Ötgan asrning elliginçi yillari. Oilada töqqiz farzandmiz – beş qiz, tört öğil. Kamina – kenjatoy. Otamizning nafaqasi 51 rubl. Nafaqaga qarab qolmaganmiz, albatta. Otamiz kosibçilik qiladilar. Onamiz ham tinib-tinçimaydilar: döppi tepçiydilar, popop tikadilar, nimalarnidir bozorga olib borib sotadilar. Tönğiç opa-akalarga töğri kelmay qolgan kiyim-boşlar uka va singillarga ötadi. Xudoga şukur, qozonimiz qaynamagan kun yöq. Nonuşta çoği sandalning girdi tirband, çoyxörlarga töladi. Onamiz bir çaqmoqdan oq qand ulaşadilar. Goho menga bir juft nasib etib qoladi. Quruq non-çoy.
Oqşom gurunglari qiziydi – har kim bilganini töqiydi. Opalarim, akalarim boşqalarga gap berişmaydi. Otamiz kamgap – köproq tinglaydilar, miyiğida kulimsirab ötiradilar. Tabiiy, aksaran topiş-tutişdan, molmulkdan ketadi gap.
– Topiş-tutişdan boşqa taşviş yöqmi? Nuqul pul haqida gapiraveriş uyat! – deb qoladilar tösatdan otamiz. – Kitob öqinglar, kam bölmaysizlar.
Qiblagohimizning biror marta pul topinglar deb aytganini bilmayman. Volidamiz esa biz farzandlarga, albatta öqinglar, dunyo – bilganniki, şu bilan bir yöla hunar örganib qöysanglar ortiqçalik qilmaydi, degan qaraş tarafdori bölganlar.
Şunday muhitda ulğaydik, hayotga kirib keldik.
Oilamizda yuz bergan ikki “tarixiy” mojaroni sirtga olib çiqay.
Taxminan 8-9 yoşlarda edim. Sandalli ayvonimiz şiftiga qaldirğoç uya qura boşladi. Tinimsiz çuğur-çuğur, qaldirğoçlar tepamizda aylangani-aylangan. Otamiz uyani buzib taşlaşni buyurdilar. Onamiz esa – hay-hay, karomatli bu quşning uyasini buzişning oqibati çakki böladi, deb turib oldilar. Bunday tuşunça bidʼat, dedilar otamiz – qarabsizki, oilada sal kam qiyomat qöpdi-da!..
Teledasturda “Jodugar” (“Koldunya“) badiiy filmi körsatilişi, qavs içida “16 yoşgaça bölgan bolalar körişlari mumkin emas” degan eslatmasi yozilgan ekan. Ikki kun avval oilada muzokara avj oldi: filmni tomoşa qilamizmi-yöqmi? Tönğiç akalarim mumkin emas desa, opalarim biz 16 yoşdan kattamiz deb turib olişdi. Mojaro ota-ona miqyosiga kötarildi. Hukmi oliy – filmni oila davrasida tomoşa qiliş odobdan emas, degan qarorga kelindi!.. Haqiqiy tomoşa keyin boşlandi-ku! “Jodugar” filmi butun oilamizni jodugarxonaga aylantirdi, deng!.. (Boş rolda maşhur Marina Vladi öynagan. Hozir unday filmlarni majburlab ham tomoşa qildirolmaysiz, yoşlarimizga).
Men bunga öxşaş janjallarga, munozaralarga faol aralaşiş va öz mulohazalarimni aytiş-gapirişdan köra (kenjatoyman-da!), çetdan turib kuzatiş huquqidan köproq, unumliroq foydalanganman. Doimiy kuzatişlar asta-sekin tahlil qiliş, muhokama qiliş va muayyan xulosalar çiqariş odati-könikmasini şakllantirgan. Nega odamlar nizolaşadilar, janjallaşadilar, kelişolmaydilar? Nahotki, murosa yölini topiş şunçalar muşkul bölsa?! (Endilikda tolerantlik, yaʼni bağrikenglik, murosa madaniyati mustaqil fansoha darajasiga kötarildi!)
Albatta, tuğilgan savollarga özimça yeçimlar, javoblar izlaganman. Eng qiziği, şunday ziddiyatli holatlarda men hamişa “mağlublar”, “zaiflar” tomonida bölardim. Qanday bölmasin, xoh oilada-xoh köçada “mazlumlar” himoyaçisiga aylanardim.
