15 daqiqada öqiladi

431 marta körilgan

Hujra

Habib Abdunazar

(Hikoya)

Tört yillik talabalikdan keyin birinçi bor bahorni soğinib kelişim. Qişloğim ham içimga kirib qolgandek; u bilan qöşilib nafas olaman, tomirlarimga yaşil qon yuguradi. Tepalik oşa daştga yoyilib ketgan bostirma uylarga qarayman. Mana bu öngirlarda, mana bu döngliklarda çopib yurgan bolaligim köz oldimga keladi: “Ey-y jöralar!..” Tepaliklar aks sado qaytarmaydi, ular toğlar emas-da.
Qişloğimning nomi ham jismiga monand – Kökdala. Bugun şundoqqina uyimizning yonidagi eng baland tepalikka çiqib, atrofga köz taşladim-u, hayratimni içimga siğdirolmadim; qişloğimga bu nom şunçaki berilmagan-da. Ehtimol, qiş şuning uçun bizni yomon körar, hasadi kelar. Izillagan izğirini badaningni öyib olay deydi, yomğiri qorga, qori muzga aylanib, xanjardek sançiladi…
Uyimiz katta yöl böyida, qişloqdan biroz ajralib turadi. Yöl zovur yoqalab ketgan; köchaning ikki çeti keta-ketgunça faqat tutlar. Köprikdan ötib, kunbotarga yurilsa, zovur çetida uçta hovli bor: Elmurod raisning uyi, Arab  buvaning uyi va bizning uy. Qişloq markazi biroz olisroqda bölgani uçun, şu uç uy bolalari – sinfdoşim Anvar, men va boşqa bolalar erta tongda tödalaşib maktabga borardik. Maktabdan qaytayotganimizda esa tuproq yölda şaqildoğini sudragança Amir bizni kutib olardi. Aqli noqisroq bölgan bu bola – Anvarning akasi. Közlari katta, soçlari qönğiroq, qoramağiz, novça. Köçada kimni körsa, oldiga yugurib kelardi-da, qölidan uşlab, uyga yur deb turib olardi. Köp söz bilmasdi: ota, ona, moma, non, aka – luğatidagi bor-yöq söz şu. Izğirin böladimi, jaziramami, unga farqi yöq, doim darvoza oldida öynab ötirar, qölida konserva qutilaridan ipga tizilgan şaqildoq bölardi.
Bugun u körinmaydi. Darvoza oldida oq it quloğini yerga bosib, bir közini qiya oçib yotibdi. Bir paytlari közimga haybatli körinadigan bu yoğoç darvoza endi urinib, şalvirab qolgandek. Itdan qörqib, unga sezdirmasdan ötmoqçi bölib, tez-tez yura boşladim. Şu payt “Oqboy! Bah-bah!” deya itini çaqirgança Anvar çiqib qoldi. Meni kördi-yu:
– E-e, böla, bormisan? – deya tirjaygança quloç yozib kela boşladi. – Şaharlik böpketding sanam. Bizaniyam eslaysanmi, özi?
Men ham uni körib quvonib ketdim, axir neça yillik jöram; muştlaşib katta bölganmiz! Şu köyi darvoza oldida ança payt suhbatlaşib ötirdik, söng u qöyarda-qöymay uyiga taklif qildi. Öşa hovli, heç narsa özgarmagan: şoxalab ketgan örik, hovli örtasidagi çordoqli uy, loysuvoq devorlar… Faqat uydan uzoqroqdagi omborxona eşigiga boşqa, kattaroq qulf osilibdi. Bola paytimiz mana şu omborxona oldida öynab qolsak, Anvarning onasi qöliga tayoq olib quvib solardi; negadir şu hujraga yaqinlaşgani qöymasdi. Bizni quvib yuborgaç, Mehri xola hujra bilan gaplaşgandek omborxona eşigi yonida birpas ötirardi-da, közlariga yoş olib, ortiga qarab-qarab uzoqlaşardi.
