Biz, xotinim ikkimiz undan köz uzmay turar, könglimizda qiziqiş va xavotir hissi ustun kelayotgan bölsa-da, uning xayolini buzişga jurʼatimiz yetmasdi.
Oradan imillab bir neça daqiqa ötgaç, öğlim xörsingandek, oğir nafas oldi-da, qölçasi bilan tutib turgan gilam qatini öziga yaraşmagan allaqanday zarda va iddao bilan qöyib yubordi va yana boyagi vajohat bilan uy töriga, taxmon tomonga emaklab ketdi.
U hademay taxmon qarşisiga yetib bordi: körpa-yostiq yiğib qöyilgan taxmon uning böyidan ança baland edi. Biroq öğlim taxmon çekkasiga çiranib osilgança örnidan turib, öng qölini taxmon qatiga suqqança hafsala bilan titkilaşga tuşdi. U göyo hammasini oldindan puxta öylab olgan va özini şunga ruhan hozirlagandek, har bitta harakatini adaşmay-oğişmay bajarar, öng qölini çaqqonlik bilan körpa-töşak qatiga suqib, tez-tez titkilar, çap qöli bilan esa, azbaroyi yiqilib tuşmaslik uçun, taxmon çetini mahkam çangallab uşlagan edi. U, aftidan, ilgari ham mana şu holatda taxmon qatini köp marta titkilagani va şundan buning yaxşigina hadisini olgani körinib turardi.
U qölçasini taxmon qatiga uzatarkan, közlarini ohista yumgan köyi uzoq payt paypaslanib izlanar, bunday çoğda yuzini hozir kutilmagan voqea sodir bölib qoladigandek, hayajonli bir ifoda qoplab olardi. Baʼzan qöli taxmon orasida tuyqus allanimaga tekkandek, birdan közlari yarq etib katta-katta oçilib ketar, baʼzan esa, çamasi, hadeb titkilaşga sabri çidamay qolardi, şekilli, körpa-töşaklarning çetidan tutib, tortqilagança, taxmonni yiqitişga urinar, azbaroyi çiranganidan ikki yuzi qip-qizil tortib qolardi. Faqat, u negadir yiğlab xarxaşa qilmas va heç kimni kömakka çaqiray demas, hamma narsani unutgan köyi taxmon atrofida öralaşar, biz nafasimizni içimizga yutgança unga tikilib turganimizni xayoliga ham keltirmas, göyo uy içida özidan boşqa biror tirik jon yöqdek, boşini xiyol ögirib qarab ham qöymasdi.
Men öğlimga kiprik qoqmay tikilib turar ekanman, dafʼatan xayolimga u nimanidir izlab, taxmon qatini titkilayapti, degan öy urildi. Ammo bunga şu zahotiyoq birinçi bölib özim işonmadim. Hatto şunday öyga borganimdan öz-özimdan uyalib ketdim. Axir, buni aqlu tasavvurga ham siğdirib bölmaydi, öğlim – hali ona suti oğzidan ketmagan gödak muştdek boşi bilan nimani izlaşi mumkin?! U keçagina dunyoga kelgan, hali oqni qoradan, qorani oqdan tuzuk-quruq ajratib olmaydi, buning ustiga uning hali tili ham çiqmagan, biror bir narsaning nomini bilib olişga ulgurmagan bölsa, yana nimani izlaşi mumkin?
Kim biladi, aslida, öğlim ham biror nimani izlab taxmon qatini titkilamayotgan, balki şunçaki öz köyida öynayotgandir. Ehtimol, men uning yoşiga nomanand xatti-harakatlaridan butkul boşqa maʼno izlab yanglişayotgandirman. Axir, biz köpinça bolalarning xayolini band etib olgan, özini qiziqtirgan oddiy va jön narsalarni ham tuşunmaymiz, idrok etişga qiynalamiz va oxir-oqibat ularning ustidan yangliş xulosa çiqarib qöyamiz.
O, yöq, men ayni damda, garçi iç-içimdan şunday bölişini qattiq istab turgan bölsam-da, notöğri va yangliş xayolga bormagan edim. Buning ustiga şunday qarşimda turgan öğlimning har bir xatti-harakati, yuz-közini qoplab olgan ifoda mening şubha-gumonlarimni töliq tasdiqlab turar, buni sira boşqaça izohlab bölmasdi. Öğlim, rostdan ham, içikkan köyi taxmon orasidan allanimani izlayotgan edi. Ayni damda uning fikru zikrini faqat özi joni halak bölib qidirayotgan öşa narsaning surati band etib olgan, faqat şu haqda öylar va uni tezroq topişga urinar edi. Men yana şunga qattiq işonib turardimki, öğlim özi izlayotgan öşa narsani ilgari ham körgan, uning rang-tusi, şaklu şamoyili va öziga nima uçun kerakligini juda yaxşi bilar edi, şuning uçun u ortiq heç narsaga eʼtibor bermas, umidu işonç, şijoatu qatʼiyat bilan taxmon qatini titkilaşda davom etardi. Öğlimning xayolini öğirlab qöygan narsa faqat bizgagina qoronği edi.
Öğlim hali-hanuz taxmonni çetidan tutgança tortqilar, u xuddi qoyaga öjarlik bilan yopişib olgan burgut bolasiga öxşar, öziga mutlaqo yaraşmagan vajohat bilan boşi ustida turgan taxmonni tortqilab yiqitişga urinar, pişillagan köyi zöriqib, tez-tez nafas olardi. U hali-beri şaştidan qaytadiganga öxşamas, aksinça, qiyofasi battar qatʼiy va öjar tus olib borardi.
Ammo uning barça uriniş va çiranişlari behuda ketayotgan edi, çunki taxmon uning boşi ustida xuddi qoyadek soya taşlab turar, u neçoğlik urinmasin, baribir yiqitişga qurbi yetmasdi. Men öğlimdan köz uzmay qarab turar ekanman, u nimanidir izlayotgani va şundan butkul tinçini yöqotib qöyganiga tobora işonib borar, xayolimni bir-biridan sirli va çigal öylar band eta boşlagan edi. Öğlim bunçalik içikkan köyi nimani izlayapti, özi? Bu savol bir qaraşda juda oddiy va öta jön tuyulsa-da, men ayni paytda qançalik boş qotirmay, baribir jöyali javob topa olmasdim.
Aslida, bu savolga öğlimdan bölak heç kim javob berolmasdi. Ammo hali uning tili çiqmagan, şu bois, tabiiyki, xayolini qanday sirli narsa öğirlab qöyganini aniq-taniq aytib berolmasdi. Faqat uning könglida qanday öylar keçayotgan bölsa, barça-barçasi közlarida aks etgan edi. Biroq nigohidagi maʼnoni uqib olişga bizning aql-idrokimiz ojizlik qilardi.
Öğlim hamon taxmon çetini qöyib yubormagan, lekin endi uning xatti-harakatlari asta-sekin asabiy tus olib borar, qölçalari öziga böysunmay zir-zir titrar, hansirab oğir-oğir nafas olişi esa, uy içini tutib ketgan, yuzini ham tuşkun bir ifoda qoplab olgan, közlarida gir-gir yoş aylanar va u taxmon çetini tutgança omonatgina çayqalib turardi.
Men öğlimning xatti-harakati oxir-oqibat şunday ayançli yakun topişini oldindan sezgan va yuragim qörquv va xavotirga tölib toqatsizlanib turgan edim. Öylaganimdek, bir çoğ öğlim alam va iddao bilan özini yerga taşlab yubordi va uy içini uning çinqirib yiğlagani tutib ketdi. U sarkaşlik bilan özini u yoqdan-bu yoqqa taşlab yiğlar, oyoqçalari bilan yerni tap-tap tepib qöyar va közlaridan tirqirab yoş quyilib kelar edi. Ovozi şunçalik alam va iztirobga töla ediki, bu oddiy gödakning xarxaşasiga sira öxşamas, balki boşiga oğir judolik tuşgan kimsaning faryodi singari yurakka sançilib botar edi.
Mening birdan könglim buzilib, közlarim özim sezmagan holda yoşga tölib qoldi va örnimdan otilib turib, öğlimni yerdan kötarib oldim. Ammo uning köngli battar öksib ketdi, şekilli, yuzini köksimga bosib, boyagidan ham ayançliroq ovozda çinqirib yiğlaşga tuşdi. U söz bilan ifoda etolmagan iztirobu alamini yiği orqali anglatmoqçidek, özini bosolmay selu selob bölib yiğlar, yiği zarbidan mittigina jussasi silkinib-silkinib tuşar, aʼzoyi badani temirdek qizib ketgan, közlaridan tirqirab çiqayotgan issiq köz yoş köksimga şilqillab singib borayotgandek edi.
Men uy örtasida öğlimni bağrimga bosib turarkanman, uni qanday qilib ovutişni bilmasdim, nazarimda, odatdagi şirin söz va erkalaşlarim ayni damda özining taʼsirini butkul yöqotib qöygan edi.
Buning ustiga uning mittigina jismu jussasini örab-çirmab olgan iztirobu ökinç, alam va qayğu, özini butkul unutgança çinqirib yiğlaşi meni ham birdan karaxt qilib taşlagan, boşim heç narsani idrok etmas, xuddi çorasiz qolgan kimsa kabi öğlimni bağrimga bosgança toşdek qotib turardim.
Xotinim ham allaqaçon öğlimga qöşilib, piq-piq yiğlaşga tuşgan, ammo u nega yiğlayotganini özi ham tuzuk-quruq bilmas, faqat köngli qandaydir noxuşlikning şarpasini sezganidan közlari qörquv va vahimaga tölib qolgan edi. U öğlimning boşini silagan köyi allanimalar deb ovutişga urinar, ammo tili sira kalimaga kelmayotganidan ğöldiraşdan nariga ötmasdi.
Öğlimning hadeganda yiğisi bosilavermagaç, xotinim uni qölimdan olib, bağriga bosdi va, zora, ovunib qolarmikin, degan öyda kökrak tutdi, odatda öğlim xarxaşa qilib yiğlaşga tuşgan payt xotinim darrov şunday qilar va bola birdan andarmon bölar edi. Biroq bu gal öğlim kutilmaganda, oğziga kökrak olişni istamadi, xuddi öziga sut emas, balki zahar berayotgandek, boşini orqaga taşlab yiğlar, oyoqçalarini betinim tipirçilatib, onasining bağridan xalos bölişga urinardi.
