yoxud Zominda uç kunu ikki tun
Xuşxabar
Mamlakatimiz yangi davrga qadam taşlaganidan buyon közimiz – televizorda, quloğimiz –
radioda. Har kuni ezgu niyatlar, uluğ maqsadlar bilan ilhomlanib, bajarişimiz zarur bölgan köpdan-köp işlarni dilga tugib, şu yurtning bir farzandi sifatida belga himmat kamarini boğladik. Xalq bilan yaqin muloqot örnatib barçamizga örnak, namuna bölayotgan Prezidentimiz joylarda el-ulus bilan uçraşganida, uzoq tumandagi yurtdoşlarimizning uyiga kirib borib, xonadon sohiblari bilan samimiy dillaşganida barçamiz tölqinlanib ketyapmiz. Qöliga qalam tutgan ijodkor borki, bunday çoğlarda yuragi kabutar misol kökka parvoz etmoqqa şaylanib qoladi.
Mamlakatimiz rahbari joylarda keçayotgan yangilanişlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanişiş maqsadida şu yilning 27 aprel kuni Jizzax viloyatiga borgandi. Taşrif davomida muhim loyihalar böyiça körsatma, tavsiyalar berib, hududdagi aholining turmuş darajasini kötariş, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi muhim masalalarga ham atrofliça töxtaldi. Jumladan, Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminarini qayta tiklaş, ustoz şoirlar bilan yoşlarning şeʼrxonlik keçalarini ötkaziş haqida ham aytib ötdi.
Bu xabar adabiyot ixlosmandlarini, ijod ahlini, ayniqsa, dilini nayga jör etgan yoş yuraklarni tölqinlantirib, könglini toğday östirdi.
Taraddud
Zomin seminarining tiklanişi haqidagi xabar tarqalgaç, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga kelib turadigan yoş ijodkorlarning qatnovi yanada quyuqlaşdi. Nafaqat poytaxtda yaşovçi yoş qalamkaşlar, balki viloyatlarda istiqomat qiluvçi uka-singillarimiz ham uyuşmaga serqatnov bölib qoldi. Garçi viloyatlardagi yoş ijodkorlarning asarlari Yozuvçilar uyuşmasining hududiy bölimlarida körilib, eng yaxşi ijodkorlar seminarga tavsiya etilayotgan bölsa-da va yana “Seminar kunlari belgilansa, özimiz xabar beramiz” degan gapga qaramasdan, közlari ijod zavqidan, qanotli orzulardan porlab turgan uka-singillarimiz yöl bosib, maşqlarini qöltiqlab, uyuşmaning yoşlar bölimiyu “Yoşlik”ka kirib kelaverardi.
Bularning bariga sabab ularning Zomin seminari haqida eşitganiyu bilganlari, adabiy suhbatlarda eski xotiralarning yanğargani, özlariga ustoz sanagan bir qator şoirlarning qaçonlardir aynan Zominda tetapoya bölganlari edi-da! Ayni paytda yoşlarda bu seminarda qatnaşiş istagi bilan birga çimdim hadik, hayajon ham bor edi.
Bir kun oldin
Viloyatlardan kelgan yetmişga yaqin yoş ijodkor, ularga qöz-quloq bölib turgan uyuşmaning joylardagi masʼul kotiblari yozuvçilarning Dörmon ijod uyiga joylaşişdi. Zomin seminarining deboçasi şu sölim boğdan boşlanganday böldi, göyo. Nazarimizda, yoş qalamkaşlarning bunda jam bölişida ramziy bir ifoda bordek. Hamid Olimjon, Ğafur Ğulom, Mirtemir, Asqad Muxtor, Zulfiya, Töra Sulaymon, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Şavkat Rahmon, Muhammad Yusuf kabi çin maʼnoda özbekning katta şoirlari, Odil Yoqubov, Said Ahmad, Tölepbergen Qayipbergenov, Şuhrat, Pirimqul Qodirov, Şukur Xolmirzayev singari uluğ adiblarimiz izlari qolgan boğda navnihol şogirdlar ijodning zahmatiyu zavqini, el-yurt oldiga çiqib söz aytişning masʼuliyatini his etişdi. Qolaversa, davlatimiz rahbarining adabiyotga qaratayotgan yuksak eʼtibori, ijodkorlarga körsatayotgan mehri, yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlarning boş sababi adabiyotimizning azim çinorlari bölib qolgan ustozlarimizning bemisl isteʼdodiyu saboti, ularning noyob ijodiy kaşfiyotlari, söz dardida ötkazgan bedor tunlariyu bezovta kunlari ekanligini ham çuqur anglaganday bölişdi.