Menda badiiy adabiyotga ilk havas uyğotgan tuyğu (muqaddas tuyğu!) ana şu – açiniş, hamdardlik, qayğudoşlik, mehr körgiziş tuyğusi bölsa kerak…
Mahallamizda Fotma xola bölardi: pakana, oq-sariqdan kelgan yuzlari çözinçoq, ot kalla, oyoqlari kalta. Lapanglab yurardi. Heç kimi yöq. Özi bilan özi ovoz çiqarib, gaplaşib yurardi. Lahjasi özbekçaga ham öxşamasdi. Kinnaçi edi. Kim qanday kasalga uçramasin, onalarimiz, bor, Fotma xolaga çiqib kel, kinna solib qöysin, deb qölimizga 20 tiyin berişar, Fotma xola lom-mim demas, xömrayganiça kinna solar, bunday holatlarga tuşganimda Fotma xolaning közlaridan köz uzolmasdim, heç qanday maʼno-mazmunsiz, har qanday hayotiy orzu-havasu, zavq-şavqdan mosuvo, kekira-kekira piçirlab, irkit soçiqqa öralgan kosani boşim, kiftim, qornim ustida aylantirar, men esa tağin Fotma xolaning barmoqlariga termilib qolardim. Erkaklarnikiga öxşaş qalin-qalin, zarang tayoqdek, kalta va çayir barmoqlar… Fotma xola öziga töqroq katta xonadon oqsoçi bölgani bois ertayu keç tinim bilmasdi.
Onamizning barmoqlari ham şundan kam emasdi.
U paytlardagi muştipar onalarning aziz barmoqlari, kaftlari, yuz-çehra ajinlari bamisoli zamon maşaqqatlari, rözğor uqubatlaridan hikoya qiluvçi bitiklar, bayozlar, devonlar örnini bosardi… Oila, rözğor, bola-çaqa, qora qozon – şundan bölak orzu-havasi, köngil şodligi bölmagan u paytlardagi onajonlarimizning!.. Muhtarama volidalarimizga qaytarolmagan qarzlarimiz alami, armoni, iztiroblari yozişga undagandir, ehtimol?..
* * *
Dastlab eʼlon qilingan maşqlarim… Yaxşisi, kundalikka murojaat qilaylik:
“1976-yil, 14-15-avgust. “Televizion miniatyuralar teatri”da “Sadqayi usta” va “Jamuljam” deb nomlangan miniatyuralarim körsatildi. Unda maşhur qiziqçilar Hasan Yöldoşev, Ergaş Karimov, Sadr Ziyovuddinov va boşqalar iştirok etişdi. Taniqli rejissyor Mirabbos Mirzaahmedov yordam berdi. Şuning özi men uçun voqea edi!
1976-yil, 5 oktyabr. Bir yil burun “Birga ketdi” degan hikoya yozgandim. Uni “Fan va turmuş” tahririyatidagi döstlarga öqiş uçun berdim. Maʼqullaganday bölişdi. Sevinib, şirin xayollar oğuşida “Guliston” jurnaliga olib borişni möljalladim.
1976-yil 6 oktyabr. Hikoyani “Guliston”ga olib bordim. Erkin Aʼzamov letuçkada ekan, xonasida qoldirdim. Kunning ikkinçi yarmida qönğiroq qildim. “Bir kelsangiz” dedi, gapni qisqa qilib. Gap ohangidan hikoya yoqmaganga öxşadi.
1976-yil 5 noyabr. “Guliston” jurnaliga bordim, Erkin Aʼzamovga uçraşdim. Hikoyaning asosiy maqsadiga xizmat qilmaydigan joylari köpligini aytdi. “Fikrlar yalanğoç” dedi…”
Aytmoqçimanki, gazeta va jurnalda loaqal bitta hikoyam bosilarmikan, degan orzu tuşlarimga kirib çiqardi. “Şarq yulduzi” jurnaliga ikkita hikoya berdim. Sal kam ikki yil qatnadim çoği! Bölim mudiri Şukur Xolmirzayevning peşonasi tirişib-afti bujmayib ketadi deng, meni körgan zahoti. Ijodiy xodim Tursun Ibrohimov esa ipakday muloyim qarşi oladi, iltifot körsatadi va har safar, “Keyinroq xabar oling, uka, öqib qöyaman” deydi. Öqimadi. Hikoyalarim tahririyatga yangi işga kelgan Murod Muhammad Döst ixtiyoriga ötdi. Murod akadan umidim katta edi. Erinmadim, yangi kuç-ğayrat bilan Puşkin köçasi 1-uyga bözçining mokisidek boriş-kelişni davom ettirdim. Biroq u kişidan ham hadeganda javob bölavermadi va xayriyat, yoruğ kunlarning birida ikkala hikoyamni qölimga tutqazib, uzil-kesil javobni aytdi: “Manavi hikoyangiz yaramaydi, jöra, manavisini esa Amerikada çiqarsa bölar, lekin bizda emas!”
