(Hikoya)
Bolaligimda Nani Hombots sodir etgan qotillik haqida köp bor eşitganman. Uzundan uzoq qiş kunlarida kattalar qaltirab-titrab ana şu mudhiş voqeani hikoya qilişar, biz bolalar uxlayotgan kişi bölib, körpaga öralgança, yuragimiz muzlab ularning gapiga quloq solardik.
Bu birinçi Jahon uruşi paytida yuz bergan. Nanining eri uruşga ketgan, yoşgina juvonning bir parçagina tomorqasidagi işlariga qaraşiş uçun unga bir asirni biriktirib qöyişgan. Asir, kattalarning aytişiça, soçi, qoş-közlari qop-qora, qöşiq aytiş va soz çertişda tengi yöq italiyan yigit ekan. Uning uçun yaqindagina erini harbiy xizmatga jönatgan, hali töşak lazzatini unuta olmagan yoş juvonning boşini aylantirib oliş qiyin keçmagan. Qizçasi tuğilgan paytda eri uruşda bölgan.
Kutilmaganda eri Keçeveş uyga qaytadi. Öşa oqşom juvon va asir uni öldirişadi. Jasadni aravaga solişadi-da, ustini piçan bilan yopib, Rabu daryosiga eltib taşlaşadi. Kimdir uni körib qolgudek bölsa, tanib ololmasligi uçun kallasini kesib olişadi va yaqin oradagi göngtödaga kömib qöyişadi.
Keyin uruş tugadi, asirlar, şu jumladan italiyan yigit ham yurtiga qaytdi. Keçeveş uyiga qaytmagani uçun, xotini uning jangda qahramonlarça halok bölgani, hatto unga ançagina yordam puli jönatilgani haqida gap tarqatdi.
Nani Hombots asir ketganidan keyin dala işlariga qaraşiş uçun mardikor yolladi. Ulardan biri dalaga göng çiqarayotib, boş çanoğini topib oldi va polis idorasiga xabar qildi. Barça şubxa-gumonlar haqiqatga aylandi. Öşa kuniyoq ayolning qöliga kişan solib opketişdi, keyin uni umrbod ozodlikdan mahrum etişdi.
Nani Hombotsning beş yaşar qizi avval qaysidir qarindoşi qölida ösdi, u ölgaç beçora Annuş Keçeveş yakkayu yolğiz qolib ketdi. Annuşni men ham yaxşi tanirdim, u bizning köçamizda qişloqning eng çekkasida, tomi qamiş bilan yopilgan, yiqilay deb turgan kulbada yaşardi. Annuş haqida turli vahimali gaplar yurar, biz bolalar dalaga ovqat olib borayotganda, uning uyi yonidan ötişga hayiqardik. Albattaki, unga heç kim uylanmagan, şunday esa-da, kimlardandir ikkita bola orttirişga ulgurgandi. Axir Nani Hombotsning qiziga kim ham uylanardi?
Aniq eslayman, u juda işçan, mehnatkaş va soğlom ayol edi. U bilan birga bölgan erkaklarga oson bölmagandir? Kimdir unga uylanmoqçi bölganida, Annuşning xuddi onasiga öxşab, erining kallasini kesib olişi, keyin uni göngtödaga kömib qöyişi mumkinligini dahşat içida köz oldiga keltirgan bölsa kerak.
Bahorning iliq tongi edi. Ikkita bolakay hovlida öynab yurişardi. Petike beş, Marnike ikki yarim yoşga kadam qöygandi. Ular keçagi yomğirdan keyin namlangan yer uzra tunuka parçasi bilan turli şakllarni çizişardi.
Uy qulflab ketilgandi. Eşik oldida bir şoxi böronda sinib tuşgan, bir tarafga qiyşayib qolgan qari naşvati daraxti tagida allaqaçon öz umrini yaşab bölgan eski ustol va ğijirlab qolgan xarrak joylaşgandi. Ustolning ustida bolalarning kundalik yemagi – bir közaçada suv va usti katakli römolça bilan öralgan non turardi.
Hovlining yarmi köça bilan qöşilib ketgan, orqa tomoni esa tomorqa bilan tutaşgandi. Qaçonlardir hovli devor bilan öralgan bölsa-da, yoğin-soçin natijasida uning yarmi ivib ado bölgan, qolgan qismi ötin yöğida ötga qalangan, faqat darvozani tutib turişga möljallangan ikkita çirik ustun qolgandi, xolos.
Köçadan ötib borayotgan bir kampir hovli yonida töxtab, kiçkintoylarga diqqat bilan qarab qoldi.
