14 daqiqada öqiladi

271 marta körilgan

Raketa

Rey Bredberi

(Hikoya)

1
Ançadan beri Fiorello Bodoni zim-ziyo samoga parvoz qilgan raketalar ovozidan keçalarini bedor ötkazadi. Şirin tuşlar oğuşida yotgan sevimli rafiqasini uyğotmay, sekin taşqariga çiqadi-yu bir neça soniyaga bölsa ham, daryo böyidagi kiçik uydan taralayotgan ovqat hididan ozod bölgisi keladi. Şu bir lahzalik sukutda u özini erkin qöyib, fazoga kötarilişni, raketalarga ergaşişni juda-juda xohlaydi.
Hozir ham bir muddat havodagi uçqunlarni tomoşa qilgança serrayib turib qoldi. Ana, raketalarning biri Marsga, biri Veneraga, yana biri esa Saturn tomonga qarab yöl olmoqda.
– Ha, Bodoni, nima gap?
Bu ovozdan uning xayollari bölindi. Sutdek oppoq keçada sokin daryo böyida bir çol ham raketalarni tomoşa qilib ötirardi.
– Bramante, sizmisiz?
– Har tunda taşqariga çiqasan-a, Bodoni, – çol boşini qimirlatib söradi.
– Ha, faqat toza havo uçun.
– Şunaqami? Men esa raketalarni özimdan ham ortiq köraman, – deya sözlay ketdi Bramante. – Bu iştiyoq bolaligimda boşlangan, sakson yil oldin. U paytda hali bir yoşga ham tölmagandim.
– Men baribir koinotga uçaman, – Bodoni xayolidagini dangal aytdi-qöydi.
– Yöq, – keskin inkor qildi çol. – Sen heç qaçon uçolmaysan. Bu – boylarning dunyosi. – U öyçan qiyofada davom etdi: – Bolaligimda olovli şiorlarni körganman: «Kelajak dunyosi! Fan, qulaylik va hammasi uçun yangi imkoniyatlar!» Ha, sakson yil-a! Kelajak esa endi boşlanyapti. Biz raketada uçamizmi? Yöq, biz ham ota-bobolarimizga öxşab, kulbalarda yaşab ötib ketamiz.
– Balki öğillarim uçar, – dedi Bodoni şaştidan tuşgisi kelmay.
– Buning ham iloji yöq! Bu faqat puldorlarning orzusi.
Bodoni öyga çömdi:
– Olti yil içida uçişga asqotar deb, 3000 dollar yiğib qöygandim. Bir oydan beri tinçim yöq. Bugun esa qarorim qatʼiy. Biz, albatta, Marsga uçamiz!
– Tentak! – kinoyali kuldi Bramante. – Kim uçadi? Senmi? Agar ketsang, xotining seni yomon körib qoladi. Oilangdan ajrab qolasan. Xotining bu yoqda iç-etini yeb ötişini xohlaysanmi?
– Yöq, yöq!
– Bolalaring-çi? Ularning xotirasida Marsga uçib ketgan ota muhrlanib qolmaydimi? Qanday bemaʼni orzu. Farzandlaring butun umr raketani öylab yurişadi, tunlari uxlaşolmaydi. Ularni ham özingga öxşab notinç qilmoqçimisan? Ogohlantirib qöyay, bu maqsadingdan qayt. Ularga kambağalligingni bildirib qöyma. Osmondagi yulduzlarga qarab orzu qilişdan köra, hayotga real boqişni örgan.
– Lekin…
– Faraz qil, örningga xotining uçdi. Özingni qanday his qilasan? Göyoki u hamma narsani kördiyu sen esa yöq. Bu senga yoqadimi? Yöq, Bodoni. Yaxşisi, özingga kerakli bölgan maşinani sotib ol va orzularingni kasbing bilan boğlab, tirikçiligingni qilaver.
Çol jimib qoldi. Çamasi, u raketani öylab, sokin daryoga orzulari bilan ğarq böldi.
– Xayrli tun, – jimlikni Bodonining ovozi buzdi.
– Yaxşi yotib tur, – dedi ikkinçi ovoz.
2
Kumuş rangli toster (non qotiradigan mexanizm)da çiyillayotgan ikki bölak non Bodonini uxlaşga qöymasdi. Özi şundoğam keçasi bilan mijja qoqqani yöq. Bu ham yetmagandek, bolalari uyni boşiga kötarayozdi. Hammayoq qiy-çuv. Ota nigohini bir nuqtaga qadagança çolning gaplarini esladi. U töğri aytgandi: samoga uçib nima ham qilardi? Unda ter tökib, şunça pulni nima uçun yiğdi?
