Bolaligimni qömsayveraman, qömsayveraman… Içikib-içikib soğinaman…
Vaholanki, u zamonlarda hayot yengil bölmagan. Uylar polsiz, qişda peçka topilsa, kömir topilmaydi. Ötin yoqsang, bir lovullab isitadi-yu, yana tafti sönadi. Sandalning ahvoli ham şu. Qor yoki yomğir yoğsa, tomdan çakki ötgani-ötgan, suv tomçilayotgan joylarga terib qöyilgan turli idişlardan taralgan “çak-çuk”, “tiring-tiring”larga körinmas ajinalar öyin tuşayotgandek.
Iloji boriça kunduzi dars tayyorlaşga urinardim. Qoronğiga qolsang, kerosin isi anqib turadigan lampa-çiroq közlaringni toliqtirgandan toliqtirib taşlaydi. Endigina paydo bölgan elektr çiroqlari oyida uç-tört yiltillagan böladi, şundayam şamdan xira. Bu yetmagandek, umumiy qilib solingan körpada qatorlaşib yotgan opa-ukalaring: “Chiroqni öçir, uxla”, deb tixirlik qila boşlaşadi.
Ikkinçi jahon uruşi uqubatlaridan endigina qutulgan xonadonlarning köpçiligi ança qaşşoq edi. Mahallada yoppasiga tuproqtom uylar, köpining hatto ayvoni ham yöq. Falonçi tomiga şifer yopganmiş deyişsa, odamlar ataylab körgani borişardi. Köçalardan dam ikkala ğildiragi devor böyi keladigan qöqonarava, dam örislar “briçka” deb ataydigan tört ğildirakli kötakarava ötib qoladi. Keyinroq qöş otli “haptakaç”lar köpaya bordi. Bir sakrab, keng yukşotining çetiga osilib olsang, ana mazza, mana mazza. Kolxozimizdagi ikkita “polatörka” yuk maşinasidan biri yoki xususiy mototsikllar haftada bir-ikki bor közga çalinib turardi, qiy-çuv kötarib, ortidan çopqillaşga tuşardik. Yengil maşina uçrab qolsa-ku, bayram bölib ketardi. Lekin qandaydir “sirli kattalar”ni olib yuradigan bu maşinalarga osiliş tugul, yugurib quvlaşga ham haddimiz siğmasdi.
Oilamiz öziga töqqina edi. Ammo köpçilik qöşnilarnikiga kirganimda, dasturxonlarida çoy-non, turşak-qoqilardan bölak narsa yöqligini körib, ğalati bölib ketardim. Bunday xonadonlarda yaşovçi örtoqlarimning bir unisini, bir bunisini uyimizga tez-tez boşlab kirardim, birga ovqatlanardim, dasturxonga qand ham qöyişlarini talab qilib turib olardim. Sen qandni har kuni yeysanmi, deya havas bilan sörab qöyardi bolalar. Xohlasam, kuniga ön marta yeyişim mumkin bölsa-da, negadir yolğon gapirib, onda-sonda berişadi xolos, deb ğariblanar edim. Oq qandni-ku mendan ayaşmas edi, biroq guldor qoğozçalarga öralgan popukli qandlarni qutiçada qulflab saqlaşar, goh qulfbuzarlik qilişga majbur bölib, boşimga balo orttirardim. Mehmonlar kelganda, oldilariga tovoqçalardagi şirinliklarni terib taşlaşsa, katta bölib mehmonga borsam, nahotki mening oldimga ham popukli qandlarni tovoqçasi bilan işonib qöyib qöyişsa, deb öylardim. Bilaman, yeging kelib turibdi, oliftalanmasdan lunjingga tiqavermaysanmi, degan xayolda mehmonga xitlanib boqardim
* * *
Qöşni mahalladagi maçit binosi örtasiga duvol urilgan tarzda ikkita sinf xonasiga moslaştirilgan bölib, bittasida beşinçi sinfgaça biz öqiganmiz. Birinçi öqituvçimiz Ahmadali Obidiyni “mulla aka” deb çaqirardik. U zot birortamizni turtkilaş u yoqda tursin, qattiq çaqçayganini ham eslolmayman. Aççiğini keltirsak, özini qattiq hafa bölgandek, astoydil arazlagandek tutib, oqsoqlanganiça deraza yoniga borar, maʼyus qiyofada jim turib qolar, soçiga oq oralagan, heç kimga ozor berişni istamaydigan domlamiz bilan tezroq yaraşib olişga tirişardik.