Birinçi kun. Adabiy karvon
Yoş qalamkaşlarga badiiy ijod sirlaridan saboq beruvçi ustoz adiblar, seminarning işçi guruhi aʼzolaridan iborat avtobuslar karvoni Dörmon ijod uyidan “Öriklisoy, qaydasan?” deb Zomin toğlari sari yöl tortdi. Bu avtokarvon adabiy orzularni, söz mulkining baland marralarini közlab borayotgan yoşlarni ustozlar bilan bir qadar yaqinlaştirdi. Nufuzli anjumanda qatnaşayotgan navqiron avlodning közlarida aks etgan şukronalik hissini körgan ustozlar ularga ijod va ijodkor şaxsi, sözning taʼmiyu rangi, ifodada tuyğuning rostligi haqidagi adabiy maslahatlarini berib bordi.
Gap adabiy mavzulardan jamiyatda keçayotgan qizğin jarayonlarga köçar, bu borada ham yoşlarning öz fikri, xulosalarini eşitib ustozlar mamnun jilmayib qöyişardi. Anjuman iştirokçilaridan biri özining hayajonini bosolmay, yöl-yölakay quyoş tiğida mehnat qilayotgan fidoyi bobo dehqonlar, ilğor paxtakorlar mehnati haqida söz oçsa, boşqa biri qad rostlayotgan imoratlarga ğişt terayotgan bunyodkor ustalarni körib quvonardi. «Çinakam ijodkor ham mirişkor dehqonday qalbiga ezgulik uruğini qadaşi, ğiştni bir tekis qilib tergan mohir usta singari sözlarni gözal, uyğun tiza bilişi lozim», derdi ustozlar yoşlarga qarab. Adabiy avtokarvonimiz tobora manzilga yaqinlab borar, Zomin zaminiga oşiqqan yoşlardan yana birining yuragi potirlab şeʼr öqirdi:
Yur, toğlarga ketamiz, erkam,
Xarsangtoşlar çalar çanqovuz…
Tuşdan söng. Öriklisoy
Şoirning: “Bunda bulbul kitob öqiydi”, deganiça bor ekan. Zomin toğlari bağridagi sölim maskan – Öriklisoyda toşdan-toşga urilib, jöşib oqayotgan suvning zilolligini aytmaysizmi: dili bilan qalami rost şoirning yozganlariday tiniq körinadi. Qolaversa, şarqiroq soyda yoşlikning beğuborligi, tantiligi, şiddatiyu şaşti mujassam bölgandek, göyo.
Yurt madhiyasi yangrab, “Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston” şiori ostida Respublika yoş ijodkorlarining seminari iş boşladi.
Tadbir Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, xalq yozuvçisi Muhammad Ali hamda Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Uzoqov tabrigi bilan oçildi.
– Zomin seminari yoş ijodkorlar bayramidir, – dedi Yozuvçilar uyuşmasi raisi Muhammad Ali. – Bu yilgi seminarda mamlakatimizning barça viloyatlaridan yetmişga yaqin yoş ijodkorlar iştirok etmoqda. Ularning içida adabiyotning barça janrlari vakillari – yoş şoirlar, nosirlar, dramaturglar, publitsistlar, tanqidçilar, tarjimonlar bor. Seminar dasturi nihoyatda tiğiz tuzilgan. Har bir janr böyiça taniqli adiblar rahbarlik qiladigan ijodiy guruhlarda qatnaşçilarning asarlari (qölyozma kitob şaklida) muhokamalardan ötadi. Umid qilamizki, ular orasidan qodiriylar, çölponlar, oybeklar, zulfiyalar yetişib çiqadi, Zomin seminari taassurotlari adabiyotimizning yorqin sahifalariga aylanadi.
Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo öz sözida Şavkat Mirziyoyevning bundan yigirma yil muqaddam ayni şu manzilda yoş şoirlarga qarata aytgan: “Yoş ijodkorlarning mustaqil Vatan adabiyotiga Jizzax diyoridan qöyayotgan qadamlari qutluğ bölsin!” degan sözlariga eʼtibor qaratib, bu ezgu tilak bugungi yoş isteʼdodlarga ham tegişli ekanini taʼkidladi.
