6 daqiqada öqiladi

191 marta körilgan

Anvar Suyunning “Oqtirnoq” hikoyasini öqib…

Bahodir KARIMOV,

filologiya fanlari doktori:

– Bu hikoya ayrim kimsalarning qalb illati va hayvonlarning insoniy tuyğulari töğrisida. Muallif bu gapni biror örinda oçiq yozmaydi, sir tutadi, yaşiradi. Öquvçini çalğitiş uçun köpkaridan, Oqtirnoqning panjasidagi qöşsirtlonidan, itlar jangidan,  Hosilotning holidan  gap oçadi…

Hikoya matnida odamlarning ismlari köp ekan. Biroq ular personaj emas, ular ismsiz, laqabi yo kasbi bilan atalganda ham heç narsa özgarmaydi. Ammo Oqtirnoq öz nomi, psixikasi va xarakateriga ega obraz.

Qiziq joyi şundaki, hikoya talqini uçun yana bir fikrni qöşiş mumkin: Olahökkining ayançli saodati – erkida, Oqtirnoqning fojeasi erksizligida. Mehmonlar Oqtirnoqning noçor holini körib, unga qiyosan Şukur hosilotning bolalarini eslaşadi. “Hayvondir, odamdir, nimaiki bölmasin, sal erkinlik kerak, köpga aralaşib turiş kerak”, deydi ulardan biri. “Oqtironoq”ni şu tezis asosida ham tahlil etiş mumkin.

Töğrisi, mening tasavvurimda hikoyadagi uşbu ikkinçi palladan köra uzun tafsilotlarga ega bölgan va syujetni kompozitsion jihatdan qoliplab turgan Olahökkining “insoniylik tuyğulari” pallasi bosim keldi. Bunday talqinning boşqa bir assotsiatsiyaviy sababi ham bor. Ilgariroq mohir tarjimon Mirzaali Akbarov tarjimasida olmon adibi Herman Hessening “Böri” hikoyasini öqigan edim. Qişloq odamlari keçqurun ozuqa ilinjida ovul oralagan bir oç börini qöllarida tayoqlari bilan quvib qolişadi. Olomon şovqin-suron bilan uning izidan ergaşib keng dalagaça borib, börini ölarman qilib urib taşlab ketadi. Şu holda yotgan börining közi osmondagi munazzah oyni köradi. Odamlar qalbi bunday nazohat va gözallikdan bebahra. Kim böri?!

Nazarimda, Anvar Suyunning yovuzlikka qarşi it obrazini, uning közi va könglini kontrast qöyişi öz ijobiy natijasini beribdi. “Abduzamon” yaxşi topilgan ism. Bu kimsa, garçand öqimişli bölsa ham, Yaratganning emas, zamona illatlarining qulidir. Zaman bilan it orasida hikoyaning umumpafosiga köra ziddiyat bor. Roviy bola ular örtasidagi muvozanatni saqlovçi jonli, ruhli bir vosita. Unda ilojsizlik kayfiyati ustun: Oqtirnoqni ayaydigan bölsa, mehmon aka xafa böladi. Mehmonning köngliga qaragani bois iti jarohatlanadi; qismat ekan – öladi.

Hikoyada it uruştiriş jarayoni ança batafsil, işonarli tasvirlangan. Roviy hodisani qoralamaydi, maqtamaydi ham. Tomoşabinlar undan zavqlanadi. Bola esa oğmaça kayfiyatda yuragini hovuçlab turadi. Bir qöyning pulini örtaga qöyib garov öynagan itboz Abduzamondan odam xafa böladi. Botaşga qöşilib Oqtirnoqqa açinadi. Olahökkining unsiz faryodini sezadi.

