43 daqiqada öqiladi

438 marta körilgan

Yozuvçining kuni

Fozil Iskandar

(Hikoya)

Özbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham eng kulgili asar latifa hisoblanadi. Hikoyani latifadek kulgili asarga aylantirişni qoyilmaqom “kulgi hikoyalar” yozgan buyuk Ğafur Ğulomdek kamdan-kam söz sanʼatkorigina uddalay oladi. Rus adibi Fozil Iskandar mana şunday sanoqli söz sanʼatkorlaridan biridir. Harqalay, şunisi aniqki, rus adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham kulgi hikoyalardan tarkib topgan “Çegemlik Sandro” asaridek yana bir hajviy roman-trilogiyani boşqa topolmaysiz! Buyoğini sörasangiz, Lenin, Stalin, Beriya kabi tarixiy şaxslarning jonli qiyofalarini haqqoniy çizib körsatişni mustabid tuzum şaroitida faqatgina Fozil Iskandar uddalay olgan…
Kamina olti yil avval bu adibning “Quyonlar va böğma ilonlar” falsafiy ertagini özbek tiliga tarjima qilgan edim. Mazkur majoziy-hajviy asar 2009-yilda “Jahon adabiyoti” jurnalida eʼlon qilindi. 2012-yilda “Şarq” NMAKda çop etilgan “Yozuvçining siri” jamoa töplamida Muhammad Ali Jamolzoda, Dino Butssati, Muxtor Mağavin va Ollonazar Abdiyev asarlari qatorida naşr etildi. Yaqinda Fozil Iskandar ijodiga yana murojaat qilib, bu ajoyib adibning eng sara kulgili hikoyalarini özbek tiliga ögirdim. 1994-yilda yozilgan “Yozuvçining kuni” hikoyasi şulardan biridir. Rus adabiyotida ham, özbek adabiyotida ham, butun jahon adabiyotida ham yozuvçining bir kunda körgan-keçirganlari bu qadar haqqoniy va taʼsirçan qalamga olingan boşqa asar yöq desak, mubolağa qilmagan bölamiz. Asarni öqib bunga özingiz ham işonç hosil qila olasiz. Ayni çoğda, yozuvçi zotining har bir qadamini neçoğli öylab bosişi, har bir voqea yozuvçi qalbida qançalik teran aks-sado uyğotişini aniq-ravşan körgandek bölasiz.

Tarjimon

Rossiyada hamma nimanidir söraydi. Söramaydiganlar esa, heç nima sörama deb yolvoradi. Bundan çiqdi, ular ham söraydi.
Bugun uyqudorini qölga kiritiş uçun özimizning sobiq yozuvçilar şifoxonasiga yöl oldim. Men “sobiq” deyapman, garçi bizni u yerga xuşlamayroq qöyib turgan bölsalar-da. Aytişlariça, tez kunda uruş nogironi bölgan yozuvçilardan boşqa heç kimni içkariga qöymas ekanlar. Baxtiqaro uruş nogironlaridan kim qoldi özi?! Qariyb heç kim! Öğil-qizlarimizni kirgizmay qöyişgan, ammo xotinlarimizni davolaşadi. Oilalar buzilib ketmasin deyişyapti, şekilli.
Nima böldi özi? Bu yaxşi şifoxona va men aniq bilamanki, avval-boşda yozuvçilarning puliga qurilgan! Şuning uçun avvallari biz unda iç-içdan faxrlanib davolanar edik. Şifokorlar bilan munosabatlarimiz çinakam döstona edi. Qadrdon birodarlardek. Baʼzi şifokorlar kitobingiz haqida şunaqangi ajoyib gaplar qilib boşlaşardiki, ularni maroq bilan tinglab ötirib bemorligingizni butkul unutib qöyardingiz.
Endi öşa şifoxonani kimdir xususiylaştirib olgan. Şuning uçun hozir u asosan boyvaççalarni naqd pulga davolaydi. Bu masala atrofida qandaydir tumanlik bor. Aytişlariça, şifoxonamizning boş şifokori kim bilandir qanaqadir bitim tuzgani sabab hammasi şunday bölib çiqqan. Boş şifokorning özi esa, nafaqat şifoxonadan, hattoki Moskvadan ham qorasini qariyb butunlay öçirgan.
Yana aytişlariça, Isroil quyoşida toblangan şubhali aft-angori va jinniligini körsatuvçi Rossiyaning şubhali maʼlumotnomasi bilan ahyon-ahyonda Moskvada paydo bölib qolar emiş u. Aytişlariça, bu odamni huquqni himoya qiliş idoralariga çaqirib söroqqa tutmoqçi bölişibdi. Ammo heç natija çiqmabdi. Sababi u hamma savollarga birgina javobni qaytarib turaveribdi:
– Qizil dengiz Qora dengizga, Qora dengiz esa, Ölik dengizga aylanib ketdi. Gefsiman boğida körişgunça!
Bu bilan u nima demoqçi bölganini heç kim tuşunmaydi. Aftidan, Isroilning afzalliklariga işora qilayotgan bölsa kerak. Biroq qanday afzalliklarga? Mutlaqo tuşunarsiz.
Aytişlariça, uning bir xildagi javoblari joniga tekkan bir huquq posboni:
– Sizga Oxot dengizi yoqadimi? – deb sörabdi.
– Yoqmaydi, – debdi u pinagini buzmay öta tabiiy ovozda.
Uning jinniligi haqidagi maʼlumotnoma atrofida ham har xil boşqotirar muammolar yuzaga keldi. Huquqni himoya qiliş idoralari jinnilik haqidagi maʼlumotnomani u şifoxona böyiça şartnomani imzolaşdan avval yo keyin olganini aniqlaşga uzoq va behuda urinişibdi. Biroq heç ham aniqlay olişmabdi. Maʼlum bölişiça, uni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun buning ahamiyati katta ekan. Yana aytadilarki, mazkur işga qandaydir katta huquqşunos, ustiga ustak, oddiygina emas, faylasuf huquqşunos aralaşib, şunday debdi:
– Har ikki holatda ham uni jinoiy javobgarlikka tortib bölmaydi.
– Nega?! – deb söraşibdi boşqa soddadil huquqşunoslar.
– Negaki, – deb javob qilibdi bu huquqşunos, – agar u maʼlumotnomani öşa şartnoma imzolanişidan avval olgan bölsa, demak, şartnomani aqlidan ayrilgan holda imzolagan bölib çiqadi. Aqldan ozgan odamni esa, jinoiy javobgarlikka tortiş mumkin emas.
Başarti u aqlli muttaham bölgani holda favqulodda foydali şartnomani imzolaşga erişgan, şuning uçun uni javobgarlikka tortsa bölardi desag-u, ammo bu sehrli şartnomaga qattiq suyunganidan bexos aqldan ozib qolgan bölsa, endi uni yana jinoiy javobgarlikka tortib bölmaydi-da. Jinni-da, jinni! Xullas, masala ahmoqlikning çeksizligi xususidagi gegelça qaraşlarga borib taqalyapti-da. Çeki-çegarasi yöq ahmoqlik esa, dardi bedavo hisoblanadi.
Bu hodisada bizning huquqni himoya qiluvçi idoralarimizga xos soddadillik-oqköngillik odamni hayratga soladi. Rossiyada jinnilik haqidagi maʼlumotnomani soppa-soğ odam ham sotib olişi mumkinligi xayollariga ham kelmaydi ularning. Buning ustiga, hattoki ğirt jinni ham özining soppa-soğ ekanini körsatuvçi maʼlumotnomani sotib olişi mumkin bizda! Qay maʼlumotnomaning xaridorlari köpligi ham nomaʼlum.
Bizning yirik amaldorlarimiz soppa-soğligi haqidagi Rossiya maʼlumotlarini taxlab olib, jahonni izğigan köyi u yerdagi boylardan lölilarça pul undiriş payida bölişadi. Qiziği, öşalar baʼzida pul berişadi. Biroq ayrim bezbetlari maʼlumotnomalar körsatilsa-da, pul bermaydilar. Şundan keyin bizning amaldorlarimiz Rossiyaga qaytib, özlarining ğazablarini yaşirişga uringan holda:
– Biz, aslida, ularning pulini olmoqçi emas edik! Teşib çiqmaydimi! Burjuylarning naqadar ziqnaligi va hatto u yerda mehmondöstlikdan asar ham yöqligini xalqimizning köziga körsatiş uçun atayin pul söragan edik! – deya gap berib yuradilar.
Xullas, yana bir marta takrorlayman: şifoxonamizga boğliq gap-sözlar köp. Rosti şuki, biz yozuvçilarni içkariga xuşlamayroq kiritişadi. Öğil-qizlarimizni bölsa, naq tayoq olib quvlagudek bölişadi. Boş şifokorni yer yutib ketdimi, qaydam, ançadan beri qorasi butkul öçdi.
Ha, biz yozuvçilarni içkariga kiritişadi. Ammo eşik oldida, aniqroği, uning içkari tomonida qorovul turib olib yozuvçilik guvohnomamizni tekşiradi. Buyam ğalati. Göyo begona odam yozuvçi qiyofasida şifoxonaga kiradi-yu yozuvçi sifatida bepul davolanib qöyadi. Şifokorning qabuliga kirguningizga qadar röyxatxona atrofida ham ançagina öralaşişga töğri keladi. U yerda yozuvçilar haqidagi hamma maʼlumotlar jamlangan. Yozuvçi emasmisan, pulini töla-da, istaganingça davolanaver. Agar qorovul ana öşa begonalarning hamyonlarini tekşirib, ularning davolanişga pullari bor-yöqligini aniqlaştirganida edi, bu mantiqan asosli iş bölar edi. Biroq buni körmaganman. Bas şunday ekan, savol tuğiladi: qorovulga ne hojat? Azbaroyi asabi taranglaşgan yozuvçilarning xunobini oşirib, kapalagini uçiriş uçunmi?