Hanuz sirliligiça qolgan, doim qiziq tuyulgan bu hujra bugun negadir boşqaça, qandaydir sehrlangan kulbadek qayğuli, kimsasiz körindi. Göyo hujra bu xonadonga mutlaqo tegişli emas, özga olamdan tuşgan-u, unga yaqinlaşgan odam baxtsizlikka yöliqadigandek. Derazalari yöq, eşik tirqişidan qarab, u yerda faqat quyuq zulmat hukmronligini seziş mumkin edi. Yölakda kulbaga qaragança ança turib qoldim, şekilli, Anvar kelib yelkamga turtganini ham sezmabman. Biz bolalikda doim öynaydigan joyimiz – çordoqqa çiqdik. Yonboşlab yotgança uzoq gurunglaşdik, bolalikni esladik.

* * *
– Tura qol, bolam! Tong otib qoladi, – deydi onam xavotirli ohangda. Tong otib qolişidan çöçigandek deraza pardasini surib, taşqariga qaraydi. Deraza qoronği, bulutlar tongni ortiga yaşirgandek hurpayib turibdi.
– Yomğir yoğsa kerak, – deydi yana onam. – Bu havoda tong otganiyam bilinmaydi.
Injiqlik qilib, közimni arang oçaman. Közim qum tiqilgandek oğriydi. Issiqqina körpadan çiqqim kelmay, yonimda yotgan ukamni turtaman. U ğudrangança boşqa yonboşiga ögirilib, boşini körpaga toşdek örab oladi. Onam oçgan derazadan kirgan şabada şudringli bedapoya hidini dimoğimga olib keladi. Bir hovuç muzdek şabadaga bet yuvgandek seskanib ketaman, uyqum oçiladi. Közimni işqalab-işqalab, xuddi birov majburlagandek zörğa örnimdan turaman. Yuz-qölimni nari-beri yuvaman-u, onam tayyorlab qöygan tugunçani olib, molxonaga çopaman. Onam mollarni şoxbandidan böşatib, katta yölgaça haydab çiqişadi. Tong qoronğisi vahimali. Ozroq yurganimdan keyin ğira-şirada mollarini yantoqqa qantarib turgan Anvarni körib qörquvim yöqoladi. Mollar bir-biriga qöşilib, poda böladi. Sigirlarga bir şoxi singan Katta sigir yölboşçilik qiladi. Oç sigirlar yöl çetidagi şoda-şoda qip-qizil munçoqdek osilib turgan yantoq gullariga böyin çözib, tişlab uzib oladi-da, yölidan çalğimay çaynab ketaveradi. Birortasi töxtab qolsa, ortidan kelayotgan sigir şoxlari bilan nuqib, pöpisa qiladi: “Tezroq yur”.
Ğiştin dökonning orqasi bedazor. Örilganiga köp bölmagan. Yakkam-dukkam beda ğaramlari töniga öranib yotgan odamdek qorayib körinadi. Sigirlar bedazorga yoyiladi, öt köp bölgani uçun olislab ham ketmaydi; bedapoya atrofini örab turgan paxtazorga ham ötmaydi. Qorni töyganlari yotib olib kavş qaytaradi. Bizni esa uyqu elitadi.
“Yana uxlab qolmanglar”, deya tayinlardi onam. Bedazor etagidagi tutzor bizga onam aytib bergan jinlar mamlakatini eslatardi.
– Yoş edim. Bir kun dalada, daraxt tagida ötirsam, – deydi onam, – tepamda, daraxt ustida bir çiroyli sariqqina qiz uzun soçlarini yoğoç taroqda tarab ötiribdi. Yonimda esa yoğoç kosa, içida sadaqayrağoçdan yasalgan çiroyli tasbeh. Olaman desam, qiz ham, tasbeh ham yöqolib qoldi. Uxlamaganim yaxşi bölgan, yöqsa meni jin çalib ketarmidi?..
