10 daqiqada öqiladi

1 499 marta körilgan

Aʼzam Öktam: Bir yöl körinur…

(esse)

Aʼzamning özidan oldin şeʼrlari bilan tanişganman. 1984-yili “Yoşlik” jurnalida bir sahifa şeʼrlari va döppi kiyib tuşgan surati çop etilgandi. Öşa paytlarda u hali Aʼzam Öktam emas, oddiygina Aʼzam Xudoyberdiyev edi. Surat va şeʼrlaridan bölak uning qayerdanligi, qaçon tuğilgan-u, qayerda işlaşi haqida heç qanday maʼlumot berilmagan. Boşidagi marğilondöppidan uning vodiylik ekanligini biliş mumkin edi. Yoşi ham yigirma-öttizlar orasida. Şeʼrlari esa şu yoşdagilarga mos murosasiz, jangari. Şeʼr texnikasini yaxşi örgangan. Sözni öynatişga usta. Ança tajribali.

“Yoşlik” jurnali asosan yoş ijodkorlarning asarlarini çop etiş niyatida taşkil qilingan bölib, 1982-yilning yanvar oyidan boşlab har oyda muntazam çiqarilişi rejalaştirilgandi. Erkin Vohidov naşrning boş muharriri etib tayinlangan. Sulaymon Rahmon esa maʼsul kotib. Ular yangi jurnalga ilk mualliflarni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining yoşlar bilan işlaş bölimi maslahatçisi, şoir Mirpölat Mirzo tavsiya etgan ijodkorlar orasidan saralab olardi. Mening uşbu jurnalda şeʼrlarim eʼlon qilinişi ham xuddi şunday bölgan.

Harbiy xizmatdan taʼtilga kelib, yana xizmatga qaytayotgan edim. Samolyotning uçişi keçki payt bölgani uçun Yozuvçilar uyuşmasiga borib, yozuvçi va şoirlarni körib ketmoqçi böldim. Egnimdagi harbiy kiyim köpçilikning eʼtiborini tortar, “Kimning oldiga kelgansiz?”  deya söraşardi. Ulardan biri meni xonasiga taklif qildi va çoy quyib uzatarkan: “Men Mirpölat Mirzoman, özlari kim böladilar, ijod qilib turasizmi?” deb söradi. Şeʼrlar maşq qilib turişimni, markaziy naşrlarda sira iştirok etmaganimni aytib, harbiy xizmat paytida yozganlarimni uzatdim. Mirpölat aka öntaça şeʼrning yoniga belgi qöyib, oq qoğozga qölda  köçirib berişimni söradi. Şoir Sulaymon Rahmon menga suratga tuşib kelişimni tayinladi. Sulaymon akaga suratkaşning çiptasini keltirib berdim. Suratni uning özi borib olişini, şeʼrlarimni jurnalning ikkinçi soniga möljallaganini aytdi. Men esa şu keça harbiy xizmatga jönab ketdim. Oradan olti oylar ötib, harbiy xizmatdan qaytganimdan söng “Yoşlik” jurnalida bir sahifa şeʼrlarim çop etilganini kördim.

Bularni batafsil yozişimdan maqsad  hamma narsaning boşlanişi oson-u,  davom etişi qiyinroq keçişini taʼkidlaşdir. Hofiz Şeroziy: “Tuyuldi avval işq oson-u, söngra çiqdi muşkullar…”, deganidek. Şundan keyin to 1986-yilgaça, yaʼni uç yildan köproq muddat içida (şoir döstim Ravşan Fayz şeʼriyat bölimini boşqargunga qadar) “Yoşlik” jurnalida bir  sahifa tugul, bittayam şeʼrim eʼlon bölmadi. Yoşlik insonga bir marta berilganidek, “Yoşlik”da çiqiş imkoni ham yoş şoirga bir marta beriladiganga öxşardi. Jurnal  çop qilina boşlaşi bilan kattayu kiçik adabiyot muxlislari orasida şu qadar maşhur bölib ketdiki, unda öz  maşqlarini çiqariş uçun kelayotganlar va maktub jönatayotganlarning soni bor-u, sanoği yöq edi. Endi kamdan-kam yoş şoirning bir sahifalik şeʼrlari eʼlon qilinar, köpinça bir sahifaga tört-beşta qalamkaşning bittadan  şeʼri  joylaştirilardi.  Şunday tiqilinç-tiğizlik hukm surgan paytda Aʼzamning bir sahifa şeʼrlari çop etildi. Öşa yili yana bir anʼanaga asos solinib, jurnalda yil davomida  çiqqan asarlarga janrlar böyiça “Yil mukofoti” beriş eʼlon qilindi.

Adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozib turganim bois ustoz munaqqid, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining öşa paytdagi boş muharriri örinbosari Ibrohim Ğafurov “Yoşlik” jurnalining 1984-yilgi sonlarida eʼlon bölgan tengdoşlarimning maşqlari tahliliga doir maqola qoralaşni tavsiya etdi. Öşa maqolani yozayotib, jumladan,  Aʼzamning şeʼrlari xususida batafsil töxtaldim va şunday xulosa bilan yakunlagandim: “Aʼzam Xudoyberdiyevning şeʼrlaridan şeʼriyatimizga yangi bir zabardast şoir kirib kelayotganligini his qildim. Jurnaldagi  “Yil mukofoti”ga asosiy daʼvogarlardan bölsa-da, unga boşqa bir şoira munosib topildi. Heçqisi yöq, hali hammasi oldinda!”

              * * *

…Benihoyat uzundir umr,

Bittagina oq köylagim bor.

Uşbu satrlarni yozgan payti Aʼzam 24 yoşlardagi yigit edi.  Bu yoşda umr ğoyatda uzun, imkoniyatlar çeksizdek tuyuladi. Şu örinda Ozarboyjon şoirlaridan birining “Yigitlik va keksalik” degan törtligini eslamasdan ötolmayman.

Yigitlikda qöllar uzun, tillar qisqa,

Keksalikda tillar uzun, qöllar qisqa.

Yigitlikda yillar uzun, kunlar qisqa,

Keksalikda kunlar uzun, yillar qisqa…

Xullas, Aʼzamni öşa satri bilan taniydigan, eslaydigan bölişdi: “Anovi şoir bor-ku, bittagina oq köylagi bor…”  Garderobida beş-oltita oq köylagi borlar ham “bittagina oq köylagi bor” şoirga havas qiladigan bölişdi. Şoir nazarda tutayotgan “oq köylak” insoniylik şaʼnini anglatadi. Unga doğ tuşirmay yaşaşni maqsad qilganlar uçun umr yöli ğoyat maşaqqatli va uzoq.

Şoirlarning hammasi ham ayni yigirma-öttiz yoşlarida insonparvar, iymonparvar bölavermaydi. Bunday şoirlar yoşiga yaraşmagan tarzda öziga va özgalar oldiga zalvorli savollarni qöya biladilar. Mixail Lermontov navqironlik yillarida yozgan “Öylarim” şeʼridagi uşbu satrlar fikrimizni tasdiqlaydi:

Zamondoş naslimga qarayman ğamgin,

Uning kelajagi nursiz, şarafsiz…

Umrni nurlantiruvçi, unga maʼno va şaraf baxş etuvçi iymonga intiliş nafas olişdek hayotiy zaruratdir. Iymonga tanaffus eʼlon qilib bölmaydi. Iymonli inson uxlab yotganida ham iymonlidir. Iymonsizlik bilan hayot keçirib, qariganda iymonli bölib qoliş mumkin emas.

Insoniylik şaʼnini, Aʼzam aytmoqçi, “bittagina oq köylagi”ni qadrlamagan, “öpsa netar, yuvsa ketar” tarzida hayot keçirib, bunaqa “oq köylaklar”ning neçtasini bulğab ötadiganlar borib-borib maʼnan yalanğoçlaşib qoladi.

* * *

Aʼzamning talabalik yillarida Sergey Yeseninga bağişlangan körgazmali devoriy varaqa fonida tuşgan surati bor. Qölidagi kitob ham Yeseninning töplami bölsa kerak. “Şoirlar qişloqda tuğilib, Parijda öladilar” degan gap hamma yurtlar va zamonlarga birday taalluqli. Yesenin – şeʼriyatga oddiy qişloqi çolu kampirlar, omoçga  qöşiladigan otlar, kuçuklaridan ayrilgan köyi oyga qarab uligança, közlaridan yulduzdek yoş tökkan itlaru piçan uyumlari taratgan böylarni olib kirgan şoir. Aʼzamning şeʼrlarida ham kampirlar, çollar, “otasi qamalgan bolalar”, tumso yeru dalalar aks etgan. Uning “Yakşanba” şeʼri Yeseninning “Qarovsiz rus” şeʼriga hamohang. Rus şoiri bu şeʼrida bolşovoylar davlat töntarişini  amalga oşirganidan söng şaharlarda Oliver Tvist singari yetim va qarovsiz bolalar köpayib ketgani, ularning orasida qançadan-qança iqtidor sohiblari bölib, ularga mehr-muruvvat körsatiş mavjud hukumatning eng dolzarb vazifalaridan biriligi, ularning  kelajagi davlat va xalqning kelajagi ekanini taʼkidlaydi.