Xotinim dam uning qöliga qandaydir şirinlik tutar, dam öyinçoqlarini şiqirlatib, xayolini çalğitişga urinar, lekin bularning barini uning adoqsiz yiğisi bosib ketardi.
Axiyri, xotinim öğlimni beşikka yotqizdi-da, beşikni ohista tebratgan köyi hazin ovozda alla ayta boşladi, u alla aytayotgandan köra köproq nola qilayotganga öxşar, ğamgin ovozi hali-hanuz biğillab yiğlayotgan öğlimning yiğisiga qorişib, xonani tutib ketgandi.
Xotinim beşikni uzoq tebratdi. Öğlimni yiği qattiq holdan toydirib taşlagan edi, köp ötmay közlari uyquning sirli domiga ilindi-yu, tinçib qoldi. Ammo juda notinç uxlar, alahsiragança allanimalar deya ğudranar, goho u yoqdan-bu yoqqa ağdarilişga urinar, biroq beşikning mahkam tortib boğlangan boğiçlari bunga imkon bermasdi.
Ha, şunday, öğlimning xayolini öğirlagan öşa sirli narsa uyqusida ham tinçlik bermasdi, u uxlab yotarkan, yuzidagi ifoda tez-tez özgarib turar, gohida quruqşagan lablarida kutilmaganda beğubor kulgi şarpalari yugurgilab qolar, ammo kulgiçlari hali rosmana yoyilişga ulgurmay turib, birdan sönar, söng çehrasini tağin tund va rutubatli, mutlaqo tuşuniksiz ifoda qoplab olardi. Baʼzan esa, uyqusida allanimadan çöçib-çöçib tuşganidan rang-röyi ters oqarib ketar va lablari tortilib, yiğlaşga çoğlanardi-yu, lekin uyqu bunga yöl qöymasdi.
Öğlimning ruhiyati qattiq bezovta tortgan, iç-içidan qandaydir dard qiynayotgani körinib turardi. Men uning iztirobga botgan yuziga qarab turişga ortiq sabrim çidamadi, beşikning yopinğiçini sekin tortib qöydim.
* * *
Ertasi kuni ertalab institutda ilmiy rahbarim bölmiş qirq beş yoşlar çamasidagi, pakana böyli professor bilan uçraşdim: ilmiy işim allaqaçon nihoyasiga yetgan, faqat himoya kunini belgilaş qolgan edi. Professor men bilan hol-ahvol söraşgaç, keyingi oyning oxirida ilmiy işim himoyaga tavsiya etilganini aytar ekan, baʼzi bir kamçiliklar ustida jiddiy işlaşim lozimligini qayta-qayta tayinladi:
– Iş har jihatdan puxta bölgani yaxşi, – dedi u. – Hali oldinda yetarliça vaqt bor. Ilmiy işingizni yana bir marta boşdan-oxir qayta közdan keçirib çiqing.
Professor tağin bir talay topşiriqlarni berdi. U himoya murosasiz va keskin ötişini, tirnoq ostidan kir qidiradigan ayrim kimsalar payt poylab yurganini, ularning har bir ilmoqli savoliga özimni yöqotib qöymay, bosiqlik bilan javob qaytarişim lozimligini qayta-qayta uqtirdi.
Professor ança badgumon odam edi, ilmda ğanimlarim köp deb öylar, göyo har bir bosgan qadamini kimdir taʼqib etib yurgandek, öta ehtiyotkor edi.
Meni negadir juda qobiliyatli, köp narsaga qodir yoşlardan biri deb hisoblar, bundan beş yil burun ham, institutni tugatiş arafasida talabalar orasidan yolğiz meni ilm bilan şuğullanişga undagan edi.
Professor bilan xayrlaşgaç, töppa-töğri uyga yöl oldim. Ayni paytda ilmiy işim, nihoyat, himoyaga tavsiya etilgani ham könglimga taskin berolmasdi. Holbuki, hayotimdagi eng katta maqsadim – şu ilmiy işni himoya qiliş edi. Men buning uçun qariyb beş yil maşaqqat çekkan, tunlarni uyqusiz ötkazgan, kutubxonaning zax bosgan xonalarida oylab kitob titkilab ötirgan edim. Ayniqsa, ota-onam va xotinim xuddi möjiza sodir böladigandek, himoya kunini sabrsizlik bilan kutar edi.
Tunni notinç ötkazganimdan boşim löqillab oğrir, butun vujudim lanj va karaxt tortgan, heç narsa yoqmas, xayolim parişon edi. Ammo şunday aftodahol ahvolga tuşib qolganimga qaramay, öğlim nimani izlab bunça bezovta tortayapti, deb dam-badam öz-özimdan sörab qöyardim. Biroq keça oqşomdan buyon bu haqda tinimsiz öylaganimga qaramay, özimni qoniqtiradigan jöyali javob topa olmagan edim. Öğlim uydagi biror buyum yoki öyinçoqning dardida şunçalik içikib bezovta tortayotgan bölsa, avvalo, uning özi öşa köziga qiziq köringan narsa tomonga talpinar, qöli bilan imo-işora qilib körsatgança, olib ber, deya xarxaşa qilardi. Ammo keça oqşomdan buyon biror-bir buyum yoki jihozga qayrilib ham qaramagan edi. Qolaversa, har qanday öjar bola ham öyinçoq yoki buyumning köyida bunçalik içikib, bezovta bölmaydi. Kim biladi, ehtimol, öğlim izlayotgan narsa nafaqat uyimizda, balki umuman dunyoda yöqdir?! Ehtimol, öğlim nimani izlayotganini özi ham tuzuk-quruq bilmas?! Ehtimol, bu uzoq vaqt yaşirinça davom etgan va kutilmaganda qalqib yuzaga çiqqan qandaydir oğir dardning alomatidir? Axir, dunyoda nima köp, dard köp, öğlim ham şularning biriga çalingan va şundan qattiq bezovta tortayotgandir?!
Şunday öy-xayollarga ğarq bölgança uyga yetib kelib, içkariga qadam bosarkanman, eşikni oçgan xotinimning ğussaga botgan sölğin yuziga közim tuşib, xayolimdan öğlim keça oqşomdagidek tinçini yöqotgança yana allanimani izlayapti, degan öy keçdi. Könglim battar qoronği tortib, xotinimga söz qotişga ham hafsalam yetmay, içkariga boş suqdim.
Öğlim beşik qavatida töşalgan körpaça ustida xayolga çömgan köyi tizzasi ustiga qöyib olgan qalin muqovali kitobni – mening ilmiy işimga taalluqli “Qadimgi dunyo solnomasi” edi – bir-bir varaqlab ötirar edi. Mening uyga kirganimni payqamadi, şekilli, boşini kötarib ham qaramadi. O, yöq, ayni damda, u nafaqat meni, balki butun dunyoni unutgan, göyo tizzasi ustiga qöyib olgan kitobning qat-qatiga singib ketgandek, biror-bir tuki qilt etmas, yuz-közida xayolning oğir şarpalari suzib yurar, lablarini çöççaytirib olgan edi. Kitobni şoşilmay, bitta-bitta varaqlar, har bir sahifani berilib, diqqat bilan közdan keçirar, heç narsani közdan qoçirmas, baʼzan allaqaysi suratga uzoq tikilib qolar, peşonasini tiriştirib allanimalarni xayolidan ötkazar, bunday paytda yuzining bir çekkasi xiyol yorişib ketgandek tuyular, ammo bu ifoda bir lahzada ğoyib bölar, söng xuddi xörsingandek, çuqur nafas olib, jimgina navbatdagi sahifani oçar edi. Hali esini tanimagan gödakning bunday vazmin va jiddiy tortgança kitob varaqlab ötirişi, tabiiyki, har qanday kişini hayratga solardi. Ammo öğlim şunçaki öynagan bölib, kitob titkilayotgani yöq, balki yuragiga qutqu solgan öşa sirli narsani kitob orasidan izlayotgandi. Boya uyga boş suqib, unga közim tuşgan zahotiyoq könglimdan şunday öy keçgan edi.
Ostonada ança payt turib qoldim. Bir payt öğlim nimadandir xayoli bölindi, şekilli, kitobdan nigohini uzdi-da, boşini ögirib menga qaradi: ammo közimiz közimizga tuşganda ham, uning yuzida qilt etgan özgariş alomati sezilmadi. Xuddi meni tanimayotgandek sovuq va begonasirab tikilib turar, nigohi allaqanday qayğuli va ğamgin edi. Aftidan, uni xayol butkul çalğitib qöygan yoki jismu jussasi karaxt tortib qolganidan heç narsa sezmas va idrok etmasdi. Men bularni içimdan töqib-biçib aytayotganim yöq, balki öğlimning ayni damdagi holatini boşqaça izohlab bölmasdi. Odatda, har kuni uyga kelganimda u meni körgan zahotiyoq irğişlab, bağrimga talpinar, quvonçdan közlari porlab ketardi. Ayni damda esa, biz xuddi ikki notaniş kimsa kabi bir-birimizga begonasirab tikilib turardik.
Ança paytdan söng öğlim nigohini xuddi qiynalgandek bazör uzib oldi-da, oğir xörsinib, tağin jimgina kitobni titkilaşga tuşdi. U mening ostonada öziga tikilib turganimni birdan esidan çiqarib yuborgandek, qayta ögrilib qaramadi ham.
Men kutilmaganda juda ğalati ahvolga tuşdim, xuddi begona uyga adaşib kirib qolgan kimsadek, özimni noqulay his etar, ostonada toş qotib turişni ham, taşqariga çiqib ketişni ham bilmasdim.