Roviy voqelikni juda tiğiz uslubda bayon etadi. Garçand biroz meʼyoridan oşgandek taassurot qoldirsa-da, özbek adabiy tilida köp ham qöllanilmagan yangi söz va iboralarni işlatadi. “Qöqim”, “qiyalama”, “çöntoq”, “tanatöş”, “ömrov”, “simburov” – adabiy tilimizning luğat xazinasidan örin olişga munosib bunday sözlar el orasida köp. Muallif “tirama”, “dustaman” kabi ayrim sözlarning adabiy tilda “tiyramoh”, “yuztuban” kabi muqobili borligini bilib yo bilmay qöllaydi. Bu “ayb”ni yozuvçiga emas, balki roviyning ustiga yuklab yuborilsa, ehtimol, özini oqlasa kerak. Çunki voqelikning “Iç-Erzählung”, yaʼni birinçi şaxs tilidan bayon etiş usuli poetik nutqdagi öşa holatlar uçun izn berişi mumkin. Aslida, har qanday adibning söz izlaşi, söz tanlaşi, ibora va söz yasaşi umuman adabiy til tabiatiga mos, köpçilikka tuşunarli bölişi, tilni boyitişga xizmat etişi qadrlanadi…

Xullas, bugungi adabiy hayotda urçigan oddiy “voqeanoma”lardan farq qiladigan uşbu hikoyani yozgan Anvar Suyun kelgusida özining nurli qalami bilan adabiyot muhiblarini suyuntirişiga umid qilamiz.

Normurod NORQOBILOV,

yozuvçi:

– Anvar Suyunning hikoyasi yaxşi boşlangan. Tili ham öziga xos. Dala-daşt va öz maylida uloqib yurgan daydi itning xatti-harakatlari yetuk yozuvçilarga xos qisqa va, eng muhimi, gözal yösinda ifoda etilgan. Biroq söng-söng bu “gözal”lik tafsiloti silqib çiqa boşlaydi va oqibat, jonivorning ölimi bilan yakun topadi. Xöş, itning fojeasi öquvçi qalbida qanday iz qoldirdi? Heç qanaqa. Tabiatan kuçli esa-da, noşudligi tufayli zavolga yuz tutgan bir jon, xolos. Maʼlumki, hayotda heç bir narsa, masalan, deylik, komillik yoxud uning aksi bölmiş tubanlik sababsiz yuzaga kelmaydi, har ikkisining ildizi ham biror-bir böşliqdan yoxud olis koinotdan emas, jamiyatidan, uning kamolati va jaholatidan oziqlanadi va böy körsatadi. Agar yozuvçi voqelikka uşbu nuqtayi nazardan yondaşganida edi, itning fojeasi maʼlum bir salmoq kasb etib, öquvçi qalbini çertib ötişi tayin edi. Töğri, “qopağon bölsin” deya jonivorning qoronği bölmada saqlanişi, zanjirband etilişi va söng garov evaziga özga bir itga qarşi qöyilişi orqali yozuvçi nimagadir işora qilgan. Şaxsan men öquvçi sifatida bu işorada yaralganidan beri tabiatga foydasidan köra ziyoni köproq tegib kelayotgan, nafs yölida heç balodan tap tortmaydigan va özini bunga haqliman deb bilgan va biladigan odam bolasining loqayd kirdikorlarini payqadim. Kim uçundir bu narsalar oddiy va odatiy hol bölib tuyulişi mumkin. Ammo ijodkor uçun emas. Ijodkor ahli har narsadan özgaça maʼno va mazmun qidirarkan, tabiiyki, buni öziga xos tarzda ifoda etişga intiladi. Biroq asarda bayonçilik va ortiqça tafsilotlarga urğu berilgani bois xiralik ortib, voqelik öquvçi şuuriga kutilgan darajada taʼsir etmaydi. Endi asar boşi va söngida tilga olingan yovvoyilaşgan ona it masalasiga kelsak – u Oqtirnoqqa boğliq voqealar qatiga lirik çekiniş sifatida ustalik bilan singdirib yuborilsa, yanada soz bölardi – uning asar boşida kelişi voqea rivojiga xizmat qilgan esa-da, ammo asar söngida kölankalanişi mantiqsizlikka sabab bölgan. Negaki, uzoq yillar örganişim va kuzatişlarimga köra, tabiati yovvoyilikka moyil bölgan jonivorlar öz zurriyodi taqdiriga köpda befarq bölmaydi, yovvoyi tabiat qonuniyatiga köra, bundan biror naf çiqsa-çiqmasa, odatda, ular bolasi bandi etilgan, yaʼni qönim topgan hududda öralaşib, bir-ikki qora bermasdan qolmaydi. Hikoyada bu kabi nozik holatlarning yöqligi esa asar söngida paydo böladigan kölankaga nisbatan işonçsizlik ruhini tuğdiradi. Xullas, Anvar Suyun itlar dunyosini yaxşi biladi, lekin asarda barça bilganlarini bayon etişi şart emas. Bayon etişga intiliş bayonçilikni yuzaga keltiradi, xolos.