Şuningdek, seminar oçilişida Özbekiston xalq şoiri Enaxon Siddiqova, akademik Baxtiyor Nazarov, Qoraqalpoğiston xalq şoiri Kengesboy Karimov, Yozuvçilar uyuşmasining Jizzax viloyati masʼul kotibi Mehri Abdurahmonovalar sözga çiqib, mamlakatimizda maʼnaviyat, adabiyot sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning yoruğ kelajagiga bildirilayotgan işonç, kitob mutolaasi, kitobxonlikni rivojlantiriş borasida qilinayotgan amaliy işlar, uşbu seminardan kutilayotgan samaralar haqida gapirdilar.
Yoşlar nomidan jizzaxlik şoira Çaros Yoqubova söz olib, yoşlarga körsatilayotgan rağbat uçun minnatdorlik bildirdi hamda yoşlar seminari Zominda ötayotganidan faxrlanişini aytib ötdi.
Seminar iştirokçilaridan namanganlik Nilufar Abdurahimova, surxondaryolik Malohat Nuriddinova ayni şu şukuhli lahzalarda seminarga bağişlab yozgan yangi şeʼrlarini öqib eşittirdi.
Anjuman öz işini şeʼriyat, nasr, dramaturgiya, adabiy tanqid, bolalar adabiyoti, badiiy tarjima hamda badiiy publitsistika şöbalarida davom ettirdi.
Şeʼr yangragan oqşom
Öriklisoyda ğir-ğir esgan mayin şabada köngilga jöşqin ruh baxş etardi. Ustozlar kişi borliğini yayratayotgan şabadadan rohat tuyarkan, xijolat bölayotganlari ham sezilib turardi. «Men bu yerda salqin havoda yayrab turgan çoğim poytaxtda havo harorati neça darajaga çiqdi ekan? U yoqda yaqinlarimning ahvoli qanday?» degan savollar ularni bezovta qilardi. Xuddi yozning jazirama issiğidan qoçib özlari bu sölim göşaga kelib olişgan-u, olisdagi öçoqdoşlari tabiatning bu marhamatidan bebahra qolyapti.
Seminar iştirokçilari biri-biridan hayajonini yaşira olmas, bu göşaning tarovatiyu gözalligini biri ikkinçisidan oşirib taʼriflaşga oşiqardi. Buxorolik Zilola Toşeva dil sözlarini:
Qalbim quşlariga quvonçim qanot,
Zomin zaminiga qöymoqda qadam.
Bağringda baxtliman, bityapman bayot,
Yon daftar qölimda, dilkaşim qalam –
deb bayon etsa, samarqandlik Feruza Xayrullayeva his-hayajonini boşqaça tarzda ifoda qildi:
Eşitgandim, qaçondir xuddi
Oqquş kabi bölar emiş baxt.
Boşingdan uç aylanib ötmiş,
Şundan keyin sen baxtdan karaxt…
Feruzaning bu şeʼri yangrayotganda Öriklisoyga şom çökkandi. Unda-bunda keçlikdan çiqqan ijodkorlar adabiy suhbat qurib turardi. Ularning yonida quyma quloq yoş-yalanglar ustozlarga ergaşib, şeʼr öqiş uçun atay tayyorlangan sahna tomon borişardi.
Oqşomgi şeʼrxonlikni uyuşma masʼul kotibi, şoir Muhiddin Abdusamad boşqarib bordi. Yoş ijodkorlar, hadeganda şeʼr öqiş uçun navbat söraşardi. Muhiddin Abdusamad bölsa, kimga şeʼr aytiş navbatini bersa, avvalo uning taʼrifini keltirardi.
– Men, – dedi u. – Bir yigitçaning şeʼrlarini bir oy avval öqigandim. Bugun bilsam, öqigan şeʼrlarim muallifi seminarda qatnaşayotgan ekan. Şoirni tanimayman. Kelinglar, unga navbat bersak. Azamat Xudoyberganov kim? Çiqsin!
Ozğin, novça bir yigit köriniş berdi. Masʼul kotibni hayratlantirgan şoir hozir qanday şeʼr öqir ekan, deb hammaning közi unda. “Men Xorazmdan, Azamatman”, dedi-yu, varanglatib şeʼr öqiy boşladi:
Quloğingdan tişlagan sirğang,
Böyning quçgan tillodan zanjir
Meni körsa böldi, tuslarin
Özgartirib, öziça ranjir, –
– deya Azamat hayajondan şeʼrning yarmini unutdimi yo qiynaldimi, bilmadik, ammo qolgan qismini turkman tilida öqib qöyaqoldi.