Bolalar şu paytga qadar bunaqa ğalati kampirni körişmagandi. U qöşni Roza xolanikiga öxşab kiçkina römolça örab olmagan, uning qalin va oqargan soçlari yelkalariga tuşib turardi. U xuddi gadoylarga öxşab tayoq uçiga kiçkina bir tugunni ilib olgan, hali yirtilib ulgurmagan qora köylagi xuddi birovnikidek unga yaraşmay turardi.
Kampir biroz bukilib, hovliga tikilgança turib qoldi.
Petike xeç narsadan qörqmasdi. U erta bahordan kuzgaça uyda yolğiz qolişga könikkan, faqat Marike baʼzida bölar-bölmasga arillab, uning ğaşiga tegardi. Bola şu paytgaça onasidan biror marta qaroqçilar, qotillar, bolalarni öğirlab sotadigan tilançilar va ajinalar haqidagi qörqinçli ertaklarni eşitmagan edi. Petike hatto qoronğidan ham qörqmasdi. Hozir ham u qiziqsinib, notaniş kampirga yaqin bordi.
– Onam uyda yöq, – dedi jiddiy qaraş bilan.
– Kimning öğli bölasan? – söradi ayol. Uning ovozi Roza xola singari kampirlarning tovuşiga heçam öxşamasdi.
– Anna Keçeveş, – dedi bolakay va kampirning moviy közlaridan ajinlari böylab oqa boşlagan yoşlarni körib hayron böldi.
– Otangning ismi nima? – söradi kampir entikib.
– Mening otam yöq, – javob kaytardi bola quruqqina ohangda. – Kingiga öxşagan bolalarning otasi böladi. Onamning aytişiça, uning bizga keragi ham yöq.
– Bu sening singlingmi? – söradi akasidan ança uzoqda begona ayoldan yotsirab turgan qizçani körsatib va özi hovli va köça örtasidagi körinmas çegarani bosib içkari kirdi.
– Ha, – dedi bola, – Marike. U hali judayam kiçkina.
– Köryapman, – dedi ayol va hovlining içkari tarafida, qizçaning röparasida uyib qöyilgan şox-şabba ğaramiga suyanib qoldi. U unniqib ketgan daströmolçasi bilan közlarini artar, biroq közyoşlarning keti körinmas, çunki, u har gal xiralaşgan nigohlarini uyning ğaribgina tomiga, qiyşayib turgan naşvatiga, bolalarga, şip-şiydam hovliga qaratganida özini yiğidan töxtata olmasdi.
Bolalar unga qörquv aralaş karab turaşardi. Petike unga heç yeringiz oğrimayaptimi, Şuvegeş amaki har kanday kasalni tuzatadi, demoqçi bölib turganida kampirning özi tilga kirdi:
– Onang qayerda?
– Ular dalaga patinjon ekkani ketişdi.
Kampir birdaniga sergak tortdi:
– Kim bilan ketdi?
– Fabian amakim oyimga yordam beryapti.
– Tuşunarli… U… Fabian amaking ançadan beri sizlar bilan yaşaydimi?
– Yöq, mavlud bayramida yöq edi. Onam uni bozordan olib keldi.
Kampir bolalarga jimgina qarab qoldi. Beixtiyor yuzlariga tabassum yugurdi. Şuning barobarida yuzlaridagi ajinlar köpayib ketdi, lekin közlarida sevinç porladi. Unga javoban Petike ham jilmaydi, Marike esa, tortinçoqlik bilan yerga tikilib turardi.
– Buvingiz bölişini xohlarmidingiz? – söradi kampir öşa tabassum bilan.
– Bizning buvimiz yöq, – bidirladi Petike, – Kingining ikkita buvisi bor.
– Şuning uçun sörayapman, sening ham buving bölişini istaysanmi?
Petike öylanib qoldi.
– Kingining buvisi unga har doim olma beradi. Hatto qişda ham.
– Men buni bilmagan ekanman. – Ayol özini oqlaganday ğudranib, tizzalari ustida turgan tugunçasini oça boşladi. Bolalar qiziqib unga yaqinlaşişdi. Uning uvada tugunçasida qora çarm karmon, katta qizğiş salib, dumaloq taroq va közgu bor edi.
Kiçkina yaşil qoplamali kuzguning orqa tarafida uzun soçlarini tarayotgan yelkalari oçiq ayolning tasviri bor edi.
Oyna favqulodda yaraqlab turardi. Petika birovning narsasiga tegmaslikka örgangani uçun indamay qarab turaverdi. Uyda ham ana şunaqa oyna bor, faqat u bolalarning qöli yetmaydigan joyida ilib qöyilgan.