– Ona, Amirni ham öşa sariq qiz şunday qilib qöyganmi, – deyman qörqqanimdan, xayolimga daraxt tagida uxlab yotgan Amir keladi.
– Yöq, – deydi onam öyga çömgança, – u onadan şunday tuğilgan. Uning onasi uxlab qolgan, bolam, onasi…
Onam uxlab qolmasligimiz uçun bu ertaknamo hikoyani içidan töqirmidi yoki bölgan voqeami, işqilib, uyqumiz keldi degunça soç tarab ötiradigan qiz köz oldimizga kelardi.
– Uxlama, sariq qiz çalib ketadi, – deyman Anvarga göyo öşa qiz hozir kelib qoladigandek atrofga alanglab.
Kun çiqqaç uyga qaytamiz. Şu bilan keçki salqingaça mol boqiş taşvişidan ozodmiz, salqin tuşgaç, mollarni zovur çetlarida biroz aylantiramiz. Mollar yana yölga çizilib, töğri uyga jönaydi. Qaytişda ham Katta sigir podani yetaklaydi. Kelgunça yölda şataloq otgan poda horğin va oğir qadam taşlaydi, qorni töygan-da. Bir-biri bilan şoxlaşib, yölni tösib qöygan buzoqlarga sigirlar boş silkib hafsalasizgina “jim yur” degandek tanbeh beradi.
– Hamma mollar Kattaning bolasi, – deydi Anvar tarğilni körsatib. – Xöron mol. Otam sotgani qöymaydi, sigirlarimizning barakasi, deydi.
– Şuni aytyapsanmi? – deyman Anvarning maqtançoqligini xuşlamay. – Qari-ku buning!
– Qari bölsayam, unça-munçasining şoxini qayiradi, – keriladi Anvar.
Çindan, hamma mollar öşaning izidan ergaşardi, birortasi unga tik bormaydi. U bir hamla qildimi, tamom, hatto masiqqan hökizlar ham pusib ketadi.
– Alasuzgiç undan zör. Keça Kattaning kuçi yetmadi, özingam körding-ku, – men ham molimni maqtayman. – Har kun bir satil sut beradi. Keça zovurga botib qolgandayam-çi, özi çiqib ketdi.
– Öşanday paytda dumini qayiriş kerak, galvars, – deydi Anvar bilimdonlikka ötib. – Mol dangasa böladi, dumini qayirsang, joni oğrib, çiqişga özi harakat qiladi. Molni joni dumida.
– Undaymas, – deyman jahlim çiqib, – kerak bölsa, özingning molingni dumini qayir!
– E-e-e, – deydi Anvar, – baribir, san gapga tuşunmaysan…
Mollar qaytgunça barra ötlarga ham eʼtibor bermay, mörab-mörab qöyadi. Zovur yoqalab borayotgan poda ikkiga bölinadi. Yelini tarsillab turgan soğin sigirlar uyga yaqinlaşgaç, sabri çidamay, lökillab yuguradi, özini molxonaga uradi. Buzoqçalar oğzi köpirib, onasining yelinini siltab-siltab emadi.
Onam mollarni şoxbandidan boğlab oladi. Keyin buzoqning ipini qölimga berib, özi sut soğişga tutinadi. Onam alla aytganda ham, mol soğayotganda ham ğamgin bir qöşiq kuylayotgandek bölardi, tomoğiga yiği tiqilgandek tovuşi titrab-titrab çiqardi. Göyo sigir ham onamga qöşilib yiğlayotgandek közlaridan yoş oqib, jim turardi.