Şu payt boya uyga qaytayotib, yöl-yölakay dökondan xarid qilgan öyinçoqlar tuyqus yodimga tuşib qoldi-yu, hali qölimdan ham qöyişga ulgurmagan törxaltani şoşa-pişa titkilay boşladim. Men hayajonlangan köyi öyinçoqlarni törxaltadan olib, öğlimning qarşisiga terib qöydim. Keyin qaddimni rostlab: – Muayyad! – dedim ovozimni kötarib. Ovozim hayajon va entikişga qorişib eşitilganidan özim ham ğalati bölib ketdim. – Qara, öğlim, senga qanday çiroyli öyinçoqlar olib keldim.
Darvoqe, öyinçoqlar juda bejirim va çiroyli edi, har qanday bolaning eʼtiborini birdan öziga tortib, közini öynatib yuborişi tayin edi. Öğlim ham kitobdan nigohini uzib, öyinçoqlarga tikilib qoldi. Aftidan, öyinçoqlar unga yoqib tuşdi, şekilli, birdan quruqşagan lablari yoyilib, közlaridagi rutubatli ifoda allaqayoqqa ğoyib böldi. Ammo tizzasi ustidagi kitobni mahkam uşlab olgan, çamasi, undan hali xayolini butunlay uzolmagan edi.
Biroq oradan bir lahza ötib-ötmay, uning könglida uyğongan qiziqiş hissi birdan sönib qoldi, şekilli, tağin qaboqlari solinib kela boşladi. Öğlim öyinçoqlarga qöl uriş u yoqda tursin, hatto şu tomonga talpinişga ham röyxuş qilmadi. Faqat öyinçoqlardan nigohini uzib olayotib, göyo bularni nima maqsadda olib kelganimni iç-içidan yaxşi anglab turgandek, közlarini katta-katta oçgança, yalt etib menga qaradi va bir muddat kiprik qoqmay tikilib qoldi. O, uning tiğdek ötkir, iztirobu alam qorişib ketgan nigohiga doş beriş juda oğir edi. Ammo bizning közlarimiz töqnaş kelganda, men uning nigohidan şunçalik köp narsani uqib oldimki, azbaroyi yuragim qörquv va vahimaga tölib qolganidan, birdan böşaşib ketdim.
Öğlim özini qiynayotgan dardu baloga keça yoki bugun çalinmagan, balki bunga ança payt bölgan, ehtimol, dunyoga kelgan zahotiyoq u möru malaxdek uning etagiga yopişgan va kunlar ötgan sayin butkul jismu jussasini örab-çirmab olgan edi.
Ha, ha, şunday, ayni damda öğlimning inon-ixtiyori özida emasdi, bu dard qora xayol kabi fikru zikrini band etib, butkul öz izmiga solib olişga ulgurgan edi.
Eng dahşatlisi, öğlimning bizdan – men va xotinimdan allaqaçon köngli sovigan va biz, ikki qutbning örtasida tubsiz jarlik paydo bölgan edi. Bizning mehru muhabbatimiz, yeru kökka işonmay suyub erkalaşlarimiz uning muz tortgan yuragini endi qayta ilita olmas, xuddi mehrga töymagan, mudom xörlik, jabru sitamdan boşi çiqmagan ögay farzand singari allaqaçon bağrimizdan boş olib ketgan va özga bir dunyoda sarson-sargardon tentirab yurar edi.
U özi adaşib kirib qolgan bu dunyo murğak köngliga muttasil azob va iztirob ötini solib tursa-da, bizning bağrimizga qaytişni sira xayoliga keltirmas, göyo boşidan keçirayotgan jabru sitamlar jismu jussasiga rohat bağişlayotgandek tobora uzoqlaşib borardi.
Ehtimol, öğlim bu dardu sitam xuddi qora kölanka singari vahm bilan ustiga bostirib kelgan payt kömak va najot istab, bizning bağrimizga talpingan, çinqirib yiğlagança nola qilgan, umid va ilinj bilan oğzimizga tikilgan, soğinç va iztirobdan közlari tolib qolgan, ammo umidu iltijosi, nolayu fiğoni xuddi suvga otilgan toş singari sas-sadosiz ketayotganini körgaç, tuşkunlikning beayov iskanjasida bizning bağrimizdan boş olib ketişga majbur bölgandir.
Yöq, yöq, öğlim xayolini öğirlab, butkul öz izmu ixtiyoriga solib olgan öşa sirli narsani, eng avvalo, bizning jismu jussamizdan izlagan, könglimizning heç qaçon oçilmagani bois zang va rutubat bosib ketgan eşiklarini umid va ilinj bilan uzoq payt taqillatib turgan, hatto ovoz berib çaqirgan, ammo içkaridan özini dafʼatan quvontirib yuboradigan biror-bir sas-sado eşitilavermagaç, tuşkun va umidsiz qiyofada iziga qaytib ketgan. Biz esa, uning ahvol-ruhiyasi, yurak urişi, intilişu iztiroblaridan mutlaqo bexabar holda ğaflat körpasiga burkanib yaşagan, şirin söz va erkalaşlarimiz bilan murğak qalbini quvontirayapmiz, deb öz-özimizni aldab kelgan, aslida esa, uning köm-kök maysa singari ösa boşlagan umidu işonçini şafqatsizlarça toptab taşlagan edik. Öğlim bizning bağrimizga talpinarkan, butkul özga narsalarni izlagan, ammo taşlandiq uy singari xarobaga aylanib, huvillab yotgan qalbimizni körgaç, birdan işonçu umidi sönib qolgan edi. U bizdan qançalik tez uzoqlaşsa, şunçalik yengil tortib borardi.
Men boya öğlimning nigohidan şularni uqib olgan va azbaroyi dahşatga tuşganimdan yuragim muz tortib ketgan edi.
* * *
Oqşom biz öğlimni butunlay öz holiga taşlab qöydik. Öğlim tun allamahal bölgunga qadar uy içida u yoqdan-bu yoqqa tentirab, xayolini butkul öğirlab qöygan öşa narsani besamar izlab yurdi. Na mening, na onasining quçoğiga talpindi; injiqlik va xarxaşa ham qilmadi. Faqat közlariga uyquning aççiq zahri qadalgandan sönggina injiqlanib, yiğlaşga tuşdi. Onasi uni jimgina beşikka yotqizib, tebratgaç, tezda uxlab qoldi.
* * *
Aniq yodimda yöq, haftaning çorşanba yo payşanba kuni edi, biz Muayyadni döxtirga olib bordik. Zero, bundan bölak çoramiz qolmagan, uni rosmana kasal deb ayta olmasak-da, allanimaning köyida içikkandan sölib-sarğayib borayotgan yuziga jimgina tikilib yaşay olmasdik.
Buni qarangki, hammasi men öylagandan mutlaqo boşqaça bölib çiqdi. Döxtir özining birgina istehzoli kulgisi bilan könglimga tinimsiz qörquv va vahima solayotgan noxuş öylarni çippakka çiqarib yubordi. U, aftidan, öz kasbini miridan-sirigaça bilar, har bir sözini işonç bilan gapirar, ortiqça eʼtiroz va tuşunmovçilikka örin qoldirmasdi.
Döxtir bizni oçiq yuz bilan iliqqina qarşi olar ekan, mening öğlim qanday kasallikka çalinib qolgani haqidagi gaplarimni oxirigaça jimgina eşitdi. Uning öyçan tortgan yuzidan biror-bir maʼnoni uqib oliş qiyin edi, faqat xotinimning tizzasida lab-lunjini osiltirgança, tumşayib ötirgan öğlimga tikilib razm solarkan, kutilmaganda özini tutolmay birdan qah-qah urib yubordi. Kulgisi zarbidan xona derazasi oynalari zirqirab ketgandek tuyuldi. Men hayron qolgança savolomuz qaradim: kulgi taʼsirida uning közlari yoşlanib, ikki yuzi qip-qizil tortgan edi.
– Obbo sizni-yey, – dedi u özini kulgidan bazör tiyar ekan. – Öylab topgan gapingizni qarang: allanimani izlarmiş! Öğlingiz hali esini tanib ulgurmagan gödak-ku, muştdek boşi bilan nimani izlaşi mumkin?! Bunday gaplarni qayerdan topdingiz, sira aqlim yetmaydi.
U sözini qisqa qildi, boya neçoğlik tez şaraqlab kulgan bölsa, şunçalik kutilmaganda jiddiy tortib, öğlimni xona töridagi oppoq çoyşab töşalgan töşakka yotqizdi-da, közdan keçira boşladi. U engaşgan holda, begonasirayotganidan tinimsiz tipirçilayotgan öğlimning goh qornini bosib körar, goho qaboqlarini kötarib, közi ostiga qarar va ora-sirada xotinimga yuzlanib, tuğilganda yiğlaganmidi, asosan qaysi paytlar bezovta böladi, deb sörab qöyardi. Uning közlari öyçan tortgan, yuzida allaqanday mubham fikrning şarpasi suzib yurar, çamasi, öğlimni qanday dard bezovta qilayotgani haqida öylardi. Keyin u deraza qarşisidagi örindiqqa kelib ötirar ekan, menga yuzlandi:
– Xöş, xavotir olmasangiz ham böladi, – dedi u sözlariga imkon qadar salmoq berişga tirişib. – Öğlingiz aytarli jiddiy kasalga çalinmagan. Töğri, bola nimadandir qattiq bezovta bölib, tinçini yöqotgan. Ammo u, siz öylagandek, allanimani izlayotgani yöq. Asablari buzilgan. Odatda, asabi buzilgan bolalar şunday tinçini yöqotib qöyadi. Öz vaqtida oldini oliş kerak, yöqsa, yomon asorat qoldirişi mumkin. Bolani faqat uyda olib ötiriş ham yaramaydi, tez-tez toza havoga olib çiqib, aylantirib turiş zarur. Onasi ham hamma narsaga siqilavermasin, bu ham sut orqali bolaga taʼsir qiladi. Hozir zarur dorilarni yozib beraman, kuniga uç mahal içirib turasizlar. Bir haftada hammasi öz örniga tuşadi.
Men uning gaplarini jimgina tinglar ekanman, özim ham yuragimni bosib yotgan vahm va qörquvdan xalos bölib, ruhim yengil tortib borardim. Xotinimni bilmayman, ammo, mening nazarimda, öğlim allaqaçon soğayib ketgandek tuyular va şunça kundan buyon behuda qörqinçli xayollarga berilib, vahimaga tuşib yurganimni öylab, öz-özimdan uyalib ketdim.