Kimdir Oydinnisoning, Oydinniso esa Zebo Mirzayevaning şeʼr öqişini talab qilar, orada ustoz şoirlar ham yoşlik va muhabbat haqida şeʼr öqirdi. Davra boşqaruvçisi esa yana navbatma-navbat yoşlarni maydonga çorlar, dadil şeʼr öqişga undardi. Şeʼr öqişi talab qilingan şunday yoşlardan biri Begali Eşonqulov böldi. Uni darrov tanidim. Papkasini qöltiqlab uyuşmaning yoş ijodkorlar bilan işlaş bölimiga kelganida körgandim. Uzun böyli, körinişidan menga negadir şeʼr emas, boşqa janrda yozadiganday tuyulgan yigit. U özini taniştirib ötirmasdan, asosiy maqsadga köçdi – qöliga mikrafon tegişi bilan ovozi yangrab ketdi:
Tun zulmati özgarmagan,
Oy tirişar – şamol yelar.
Va eşikning tirqişidan
Kuz yöllagan sovuq kelar…
…Oh, daraxtga dönmoqçiydim,
Hovlingizda unmoqçiydim.
Sizning nozik qalbingizda
Öşa odam bölmoqçiydim.
Yoşlarning tovuşi tinmas, osuda oqşomda Öriklisoyning şarqiroq ovozi şeʼrga monand yangrar, şeʼrdan qöşiqqa navbat tegmasdi. Muşoira yakunlanganida oy şeʼr taftidan yuzi qizargan qizlarday bizdan olislab ketgan, qahkaşon yulduzlar esa qoyalardagi adil arçalarning boşida göyo yurt sarhadlarida sergak turgan alp yigitlarning boşiga qöngandek yaraqlab körinardi.
Ikkinçi kun. Tong
Öriklisoyda quyoş toğlar ortidan kötarilişini hammadan burun körgim keldi. Soy böylab, suv oqimiga qarşi yurib, yuqorilab bordim. Naq Takali çöqqining poyida adabiyotşunos Şuhrat Rizayev bir-ikki yoş-yalang bilan suhbatlaşib, Zomin tabiatining betakrorligi, ilhombaxş tongi haqida suhbatlaşib turardi. Seminarning bugungi kuni qizğin ötişi hammamizga maʼlum bölgani uçun fursatni boy bergim kelmay, Şuhrat akani savolga tutdim:
– Domla, şoir uka-singillarimizni keça kördik. Olov qalbli yoşlar köp ekan. Dramaturglar qanday?
– Bevosita kamina masʼul bölgan, ayni siz taʼkidlayotgan yönalişda beş navqiron ijodkor iştirok etyapti. Qaşqadaryodan Mötabar Boymatova, Namangandan Mohlaroy Ahmedova, Samarqanddan Şohrux Neʼmatov va Obidjon Röziboyev, Surxondaryodan Şavkat Bobomurodov vakil bölib, dastlabki dramaturgik maşqlarini seminarga taqdim etişgan. Maşqlar bilan bugungaça tanişganmiz. Yutuq va kamçiliklari özimizga maʼlum. Bu yigit-qizlar tasodifiy kelib qolgan emas, aksariyati Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining yuqori kurs talabalari. Ular muayyan nazariy bilimlarga ega, sohadagi tajribalardan boxabar yoşlar. Şu maʼnoda seminar taşkilotçilarining bu galgi ijodkorlarni tanlaş tamoyillari tahsinga sazovor. Bu yigit-qizlarning qalbida qör, yuraklarida çöğ va özlariga yaraşa bilimi bor…
Rizayev domla bilan suhbatimiz tugamasidan munaqqid, adabiy tanqid kengaşi raisi Suvon Meliyev kelib qoldi. Va u kişi ham özi masʼul bölgan yönaliş hamda unda iştirok etayotgan qatnaşçilar haqidagi fikrlarini bildirdi:
– Adabiy tanqid hamişa joriy adabiyot va mumtoz anʼanalarimizning öziga xos ovozi va faol tarğibotçisi bölib kelgan. Eʼtiborli joyi şundaki, bu yilgi Zomin seminarida adabiy tanqid vakillari ilk bor maxsus şöba sifatida qatnaşyapti. Töğri, avval Dörmonda ötkazilgan yoş ijodkorlar yiğilişida ham uşbu yönaliş maxsus şöba tarzida ikki marta iş olib borgan, lekin har safar iştirokçilar bir-ikki nafardan oşmas edi, – deb sözida davom etdi şöba rahbari. – Yoşlar taqdim etgan adabiy-tanqidiy maqolalarni akademik Baxtiyor Nazarov bilan sinçiklab öqib, tahlil