Men esa Anvarlarning uyi tomonga qarab-qarab qöyaman. Anvarga sigirlarni boğlaşda Amir yordamlaşardi. U qöliga bir qariç çöp olib, uzoqroqdan turib mollarni qaytarişga urinar, qaysarlik qilganini sökkança quvib yurardi:
– Çu, hah, mo-o-o…
Quyoş tik kötarilib, olamga yorqin nurlarini soçadi. Onam dasturxonga issiqqina şirçoy, piyolada qaymoq qöyadi. Şirçoydan içar-içmas kiyinib, sömkamni kötargança Anvarlarnikiga yuguraman. Maktabga şoşamiz. Amir yöl boşigaça Anvarning sömkasini kötarib boradi, söng şaqildoğini sudrab uyga qaytadi. Sinf jurnaliga Amirning ismi yozilgan bölardi. Muallim Anvarni doskaga çiqaradigan bölsa, “Amir Qulmurodip” deb murojaat qilardi.
– Amirni örniga boraman, – deydi Anvar nigohlari bilan yer çizib.
– San-çi, sani örningga kim maktabga çiqadi, – deyman ajablanib. – Sani ukang yöq-ku?!
– Bilmadim, – yelka qisadi u. – Otam biladi…
Maktabdan qaytgaç, men doim Anvarlarning uyiga çiqib, u bilan birga öynardim. Amir bizga şerik. U qişin-yozin ustiga jemper, keng yöl-yöl noka işton, kaliş kiyib yurardi. Uning yiğlaganini körmaganman. Anvar ursa ham, oğzini buriştirib yiğlagan bölardi-da, közidan bir tomçi yoş çiqmasdi. Öyinga qöşmasak, bizga yomon qarab, bir çetga borib olardi-da, tuproq öynardi. Çöplarni sindirib, boşiga ip boğlab çiqardi. Bu boğlovdagi sigirlar bölsa kerak. Gohida konserva qutilarini bir-biriga boğlab şaqildoq yasardi.
Uzoqqa çözilmagan köklam salqinidan söng kunlar qiziydi. Qoq tuş paytida esa qişloq odamlari uy derazalariga qalin mato tutib, qoronği qilib uxlaydi. Oftob uradi deb köçaga ham çiqişmaydi. Tuproqdan hil çiqadi. Bir kuni Anvarlarning hovlisiga sekin ötdim; jim-jit. It meni taniydi, indamaydi. Endi anorlarni uzib satilga solayotgandim, jöyak içida ötirgan Amirga közim tuşdi. U öqrayib qaradi. Qölida şaqildoği.
– Ikkita anor oldim, – dedim uni aldagan bölib. – Maylimi, heç kimga aytmaysanmi?
U örnidan turib qölimdan satilni oldi-da, simtöğaradan engaşib satilni bizning hovli tomonga ötkazib qöydi. Anvarlar bilan hovlimiz örtasida devor emas, simtöğara bölsa-da, Amir biror marta undan oşib ötganini körmaganman. Men çelakdagi anorlarni tökib, yana olmoqçi böldim. Amirni aldaşga urindim. U bu safar indamay ötirmadi:
– Moma, mom, a, ma… – Amir qöli bilan imo-işora qilgança uyga lapanglab yugurib ketdi.
Men özimiz tomonga sakrab ötdim-da, ikki çetiga rayhon ekilgan ariq içiga yotib oldim. Ammo Amir ham, boşqa odam ham uydan çiqmadi.
Bir kuni otam bilan Anvarning otasi gaplaşib turganini kördim:
– Maktablari bor, bersang bölardi, – dedi otam Amirga imo qilib.
– Suriştirdim, foydasi yöq emiş, – dedi Elmurod rais ğamgin tus olib.
– Şeroboddagi Avliyo otaga olib borsang-çi, zora, şifo topsa. Mulla-pulla deganday… – dedi otam qölidagi tok qayçi bilan vayişdagi tok novdalarini butarkan.
– …
Elmurod rais tirsagidan kesilgan öng qöltiğiga nosqovoğini qistirib, çap qöli bilan qopqoğini burab, unga bir otim nos taşlab çekdi. Uning qölini yoşligida varaqa* yulib ketganini eşitgan bölsam-da, men uçun u onadan şunday tuğilgandek edi. Balki Anvarning otasini esimni tanibmanki şu holda körib, boşqaça tasavvur qilolmaganim uçundir? Bolaligimizda birortamiz jim bölmay yiğlayversak, kesilgan qölining yengini şimarardi-da, buriştirib tikilgandan söng qolgan beöxşov çandiq izlarini körsatib qörqitgan bölardi. Buni körgan har qanday bola birdan jim bölardi-qolardi.