Biz döxtirning huzuridan yengil tortib çiqdik.
* * *
Oqşom uyimizda ança kundan buyon birinçi marta sokin va yoqimli jimlik çökdi: xotinim öğlim kasalga çalinganidan buyon tuzuk-quruq qöl urmaganidan tözib ketgan uyni supurib-sidirar, buyum va jihozlarning çang-çungini artib, tartibga keltirar edi. Uning ança çiroyi oçilgan, közlaridagi ğussali ifoda ğoyib bölgan edi.
Öğlim döxtir tavsiya etgan dorilarni içgaç, göyoki möjiza röy bergandek, keçagi bezovtaligi birdan yöqolib, muloyim tortib qolgan, garçi yuz-közidan hali-hanuz tund va rutubatli ifoda arimagan esa-da, endi ortiq nimanidir izlaşga urinmas, böşaşgan köyi mudrab ötirar, uyqu seli bostirib kelayotganidan közlari dam-badam yumilib-yumilib ketar edi. Eng muhimi, onasi kökrak tutganda, injiqlik qilmay olgan va çölpillatib-çölpillatib uzoq emgan edi. Bu, tabiiyki, yaxşilik alomati edi. Uning iştahasi oçilgani dard asta-sekin ortga çekinayotganini sözsiz aytib turardi.
Buning ustiga, odatdagidan ança barvaqt – hali onasi beşikka belaşga ulgurmay turib, şunday körpaça ustida uxlab qoldi. Toş qotib uxlar, nafas olişi sokinlaşgan, çamasi, uning içikiş va bezovtalikdan toliqqan vujudi orom olayotgan edi.
Men döxtir tavsiya etgan dorilarning birinçi kundan şunday taʼsir qilganini xayolimdan ötkazar ekanman, öğlim hademay dard körmagandek, butkul soğayib ketişi, uning kulgusi tağin uyimizni töldirişi, könglimizga quvonç va umid olib kirişiga aslo şubha qilmasdim.
* * *
Ilmiy işimni himoya qiliş kuni yaqin qolgan, jiddiy tayyorgarlik körişim kerak edi. Şu bois dissertatsiyamni yana bir karra közdan keçirib çiqib, tartibga soliş, uç nusxada köpaytirib, institutdagi obröli domlalarga taqrizga beriş va hatto himoyadan söng möljallangan ziyofat töğrisida öylaşim lozim edi. Men şularni öylab, ertalab uydan çiqib ketar, kun uzoği yugur-yugurdan daydi itdek toliqib, oqşom payti qaytib kelardim.
Öğlim ham, nazarimda, asta-sekin soğayib borar, uni ortiq heç narsa bezovta qilmay qöygan, rang-röyi ham öziga kelib qolgandi. Faqat çaqaloqlik kezlaridagi kabi kunni tunga, tunni kunga ulab uxlar, uyqudan uyğongan kezlari ham közlarini bazör oçib, esnab-esnab ötirar edi. Xotinim uning bu holatini kasallikdan keyingi darmonsizlikka yöyarkan, bolam şörlik ozmunça dard çekdimi, bir haftaning içida ozib-tözib, çöpdek böp qoldi, iloyo, barça körganlari şu bölsin, deya yozğirib qöyardi. Nazarimda, u öğlimdan köra köproq özining zada tortib qolgan köngliga taskin-tasalli berayotgandek tuyular, hali-hanuz ovozining qat-qatida hadik va xavotir şarpalari sezilib turardi.
* * *
Oradan köp yillar ötgaç, men şaharda ayni ilmiy işimni himoya qiliş arafasida xuddi qörqinçli tuş singari behalovat keçgan hayotimni har gal eslaganimda, jismu jussamni alam va ökinç hissi sovuq ilondek örab-çirmab olganidan beixtiyor örnimdan otilib turib ketar, şafqatsizlik bilan iç-etimni kemirayotgan mudhiş va azobli öylardan sira qutula olmas, hali tilu zaboni çiqmagan, bu hayotning qöyniga bir lahzagina qönib ötgan mana şu gödak – öğlim qarşisida özimni nafaqat gunohkor, balki uning şaffof tuyğularini ayovsiz toptab taşlagan, umidu işonçini poymol etgan yovuz kimsadek his etardim.
Ammo men yuragim kuyib, neçoğli örtanmay, baribir öğlimga iç-içimdan havasim kelardi. U garçi bu dunyoning bağriga bir nafasgina qönib ötgan, hali biror-bir nimaning nomini bilişga ham ulgurmagan bölsa-da, biz heç qaçon xayolimizga keltirmagan, ammo hayotning maʼno-mazmuni va mezoni sanalgan öşa muqaddas narsani gödak tasavvuri bilan anglab yetgan va bir körişdayoq unga oşufta bölib qolgan, bu sirli xilqat uning masʼum xayollarini yuksak-yuksaklarga parvoz qildirgan, mitti yuragini junbuşga solgan, yor hajrida özini unutgan oşiq singari butun vujudi bilan unga tomon intilgan, intila turib yuragi tuyğularga tor kelganidan nolayu fiğon qilgan, quvonçdan qiyqirib yuborgan, ammo uning quvonçu nolasi, alamu iztiroblari xuddi allakimning befarosatlarça taşlagan qadamidan közi bekilib qolgan muqaddas buloq singari könglining tub-tubida qolib ketgan edi.
Men, rosti gap, öşa kunlarda öğlim butkul huzur-halovatini yöqotib, öjarlik bilan keçayu kunduz nimani izlagani va izlayotgan narsasi unga nega kerak bölib qolganidan mutlaqo bexabar, hayotimda qanday körgilik röy bergan bölsa, barini taqdiri azalning hukmiga yöyib, tinçgina yaşab yuraverişim mumkin edi. Kim biladi, ehtimol, qismatning yöriği şunday keçganda iztirobu azob çekmay, turli xayollarga berilmay, qismatning yozdiğiga könikib ketar va oxir-oqibat hamma-hammasini unutib yuborar edim. Axir, bu dunyoda nimalar unutilmaydi, qanday muqaddas tuyğular eskirib burda-burda bölgan libos kabi yöqolib ketmaydi, deysiz? Bu dunyoda avval boşdan hamma narsa unut bölişga mahkum etilmaganmi?!
Biroq öğlimning dardi kutilmaganda qayta xuruj qilib qolgan, biz azbaroyi sarosimaga tuşganimizdan butkul es-huşimizdan ayrilgan öşa kunlarda yölak çetida ötiradigan anavi tilançi çol yerdan çiqdimi, osmondan tuşdimi, bilmayman, tuyqus hovlimizda paydo böldi-yu, bir zumda hamma narsani ostin-ustun qilib yubordi, u bizga öğlim şunça kundan buyon jonsarak va içikkan köyi qanday sirli narsani izlayotganini aytib ketdi…
* * *
Öşanda haftaning oxiri – yakşanba kuni edi. Öğlim döxtir buyurgan dorilarni allaqaçon içib bölgan va, nazarimda, uning yuz-közidan dardning oğir soyasi asta-sekin kötarilib borardi. Faqat hali-hanuz uyqudan köz oçay demas, uyquning aççiq zahridan qaboqlari şişib ketgan, aftidan, özi ham allaqanday karaxt tortib qolgan edi. Muhimi, u burungidek allanimani izlab bezovta bölmasdi.
Ammo yakşanba kuni ertalab biz xayolimizga ham keltirmagan voqea yuz berdi: öğlim göyo aʼzoyi-tanida çidab bölmaydigan oğriq turgandek, vahm bilan yiğlagança uyqudan uyğonib ketdi. Allaqanday böğiq, alam va iztirob qorişib ketgan yiğisi bir zumda uy içini tutdi. Öğlim böğilib yiğlar va çirangan köyi beşik boğiçlaridan qöl-oyoğini böşatişga urinar, yuzi bözarib qontalaş tusga kirgan, tipirçilaşidan beşik “ğiyq-ğiyq” etib çayqalgança tebranardi.
Uning yiğisi quloğimga urilgan zahotiyoq, göyoki allaqaçon unutilgan mudhiş xotira kutilmaganda qayta yodimga tuşib qolgandek, birdan yuragim sovuq tortib ketdi: ha, bu öşa, bir hafta burungi yiğining aynan özginasi edi, faqat ayni damda uzoq vaqt damini içiga yutib yurgan alamzada kimsaning faryodi singari zardali va qahrli tus olganidan, yurakni seskantirib yuborar edi.
Xotinim hovlida qandaydir yumuş bilan kuymalanib yurardi, öğlimning yiğlaganini eşitgan zahotiyoq otilib uyga kirdi. Aftidan, u qattiq qörqib ketgan, rang-röyi oqarib, qöl-oyoği dağ-dağ qaltirar va entikkan ahvolda tez-tez nafas olar edi. U uyga kira solib, özini beşikning ustiga taşladi va şoşa-pişa öğlimni yeçib oldi-da, bağriga bosdi.
Ammo öğlim onasi bağriga borişni istamadi, aksinça, battar çinqirib yiğlagança, zarda bilan keskin ravişda özini orqaga siltab taşlab yubordi. Uning boşi xuddi jonsizdek osilib qoldi, nafasi içiga tuşib ketganidan ovozi xirillab, bazör eşitilar, közlari orqaga tortib ketgan va peşonasidan ter seldek quyilib kelar edi. Xotinim uning ayançli ahvolini körib, battar qörqib ketdi va darrov körpaçaga ötirğizib, piyolada suv olib, tutdi. Öğlim suvni ham içişni xohlamadi, ammo körpaçada omonatgina çayqalib ötirar ekan, kutilmaganda, birdan yiğlaşdan töxtadi va uyqu hamda yiğining taʼsirida şişib ketgan közlarini yirib-yirib oçgança, uy içiga javdirab tikilib qoldi. U göyo bu torgina uy va undagi jihozlarni birinçi marta körib turgandek, hayrat va qörquv aralaş kiprik qoqmay boqar, ötkir hamda allaqanday alamli nigohini hamma narsaga bir-bir qadab çiqardi. U dafʼatan tinç tortib qolgan edi, ammo közlarini katta-katta oçgança javdirab tikilib turişining özi oğir va qayğuli edi. Öğlimni bu dardu balo butkul holdan toydirib taşlagan, eti ustixoniga borib yopişgan, pajmurda jussasiga qaraşga yurak betlamasdi.