Aʼzamning “Yakşanba” şeʼri ham saksoninçi yillarning ikkinçi yarmida avj olgan  “Özbeklar işi” tufayli otasi qamalib ketgan bolalarga açiniş tuyğusi bilan yöğrilgan:

Qaraşga holim yöq közlariga tik,

Ular ham boşlarin quyi solarlar.

Közlarda ğazabmi, uyatmi, hadik,

Jim yurar otasi badnom bolalar…

* * *

Aʼzam bilan bir paytda şeʼriyatga kirib kelgan şoirlarning lirikasida hozirgidek “öldim-kuydim”lar deyarli uçramasdi.   Öntaça şeʼrdan bittasi sevgi haqida bölmasa, turgan-bitgani yurtsevarlik lirikasidan iborat, ijtimoiy mavzularda bölardi. “Avval – Vatan, keyin – jon!” deganlaridek, avval Vatan taşvişi,  sevgi esa keyinroq qabilida ijod qilinardi. Axir, taşqarida qandaydir özgarişlar, noroziliklar harakati borayotgandi. Şörolar saltanati iç-içdan tanazzulga yuz tutgan, iqtisodiy va siyosiy böhron mamlakat hayotini izdan çiqara boşlagandi. Qişloq  dökonlaridagi peştaxtalar xilma-xillikdan mosuvo, odamlar un, yoğ, sovun kabi oddiy mahsulotlar kelişini poylab, ulgurganlar ikki-uç qoplab olib, ulgurmaganlar quruq qola boşlagan payt edi.

Jon talvasasiga tuşgan Şörolar saltanati senzurasi erkinlik ovozini böğişga harakat qilsa-da, şoirlar yangi va kutilmagan taşbehlar, öxşatişlarni işlatgança ozodlikka çorlov ohanglarini şeʼrlariga jo qilib, matbuotda eʼlon qildirişning uddasidan çiqardilar. Kosa tagi nimkosa tarzida ijod qiliş avjiga mingandi.  “Özbeklar işi”, Orol muammosi, paxta defolyatsiyasi tufayli qişloqlarda, ayniqsa, bolalar orasida tarqalgan turli xastaliklar, öziga öt qöyayotgan ayollar, omborxonalarga aylantirilgan masjidu madrasalar, qatağon qurbonlarining nomini oqlaş, Temuriylar tarixi, Navröz bayrami va milliy qadriyatlarni tiklaş va hokazolar adabiyotning asosiy mavzusiga aylangandi. Bu Aʼzam Öktam şeʼriyatida ham yaqqol közga taşlanadi.

* * *

Inson umri savollardan iborat. Mevali daraxt bahorda qiyğos gulga kirganidek, inson ham umrning turli fasllarida savollardan iborat gullarga burkanadi. Bolalikdagi bu savollarning aksariyati boşqalarga berilsa, bora-bora faqat öziga atalgan savollarga javob izlaş tafakkur bandalarining maşğulotiga aylanib qoladi. Savolsiz odamlar esa mevasiz daraxtdek ötinlikka yaraydi, xolos…

Aʼzamning köplab şeʼrlari biror savolga  yoki savollar karvoniga asoslangan holda yoziladi yoki savol beriş bilan tugaydi:

…Özingni  kim deya bilding dunyoga?

…Qaysi yölga kiribman,

Qay sori ketdi pirim?

…Barin javobin söraganingda,

Yuzingga qandoq qarayman?

…“Bideh qon”  – “Qon ber”dan

Qolganmi dehqon?

…Bir kun kelsa (çindan-da kelar),

Qandoq javob beraman ul on:

Qalamlarga til bitsa agar,

Bitsa agar qoğozlarga jon?

…Girdobiga  tortar öjar savollar.

* * *

Aʼzam Öktamning şeʼrlaridan joy olgan köplab satrlar “qanotli söz”larga aylanib ketgan. Mana ulardan ayrimlari:

…Şoirmas – sözni ming köylarga solgan,

Şeʼrni deb ming köyga kirganlar şoir!

…Makkajöxorizor – bir maydon ayol:

Yörgaklangan bola quçoqlab

Şukr namoziga saflangan.

…U özini baland olmadi,

Sen özingni past tutding, xolos.

…Quloğimga yetdi yomon gap,

Teşib ötgaç onam köksini.

…Ertak aytsang öğlingga,

Uxlatmaslik uçun ayt.

…Muhabbatni  ermak deb öylar,

Muhabbatdan tuğilmaganlar.

