

* * *
Men Muborak tumanida işlardim. Istiqlolning dastlabki yillari edi. Tumanda Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov bilan uçraşuv ötkazadigan böldik. Maşhur şoirni tuman çegarasida kutib oldik. Bizni taniştirişganda Abdulla aka quçoğini oçib keldi.
– Muborakda yozuvçidan çiqqan hokim bor, degan gaplar quloğimga çalingandi. Öşa siz ekansiz-da, – dedi bağriga bosganiça.
Uçraşuv köngildagidek ötdi. Keyin Abdulla akani Zanjirsaroy qalʼasining xarobalariga, sardobalarga olib bordim. Şu obidalar haqidagi rivoyatlarni aytib berdim. Şularni bir yozsangiz qanday bölarkin, deb maslahat berdilar. Oradan bir neça yil ötib “Sardoba” romanining birinçi kitobi Abdulla akaning sözboşisi bilan dunyo yuzini kördi.
 Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov bilan ham Muborakda tanişganman. U kişiga möjazgina hikoyalar töplami bölgan “Qoraköz”ni taqdim qildim. Ötkir aka hikoyalarimni öqib körib:
– Durustgina hikoyanavis ekansiz, kattaroq narsalarga qöl uryapsizmi? – deb söradi.
Öşa paytlarda bitta qissani qoralab qöygandim. Şuni aytdim.
– Olib boring, körib çiqamiz, – dedi.
Oradan heç qança vaqt ötmay “Çorraha” nomli qissa va hikoyalar töplamim Ötkir Hoşimov sözboşisi bilan çop etildi.
Bunday nomdor ijodkorlarning asarlarimga bölgan munosabati meni hamişa tölqinlantirib kelgan. Albatta, turmuşda köp narsalarni körib közim pişdi. Aslida ham hayot özi ustoz ekan.

* * *
Saksoninçi yillar edi. Bir döstimning otasi uyga kirib keldi. Uning aytişiça, öğli bir közi kör qizga uylanmoqçi ekan. Tuppa-tuzuk, tört muçasi soğ qizlar turganda bunday qizning nimasiga uçganiga tuşunolmay otaning jiğibiyroni çiqardi. Otaning sözlaridan şu maʼlum böldiki, özi ham, xotini ham uning bir közi kör qizga uylanişiga qarşi. Biroq öğli ikki oyoğini bir etikka tiqib olgança “Şundan boşqasiga uylanmayman” deb turganmiş. Ota beçora çiqmagan jondan umid, qabilida heç bölmasa, döstining gapiga kirar deganiça mening oldimga kelgan ekan.
– Jörangni köndirib ber. El oldida yuzimni şuvut qilmasin, – derdi beçora ota möltirab.
Gaplaşib körişga vaʼda berdim.
Uni uçratganimda şirakayf ekan.
– Oğayni, özim ham sen bilan gaplaşmoqçi bölib yurgandim. Kelganing yaxşi böldi, – dedi u.
Söramasam ham nega bir közi kör qizga uylanmoqçi ekanligini ayta boşladi.
Bolaligida şahardagi qarindoşinikiga borganida, toş otib öynab turib tasodifan bir qizçani nogiron qilib qöyadi. Qörqqanidan buni heç kimga bildirmaydi. Oradan yillar ötib buni unutib ham yuboradi. Lekin yaqinda bu qiz uning maşinasiga ötiradi va u özi nogiron qilgan qiz ekanligini bilgaç, unga uylanişga, uni baxtiyor qilib aybini yuvişga qaror qiladi. Bor gap şu. Garçi otasiga vaʼda bergan bölsam-da, uning bu olijanob ahdidan qaytarmaslikka qaror qildim. U aytib bergan voqeadan ançagaça taʼsirlanib yurdim. Keyin esa şu voqea asos qilib olingan “Qoraköz” nomli hikoya dunyoga keldi.