Qisqasi, şifoxonaga reladorm undirgani boryapman. Avvaldan telefonda dorixona sotuvçisi taʼtildan qaytib kelganini aniqlab, har bir qadamimni öylab bosib boryapman. “Ha, kelavering, taʼtili tugagan” deyişgan. Içkarida özimizning möjazgina dorixonamiz bor-da.
Şunday qilib, şifoxonaga ketyapman. Metroda bormoqçiman. Şifoxonamiz metroning “Aeroport” bekati yaqinida joylaşgan. Uning yonida yozuvçilarning uylari bor. Men ham ilgari öşa uylardan birida yaşaganman. Qadrdon joylar.
Metrodan çiqib, muyulişda özim taniydigan qari şoirga duç keldim. U qariligiga qaramay qölimni mahkam siqib deydi:
– Seni körmaganimga köp böldi-ya! Zör bir yangi doston yozdim! Qölyozmani qay tahririyatga berganimni aytmayman. Tfu-tfu, köz tegmasin deyman-da!
– Juda yaxşi, – deyman qölimni uning çangalidan çiqarib olişga urinib. Qari, lekin çangali mahkam! Tağin kimnidir qattiq eslatib turganiga nima deysiz.
– Gap bunda emas! – deydi u. – Sen menga amaliy yordam körsat-da! Mening suyanadigan heç kimim yöq!
– Men qanday yordam bera olar edim! – deyman. – Tahririyatlar bilan heç bir şaxsiy aloqam bölmasa.
– Gap bunda ham emas! – deydi u. – Sen faqat “Falonçi zör doston yozibdi!” degan fikrni tarqat! Şu birgina fikrni tarqataver!
– Albatta, – vazifamning yengilligidan suyunib javob qilaman. Mana, şoirdan uzoqlaşib, şifoxonamizga kirib boryapman. Qorovulga yozuvçilik guvohnomamni, nima deymiz, lang oçib körsatdim-da, ust kiyimlarimni yeçmasdan töppa-töğri dorixonaga yöl oldim. Dorixona ikkinçi qavatda joylaşgan. Sotuvçisini köpdan bilaman. U judayam olijanob ayol.
– Şifokorga kirib retsept yozdirib çiqing, – dedi u. Şu gapdan keyin taniş ruhşunosning huzuriga kirib bordim. Dorixonaga yondoş xonada. Ğamga botib ötiribdi. Avvallari şunaqangi quvnoq-xuşçaqçaq ediki, naq porlab turardi.
– Namunça xafa körinasiz? – deb söradim. – Bemorlar çarçatib qöydimi?
– Nima, sen hali eşitmadingmi? – savolimga savol bilan javob qiladi u. – Bu yerda hamma narsa özgarib ketdi-ku. Yaqinda hammamizni haydab yuborarmiş. Öz şifokorlarini olib kelişarmiş.
– Ha, bu gapni eşitdim, – deyman. – Yozuvçilar ham bu gapni eşitib xafa bölişyapti. Ayrimlari hatto haqiqat qidirib yurişibdi.
– Ular haqiqat qidirib yurganida bu yerda heç birimiz qolmaymiz, – deydi u.
Men bu oğriqli masalaga çuqurroq kirib ötirmadim. Öz dardim özimga yetarli-da. Şunday-şunday, menga uyqu dori kerak edi, dedim. Faqat albatta radedorm emas, reladorm! Ötgan gal boşqa şifokor adaşganmi, yo özim faromuşxotirlik bilan boşqaçaroq aytib yuborganmanmi, menga reladormning örniga radedormni yozib beribdi. Holbuki radedorm menga allaqaçon taʼsir qilmaydigan bölib qolgan. Uyqusizligim kuçayyaptimi, radedorm kuçsizlanib boryaptimi, bilmadim.
Rosti ham şu. Dorining bexos özgarib qolganini hali bilib ulgurmagan birinçi keçada yanglişib darrov uxlab qoldim. Biroq keyin, dorining reladorm emas, radedormligini bilgaç, uyqusizlikdan uzoq qiynaldim. Holbuki bitta emas, ikkita içgan edim. Bundan taşqari, dorilarni içganimdan keyin uç minggaça sanadim ham. Alam qiladigan joyi şundaki, uyquga ketganimdan keyin ham sanaşda davom etaveribman!
Dafʼatan miyamga bir fikr keldi: bu xatoning asl sababi boşqa yoqda bölsa-çi? Balki menga reladormni töğri yozib berişgandir? Biroq men öşanda dorini şahar dorixonasidan sotib olgan edim. Olişdan avval navbatda turuvdim. Tuynukçaga endigina yetib kelganimda oqbilakligi şundoqqina körinib turgan yoqimtoygina bir qiz ğoyat tabiiy ravişda közyoş tökib men tomonga engaşib dedi:
– Sevimli kuçukçam ölyapti, meni navbatsiz qöyvoring.
– Marhamat, – deya navbatsiz olişiga ruxsat berdim. Bir hisobdan uning höngrab yiğlab yuborişidan qörqdim.
– Yigirmata nina, – dedi u sotuvçiga. Sotuvçi qizga nafrat bilan tikilgan köyi yigirmata ninani uzatdi. Qanaqa kuçukça, yigirmata ninani nima qiladi?! Albatta, bu giyohvand qiz ularni öz hamtovoqlariga olgan! Mana, oqbilaklarça rangparlikning tub sababi qayoqda! Qiziği – meni oçiqdan-oçiq aldab, ziğirça hijolat bölmay ketdi-bordi. Ammo men dorixona sotuvçisining yuzida zuhur körsatgan sirli nafratni yaxşigina his qildim. Balki öz bolalarining taqdiridan xavotir olgandir? Nima bölganda ham, ana öşa ninalar savdosida asabi buzilgani uçun menga bir uyqudorining örniga boşqasini berib yuborgandir. Yaxşiyamki, u yanglişib mening qölimga abadiy uyqu dorisini tutqazib yubormadi.
– Mana men sizga aniq-tiniq “reladorm” deb yozyapman, – dedi şifokor, – faqat bizda hozir intizom kuçaygan. Röyxatxonadan kartaçangizni olib keling.
Röyxatxonaga tuşib, bir xodimadan kartaçamni sörayman. Kasallik tarixi ularda şunday nomlanadi. Şunda ilgari heç qaçon bölmagan manzaraga közim tuşadi – tuynukçaning içkarisida kompyuter turibdi. Uning oldida bir ayol ötiribdi. Röyxatxona xodimlari ham ançagina köpayişgan. Ularning hammasi qattiq hayajonda yugurib-yelib, dasta-dasta qoğozlar orasida nimalarnidir qidirişmoqda.
Bizning taşkilotlarimizdagi qayta qurişning uluğ qonuniyati şundayki, ayni qayta quriş çoğida odamlar köpayib qolişadi. Men öz kartaçamni topib berişni söragan xodima ham uni uzoq qidirdi, axiyri topdi, biroq şunda maʼlum böldiki, Adabiyot jamğarmasida qayta röyxatdan ötganim haqidagi qayd kartaçamda yöq ekan. Ammo avvalgi gal ayni şu masalada janjal bölib, men xotinimdan Adabiyot jamğarmasiga borib, meni qayta röyxatdan ötkazib kelişni iltimos qilgan edim. Xotinim mömaygina pul tölab buni qildirgan edi.
Eng muhimi, men ehtiyot yuzasidan Adabiyot jamğarmasining yangi guvohnomasini özim bilan olgan edim. Men bu ayolga öz guvohnomamni körsatib, qayta röyxatdan ötganimni tuşuntirmoqçi bölyapman. Ammo u guvohnomadan közini olib qoçyapti va hatto biroz qizaryapti. Uning uçun bu maʼlumotlar içki tarmoq orqali özlariga yetib kelmagani muhimroq ekan.
– Agar men kartaçangizni berib yuborsam, – dedi u titroq ovozda şivirlab, – sizni davolaşga sarflangan pulni mendan undirişadi.
Mana, biz şu darajaga bordik! Hoynahoy qandaydir çoyçaqa oladigan bu yoşi uluğ ayolni qanaqasiga xafa qilişim mumkin!
Men bu ayolni xafa qilgandan köra, yaxşisi, öşa uyqudorisiz ming bir keça uxlamay qöya qolaman!
Xafa qilmoqçi emasman, albatta, biroq biz qayta röyxatdan ötganimizni qayta-qayta uqtirdim. Ayol qandaydir röyxatlarni uzoq közdan keçirdi va hatto kompyuterda işlayotgan ayoldan maʼlumotlarni yana bir karra tekşirib körişni iltimos qildi. Ahmoq kompyuter lip-lip qildi-da, men haqimdagi maʼlumot öziga kelib tuşmaganini maʼlum qildi. Ammo bu tirişqoq ayolning özi mening ismimni qandaydir taşlandiq röyxatdan topib oldi.
– Hujjatingizni men özim olib kirib beraman, – dedi ayol. – Hozir bizda intizom kuçli. Bemorning qöliga bermaymiz.
Men yana ikkinçi qavatga zinğillab çiqib ruhşunosning huzuriga kirdim. Bu gal menga maʼlum qilingan “kuçli intizom belgi”lariga yana bir intizom namunasi qöşildi. Maʼlum bölişiça, endi bir qölga ikki öram – yigirma donagina hapdori beriladigan bölibdi.
– Bu oz-ku, – mungli ovozda deyman unga, – sal ötmay yana kelamanmi?
– Sen xotiningning kartaçasini olib kel, men unga ham yozib beray, – dedi u öziga xos qahramonlik körsatib.
Men pastga çopqillab tuşib röyxatxonadagi ayolga şifokor xotinimning kartaçasini ham sörayotganini aytdim.
– Mayli, – deya rozi böldi u, – biroq endi bizda intizom kuçaygan: biz xotinning kartaçasini eriga berolmaymiz. Unga aytingki, kartaça kötargiçga qöyiladi.
