(Hikoya)
Beva ayol Paolo Saverini öğli bilan Bonifaço qörğoni yonidagi xaroba kulbada yaşardi. Toğ etagida joylaşgan şaharning baʼzi yerlari şundoqqina dengiz ustida muallaq turgandek tuyular, u göyo dahşatli suv osti qoyalari bilan öralgan Sardiniyaning olis sohillariga özan uzra qarab turgandek edi. Quyiroqdagi qoyalar somon yölini eslatar, bir qaraşda keng va uzun yölakka öxşab ketadigan uşbu qoyalar şaharni deyarli töliğiça örab olgandi. Bu yer port vazifasini ötar, şu vajdan italyan va sardiniyalik baliqçi qayiqlari, şuningdek, oyiga ikki marta Ayaççoga qatnovçi eski, buruqsigan kema uylarni şundoqqina yonlab ötar, ular öşşaygan qoyalar aro uzoq yöl bosişardi.
Toğning oqiş manzarasi tufayli, bu yerdagi uylar yanayam oqarib körinardi. Hatto kemalar ham yurak yutib, zörğa kiradigan bu qörqinçli daraga uzum şoxidek osilib turgan uylar, yovvoyi quşlarning qoyaga yopişgan inlariga öxşab ketar edi.
Şamol dengizga tinimsiz çovut solar, tölqinlar hamlasidan yemirilib ado bölayozgan, arang öt ösgan qirğoqni tortqilagani-tortqilagandi. Tölqinning oqiş, köpikli hoşiyalari qorayib turgan behisob qoyalarga yopirilar, hali u yer, hali bu yerni tilib ötayotgan tölqinlar xuddi suv yuzida bir-biriga urilib suzib yurgan yelkan parçalaridek taassurot qoldirardi.
Beva Saverini yaşaydigan uy sohil böyidagi qoyalarning eng çekkasida joylaşgan bölib, uçta oynasi ham mana şu yovvoyi va ğamnok manzaraga qaragan edi.
Kampir bu yerda öğli Antuan va iti Semilyanto bilan birga yaşardi. Bu katta, eti ustixoniga yopişgan, dağal junli urğoçi it ovçarka zotidan edi. Yigitça u bilan ovga borardi.
Bir kuni keçqurun, janjal çoğida Antuan Saverinini çavaqlab öldirişdi, uning qotili Nikola Ravolati esa öşa oqşomning özida Sardiniyaga qoçib ketdi.
Ötkinçilar öğlining jasadini keltirib, keksa onasiga körsatişganda, u yiğlamadi, jigarbandiga qimir etmasdan, uzoq tikilib turdi. Söng serajin qölini uning jonsiz tanasi uzra yoyib, qasos olişga ont içdi. Kampir heç kimni körişni istamasdi: u uliyotgan iti bilan uyga qamalib oldi. It marhumning oyoq tomonida turib töxtovsiz ğingşir, tumşuğini egasi tomon çözib, dumini qisib olgan edi. Jonivor ham onaizorga öxşab harakatsiz turar, kampir esa jasadning ustiga xiyol egilib, unga nursiz közlarini qadagan köyi unsiz yiğlardi.
Dağal movut kurtkasi kökragidan piçoq qadalib yirtilgan yigit yerda çalqança yotar va xuddi uxlayotganga öxşardi. Biroq uning hamma yoği: boğlov uçun yirtilgan köylagi, nimçasi, iştoni, yuzi va qöllari ham qonga belangan edi. Soç- soqoliga laxta qon yopişib qolgandi.
Keksa onasi u bilan xayolan sözlaşa boşladi. Ayolning ovozini eşitişi bilan it jimib qoldi.
– Heçqisi yöq, heçqisi yöq, men sen uçun qasos olaman, bolajonim, şörlik öğilginam. Uxla, uxlay qol, men sen uçun öç olaman, eşityapsanmi? Senga buni onang vaʼda qilyapti! U esa, har doim sözining ustidan çiqqan, buni bilasan.
Şunday deb, u ohista egildi va sovuq lablarini öğlining jonsiz yuziga bosdi.
Şu on Semilyanta yana uvlab yubordi. Uning bir maromda – çöziq uvlaşi yurakni tilkalardi.
Kampir va it tunni şu alfozda ötkazişdi.
Ertasiga Antuan Saverinini dafn etişdi va tez orada Bonifaçoda u haqda birov eslamay qöydi.