– Fiorello, nonuşta tayyor, – rafiqasi Mariya uning xayolini böldi.
– Iştaham yöq, – dedi Bodoni.
Bolalar yana şovqin kötarişdi. Uç öğil öyinçoq raketani talaşişyapti. Ikki qiz zsa Mars, Venera va Neptunda yaşovçi özga sayyoraliklar – 12 barmoqli hamda uç közli sariq manekenlarni taşiş bilan ovora.
– Venera raketasini kördim, – deya hayqirdi Paolo.
– U uçib ketdi, vu-u-uşş! – vişilladi Antonello.
– Bolalar! – qiçqirdi Bodoni quloqlarini qöllari bilan berkitib. Hamma jim bölib qoldi. Çunki ularga otasi kamdan-kam baqirardi. – Hamma eşitsin! – dedi u diqqatini jamlab. – Menda Marsga uçiş uçun faqat bir kişiga yetadigan pul bor.
Hamma qiyqirib yubordi.
– Eşitdinglarmi? Faqat bir kişi uçun. Lekin kim?
– Men, men, men! – şovqin solişdi bolalar.
– Sen, – dedi Mariya eriga qarab.
– Yöq, sen, – javob qaytardi Bodoni.
Oraga sukunat çökdi. Bolalar ham jimib qolişdi.
– Lorenzo borsin, u tönğiçimiz.
– Balki Miriamna uçar, çunki qiz bola.
– Nimalar körişingni tasavvur qilyapsanmi? – Mariyaning eriga qadalgan közlari qandaydir begonadek tuyuldi va ovozi ham titrab çiqdi: – Baliqsimon meteoritlar, koinot, oy. U tomonga qaytib kela oladigan odamgina borişi kerak. Şuning uçun sen bor.
– Bemaʼnilik! Sen ham uçişing mumkin, – Bodonining ovozi keskin eşitildi. Yana öşa jimjitlik. – Topdim! – deya baqirib yubordi u va supurgini olib, har xil ölçamda çöplar sindirdi.
– Eng kiçkina çöp kimniki bölsa, öşa boradi, – u muşti orasiga çöplarni qöydi: – Tanlanglar!
Galma-galdan hamma çöp torta boşladi:
– Uzun çöp!
– Uzun…
– Mengayam uzun.
Bolalarning navbati tugadi. Ikkita çöp qoldi. Bodoni yuragida yana oğriq sezdi.
– Endi Mariyaning navbati.
Mariya ham tortdi – kiçkina çöp.
– Eh! – xörsindi Lorenzo. – Oyim Marsga boradi.
Bodoni kulişga harakat qildi:
– Tabriklaymiz! Bugun senga çipta sotib olaman.
– Şoşma, Fiorello…
– Keyingi hafta parvoz qilasan.
Mariya zörma-zöraki kulayotgan, ammo juda ham ğamgin qora közlarga açinib ketdi. Çöpni eriga qaytarib berdi:
– Men Marsga borolmayman.
– Nimaga?
– Farzand kutyapman.
– Nima?!
Xotini nigohini çetga oldi:
– Şu holimda sayohatga borolmayman.
Bodoni hayron qoldi:
– Rostdanmi?!
– Qurʼani qaytadan taşla.
– Nega oldinroq aytmading?
– Yodimdan kötarilibdi.
– Mariya, Mariya, – deya piçirladi u suyuklisining yuzini silab. Keyin bolalarga qaradi: – Qani, boşidan boşlaymiz.
Paolo darrov kiçkina çöpni tortib oldi:
– Men Marsga boraman! – xursandligidan gir aylandi. – Rahmat, dada!
Boşqalarning unga hasadi keldi:
– U yer sassiq böladi, Paolo.
Paolo raqsdan töxtab, hammaga bir-bir qarab çiqdi:
– Endi borsam böladimi?
– Ha.
– Qaytib kelganimda ham meni yaxşi körasizlarmi?
– Albatta.
Paolo qölidagi çöpga açiniş bilan tikildi. Keyin boşini sarak-sarak qilib, çöpni uloqtirdi:
– Yöq, borolmayman. Maktab boşlanyapti. Qayta tortinglar.
Biroq heç kim tortmadi. Yana sukunat öz hukmini ötkaza boşladi.
– Demak, heç kim bormaydi, – dedi Lorenzo.
– Qanday yaxşi! – jilmaydi Mariya.
Bodoni esa öyga toldi:
– Bramante töğri aytibdi.