Men şifokorni band qilişlari, öziyoq qaygadir gumdon bölişi, natijada uni kutib qolişimdan qörqib ikkinçi qavatga uçib çiqdim. Ayni çoğda, aftidan, asosan boylarning kartaçalari taxlab qöyiladigan özimga notaniş “kötargiç” qayerda bölişi mumkin deb öyladim.
Şifokor joyida ekan. Nihoyat, u menga ikkita retsept berdi. Men tağin birinçi qavatga yugurib tuşdim-da, retseptlarni röyxatxonadagi ayolga berdim. U har ikkisiga hafsala bilan muhr bosdi.
Tepadagi dorixonaga yugurib çiqayotgan edim, kutilmaganda kiyimxonadagi ayol ortimdan qattiq qiçqirdi:
– Ust kiyimingizni yeçib keting, janob! Bizda hozir intizom kuçli: albatta yeçiniş kerak!
Körib qoldi! Huşyor tortdim! Tezda yeçinib, raqamni qölimga oldim. Şu asnoda nima uçun hayotimda birinçi marotaba şifoxonada ust kiyimda çarx urib yurganimni dafʼatan anglab qoldim. Avvallari bu yerga kelganimda hamişa ust kiyimimni özim yeçar edim. Masalaning nozik tomoni şundaki, avvallari bu yerda özimni qadrdon dargohga keldim deb his qilar edim. Endi esa, tezroq bu yerdan çiqib ketişga bölgan içki iştiyoq meni kiyimimni yeçmasdan qavatlar oralab yugurgilaşga majbur qildi. Darvoqe, özim tobora oşirayotgan tezlikka ham asosiy sabab mana şunda edi: tezroq, tezroq, tezroq!
Endi dorixonadagi ayol uyoq-buyoqqa çiqib ketişidan xavotirlanib tağin ikkinçi qavatga çopqilladim. Biroq u öz joyida ekan. Men unga muhr bosilgan retseptlarni uzatdim. U menga törtta hapdorilar öramini berdi. Men haqini töladim-da, dorini qöyin çöntagimga ehtiyotlab solib qöydim. Çunki endi uning taşqi çöntagimdan bexos tuşib qolişidan qörqar edim.
Oqşom töşakka yotiş oldidan bir donagina reladormning şarofati bilan uyqumni çaqira olaman, degan fikr mening ğayratimga ğayrat qöşdi. Kunni qançalik bardamroq ötkazsang, tunda yaxşi uxlaşga şunçalik köproq işonç böladi. Mening quvonçga yöğrilgan ğayrat-şijoatim qoradorini qölga kiritgan giyohvandning ruhiy holatiga öxşab ketmaydimi mabodo? Yöq, deb huşyor xulosa çiqardim özimça, keçqurun dori içişim mumkinligidan şu topda, ertalab suyunyapman. Giyohvand bölsa, aftidan, bir neça lahzalardan söng sarxuş holatni boşidan keçirişi mumkinligidan suyunadi. Metroning yölida tomçilab boşlagan yomğir ostida devorga suyanib ötirgan gadoyga közim tuşdi. Ajabo, nega men uni şifoxonaga ketayotganimda körmadim ekan? Gadoyning yonida bir bolakay turibdi. Men çöntagimga qöl suqib, bir hovuç çaqalarni oldim-da, nimagadir ularni erkakning emas, bolakayning hovuçiga tökdim, holbuki erkak menga yaqinroqda ötirgan edi. Bolakay çaqalarni şu zahotiyoq erkakka berişini yaxşi bilsam-da, özimga şunisi yoqimliroq tuyuldi. Agar bu erkak bolakayning otasi bölmasa ham, aqalli uni yaxşiroq qadrlay boşlaydi-ku.
Ulardan uzoqlaşar ekanman, öylab qoldim: mening bu kiçkina saxovatim undirilgan uyqudori quvonçining alomati emasmi? Qimorboz mömaygina yutuqdan keyin darbonga yuz sömlikni xuddi şunday ehson qilib yubormaydimi? Bunisini Xudo biladi.
Yaqinda özimizning yozuvçilar dala-boği böylab sayr qildim. Dam köça-köyga, dam dala-boqqa köz taşlab, göyoki uni bemalol qorovullagan köyi sayr qilyapman. Kutilmaganda faqirona kiyingan bir notaniş kişi omonat eşikçamizni oçib içkariga kirib keldi. Bir oğiz söramasdan ötib, yölakdan yurmay, tösiq böylab ösgan butazor tomonga burildi.
Ğoyib böldi. Men özimça öylab qoldim: kim böldi bu odam? Nega ruxsat söramay boğimizga bemalol kirib keldi? Axiyri özimça taxmin qildimki, bu odam azbaroyi yölni qisqaroq qiliş uçun dala-boğimiz orqali boşqa dala-boqqa ötib ketmoqçi bölgan. Ammo u holda nega endi tösiq böylab ösgan butalarga qarab ketdi?
Sayr qilişda davom etyapman. Çamasi qirq daqiqalardan söng u qölida qöziqorin töldirilgan yelimxaltani kötarganiça butalar orasidan çiqib keldi. Özimça fahmladim: gadoy, oçiqqan!
Yuzida sovuqqon bir qatʼiyat ifodasi zuhur körsatgança u göyo mening savollarimga çap bermoqçidek eşikçamizni tağin dadil oçdi-da, köçaga çiqdi-ketdi. Men jimgina kuzatib turaverdim. U eşikçani yopiş oldidan menga qattiq tikilib ovozi boriça eʼlon qildi:
– Yaqinda heç vaqo qolmaydi!
Şunday deb qorasini öçirdi. Bunaqangi oxirzamonni bironta nabiy başorat qilolmagan! Atrof-javonibda esa, boylarning toş-metin devorlar bilan öralgan, qulf solingan temir darvozali dala boğ va qasrlari qad rostlab turibdi, göyo tez orada feodal jangi boşlanişini kutib turgandek.
Darvoqe, feodallik taassurotlari töla bölişi uçun… Dala-boğimiz böylab sayr qilar ekanman, yangi qasri oliylarning egalaridan biri toş qörğonining taşqarisidagi sörida ayiq bolasini öynatib ötirardi. Kiçkintoy ayiqça çalqança yotibdi, egasi esa, uning qornini qaşiyapti!
– Bir yildan keyin siz bu mahluq bilan qanday muomala qilasiz? – özimni tutib turolmasdan qiziqsindim men.
– Bir yilga qolmay kabob bölib ketadi, – boşini kötarmagan köyi bahuzur ğingşiyotgan ayiq bolasining qornini qaşişda davom etgança bajonidil javob qildi xöjayin.
Şunday qilib, qöziqorin teruvçi közdan yöqolganida özimça öylab qoldim: qaçonlardir u öşa yelimxaltasi bilan bu yerga qaytib kelib, biroq uni portlovçi moddaga töldirib olib kelib, bu qörğonlardan birini portlatib, böşagan yelimxaltasiga boyvaççalarning qöziqorinlarini terib ketmasmi ekan?
Metroga kiraverişda yana öşa qari şoirga röpara keldim. Beçora şunaqangi aftoda kiyinganki, agar devorga suyanib tursa, sadaqa beriş kerak degan fikr uyğonadi. Uning ğayrat-şijoatini eʼtiborga olsangiz, ahvol ham ayançli, ham kulgili edi.
Uning yuzida tağin şodlig-u hayrat zuhur körsatdi. Garçi men “Aeroport”dagi yozuvçilar uyida beş yildan buyon yaşamayotgan bölsam-da, u, aftidan, köçada juda kam uçraşib qolişimizni biron köngilsiz kor-hol bilan boğliq deb biladi. Şu bois menga taşlanib, qölimni yana-da qattiqroq qisdi:
– Köpdan beri seni körmayman-a! – deya xitob qildi u. – Qayoqqa yöqolib ketding? Men bölsam, zör bir doston yozdim! Senga bajonidil öqib berardim, biroq şoşib turganga öxşaysan. Jurnalga topşirib qöyganman. Qay jurnalligini aytmayman. Köz tegmasin deyman-da!
– Juda yaxşi, – deyman men unga, qölimni xalos qilişga urinar ekanman. Qari, lekin qöli burgutning panjasidek. Bizning boşimizga yoğilgan muhtojlik balosiga qaramay, aftidan, hali ham uning boquvi yaxşiga öxşaydi.
– Menga yordam qil, – deydi, – meni suyaydigan heç kim yöq!
– Men qanday yordam bera olaman, – uqtirmoqçi bölaman unga, – mening tahririyatlar xodimlari bilan heç qanday şaxsiy aloqalarim bölmaganidan keyin…
– Bunisi heç gap emas, – deydi u, – sen faqat mening zör doston yozganim haqidagi fikrni butun Moskvaga ovoza qil! Hozir yangi davr. Tarğibot hal qiluvçi ahamiyatga ega!
– Albatta! – deyman zimmamga yuklanayotgan vazifaning osonligiga, ayni çoğda, uning özi qölimni çangalidan böşatganiga suyunib.
U mening boşim uzra qarab, aftidan, garçi qari bölsa-da, burgutnikidek közlari bilan boşqa yozuvçini körib qoldi. Agar şunday bölsa, endigi suhbatni osongina tasavvur qiliş mumkin.
Men tahririyatga boriş uçun metroga tuşdim. Nafaqa daftarçamni körsatmagan holda nazoratçining yonidan ötib ketdim. Ajablanarli holat: nazoratçilar mening nafaqada ekanligimga neçoğli qatʼiyroq işonç hosil qilganlari sayin bu menga şunçalik yoqmaydi.
“Hoy, amaki! Çiptasiz qayoqqa ketyapsiz?” – aftidan, men bu savolni endi heç qaçon eşitolmasam kerak. Ammo yutuqlar ham bor. Menga, masalan, metroda yoxud trolleybusda heç kim joy böşatib bermaydi. Aftidan, nogironlik alomatlaridan xoli bölgan soğlom nafaqaçilik. Yoki köngilçanlikdan xoli bölgan soğlom yoşlar?