Petike kampir mehribonlik bilan uzatgan közguni jurʼatsizlik bilan qöliga oldi, unda öz aksini uzoq tomoşa qildi va Marikening oğzi yiğlaşga moyil tarzda qiyşaya boşlagaç, qölidagini unga körsatdi.
– Öğlim, isming nima?
– Petike.
– Şoşma Petike, – Kampir bolaning qölidan közguni oldi-da, uy tomonga yurdi. Şu çoqda uyning naşvati soyasi tuşib turgan devorida yugurib ketayotgan quyon tasviri paydo böldi. Bolakaylar devordagi ğalati tasvirni qiziqiş bilan kuzata boşlaşdi. Ayol közguni şunday uşlab turilsa, uning aksi soya tuşib turgan devorga aniq tuşişini tuşuntirib, uni Petikening qöliga tutqazdi.
Bolalar öyin bilan andarmon bölib qolişgaç, kampir uyib qöyilgan xazon atrofida yura boşladi. Bolalar bu ğalati öyinni öynab zerikişdi şekilli, yana özlarida qiziqiş uyğotgan kampirning yoniga yugurib kelişdi. Kampir ularga qarab mahzun jilmaydi:
– Buvingiz bölişini istarmidingiz? – deya avvalgi savolini qaytardi. Petike nima deb javob qaytarişni bilmasdi.
– U har doim siz bilan birga bölardi. Tuşlik tayyorlab berar, Qorqiz va yetti pakana, Böğirsoq, ikkita urişqoq eçki haqidagi ertaklarni aytib berardi.
– Zör-ku, – dedi har kuni keçga yaqin onasini soğinganidan xarxaşasini boşlaydigan singlisidan bezor bölgan Petike.
– Men sizning buvingiz bölaman, – dedi kampir nuroniy tabassum bilan.
Petike bunga jon-jon deb rozi bölsa-da, bir narsaga tuşuna olmasdi:
– Nimaga şu paytgaça bizning buvimiz bölmagansiz?
Ayol yolğondakam qovoq uydi:
– Men juda uzoqda edim, öğlim.
– Amriqoda edingizmi?
– Amriqoda edim. Hatto undan ham uzoqda edim, bolam…
Qöşni ayol Roza xola tuş mahali Anna Keveçeşning hovlisida xazonlar ustida ötirgan oqsoç ayolning öz yoşiga nomunosib tiniq va çiroyli ovozda bolalarga qöşiq örgatayotganini körib ajablandi.
Roza xola nima bölayotgani bilan qiziqsa-da, qöşni hovliga ötgisi kelmadi. Nani Hombotsning qizi kim ediki, uning uyiga kelgan notaniş mehmon kim bölardi? Roza xola hatto öz nevaralarini ham qöşni bolalar bilan öynagani qöymasdi. Kingi özboşimçalik bilan qöşni hovliga ötib qolsa, darrov uni çaqirib olar va yaxşilab taʼzirini berardi.
…Katta Oq Salib yonidagi Komlo vodiysi katta yöl yoqasiga tutaşib ketgan. Yölning bir tarafi qişloqqa, ikkinçi tomoni Annuş işlaydigan dalalarga ulangan. Keç tuşib, keksa naşvati soyasi hovli böylab çözilgan mahalda Fyuge erinçoqlik bilan kavş qaytarib yotar, Petikeni esa sigir ekinzorni behuda toptamasin uçun uni oğilga ertarok kiritiş taşvişi öylantirardi. Keyin esa, u singlisining qölidan tutgança, katta Oq Salib tagiga onasini kutib oliş uçun çiqadi.
Annuş Keçeveş bolalarini uzoqdan ilğay oladi. Öşa ondayoq uning vujudini yoqimli bir his çulğaydi. U dalada işlaşni, ayniqsa, bahorning ana şu pallasini, uning yelkani kuydiradigan quyoşini yoqtiradi, yangi ekilgan patinjon köçatlari baravj ösa boşlagani, qişda nasibalari möl-köl bölişini öylab köngli toğdek kötariladi. Biroq uyda yolğiz qolgan bolalarimga heç narsa bölmadimikin, degan tahlikali savol bu quvonçni bir zumda yuvib ketadi.
Daladan Katta Oq Salibgaça ön daqiqalik yöl. Yigirma beş yoşli, kuçli va soğlom ayol bu fursatni ikkiga bölib, dalada qolgan erkakka va uni kutib ötirgan bolalariga taqsimlagan.