Şu gapning özidan quvonib ketdim. Keyin-keyin tuşundim – akalar meni ayaşgan, könglimni sindirmaslik uçun “Hikoyang bölmaydi” degan gapni oçiq aytişni istaşmagan… Tahririyatga tanda qöygan kezlarim qançalar ranjigan bölsam, keyinçalik öşa hikoyalarim haqiqatda ham xom ekanligiga iqror böldim. Öşa ahvolda jurnalda bosilib ketmaganiga quvondim.
Dastlabki hikoyam “Fan va turmuş” jurnalida, keyingisi “Guliston” jurnalida (Erkin Aʼzam tahririda) bosilgani oğizga, eʼtiborga tuşgan. Hikoyani qöya turaylik, u paytlar tört satr xabar-informatsiyangiz çiqsa, gazetxonlar nazaridan çetda qolmasdi, albatta fikr-mulohaza eşitar edingiz…
Birinçi kitobim – “Hovli etagidagi uy” tengqurlarimga nisbatan xiyla keçroq çop etilgan. Hojiakbar Şayxov va Şavkat Turob muharrirligida çiqqan. Matbuotda munosabatlar bildirilgan.
Bir gapni aytiş örni kelib qoldi.
Birinçi kitobi erta çiqqan döstlarimizning – deyarli barçalarining ikkinçi kitobi muvaffaqiyat qozonmadi. Zavqi-şukuhi qançalar yuqori bölmasin, birinçi kitobni çop ettirişga oşiqmaslikning foydasi köproq deb öylayman. Çunki birinçi kitobning şon-şarafidan köra masʼuliyati oğir, eng yomoni – u boşlovçi ijodkorni, uning ixlosmandlarini çalğitib qöyişi mumkin.
* * *
Toşkent şahri hozirgi Olmazor tumani 11-örta maktabning boşlanğiç sinfida harf örgatgan Irisali Mirvaliyev, onadek mehridaryo sinf rahbarimiz Munira Zokirova, öziga xos öqitiş uslubiga ega Mahkam Rasulov siymolari hamişa köz öngimda. Eski şahardagi “Turon”, Çiğatoy darvoza mavzesining ovloqqina göşasida joylaşgan Hamza nomidagi kutubxonalarda kitobxonlarga beminnat xizmat qilgan opajonlarni, şuningdek, Eski şahar bozoriga kiraverişdagi 1-kitob dökonida neça ön yillab işlagan dökondor aka-opalarni qadrdonlarim kabi soğinaman. Yoş ijodkorlar, muxbirlar tögaraklarida rahbarlik qilgan Razzoq Abduraşidov, Fayzi Şohismoil, Muhammadjon Qöşoqov, oliy öquv dargohida Ğaybulla as-Salom, Najmiddin Komilov, Talʼat Solihov, “Fan va turmuş” jurnali tahririyatida Yolqin Töraqulov, Vosil Qobulov, Husniddin Nurmuhamedov, Komiljon Xolmuhamedov… nomlari tilga olingan ustozlarning har bir ibrati, ögiti, maslahati alohida xotira, alohida saboqnoma bölişga arziydi!
…Asqad Muxtor davri “Guliston”idan bölim mudiri ustoz Mahmud Saʼdiy akademik Vosil Qobulov bilan badiiy adabiyot, kitob mutolaasi mavzuida suhbat qilişni topşirdi. Domlaga röpara kelişga ikki-uç dafʼa urindim hamki, u kişi suhbatni ortga suraverdilar. Kimsan, maşhur akademik, “Kibernetika” ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasining boş direktori. Böş vaqt qayda, deng!..
Avvalgi ayrim tajribalardan kelib çiqib, savollarni yozdim, Vosil Qobulov nomidan javoblarni ham “qotirib” taşladim. Olib bordim. Qabulga kirdim.
– Keling, – dedi domla ötirgan joyida közoynak tepasidan menga hayron qarab.