Marhumning na tuğişgan ukasi, na qarindoşlari qolgan edi. Uning qasosini oladigan erkak zotining özi mavjud emasdi. Yolğiz keksa onasi bölib, u ham şunga kuyardi.
Unga özanning narigi qirğoğidagi qoyalardan erta-yu keç bir nuqta oqarib körinardi: bu Longosardo nomli möjaz sardin qişloği bölib, qattiq taʼqibga uçragan korsikalik qaroqçilar hamişa şu yerdan panoh topişar edi. Qişloq deyarli ularga tegişli bölib, qaroqçilar bu yerda öz vataniga röbarö yaşaşar, qaçonlardir yana qadrdonlari bağriga qaytib borişni intizorlik bilan kutib yurişardi. Nikola Ravolati ham aynan öşa yerda yaşirinib yurganini kampir bilardi.
U uzzu-kun deraza yonida yolğiz ötirib, öşa tomonlarga qarar va qanday qilib öç oliş haqida öylardi. Nimjon, yolğiz bölsa, boz ustiga bir oyoği yerda-yu, birisi görda. Buni qanday amalga oşiriş mumkin? Axir u vaʼda bergan, marhum öğlining oldida ont içgan. Buni unutib bölmaydi, keçiktiriş ham mumkin emas. Nima qilmoq kerak? Ayol butunlay uyqusini yöqotdi, u özini qöyarga joy topolmas, unga heç narsa taskin bölolmasdi. Tinimsiz qasos oliş çorasini izlar edi. Oyoği ostida iti mudrar, baʼzan boşini kötarib, uzoqlarga termulib ulirdi. Egasi ölganidan beri Semilyanta tez-tez şunaqa ulib, uni çaqirayotgandek bölar, göyo itning beorom yuragi ham undan qolgan öçmas xotiralarni unuta olmayotgandek edi.
Şunday tunlarning birida Semilyanta yana uvlaşni boşlagan mahal, onaizorning miyasiga bir fikr keldi – fikrki, yovvoyilarga xos, qasoskorona va dahşatli edi. U ertalabgaça şu haqda öyladi. Tong otgaç örnidan turib, çerkovga yöl oldi. Toş qoplamali sahnda yuztuban yotib Yaratganga iltijo qilar ekan, undan yordam berişini, öğlining qasosini oliş yölida sillasi qurigan vujudiga kuç-quvvat ato etişini ötinib söradi.
Keyin uyiga qaytdi. Hovlida yomğir suvini yiğiş uçun qöyilgan boçka turardi. U içidagi suvni tökib, boçkani böşatdi, söng yerga qoziqlar qoqdi va toşlar bilan urib mahkamladi. Semilyantani şu ğalati inga boğlab qöydi-da, özi uyga kirib ketdi.
Endi u Sardiniya sohillaridan köz uzmay xonaning u yoğidan bu yoğiga betöxtov borib kelardi. Qotil öşa yerda!
It kun uzoq, söng tuni bilan ulib çiqdi. Ertalab esa kampir unga bir idişda suv keltirib qöydi – şu xolos: na yuvindi, na non bermadi.
Oradan yana bir kun ötdi. Majolsiz Semilyanta uxlardi. Ertasi kuni uning közlari yonib, juni hurpaydi, endi u zanjirni uziş uçun jon-jahdi bilan yulqinardi.
Kampir unga hanuz ovqat bermagandi. Bu hol itning ğazabini keltirar, u böğiq ovozda hurardi. Yana bir keça ötdi.
Azonda Saverini kampir qöşnisidan ikki boğ somon sörab oldi. Söng eridan qolgan eski laş-luşlarni qidirib topdi-da, odam şaklini yasab, içini somon bilan töldirdi.
Kampir Semilyantoning ini yoniga qoziq qoqib, endi bor böyi bilan namoyon bölgan haligi yasama qöğirçoqni boğladi. Söng eski töşakdan unga kalla yasab qöndirdi.
Garçi oçlik qiynayotgan bölsa-da, it somon odamga taajjub bilan qarar va sukut saqlardi.
Şundan söng kampir dökondan kattagina qora kolbasa bölagini olib keldi. Hovlida, şundoqqina itning uyasi yonida öt qalab, kolbasani qovura boşladi. Oçliqdan esi oğgan Semilyanta zanjirni uzar darajada yulqinar, oğzidan sölagi oqib, hidi töppa-töğri oşqozoniga borayotgan taomdan köz uzmasdi.