Annuş vijdonan işlaşni sevar va buning uddasidan çiqa olardi. Biroq sakkiz tanob yerni bir özi eplay olmasdi. Buning uçun kamida ikkita odam kerak bölardi. Uning xizmatkor saqlaşga qurbi yetmasdi, çunki ikkita bolasi bilan qişdan arang jon saqlab çiqar, ortiqça nonxörni boqişning özi bölmasdi. Hatto savr oyiga borib ularning quruq jöxori nondan bölak yeguligi qolmasdi. Bu paytda jöxori sötasidan boşqa yemişi qolmagan Fyuge ham sutdan töxtardi.
Annuş yutoqib zoğora non kavşayotgan bolalarini körganida, keçqurun ularning sölğin badanini işqab çömiltirayotganida yuragi ezilib ketardi. Şunda u çöçqa sotib oliş uçun yiğib qöygan pulni olardi-da, göşt, yoğ va köproq şakar sotib oliş uçun dökonga yugurmoqçi bölar, biroq bu paytda dökon yopiq bölişini öylab, hafsalasi pir bölar, ertalab uyğonganida yanagi yil uçun bitta çöçqaça olib qöymasa bölmasligini anglab, pulga tekkisi kelmasdi.
U endi tirikçilik haqida unça qayğurmasa ham böladi. Yonida Fabian bor. U Annuş Keçeveş kimning qizi ekanini bilgan taqdirda ham uni taşlab ketmaydi.
U bir oy ilgari Fabianni mardikor bozoridan yollab kelgandi. U ozğin, öyçan çehrali, mulohazakor yigit edi. Uning xörlik va sitamlarga könikib ketgan nigohlarida işonçsizlik va çuqur qayğu aks etib turardi.
Annuş yigitning qismatida öziniki bilan öxşaşlik borligini payqadi. U yetimlik, yolğizlik nima ekanini yaxşi biladi. Ular ikki hafta davomida bir dalada mehnat qilişdi. Annuş birinçi kundanoq yigitning ota-onasini ham körmagani, oçköz va qöpol qişloqilar qölida yetimlikda ösgani, şu paytga qadar biror marta biror kişidan şirin gap eşitmaganini sörab bilib olgandi.
Bugun tuş payti ayol yana baxtning sarxuş etgulik titroğini butun vujudi bilan his etdi. Ular tol soyasi ostida birgalikda non va qarzga olingan çöçqayoğ yeyişdi, şunda Fabian aytdiki:
– Bekam, men quduqdan tozaroq suv opkelay.
Annuş öz-özini yengişga harakat qildi:
– Fabian, meni bekam demagin, Annuş deyaver.
Yigit unga tikildi, ammo, darrov boşini egib oldi, lablariga titroq yugurdi.
– Tilim bormaydi, – deya şivirladi u.
Ayol unga yaqinroq keldi va iyagidan kötarib öziga qaratdi:
– Annuş degin, – mayinlik bilan ötindi ayol.
Ular uzoq muddat bir-biriga tikilib qolişdi.
– Şu paytga qadar heç kim meni sevmagan edi, – dedi yigit va birdan uning nigohlari tundlaşdi.
– Men… Men seni sevaman, Fabian! Sen buni bilasan. Bilasan-ku, töğrimi?
– Men ham sizni sevaman, – dedi Fabian xörsinib. Uning sözlarini arang eşitiş mumkin edi.
– Sizni emas, seni degin!
Fabian Annuşning yuziga uzoq termuldi: uning dudoqlari atrofiga mayin tabassum yoyilgan, közlarida samimiylik aks etardi, yigit esa ançadan buyon içida töplanib qolgan yiği töfonini arang uşlab turardi.
– Seni, – dedi ohista entikib.
Ular qança vaqtgaça quçoqlaşib turişganini yolğiz Xudo biladi. Keyin Fabian qarşisida ilk bor betakror möjizani kurib turgandek yengil va hayratomuz jilmayganiça söradi:
– Qudukdan muzdek suv olib kelsam maylimi… Annuş?..
…Annuş çökkalab bolalarini bağriga bosdi, ularning yuz-közlaridan qayta-kayta öpdi. Uning lablari jigarbandlarining yuz terisi har kungidek emasligini darrov payqadi, ammo dastlab bunga eʼtibor bermadi. – E xudo, bu yetimçalar uçun kunning ötişi bunçalar qiyin bölmasa? Ötgan yozda Marika hali kökrakdan ajralmagan paytda keçqurun uni körişi bilan “onna, onna” deya qiyqira boşlardi. Ha, Annuş ularning “onnasi”. Ular onasisiz yaşay olmaydi, şuni his etişing qançalar katta baxt. Axir u farzandlarini aynan özi uçun dunyoga keltirmadimi?
