5 daqiqada öqiladi

139 marta körilgan

Öz kelajagini qurayotgan meʼmor

“Yurt kelajagi – 2015” iqtidorli yoşlar körik-tanlovi ğolibi Kamoliddin Mamadaliyev qiyofasiga çizgilar

U arxitekturaga yölni haykaltaroşlik orqali topdi. Bu ikki sanʼat qanday qilib bitta qalbda uyğunlaşdi, deb öylaşingiz tabiiy. Qahramonimizning aytişiça, qadimda meʼmorlar köp hunarlardan, jumladan, haykaltaroşlikdan ham yaxşigina xabardor bölgan. Uşbu kasb egalari imoratlarni loyihalaş va qurişdan taşqari, bezak işlari bilan ham şaxsan özlari şuğullangan.

Bolalikdan sanʼatga mehr qöygan Kamoliddin Böka tumanidagi 53-umumtaʼlim maktabini tamomlagaç, respublika rassomlik kollejida öqişni davom ettiriş uçun poytaxtga keldi. Haykaltaroşlik bilan şu yerda oşno tutindi. Mazkur sanʼatning tarixini çuqur örganib, arxitektura bilan uzviy boğliqligini angladi. Nihoyat, oldiga qatʼiy maqsad qöydi: “Men, albatta, yetuk meʼmor bölişim kerak!” 

Hozir Kamoliddin Toşkent arxitektura-quriliş instituti­ning oxirgi bosqiçida tahsil olmoqda. Ötgan tört yil mobaynida kasbining sir-asrorini puxta örgandi, baland-pastini kördi. Bir qança kreativ loyihalarni işlab çiqib, amalga oşirdi. Qahramonimizni boşqa köp­lab tengdoşlari, hatto hamkasblaridan farqlab turadigan jihati ham şu – öziga xoslikka intiliş. U qaysi loyihaga qöl urmasin, hamişa noanʼanaviy yeçimlar izlaydi.

Kamoliddinning iqtidorini şu yil ötkazilgan “Yurt kelajagi” körik-tanlovining nufuzli hakamlar hayʼati ham eʼtirof etdi. Önlab iqtidor sohiblari – arxitektura yönalişida ijod qilib kelayotgan yoşlarning asarlari orasidan aynan Kamoliddin Mamadaliyevning işi yuksak baholanganida heç kim ajablanmadi. Çunki “Loçin” oromgohida ötkazilgan ikki haftalik final bahslari avvalidayoq “Uzdominant” mehmonxonasining maketi hammada hayrat uyğotgan edi. Öta zamonaviy, şu bilan birga, milliyligimizni özida yaqqol ifodalab turgan mazkur betakror inşoot, avvalo, noanʼanaviyligi bilan kişi eʼtiborini tortadi.      

– Ğoya kollejda öqib yurganimda xayolimga kelgan, – deydi suhbatdoşimiz. – Xadra maydoni yaqinida istiqomat qilaman. Poytaxtimizning eski şahar qismi öziga xos arxitekturaga ega. Aytiş kerak, bugungi kunda mazkur hudud qiyofasi davr bilan hamnafas holda yangilanmoqda. Zamonaviy inşootlar qad rostlayapti. “Uzdominant” mehmonxonasini şular qatorida körişni juda xohlardim.

Kamoliddinning loyihasi azim Toşkent körkiga körk qöşişi şubhasiz. Birinçi navbatda, original dizayn hisobiga. Mehmonxona binosining alohida belgisi bor – bu milliy hunarmandçilik anʼanalari asosida yaratilgan naqşinkor ustun. Uning balandligi 80 metrga möljallangan bölib, tepa qismi muqarnas bilan tugaydi. Darvoqe, mazkur element şarqona uslubda bunyod etilgan aksariyat imoratlarga xos. Ustun taşqi tomondan töliq milliy uslubda işlangan bölişiga qaramay, içi zamonaviy konstruksiya bilan töldirilgan. Masalan, ustunning içida tezyurar lift joylaşgan. Lift mehmonlarni bir neça ön metr balandlikdagi ikkita oçiq hovliga olib çiqişga xizmat qiladi. Hovlilar ustunni mehmonxona binosi bilan tutaştirib turadi. Kamoliddin ularda res­toran yoki kafe kabi maişiy obyektlarni joylaştirişni öylagan. Mehmonlar taom tanovul qiliş bilan birga, gözal Toşkentimiz jozibasidan bahramand bölişi mumkin.