Men uning mana şunday ayançli qiyofasiga qarab turib, hamma-hammasini birdan tuşunib yetdim-u, könglim battar qoronği tortib ketdi. Biz, xotinim ikkalamiz şunça kundan buyon öğlimiz darddan xalos bölayapti, degan öyda öz-özimizni behuda aldab kelgan, uning dardi tuzaliş örniga battar zöraygan edi. Döxtir tavsiya etgan dorilar öğlimga ziğirça taʼsir qilmagan, aksinça, asablarini qaqşatib, battar jizzaki va injiq qilib taşlagan edi. Boyagi jazavaga tuşgan köyi çinqirib yiğlaşi ham şundan darak berib turar, çunki ilgari heç qaçon bunçalik özini yöqotib zorlanmagan edi.
Ha, şunday, biz kutgandek, öğlim etagiga yopişgan bu darddan xalos bölmagan, garçi ön kundan buyon uyqudan köz oçmay yotgan esa-da, öşa xayolini öğirlagan sirli narsani unutib yuborolmagan edi. Yöq, çamasi, öğlim keçayu kunduz işonçu umidini yöqotmay, öşa sirli xilqatning yodi bilan yaşagan, uyqu saltanatining köz ilğamas sarhadlarida sarson-sargardon kezingan, özini har tomonga taşlab, nolayu fiğon qilgan, tipirçilab bezovta urayotgan yuragi alam va iztirobga tölib ketgan, ammo uyquning köz ilğamas törlaridan xalos bölişning imkonini topa olmagan. Yöq, yöq, uyqu saltanati uni xuddi ertaklardagi jodulab taşlangan pahlavon kabi bağrida mahkam tutib turgan, qimir etişga imkon bermagan edi.
Öğlimning öşa, özi içikkan köyi izlayotgan sirli narsaga muhabbatiyu oşuftaligi yanada ortgan, u göyo maʼşuqasidan ayrilgan oşiq singari telbaga aylanib qolgan, örtanib olov kabi yonayotgan yuragining hovurini esa heç vaqo bosa olmas, aftidan, uning köziga öşa sirli xilqatdan boşqa heç narsa körinmasdi.
U ayni damda yiqilib tuşadigandek bir ahvolda çayqalibgina ötirib, uyning qoronği tortgan burçaklariga kiprik qoqmay tikilar ekan, heç şubhasiz, öşa xayolini öğirlab qöygan sirli narsani izlar edi.
* * *
Öğlim öşa kuni ortiqça injiqlik va xarxaşa qilmay, uy içini obdon közdan keçirib çiqdi. Ilgari ham ming marta nigohi tuşgan, qölçalari bilan uşlab körgan buyumlarni yana erinmay qayta titkilar, sinçkov va bezovta razm solar edi. Ammo özi jonsarak bölib izlayotgan öşa sirli narsani heç qayerdan topa olmas, bunday paytda birdan böşaşib, qölçalari şalvirab osilib tuşar va istamaygina naryoqqa emaklab ketardi. U, aftidan, bizni butunlay esdan çiqarib qöyganga öxşar, özini şunçalik befarq va eʼtiborsiz tutardiki, qarab turib beixtiyor taajjubga tuşardi kişi. U ertalab vahm bilan yiğlagan köyi uyqudan uyğonganidan buyon biror marta bölsin, na mening va na onasining bağriga talpingan, loaqal boşini ögirib qarab qöymagan edi. Çamasi, xayolida in qurib olgan bu dard öğlimni butkul gangitib taşlagan va u öz-özi bilan ovora bölib qolganga öxşardi.
Öğlim şu alpozda uy içini bir qur titkilab çiqqaç, kutilmaganda şitob bilan emaklagança ostonaga keldi va yerga yastanib ötirib oldi-da, qölçalari bilan apil-tapil tirnagança eşikni oçişga urina boşladi. U xuddi qotgan nonni oçközlik bilan kemirayotgan siçqondek eşikni tez-tez tirnar, tirnoqlari ostidan çiqayotgan “qirt-qirt” etgan böğiq ovoz yurakka oğir sançilib, sukunatga botib yotgan uy içiga tahlikali yoyilar edi.
Öğlim şunçaki öyinqaroqligi tutib, eşikni tirnayotganga öxşamasdi, balki uni rostakamiga oçişga urinar, har bir xatti-harakati qatʼiy va zardali edi. O, yöq, uni ostonaga boşqa öy yetaklab kelganga öxşar, çamasi, özining xayolini öğirlab qöygan öşa sirli narsani uydan joni halak bölib qançalik izlamasin, baribir topa olmasligiga közi yetgan va uni endi taşqaridan izlaş maqsadida eşikni oçişga urinayotgan edi. Ha, ha, rost, uning qiyofasini çulğab olgan öjar ifoda ham şundan darak berib turar, ayni damda eşik oçiq bölsa, bizga – ortida nafasini içiga yutgan köyi yurak hovuçlab turgan ota-onasiga qayrilib ham qaramay, taşqariga çiqib ketişi aniq edi.
Öğlim öjarlik bilan eşikni oçişga uzoq urindi, ammo oça olmadi, eşik zildek oğir, buning ustiga, içkaridan qulflab qöyilgan edi, söng tirnoqlari tirnalib oğriganidanmi yoki azbaroyi xörlik va alam hissi bosib kelganidanmi, iddao bilan özini orqaga taşlab yubordi, boşi “gurs” etib yerga urildi va böğzidan otilib çiqqan aççiq yiği uy içini tutib ketdi.
Öğlim yer bilan bitta bölib yotar, özini bosa olmay yiğlar, yuragi alamga tölganidan oyoqçalari bilan yerni “gurs-gurs” tepib qöyardi.
Xotinim özini tuta olmay hiqillab yiğlagança darrov uni kötarib oldi-da, bağriga bosdi. Men öğlimni xuddi ötgan safargidek heç narsa bilan ovutib bölmasligini, bizning şirin sözu erkalaşlarimiz uning zimistonga aylanib ketgan köngliga yoruğlik olib kirmasligini iç-içimdan sezib turardim. Men şu öyni xayolimdan ötkazar ekanman, xuddi çorasiz qolgan kimsadek sudralib qadam bosgança taşqariga çiqdim.
Öğlimning boyagi ayançli holati sira köz öngimdan nari ketmas, xuddi mudhiş va xunuk manzara singari yuragimda qattiq oğriq qözğar, xayolimni tözğitib yuborgan edi.
Rostini aytganda, men öğlim hademay dard körmagandek, butkul soğayib ketişiga qattiq işongan va bu haqda deyarli öylamay qöygandim. Ammo kutilmaganda uning dardi qayta xuruj qilişi mening oroyiş topgan xayolimni birdan ostin-ustun etib yuborgan, ayni damda aqlim heç narsani tuzuk-quruq idrok qilmasdi.
Aslida bu dardu bedavo öğlimning etagiga qayerdan yopişganiga sira aqlim yetmasdi. U onadan soppa-soğ va tört muçasi but tuğilgan, çaqaloqlik damlari ham tinç va osoyişta ötgan, aytişga arziydigan biror-bir kasallikka çalinmagan, biz öşa kezlarda uning na uyqusida va na öngida biror noxuşlik yuz körsatganini sezmagan edik.
Ehtimol, bu dard suyak surganmikin?! Axir, şunday ham bölişi mumkin-ku! Yöq, yöq, nimalar deb aljirayapman, özi, bunday bölişi aslo mumkin emas. Avlodimizda heç kim bunaqa dard bilan oğrimagan, bobolarim hayotda qandaydir qora xayolga berilmay, tinçgina umrguzaronlik qilişgan – men buni aniq bilaman.
Ammo öğlim-çi, öğlim?! U kutilmaganda bu dardga qanday çalinib qoldi?! Bu qanday dard, özi?! Uning davosi bormi?!
Ayni damda men özimni heç narsa bilan ovutolmas, vahima va xavotir tölib ketgan könglimga yolğondan taskin-tasalli bera olmasdim. Axir, şunday köz öngimda öğlimni qandaydir dard ayovsiz ezğilab, tobora öz komiga tortib borar, men esa unga na najot va na dalda bera olaman…
Darvoqe, öğlim bu gal avvalgidan ham oğir ahvolga tuşgan, uni bu sirli dard butkul iskanjasiga olib, quturgan şamol yaproqni qanday çirpirak aylantirsa, xuddi şunday şafqatsizlik bilan ezğilar, bir dam bölsa-da öz holiga qöymasdi. Men kunlar ötgan sayin bunga yanada qattiqroq işonç hosil qilib borardim. Öğlim uyqusini butkul yöqotgan, oqşom mahali xotinim uni majburan beşikka belaganda, köziga bir çimdim uyqu olganini aytmaganda, deyarli uxlamas, tunda xuddi oyparast kimsa singari uy içida u yoqdan-bu yoqqa tinimsiz emaklab yurar, allanimalarni qitir-qitir kovlaştirar, baʼzan esa qaysidir burçakda bir nuqtaga tikilgança toşdek qotib ötirar, közlari qoronğilik qaʼrida xuddi unutilib qoldirilgan bir juft çiroqdek çaqnab turardi. Uning hayotida kun bilan tun butkul qorişib ketgan edi.
U ovqatga ham qaramasdi, faqat onasi kökrak tutganda, injiqlik qilmay jimgina emar, göyo sutning lazzatli va hayotbaxş taʼmidan butun aʼzoyi-tani rohat qilayotgandek közlari yumilib-yumilib ketar va şunday damlarda uning yuziga qon yugurib qolgandek tuyular edi. Ammo bularning bari ötkinçi bir hol edi, çunki öğlim hali onasining bağridan böşaşga ulgurmay turib, kutilmaganda qiynalib-qiynalib öqçigança hozirgina emgan sutini qayt qilib taşlardi.