U qizçani qöliga kötarib oldi, öğlining qölidan tutdi. Ular torgina söqmoqdan uyga qayta boşladilar. Petike odatdagidek şoşa-pişa kun böyi yuz bergan voqealarni “şarhlaşga” ötdi, onasi esa unga horğinlik bilan quloq tutardi: quşning ini… Marike yiğladi… Ular dökon-dökon öynaşdi… Birdan ayol sergaklandi:
– Nima deding, öğlim?
– Buvim keldilar, – dedi bola quvonçi içiga siğmay, şundagina onasi uning qölida turgan dumaloq közguçaga eʼtibor berdi, – qarang, buvim menga manavini berdilar.
– Qanaqa buvi, qayerdan keladi? – ajablandi Annuş.
– Amriqodan.
Nahotki bolalaridan birining otasi öz farzandini olib ketiş uçun onasini yuborgan bölsa?.. Yöq, bölişi mumkin emas. Axir böynimga osilib olmoqçi, deb öylamasin uçun u bironta yigitga undan homiladorligini aytmagandi-ku?
– Buvim bizga ertaklar aytib berdilar. Birga qöşiq aytdik, öynadik, – hikoyasini davom ettirdi Petike.
Annuş miyasida çarx urayotgan noxuş fikrlarni haydamoqçi bölar, biroq, undan qutula olmasdi. Şunda betoqatlik bilan öğliga qiçqirdi:
– Odamga öxşab bir boşdan gapir, qanaqa buvi, qaysi buvi?
Bola biroz şoşilib qoldi-yu beş yoşli bolaning imkoni darajasida bor gapni aytib berdi.
– Qayerda hozir öşa ayol? – söradi u sabrsizlik bilan.
– Uyda.
– Nima qilyapti?
Petike yiğlagudek böldi:
– Fyugeni soğib, keçlik tayyorlayaptilar.
– Sen unga kalit piçanxonaning tokçasida turişini aytdingmi? – öşqirdi onasi. Bola endi baralla yiğlab yubordi:
– Yö-öq, – dedi alam bilan xirillab, – özlari bilarkanlar. Har doim kalit mana şu yerda turardi, dedilar.
Annuş taxtadek qotib qoldi. Holsizlanib qizçani yerga qöydi. Yuragi örnidan qözğalib, böğziga qadalganday böldi, hozir böğilib ölaman, öyladi Annuş. Bolalar unga dahşat içida qarab turişardi. Ana şunda Annuş bolalarning oyoq-qöllari har kungidek kir-çir emas, top-toza yuvilganini kördi. Keçagina öğlining iştonçasidagi yirtiqni uyda ip yöqligi uçun yamay olmagandi, hozir esa, örniyam bilinmaydi. Petikening yenglari, qizçaning egnidagi çit köylak ham yuvilgan, hozirgi issiqda hamma narsa tez qurib qoladi.
U bolalarini sudragança uyga tomon oşiqdi. Tepaliklarning soyasi vodiy böylab yoyila boşlagan edi. Ayol oşxonasining eşigi tuynugidan şuʼla taralmayotganini uzoqdanoq payqadi. Içida xira umid yalliğlandi: ehtimol ketib qolgandir? Balki uning özi umuman bölmagandir. Petike u haqdagi gaplarni şunçaki alahsirab aytgan bölsa-çi?
Şu payt çöka boşlagan şom pardasi ortidan uning quloğiga mayin va sokin bir qöşiq eşitildi. Qöşiq ohangi yaqinlaşgan sari Annuşning vujudiga titroq kira boşladi. Bu ovoz, bu qöşiq unga taniş, lekin ular yillarning zalvorli qatida qolib ketgan, lekin xotirasining qaysidir puçmoğida zang bosib yotgandi. Hozirgina ayolning nazarida allanima zarb ila portladiyu bu olis xotiralar qayta jonlandi. Uning köz öngida zarrin soçli, közlari çaqnab turgan, navqiron va mehridaryo ayol siymosi paydo böldi…
Uning allaneçuk parda qoplagan nigohlari qiyşiq naşvati ostida turgan ayol gavdasini zörğa ilğay oldi. Jöxori sitib ötirgan ayol Annuşni körişi bilan ilkis qözğaldi-yu, sehrlangandek bir zum kotib qoldi, keyin uning past va ötinçli ovozi eşitildi:
– Jon qizim, meni haydama!
Annuş vujudidagi sönggi jurʼatni töplab:
– Qolavering, ona, – deya oldi xolos va uning öksik yiğisini heç kim eşitmasin uçun özini jon halpida uy içiga urdi.
«Qolavering… Qolavering!.. Yöq, uni ertagayoq jönatvoriş kerak. Har holda yarim keçasi quvib yuborsa bölmas».