Boşlanğiçda öqiyotgan çoğlarimda Zahraxon degan singlim, Homitjon degan ukam qattiq şamollaşdan birin-ketin vafot etişgan. Ular qayta-qayta tuşimga kiraverardi…
Çamasi, bolaligimni hadeb qömsayverişimning asosiy sababi ham şu – öşa davrlarga qaytsam-u, Zahraxon bilan Homitjon yonimda dikonglab yurişsa, hamma işni yiğiştirib qöyib, ularni öynataversam, öynataversam. Ular vafot etadigan payt yaqinlaşgaç, hayotim yana yangitdan boşlanaversa.
* * *
Bobomiz Bahrom ota eşon bölgan ekanlar. Uyi-da maktab oçib, bolalarga dars berib ham turarkan. U kişi olamdan ötganlarida, Obidjon dadam ön yoşda, Şafoat ammam beş yoşda bölişgan ekan.
Sarviniso buvimizni eşon otaning ayoli sifatida hurmatlaşib, köplar ziyoratga kelib turişar, otin oyilar tez-tez yiğilib, kitobxonlik qilişardi. Hali maktabga bormagan bola bir çetda yonboşlab olib, devona Maşrab, Abo Muslim, bobo Ravşan kabilar haqidagi rivoyatlarni berilib tinglardim.
Dadam eskiça ilmdan xabardor bölsalar-da, dindorlar, ayniqsa taniqli dindorlarning farzandlari ham qattiq kuzatuv ostida bölgan mahallarda ulğaygani uçun zamonga mos turmuş tarzini tanlagan edilar. Siyosatga qiziqqanlarini bilmayman. Esimni taniganimdan to ilk ösmirlik davrimgaça paxta qabul qiliş punktida tovarşunos bölib işlagan. U kişi öz işining öta bilimdoni ekanligi, boşqa joylardagi kasbdoşlari maslahat olişga kelib turişlari töğrisida köp gapirişardi.
Onamiz Munis aya hozir birkam töqsondalar. Yoşligida dalaga yalangoyoq qatnab, kolxozning bitta noni, bir kosa yovğonşörvasi evaziga sahardan keçgaça işlaganini bot-bot eslab turişadi. Bizning nazarimizda ayamiz hamon kiyimimizni yuvib, oldimizga ovqat qöyib, bir tergab, bir erkalatib yurguvçi öşa-öşa uy bekasi.
Buvimizga uka bölmiş Usmon toğamiz sal duvonaxonligi bois uylanmasdan, biznikida yaşab ötdilar. Birin-ketin kötarib katta qilgani uçun u kişini hammamiz juda-juda yaxşi körardik. Toğajonimiz vafot etganida ösmir edim, nimaga yiğlayapsiz, deb ayamga dağdağa qilganim yodimda.
Dadam 1969-yilda harbiydan qaytişim bilanoq meni uylantirib, uç oydan söng olamdan ötdilar. U kişidan sakkiz farzand qolgan, uç opam, tört ukam bor. Opalarim allaqaçon dadamning yoşidan ötib ketişdi. Şuni bilaman, işongim kelmaydi.
* * *
Şeʼr yozişga boşlanğiç sinflardayoq ruju qöyganman. Dastlabki şeʼrlarim öşa otin oyilardan eşitgan Maşrab ğazallari radiflariga taqlidan bitganman. “Ğunça” jurnalining muxlisiga aylanganimdan söng bolalarga tinimsiz yozişga tuşdim. Şu jurnalda işlovçi Miraziz Aʼzam domla meni quloğimdan tortqilab şoir qilgan, yöqsa, bu havasdan öşandayoq könglim sovib, boşqa yoqqa çalğib ketişim heç gap emasdi.
Ösmirligimda dadamning işlari sal orqaga ketib, oilamizga yetişmovçiliklar oralab qoldi. Ayamiz yaxşigina çevar edilar, yozda kitel, qişda paxtali kamzul tikib sotib, rözğorning kamini yopib yurişdi. Menda ham tirikçilik taşvişi ertaroq boşlandi, olti-yettinçi sinflarda mahallalar aholisiga tekin xizmat körsatuvçi sayyor kinoçiga şogird tuşdim, keyinroq keçki maktabda öqib, paxta zavodida traktor mindim. Maktabni bitirgaç, qörğoşin konida burğilovçi, qişloq kutubxonaçisi böldim, Samarqand Moliya texnikumini tugatib, askarlikka ketdim. Uç yillik xizmatdan qaytganimdan söng, tönğiç öğil bölganim uçun, otasiz oilaning boşliğiga aylandim. Kolxozda tabelçi bölib iş boşladim.