Hayratlanarli tomoni şunda ediki, öğlimga uyqusizlik va oçlik negadir taʼsir qilmayotgandek tuyulardi, aslida meni ana şu hol qattiq taşvişga solardi. Çunki öğlimning jismu jussasida toliqiş yoki çarçoq alomatli sezilmas, u hamişa allaqanday tetik qiyofada uy içida tentirab yurar, xatti-harakatlari qatʼiy va şiddatli edi. Men baʼzan unga tikilib turib, gödak boşi bilan şunçalik kuç-qudrat va sabr-bardoşni qayerdan olayotganini öylab, aqlim şoşardi.
Ammo bu dardu balo öğlimga zohiran taʼsirini ötkazayotganini, uni ustalik bilan asta-sekin holdan toydirib borayotganini iç-içimdan sezib turardim. Aslida mening könglimga ana şu öy qörquv va vahm solardi: axir, hammasi bir umrga şunday davom etavermaydi, bugun bölmasa, ertaga hayotimda nimadir kutilmaganda “çirt” etib uziladi-yu, barçasi birdan tamom böladi, degan fikrdan baʼzan yuragim uvişib ketardi.
Nazarimda, öğlimning ruhiyatiga qandaydir yovuz kuç bostirib kirib, makon tutib olgan va uni ustalik bilan boşqarib turardi. Öğlim butun inon-ixtiyorini şu makkor kuçning izmu ixtiyoriga berib qöygan, u qayoqqa boşlasa, şu tomonga yurar, nimani buyursa, itoatkorlik bilan şuni bajarar edi. Ha, aslida ham şunday: öğlim hali aqlini ham tanimagan murğak gödak, uning qandaydir sirli narsaning köyida bunçalik içikişini sira aqlga siğdirib bölmaydi. Uni, heç şubhasiz, dard şaklida köriniş bergan qandaydir qora kuç boşqarib turibdi. Şu yovuz kuç uni bizning quçoğimizdan yulqib olgan va yetti yot begona xilqatga aylantirib qöygan.
Albatta, bu haqda öylaş menga juda oğir edi. Axir, u begona emas, yurak qörimdan yaralgan tönğiç farzandim edi, uning bu dunyoga kelişi böm-böş tortgan könglimni töldirgan, hayotimga rang va mazmun olib kirgan edi. Yöq, yöq, bu hayotda har qanday razolat, xunrezlik röy berişi, hatto dunyo teskari aylanişi mumkin, bu meni sira ajablantirmaydi. Ammo menga tortiq etilgan şu norasida jondan – öğlimdan judo bölişga, ajal uni bağrimdan yulqib olişiga toqat qilib bölarmidi?!
Ammo öğlimning turiş-turmuşi xuddi rad etib bölmaydigan haqiqat singari butkul boşqa narsalarni aytib turardi. Uning içi-içiga çökkan közlariga tikilib turib, özimga nisbatan na mehru muhabbat, na talpiniş ifodasini topardim. Yöq, yöq, bu şunçaki araz yoki iddao emasdi, balki öğlimning könglida nimalar keçayotgan bölsa, barisini nigohi aniq-taniq sözlab turardi. Uning közlariga tikilib, özim haqimdagi haqiqatni yanada aniq-taniq öqirdim. Nazarimda, öğlimning gödak tasavvuridan bizning – men va xotinimning qiyofamiz butkul öçib ketgan edi. Vaholanki, uning buloq suvidek zilol, tip-tiniq xotirasidan eng avvalo, biz joy olişimiz kerak edi. Hayhot, öğlim bizni unutib qöygan, o, nafaqat unutgan, balki taşlandiq buyum singari şuuri tasavvuridan butunlay öçirib taşlagan edi.
Kim biladi, ehtimol, öşa, özi joni halak bölib izlayotgan narsa uning xayolini butkul çalğitgan, dunyo singari bizni ham yovuz va jirkanç qiyofaga solib körsatgandir. Bilmayman, har narsa bölişi mumkin. Ammo men öğlimni bizdan köngli sovib, begona tortib qolganini heç narsa bilan inkor eta olmasdim.
* * *
Öğlimning dardi qayta xuruj qilganining törtinçi kuni edi, uyimizga kutilmaganda talaba yillaridagi döstim eşik qoqib kirib keldi. Uning ismi Hayot edi. Janubiy viloyatlarning birida tuğilib ösgan, qoramağiz, böyçan va çayir yigit edi. Biz u bilan talabalik davrining barça quvonçu zahmatini birga “baham” körgan, yupun va ğarib, ammo orzu-umidlarga boy navqironlik fasli bizni özimiz sezmagan holda bir-birimizga juda yaqin qilib qöygandi. Hayot oçiqköngil, dali-ğuli, bir sözli yigit edi. Biz bir-birimizni tez va oson tuşunar, könglimizda paydo bölgan sir uzoq vaqt yaşirinib yotmasdi.
Faqat dorilfununni tugatiş arafasida bizning yölimiz turmuşning boşqa-boşqa köçalariga qayrilib ketgan, örtamizda ilimiliq munosabat yuzaga kelgan edi. Hayot talabalik yillarida institutni tugatgaç, qişloqqa qaytib borib, bolalarga saboq berişni orziqib gapirib yursa-da, baxtga qarşi şaharda qolib ketdi. Ammo men ayni damda u şaharning qaysi qönjida yaşaşi-yu, qanday yumuş bilan band ekanini bilmasdim. Özi ham bu haqda oğiz oçişni istamas, baʼzan uçraşib qolgan paytlarimizda sörab-suriştirişga tuşsam, uzuq-yuluq javob berişdan nariga ötmasdi.
Kim qanday öylaydi, bilmayman, ammo bu hayotda odamning dösti juda kam böladi. U mening talabalik yillarida orttirgan yakkayu yolğiz döstim edi. Uning ismi Hayot edi, bir paytlar hayotning özi kabi jöşqin, sarkaş va öt-olov edi. Xotiramda ana şunday qiyofada qattiq muhrlanib qolgan edi.
Ammo keyinçalik u mening şunday köz öngimda birdan özgarib ketdi, yaşaşga bölgan jöşqin muhabbatiyu iştiyoqi, xayoldek pokiza va uçqur orzu-umidlari xuddi bozillab yaşnab turgan çöqqa suv sepilgandek, birdan sönib qoldi. Aftidan, u tuşkun va umidsiz kayfiyatdan sira xalos böla olmasdi, şekilli, hamma narsaga loqayd va eʼtiborsiz qarardi. Men köpinça uning qarimsiq tusga kirgan aft-angoriga qarab turib, keçagina hayot, kelajakdagi orzu-umidlari haqida baʼzan tongga qadar jöşib gapirgan, bu dunyodan faqat ezgulik izlagan yigitni mutlaqo taniy olmay qolardim. U aql bovar qilmas asnoda özgarib ketgandi.
Aslida uning tabiatidagi bu favqulodda özgariş ança ilgari, institutni tugallaş arafasida röy bergan edi. Hali taʼtil kunlari yetib kelişiga ham sabri çidamay, tösatdan qişloğiga otlanib qolgandi. Jönab ketişdan avval xavotirga tuşgan köyi, juda noxuş tuş kördim, işqilib, uyda tinçlik bölsin-da, degan edi. U faqirgina oilada ösib-ulğaygan, kamxarj, şaharda öz kunini özi körar, odatda, tört-beş oyda bir marta qişloğiga borib kelardi.
U öşanda oradan uç kun ötib qaytib kelgan. Ammo men uni dafʼatan taniy olmagan edim: bor-yöği uç kun içida butkul ozib-tözib, arvohga öxşab qolgan, tim qora soçlari birdan oqarib ketgan, közlari tuşkun va umidsiz boqar edi. Men uning bunday qayğuga botgan aft-angoriga qarab turib, uyida qandaydir musibat yuz bergan bölsa kerak, degan öyga borgan, biroq dabdurustdan söraşga botina olmagan edim. Yöq, aniqroği, undan yurak yutib, qanday söraşni bilmaganman, çunki qiyofasi şunçalik tuşkun va alamli ediki, kişini birdan esankiratib qöyardi. Uning özi ham göyo qörquv va vahmdan jismu jussasi butkul karaxt tortib qolgandek, ikki kun miq etmagan, faqat bir nuqtaga tikilib ötirgan edi.
Keyin, oqşom mahali u kutilmaganda tilga kirgan va xuddi böğziga toş qadalgandek yuzini ayançli tiriştirgança qiynalib-qiynalib, qişloğidagi yakkayu yagona tobut öz-özidan allaqayoqqa ğoyib bölgani va jinni qiz haqidagi ğalati voqealarni gapirib bergan edi. Men öşanda uning ovozida zang urayotgan qörquv va vahm şarpasini aniq-taniq his etgan va bundan özimning yuragimga ham qörquv oralab qolgan edi. Ammo öşanda men uning telba-teskari gaplariga sira işonmagan, könglimdan Hayot aqldan ozib qolibdi, degan noxuş öy keçgan edi. U esa, özini butkul unutgan köyi uzoq gapirgan, könglidagi barça dardu hasratini oqizmay-tomizmay tökib solgan, alam va iztirob jismu jussasini junbuşga solganidan özini bosolmay qon bölib uzoq yiğlagan edi.
Şundan söng u bu haqda qayta oğiz oçmadi. Amal-taqal qilib öqişni tugatgaç, şaharda qolib ketdi. Men, boya aytganimdek, ayni paytda u şaharning qaysi qönjida yaşaşiyu, qanday yumuş bilan maşğul ekanini bilmasdim. Uning özi onda-sonda meni yöqlab, ijara uyimga kelib turardi. Odatda, xuddi osmondan tuşgandek, kutilmaganda, hovlimizda paydo bölar va baʼzan tuzuk-quruq hol-ahvol söraşişga ham ulgurmay turib darrov iziga qaytib ketardi.
Rostini aytganda, Hayot bilan örtamizda talabalik yillarining tiniq va beğubor xotiralaridan bölak heç narsa qolmagan edi. Men ilgari uning kuyib borayotgan umri, aftadahol va savdoyi aft-angorini xayolimdan ötkazar ekanman, yuragim tuz sepgandek açişar, unga kömak beriş, könglida yana umid va işonç uyğotiş haqida öylardim.