Annuşning öt çaqnagan közlari qoronğilik bağrini yorib turardi. Onasi ham hozir uyğoq ekanini iç-içidan his qildi. Beçora kun böyi horib-çarçab ketgandir? Axir Annuşning hamma işlarini bajarib qöyibdi-ku? Buning ustiga yana yotiş oldidan bolalarni yuvintirib, joyiga yotqizdi, yana ertaklar aytib berdi. U qanday bölmasin, foydasi tegişi mumkinligini körsatmoqçi bölgan-da! Ana şuni öylab Annuşning közlari yoşga töldi.
Xonada nafas olişning iloji yöqdek edi, havo göyo toş-metinga aylangan, uni hatto bolta bilan ham maydalab bölmasdi.
– Nega bunaqa qildingiz, ona? – uning qöqqisdan yangragan xitobi yonginasida uxlab yotgan qizçasini ham qalqitib yubordi.
Qöşni töşakdan hadeganda javob eşitilavermadi:
– Qöy, qizim, ötgan işga salavot. Yaramni yangilab nima qilasan?
– Şunaqa deng, – dedi qizi zaharxanda bilan. – Demak, bu yara siz uçun eskiribdi-da? Bölişi mumkin, çunki siz qilmişingizga yaraşa jazo topdingiz. Men-çi, men kim uçun, nima uçun azob tortib yuribman? Mening hayotimni kördingizmi? Bunga kim aybdor?
Onasi javob bermadi. Qiz ham javobni kutmayotgan edi.
– Meni qişloqda kim deb çaqirişlarini bilasizmi? Nani Hombotsning qizi. Faqat şu xolos. Meni tuşuna olgan, mehnatim, halolligimni qadrlay olgan birorta inson topolganimda, uning xoki poyini közimga surtardim. Annuş böğziga kadalgan yiğini yutiş uçun oğir xörsindi. – Men odamlar nazdida yölini yöqotgan sayoq bir qizman! Axir qotil onaning farzandiga birov xayrixoh nazar bilan boqarmidi? Men… hatto mana şu bolalarni ham kimgadir mehr qöyiş uçun tuğdim…
Annuşning tovuşi yiğiga qöşilib xirillab koldi. Şunday bölsa-da, umrida ilk bor içidagi dardu alamini birovning oldida tökib solayotgandi.
Ançadan keyin oradagi jimlikni onaning mahzun ovozi buzdi:
– Bu işni men qilganim yöq, öşa italiyonning işi edi bu!
Annuş jim qoldi.
– Men bu haqda senga oğiz oçmoqçi emasdim. Hatto mahkamada ham mening gaplarimga heç kim işonmagandi, – deya gapida davom etdi kampir. – Hayotimda hamma narsadan aziz bölgan ikki norasidang haqqi qasam içaman, senga bor gapni aytyapman.
Annuş sekin ingrab qöydi:
– Gapiravering, quloğim sizda.
– Men sevib qolgandim. Öşa italiyonni deb es-huşimdan ayrilgan edim. Nima qilayotganimni basir aqlim ham idrok etolmasdi… Saratonning ilk oqşomi edi. Xuddi mana şu töşakda yotgandik, tuyqusdan derazani kimdir çertdi. Sapçib örnimdan turib ketdim: “Kim bu?”, “Bu men – Andriş”. Erim qaytib kelgandi. Qörquvdan özimni tamomila yöqotib qöydim. “Juzeppe, dedim italiyonga qarab, bekin, karavotning tagiga kirasanmi, şkafgami, eşikning orqasiga ötasanmi, yaşirin!” Juzeppe bamaylixotir örnidan turib, şalvarini kiydi: “Nega bekinarkanman, sen mening xotinimsan, öşa sötak senga endi qölini ham tekkiza olmaydi!” Men undan bekinişini sörab tiz çökdim, yalindim-yolvordim. Uning esa bir tuki qilt etmadi. Erim esa, bu paytda eşikni gursillatib tepa boşlagandi. Yo rabbiy, endi nima qilaman? Şu payt şovqin-surondan sen uyğonib ketding.
– Öşanda men neça yoşdaydim? – söradi qiz qaqragan lablarini yalab.
– Bir yarim yaşar… Seni kötarib oldim-da, eşikni oçdim. Erim hovliqa ketdi: “Voy, sen qanjiq, voy fohişa! Demak, hammasi rost ekan. Sen haqingdagi gap-sözlar hatto muhorabaga yetib borgan, manjalaqi!” U şunday men tarafga muşt otdi. Ammo uning zalvorli muştumi senga tegmasin uçun yelkalarim bilan seni tösib qoldim. Bir payt es-huşimni bir yerga töplaganimda ular mendan ança uzoqda yoqalaşib yotişardi. Ularning ikkisi ham yirtqiç kepatasiga kirgandi… Bir payt italiyon örnidan turib, horğin uh tortdi, otang yerda çalqançasiga harakatsiz yotar, uning böğzidan tinimsiz qon otilardi.