qilib çiqdik. Albatta, öziga xos yutuqlari ham, kamçiliklari ham bor. Ammo, tan oliş kerak, bu yilgi iştirokçilar balo ekan! Yoşlarning adabiy tanqid sohasiga qiziqişi ortib borayotganidan mamnun böldik. Ularning aksariyati ilmiy tadqiqot bilan adabiy tanqidni farqlayapti. Iştirokçilardan farğonalik Sarvinoz Saksonova va qoraqalpoğistonlik Zamira Ayimbetova işlari alohida eʼtiborimizni tortdi. Sarvinozning jahon miqyosidagi adib F.M.Dostoyevskiyning “Telba” romani haqidagi va Zamiraning uluğ şoirimiz Zulfiya va qoraqalpoqning çöng şoiri Ibroyim Yusupov şeʼriyati tahliliga bağişlangan maqolalarida yoş munaqqidlarning mustaqil va çilğin nigohi eʼtiborimizni tortdi. Ayniqsa, Zamiradan umidimiz katta. Öz ona tilidan taşqari özbek tilini ham yaxşi biladigan qizimiz kelajakda adabiyotni faol tarğib etuvçi munaqqid bölib yetişuvida unga ijodiy omadlar tilaymiz, kerak bölsa, kömaklaşamiz.
Zomin toğlari bağridan quyoşning kötarilişini köriş uçun ertaga tong-sahar yana çiqmasak bölmas. Negaki, Şuhrat aka, Suvon aka bilan suhbatimiz qizib ketgani bois, eʼtibor qilmabman: quyoş kökka kötarilib bölibdi. Rostini aytganda, Öriklisoydagi mardumga quyoş birdan “lop” etib paydo bölgandek taassurot qoldirar ekan.
Kun böyi
Şarqirab oqayotgan soy ustidagi sörilarda qaldirğoçday tizilgan yoşlar qurşovida ötirgan ustoz adiblarimiz öz işlariga kirişib ketgan. Bu faoliyatni yoritişga çoğlangan “Madaniyat va maʼrifat” telekanali muharriri, katta şoiramiz Zebo Mirzayeva ham adabiy maşğulotlarga xalal bergisi kelmay, bir çekkada kuzatib turardi.
– Zebo opa, hozir ustozlarning seminaru yoş ijodkorlar haqidagi mulohazalarini biliş uçun işni bolalar şöbasidan boşlaylik, – dedim.
– Nega endi bolalar adabiyotidan?
– Mana, körib turibsiz, keçadan beri Xudoyberdi Töxtaboyev bilan Anvar Obidjonni turli janrda ijod qiluvçi yoşlar bir zum bölsin xoli qöyişmayapti. Hozir esa ularning yonida faqat şu şöba aʼzolari töplangan.
Biz bolalar adabiyoti sörisiga borganimizda Xudoyberdi Töxtaboyev qaşqadaryolik Kibriyo Xolmatovaning yozganlari haqida gapirayotgan ekan. Şuning uçun Özbekiston xalq şoiri Anvar Obidjonni suhbatga tortdik.
– Bu yilgi anjumanda bolalar adabiyoti böyiça yetti ijodkorning qatnaşgani, albatta, quvonçli hol böldi. Taqdim etilgan asarlarning mazmunan puxtaligi, mavzularning rang-barangligi, satrlarda real turmuşimiz manzaralari aniq-tiniq aks etgani bizni yanada xursand qildi. Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev bilan birga xorazmlik Azamat Xudoyberganov, jizzaxlik Ötkir Totliboyev, andijonlik Mohidil Abdullayeva, sirdaryolik Gulmira Islomova, namanganlik Nodira Nabiyeva, toşkentlik Sevinç Avazova, qaşqadaryolik Kibriyo Xolmatovaning töplamlarini tahlil qilar ekanmiz, ularning şu navqiron yoşda mağzi töq şeʼrlar, hikoyalar yozgani bizni xursand qildi, – deb sözida davom etdi ustoz şoir. – Yoş qalamkaşlarni seminarga saralaşda Yozuvçilar uyuşmasi mutasaddilari nihoyatda haqqoniy, xolis yondaşgani körinib turibdi. Ayniqsa, Ötkirbek, Azamat va Mohidilning şeʼrlarini öqirkanmiz, xulosamiz şu böldi: agar ğayrat bilan ijod qilişdan, yozganlariga qayta-qayta sayqal berişdan, ustozlarning mahorat sirlarini öqib-örganişdan, tinimsiz izlanişdan çarçaşmasa, ular yaqin kelajakda bolalar adabiyoti maydonida mustahkam örin topa olişiga işonamiz.