Bir kun Anvar bilan maktabdan qaytayotib, Amirning katta tuproq yölda qandaydir yoğoç qutiçani sudrab çopib yurganini kördim. Heç qança vaqt ötmay yölda Mehri xola paydo böldi-yu, Amirni döpposlay ketdi. Amir qöllari bilan yuzlarini tösgança: “Ma, ma, kötti..”  deb yiğlar, ammo odatdagiça közidan bir tomçi yoş çiqmasdi. Mehri xola xumoridan çiqqunça kaltaklagaç, bizni kördi-yu, töxtadi va Amirning qölidagi qutiçani bağriga bosganiça ortiga qaray-qaray lökillab uyga çopib ketdi. Şu payt kutilmaganda Anvar ham akasini kaltaklaşga tuşdi. Bu manzaradan karaxt bölib qoldim. Oxiri çidolmay, sumkamni yerga taşlab, Anvarning qöliga yopişdim.
– Nimaga urasan? – ajratgan böldim.
– Işing bölmasin! Baribir tuşunmaysan.
Şu-şu böldi-yu, bejirim işlangan qutiça xayolimni butunlay band etdi, göyo unda qandaydir tilsim yaşiringan. Uni bilişga şunçalik intiq edimki, hatto u tuşlarimga ham kirib çiqadigan böldi.
– Anvar, ke jöra, öşa qutiçani bir köraylik, – dedim bir kun sabrim çidamay.
– Yöq, bölmaydi, – dedi Anvar qatʼiy. – Onam yaşirib qöygan.
Bir kun Amir qölimga bir parça qoğoz tutqazdi; xat ekan. Qöşni qiz – Arab boboning qizi Feruzadan. Avvaliga hayiqdim, nega, özim ham bilmayman, söng sevinib ketdim. Yuragim ming bir bölaklarga bölinib, tomirlarim böylab yugurgandek böldi. Xatni qayta-qayta öqidim: “Sizni keçga darvoza yonida kutaman…”
Xatni qöltiqlab Anvarning oldiga borsam, u hovli çetidagi omborxona yonida simdan traktor yasab ötiribdi. Ikkalamiz omborxona eşigiga suyanib, sevgi maktubini muhokama qilişga tuşdik.
– Unça çiroylimas-ku, – deydi Anvar, – boşqasi quriganmi senga?!
– Işing bölmasin, – deyman jahlim çiqib. – Layliyam çiroyli bölmagan…
– Ö-ö, Majnun bölmoqçimisan, – deydi u ustimdan kulib.
Şu payt uydan Mehri xola çiqib qoldi. Bizni hujra yonida körib, közlari ola-kula bölib baqira ketdi:
– Nimangni yöqotgansan, hammang şu yerga kelasan?!
Mehri xola yerda yotgan Amirning şaqildoğini olib otdi. Ikkalamiz oyoğimizni qölimizga olib, ikki yoqqa gumdon böldik. U anorzorga, men köçaga qoçdim. Köp ötmasdan ikkimiz yana molxona tarafda paydo böldik.
 Kun botay deb qoldi. Devorga suyanib turgan quyoş sekingina uy ortiga ötib ketgandek. Oyoq-qöllarimni yuvib, dasturxon boşiga ötiraman. Otam çoy içib bölgaç, bir çetga yonboşlaydi-da, oyoğini menga uzatadi. Ukamga işora qilaman:
– Bugun san!