Kampir qiyinçilik bilan yutinib oldi.
– Men tamoman qotib qolgandim. Oyoq-qöllarimdan majol ketib, qimirlayolmay qolgandim. Italiyon meni eşik oldidan içkariga itarib kirgizdi va jasadni taşqariga sudrab çiqdi. Şu ketgani bilan tongga yaqin qaytib keldi. Men hamon eşik oğzida turar, seni qaçon joyingga yotqizganimni ham eslolmasdim. “Nima qip quyding, Juzeppe, nimalar qilding”, söradim qaqşab. U tahdid bilan öşqirdi: “Uningni öçir, marja, biz şunçaki jang maydonida töqnaşib qoldik, ikkimizdan birimiz ölişimiz aniq edi.” U agar bu haqda birovga gullaydigan bölsam, meni ham seni ham öldirişini aytib qörqitdi. “Agar öldirolmasam, – dedi u, – hamma işni sening körsatmang bilan qildim deyman”.
– Siz indamay yuraverdingiz…
– Uruş vaqti edi, bolam. Uruş odamlarni şafqatsiz qilib qöyadi, hatto ayollarni ham.
– Keyin nima böldi?
– Ikki haftadan keyin uyimizga ikkita mirşab kelib erimni söradi. Uning qayerda ekanini aytişimni talab qilişdi. Agar özlari topib olişsa, joyida otib taşlaşlarini aytişdi. U paytlarda qoçqin askarlarni söramay-netmay otib taşlaşardi. Juzeppe mirşablarning orqasidan menga tikka qarab turardi. Men erim uyga qaytmaganini, uni mutlaqo körmaganimni aytdim. Uruş tugab hamma asirlar, jumladan, Juzeppe ham Vataniga qaytdi.
– Siz… öşandan keyin ham.. u bilan yana…
– Unga qarşilik körsata olmasdim. Biroq unga nisbatan hislarim allaqaçon sönib bölgandi… undan qörqardim, xolos. U meni masxaralar, tahqirlardi. U muhorabada neçtasini miyasidan otgani, yana qançasining qornini yorib taşlagani haqida maroq bilan hikoya qilib berardi.
Annuş bu gaplardan muzlab ketdi: inson şu qadar vahşiylikka borişi mumkinmi? Kimningdir qornini yorib taşlaş Fabianning ham qölidan kelarmikin? Yoki kimdir Fabianning… Oh, yöq, yöq!!!
– Men biror marta ham italiyondan erimning… jasadini nima qilgani haqida söraganim yöq. Biroq ertami keçmi bu sir albatta oçilişini his etardim. Men keçayu kunduzni qörquv içida ötkazardim. Sir foş bölgaç… ança yengil tortgandek böldim.
– Mahkama payti hamma gapni aytib berganmisiz?
– Aytganman. Işonişmadi. Haqiqiy aybdor esa, bu yerda emasdi. Uni qidirib körişdi. Italiyaga ham maktub yöllaşdi, ammo bunday odam heç qayerda yöqligini maʼlum qilişibdi. Mening ustimdan hukm öqildi. Barçasiga çidadim. Men faqat özimni erimga xiyonat qilganim va qotillikdan voqif böla turib xabar bermaganim uçun aybdor sanardim, xolos. Boşqa heç qanday gunohim yöq edi… Menga işonasanmi?
Qizi oğir tin oldi:
– Işonaman, ona!
Kampirning köksidan ölik bir oh va allaqanday mavhum tovuş otilib çiqdi. Keyin birdan nafasi içiga tuşib ketdi. Endi uning tovuşi sokin va sönik tus oldi. Uning ovozi hamon yoşlik paytidagidek tiniq edi.
– Seni juda köp esga oldim. Yil sanadim. Mana, olti yil töldi. Yetti yil… Yo rab, qizim maktabga borayotgandir. Endi… ön beşga qadam qöydi. Ehtimol yigitlarning köz ostiga tuşib qolgandir? Oqşomgi bazmlarda uni raqsga taklif qila boşlagandir?
– Bazm… raqs… – deya yengil xörsindi Annuş.