– Suhbatni olib kelgandim…
– Qanday suhbat?.. – Savol qotdi domla va 8-10 varaq qoğozni olib bir zumda unga köz yugurtirib çiqdi. – Qayerdan oldingiz mening gaplarimni?
– Yozdim… Vaqtingiz bölmagani uçun…
Domla ikki qöllab qoğozlarni qölimga tutqazdi.
– Buni siz yozmadingiz, men körmadim. Qaytib heç qaçon bunday iş qilmang, uka. Yakşanba kuni uyimga borasiz, ikki soat ajrataman. Miriqib suhbatlaşamiz…
…Qiş kezlari edi, sal kam uç soat haroratli tançaga oyoq suqib ötirib, suhbat qurdik. U jurnalda çop qilindi. Fikr-mulohaza aytgan Vosil Qobulov qança olqiş olgani menga qoronği, lekin suhbatga mirzalik qilgan kamina u kişidan kam tasanno eşitmadim…
“Yoş kuç” jurnali tahririyatida sal kam 10 yil Xudoyberdi Töxtaboyev ustozlik qildilar, 20 yilga yaqin Ötkir Hoşimov bilan yonmayon yaşadik, işlaşdik – xizmat yuzasidan respublikada bormagan joyimiz qolmadi hisob. Sözga, kitobga, badiiy adabiyotga munosabat borasida özimni Ibrohim Ğafurovga şogird hisoblayman. Muhtaram Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda, Ibrohim Ğafurov ijodiy faoliyatini har jihatdan maʼnaviy jasorat maqomiga loyiq köraman. Qiziği, ustoz biror marta uni unday qiliş kerak-buni bunday qiliş kerak degan mazmunda nasihat qilmaganlar. Zero, Ibrohim Ğafurovning har bir maqolasi, har bir tarjimasi, har bir mansurasining özi alohida saboq, alohida tarbiyaxona, alohida darsxona!..
Bir qança muddat Özbekiston xalq yozuvçisi Temur Pölatov ijodi taʼsirida yurganman. U orqali jahon adabiyoti tajribalarini çuqurroq örganiş istagi kuçaygan. Maşhur psixolog va ajoyib qalam sohibi professor Alişer Fayzullayev – Alişer Fayz bilan bölgan azaliy döstligimiz mening ijodiy izlanişlarimda besamar ketmaganligi muqarrar.
* * *
Uşbu javoblarni yoziş bahonasida sanadim – hozirga qadar 17ta kitobim jami 150 000 dan köproq nusxada çop etilibdi. Köpmi-ozmi yoki yetarlimi? Boriga şukur, başarti mening yozganlarimni öqiş istagidagilar köpaysa, boş ustiga, kitob naşr etiş endilikda muammo bölmay qoldi. Lekin muallif uçun neçoğli maroqli bölmasin, kitob adadining köp-kamligi şartli bir tuşunçaga aylanib qolmoqda. Ilk hikoyam bosilgan kezlarda “Fan va turmuş” jurnali 500 000 nusxada çiqardi. Endilikda kitoblar asosan 2-5 ming nusxada tarqalmoqda. Lekin falon kitobni öqimoqçi edim, topolmayapman degan kitobxonni uçratganim yöq. Demak, hozirgi adad hozirgi ehtiyoj közgusi, binobarin, zörma-zöraki adad ketidan quviş maʼqul iş emas.
Çop etilgan kitoblardan köngil tölganmi?.. Badiiy ijod mohiyatini bilgan-tuşungan odamda bunday savol tuğilişi mumkin emas. Axir, badiiy ijod, avvalo köngil işi, köngil izhori. Köngil uçun esa qoniqiş, qanoatlaniş tuyğusi begona. Şu paytgaça nimaiki yozgan va eʼlon qilgan bölsam, könglim tölgan, biroq hamma-hammasini bir boşdan qayta yozgim keladi. Könglim tölmagani uçun emas, öşa hikoya, öşa qissa yoki öşa romanni yoziş asnosida könglimdan keçgan tuyğular, holatlarni qömsaganim, yana öşa kayfiyat mavjlari quçoğida yaşagim kelgani uçun. Bordiyu, tasavvur qilib bölmas uşbu niyatim amalga oşgan taqdirda nima böladi?.. Yana barini qayta boşdan yoziş istagi, orzusi dilimda tugun bölib qolaveradi…
* * *
Alloh taolo adaştirmasin, fikri ojizimça, odatda inson ikki palla – real olam va tasavvurlar olamida mavjuddir. Yer yuzida qança inson hayot bölsa, şunça real va şunça tasavvur – obrazlar silsilasi mavjuddir. Tasavvur olami zaiflaşaversa, real olam kemtiklaşadi. Faqat ijod ahli tufayligina odamlarning, xalqning, millatning tasavvur olami töyinib turadi. Tasavvur olami jöşib turgan xalqning ğururi baland, real olami tökis böladi. Mening nazarimda, tasavvurimda noreal qatlam ham REAL! Şomirza Turdimov tadqiq qilayotgan miflarning bari, Jabbor Eşonqul kaşf etayotgan tuşlarning bari, Alişer Mirzo yaratgan ranglar simfoniyasi, Sulton Alining ohanglari, Ahmad Aʼzamning “Röyo”si ham – REAL! Uşbu REALlarsiz real hayot öta ğarib, jön va siyqalaşib ketgan bölur edi.