3
Nonuşta sovib qolibdi. Fiorello Bodoni öz ustaxonasida iş bilan maşğul: metalni kesib, eritar va maxsus idişlarga quyardi. Asbobu uskunalar ançadan beri işlatilmagani uçun eskirgan. Ustaga yangilari darkor edi.
Tuşga yaqin bir kişi ustaxonaga kirib keldi:
– Hoy, Bodoni! Senga bir metall obkeldim.
– Nima ekan, janob Metyus?
– Raketa kemasi. Nima, senga kerakmasmidi?
– Yöq, kerak. – Bodoni u bilan qöl berib söraşdi.
– Albatta, bu bir köçirma xolos, – dedi Metyus. – Raketa rejasi tuzilayotganda uni oldin alyuminiydan yasab olişadi-ku. Uni eritsang, ança-munça foyda qilişing mumkin. Narxiga 2000 dollar bersang böladi.
Bodoni qöl siltadi:
– Menda pul yöq.
– Keçirasan, puling bor deb öylagandim. Adaşmasam, bu haqda sen bilan gaplaşgandik.
– Menga yangi jihoz kerak. Şuning uçun pul yiğib qöyganman.
– Xöş, xöş…
– Agar raketangizni sotib olsam, uni eritiş uçun pul yetmay qoladi. Çunki alyuminiy erituvçi dastgohim ötgan hafta buzilib qoldi.
– Rostdanmi?..
– Şunday ekan, uni sotib olişdan ham foyda yöq.
– Tuşunarli.
Bodoni közlarini yumdi-yu, yana öşa orzulariga röbarö keldi. Közini oçib, janob Metyusga muğombirona qaradi:
– Hazillaşdim. Bankdan pulimni olib, sizga beraman.
– Lekin raketani eritolmasang…
– Olib keling, – gapni qisqa qildi Bodoni.
– Mayli. Sen nima desang, şu. Bugun keçqurun böladimi?
– Bugunmi? Ha, mayli. Raketali bölişni juda-juda xohlayman.