Anvar akaning mulohazalarini eşitgandan söng navqiron nosirlarimiz yoniga bordik. Buni qarangki, Toşkentda suhbatini olişga doim talpinib yuradigan yozuvçilarimiz şu sörida jam bölişibdi. Adiblar Tölqin Hayit, Isajon Sulton, Abduqayum Yöldoş bir davrada edi. Özimça, osmondan kelib, “Qani, qaysi biringiz yoş nosirlarning quloğidan tortib qöyasiz”, deb hazil qilgan böldim.
Seminar iştirokçilari birdaniga “yalt” etib menga qaradi. Yoşlarning köngliga taskin beriş uçun yozuvçi akamiz Isajon Sulton vaziyatni yumşatdi:
– Abduqayum Yöldoş – bizning yetakçimiz. Tölqin aka ikkimiz u kişiga vakolat berganmiz. Qança mulohaza bölsa, bildiriş yetakçiga yaraşadi.
– Seminarda öndan ortiq yoş yozuvçilar iştirok etyapti. Taqdim qilingan maşqlarni öqib çiqarkanmiz, nasrimizning ertangi kuniga işonçimiz yanada ortdi. Yoş qalamkaşlarimiz ança dadil – ular jasorat bilan adabiy mahoratni uyğunlaştirgan holda jiddiy mavzularga qöl urişgan. Iştirokçilarning “unisi zör, bunisi ham kam emas” deya ajratib körsatiş qiyin. Qolaversa, şöba hayʼati aʼzolari ularning ijodiy işlarini yanada sayqallab, markaziy gazeta-jurnallarga tavsiya etiş ustida işlayapti. Xorazmlik Mahfuza Ibrohimova, qaşqadaryolik Javlonbek Jovliyev, jizzaxlik Muqaddas Sarimsoqova, andijonlik Mahbubaxon Jalolxonovaning nomini alohida qayd etib ötişni istardim. Ularning orasida, baribir aytmasak bölmadi, Mahfuzaning yozganlari şeʼrdek öqilar ekan. Boşlovçi ijodkor bölsa-da, yaxşi tili bor. Umuman olganda, barça iqtidorli yoşlarimizning asarlari öz öquvçilarini topadi, deb umid qilamiz.
Abduqayum akaning bu gapidan söng rosmana şeʼr eşitgim kelib, şeʼriyat şöbasiga bordim. Şoirlarimiz bir neça sörini band etibdiki, qay biridan boşlaşga ham kişi lol. Özbekiston xalq şoirlari Enaxon Siddiqova, Mahmud Toir, Iqbol Mirzo va boşqa taniqli şoirlar davrasida ötirgan yoşlar birin-ketin şeʼr öqib, göyo ustozlar oldida imtihondan ötganday bölişardi.
– Bu yil seminar iştirokçilari orasida çindan ham isteʼdodli yoşlar köp, – dedi sevimli şoirimiz Iqbol Mirzo. – Eng muhimi, ular şoirlik şunçaki qofiya tiziş emasligini his qilib, anglab turişibdi. Töğri, hali ularning yozganlarida ayrim işlaş lozim bölgan örinlar, baʼzi «xom» satrlar bor. Ammo ular ösayotgan şoirlar. Zominga şuning uçun ham kelişgan. Mana şu uka-singillarimiz orasidan zamonaviy şeʼriyatimizga yangi mazmun bağişlaydigan, KATTA şoirlar yetişib çiqişiga umid qilaman.
Iqbol aka bilan suhbatimiz tugamay yon söridan bir qizning şeʼr öqiyotgani eʼtiborimizni tortdi:
Özimdan toshib keldim,
Dovonlar oşib keldim.
Men-la Nodira ruhi
Zamonlar oşib keldim.
Xayollar uçdi – xatlar,
Qarşiladi daraxtlar.
Bu zamon Zomin husni
Közlarimga dastxatdir…
Keyin bilsak, Nozima Habibullayeva degan şoira şu qiz ekan. Ustozlar eʼtirofidan köngli ösgan yoşlar şeʼr öqir, ularga tengdoşlari munosabat bildirar, şu tarzda bu kunning şavqi xotiralarga muhrlanib borardi.