U labini burib, tumşuğini bir kötaradi-da, sekingina karavotdan tuşib közdan ğoyib böldi. Yana oyoq uqalaş özimga qoladi. Otam xurrak otadi. “Ana uxladi”, deyman, oyoğini tizzamdan pastga ehtiyotkorlik bilan qöymoqçi bölaman; xurrak töxtaydi-yu, otamning tahdidli ovozi eşitiladi: “Qayoqqa?” Muk tuşib otamning oyoqlarini endi ğijimlab-ğijimlab uqalay boşlayman. Otam oğriqdan böldi qil deydimi desam, qaytangga: “Ö-ö-ö, ana şunday, şunda-ay…” deb mamnun böladi. Men otamga qaray-qaray qaçon uxlarkan deb uqalaşda davom etaman. Ançadan söng otam rostakamiga uxlab qoladi…
Ammo bu paytda Feruza “vaʼdasiga vafo qilmagan” yigitdan arazlab allaqaçon uyiga kirib ketgan böladi. Men esa Feruzani maktab yoki köçada körsam, uyalib, uzoqroqdan ötib ketadigan böldim.
Maktab davri ham tugagaç, qadrdon qişloğim bilan xayrlaşib, şaharga öqişga ketdim. Ammo xayolimda şaqildoğini sudragan Amir, sirli qutiçayu möjazgina hujra, öğlining boşiga muştlab urayotgan qöşni xola… – bolaligim bilan boğliq mana şu xotiralar begonalar yaqin yölatilmaydigan sirli hujra içida edi göyo.

* * *
Anvar bilan tuşgaça gaplaşib ötirdik. Oxiri ketar çoğ çordoqdan tuşarkanman:
– Esingdami, onang anavi hujra yoniga heç kimni yölatmasdi, – dedim hujrani körsatib.
– Esimda! – dedi Anvar qandaydir horğin ovozda hujra tomonga qarab qöyarkan. Şu payt hujra siridan voqif bölişga judayam qiziqayotganimni bilganday yelkamga qoqib, meni öşa tomonga boşladi. – Qani, yur! Sanga bir narsa körsataman.
Uning gapidan qiziqişim yanada ortib, izidan ergaşdim.
Anvar katta qulfni şaraqlatib oçdi. Hujra oğir tebrandi. Içkariga qadam taşlaşimiz bilan uning burçagiga qöyilgan sim karavot ustida ötirgan devsifat qop-qora odam eşikdan otilib kirgan nurga doş berolmay bilagi bilan közlarini tösib oldi. Joyimda haykaldek qotdim. Közlari yirik va horğin, soçlari yelkasiga qönğiroq bölib tuşgan, soqollari ösgan haybatli odam menga qarab turardi. Ustida – tön, nokadan qilingan yöl-yöl işton, oyoğida – kaliş. U şunday qattiq tikildiki, qalqib ketgandek böldim, söng göyo meni ilgari ham qayerdadir körgandek jilmaydi. Örnidan turib, yana joyiga ötirdi. Anvar esa ombor törida nimalarnidir kovlaştirardi.
Biroz ötgaç, Anvar çang bosgan qutiçani kötarib keldi. Darrov tanidim – öşa qutiça. Ammo men ortimda ötirgan odamdan hadiksiraganimdan bu qutiçani nima uçun kötarib çiqqaniga ahamiyat bermadim: xayolimda göyo öşa odam hozir ortimdan kelib meni böğib oladigandek. Anvar nimalarnidir gapirardi-yu, biroq butun fikru xayolim ortimdagi odamda edi.
– Anvar, Anvar, – dedim ehtiyotkorona uning bilagiga sekin turtib va ortimga işora qilib söradim. – Kim bu?
– Tanimadingmi? – dedi Anvar.
“Yöq” degan maʼnoda boş irğaganimni körgaç, qörqqanimni sezdi, şekilli, kulib yubordi.
– Amir-ku. Akam, – dedi qöllarini yelkamga taşlab. U qöqqisdan qanday kulib yuborgan bölsa, yana şunday ğamgin tortdi. – Akamga şu yerdan joy qilib berganmiz.