* * *

Aʼzam bilan tez-tez askiya aytişib turardik. Bir kuni yangi taşkil etilgan “Özbekiston tabiati” gazetasida Aʼzamning turkum şeʼrlari bosilib çiqdi.  Şunga işora qilgança: “Özbekiston tabiati”ga şeʼrlaringiz bilan katta zarar yetkazibsiz, endi qayta tiklanişiga ança yillar kerak böladi!”  deb askiya qildim. Oradan köp ötmay, men ham şeʼrlarimni kötargança öşa tahririyatga taşlab keldim. Keyingi hafta şeʼrlarim gazeta yuzini kördi. Endi Aʼzam menga: “Özbekiston tabiati”ga siz yetkazgan zararning oldida meniki holva-yu, oğayni!  Endi u qayta tiklanmaydi! Ho-ho-ho-ov!”  deya askiya qilgandi.

Aʼzam bilan yana 1997-yil bir yilga yaqin "Dörmon" ijod uyida qöşni bölib yaşadim. Men öşanda “Özteleradiokompaniya”da muharrir edim. Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolariga beriladigan imtiyozdan foydalanib,  uç qavatli binoda yaşay boşladim. Aʼzam ham şu yerdagi xonalardan birida mendek vaqtinça yaşab turgan ekan. Uni körmaganimga tört-beş yillar bölib qolgandi. Yaqin orada ikkalamiz ham döstlarimizdan ajralgandik. Çori Avaz 1992-yilning kuzida, Ravşan Fayz esa 1995-yilning avgust oxirida vafot etgandi. Aʼzam juda vazminlaşgan, ilgarigidek yayrab kulmas, özim yöqlab bormasam xonasidan çiqmasdi. Bu orada Aʼzam andijonlik şoir Tölan Nizom ijaraga olgan ikki qavatli çorboğda yaşay boşladi. Muhammad Yusuf öz çorboğidan menga joy berdi. Keç tuşgan mahallari boğni aylanib keliş uçun köçaga çiqardim va Aʼzamning çorboğiga ovoz berib, uni köçaga çaqirib olardim. Ikkalamiz poyu piyoda sayr qilib, sal teparoqdagi Şavkat Rahmonning çorboğida yaşayotgan yozuvçi Nabijon Boqiyni çaqirardik. Keyin uçovlaşib asosiy bino hovlisiga borib, taşqarida biror taniş kişi ötirgan bölsa, yarim soatça suhbatlaşib ortga qaytardik. Matnazar Abdulhakim, Şukur Xolmirzayev uçrab qolardi. Şukur akaga yurişdan köra ötirib gaplaşiş maʼqul kelar va buni şunday izohlardi: “Bir uzoq umr körgan odam şunday degan ekan: “Ötirişga imkon borida tikka turmadim, yotişga imkon borida ötirmadim!..”            

Matnazar aka esa: “Yuringlar, sizlar bilan boğni aylanib qaytay!” derdi. Törtovlaşib uzum işkomlari ostidagi qoronği yölakda bir toğdan, bir boğdan gaplaşgança ketar ekanmiz, har keça yotişdan oldin boğ aylana yugurişu jismoniy maşqlar bilan şuğullanadigan yozuvçi Pirimqul Qodirov yonimizdan çopib ötib ketar, buni birov bilsa, birov payqamay  qolardi.                                           

Ana şunday tungi sayrlardan birida tepamizdagi osmonda yulduzlar oralab köz ilğamas tezlikda uçib ötayotgan dumli yulduz – kometa suhbatimiz mavzusi bölib qoldi. Matnazar aka dumli yulduzga taʼrif berib, u har öttiz beş yilda yarim-ikki oy mobaynida körinib, Yer sayyoramiz yonidan ötişini aytdi:  “Örtaça sakson yil yaşaydigan odam uni umrida ikki marotaba körişi mumkin. Men buni bolalik paytlarim körgandim. Mana, endi ikkinçi marotaba köryapman. Uçinçi marotaba köriş nasib qiladimi-yöqmi, xudo biladi…”

…Öşanda yangi – uçinçi mingyillik ostonasida turgandik. 2000-yil yangi orzular, niyatlar… va, şu bilan birga, qator yöqotişlar olib keldi. Avval Oxunjon, keyin Muhammad Yusuf, xonandalar Nuriddin, Muhriddin, şoirlar Sayyor aka,  Hamza Imonberdiyev, yozuvçi akamiz Hojiakbar Şayxov, Aʼzamjon… Qator-qator…

Bu dunyoda sendan yodgor

Öğling qolar, qizing qolar.

Toş-tuproqli köçalarda

Muhrlanib izing qolar.

Taskin şundaki, bu ötli yuraklardan öçmaydigan çiroq, yoniq iz qoldi….

Olloyor BEGALIYEV

1961-yili tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. “Sehrli uyqu”, “Yolğonga işongan daraxt”, “Rangin qorlar” adabiy ertaklar töplamlari, “Bir buloq bor”, “Jin çalgan juvon”, “Jönatilmagan maktub”, “Bekobodlik samuray” kabi şeʼriy va nasriy töplamlari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)