(“Daftar hoşiyasidagi bitiklar” misolida)
Ijodiy jarayonda ilmiy izlanişlar olib borilmagan, va ayni paytda, qatʼiy xulosalar qilinmagan mavzular köp. Buning boisi, har bir şaxsning öziga xos va takrorlanmas olam ekanligi bölsa, ajab emas. Şunday qiziqarli, köp qirrali, murakkab muammolardan biri – isteʼdod va talant masalasidir.
Özbek tilining izohli luğatida “Isteʼdod – ijodiy qobiliyat, layoqat, talant”; “Talant – katta qobiliyat, isteʼdod” deb taʼriflangan. “Qobiliyat” – “biror işga qobillik, yaroqlilik layoqat” va ikkinçi maʼnosi “isteʼdod, talant” tarzida qayd qilingan. Demak, “Qobiliyat” ham, “Isteʼdod” ham, “Talant” ham bir-biriga maʼnodoş sözlar qabilida tuşuntirilgan, deyarli farqlanmagan.
Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov ham “Daftar hoşiyasidagi bitiklar” asarida talant va isteʼdodni bir xil mazmundagi tuşunçalar sifatida işlatadi.
U “Hayotning boşqalar körmagan tomonini köriş – talant. Haqiqiy isteʼdod boşqalar körmagan narsani topadi va öşa “narsa” insonni, xalqni, boringki, jamiyatni qayoqqa boşlaşi mumkinligini tasvirlab beradi”, deb yozadi. Ikkinçi bir örinda “talant” tuşunçasini şunday “tiriltiradi”:
“Nönoq haykaltaroş tirik odamni şohsupagaça çiqarib qöysa ham ölikka öxşaydi.
Haqiqiy haykaltaroş ölik jondan yasagan haykal tirikka öxşaydi.
Talant degani şu!”
Demak, Ötkir Hoşimov talant va isteʼdod deganda, asar qahramonlariga “jon ato etiş”, yaʼni ularni çinakam tirik insonlarga aylantirişni tuşunadi. Bu “tirik inson” boşqalarga öxşamagan tarzda kaşf qilingan bölişi va özining mazmuni bilan kitobxonni ezgulikka yetaklaşi lozimligini asosli taʼkidlaydi.
Xöş, isteʼdod tuğma böladimi yoki u hayotiy faoliyat davomida qölga kiritiladimi? degan savolga Ötkir Hoşimov işonç bilan “… Ijodkor böliş uçun eng avvalo isteʼdod kerak. Isteʼdodni esa yolğiz Alloh beradi” deydi. Bu mulohazani esda qoladigan tarzdagi rivoyat bilan asoslaydi:
“Çekka qişloqlardan birida ikki qadrdon döst bölgan ekan. Ikkovlari bir körpada tepkilaşib, bir adirda mol boqib voyaga yetibdi. Yigit yoşiga kirganda ikkovlari poyi-piyoda, çoriğni sudrab, katta şaharga yöl olibdi. Katta öqişga kiribdi. Taqdir taqozosini qarangki, ikkovlari sohibjamol bir qizni sevib qolibdi. Taqdir taqozosi bilan döstlardan biri kattagina amaldor, biri esa şoir bölib yetişibdi. Taqdir taqozosini qarangki, qiz amaldorni tanlabdi.
Şoir hijron alamida yonib, şeʼrlar bitibdi. Dovruği olis-olislarga ketibdi.
Şoir baribir şoir-da! Tili ötkir, sözi keskir böladi. Sobiq dösti-yu, sobiq sevgilisi kelib qolgan davralarda “döst”ni çandişdan özini tiyolmas ekan. Kunlardan birida ayol bunday kamsitişlarga çidolmay, aytibdi:
– Menga, qara! Seni şoir qilgan men bölaman! Menga bölgan muhabbating seni şoir qildi. Agar men bölmasam, sen şoir bölmas eding! Qaçongaça erimni kalaka qilasan?
Şoir javob qilibdi:
– Töğri, men senga bağişlab köp şeʼrlar yozdim. Ammo sening muhabbating hammani şoir qilişga qodir bölsa, nega yoningda ötirgan tönka şu paytgaça şoir bölmadi?
…Aytişlariça, bu uluğ Ozarbayjon şoiri Samad Vurğun ekan”.
Bu fikrlar bilan Ö.Hoşimov isteʼdodning yombi oltindek yaxlitlaşişi va ötkir (keskir)ligiga asos beradigan mehnatni tamoman rad etmaydi; balki “çinakam ijodkor böliş uçun odamda isteʼdod”dan taşqari “bilim, mehnat, hayot tajribasi, izlaniş va albatta… Vijdon bölişi kerak…”ligini taʼkid qiladi. Isteʼdod egasining “Qalbi qoğozdek oppoq, qoğozdek lovillab yonadigan odamdangina çinakam adib çiqişi”ni uqtiradi.