Baxtga qarşi, barça urinişlarim, nasihatomuz gap-sözlarim besamar ketayotganini körgaç, özim sezmagan holda uni yomon körib qolgan edim. U uyimizga kirib kelgan paytda özimni negadir noqulay sezar, yuragim qisilib, betoqat bölar va iç-içimdan uning tezroq ketişini istardim. Uni körsam, özimning ham könglimni tuşkun öylar qoplab olar va birdan hayotdan sovib ketgandek bölardim.
Aftidan, u hali-hanuz uylanmagan – söqqaboş yaşar, öziga muqim boşpana ham topmagan, duç kelgan joyda yotib-turib yurganga öxşar edi. Çunki uni har safar soç-soqoli ösgan, kiyim-boşi kir-çirga botgan irkit qiyofada uçratar edim. U tarki dunyo qilgan kimsadek öziga mutlaqo qaramay qöygan, egnidagi talabalik davridan qolgan kiyimlarining ham allaqaçon ohori butkul tökilib ketgan edi.
Biroq öşa kuni u ijara uyimga köngli allanimadan çoğ, kayfiyati baland bir qiyofada kirib keldi. Uni institutni tugatgandan buyon birinçi marta çiroyi oçilgan, yuz-közidan tuşkunlik ifodasi xiyol arigan holda körib turişim edi. Rosti gap, bundan özim ham biroz şoşib qoldim. U men bilan quyuqqina hol-ahvol söraşdi, hatto allanima deya hazil qilgan ham böldi. Ammo uyga kirib, xontaxta atrofida ötirgaç, xayolim parişonligini payqadi, şekilli, birdan huşyor tortdi.
– Tinçlikmi, özi? – deb söradi botinmaygina.
– Ha, tinçlik, tinçlik, – dedim bazör jilmayişga urinib.
Özimni xotirjam tutişga har qança tirişmay, baribir könglim tölib turar, öğlimning dardga çalinib qolgani meni şunçalik ezib taşlagan ediki, dunyo közimga qop-qoronği körinar, kimgadir dardu alamimni tökib solib, yuragimni böşatgim kelar edi. Boya Hayotning hovliga kirib kelganini körib, rost gap, özimga yupanç topilgandek, quvonib ketgandim.
Ança payt u yoq-bu yoqdan gurunglaşib ötirdik, ammo hadeganda gapimiz qovuşmas, örtamizga qandaydir noqulaylik tuşgan edi. Hayotning ham boyagi kayfiyati özgargan, bevaqt keldimmikan, degan öyga bordi, şekilli, önğaysizlanar va dam-badam xuddi ketişga çoğlangandek örnidan qözğalib qöyardi.
Axiyri, men Hayotga könglimni yordim: öğlim ğalati dardga çalinib qolgani, ança paytdan buyon es-huşini yöqotgan köyi allanimani izlayotgani, biroq u izlayotgan narsa bizga batamom mavhum ekani, şundan nima qilişni bilmay boşimiz qotib qolganini aytib berdim.
– Eng yomoni, öğlim öşa narsaning dardida içikib, kundan-kunga adoyi-tamom bölib borayapti. Ozib-tözib ketganidan aftiga qarab bölmaydi, – dedim men.
Azbaroyi hayajonga tuşganimdan tez-tez gapirar, sözlarim ham poyintar-soyintar çiqayotgan edi. Ammo Hayot bunga eʼtibor bermay gaplarimni diqqat bilan tinglab, dam-badam köz osti bilan bir çetda tömşayib ötirgan öğlimga qarab-qarab qöyardi.
Men öğlimning allaqanday dardga çalinib qolgani haqida gapirar ekanman, baribir könglimning bir çetida Hayot ham anavi döxtir singari gaplarimga işonmaydi, qaytaga, ustimdan kulgani qoladi, degan xavotir ğimirlab turardi.
Ammo hammasi kutganimdan boşqaça bölib çiqdi.
– Juda qiziq-ku! – dedi Hayot çinakamiga hayratga tuşgança közlarini katta-katta oçib öğlimga tikilar ekan. – Nimanidir izlaydi, degin. Hali gödak boşi bilan nimanidir izlaşi juda ğalati…
Ammo Hayot ortiq heç nima demadi, balki uzoq paytdan buyon joni halak bölib izlab yurgan sirli narsani ayni damda öğlimning qiyofasida körib qolgandek, hayajonga botgan köyi undan köz uza olmay qoldi. U öğlimning har bir xatti-harakatini közdan qoçirmay kuzatar, öziça allanimalarni mulohaza qilar, gohida erkalagan köyi uni gapga solişga urinar edi. Biroq öğlim undan hali-hanuz begonasiragança, qovoğini oçmay tumşayib ötirar edi. Hayot barça urinişiyu erkalab gapirişlari zoye ketayotganiga qaramay, aslo kayfiyatini tuşirmas, aksinça, hammasi şunday bölişi kerakdek, öğlimning atrofidan parvona bölardi.
Şu kun Hayot uyimizda uzoq qolib ketdi. Keyin öğlimdan bazör közlarini uzib, uydan çiqarkan, menga yuzlanib şunday dedi:
– Öğling, rostdan ham, nimanidir izlayapti, men buni uning közlariga qarab bilib oldim. Bola beçora juda içikib ketibdi. Men u nimani izlayotganini bilmayman, ammo uning özi qidirayotgan narsasini juda yaxşi biladi. Ilgari ham uni körgan. Mana meni aytdi deysan, agar izlayotgan öşa narsasini topsa, hayoti juda ravon keçadi, juda uluğ odam böladi…
Hayot yana allanimalar töğrisida uzoq gapirdi, göyo bu dunyoda aql bovar qilmaydigan möjiza yuz bergan-u, uning şohidi bölib qolgandek, sira hayajonini bosolmas, sözlariga meni ham işontirişga urinar, har bir gapini qayta-qayta taʼkidlab aytar edi.
Ammo mening könglim sira yorişay demas, aksinça, battar qoronği tortib borar, döstimning tinimsiz javraşi köngilga taskin-tasalli bermas, balki Hayot özining telba-teskari dunyosidan kelib çiqib gapirayapti, degan fikr xayolimni band etib olgandi.
Kim biladi, ehtimol, Hayotning gaplarida ham jon bordir?! Ammo buning öğlimga qanday foydasi tegadi? Bu quruq, havoyi sözlar öğlimning dardiga malham böladimi? Meni ayni damda şundan boşqa heç narsa qiziqtirmasdi.
Hayot ketgaç, uyga kirişga şoşilmay, hovli sahnida uzoq turib qoldim. Töğrisini aytganda, uyimizda göyo azob-uqubat, iztirobu alam makon tutib olgandek, içkariga boş suqişga yuragim betlamas, oyoqlarim öz-özidan orqaga tortib ketaverardi. Hammasidan ham, mittigina jismu jussasini dard ezib taşlagan öğlimning aft-angoriga qaraş nihoyatda oğir edi. Nimasini aytay, bu dard oxir-oqibat öğlimni yenggan va uni asta-sekin hayotning quçoğidan yulqib olayotgan edi.
Öğlimning ayni damdagi ahvol-ruhiyasi ham şundan darak berib turardi: u butkul holdan toygan, yuzida qon yöq, xuddi murdaniki singari oqarib ketgan, közlari sönik va bemajol boqar edi. Ammo şunga qaramay, uni hamon öşa qora xayol öz holiga qöymas, u oğir sudralgan köyi uy içida emaklab yurar, faqat tez-tez holdan toyganidan oğir-oğir nafas olgança yotib qolardi. Baʼzan ostonani quçoqlagança uzoq vaqt qimir etmay yotar, közlari olayib orqaga tortib ketar va hatto nafas olayotgani ham sezilmasdi. Bunday paytda u jonsiz jasaddan sira farq qilmas, ammo men yoki onasi qölimizga olişga urinsak, kutilmaganda jonlanib, xarxaşa qilişga tuşardi.
Men iç-içimdan hammasini sezib turardim: bu şunçaki oddiy va ötkinçi dard emas, balki qora xayol şamoyiliga kirib, öğlimning etagidan tortqilayotgan naq ajalning özi edi…
Eng açinarlisi, har gal öğlimning hayot talʼati asta-sekin sönib borayotgan yuziga közim tuşganda, özimning naqadar ojiz va notavonligimni his etib, yuragim köksimga siğmay qolardi. Men uni qançalik yaxşi körmay, uning uçun hatto jonimni qurbon etişga tayyor bölmay, baribir befoyda edi. Bu dard mening ötinçu iltijom, ohu nolam, ğazabu alamim va yalinib-yolvorişlarimga quloq solmasdi, xuddi öljasini batamom yançib taşlaşga çoğlangan maxluqdek, öğlimni tobora holdan toydirib borardi.
Bu dardning qarşisida men ham öğlim singari ojiz qolgan edim.
Yakkayu yagona umidim döxtirdan edi, öşa kun uning sözlariga qattiq işongan, ammo hammasi oxir-oqibat sarob bölib çiqqan edi. Öğlimni yana döxtirning huzuriga olib borişni sira istamas, könglimning bir çetida uning dardi battar zörayib ketişiga döxtir tavsiya etgan dorilar ham sabab böldi, degan öy ğimirlab turardi.
Hammasini taqdiri azalning izmiga taşlab, indamay qöl qovuştirib ötirib ham bölmasdi. Ammo men ayni damda qanday yöl tutişni ham bilmasdim.
Mana şunday oğir öylar qurşovida qadamimni sudrab bosgança uyga kirar ekanman, tuyqus xayolimga qişloqqa – ota-onamning oldiga borsak-çi, degan öy urildi-yu, xuddi kalavaning uçini topgandek, birdan ong-şuurim yorişib ketdi. Bu haqda nega ilgari öylamaganimni xayoldan ötkazar ekanman, özim ham hayratga tuşdim. Uyga kirgaç, xotinimga Muayyadni bugunoq qişloqqa olib ketiş haqidagi fikrimni aytganimda, dafʼatan, uning sölib, qarimsiq tusga kirgan yuziga “duv” etib qon yugurib, közlari yoşga tölib qoldi. Xotinim menga tikilgan köyi unsiz yiğlar, közlaridan dumalab tuşgan yoş yonoği ustida muallaq turib qolgan edi.
