4 daqiqada öqiladi

329 marta körilgan

Tolstoyni taʼsirlantirgan kitoblar

Lev Tolstoy

Yaxşi yozuvçilar yaxşi öquvçi ham böladi. Ular nimani qaçon öqişni biladi. Buyuk yozuvçi Lev Tolstoy ham xuddi şunday xislat egasi bölgan.
Londonda çiqadigan “Pall Mall Budget” jurnalida 1891-yili britaniyalik olim Jon Labbokning “100 buyuk kitob” sarlavhali maqolasi bosiladi. Bundan ilhomlangan rossiyalik noşirlar – Marakuyev va Lederle ham öz öquvçilari uçun şu singari maqola tayyorlaşni niyat qiladi. Ularning rejasiga köra, bunday tavsiyalarning mualliflari Rossiyaning atoqli kişilari bölişi kerak edi. Mixail Lederlening özi ham qalam tebratar, bolalar yozuvçisi edi. Peterburgda naşriyot va kitob dökoni oçgandi. Noşirlar birinçi bölib Lev Tolstoyga murojaat qiladi. Biroq taklif adibga maʼqul tuşmaydi. U ingliz jurnalida çiqqan maqola haqida gapirib: “Bu röyxat heç narsaga yaramaydi. Birinçidan, unda faqat mualliflar körsatilgan, qaysi biri mahsuldor ekani aytilmagan, darajasi ham teng emas. Ikkinçidan, tanlanayotgan kitoblar şaxsning yoşi, maʼlumoti, feʼl-atvoriga qarab eng yaxşi bölişi ham, bölmasligi ham mumkin. Umuman, bu masalada jiddiy boş qotirib, bir xulosaga keldim: 100 ta eng yaxşi kitobni qatʼiy belgilaşning iloji yöq”, deydi.
Tolstoy noşirlarning iltimosini boşqaça usulda bajaradi. Öziga va ijodiga taʼsir qilgan kitoblar röyxatini tuzadi. Hayotini beşta şartli bosqiçga bölib, öşa paytda öqigan eng yaxşi kitoblarini yozib çiqadi. Kitoblarning taʼsir darajasini ham körsatadi: ulkan, juda katta va katta. Biroq adib yodiga kelgan kitoblarnigina röyxatga kiritganini, yana boşqalari esiga tuşib qolsa, ularni ham qöşişini taʼkidlaydi. Ammo töliq nusxa yöqolgan, ana şu birinçi qölyozmagina saqlangan, xolos. Quyida uşbu röyxat qisqartirilgan holda berilyapti:

Bolalik davri – ön tört yoşgaça va şu atrofda
·    “Ming bir keça” ertaklari: “Qirq qaroqçi”, “Şahzoda Qamaruzzamon” – katta.
·    Pogorelskiy. “Qora xöroz” – katta.
Uşbu asar rus tilida yozilgan ilk mualliflik ertagidir. Yozuvçi uni tarbiyalanuvçisi – bölajak adib Aleksey Tolstoy uçun qoğozga tuşirgan.
·    Rus xalq dostonlari: “Dobrinya Nikitiç”, “Ilya Muromets”, “Alyoşa Popoviç”, xalq ertaklari – katta.
·    Puşkinning şeʼrlari: “Napoleon” – katta.

14 yoşdan 20 yoşgaça

·    Stern. “Sentimental Journey” (Lorens Stern. “Fransiya va Italiya böylab hassos sayohat”) – katta.
·    Rousseau. “Confession”, “Emile” – улкан;
“Nouvelle Héloïse” – katta.
Fransuz faylasufi, yozuvçisi va mutafakkiri Jan-Jak Russo (1712–1778)ning “Iqrornoma”, “Emil” va “Yangi Eloiza” asarlari.
·    Puşkin. “Yevgeniy Onegin” – katta.
·    Shiller. “Qaroqçilar” – katta.
·    Gogol. “Şinel”, “Ivan Ivanoviç, Ivan Nikiforoviç”, “Nevskiy şohköçasi” – katta. “Viy” – katta. “Ölik jonlar” – katta.
·    Turgenev. “Ovçining qaydlari” – katta.
·    Dikkens. “David Koperfild” – katta.
·    Lermontov. “Zamonamiz qahramoni”, “Taman” – katta.
·    Preskott. “Meksikaning zabt etilişi” – katta.

20 yoşdan 35 yoşgaça

·    Gyote. “German va Doroteya” – katta.
·    Viktor Hyugo. “Notre Dame de Paris” (“Parij ibodatxonasi”) – katta.
Tyutçevning şeʼrlari – katta.
·    Fyodor Tyutçev (1803–1873) – rus şoiri, publitsisti.
·    Aleksey Koltsovning şeʼrlari – katta.
Aleksey Koltsov (1809–1842) – rus şoiri.
·    “Odisseya” va “Iliada” (rusçaga tarjimasi) – katta.
·    Fetning şeʼrlari – katta.
·    Afanasiy Fet (1820–1892) – rus şoiri, tarjimoni va memuarçisi.
·    Aflotun. “Fedon” va “Ziyofat” (V. Kuzen yunonçadan fransuzçaga ögirgan nusxasi) – katta.

35 yoşdan 50 yoşgaça

·    “Iliada” va “Odisseya” (yunon tilida) – katta.
·    Xalq dostonlari – katta.
·    Viktor Hyugo. “Misérables” (“Xörlanganlar”) – katta.
Mrs Wood. Romanlar – katta.
Missis Henri Vud yoki Ellen Vud (1814–1887) – ingliz adibasi. Bir qator detektiv asarlar, romanlar muallifi.
·    George Elliot. Romanlar – katta.
·    Jorj Eliot (1819–1880) – ingliz adibasi. Tolstoy uning “Keskin Feliks Holt” romanini yuqori baholagan.

50 yoşdan 63 yoşgaça

·    Henry George. “Progress and Poverty” (“Taraqqiyot va qaşşoqlik”) – katta.
Henri Jorj (1839–1897) – ingliz siyosatçisi va iqtisodçisi.
·    Pascal. “Pensées” (“Fikrlar”) – katta.
Blez Paskal (1623–1662) – fransuz matematigi, fizigi, adabiyotçisi va faylasufi. Fransuz adabiyotining mumtoz vakili, matematik tahlil va ehtimollar nazariyasining asosçilaridan biri, gidrostatikaning asosiy qonuni muallifi.
·    Epiktet asarlari – katta.
Epiktet (50-138) – qadimgi yunon faylasufi.
·    Konfutsiy va Mensiy asarlari – katta.
Konfutsiy (miloddan oldingi 551–479) va Mensiy (miloddan oldingi 372-289) – qadimgi xitoy faylasuflari.
·    Lao Szi asarlari Julien tarjimasida – katta.
Xitoy faylasufi Lao Szining “Dao de szin” (yoki “Tao te king”) kitobining fransuz tiliga tarjimasi nazarda tutilyapti. Uni atoqli fransuz şarqşunosi Stanislas Juliyen (1797–1873) ögirgan.

Orif Tolib
tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)