Bittami-ikkita bekatdan keyin vagonga oldidagi kasalmand bola yotgan aravaçani itargan köyi tilançi ayol kirib keldi. Balki rostdan kasalmanddir. Buni bilişning iloji yöq edi. Men açiniş hissini qariyb tuymagan holda özimda qolgan çoyçaqalarni sadaqa qildim. Aniqroği, birinçi sadaqamning taassurotlarini xiralaştirmaslik uçungina yana sadaqa berdim. Qilgan bir yaxşiligingiz öz-özidan yana bir yaxşilik qilişga undaydi-da, axir. Umuman, eng işonçli yaxşilik odatga köra qilinadigan yaxşilikdir.
Tahririyatda muharririm bilan ikki soatça işladim. Işimizni tugatganimizda menga qahva taklif qilişdi.
– Rahmat, – minnatdorçilik bildirdim men, – asabim juda zöriqdi.
Aslida ham şunday. Biroq bu holatni oşkora tan oliş katta xato edi. Odatda qahva taklif qilişganidan keyin bir-ikki qadah konʼyak bilan ham siylaşardi. Ammo bu gal menga konʼyak taklif qilişmadi. Aftidan, usiz ham asabi zöriqqan deb öylaşdi, şekilli-da. Şu topda bir qadah konʼyak yomon bölmasdi. Qanaqa ahmoqona iqror böldi bu: “Asabim juda zöriqdi”! Balki, bu bizning rossiyaliklarga xos kasalimizdir – tuşkunlikka soluvçi asabiy zöriqiş? Konʼyak uni yaxşi tinçlantiradi.
Asabi juda zöriqqanmiş! Qanaqa ojizalarça til! Qanaqa yovvoyilarça oşkoralik! Bu hatto madaniyatsizlik! Bunaqangi iqrorni eşitgan odamlar nima qilsin? Sapçib tuşsinmi?!.
Adabiy badgumonlikka ega odam öziça, konʼyak taklif qilişmadi-ya, deb öylagan bölar edi. Aftidan, ularning nazarida, mening qölyozmam konʼyak körinişidagi qöşimça qiymatga arzimaydi, şekilli? Biroq özim nodonlik qilib “asabim juda zöriqdi” dedim-ku.
Tahririyatdan endigina çiqqan edim, qasam içib aytamanki, mubolağa qilmayapman, menga tağin öşa qari şoir yuzma-yuz kelsa böladimi! U ayni şu tahririyatga şoşilib kelayotgan ekan. Haligina uçraşganimizni tağin unutib qöyibdi. Biroq mening özimni unutib qöymagani hayratlanarli. Har qalay, yigirma yil bir uyda yaşaganmiz-da. Ançadan beri körişmaganimiz ham, yozib bitirgan yangi dostonining zör asarligi ham, u haqda fikr tarqatişim zarurligi ham – hamma-hammasi tağin bir karra takrorlandi.
– Ammo dostonni qay tahririyatga berganimni sendan yaşirib ötirmayman, – dedi u boşi-yu qoşi bilan tahririyat binosiga imo qilib. – Sen bunga aqling yetmaydigan darajada ahmoq emassan-ku. Biroq biz – şoirlar irim-çirimlarga işonuvçan xalqmiz-da.
Men bir karra yöl qöygan qöpol xatomga qattiq afsuslanib, özimni yozğirdim:
– Asab zöriqqan, – beixtiyor ovoz çiqarib şunday deya zaharxanda qildim-da, aytişim bilan huşyor tortdim.
– Kimning asabi, muharrirningmi? – qari şoir ham sergak tortdi.
– Yöq, – aniqlaştirdim men, – asr oxirining.
– Boşimni qotirmay tur, – dedi qari şoir, – meni jiddiy suhbat kutyapti. Ammo fikr tarqatişni unutma!
Şu bilan biz xayrlaşdik va şu kuni boşqa uçraşmadik. Tahririyatdan keyin men tağin metroga yöl oldim. Metro yölidagi markaziy köçalardan birida ketayotgan edim, tuppa-tuzuk kiyingan bir qiz yonimga keldi-da:
– Biz çerkovga ehson yiğib yuribmiz. Marhamat, ehson qiling! Evaziga manovi yopiştirmani beramiz, – dedi.
U qölida ustiga allaqanday rangli suvrat yopiştirilgan kaftdekkina qalin qoğozni uşlab turar edi. Men hatto bu suvratlarga diqqat qilib qaraganim ham yöq. Baribir közoynaksiz yaxşi körolmayman. Közoynakni çöntagimdan olib taqib qaraşga hafsalam ham, xohişim ham yöq edi.
Nimagadir ayni şu lahzalarda sillam qurib, qariyotganimni his qildim. Qiz “Çerkovga!” deya şunaqangi xokisorona iltijo qilib turibdiki, eʼtiborsiz qoldirişga uyaldim-da, hamyonimni çiqarib, unga ön söm berdim.
– Manovini olmaysizmi? – deya eslatdi u.
– Kerak emas, – deb javob qildim-da, ayni lahzalarda qarilik rostdan ham zabtiga olayotganini iç-içdan his qilgan köyi özimni metroga urdim… Çerkov – kambağallarning foizi narigi dunyoda olinadigan banki. Bank – boylarning Xudosi seyfga qamalgan çerkovi.
Metroda ançagina uzoq yöl yurişim kerak. Şunday bölsa ham, metroda menga, Xudoga şukur, heç kim tirğalgani yöq. Faqat qandaydir kayfi bor işçi vaqti-vaqti bilan közi közimga tuşganida – şundoqqina röparamda ötirgan edi – taşqariga birga çiqib içmaymizmi degan maʼnoda işora qilgan köyi xuşnudlik bilan közini qisadi… Gohida işçilar ziyolilarga talpinişini ança avval sezganman. Qaçonki, boşqa birov bilan içişning iloji bölmaganida.
Darvoqe, ösmirligimdayoq inqilobdan avval marksçilarning işçilar bilan yertölalardagi pinhoniy uçraşuvlari xususidagi maroqli hikoyalar meni qattiq hayratlantirar edi. Ularda jandarm bostirib kelib qolganida boplab aldaşga qaratilgan bir aqlli tadbir alohida qayd etilar edi. Yaşirin taşkilotçilar içkilik bilan gazakni tayyorlab qöyişardi-da, “Mana, jimgina içib-gazak qilib ötiribmiz, nima gap?” deya anqovsiraşar edi. Aslida ular “Pravda” gazetasini öqişar edi. Ammo hammasidan qiziği, mana, qarang, nimada edi: jandarm bostirib kelganmi-yöqmi, qatʼi nazar, bu voqealar bayonida öşa içimlik bilan gazaklar qayoqqa, qay tarzda gumdon bölgani xususida heç qaçon lom-mim deyilmas edi.
Albatta, ular bahuzur içkilik içib, gazak qilib ötirişgan. Zotan, marksçilarning ayyorligi şunda ediki, ular inqilobiy adabiyotlar bilan taniştiriş maqsadida içkilik-u gazaklar orqali işçilarni özlariga jalb qilganlar. Işçilarning ayyorligi esa, şunda bölgan ediki, ular göyo inqilobiy adabiyotlar bilan qiziqayotgandek bölib, aslida teppa-tekin içkilik bilan gazakka işqiboz bölişgan. Mana şuning natijasida inqilobçilar bilan işçilar özaro qattiq boğlanib qolişgan. Işçilar marksçilarni içişga örgatganlar. Marksçilar esa, buning uçun minnatdorçilik sifatida işçilarni ular yer yuzidagi eng qudratli insonlar ekanligi (“proletariat diktaturasi”)ga işontirganlar.
Eng birinçi marksçi “Pravda” gazetasini qöliga olib oçar ekan, işçi aroqni qadahlarga quyayotganini körib:
– Keling, avval gazetani öqiylik, ana şundan keyin içişingiz mumkin, – degan bölsa kerak.
– Yöq, – degan bölsa kerak öşanda mehnatda toblangan işçilar, – biz bir paytning özida ham içaveramiz, ham gazeta tinglayveramiz.
Agar öşa eng birinçi marksçi:
– Nega? – deb söragan bölsa, tegişli javobini olgandir:
– Agar jandarm bostirib kirib, “Qani, uf de-çi!” desa, nima, biz Sibirga ketaveramizmi?
Öz qadahini aroq şişasiga tutar ekan, öşa eng birinçi marksçi: “Qançalik aqlli-ya bular! Albatta, kelajak işçilar sinfiniki-da!” deb öylagan bölişi mumkin. Mana şunaqa qilib, kayf ustida birgalaşib inqilob qozonini qaynatib yuborganlar. Içimlik saqlanadigan yertölalarga hujum inqilobning öziga xos xususiyati bölib qolgan. Bu hol jamiki xotiralarda qayd etilgan. Inqilob çavandozlari hattoki Qişki Saroyni işğol qilganlarida ham birinçi galda içkilik saqlanadigan yertölalarni qidirganlar. Beçora Kerenskiy bundan foydalanib qoçib qolgan.
Xullas, işçilar marksçilarga içişni örgatgan, marksçilar esa, işçilarni “Siz yer kurrasining egasisiz” deb işontirişgan. Ammo oxir-oqibatda har ikki tomonning ustidan aroq ğalaba qozongan-da, Sovetlar Ittifoqi parçalangan. Tirik qolgan aholi esa, qahramonlarça içişda davom etmoqda.
Darvoqe, bir aqlli odam aytganki, aslida heç qanday inqilob bölmagan, faqat aksilinqilob bölgan! Bu gap bizning mamlakatimiz tarixini şunaqangi aniq aks ettiradiki!.. Hattoki millionlab begunoh jonlarning qurbon berilganini hisobga olmagan taqdirda ham, inqilob Rossiyaga amalda nima berdi? Kolxozlar şaklidagi krepostnoy huquqini qaytarib berdi – şu! Aynan şunaqa böldi.