4
Oymoma yoruğida kumuş rangli raketa viqor bilan tik turibdi. Bodoni ança vaqtgaça undan közini uzmadi. Termulgani sari şu matohga mehri ortaverdi. Nihoyat, uni erkalamoqçi bölib, mahkam quçib oldi. Içidagi bor dardini aytmoqçidek mungli nigoh taşladi.
– Sen endi menikisan, – dedi ğamgin ohangda. – Garçi öt olib, uçolmasang-da, 50 yil ötib, zanglab ketsang ham, sen menikisan.
U jonsiz raketadan sado çiqmasa-da, eşikni oçib, içkariga kirarkan, yuziga nim tabassum yugurdi:
– Bugun sen bilan tunayman.
Şunday deb, uçuvçilar örindiğiga ötirdi. Tutqiçni uşlab, közlarini yumdiyu oğzini oçmay ğönğillay boşladi. Ğönğillaş kuçayib borgani sari barça alamlari içidan çiqib ketayotganday böldi. Oxiri titrab ketdi. Kema bir silkindi. Bodoni oldinga otilib tuşdi. Hamma yoq jim-jitmidi yo quloqlari eşitmay qoldimi, buni özi ham anglolmadi. Közlari çaqnab, nafas olişi qiyinlaşdi. U yana ğönğillaşda davom etdi. Bu safar tovuşi juda asabiy eşitildi.
– Qani, uç! – nihoyat u çinqirib yubordi.
Qayerdadir çaqmoq çaqqanday böldi, yermi yoki kemami, qattiq silkindi.
– Ana, Oy! Meteorit! – uning köz oldi qoronğilaşdi. Yana sukunat, tağin öşa alamli hayqiriq keldi: – Mars! Ha, bu Mars!..
U ölardek çarçadi, kallasi oğirlaşdi. Bemajolgina örindiqqa ötirdi. Qimirlaşga holi yöq. Şu taxlitda piça ötirgaç, asta közini oçdi. Ne köz bilan körsinki, özi hali ham raketa qarşisida qoqqan qoziqdek tik turibdi. Yonidagi mayda metallarga bir qur razm soldi. Şu payt özini özi yomon körib ketdi. Qoni qaynab, duç kelgan narsani tepa boşladi:
– Uç dedim, haromi!
Kema esa jim.
– Senga körsatib qöyaman hali, – baqirib yubordi Bodoni…
Osmonda yulduzlar miltirardi, atrof sokin. Oymoma tarqatayotgan şuʼla esa butun zaminni oydinlikka burkayotgandek edi göyo.
Holsizlangan Bodoni ustaxonasidagi maşina motorining çiyildoq tovuşidan öziga keldi. Hovli ham kunduzgiday yop-yoruğ, raketa kumuş rangda tovlanardi. Uyidan taralib turgan çiroq nuri Bodoniniig jiğiga tegdi. Yana alamidan baqirdi:
– Uçişni örgataman senga!
U nur tuşib turgan uyi tomon asabiylaşib qadam taşladi. Yurgani sari negadir kulgisi qistardi. Uyning orqa eşigi oldiga yetganda özini bosib, çuqur xörsindi va xotinini çaqirdi:
– Mariya, narsalaringni yiğiştir, Marsga ketamiz!
Içkaridan hayrat töla ovozlar kela boşladi:
– Nima?!
– Yöğ-e?!
– Rostdanmi?!
Hamma uzun-qisqa bölib, hovliga yiğildi. Ular qarşisida turgan raketaga mahliyo bölib qolişgandi. Sekin-asta raketaning maketligi ayon böldi. Mariya Bodoniga yuzlandi:
– Nima qilib qöyding? Pullarimizni şunga sovurdingmi? U axir uçmaydi-ku!
– Uçadi, – dedi Bodoni qatʼiy turib.
– Kema falon pul turadi. Senda şunça pul bormi?
– Biz mana şu raketada uçamiz. Endi hamma uyga. Bir-ikki joyga qönğiroq qilişim kerak. Ertaga jönaymiz. Faqat heç kimga aytmanglar, bu sir. Tuşunarlimi?
Bolalar raketadan uzoqlaşişni istamagandek uyga kirib ketişdi. Otasi derazadan möralab turgan umidvor çehralarni körib, köngli böşab ketdi. Mariya esa joyidan qimirlamay:
– Sen oilamizni barbod qilmoqçisan, – dedi. – Pullarimiz şu arzimagan temir-tersak uçun yiğilganmidi?!
– Menga işon.
Mariya indamay ters burilib ketdi.
– Ey Xudo, özing qölla! – Bodoni şunday deb işga kirişdi.