* * *
Ötgan asrning 70-yillari söngida universitetni tugatib, “Qaşqadaryo haqiqati” gazetasi tahririyatiga işga keldim. Tahririyat madaniyat bölimi xodimiman. Gazetada çop etiladigan badiiy asarlar ham bizning qölimizdan ötadi. Bölimning papkasida yotgan asarlar orasida taniqli adib Samar Nuriyning bir neçta hikoyalari bor ekan. Badiiy puxta, şirali tilda yozilgan bu hikoyalar meni öziga rom etdi. Bu hikoyalar birin-ketin çop etildi. Bir ozdan keyin Samar akadan xuddi şunday hikoyalardan yana bir neçtasi keldi. Men Samar akaning bunçalik sermahsulligidan, yozganda ham barçani qoyil qoldiradigan darajada yozişidan hayratlanardim. Samar akaning falokatga yöliqib, bir ölimdan qolganini, yillab töşakda yotganini, nogiron bölib qolganini, uning yolğiz ovunçoği şu ijod bölib qolganini hamkasblaridan eşitib ustozga nisbatan hurmatim ming karra oşdi.
Bir kuni tahririyatga Samar Nuriyning özi kirib keldi. Barçamiz unga peşvoz çiqdik. Orqavarotdan “özbek Ostrovskiysi” deb ataydigan adibimiz bilan qöl olişib körişiş biz boşlovçi ijodkorlar uçun faxr edi. Ustozni xonadagi yakkayu yagona, şaloği çiqqan oromkursiga ötqazib, qöllariga bir piyola çoy tutqazdik. Samar aka bu yerdagi barça xodimlarni yaxşi tanirdi. Biroq men yangi xodim, Samar aka bilan tanişib ulgurmagan edim. Samar akaning menga “tanimayroq turibman” deganday qaraşlariga, oramizdagi eng gapdon, hatto Samar akaga ham hazil qilişga botina oladigan Muhammad Oçil javob qaytardi:
– Bu yigit Jumaqul Qurbonov, sizga şogird tuşişni möljallab yuribdi.
– E, şunaqami. Men hikoyangizni ham, bir ikkita maqolangizni ham öqidim. Çakki emas.
Men öşa paytda işga kelganimga bir neça oy bölgan, bitta hikoya va çölquvarlar hayotidan bir neçta lavha va oçerklar çop etişga ulgurgan edim. Yozganlarim ustoz adibning nazariga tuşganligidan hayajonlanib ketdim.
Keyin Samar aka sözini davom ettirib, hikoyaning yutuği haqida gapira turib gap orasida kamçiliklarini ham qistirib ötdi. Quloğimgaça qizarib ketdim.
– Biroq, qalamingiz yomon emas. Izlanişdan töxtamasangiz, sizdan yaxşi yozuvçi çiqadi, – deb yupatib qöydi Samar aka.
Keyin gap asarning qanday yozilişi, uni qanday qayta işlanişi haqida böldi. Suhbat asnosida Samar akaning sermahsulligi haqida ham söradik.
– Erinçoq yozuvçining bitta bahonasi bor: “Ilhom kelmayapti” deb, salanglab yuraveradi. Aslida ilhom dangasadan qoçadi. Biron narsa yozaman, degan ijodkor ilhomni özi çaqirib olişi kerak. Mening sermahsulligimga kelsak, har kuni erta tongdan yozuv stoliga ötiraman. Ikki satrni qoralaşim bilan buyoği özi quyilib kelaveradi.
Men şundan keyin Samar aka bilan tez-tez uçraşadigan böldim. Yozgan asarlarimga u kişining bildiradigan fikri men uçun qadrli edi. Ustozning iş uslubini özlaştirişga harakat qildim. Erta tongda ikki sahifani qoralamasam, şu kuni ustoz oldida könglim xijildek bölib yuraman.
Keyinçalik katta-katta yozuvçilar bilan tanişdim. Bir neçtalari bilan ustoz-şogird bölib qoldik. Biroq, ijoddagi birinçi ustozim Samar Nuriyning qatʼiyatli, mehr nuri akslanib turgan nigohi mening har bir yozgan satrimni kuzatib turgandek tuyuladi. Böşaşmaslikka, özimga talabçanroq bölişga harakat qilaman.

ADIB HAQIDA

Jumaqul Qurbonov Qaşqadaryo viloyati, Muborak tumani, Köhnaşahar qişloğida 1955-yil tavallud topgan. Toşkent Davlat Universitetida, Qarşi muhandislik iqtisodiyot institutlarida tahsil olgan. Siyosiy fanlar nomzodi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Jumaqul Qurbonov “Qoraköz”, “Çorraha”, “Sardoba” kabi asarlar muallifi.

“Yoşlik” jurnali 2012-yil, 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)