Xullasi kalom, metro vagonida ketyapman, röparamda ötirgan yarim sarxuş işçi bölsa, yer yuziga çiqib, birgalikda içişga daʼvat qilgan holda menga xuşnudlik bilan közini maʼnoli qisyapti. Men öz qaraşlarim bilan uning imosini mutlaqo tuşunmayotganimni anglatmoqçi böldim. Hatto özimni xorijdan kelgan mehmon deb körsatişga urindim.
Bu közini qisib turgan işçi menga Mixail Bulgakovning qahramonlaridan birini eslatib yubordi. Yaqindagina uning maşhur “Usta va Margarita” romanini qayta öqib çiqqan edim. Şu topda asarning butun böy-basti yoruğ yoz kunidagidek köz oldimda aniq-ravşan namoyon böldi.
Uluğ, ayni çoğda, gunohkor kitob bu! Bu kitobning gunohkorligi şundaki, muallif iblisning qançalik uluğligini körsatmoqçi, körsatganda ham, öziga yetgulik havas-u iştiyoq bilan körsatmoqçi böladi. Asarda şayton rahmonning öziga xos örinbosari sifatida harakat qiladi. Holbuki iblisi lain Xudoning eng birlamçi duşmanidir.
Sovet byurokratlarining masxarasini çiqarib yengil mutoyibali va aççiq zaharxandali kulgu uyğotişni badiiyatga zarar yerkazmagan holda ham uddalaş mumkin edi, agarki muallif nozik va özigagina xos kinoya-piçing orqali öquvçiga asardagi iblis şartli qahramon ekanligiga işora qilganida. Bu qahramon heç qanday iblis emas, balki aqlini yeb qöyganlar dunyosidagi oddiygina esli-huşli inson.
Oliy, falsafiy maʼnoda bu yerdagi şaytonga jiddiy munosabat nodonlarça munosabatdan boşqa narsa emas. Qayerdaki muallif iblisga aniq-ravşan jiddiy munosabatda bölsa, asarning ayni şu joylari zerikarli va badiiyatdan yiroq.
Ammo roman buyuk asar, çunki uning zamirida hayotni qanday bölsa şundayligiça qamrab olişga, göyoki butun yer kurrasiga yuksaklikdan turib nazar taşlaşga uriniş bor.
Sanʼatkorning yurak yolqinidan tuğilgan ajoyib lirik ohang va gözal kulgi muallifning özini qurşagan hayotdan naqadar yuksak turişini namoyiş etadi. Dastlabki ikki bob sanʼatkorona yozilgan. Keyingi boblarda ham gözal sahifalar bor. Ammo gunoh öz kuçida qolgan. Margaritaning alvastiligi ğaşga tegadigan darajadagi feminizmning göyoki narigi dunyoda jazavaga tuşişidan boşqa narsa emas.
Bulgakov va u özining piri deb hisoblagan Gogolning şaytanat olamiga mahliyolarça qiziqişi tasodifiy hodisa emas edi, albatta.
Har ikkisining dahşatli, ayançli ölimidagi öxşaşlikni qarang. Tasodifmi bu? Bilmadim. Sevimli ayolning nazokatli ğamxörligi Bulgakovning ölimini-ku, öziga xos tarzda nurlantirib turibdi. Beçora Gogol!
Yaxşi kitob öquvçini sarxuş qiladi. Yomon kitobni öqiganingizdan keyin tozalanib-poklaniş uçun darhol miyangizni spirtga çayqab olişni istab qolasiz. Men şunday qilaman ham…
Haqiqiy şeʼrni tagmaʼnolarga yetib bormasingdan turib undagi haqiqat epkinidanoq tanib oliş mumkin. Ana öşanda bu şeʼrdagi texnik nuqsonlar (agar ular bor bölsa), ikkinçi darajali ekanini özingiz tuşunib olasiz.
Svetayeva va Mayakovskiy şeʼrlari ulkan isteʼdod bilan bitilgan, ayni çoğda, göyoki avval-boşda yoş öquvçiga möljallab yozilgan. Ular xuddi “Yuz metrni yugurib ötolmaysanmi, mening şeʼrlarimni öqib ovora bölmay qöya qol!” deya uqtirayotgandek!
Puşkin yoşlikka donolik baxş etib, qarilikni yaşartiradi. Ölimning içida ham kulgi barq urib turadi. Zargarona iş!
Ikki boşli burgutning qulayligi şundaki, har bir boş “Men uçun ham narigi boş öylayapti” deb öylaydi.
Biz “Sotsializmning vayronasini kapitalizmning xarobazoriga aylantiramiz” degan şior ostida yaşab turibmiz.
Şarmandalikning saviyasi yuksalmoqda!
Sahroda ayuhannos solişdan avval u yerda aqalli bittagina vodiy yaratib qöy!
– Xudo yöqmi, bilganingni qilaver!
– Bu odobdan emas-ku!
– Demak, bilganingni odob bilan qilaver-da!
Iuda – Iso alayhissalomning odam tanişdagi xatosi.
Bir odam şunday aqlli gap aytgan ekan: miyaga yaxşi fikr kelibdi, biroq uning böm-böşligini körib qaytib ketibdi.
“Qarğaga töpdan öq otib bölmaydi” deydilar. Bu gapni aytayotganda jonivorga rahm-şafqat bilan qaraş kerakligi heç kimning xayoliga kelmaydi.
Yöqsullik uni mağrurlikka örgatdi.
Agar har qanday hokimiyat Xudoning xohişi bölsa, har qanday Xudo ham hokimiyatning xohişi.
Yaxşilik qilişga moyil odam aqidalar bilan hisoblaşib ötirmaydi va har qanday yiqilganning oyoqqa turib olişi uçun unga yordam qölini çözadi. U “Yiqilgan bunga loyiqmi?” deb öylab ötirmaydi. Yiqilib kömakka muhtojmi, demak, kömakka loyiq!
Televizor körişning eng gaştli tomoni şundaki, uni öz qöling bilan öçirib qöya olasan.
Qariyapman. Halitdan bu dunyo haqida xuddi ösmir-öğil haqida öylagandek miskinona va mahzunona xayollarga çömaman: ertaga mensiz uning holi ne keçar ekan-a?
Xudojöy hayotga tiş-tirnoği bilan yopişib olmagan, çunki jannatdagi qöşimça şodliklardan umidvor. Binobarin, bu hayotda xudojöy bilan til topişiş oson, bu hayotni yaxşilaş ham oson.
Nabokov – ildizi tuproqqa taralmagan yozuvçi. Uning eng yaxşi asarlari gidroponika (tuproqsiz, ozuqa moddalar eritmasida östirilgan ösimlik)ga öxşaydi. Öylab öyingning tagiga yetolmaysan: nahot kelajakning sanʼati şunday bölsa?
Daho – yulduz yulduz bilan tillaşadi.
Yozonğiç – yulduz oy bilan tillaşadi.
Tovlamaçilik uning ikkinçi tabiatiga aylangan paytda birinçi tabiati qayoqqa qaradi ekan-a?
Tubsiz çoh ustidagi aqlning mustahkam tayançi – badiiy asarning şakli aynan mana şu, bundan boşqa narsa emas.
Yozuvçilik işidagi eng ulkan rohat-faroğatni şaxsan men ijod jarayonida his qilmayman. Ilhom yoqimli, lekin qiynoqli holat. Mana, deylik, men bir asar yozdim-da, yaxşi yozdim deb hisobladim. Uxlagani yotdim. Ertasiga ertalab işning eng yoqimli qismi – qoralamani tozalaş boşlanadi. Bu iş jazirama yoz çoğida muzdekkina apelsinning qobiğini arçilaşga öxşaydi.
Bir bekatga boşqa odamlar qatorida qölida oğirgina törva kötargan ançagina yoşi uluğ ayol kirib keldi. Böş örin yöq edi, şuning uçun men örnimni böşatib, uni ötirişga taklif qildim. Tabiiyki, özimning xorijdan kelgan mehmonligimni körsatuvçi imo-işoralarni unutib, rus tilida taklif qildim.
– Keragi yöq! – dedi kutilmaganda ayol va menga şunaqangi malollanib qaradiki, göyo men özimning yoşimdan ön yilni olib taşlab, uning böyniga ön beş yilni namoyişkorona osib qöygandek.
Men yana bir marta ötirişga taklif qildim. Biroq ayol bu gal heç nima demadi. Faqat törvasini oyoqlari oldiga qöydi. Men göl bölib tik turaverdim.
– Ötirsang-çi, yigit! – dedi anovi işçi. – Bu ayol hali gijinglab yuribdi-ku! Tik turaveradi-da!
Ajabo, ayol işçining özini xalqona tilda qirçanğiga emas, tulporga mengzaganiga mamnun bölib, unga jilmayib qaradi.
Men bir qadar gangib joyimga qayta ötirdim. Ançadan beri meni “yigit” deyişmagan edi. Ammo, boşqa tomondan olib qaraganda, ayol meni öziga joy böşatib berişga juda qarilik qiladi, deb hisobladi-ku. Şu payt qarasam, şirakayf işçining köz qisib-boş çayqab imo qilişlari battar avjiga çiqyapti. U nafaqat meni tepaga kötarilib içişga, öziga kulib qaragan anovi ayolni ham birga olib çiqişga çaqirib imo-işora qilayapti.
Menga tinçlik kerak, şuning uçun navbatdagi bekatda tuşib qoldim. Keyingi poyezdni kutdim-da, unga kirib ötirdim. Ikki yoşgina ayol men bilan yonma-yon ötirişdi. Bir-birlari bilan uzoq körişmagan eski qadrdonlardek körgan-boqqanlarini aytib tugatişolmayapti.
