Oltoy xalq aforistik poeziyasi
Aforistik adabiyotda muayyan xalqning tarixi, tili, madaniyati, sanʼati – barça qadriyatlari öz aksini topadi. Maqol, ertak va afsonalar elning axloqiy sifat va meʼyorlari şakllanişiga, ezgulik va yovuzlik ğoyalarini farqlaş, haq va botilni anglaşga kömak beruvçi öziga xos taʼlimotdir. Aforistik poeziya barça turkiy xalqlar singari oltoylar maʼnaviy hayotida ham muhim örin tutadi.
Oltoylar öz tarixini yozmagan, balki oğzaki ijodiyotda saqlab kelgan. Ularda adabiyotning bu turi qaçondan boşlanganini aytiş muşkul. Xalq oğzaki ijodiyotida aniq sanalarni saqlab qoliş qiyin, alohida tarixiy davrlar va tarixiy voqealar ham yaqqol ifodasini topmaydi. Faqat şunisi aniqki, aforistik poeziyaning paydo bölişi oltoy xalqining milliy şakllanişi bilan birga-birga keçgan. Bu esa juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Ular maqolni “kep sos”, matalni esa “ukaa sos” deydi. Baʼzan maqollar orasida qabilaviy birlik ğoyasi böy körsatib qoladi.
Дъан›ыс суйокту – карындаштар.
Bir suyakdan töraganlar qarindoşdir.
Oğzaki ijodiyot orqali xalq donişmandligi, ajdodlarning tajriba va bilimlari jamlanib, avloddan-avlodga ötib borgan. Oltoylar farzand tarbiyasida maqollardan, bilim va zukkoligini oşirişda esa topişmoq va matallardan keng foydalangan.
Ahil-inoqlikka çaqiradigan maqollar dunyoning barça xalqlarida köplab uçraydi. Şu jumladan, oltoylarda ham.
Kiji kijile bay.
Odam odam bilan boy.
Salbiy axloqiy sifatlarni qoralaş oltoy aforistik poeziyasidagi yetakçi yönalişlardan sanaladi:
Мақтанчақтын› таманы dʼukaçaq.
Maqtançoqning tovoni yupqa.
Baʼzi oltoy maqollarini alohida voqelik va axloqiy muhitni inobatga olgan holda boşqa xalqlar uçun şarhlaş zarurati tuğiladi.
Ийтке тепши саларда ыркыранды.
Itga ovqat bersang ijirğanibdi.
Mazkur maqolni biz özbeklar oson tuşunamiz. Ona tilimizdagi muqobillari – “Itning qorni töysa, egasini qopadi” , “Boy berdi-yu, gadoy noz qildi”, “Eşak semirsa, egasini tepadi” kabi maqollarimiz darhol yodga tuşadi.
Oltoylarda maqollarning tarbiyaviy ahamiyati yaqqol namoyon böladiki, mazkur holat boşqa turkiy xalqlar folklorida bunçalik börtib közga taşlanmaydi. Jömardlik, jasurlik kabi fazilatlar qörqoqlik, sustkaşlik kabi salbiy xislatlarga qarşi qöyiladi.
Jigit sosi, arstan izinnen qaytpas.
Yigit sözidan, arslon izidan qaytmas.
Aytkan sos – atqan oq.
Aytilgan söz – otilgan öq
Атпастын› оғы алты kulaş.
Otmasning öqi olti quloç.
Oltoy aforistik poeziyasida ijtimoiy masalalarni maslahat bilan hal qiliş, bağrikenglik bilan iş tutiş kabi ğoyalar ilgari suriladi.
Ken. ton дъыртылбас,
Kep sos buzulbas.
Keng tön yirtilmas,
Maʼnoli söz (maqol) buzilmas.
Köplab oltoy maqollari boşqa turkiy tillardagi maqollar bilan deyarli öxşaş yoki aynan bir xil. Bunday parallel mazmun köproq özbek, qozoq va qirğiz xalqlari ijodida uçraydi. Oltoy tilidagi “Qusqun қусқуннын› kozin çokubas” maqoli qirğiz tilida “Qarğa қарғанын› kozun çokubayt” tarzida, özbek tilida “Qarğa qarğaning közini çöqimaydi” şaklida keladi. Yoki ona tilimizdagi “Toğ toğ bilan uçraşmaydi, odam odam bilan uçraşadi” degan maqol qirğiz tilida “Eki too koşulbayt, eki kişi korunit”, oltoy tilida “Қыр қырла duuktaşpas, kiji kijile duuktajar” mazmunida keladi. Bu esa har uçala xalqning ijtimoiy-maʼnaviy olami yaqinligidan, etnik tarixi çambarçasligidan dalolat beradi.
Oltoy aforistik poeziyasi şu xalqning butun tarixi davomida yaratgan milliy boyligidir. Bu maʼnaviy meros bobodan nabiraga, otadan bolaga ötib boraverarkan, yangi avlodlar könglining javhariga aylanib, xalqning özligini asrovçi metin qalqon vazifasini ötaşi şubhasiz.
Oltoy maqollaridan namunalar
Yörtsang yöl olasan,
Uçratsang söz olasan.
Qimirlagan qir oşar,
Ötirgan örasida yaşar.
Serka yöq joyda qötir eçki yöl boşlar.
Boğlangan ötin yonsa taft köp,
Birikkan elda kuç köp.
Yaxşi otning narxi baland,
Yaxşi insonning qadri.
Eçkining şoxi osmonga yetmas.
Tuyaning dumi yerga tegmas.
Tön kiygan odamning içini kim bilsin,
Töygan otning kuçini kim bilsin.
Çorva köp ölsa, itlarning rizqi,
Odam köp ölsa, şomonning rizqi köpayar.
Agar yiqilsang, buni birinçi ölaksaxörlar köradi.
Hakkaning közi dovonda,
Şomonning közi qozonda.
Mol boqsang, töq bölasan.
Yaxşi odam yomonlikni eslaydi,
Yomon odam yaxşilikni eslamas.
Oltinni qora desang qora bölmaydi,
Böri heç qaçon eçki bölmaydi.
Yöqdan yonğin çiqmaydi…
Olğir ovçiga ölja özi keladi.
Otlar kişnab söraşar,
Odamlar sözlab.
Qanday ot minsang ham fikr qil,
Piyoda qolmaganingga şukr qil.
Oting qoçsa qaytadi,
Aytgan sözing qaytmaydi.
Köp olişgan yiqilar,
Köp surişgan yöqolar.
Köp otgan mergan emas,
Öqi tekkan mergan.
Yomon odam palagidan maʼlum.
Dangasaning ming kuni –
Mehnatkaşning bir kuni.
Ota uyi tillo koşonadan afzal.
Yoş niholga namlik, yoş bolaga mehr kerak.
Ahmoq xotinning qiziga uylanma.
Bir gul bahor bölmas…
Baxt osonlikça kelmaydi,
Falokat oyoq ostidan ketmaydi.
Tayoqdan kelgan dard ketadi,
Tilning zahri ketmaydi.
Donlab yiğsang töq bölasan,
Boşoqlab yiğsang boy bölasan.
Qöziçoq maʼrab, bola yiğlab kattarar.
Filning kuçini ham tişiga qarab bilsang böladi.
Anvar BÖRON
1971-yil tuğilgan.
Özbekiston Milliy universtetining falsafa fakultetini tamomlagan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