Takror taʼkidlaşga izn bersangiz – badiiy adabiyot özi topgan, kaşf etgan, yaratgan norealliklari, ğayrirealliklari bilan hayot realligini mudom maʼno-mazmunga töldirib turadi, uni şakllantiradi, rivojlantiradi. Ijod (jumladan, adabiyot) ahliga bu qobiliyatni Allohning özi inʼom etadi, zero uni heç bir firʼavn kuç töxtatolmaydi, yöliga töğanoq bölolmaydi. “Puşkinsiz Rossiya – Rossiya emas” deb faryod çekib yuborgan Nikolay Gogol. Bu – adabiyotsiz, badiiyatsiz Rossiya yöq, rus jamiyati – rus xalqi yöq, degani edi!
Adabiyotning jamiyatdagi örni va ahamiyatini keng omma ongiga bot-bot va teran singdirib boriş – jamiyat haqida qayğuriş demakdir.
* * *
Nazarimda mumtoz badiiy tafakkur anʼanalari zamonaviy ijodkorlarimiz ijodida tölaqonli anʼanaga aylanganiça yöq. Mantiqan olganda, har qanday jarayon zamirida muayyan anʼana – könikma, qatʼiy tizim, uzviylik, davomiylik, vorisiylik singari omillar yotadi. Bu – aksioma. Yangilik yaratişning uşbu yönalişini heç kim inkor qilolmaydi ham. Biroq, boşqa bir aksioma ham borki, u, “A, men-çi?!” deb közini öynatib turadi. Bu aksioma – badiiy tafakkurning, ayni vaqtda, ğayrimantiqiy, ğayrianʼanaviy hodisa, böysunmas, dalli-devona, jununvaş, alomatdan-alomat allanima ekanligida! Yangilik yaratişning mazkur ikkinçi yönalişi uçun ham qalb-şuur darvozalarimiz oçiq bölmoği zarur aslida. Bizda esa ahvol… birinçisida, ança-munça kemtiklik kuzatilsa, ikkinçisida – torlik, biqiqlik, bepisandlik, bexabarlik hukmron. Oqibati, natijasi esa hammaga kundek ayon.
Yaratilayotgan yangi-yangi asarlarimizni zinhor eʼtibordan çetda qoldirmaymiz albatta, ularning boriga şukur. Lekin adabiyot şukrona maydoni emas. Şukrona adabiyot – turgan joyida depsinayotgan, çekinayotgan adabiyotdir.
Bir söz bilan aytganda, anʼanalarni rivojlantirgan holda, unga muttasil yangi-yangi hayotbaxş kurtaklarni payvand qiliş yöllarini topiş, kaşf etiş juda-juda zarur. Yakka holda olsak, heç bir ijodkor boşqasiga öxşamaydi, lekin umumlaştirib qaralsa, birxillik, birtuslik barq urib turadi. Silliq, ravon – yod bölib ketgan siyqa mezon. Favqulodda adabiyot esa silliq va ravon yöllarni çetlab ötgan sertikan va toşloq söqmoqlarda yaratiladi, mezonlar buzilgan göşalarda dunyoga keladi. 2012-yilda Nobel mukofotiga loyiq körilgan “Musallas saltanati” fikrimizga yorqin misol böla oladi. Roman bilan boğliq munozarali qaraşlar, munosabatlar mavjudligi alohida mavzu, ammo-lekin Mo Yan bir neça ming yillik xitoy adabiyoti anʼanalari va voqeligida şakllangan, eʼtirof etilgan ölçov va mezonlar ruhiga zid yölni tanladi. Tavakkal qilişdan, adabiy tajribaga qöl urişdan hayiqmadi. Eʼtirozlardan, hatto bolalab ketişi muqarrar bölgan taʼna-daşnomlardan çöçimadi.