Umuman olganda, yoş yozuvçining uşbu mavzuga qöl urgani, hikoya tili va muayyan tasviriy yutuqlari meni mamnun qildi.

Otabek SAFAROV,

tadqiqotçi:

– Jonliqlar haqidagi aksariyat bitiklarda asosiy eʼtibor ularning tabiatiga, feʼl-atvoriga qaratilar, mohiyatan itning insonga vafodorligi haqidagi qaraşlar tasdiqlanardi. “Oqtirnoq” hikoyasi muallifi esa örganib qolganimiz ana şu tasavvurdan özgaça yöl tutadi.

“Eşakday gavdasi, tuyaday kuçi”, raqibini “bir hamlada julunini qayirib, mayib qiladigan savlati bor” Oqtirnoq nega olişuvda ğolib bölolmadi? Çunki u olişuv sir-sinoatini bilmas edi. Çorvadorlar orasida afsonaga aylangan, börining bolasi bölgan it ham, agar hayot tegirmonida iylanib-pişmas ekan, mağlub bölişi muqarrardir. Hikoya qahramonlaridan biri aytganidek: “Hayvondir, odamdir, nimaiki bölmasin, sal erkinlik kerak, köpga aralaşib turiş kerak”. Şu maʼnoda “Oqtirnoq” laqabi faqatgina tus bildirmaydi, balki itning tarz-holatini anglatadi.

Hikoya zamiridan sizib çiquvçi bu mulohazalar odamzod turmuşidagi ayni holatga öxşaş manzaralarni köz oldimizga keltiradi. Çindan ham, qölini sovuq suvga urmagan, tilagi oğzidan çiqmasidan muhayyo qilingan bola ulğayganida oddiygina sinov qarşisida ham dovdirab qoladi. “Oqbilak-da”, deydi köpni körganlar bunday paytda.

Keyingi yillarda tilimizni sunʼiylaştirib, jozibasini yöqotişga “hissa” qöşayotgan ayrim radioboşlovçilar har ikki gapning birida qöllaydigan quruq jumla bor: “qöşiq jarang soçdi”. Sözlarni notöğri qöllaş haqidagi qator maqolalarda qayta-qayta aynan şu misol keltirilganiga qaramay, “jarang soçmoq” tildan-tilga ötib kelmoqda. Ongimizga mahkam örnaşib, quloğimiz örganib qolmoqda bu ğaliz iboraga. Uning “Oqtirnoq” hikoyasida ham uçragani, rosti, meni afsuslantirdi: “(Oqtirnoqning) Ovozi dörildoq – qandaydir vahimali jarang soçardi”.

Bundan taşqari, hikoyada “tiramaning açimtir issiği”, “çöponlarning işqibozçiligi zör edi”, “sançqi bilan ğaramdan piçan suğirayotuvdim”, “önga yaqin arloni it bir-biri bilan solişib yotgan edi”, “Oqtirnoq… meni sudrab çopqinlar”, singari tişga tegadigan, zöraki qöllanilgan yana bir qator sözlar borki, ular hikoyaning ravon öqilişiga xalaqit beradi, kitobxonning fikrini çalğitadi.

Yozuvçi Ahmad Aʼzam til haqidagi maqolalarida kuyunçaklik bilan “Til ötmişidan yuz buriş – özligidan yuz buriş, söz boyliklarini surrogat atamalarga almaştiriş bu  – tafakkurni surrogat qolipga solib, adabiy tilni muayyan tuşovga solib qöyişdir”, deb uqtirgan edi. Qalam ahli, ayniqsa, yoş ijodkorlar bu aççiq gaplarni unutmasligi kerak, deb öylayman.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)