– Şu yozda mening boşimga tuşgan körgilikni aytsam!.. Qörqqanimdan naq ölib qolay dedim! – dedi ulardan biri qattiq orziqib.
– Nima böldi? – entikib söradi ikkinçisi.
– Keçqurun parkda aylanib yurgan edim, bezorilar zörlab ketişsa böladimi! Naq ölib qolay dedim. Avvallari köp marta bemalol sayr qilib yurganman, heç gap bölmagan. “Köza kunda emas, kunida sinadi” deganlaridek, körmaysanmi!..
“He, ahmoq”, deb öyladim men. Bizning bezovta-behalovat zamonamizda keçasi yolğiz özing parkda balo bormi? Aslida, bu ayol özini zörlaşlarini xohlagan bölsa kerak!.. Ularning gaplarini boşqa eşitişni istamadim.
Öz bekatimgaça borib, metrodan çiqdim-da, uyga yöl oldim. Özimning qadrdon köçamdagi yölak böylab odimlar ekanman, qarasam, ikki nafar yoşgina yigit menga peşvoz yurib kelyapti. Tağin deng, mendan köz uzmagan köyi jilmayib kelyapti!
Bir zumda könglimni miskinona öylar tark etib, nekbinlarça öylar çulğab oldi. Albatta, bu yigitlar mening öquvçilarim! Asarlarimdagi teşa tegmagan qiziq hazil-mutoyibalarni eslab kulişyapti! Köp yozuvçilar yoşlar kitob öqimay qöydi deb hasrat qilişadi-ya tağin! Men ularga döstona boş silkidim. Köz oçib yumgunça bölmay ular menga yuzma-yuz kelişdi. Hozir dastxat söraşadi, lekin yozişga qalam olgan edimmi özi, deya öylab ulgurdim, xolos.
– Sizga omad kulib boqdi! – hayqirdi ulardan biri. – Mana, arzonlaştirilgan mol! Dökondagidan beş baravar arzon! Sizning omadingiz bor ekan!
Ular menga odobsizlarça qapişib turgani uçun ham özimni qandaydir noqulay his qilayotgan bölsam-da, “Bular mening öquvçilarim!” deb öylaşda davom etmoqda edim. Menga yoqimsiz tuyulayotgan holat esa, anglaşilmovçilikkina, xolos. Axir, ular menga unça-munça narsa yoqavermasligini, taʼbim nozikligini bilişmaydi-da. Voqeaning davomi aqlga siğmaydi: ular menga qandaydir bir pulga qimmat qölqop bilan qandaydir kurakda turmas böyinboğ uzatişyapti! Men esa, nimagadir ğayrişuuriy tarzda ularni olib, hamyonimni çiqarib, sörab turibman:
– Qança?
Közoynagim çöntagimda, şu topda közoynagimni olib taqib, öz muxlislarimning köz oldida pullarni diqqat bilan sanaş menga noqulay tuyulgani sabab, hamyonimni ularga şundoqqina tutqaza qoldim. Töğri, hamyonda pulim yuz sömdan köp emasligini aniq bilaman.
Omadim borligini aytgan yigit hamyonni bir zumda böşatdi. Pullarni olar ekan, şunisiga qoyil qoldimki, bir qölining barmoqlari bilan ularni sanab ham ulgurdi-da, böş hamyonni özimga qaytarib berdi.
– Omadingiz bor ekan! – deya hayqirdi u oxirgi marotaba. Şu zahoti ikkalasi odamlar orasiga kirib közdan yöqoldi.
Özimni ikki baravar zörlangandek his qildim. Aynan ikki baravar! Ular ikkita bölganlari uçun emas, yöq, zörlaşayotgan paytda özimning zörlanayotganimni, yölakda, odamlar orasida, kuppa-kunduzi zörlanayotganimni anglab yetmaganim uçun! Bir qölimda qölqop bilan böyinboğni uşlagan köyi ikkinçi qölimdagi hamyonga köz yugurtirdim. Içidagi bitta ğijimlangan pulga közim tuşdi. Mana şu yerda men nimagadir közoynagimni olişga erinmadim, ayni çoğda, laʼnati qölqop bilan böyinboğni yerga tuşirib yubormaslikka uringan holda közoynagimni taqib, pulga tikildim. Bu beş sömlik edi. Nega uni ham olmadi – men uçun hozirgaça eng katta sir bölib qoldi. Ehtimol bu minnatdorçilik ifodasidir? Ovsarlik tuğdirgan qulaylik uçun ular özimning pulimni özimga sadaqa qilişgandir balki?
Men birdan uyqudorimni eslab qoldim. Yuragim beixtiyor şuvilladi. Nega ular menga bu qadar bezbetlarça yopişib-qapişib turişdi?! Nahotki uyqudoriniyam qöşib şilib ketişgan bölsa?! Qöyin çöntagimga qölimni tiqdim-da – o, naqadar ulkan baxt! – barmoqlarim uyqudorini his qildi. Bolaligimda çöntagimdan bexos şirinlik topib olganimdagidek, astoydil suyunib ketdim.
Yaxşiyam hamyonga emas, alohida solgan ekanman. Hamyonda bölganida, uni ham özimga bildirmasdan şilib ketişlari ehtimol edi. Hattoki qöynimdan ham! Şilib ketişlari mumkin edi, biroq şilişmabdi! Ha, bu yaşin tezligida sodir bölgan qalloblikda ham, har qalay, yaxşilik alomatlari yöq emas. Axir, voqeaga yonlaridan ötayotgan odamlarning eʼtiborini jalb qilmaslik uçun ikkovi ikki tomondan yopişib-qapişib turgan edi-da. Ayni şu bugun, körinişidan, menga uyqudori har qaçongidan ham köproq kerak böladiganga öxşab turibdi özi. “Reladorm” deganlari ajoyib uyqudori! Mening bu gapim reklamaga öxşasa öxşar, ammo bu dori har qanday reklamaga arziydi ham-da!
Özimni bosib olganimdan keyin öljamni nima qilsam böladi endi, deb öylab qoldim. Uyga kirib xotinimga voqea qay tarzda röy berganini tuşuntirib aytiş… Yöq, bunga holim ham, xuşim ham yöq. Ajabo, hamyonda qolgan pulga nega munça qiziqib, diqqat bilan qaradim ekan-a? Buning sababini endi tuşundim. Agar pul nisbatan yirikroq bölganida (aftidan, men ğayrişuuriy tarzda mana şunga umid qilgan ekanman-da!) sodir bölgan voqeani zörlaş emas, savdo-sotiqning dağalroq şakli deb hisoblaş mumkin edi. Ammo beş söm!.. Buni qandaydir gipnozmi-mahliyolik holati deb bölmaydi, albatta. Şunçaki mening samimiy, döstona iltifotimni ovsarning köngilçanligi deb tuşunişdi. Sirasini aytganda, mening iltifotimdan avvalroq ham ular “Mana, aynan biz qidirgan odam!” degandek kulib qaraşayotgan edi.
Muttahamlar gohida odam bolasining ruhi ravonini şunaqangi nozik his qilişadiki!.. Kuni keça bir jiyanim uyimda bölib, qiziq voqeani aytib berdi. U firmada işlaydi. Işbilarmon, öz işiga pişiq, çiroyli, aqlli, dadil.
Qandaydir bozorga kelib, ehtiyot qismlar dökoniga kiribdi. Nimadir xarid qilmoqçi ekan. Kerakli narsani sotib olib, maşinasining yoniga qaytib kelibdi. Ötirganida sezibdiki, orqa ğildirakning yeli çiqib ketgan. Maşinadan çiqib, ğildirakni almaştiribdi-da, tağin maşinasiga ötirib yölga tuşibdi. Yigirma daqiqalardan keyin sezib qolibdiki, şundoqqina yonidagi old örindiqda yotgan diplomati yöq! Ertaroq sezişi ham mumkin edi, biroq bunday bölişini kim öylabdi deysiz. Keç bölsa ham öylab qarab tuşunibdiki, öğri orqa ğildirakning yelini atayin çiqarib qöygan! Egasi ğildirakni almaştirayotgan çoğida qulay yotgan diplomatni olib qoçgan! Bunday paytda kim ham eşik-derazalarni qulflab qöyadi!
Bölar iş böldi. Diplomatda pasporti bilan yangi kvartirasiga röyxatga qöyiş uçun kerakli hujjatlar bölgan ekan. Albatta, öğri unda boşqa qimmatroq narsalar va yo mömayroq pul yöqligini bilganida ehtimol bu işga qöl urmagan bölarmi edi. Ammo uni ham tuşuniş mumkin. Ikki-uç qadam narida maşinaning egasi orqa ğildirakni almaştirayotganida diplomatda nima borligini tekşirib körolmaydi-da, axir.
Şunday qilib, jiyanim ortiga qaytib tağin öşa bozorga kelibdi-da, maşinasini qoldirgan joyga yaqinroq dökonlarning sotuvçilaridan maşinasining yoniga kelgan qandaydir şubhali odamni körgan-körmaganlarini sörab-suriştiribdi. Öziça öşa şubhali odam şu atrofdan hali uzoqlaşib ulgurmagan deb umid qilibdi. Aftidan, u özining kuçiga işonib masalani joyida qiziq ustida hal qilişga umid boğlabdi. Soddadil-da. Sotuvçilar öşa şubhali odamni körgan taqdirda ham buni tan olib aytişarmidi! Yöq, körmadik, deyişibdi.
Jiyanim qattiq xafa bölibdi. Yangi pasport oliş, yangi maʼlumotnomalarni töplaş… Keçqurun televizorning oldida xafa bölib ötirgan edi, telefon jiringlab qoldi. U olib quloğiga tutdi. Kimdir unga axlat qutisining yonida pasport bilan maʼlumotnomalarni topib olganini, yonida şu telefon raqamlari borligini xabar qilibdi. Bularning hammasi sizniki emasmi deb sörabdi.