Şunday xilma-xil hayot, şunça taşvişning içida yurib, şeʼr yozişdan baribir könglim sovimadi. Daftarlarim ketma-ket tölaverdi. Tuman gazetasiga muxbirlikka ötganimdan keyin hozirgi Milliy universitetning jurnalistika fakultetiga sirtdan öqişga kirdim-u, nihoyat özim köpdan orzulab yurgan yölning boşiga çiqib oldim. Bolalarga atalgan “Ona Yer” nomli birinçi kitobim baxtimga endi “Yoş gvardiya” naşriyotida işlayotgan Miraziz Aʼzam domlaning sahovati bilan 1974-yilda bosilib çiqdi.
Tuman gazetasida olti yilça işlab, biron-bir gazeta-jurnal yoki naşriyotga örnaşib oliş umidida boşkentga keldim, loaqal oldin musahhihlikka ham loyiq körişmagaç, Toşkent yoğ-moy kombinatiga boğbon bölib joylaşdim. Toşkentga quruq hoyu havasga ergaşib emas, puxta hozirlik bilan keliş lozimligini anglab, yana qişloqqa qaytdim. Farğona radiosidan iş berişdi. 1980-yilda “Yoş gvardiya”da “Bahromning hikoyalari” degan ikkinçi kitobim bosilgaç, şu yerda boş muharrir bölib işlovçi ustoz Erkin Vohidov huzuriga çaqirib, kitobingizni öqib xursand böldim, bizga işga kelmaysizmi, deb qoldilar. Yoşim öttiz törtda ekanligi, beşta farzandim borligiga qaramay, 1981-yilning yozida naşriyotga kelib iş boşladim. Nasib ekan, keyinçalik “Yoş kuç”, “Muştum” jurnallarida, Çölpon nomidagi naşriyot, Özteleradiokompaniya tarmoğida ham işladim.
Hozirgaça öttizga yaqin kitobim çop etildi, bir neça pyesalarim sahnalaştirildi, ayrim asarlarim asosida bolalar uçun kinolar yaratildi…
Hayotimning bu yoqdagi qismi haqida köp gaplar aytilgan, yozilgan, çözğilaşning hojati yöq deb öylayman. Eng muhimi, yurtimning erkini kördim, eng katta armondan xalos böldim.
Boşimdan nimalar keçgan bölmasin, baribir yaxşi yaşadim. Nimaiki körsatgan bölsa, Yaratgandan ming marta roziman. Imkon qadar sabrli bölişga, boriga şukrona aytişga urinib keldim. Töğrisi ham şu ekan.
Hayot davom etayapti. Feʼlim esa, öşa-öşa – bolaligimni qömsab-qömsab turaman. Bu menga içki kuç ato etaveradi.
ŞOIR HAQIDA
Anvar Obidjon 1947-yil 8 yanvarda Farğona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qişloğida tuğilgan.
Qişloğidagi 13-maktabda öqib yurgan davrlarida “Ğunça” jurnalida dastlabki şeʼrlari eʼlon qilingan. Maktabni bitirgaç, Samarqand Moliya texnikumida tahsil oldi, harbiy xizmatda böldi, kolxozda işladi, tuman gazetasiga muxbir bölib ötdi, hozirgi Milliy universitetning jurnalistika fakultetini sirtdan tugalladi.
Toşkentdagi faoliyatini “Yoş gvardiya” (hozirgi “Yangi asr avlodi”) naşriyotida işlaşdan boşladi. Söng “Yoş kuç”, “Muştum” jurnallari, Çölpon nomidagi naşriyot, respublika teleradiokompaniyasida işladi.
Şu paytgaça şoirning “Ona Yer”, “Bahromning hikoyalari”, “Ey, yoruğ dunyo”, “Olovjon va uning döstlari”, “Masxaraboz bola”, “Ketmagil”, “Bezgakşamol”, “Juda qiziq voqea”, “Akang qarağay Gulmat”, “Yerliklar”, “Dahşatli Meşpolvon”, “Oltin yurakli Avtobola”, “Alamazon va Gulmat”, “Bulbulning çöpçaklari”, “Alişer ila Husayn yoki uç dono va öğri”, “Öq ötmas bolakay”, “Tanlangan şeʼrlar”, “Öğirlangan pahlavon” singari öttizga yaqin kitobi çop etildi. Şuningdek, “Qönğiroqli yolğonçi”, “Öğirlangan pahlavon”, “Qorinbotir”, “Tötiqul”, “Navröz va Boyçeçak”, “Alamazon va uning piyodalari” kabi pyesalari sahnalaştirilgan. Asarlari asosida “Tilsimoy” va “Meşvolpon” filmlari suratga olingan.
Anvar Obidjon 1998-yilda Özbekiston xalq şoiri unvoniga sazovor bölgan.
“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 10-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