Kampir bölsa buği çiqib turgan kolbasani xuddi böyinboğdek somon odamning böyniga boğladi. Uni yasama odamning böyniga yanayam çuqurroq kiritiş uçun köp urindi. Bu işni risoladagidek bajargaç, u itni böşatib yubordi.
It dahşatli hamla bilan somon odamga taşlandi va oyoğini uning yelkasiga tiragan holda böynini tilkalay boşladi. U öljasidan bir parçani tişlab uzgan holda yerga tuşar, söng yana taşlanib, söyloq tişlarini arqonga tobora köproq botirardi-da, xörakdan uzib olar, özini yerga otar va yanayam quturgan holda qöriqçi tomon otilardi. Tez orada somon qöğirçoqning yuzi va böyni uvadaga öxşab qoldi.
Kampir voqeani joyidan jilmay, unsiz kuzatar ekan, közlari yonib ketdi. U jonivorni qaytadan zanjirga soldi, uni yana ikki sutka oç-nahor uşlab turdi, söngra öşa ğalati maşğulotni takrorladi.
Uç oy mobaynida u itni şu usulda, öljani tişlari bilan tilkalab ovqatlanişga örgatdi. Endi u Semilyantani boğlamas, faqat qöl işorasi bilan yasama qöğirçoqqa olkişlardi.
Kampir itni somon odamning böyniga yegulik yaşirmagan holda ham burdalaşga, tişlagan joyini uzişga örgatdi. Har safar unga mukofot tariqasida qovurilgan kolbasa berardi.
Yasama odamni körişi bilan Semilyanta qaltiraşni boşlar, söng bekasiga nigoh taşlardi. U esa barmoğini yuqoriga kötarib, xirildoq tovuşda buyruq berardi:
– Ol!
Saverini kampir, kutilgan fursat yetib kelganini anglagani hamon gunohlarini kafforat qilişga bordi. Yakşanba kuni ertalabdan astoydil ibodatga kirişdi. Söng erkaklar köylagini kiydi, juldurvoqi çol qiyofasida sardiniyalik baliqçi bilan savdolaşdi-da, iti hamrohligida narigi qirğoqqa ötib oldi.
Qanor qopning içida qora kolbasaning katta bölagi yotardi. Semilyanta ikki keça-yu kunduzdan beri tuz totmagandi. Kampir dam-badam unga lazzatli yegulikni hidlatib, iştahasini qitiqlardi.
Ular Longosardoga kirib bordilar. Korsikalik ayol oqsoqlanib borardi. U non dökoniga qayrildi va Nikola Ravolati qayerda yaşaşini söradi. Maʼlum böldiki, u yana avvalgi kasbi – duradgorlik bilan şuğullanayotgan ekan. Qotil ustaxonasida yolğiz edi.
Kampir eşikni itarib, ovoz berdi:
– Ey, Nikola!
Yigit ögirilib qaradi. Şu on kampir itni içkariga kiritdi va baqirdi:
– Ol, ol, burdala, burdala!
Huşi boşidan uçgan hayvon Nikola tomon otilib, uning böyniga tarmaşdi. Erkak qölini ikki yonga yozdi, söng itni mahkam uşlaganiça, yerga quladi. Bir neça daqiqa tipirçilab, depsinib turdi, keyin jimib qoldi. Semilyanta esa hamon uning böynini ğajişda davom etar, raqibini burdalab taşlaşga urinardi.
Keyinçalik, öz darvozasi oldida ötirgan ikkita qöşni, duradgorning huzuridan ozğin qora itni yetaklagan gadoy çol çiqqanini va jonivor egasi unga taşlab turgan allaqanday jigarrang narsani yölma-yöl yeb ketganini aniq esladilar.
Kampir keç kirganda uyiga qaytdi. Şu keça u xotirjam uxladi.
Gi de Mopassan – XIX asr fransuz adabiyotining buyuk vakillaridan biri. Uning “Hayot” va “Azizim” romanlari, “Döndiq”, “Portda”, “Madmuazel Fifi”, “Marvarid şodasi”, “Oqsoğoyim”, “Tavba” kabi uç yuzga yaqin novellalari fransuz adabiyoti rivojiga katta hissa qöşgan, ayni paytda boşqa xalqlar adabiyotiga ham sezilarli taʼsir ötkazgan.
Rus tilidan Mohigul Azimova tarjimasi
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 1-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