5
Yarim tun deganda yuk maşinalari yetib keldi, yuklar tuşirildi. Hisob-kitoblardan çarçagan Bodoni bir jilmayib, yana işga bel boğladi. Nimalarnidir qirqdi, yopiştirdi, iloji boriça şovqin kötarmaslikka urindi. Nihoyat raketaga töqqizta eski avtomobil motorini qöydi va yaşirin mehnati bilinib qolmasligi uçun u yerni yopib taşladi.
Tongga yaqin oşxonaga xursand kayfiyatda kirib keldi:
– Mariya, nonuşta tayyormi?
Xotini indamadi…
Keç kirgaç, endigina uyqudan turgan Bodoni bolalarini çaqirdi:
– Bolalar, vaqt böldi, ketamiz!
Heç qanday sado çiqmadi.
– Ularni şkafga qamab qöydim, – dedi Mariya.
– Nimalar deyapsan?!
– Sen bu raketangda ularni öldirmoqçisan. Arzimagan 2000 dollar uçun qanday raketa sotib oliş mumkin?! Faqat eng yomonini.
– Menga qara, Mariya, – Bodoni vaziyatni tuşuntirmoqçi böldi.
– Buning portlab ketadi! Qolaversa, sen uçuvçi ham emassan.
– Buning ahamiyati yöq, – erning jahli çiqdi. – Men bu kemada uça olaman. Çunki uni tuzatdim.
– Aqldan ozibsan, – Mariya boşqa qarşilik qilolmadi.
– Şkafning kaliti qayerda?
– Mana, – deya xotini qölidagi kalitni körsatdi.
Bodoni kalitni oldi.
– Ularni öldirasan! – ojiz ovoz keldi uning ortidan.
– Yöq!
– Ha, buni sezib turibman!
Bodoni rafiqasining qarşisiga keldi:
– Sen ham biz bilan ketasan.
– Yöq, men şu yerda qolaman.
– Mayli, keyin hammasini tuşunib olasan.
U sevgilisiga qarab, bir jilmaydi-da, borib şkafni oçdi.
– Qani, bolalar! Dadangiz bilan boringlar!
– Xayr, oyi. Körişgunça! – deya javob qaytarişdi bolalar.
Mariya esa ularni oşxona derazasidan turib, kuzatib qoldi.
Raketa eşigi oldiga yetişgaç, ota farzandlariga yuzlandi:
– Bolalarim, bu tezkor raketa, faqat qisqa vaqtgagina uça oladi. U yoqdan qaytgaç, sizlar maktabga, men esa öz işimga ketaman, – asta eşikni oçdiyu bir nima esdan çiqqanday  yana möltiragan közlarga qaradi: – Yana bir martalik safarga yaraydi, xolos. Boşqa uçolmaydi. Bu hayotingizdagi birinçi va sönggi sayohat böladi. Şuning uçun közlaringizni kattaroq oçinglar.
– Xöp, dada!
– Vujudingiz quloqqa aylansin. Raketa isini hidlanglar. His qiling va eslab qoling. Keyin nimalar bölganini aytib berasizlar.
– Xöp böladi! – hamma birvarakayiga javob berdi.
Kema içi töxtab qolgan soatdek jim-jit edi. “Jajji uçuvçilar” xavfsizlik kamarlarini taqişgaç, havo probkasining pişillagan ovozi eşitildi.
– Hamma tayyormi?
– Tayyor!!!
– Unda ketdik!
Bodoni barça tugmalarni harakatga keltirdi. Raketa öt olib, qattiq silkindi. Bolalar özlarida yöq xursand. Belidan çarm xaltaga solingan kiçkina “uçuvçilar” ötirgan joyida raqsga tuşa ketişdi. Birozdan söng esa qiy-çuv qilişga tuşişdi:
– Biz uçyapmiz! Qara, uçyapmiz!
– Ana, oymoma körindi! Haqiqatan, oy körindi, uçib yurgan meteoritlar paydo böldi.    
Bolalar toqat qilolmay, raketa darçasidan fazoga boqişdi:
– Ana, Yer! Ana, Mars!
Bodoni siferblat yordamida taşqarida olov hosil qildi. Şu payt «mitti fazogirlar» xuddi pilla içidagi kapalakka öxşab, havoda muallaq qolişdi.
– Yaxşi, – piçirladi Bodoni.
U kuzatuv xonasida turib, uzoq vaqt bolakaylarni tomoşa qildi. Keyin havo probkasining eşigi yoniga keldi. Eşikni oçib, hovliga çiqib ketmoqçi böldi. Lekin öylab qoldi: şirin orzularini yöqqa çiqarsinmi? Xursandçilikning beliga tepsinmi? Yöq. Bodonining yuziga tabassum yugurdi. Bularning bari ustaxona örtasidagi uydirma-ku! Heç narsasi özgarmagan – öşa ustaxona, öşa darvoza, daryo böyidagi öşa kiçkina uy, çiroği yoniq oşxona. Daryo ham odatdagi dengiziga quyilib turibdi. Hammasi öşa-öşa.
Birdan uning közi Mariyaga tuşdi. Oşxona derazasidan ularni kuzatib turardi. U suyukli rafiqasiga qarab, qöl silkidi. Mariya buni yo kördi, yo körmadi. Balki u ham qölini kötargandir, jilmayib ham qöygandir.
Quyoş jilmayib çiqqan paytda Bodoni kema markaziga qaytdi. Jimjitlik – hamma uxlab qolibdi. U oğir tin oldi. Örindiqqa ötirib, belidan kamar ötkazdi va sekin közlarini yumdi. Içida çin dildan duo qildi: «Iloyim, şu olti kun içida kaşfiyotimga putur yetmasin. Fazo harakatda bölsin, Mars va uning yöldoşlari ham aylanaversin. Bu rangin dunyoning aybi oçilib qolmasin. Uçala tomon ham omon bölsin. Yaşirin közgu va ekranlar siri foş bölmasin. Fazo vaqti bilan şu olti kun tezroq ötsin»…
U közini oçdi. Qizil Mars kemaga yaqinlaşib qolibdi. Bolalar şovqin kötarişdi. Ota Marsga yaqinroqdan nazar soldi. Heç qanday nuqson sezmagaç, köngli taskin topdi.
“Yettinçi kuni” keçga yaqin raketa silkinişdan töxtadi.
– Uyga keldik! – dedi Bodoni.
Bolalar eşikdan otilib çiqib, oşxona tomon yugurib ketişdi. Dunyoda ulardan baxtli inson yöq edi. Balki ular haqiqatni bilişgandir. Ehtimol dadasining «sehrli sayohat»ini payqaşgandir. Agar şunday bölsa ham, endi heç narsa deyişmaydi. Ularning boşi osmonda.
– Sizlarga ovqat tayyorlab turibman, – deya Mariya ularga peşvoz çiqdi.
– Oyi, oyi, siz ham borişingiz kerak! Marsni, meteoritni, hamma narsani körardingiz.
– Xöp, xöp.
Yotar paytda uç öğil va ikki qiz mehribon otasining qoşiga töplanişdi.
– Dada, biz sizga rahmat aytmoqçimiz.
– Heçqisi yöq. Arzimaydi.
– Biz buni heç qaçon unutmaymiz. Heç qaçon!