– Öşa yili agar men özimni şu taxlit yaxşi tutib boraversam, yana ön yildan keyin meni ozodlikka çiqarişlarini aytişdi. Oh, bu ön yil! Şu paytgaça men heç narsadan umidvor emasdim va şunisi yaxşi ekan qaytaga. Men şu paytga kadar tirik murda edim, tanamga jon kirganday böldi. Men erk atalmiş bir kenglik borligini esladim yana. Oçiq osmon ostida qolgan qadrdon quduğimizni, bir tarafini yaşin urib ketgan naşvatimizni, har tong tepalik ortidan kötariladigan quyoşimizni, senga sut içiradigan sirli dölçani, hamma-hammasini soğingandim. Ularning bari meniki edi. Baʼzan öşa kunlarga yeta olmasam-çi, deb qörqardim. Dahşat! Sen bu paytda yoruğ olamda bölmasang-çi? Men borgunimça uyimiz yonib kultepaga aylangan bölsa-çi? Quduq qurib qolgan bölsa-çi? Ana şunday hadik va hayajon içida keçdi sönggi ön yil.
Annuş onasining gaplaridan keyin tanasi falajlanib borayotganini his qildi. Kampir hamon hikoyasini davom ettirardi:
– Katta Oq Salibdan uygaça bölgan yöl öşa azobli ön yildan ham uzoqroq davom etdi.
– Bas, – deya çinqirdi bundan ortiğini eşitişga yuragi doş berolmasligini sezgan qizi tişini-tişiga bosib. Xonaga ölik sukunat çökdi. Ançadan keyin Annuş sekin qimirladi:
– Ona, – ovoz berdi u şivirlab, – onajon, uxlayapsizmi?
Javob bölmadi. Annuş ohista ustidagi körpani çetga surdi-da, oyoq uçida yurib taşqariga çiqdi. Kampir uning ortidan mahzun qarab qoldi:
– Fabian, – piçirladi ayol. – Tur, ketişing kerak.
– Annuş, senmisan? – degan uyqusiragan tovuş eşitildi.
– Ha, menman, közingin oç, ketadigan vaqting böldi.
– Darrov-a, – biroz norozi ohangda ğöldiradi yigit. – Patinjon ekişga boramizmi?
– Yöq, sen endi mening uyimdan butunlay ketişing kerak, Fabian.
– Nimaga?.. axir…
– Sababini sörama, ketişing kerak!
– Nima, sen endi sevmaysanmi meni?
– Voy, Xudoyim!
Uzoq jimlikdan söng yigit ğamgin piçirladi:
– Özimam işonmagandim. Hammasi tuş ekan. Bir lahzalik tuş. Meni heç kim sevmagan ekan.
– Fabian, bu heçam tuş emasdi, men seni jonimdan ortiq köraman. Lekin… hoziroq ketişing kerak, tuşun meni!
– Heçqursa, sababini aytarsan?
– Hozirça men seni haydaşga qobilman. Keyinçalik… keyinçalik meni taşlab ketganingda men bunga çidayolmasligim mumkin.
– Seni nega taşlab ketarkanman? – hayajonda söradi yigit.
– Axir, sen meni bilmaysan, – oğir uh tortdi Annuş.
– Bilaman, seniyam bolalaringniyam yaxşi bilaman, sevaman hammangizni!
Ayol indamadi.
– Mayli, Annuş, ertalab ketganim bölsin.. Faqat, yiğlama…
– Fabian, jonim, seni sevaman!..
U piçanxonada, yigitning yonginasida uyqudan köz oçdi. Hammayoq yorişib ketgandi. U birdan özini yigitdan çetga tortdi. Çöçib uyğongan Fabian xuddi çökib ketadiganday ayolning yelkalaridan tutib qoldi. U yigitning qöllarini çetga surib uyga otildi. Onasi yotgan örin böş turardi. Uning köylaklari ham, hassasi ham, böxçasi ham körinmasdi. Annuş uyni, boğni, hovlini, hammayoqni aylanib çiqdi. Onasi yöq. Balki köçaga çiqqandir?
Roza xola bir quçoq xaşakni qöltiqlab, daladan qaytayotgan ekan.
– Roza xola, siz körmadingizmi?
– Nimani? – ajablandi Roza xola.
– Haligi… oqsoç bir ayolni körmadingizmi?
– Ha, anuv, keça bolalaring bilan qöşiq aytib yurgan kampirnimi? Katta Oq Salibning tagida uçratgandek böluvdim. U qişloqdan çiqib ketdi. Yöl-yölakay qandaydir qöşiqni kuylab ketdi. Uni nimaga sörayapsan, biron narsangni öğirlab ketdimi?
Erjebet HALHOTSI
(Mojoriston)
Rus tilidan Rustam JABBOROV
Tarjimasi
“Yoşlik” jurnali 2012-yil, 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