Içimdan nimadir çirt uzilgandek böldi. Amir uyalgandek yerga qarab turardi. Anvar akasining karavotiga qutini qöyib, yerda soçilib yotgan narsalarni yiğiştirişga tuşdi. Qutini qölimga olib oçdim: bujmayib qolgan kiçkinagina qöl. Seskanganimdan oyoq-qöllarimgaça muzlab ketdi. Qutini bexos qölimdan tuşirib yuborganimni bilmay qoldim. Qopqoği oçilib, içidan qöl otilib çiqdi. Pöstak terisidek tirişib qolgan qöl va xiyol bukilgan barmoqlar… Köz oldimga bir qöli yöq Elmurod rais keldi. Anvar yalt etib menga qaradi. Men bu holatdan hijolat tortgança yerda yotgan qölga tikilib turardim. Şu payt Amir qutini önglab, qölni avval qanday holda turgan bölsa şunday joyladi. Ammo qöl bilan birga kapalakdek ohista yerga qöngan tumor şaklidagi qoğoz buklami Amirning eʼtiboridan çetda qoldi. Men öşa tumor şaklidagi qoğoz buklamini olib, beixtiyor içini oçdim. Siyoh ranglari biroz xira tortgan jumlalar közimga allaqanday taniş tuyulganidan sinçiklab qaradim: Feruzaning Anvarga yozganlari ekan.
Amir bir xatga, bir quti içidagi taraşaday qurib mittigina bölib qolgan qölga qarab turar, Anvar esa hamon narsalarni yiğiştiriş bilan ovora, ora-sira nimalarnidir gapirib, “Esingdami?”, “Töğrimi?” deb qöyardi. Men esa uning gaplarini anglabanglamay “Ha” deb qöya qolardim, ammo özim olis xotiralarga ğarq edim. Xatni Amirning qöliga tutqazdim-u, taşqari çiqdim. Ortga qaradim, göyo omborxona eşigidan bir qöl kökka sançilib turgandek, yillar ğuborini yaşirib kelgan hujra qartaygandek; Mehri momoning özi mana şu hujraga evrilgandek, u barça baxtsizliklarini şu hujrada asragan-u, oçsa, ular olamga tarqalib ketadigandek tuyuldi menga.

* * *
Yoz çillasi edi. Ertalab işga borganimdan telefon jiringladi. Göşakni kötardim. Taniş ovoz: sinfdoşim Ikrom ekan. Qisqa salomalikdan söng Elmurod raisning tong-saharda joni uzilganini, peşinda çiqarilişini xabar berdi. Göşakni qöydim-u, işdan javob olib, töğri qişloqqa jönadim.
Uyga yaqinlaşganimda azaga kelganlar marhumni olib ketayotganlari ustidan çiqdim. Taksidan tuşib, safga qöşildim. Haydovçi ham ortimdan ergaşdi.
Odamlar marhumni qabrga qöygaç, gör oğziga ğişt qalayotgan ediki, uzoqdan qutiça kötargança halloslab kelayotgan Amir körindi. Anvarni turtib, öşa tomonga işora qildim. Ikkimiz gap nimadaligini tuşundik. Anvar darhol mullaning oldiga borib, unga nimalardir dedi. Mulla qabr içida ğişt qalayotgan kişilarni töxtatdi.
Amir yetib kelgaç, Anvar uning qölidagi qutiçani oldi-da, ğişt qalayotgan kişilarga uzatdi. Keyin dafnga yiğilganlar siqimlab tuproq olib, duo öqib qabrga taşlay boşlaşdi. Nazarimda, odamlar Elmurod raisni emas, bir paytlar doktorlar dorilab qutiga joylab bergan qölni kömayotgandek edi. Şu payt ortimdan ğayrioddiy höngragan ovoz eşitildi…

Habib ABDUNAZAR

1968-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
 “Manzara”, “Anjir guli”, “Gullarini qömsagan oğoç” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan. “XX asr özbek şeʼriyati antologiyasi”, “XX asr özbek hikoyasi antologiyasi” kitoblarining tuzuvçilaridan biri.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…