6
Tun yarmidan oğganda Bodoni asta közlarini oçdi. Öziga ançadan beri tikilib turgan nigohni sezgandi. Uzoq vaqt bir-biriga termulib yotişgaç, oxiri Mariya uning yuzi va peşonasidan öpdi.
– Bu nima uçun? – söradi Bodoni şivirlab.
– Sen dunyodagi eng yaxşi otasan.
– Nima uçun?
– Buni özim kördim.
– Tuşunarli.
Mariya yonboşlab yotdi va erining qöllarini uşlagança közlarini yumdi:
– Bu sayohat senga yoqdimi?
– Ha.
– Balki meni ham biror kun olib çiqarsan. Nima deding?
– Öylab köramiz.
– Rahmat. Yaxşi tuşlar kör.
– Sen ham yaxşi dam ol, – dedi Fiorello Bodoni sokin tin olib.

Rey BREDBERI
Rey Duglas Bredberi 1921-yilda Illinoys ştatining Vaukegan nomli joyida dunyoga kelgan. Maşhur fantast yozuvçi. Ayniqsa, uning “Mars yilnomasi”, “Savdoyilar qabristoni”, “Vidolaşiş yozi” kabi asarlari  keng şuhrat qozongan.

Ingliz tilidan Bobur Nabi tarjimasi
“Yoşlik” jurnali 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)