(Hikoya)
Eşik oçilib, xonaga kök kamzulli bola kirib keldi. U ğoyat biqqiligidan yurib emas, dumalab kirganday tuyuldi.
– Mening ismim Rimas. Senikiga mehmonga keldim.
Gitis xursand bölganidan sakrab, çapak çalib yubordi.
– Kel, öynaymiz. Mening ikkita poygaçi moşinçam bor, – deya mehmonga mulozamat qildi Gitis.
Rimas esa öyinçoqlarga qiyo ham boqmay, xonaga bamaylixotir köz yugurtirdi.
– Gilamlaring qani? – deb sörab qoldi u.
Gitis boşini tebratib, javob berdi:
– Biz gilamni yoqtirmaymiz. Ular çang töplaydi.
Rimas işonqiramay kulimsiradi.
– Yöq, gilam çang töplamaydi, balki xonani bezaydi, – dedi u.
Gitis tortişib ötirmadi. U mehmonning ketidan yurib xonani aylanar, öynaş uçun payt poylardi. Rimas bölsa, biror narsa axtaringan kişiday javonni oçib unga köz yugurtirdi.
– Bizning javonda oltita billur qadah bor.
– Bizning yoğoç qoşiqlarimiz bor. Qölda yasalgan. Yarmarkadan olganmiz.
Mehmon buni yaxşi yo yomonligining farqiga borolmagani uçun indamadi.
– Biznikiga mehmonlar kelganda, ularga ziyofat qilamiz, – deb qoldi Rimas.
– Biz ham, – boşni qimirlatdi Gitis.
– Nega unda meni mehmon qilmayapsan?
– Sen katta mehmon emassan-da. Faqat kattalargina mehmon qilinadi.
– Heç-da! Kiçiklarni ham har xil şirinliklar bilan mehmon qiladilar, ular ham mehmon-da, – deya Rimas stolga yaqin bordi.
– Mayli! – degança oşxona tomonga çopqilladi Gitis. Heç qança vaqt ötmay, qulupnay töla taqsimça bilan qaytdi. Qulupnaylar saralab olinganday töq qizil, katta-katta edi.
– Yarmi bizga, yarmi oyimga, – deya ogohlantirdi Gitis.
Bolalar bir-biriga qarama-qarşi ötirib oldilar. Örtadagi qulupnaylar çöğday, közni qamaştirardi. Ikkisining ham qöllari xuddi musobaqalaşayotganday, idişdan oğizga, oğizdan idişga borib kela boşladi. Birpasda idişning tagi körinib qoldi.
Gitis yeyişdan töxtab, nafas rostladi – xörsindi. Rimas esa özini stul suyançiğiga taşladi-da, lablarini yalab:
– Biz qulupnay ustiga mehmon uçun şakar sepamiz! – dedi.
– Ha-ya, sepsak, sepibmiz-da! – rozi böldi Gitis.
U oşxonaga çopib borib, şakardonni keltirdi. Çöğday qulupnaylar ustini oppoq qorday şakar qopladi.
– Böldi! – deya saxiy mezbonni töxtatdi Rimas. – Şakarning ozi yaxşi.
Mehmondorçilik yana davom etdi.
– Mana bu boşqa gap! – Gitisga minnatdorlik izhor qildi mehmon.
Idişda barmoq bilan sanarli qulupnay qolganda, Rimas tumşayib oldi: unga Gitis qulupnaylarni tanlab-tanlab katta-kattalarini yeyayotganday tuyuldi.
– Bunçalik kattalarini yema – yorilasan!
– Özing-çi?
– Men?… men örganib qolganman, – dedi Rimas oğzini qulupnayga töldirib.
– Men ham örganib qolganman, – dedi oğringanini yaşirmay Gitis.
Uzatgan qöli taqsimça tagiga tekkaç, Gitis qulupnaylarning yarmini oyisiga qoldirmoqçi bölganini esladi. Töğri, u mehmon kelib qolişini bilmagandi. Mehmonga esa ziyofat qiliş kerak.
Böm-böş idişdan qulupnayning xuştaʼm hidi anqir, bolalar esa jimgina ötirişardi.
Jimlikni Rimas buzib:
– Biz mehmonlarimiz oldiga pişiriqlar va çoy qöyamiz, – dedi.
– Pişiriqlar bilan mehmon qilasizlarmi? – dedi angrayib Gitis.
U stuldan örmalab tuşdi-da, yölni yana oşxona tomonga soldi. Hamma yoqni ağdar-töntar qilib ham istagan narsasini topa olmadi. Qaytib çiqqanida esa qölida bir banka asal va ikkita qoşiqça bor edi.
Mehmondorçilik yana davom etdi.
Endi qöllar bilan qoşiqlar ham avvalgi yösinda harakat qila boşladi. Asal qiyomiga yetgan ekanmi, banka yarimlaganda mehmonga ötkirlik qilib qoldi.
– Men endi ketay, – qözğaldi mehmon.
Gitis öyinçoqlarini köz-köz qilgisi kelsa-da, ularda mehmonga öyinçoq sovğa qiliş odati bölmasin, degan öyga borib, Rimasni indamaygina eşikkaça kuzatib qöydi.
Ostonaga yetgaç, Rimas mezbonga jiddiy tikildi va:
– Biz mehmonni kuzatayotganimizda, ularga esdalik uçun biror narsa sovğa qilamiz, – dedi.
– Aytmovdimmi! – kapalagi uçib ketdi Gitisning. Nahotki Rimas uning maşinaçasini yoki samokatini olib ketib qolsa? U boşini xam qilgança, indamay turaverdi. Şu payt birdan kördiki, Rimasning botinkasi loy, hamma yoq oyoq izi edi. Bundan Gitisning jahli çiqdi.
– Biznikiga kelgan mehmonlar oyoq kiyimini almaştiradilar. Kimki xohlamasa, biz unga latta beramiz, marhamat qilib oyoq izlarini artib çiqsin, – dedi qiçqirguday bölib.
Kök kamzul kiygan bu semizgina bola şundagina özining loyga bulğangan botinkasiga qarab qöydi. Ammo yelkasini qisib, qölini eşik tutqiçiga uzatdi.
– Mezbonlik qilişni bilmas ekansan. Senikiga boşqa kelmayman! – deb eşikka ravona böldi.
– Kerak ham emas! Kelmasang kelma! – ostonadan qiçqirib qoldi Gitis. – Kelmadi, deb yiğlamayman ham!
Rimas avvaliga ohista qadam taşlab bordi, keyin tezlaşdi, söng yugura boşladi. U yugurayotganda töpga, haqiqiy töpga öxşardi.
Algirdas POTSYUS
Yozuvçi, siyosat va jamoat arbobi. Litvaning eng maşhur hikoyaçilaridan biri.
1930-yil 28 avgustda tuğilgan. Qissa va hikoyalardan iborat “Asirlar”, “Zira taʼmi”, “Poçtaçi Teofilis”, “Barboska – sayohatçi” kabi kitoblari bor. Asosan tarixiy mavzuda va bolalar uçun ijod qilgan.
Rusçadan Çori AVAZ tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