– Meniki, meniki! – deya suyunib dedi jiyanim, qönğiroq qilgan odamni ham suyuntirişga urinib. Ammo uni suyuntirolmabdi.
– Ikki ming dollar bölsa, men sizga pasportingiz bilan maʼlumotnomalaringizni qaytarib beraman!
Köpgina qudratli odamlar qatori, jiyanim ham tabiatan qiziqqon odam, zotan kuç-qudrat odamga qiziqqonlik qiliş huquqini beradi. Yöq, lapaşang-landovurlar ham qiziqqon bölişi mumkin, biroq ular köp hollarda öz qiziqqonliklarini sir tutadilar. Ular öz qiziqqonliklarini sir tutganlari tufayli battarroq lapaşang-landovur, hatto battarroq qiziqqon bölib boraveradilar va sönggi kunlariga qadar öz qiziqqonliklarini sir tutişga urinadilar. Biroq mening jiyanimda sir tutadigan narsaning özi yöq edi.
– Men uç yuz dollarga Abxaziyaga borib, yangi pasport olib kela qolaman! – deya qiçqirdi u va göşakni otib yubordi.
Biroz vaqt ötib yana qönğiroq jiringladi.
– Namunça qiziqqon bölmasangiz! – deya ajablanib sörabdi öşa ovoz. – Yaxşi, uç yuz dollarni olib keling-da, hujjatlaringizni olib ketavering! Men ham asabimni ozmunça zöriqtirdimmi!
Moskva çekkasidagi bozorga kiraverişda öng tomondagi dökonçada ötiradigan juda çiroyli bir qizning huzurida uçraşuv belgilanibdi. Uçraşuv vaqti aytilibdi.
– Yaxşi, – dedi jiyanim, aftidan, dökonça qayerda joylaşganini aniq tasavvur qilib olgaç.
Şundan keyin xotini uvvos solib yiğlaydi, “Bormang, öldirişadi” deb yolvoradi, ammo u qisman özining kuç-qudratiga işongani sabab xotinning gapiga kirmaydi-da, ertasiga öşa joyga boradi. Albatta, u hammasi bir odamning yoki bir uyuşgan guruhning işi ekanini yaxşi biladi.
Dökonçaga kirib, rostdan ham u yerda çiroyli bir qiz sotuvçilik qilayotganini köradi. Qiz unga xayrixohlik bilan tabassum qiladi va hatto uni darrov taniydi.
– Hozir yetib keladi, – deydi.
Rostdan ham ozgina vaqt ötib dökonçaga bir yigit kirib keladi va jiyanimning barzangiligini körib, unga sinovçan tikilib qaraydi. Körinişidan, bu yigit hamtovoqlardan biri, xolos. Ğildirakni teşgan odam ham uning kuç-qudratini körib qöysa yomon bölmas edi. Ammo u, ehtimolki, öz qilmişidan iç-içdan hijolat bölgani sabab kelmaydi.
– Pasport bilan hujjatlarni yöqotgan sizmisiz? – deb söraydi yigitça.
– Ha, menman.
– Maşinamdan qoğozxalta olib kir, – deya murojaat qiladi yigitça yoqimtoy qizga. Qiz peştaxta tagidan şönğib çiqib tezda dökonçadan taşqariga yugurib ketadi-da, beş daqiqadan keyin qandaydir qoğozxalta olib kirib jiyanimga tutqazadi. Jiyanim qoğozxaltaning şakl-şamoyiliga bir qadar ajablanib qaragan köyi uni oçadi. Qarasa, töpponça!
– Bu meniki emas-ku, – deydi jiyanim haligi yigitga bir qadar hadiksirab, ammo, ayni çoğda, özining kuçiga işongan holda köz tikib.
– Bunisini emas, narigi qoğozxaltani olib kir edi, ahmoq! – öşqiradi yigitça sotuvçi qizga va töpponçali qoğozxaltani jiyanimning qölidan olib, uni yasama loqaydlik bilan öz çöntagiga solib qöyadi.
Sotuvçi qiz yana yugurib çiqib ketadi-da boşqa qoğozxaltani olib kiradi. Jiyanim uni oçib, içida plastik bomba emas, rostdan ham özining pasporti bilan boşqa hujjatlari borligiga işonç hosil qiladi. Şundan keyin yigitçaga uç yuz dollarni beradi-da, ular xuşmuomalalik bilan xayrlaşadilar.
Bu yerda ötkir ruhşunosning “dastxati”, menimça, qoğozxaltalarni çalkaştirib yuborişda körinib turadi. Albatta, hammasi qiz bilan avvaldan kelişib olingan. Töpponça atrofidagi öyin mabodo pasportning egasi öjarlik qilib, pul berişdan boş tortgudek bölsa, işga soliş uçun zarur körilgan.
…Ammo men köçada turibman. Qölimdagi töpponça emas, qölqop bilan böyinboğni nima qilişni bilmayman. Axlat idişiga taşlab yuboraymi? Yaqinroqdagi axlat idişining atrofida qandaydir odamlar aroq içib turişibdi. Buni haqorat deb tuşunişlari mumkin. Hozirgi paytda bunday qiliş xatarli.
– Voy ablah-ey, – deyişadi bir-birlariga, – biz bu yerda vatanimiz taqdiriga kuyinib eng sönggi çoyçaqalarimizni içib tugatyapmiz. Xalq oç-yalanğoç, manovi ablah bölsa, şunday qimmatbaho bisotlarni axlatxonaga taşlayapti!
Bir yozuvçi aqlli gap aytgan: Rossiyada gadoylik madaniyatining saviyasi baland. Bunga qöşimça qilib aytişim mumkinki, gadoy ana öşa özining gadoylik madaniyatini himoya qilaman deb tumşuqqa tuşirişga işqivoz böladi. Şu ruhdagi taqqos-u taşbehlarni yana davom ettiriş mumkin. Masalan, nodonlik serqirra aqliy madaniyatdan dalolat. Yoxud, yapon samuraylarida xarakiri madaniyati yuksak. Lekin bunday madaniyatlar faxrlanişga arzirmi ekan?
Xöş, bu dardisarlarni nima qilsa böladi endi? Kutilmaganda omadim yurişib qoldi. Qarasam, yaqinginada bir gadoy ayol ötiribdi.
– Sadaqa qiling, sadaqa raddi balo, – menga murojaat qildi u. Miyamda şohona bir muğombirlik yarq etgandek böldi! Men bu surbet qölqop bilan yaramas böyinboğni gadoyga ehson qildim. Ayol ularni sinçiklab közdan keçirdi va nima uçundir böyinboğni ikki qöliga olib, uning uzunligini ölçadi yo guliga mahliyo bölib tikilib qoldi. Bu gadoyning qiyofasi şarqona bölgani boismi ekan, holat nimagadir “Arşin mol olan” degan eski kinoni, aniqroği, ekranlaştirilgan operettani yodimga soldi. Unda bir paytlar maşhur bölgan Beybutov qöşiq kuylaydi. Men nimagadir dafʼatan andak hijolat bölgan holda bu olamda ançagina uzoq yaşab qolganimni öyladim. Ayni çoğda, özimning uyatsizligimdan bir qadar uyalgan köyi hali yana yaşaşni xohlab turganimga iqror böldim. Hatto avvalgi paytlardagidan kuçliroq xohlab turibman! Umr – bisotini boy berayotgan qimorboz, köp yaşaganing sayin yana-da köproq yaşaşni xohlayverasan.
Gadoy ayol böyinboğni qöyib, qölqopni kiyib köra boşladi. Bir amallab kiyib oldi, söng söradi:
– Pul-çi, pul yöqmi?
Ehtimol şarqona ayolga öxşab mening yeçinişimga çek qöyib, farqini pul körinişida olişga qaror qildi, şekilli.
– Yöq! – deya tönğilladim-da, beş sömimni töla holda saqlab olib boriş niyatida şahd bilan uy tomon yurdim. Qançalik ajablanarli bölmasin, şu işni uddalay oldim.
Uyga kirib yeçindim-da, öljaga taşlangan vahşiydek maşinkaga taşlandim. Şu bir kunni yozib qöymasam, keyin unutilib ketadi! Boşimdan nimaiki keçirgan bölsam, bir çekkadan çiqillatişga şu qadar berilib ketibmanki, telefon jiringlaganida heç qaçon göşakni kötarmaslik qoidasiga rioya qilmasdan ğayrişuuriy tarzda göşakni kötarib qöyibman.
– Siz falonçimisiz? – deb söradi dadilgina ayol ovozi.
– Ha, men falonçiman.
– Sizning maşhur yozuvçiligingizni bilamiz, şuning uçun sizga murojaat qilyapmiz! – favqulodda ilhom-iştiyoq bilan bidirlay ketdi u. – Bizning maşhur klubimizga aʼzo böling, janob…
Ayol klubning nomini tilga oldi, ammo men şu zahoti uni unutdim.
– Ne bir kazo-kazolar bizga aʼzo bölamiz deb atrofimizda uymalaşib yurişibdi, – gapida davom etdi u, – biroq biz ularni tayoq bilan haydab, “Bor, işingni qil!” deya quvlab yuboryapmiz. Klubimizda faqatgina saylab olingan odamlar. Aʼzolik badali nomigagina badal – oyiga atigi qirq dollar!
Şunday deya ayol kutilmaganda göşakka xoxolab kuldi-da, ançagaça özini kulgidan töxtatolmadi. Aftidan, badal miqdorining arzimas darajada kulgili ekaniga çidayolmay qoldi.
– Siz bir yöla bir yilga badalni tölaysiz-da, klubimizning aʼzolik guvohnomasini qölingizga olasiz. Guvohnoma böyiça istagan paytingizda klubimizning restoraniga kirib, yarim bahosiga ovqatlanişingiz mumkin.