Kun qiblaga oqqan çoği anjumanda yigirma bir nafar yoş ijodkorning «Ijod» jamoat fondi homiyligida çop etilgan birinçi kitoblari taqdimoti ham bölib ötdi. Taqdimotda iştirokçi yoşlarning har biriga mamlakatimiz rahbarining maxsus sovğasi – planşet topşirildi. Bunday yuksak eʼtibordan boşi osmonga yetgan yoşlar planşetdagi «Özbekiston Respublikasi Prezidentidan» degan yorliqni körib, tamomila baxtga, şarafga kömildilar.
– Anjumanga qatnaşişning özi tengdoşlarimiz uçun bir baxt, – dedi nasr yönalişida iştirok etgan surxondaryolik Furqat Alimardonov. – Bugungaça yozgan hikoyalarim bir tomon-u, endi yozadiganlarim boşqaça bölişiga işonaman. Bu yerda rosmana mahorat maktabini ötadik. Ustozlarimiz nimani qanday yoziş, qahramonlar xarakterini qay tarzda oçiş va yozganda qaysi jihatlarga eʼtibor qaratişni tuşuntirib berdi. Prezident sovğasini olgan tengdoşlarimizning faqat va faqat yaxşi asarlar yozişiga işonaman. Negaki, bunday eʼtiborga boşqaça javob berib bölmaydi. Faqat zör ijod qilişimiz kerak.
Yuz-közida şodu xurramlik balqigan yoşlar taqdimotdan söng Zomin şarşarasini tomoşa qilişga yöl olişdi. U yerdagi taassurotlarni qoğozga tuşirib, töla ifodalaş imkonsiz. Balki, fotosuratlarda qisman körsatiş mumkindir…
Taloş palla yo yana oqşom
Kun taloş bölganida ham yoş ijodkorlar töp-töp bölib ustozlar ortidan ergaşardi. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi tahririyati mulki bölgan fotoapparat kaminaning böynida, bir yigitga qirq hunar oz deganlaridek, “çiq-çirq” qilib yuribmiz. Bir yigit kelib: “Ustoz bilan rasmga olib qöying”, deya Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Alining atrofiga bir neçasi jam bölişdi. Ha, deganda seminar iştirokçilari örin almaşar, mening qölimdagi fotoapparat tinmay çirqillardi. Şu tobda tahririyatimizning mohir fotografi Rustam Nazarmat kelib qoldi-yu, jonimga ora kirdi.
Rustam Nazarmat işlayotganida men ham böş turmay, badiiy publitsistika kengaşi raisi Öktam Mirzayorni suhbatga tortdim:
– Öktam aka, publitsist yoşlar qiynamadimi?
– Yöq. Qolaversa, Humoyun Akbardek yordamçim bor, – deb gapini davom ettirdi şöba rahbari. – Badiiy publitsistika jamiyatda amalga oşirilayotgan tub islohotlarning mohiyatini oçib beradigan, bugungi kunning tarixini qoğozga muhrlaydigan muhim vositadir. Tarixi boy, keçmişi dolğali milliy adabiyotimizning Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek, Hamid Olimjon, Ğafur Ğulom, Mirtemir kabi darğalari ijodida ham badiiy publitsistikaning örni katta bölgan. Buni seminarda qatnaşayotgan yoş publitsistlar yaxşi bilişadi. Ular orasida bugun jamiyat istagan isteʼdod sohiblari borligini körib quvondik. Navoiylik Röziqul Oçilov, andijonlik Zulxumor Orifjonova, qaşqadaryolik Muhammadali Mamadaliyev, namanganlik Jahongir Namozov, xorazmlik Dilmurod Maşaripov kabi yoşlarimiz bilan muntazam ijodiy aloqalarni yölga qöyişga kelişib oldik. Har qanday niholni mehr yaşnatgani singari, bugungi yoş ijodkorlarga rağbat kerak, ularni farzandlarimizdek avaylab östirsak, ertaga adabiyot böstonimizni yanada obod etguvçi ijodkorlar bölib yetişadilar.
Şom çökkan, quşlar öz tilida qöşiq aytardi. Keçagi “şeʼriyat maydoni” tomon ustoz Muhammad Ali, Iqbol Mirzo, Mahmud Toir yöl boşlab ketişyapti. Qarasak, şu yaqin atrofdagi mahalliy el ham bu oqşom şeʼr eşitmoq istagida jam bölibdi.