Isteʼdoddek bepoyon tuşunçani yana baʼzi qirralarini oçar ekan, yozuvçi isteʼdodli va isteʼdodsizlarni soliştiriş orqali iztirobli va zarur orzularini bayon etadi:
“Isteʼdodlilar hadeganda qovuşa qolmaydi. Ular yulduzga öxşaydi. Har bir yulduzning öz mehvari böladi. Yulduzlar bir-birini inkor etmaydi. Ammo bir-birining mehvariga kirmaydi ham. Isteʼdodsizlar esa bir zambil şağaldek gap. Darrov tödalaşadi. Töda bölib jim yotsa-ku, mayli. Baraka topgurlar isteʼdodlilarga toş otaverib bezor qilgani çatoq…
Modomiki, talantsizlar yovuz niyatda bir-biri bilan til topişar ekan, talantlilar ham yaxşi niyatda birlaşmoği kerak”.
Bu mulohazalardan taşqari yana bir muhim gapni, yaʼni isteʼdodning hamma yaratganlaridan mamnun bölib qolmaslikka, balki isteʼdod önlab yillar davomida erişgan mukammallikdan, mutanosiblikdan past ketmaslikka, dastlabki yaratilgan “uyğun bir butunlik”ka böysinmagan asarlarni naşr etişdan saqlanişga çaqiradi. Har qança qiyin bölişiga qaramay, ana şu oqilona saboqqa amal qilişga çorlaydi:
“Isteʼdodli adib hayotida ikki marta xatarli bosqiçdan ötadi. Birinçisi – nimaiki yozmasin çiqarişi muşkul bölgan palla. Ikkinçisi – nimaiki yozmasin, çiqarişi oson bölgan palla. U birinçi bosqiçdan eson-omon ötadi. Ammo ikkinçi bosqiçdan ötişi oğir, juda oğir…”.
Yozuvçi özining hayotiy tajribasiga, talantiga suyangan holda gapiradi, isteʼdodli şaxslarning içki imkoniyatlarini yuzaga çiqariş yöllarini körsatişga intiladi va ayni paytda, baʼzi isteʼdodli odamlardagi manmanlik, xudbinlik, boşqalarni nazar-pisand qilmaslik kabi “ğururlaniş” noörinligini körsatadi. Isteʼdod qudratining bepoyonligini ayonlaştiradi:
“Katta isteʼdod avval xalq eʼtiborini, keyin xalq muhabbatini va nihoyat xalq eʼtiqodini qozonadi. Aslida mana şu uç bosqiçning har bittasi bir umrga teng”.
“Daftar hoşiyasidagi bitiklar”da talantga nisbatan, bizning nazarimizda, sal noörinroq mulohazalarga ham duç kelamiz. Jumladan, yozuvçi “Talantsiz yozuvçi tovuqqa öxşaydi! Yonğoqdek tuxum tuğadi-da, qaqoğlab olamni buzadi” deydi. Nemislar aytganidek, “Har bir öxşatişda bir kamçilik böladi” ekan-da!
Darvoqe, talantsiz odam “tuxum”dek narsa ham yarata olmaydi. U tuxum tuqqan boşqa tovuqqa qöşilib “qaqoğlaşi” va “olamni buzişi” mumkindir. Nafsilambirini aytganda, tovuqdan “yonğoqdek tuxum” tuğilişi – yangi bir olamning dunyoga kelganidir, “qaqoğlaş” esa – dunyoni xabardor etişga intilişning zavqi oqibatidir. Şunday ekan, bu öxşatişning mantiği, mohiyatidan kelib çiqib “Talantsiz yozuvçi tuxum tuqqan tovuqqa taqlidan qaqoğlab olamni buzadigan makiyonga öxşaydi” deyilsa, bizningça, fikr aniqlaşgan, teranlaşgan bölardi; “talantsiz yozuvçi”ning qiyofasi boriça yaqqollaşardi.
Uşbu kitobning taʼsiri beqiyoski, bevosita sizni ham yangi fikr-mulohazalarga yetaklaydi. QOBILIYAT – ISTEʼDOD – TALANT – DAHO kabi tuşunçalarga çuqurroq yondoşişga va anglaşga daʼvat etadi. Öylaşimizça, bu tuşunçalarni farqlaşning, har biriga xosliklarini aniqlaşning vaqti kelganga öxşaydi.
“Qobiliyat” – “biror işni bajara oliş layoqati” maʼnosidagi sözdir. Hamma inson ham muayyan bir qobiliyatga daxldor bölib dunyoga keladi. Ösiş jarayonida u yoki bu hunarga, kasbga qiziqişi ortadi va unga uquvi kelayotganini sezadi, şu sohani uddalaşga layoqati yetişini anglaydi. Qobiliyat öquv, tajriba va malakani egallaş jarayonida mukammallik kasb eta boşlaydi, hayotiy taʼlim va tarbiya asosida yetuklik bosqiçiga kiradi. Köpning diqqatini öziga tortadi. Millionlab odamlarga xos bölgan bu xislat özini “faqat faoliyatda namoyon etadi”.