Ammo men bugungi kunda yaxşigina toblanganim sabab pinagimni buzmadim. Buni ayol xayoliga ham keltirmas edi, albatta. Ustiga ustak, men stolimning bir çekkasida yaltirab turgan uyqudorilarga öqtin-öqtin köz taşlamoqda edim. Bu menga qöşimça kuç-quvvat baxş etmoqda edi.
– Keçirasiz, – dedim men, – agar restoraningizga öz mehmonlarimni boşlab borsam nima böladi?
– Tört kişigaça yarim bahosida! – quvona-quvona xabar qildi ayol. – Ammo klubning aʼzolik guvohnomasini olişingiz uçun yillik badalni oldindan tölab qöyişingiz kerak! Narxi nihoyatda arzon – oyiga atigi qirq dollar!
– Hammasi bölib tört kişimi?
– “Hammasi bölib” deganingiz nimasi? – jiddiy tortib söradi ayol. Men savolimni oydinlaştirdim:
– Men törtta mehmonimni olib boramanmi, yoki uçta mehmon, törtinçisi özim bölamanmi?
– Siz törtinçi bölasiz! – tağin vaysay ketdi ayol. – Ammo öz mehmonlaringizga kafolat berişingiz kerak böladi! Bizda juda madaniyatli odamlar! Oralarida millionerlari ham bor! Ovqatlanib ötirib qöşiq aytiş va yo bir dasturxondan ikkinçisiga şişa tuhfa qiliş qatʼiyan taʼqiqlanadi! Siz bizda kavkazça odatlaringizni unutişingiz kerak böladi. Ammo muhimi bu ham emas. Siz bizning mehmonxonamizga nomer buyurtma qilişingiz va unda yarim bahosida istaganingizça yaşaşingiz mumkin.
– Menga mehmonxonaning nima keragi bor? – bir qadar ensam qotib masalani aniqlaştirdim. – Men Moskvada yaşayman-ku!
– Ehtiyoti şart-da, – tuşuntirdi ayol, – siz, axir, ijodkorsiz. Sizga gohida pinhona uçraşuvlar suv bilan havodek zarur!
Ayni gapdan keyin ayol şunaqangi yayrab kuldiki, özi birinçi marotaba öşa pinhoniy uçraşuv iştirokçisi bölişga bajonidil tayyorligini bilib oliş mumkin edi, toki men uning taʼlimini olganimdan söng pinhoniy uçraşuvlarni mustaqil ravişda taşkil qiladigan bölay. Yayroq kulgu uzoq davom etdi. Axiyri töxtadi. Jimjitlik. Aftidan, ayol öşa pinhoniy uçraşuvdan keyin beozorgina uxlab qoldi yoxud bunday vaziyatlarda ayollar qanday uxlab qolişini namoyiş qilayotganga öxşaydi. Ammo bir neça soniyalardan söng uning allaneçuk yaşarib-yaşnab ketgan ovozi yangi kuç bilan jarangladi:
– Ammo hattoki bu ham eng asosiysi emas! Klubimiz mehmonxonalari Yevropaning jamiki madaniyat markazlarida qönim topgan! U yerda bilyardxonalar, öyin-kulgi xonalari, suv havzalari, tennis kortlari! Klubimiz guvohnomasini körsatib, siz ularda istaganingizça yaşaşingiz mumkin. Yaşaş yarim bahoga, ovqatlaniş yarim bahoga! Buning ustiga, hayratdan yiqilmang tağin, nonuşta tep-tekin! Şved dasturxoni! Nimani qança xohlasangiz yeb-içaverasiz, qarabsizki, to keçki ovqat vaqtiga qadar heç nima yegingiz ham kelmay qoladi!
Ayolning menga Eyfel minorasini yarim bahoda taklif qilişini kutmay muloyimlik bilan gapini böldim.
– Katta rahmat! – dedim men. – Aynan men nazaringizga tuşib turganim uçun taşakkur! Ammo gap şundaki, men sizning zör taklifingizdan foydalana olmayman. Çunki men umuman uydan köçaga çiqmayman!
– Qanaqasiga çiqmaysiz? – kutilmaganda öşqirib yubordi ayol. – Men öz közim bilan kördim-ku! Sizni yaqindagina televizorda körsatişdi. Nima, siz u yerga uçib bordingizmi?!
– Gap şundaki, – aniqlaştirdim men, – televideniye xodimlari meni uyimda tasvirga olişgan edi.
Öşanda rostdan ham şunaqa bölgan edi. Oraga bir muddatlik – uç-tört lahzalik jimlik çökdi. Söng u yana avj qildi:
– Men yölini topdim! Mendan bir umr minnatdor bölasiz hali! Biz sizga özimizning agentimizni jönatamiz. Siz unga bir yillik aʼzolik badalini tölaysiz. U sizga klubimiz guvohnomasini tantanali ravişda topşiradi. Men aʼzolik badalimizning nomigagina badal ekanini tağin eslab, kulgim qistaganidan endi naq ölib qolaman!
Endi-ya? Avvalroq kulaverib ölib qolişiga kim halaqit qildi unga? Ammo, körinib turibdiki, u ölmagan, ölmoqçi ham emas!
– Umuman, uydan çiqmaydigan bölganimdan keyin klubingiz guvohnomasining menga nima keragi bor? – savolimni yana bir karra aniq-ravşan takrorladim. – Rahmat! Xayr!
– Töxtang! – dedi jon halpida u. – Men bu yerda maslahatlaşib köray-çi! Siz uçun istisno tariqasida keçki ovqatni uyingizga oborib berişimiz mumkin.
– Mehmonxona nomerini ham uyimgami? – zaharxanda bilan söradim men.
– Tuşunmadim, – dedi u, – marhamat qilib savolingizni takrorlang-çi!
Ana şunda men özimni bosolmay qoldim.
– Bogatstvo – bog adstva (boylik – dözaxning xudosi), – nasihatomuz ohangda tuşuntiriş berdim men.
– Tağin tuşunmadim, – işçanlik bilan dedi u, – takrorlang-çi!
– Bogatstvo – bog adstva! – aniq takrorladim men.
– Tağin tuşunmadim, – dedi u. – Harfma-harf takrorlang-çi, yozib olmoqçi edim!
Şunda men murosa yölini tutib dedim:
– Qora non – gadoyning jannati.
Bu gapni u bir zumda tuşundi va göşakni jahd bilan joyiga qöydi. Albatta, bu yerda tovlamaçilik mana men deb turibdi. Navbatdagi ehrom… Jumboq. Qani, bu jumboqni yeçib köring!
Agar hayotdan olingan jonli misollar meni çiniqtirib-toblagan bugungi kun bölmaganida, men, ehtimol nimalarnidir uzoq qoralagan va bu qoralamalar qayerga borib töxtaşini özim ham bilmagan bölarmi edim… Insonga bölgan işonç! Hikmatli gapga qanaqangi uluğvor eʼtiborsizlik! Men tağin maşinkaga ötirdim-da, bu suhbatni ham hikoyaning davomiga yozib qöydim, yöqsa keyin unutilib ketadi. Katta xöjalikka har qanday latta ham asqotib qoladi, degan edi Lenin hatto inqilobga qadar bir ötaketgan muttaham partiya aʼzosi bölganidan şikoyat qilganlarga.
Uşbu suhbatni endigina yozib bölganimda işxonamga xotinim kirib keldi.
– Sen bugun Moskva böylab qanday ajoyib sayr qilibsan-a, – dedi u. – Hatto rangingga qon yugurib qolibdi. Ançadan beri ranging bu qadar tiniqlaşmagan edi! Şuning uçun ham men senga har kuni “Oçiq havoda köproq yur!” deb uqtiraman. Oçiq havoda köproq yuraver! Ertaga kartoşka olgani bozorga bor. Bu senga foydali-ku. Darvoqe, kel, seni bir xursand qilay. Bugun şunaqangi bir ajoyib tuş köribman de! Qandaydir bir körinmas odam menga Italiya xaritasini olib kelibdi-da, “Nega Italiya poyafzali jahonda eng yaxşiligini mana endi bilib oldingizmi?” deb sörar emiş. “Ha, ha, bilib oldim!” deb quvona-quvona javob qilarmişman men. Kulgili, a?
Rostdan ham kulgili. Bunday tuş bilan odam bolasi yuz yil yaşaşi ham mumkin. Biz birgalikda kulişdik va xotinim xonadan çiqib ketdi. Men esa, öylab qoldim: mana, umr yöldoşim yakunni ham berib ketdi! Va şu zahoti uning gaplarini ham (keyin unutib qöymaslik uçun!) muhrlab qöydim.
…Oxirgi jumboq, muhtaram öquvçi! Bir odam ertalab öz vannaxonasiga kirib qarasa, skelet bamaylixotir tiş yuvayotgan ekan.
– Sen kimning tişyuvgiçini olding, ablah! – jiğibiyroni çiqib sörabdi u skeletdan. Darvoqe, u xalatni yelkasiga taşlab olsa ham asakasi ketib qolmas edi. Har qalay, uyda ayollar bor-ku!
Jumboqning savoli şunday: bu odam keçqurun qança içgan (iloji bölsa, gramm-gramiga qadar aniq javob bering!) va, umuman, bu odam özi kim?
Men reladorm yotgan stol çetiga qaradim. Butun bir oy mobaynida uxlaşim mumkin! Qanaqangi mazza! Xayrli keç, janoblar! Gefsiman boğida körişgunça!

Fozil ISKANDAR – Asli abxaz millatiga mansub Fozil Iskandar rus adabiyotining dunyoga maşhur namoyandalaridan hisoblanadi. U 1929-yili Suxumi şahrida tuğilgan. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tugatgan. Moskvada yaşaydi.
“Duragay takaning şuhrati”, “Inson manzili”, “Maktab valsi yoxud Nomus kuçi”, “Çegemlik Sandro”, “Şoir” singari asarlari jahonning köplab tillariga tarjima qilingan.

Rus tilidan OTAULI tarjimasi.

“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 8-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)