Muşoirani ustoz Muhammad Ali olib boradigan böldi. Keçaning bunday taşkil etilayotganidan körinadiki, qoronğida kökka köz tikib şeʼr öqişning avji keçagidan köra balandroq böladi. Avval ustozlarga, söng yoşlarga navbat berildi.
Mana, Dadaxon Muhammadiyev maydonda, “Akang qani, Qaldirğoç?” deb surxonlik qizni söroqlab turibdi:
Toğlar yölin toğ tösdi,
Muştga aylandi quloç.
Ayvoningni qor bosdi,
Akang qani, Qaldirğoç?
Bir mungliğ ovoz ötdi,
Çalinmagan soz ötdi,
Bahor ötdi, yoz ötdi,
Akang qani, Qaldirğoç?
Yoşlarning yurt mehridan rang olgan şeʼrlari tongga dovur tugamasligi hammaga ayon bölib qolgaç, faqat bittadan şeʼr aytişga kelişib olindi. Ammo şeʼr öqiyman deb örtaga çiqayotganlarning oxiri körinmasdi. Hatto boşqa janrda ijod qiluvçi yoşlar ham bu keça şoirga aylanib ketdi. Vaqt allamahal bölib qolgaç, noiloj tört satrdan ortiq şeʼr öqimaslik şarti qöyildi.
Uçinçi kun. Sarhisob
Keça şeʼr aytib çarçamagan, Zomin şarşarasini tomoşa qilib zavqi yanada jöşgan yoş ijodkorlar uçun bugun eng hayajonli dam bölişi barçamizga kundek ravşan edi.
Ha, bugun seminar qatnaşçilarining ijodiy işlari sarhisob qilinadigan kun. Ammo heç bir iştirokçi bundan çöçimasdi. Qaytaga, ijodi va öziga bölgan işonçi anjuman maşğulotlari davomida ortgan bölsa ortgandirki, iştibohga örin qoldirmagandi.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari yakuniy tadbirida har bir şöba rahbari özi maşğulot olib borgan guruhlardagi yoşlar ijodi haqida hisobot berdi.
– Badiiy tarjima şöbasida Adhambek Alimbekov bilan birga beş nafar yoş tarjimonning işlarini körib çiqdik, – dedi şöba aʼzosi Begoyim Xolbekova. – Seminar iştirokçilari bugungaça ustozlar ijodidan tarjima qilgan bölsalar, anjuman davomida tengdoşlarining maşqlarini tarjima qilib berişdi. Töğri, izlanişlarida kamçiliklar ham yöq emas, ammo ularga kelgusida bartaraf etilişi kerak bölgan jihatlarni tuşuntirdik.
Şu tariqa, barça şöba rahbarlari va aʼzolarining mulohazalaridan söng seminar iştirokçilariga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Jizzax viloyat hokimligining sovğalari topşirildi.
– Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan «Ijod» jamoat fondi hisobidan çop etilgan beş jildlik «Ozod vatan saodati», «Zamonamiz qahramonlari: Hasanboy Dösmatov», «Zamonamiz qahramonlari: Ruslan Nurudinov» nomli kitoblar sovğa qilindi, – dedi seminarning taşkiliy işlarida faol bölgan uyuşma aʼzosi, dramaturg Ğafur Şermuhammad. – Şuningdek, Jizzax viloyati hokimligining pul mukofotlari ham berildi. Bularning barçasidan maqsad seminar qatnaşçilarining kelgusidagi ijodiy işlariga rağbat körsatişdir. Ha, aytgança, yoş ijodkorlar seminari tarixida birinçi marotaba anjuman iştirokçilari uçun maxsus forma va daftar-qalamlar tayyorlandi va qatnaşçilarga tarqatildi. Bunga ramziy ifoda yuklaydigan bölsak, badiiy pişiq va baquvvat asarlar yozişi uçun yoşlarga Zominda qalam berildi, deyiş mumkin.
Yoş ijodkorlar nomidan Abdulla Şarafiddinov va Sarvinoz Saksonova sözga çiqib, yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik, bildirayotgan işonç uçun Prezidentimizga minnatdorlik izhor etdilar. Şuningdek, ijodiy maşqlarini körib, qimmatli fikr-mulohazalarini bildirgan ustozlarga samimiy taşakkur aytdilar.
Şu tariqa, Yoş ijodkorlarning 2017-yilgi Zomin seminari adabiyotimizning umidli avlodiga ijodiy zafarlar tilab, öz işini yakunladi.
Nurilla Çoriyev
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