“Isteʼdod” qobiliyatlar yiğindisidan iborat böladi va uning egasi, muayyan sohaning ustasi, komil “piri” darajasiga kötariladi. Sohaning har qanday qiyinçiligini ilm va tafakkur bilan hal etadi; bugungi holati va darajasini yanada yaxşilaydi, boyitadi. Jamiyatning talabiga muvofiqlaşadi, boşqalar tomonidan oçilgan dunyoning sifatiga amal qiladi va şuning şukronasi bilan yaşaydi. Millatning eʼtiborini öziga qaratadi. Minglab odamlarga xos xislatni özida taşiydi.
“Talant” grekça söz bölib, “tabiiy, tuğma isteʼdod” maʼnosini bildiradi. Talantli inson deb, yuqori darajadagi isteʼdodga ega bölgan, u yoki bu işni “xamirdan qil suğurgandek” oson bajaradigan, muayyan sohani boyituvçi kaşflar yaratadigan, çuqur his va idrok orqali anʼanalarni qörqmasdan buzuvçi, tanlagan sohasini qismati darajasiga kötargan Şaxsga aytiladi. Ularni jamiyat yaratadi va talantlar yaratgan jamiyatlarining ruhini aks ettiradilar. Ular xalq muhabbatini qozonadilar. Millat va xalqning mulki sanaladilar. Bu A.Qodiriy, A.Qahhor, Oybek, H.Olimjon, Zulfiya, Ğ.Ğulom, O.Yoqubov, P.Qodirov, E.Vohidov, A.Oripov, R.Parfi, T.Murod kabi yuzlab ijodkorlarning nasibasidir.
“Daho” – “favqulodda zehn va zakovot, ijodiy talant” egasi. Bu xislat uning peşonasiga yozilgan azaliy taqdirdir. Uning uçun makon ham, vaqt ham, davr ham ahamiyatga ega emas. U hammaga töğri kelaveradi, barça avlodlarga yangilik beraveradi, lekin heç kim unga teng bölolmaydi. U öz davridan uzib ketadi, asrlarga va olamga tatiydigan yangilik bunyod etadi, sohasida inqilob yaratadi va uning sardoriga aylanadi. Umumbaşarning eʼtiqodini qozonadi. Başariyatning mulkiga aylanadi. Bu odamzodning Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Mirzo Bobur kabi önlab farzandlariga nasib etgani ham dalildir.
Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, qobiliyat ham, isteʼdod ham, talant ham, daholik ham Allohning inoyatidir. Şu xislat egalarining mehnatlariga yaraşa yaratilgan möjizakorlikdir.
Xulosamiz tuşunarli bölişi uçun, matematik amallar yordamida izohlamoqçimiz. Yaʼni, Allohning berganini uzluksiz va kundalik mehnatga qöşsak (5+5=10) – qobiliyat, köpaytirsak (5×5=25) – isteʼdod tuğiladi. Mehnat va yana mehnat zaruratga aylanadi.
Yaratganning berganini va ijodiy, zör mehnatni darajaga kötarsak (5²x5=125) – talant, darajasini darajaga kötarsak (5²)²=625) – daho tuğiladi. Şu sababdan ular titanlarga xos mehnat va maşaqqat çekadilar.
Xudo bergan qobiliyat, isteʼdod, talant va daholik xislatlari bilan mehnatning nisbati elikka ellik yoki birga töqson töqqiz foiz böladi, degan xulosadan uzoqmiz. Ular örtasidagi dialektika öta sirli, murakkab va serqirradir. Nisbatlarning özaro uyğunlaşi ham turliçadir, balkim har bir ijodkorning özligiga xos va mos, ungagina atalgan ölçamdir… Lekin eng qiziği şundaki, bu ikki nisbat qanday va qay tarzda bölişidan qatʼi nazar, biri-birisiz yaratiş xislatiga ega bölmaydi, şu bois, biri ikkinçisini zaruratga aylantiradi. Ular biri-biriga muxolif ham bölmaydi, balki özaro çatişib yaxlitlikni, aniqlikni, yagona birlikni voqe qiladilar. Ana şundagina tabiiy gözallik yaraladi.
Xullas, qobiliyatli va isteʼdodli insonlarsiz, talant va daholarsiz jamiyat ham, insoniyat ham istiqbolini yarata olmaydi. Istiqlolimizning kamoloti ham, Prezidentimiz asoslagan 2017-2021-yillarda Özbekistonni yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi ham, xalqimizning baxt va omadi ham ana şunday odamlarga, ularning köplab yetişuviga boğliqdir.
Hotam UMUROV,
filologiya fanlari doktori, SamDU professori.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