Içki interyerda ham bir qança yangi jihatlar mavjud. Tasavvur qilib köring-a, mehmonxona nomerida özingizni tabiat qöynida dam olayotgandek his etsangiz. Masalan, qişki boğ qöynida. Yilning tört faslidayam turfa daraxtlaru gullar közingizni quv­natib turadi. Qahramonimiz loyihalaştirgan mehmonxonaning har bir nomeri öz egasiga ana şunday “syurpriz”ni hadya etadi. Asosiy “syurpriz” esa binoning eng yuqori qismi – muqarnas ostidadir. Bu yer yurtimizning yangi tarixidan hikoya qiluvçi möjazgina muzey uçun ajratilgan. Mehmonlar unda Özbekistonning keçagi, bugungi va ertangi kunini körişi mumkin. Kamoliddin Mamadaliyev öz loyihasida közda tutgan har bir detal Vatanimiz haqida unutilmas taassurotlar qoldirişga xizmat qiladi.

Tengdoşimizning şu paytgaça erişgan barça muvaffaqiyatlari zamirida, avvalo, mehnat yotadi. Uning işonçi komil: mehnat qilmagan kişi hayotda öz yölini va örnini topolmaydi.

– Bolalikdan tartib-intizomga könikkanman, – deydi Kamoliddin. – Ota-­onam kerakli işni öz vaqtida bajarişimni doimo uqtirib keladi. Ularning ögitini olib sira kam bölmadim. Vaqtni boy bermay, öqib-izlandim. Yangi bilimlar egallaşga harakat qildim. Mana, natijasi – bugun özimga işonaman. Qölimda hunarim, sevimli kasbim bor. Loyihalarim mutaxassislar tomonidan eʼtirof etilyapti. Şukrki, yoşlarga har jihatdan eʼtibor körsatilayotgan yurtda tuğildim. Qolaversa, Özbekiston – özining qadimiy meʼmoriy obidalari bilan dunyoga donği ketgan yurt. Men ajdodlarimiz anʼanasini davom ettirişni, Vatanimizga nafim tegişini xohlayman. Prezidentimiz taʼkid­laganidek, kelajak – biz yoşlarning qölida. Bugun qança köp mehnat qilib, ilmiy, ijodiy zafarlar quçsak, ertangi kunimiz şunça porloq böladi.

Kamoliddin sözi va amali bir yigitlardan. U nafaqat ijodiy tanlovlar, balki ilmiy bellaşuvlarda bir qança yirik ğalabalarni qölga kiritgan. Institutda tahsil oliş davomida köp marotaba fan olimpiadalarida qatnaşdi. Ötgan yili respub­likada 1-örnini egalladi. Yoş arxitektorga yana kreativlik yordam berdi. Olimpiadaning yakuniy sinovida iştirokçilar oldiga turarjoy binosining loyihasini tayyorlaş vazifasi qöyildi. Bu işni ular atigi uç soat içida bajarişi kerak edi. Qahramonimiz hakamlar hayʼatini yana mehmonxona çizmasi bilan lol qoldirdi. Yöl yoqasida joylaşgan, odatda yölovçi sayyohlar bir-ikki kun töxtab ketadigan motel loyi­hasi atrofida kiçik oşxona, tibbiy xizmat körsatiş punkti va avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasi joylaştirilgani tufayli alohida qiziqiş bilan qarşi olindi.

Bundan ikki yil avval loyi­halaştiriş fanidan talaba­lar örtasidagi intellektual bellaşuvda Kamoliddin ilk mustaqil işi – “Rassom uyi” (“SmART house”) loyihasini taqdim etgandi. Bahavo toğlar bağrida barpo etişga möljallangan mazkur obyekt rassom uçun bir yöla ijodiy ustaxona, şaxsiy galereya hamda turarjoy vazifasini bajaradi. Bunday antiqa uyni qurişda energiyaga tejamkor texnologiyalar va zamonaviy quriliş materiallaridan foydalaniladi. U çalqança yotgan silindr şaklida bölib, devorlari köpikli betondan quyiladi. Deraza-romlari uç kamerali alyuminiy metalldan işlangan. Qiziği, binoda birortayam burçak yöq. Bu uyning içida issiqlikni bir meʼyorda taqsimlaş va uzoqroq saqlab turişga yordam beradi. Elektr energiyasi quyoş batareyalaridan olinadi. Suv esa yer ostida isitiladi. Kamoliddin buning uçun yer sathidan bir neça metr çuqurlikda gidravlik nasos örnatişni taklif qilgan. Yer ostida havo harorati qişin-yozin mötadil bölgani tufayli hosil böluvçi issiqlik energiyasidan istagan paytda foydalaniş mumkin.

Kamoliddin Mamadaliyevning ijodiy rejalari bisyor. Institutni tamomlagaç, dunyoning yetakçi arxitektura markazlaridan biri – Londonda magistratura taʼlimini olmoqçi. Dunyo kezib, xorijlik hamkasblari yaratayotgan ilğor uslubdagi loyihalar bilan tanişişni, şuningdek, özbek arxitekturasining eng noyob jihatlarni esa jahonga köz-köz etişni niyat qilgan.

Nargiza UMAROVA

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)