Xalqimiz va yurtimiz ötmişida başariyatni hayratga soladigan ibratli voqea-hodisalarimiz oz emas. Ulardan istagança mağrurlanaylik, şu bilan bir vaqtda tariximizning heç bir zafarli sahifalarida tinimsiz kuraşlar, ziddiyatu qonli töqnaşuvlar – hayot dramalari, inson tragediyalari çetlab ötilmaganini ham unutmasligimiz kerak. Hayratga soliş, qiziqtiriş vositasila dovruğ qozonişni kamsitmagan holda, dunyo kişilarini öylantirib qöyiş vositasila eʼtirofga sazovor bölişning qimmati, taʼsiri yuqoriroq deb öylayman.
* * *
Adabiyotni yanada rivojlantiriş uçun avvalo, ijodiy muhit iqlimini muttasil yaxşilaş yöllarini izlamoq kerak. Globallaşuv davri adabiy muhiti esa davr va zamonga yaraşa bölmoği zarur. Misol uçun uyuşmamizda jahon adabiyotining nomdor adib va şoirlari, zukko adabiyotşunos-nafosatşunoslari iştirokida anjumanlar, uçraşuv va muloqotlar taşkil etilsa koni foyda emasmi?! Jahon badiiy tafakkuriga integratsiyalaşiş orzusidagi milliy adabiyot uçun ayni muddao emasmi bunday tadbirlar?..
Ijodkor, jumladan şoir va yozuvçi jamiyatning ilğor ziyolisi, öz örni, nuqtayi nazari va söziga ega şaxsi darajasiga kötarilmoği nihoyatda ahamiyatli. Şakllangan va qon-qonimizga singib ketgan steriotiplarning hatto yaxşilaridan ham – agar ular badiiy tafakkur parvoziga töğanoq bölsa – keçmoqqa odatlanmoq kerak vaqti-vaqti bilan. Adabiyotning ijtimoiy ahamiyatini kamsitmaymiz albatta, lekin bu ahamiyatni şior qilib olib, badiiyatni nasihatbozlik, ögitbozlik darajasiga tuşirib qöymaslik kerak. Yozuvçisi nasihatboz bölgan omma nasihattalab kitobxonga aylana boradi, buning oqibatida adabiyot yutqazadi. Emin-erkinlik kengliklarida qanot qoqib parvoz qilayotgan badiiy tafakkur esa pirovardida kitobxonni ham emin-erkin fikrlaşga örgatadi, dunyoning barça şodumonliklaridan bahra olib yaşaşga odatlantiradi.
* * *
Oilamiz ixçam – umr yöldoşim Feruzaxon (ingliz tili mutaxassisi) bilan bir qiz-bir öğilni voyaga yetkazdik. Har ikkovi ham oliy maʼlumot olişdi, ibratli oila qurişdi, bizga beş nafar suyukli nevara hadya etişdi (hozirça). Umri, baxti, iqboli, iymoni butun bölsin deya duo qilamiz barçalarini. Yoşlarimizning dunyoqaraşlari, tafakkur tarzlari mutlaqo özgarib ketmoqda. Otalar va bolalar, avlodlar orasidagi muammo nafaqat taşvişli, balki har qaçongidan xatarli, qaltis tus olmoqda. Yuqorida aytdim – bolalik çoğlari yuz beradigan turfa ziddiyatlarga faol aralaşuvdan köra ularni zimdan kuzatiş, tahlil qiliş va xulosa çiqariş bilan maşğul bölganman. Çunki u paytda katta oilaning kenja farzandi edim. Endi esa hayotda yuz berayotgan evrilişlarni oilaning tönğiçi – otasi sifatida anglab yetişga, tahlil qilişga va xulosalarni farzandlarga uqtirişga harakat qilaman.
Xurşid DÖSTMUHAMMAD
1951-yilda Toşkentda tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti (ToşDU) jurnalistika fakultetini bitirgan. Hozirga qadar jurnalistika, matbuot – umuman ommaviy axborot vositalari sohasida işlab kelmoqda. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. “Yilning eng yaxşi yozuvçisi” (2000-yil) yönalişi böyiça “Ofarin” mukofoti sovrindori. “Şuhrat” medali va “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
“Yoşlik” jurlari, 2015-yil, 1-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