Men unga bir muddat jimgina tikilib turdim, söng keçki poyezdga çipta xarid qiliş uçun şoşib uydan çiqdim.
Tramvayda vokzal tomon ketib borar ekanman, xotinimning boyagi unsiz yiğlayotgan holati sira köz öngimdan nari ketmasdi. Öğlimning kutilmaganda dardga çalinib qolişi va soğayib ketiş örniga tobora oğirlaşib borayotgani unga juda yomon taʼsir qilgan, men buni uyda keçgan har daqiqada his etib turardim. Aftidan, uning yuragini adoqsiz öylar kemirib borar, dam-badam “uf” tortib qöyganini aytmaganda, “miq” etib oğiz oçmas, odatda, öğlimga unsizgina termilib ötirar edi. Uning mana şunday tez-tez “uf” tortişi kişining köngliga xavotir va qörquv solardi. Odatda, qandaydir noxuşlikning şarpasini ilğagan kimsa şunday oğir-oğir xörsinib qöyadi.
Ayniqsa, ikki kun burun yarim tunda xotinim juda ğalati ahvolga tuşganiga tasodifan guvoh bölgandim. Öşa oqşom men odatdagidan ança barvaqt uxlab qolgandim. Ammo bir çoğ, tunning qaysi pallasi ekanini aniq eslay olmayman, quloğimga çalingan ovozdan çöçib uyğonib ketdim: tunçiroq zulmat çökkan uyni xira-şira yoritib turar, eşik tomonda – burçakda esa kimdir qiblaga yuzlangan köyi allanimalar deya yozğirardi. U garçi xuddi piçirlayotgandek past ovozda nola qilayotgan esa-da, ovozi tun sukunatini buzib, uy içini tutib ketgan edi. Men yostiqdan boşimni ilkis kötarib, burçakda çökka tuşib ötirgan kimsaga qarar ekanman, dafʼatan özimni qayerda yotganimni-yu, bemahalda kim bunçalik faryod qilayotganini anglay olmadim. Haligi kimsaning ovozi esa hadeganda tinay demas, balki guvranib qözğalgan böron singari tobora şiddatli va qahrli tus olib borardi. Men qattiq qörquvga tuşgan, peşonamdan sovuq ter yoğilib kelar, nimalar röy berayotganiga sira aqlim yetmas, yuragim vahm bilan gurs-gurs urar, ammo qimir etişga jurʼatim yetmasdi.
Şunday alpozda qança vaqt yotganimni bilmayman, balki bir neça lahza, ehtimol, bir soat yotgandirman, faqat bir çoğ, ong-şuurimni uyqu karaxtligi birdan tark etdi, şekilli, burçakda ötirgança nola qilayotgan kimsani birdan tanib qoldim: xotinim-ku!..
Xotinim – bu fikr uning xayoliga qayerdan kelganiga sira aqlim yetmaydi – qiblaga yuzlangan köyi, yiğlab-yolvorib, Yaratganga iltijo qilar, yakkayu yolğiz öğlimiz Muayyadning dardiga şifo sörardi. U xuddi toş haykalçadek çökka tuşib ötirib olgan, qöllari tizzasi ustiga uzatilgan, qoronğilik qaʼridan jussasi allaqanday pajmurda va kiçkina bölib körinar, ammo ovozi şiddatli va telbavor edi. Yöq, u xuddi mehrob qarşisida böyin egib, tavba-tazarru qilayotgan kimsaga öxşar, köngli, çamasi, mumdek erib borardi, şekilli, tez-tez gapirar, yuragida nimaiki bölsa, barini tökib solar, özi ham tuzuk-quruq bilmaydigan allaqaysi gunohu ayblari uçun ming tavallo bilan şafqat va mağfirat sörar, yiğlar va yolvorar, söng yiği va iltijo sasi qorişib ketgan ovozda Muayyadni jonidan ortiq yaxşi körişini, bu dunyoga kelib, tentirab-tentirab topgan yolğiz baxti şu öğli ekanligini, undan ayrilib qolsa, özini heç narsa bilan ovuta olmasligini, to umri ado bölgança taqdirini qarğab ötişini allaqanday öjarlik bilan aytarkan, kutilmaganda öpkasi tölib ketganidan özini tutolmay ökrab yiğlab yubordi. U ihrayotgandek azobli ovozda uzoq yiğladi, yiği va iztirob zarbidan ozğin jussasi qanday silkinib-silkinib tuşayotganini aniq-tiniq his etib yotardim. Ammo boşimni kötarib, unga qaraşga, allanimalar deya yupatişga özimda jurʼat sezmas, uning ayni damdagi holati meni butkul karaxt qilib taşlagan edi.
Ha, xotinim juda ayançli va aftodahol ahvolga tuşgan edi. Yöq, yöq, mening nazarimda, u ayni mana şu pallada özining qiyofasini tark etib, tun qöynida ulkan nolaga aylanib qolgan, bu nola tört tomoni devor bilan öralgan mana şu pastak tomli uy içidan emas, balki dunyoning huv narigi çekkasidan yoyilib oqib kelar, xuddi afsungarning duosi singari sirli va jununvor yangrar, xayol dunyosiga şitob bilan bostirib kirib, kişini bir zumda mahv etib qöyardi.
Ha, bu uluğvor va mahobatli nola edi, göyo xotinimning yuragidan emas, balki falakning böğzidan otilib çiqar, hayhotdek keng olamda undan bölak “tiq” etgan tovuş quloqqa çalinmas, uning selu selob bölib oqişi hamma-hamma narsani bosib ketgan edi.
Yöq, yöq, bu nola va fiğon emasdi, balki asli farişta qavmidan yaralgan, ammo keyinçalik yuragini yalmoğiz yeb qöygan odam bolasidan qolgan köhna mungli qöşiq edi. Men ham dunyoda şunday mungli qöşiq borligini öşa tunda anglab yetgan va uning yuragimga oqib kirayotgan ezğin ohangidan tongga qadar selu selob bölib yotgan edim.
Bu qöşiqni kuylaş ham, tinglaş ham öta oğir edi, u bamisoli olov singari jismu jussani yondirib yuborar, yurakni junbuşga solib, odam bolasi yaralgandan buyon boşidan keçirgan iztirobu armoni, toptalgan umidu işonçi, muhabbat va xiyonati, ayriliq va soğinçidan sarbasar ogoh etardi.
Ertasi kun ertalab xotinimni allaqanday parişonxotir va holsiz bir qiyofada kördim. Ammo unga heç narsani sezdirmadim.
Faqat xotinim öşa kun nimanidir kutayotgandek betoqat bölib yurdi.
* * *
Kun, çamasi, çoşkayidan ötgaç, men keçki poyezdga ikkita çipta xarid qilib, uyga qaytdim. Poyezd oqşom sakkizu öttizda jönashi kerak edi. Men darvozani oçib, içkariga kirar ekanman, dafʼatan özimga peşvoz çiqib kelayotgan xotinimga közim tuşdi-yu, turgan örnimda toşdek qotib qoldim. Yöq, yöq, men tuyqus xotinimni taniy olmay qoldim, unga tikilib turib, közlarimga sira işonmas, boyagi ğam-ğussaga botgan va çökib qolgan qiyofasini favqulodda bir hayajon çulğab olgan, yonoqlari çöğdek qip-qizil tusga kirgan va kulib turgan közlaridan duv-duv yoş quyilib kelardi. U men tomonga alpang-talpang qadam taşlab kelar ekan, özini sira bosa olmas, entikib-entikib nafas olar va allanimani gapirişga çoğlanardi-yu, biroq ovozi çiqmasdi.
Men unga közim tuşgan zahotiyoq yuragimga xavotir oralagan va uyda, albatta, öğlimning taqdiriga daxldor qandaydir voqea röy bergan va xotinim şundan aqldan ozgudek köyga tuşganini ğayrişuuriy tarzda anglab yetgan edim. Ammo men ham qanday voqea yuz berganini söraşga botinolmas, tilim xuddi tanglayimga yopişib qolgandek sira aylanmas, faqat yuragim mumdek erib borayotganidan yiğlagim kelar edi.
Ana şunday hayajon va xavotir girdobiga ğarq bölib qança vaqt turganimni bilmayman, bir payt xotinimning hovliqqan köyi aytgan sözlari quloğimga urildi-yu, birdan huşim özimga keldi.
– Muayyad şunça kun öz yoğiga özi qovurilib nimani izlaganini bilasizmi? – dedi qiçqirgandek bir ovozda. Uning ovozi quvonç va ökinçga töla edi.
– Yöq, – dedim dafʼatan huşyor tortib. – Nimani izlagan ekan?
– Bolam şörlik, – dedi xotinim, ammo öpkasi tölib ketganidan piq etib yiğlab yubordi. Söng yiği sasi qorişib ketgan ovozda gapira boşladi. – Tuğilgan paytida kesilgan kindigi bor-ku, şuni izlayotgan ekan…
Men uning sözlarini eşitib, kimdir tösatdan boşimga zarb bilan urgandek, karaxt tortib qolgan ong-şuurimning oğir eşiklari birdan şaraqlab oçilib ketdi: tavba, öğlim şunça kundan buyon huzuru halovati, tinçi va oromini yöqotib izlagan narsasini qarang… Uning köngliga bu öy qayerdan keldiykin, şunça kundan buyon içikkança izlayotgan bu narsa öziga şunçalik zarurligini, busiz hayot ham, dunyo ham özining qadr-qimmati, mazmun-mohiyatini butkul yöqotib, sariq çaqaga ham arzimaydigan matoga aylanib qolişini u gödak aqli bilan qanday anglab yetdiykin?
Men qattiq hayajon içida qolgan, özimni sira bosa olmas, xotinimning oğzidan öğlim izlagan narsaning nomini qayta-qayta eşitişni va eşita turib butun vujudimda oğriq va lazzat tuyişni istardim.
– Muayyad nimani izlagan ekan?
– Nima balo, quloğingiz tom bitganmi? Qirq marta aytdim-ku, tuğilgan paytida kesilgan kindigi bor-ku, şuni izlayotgan ekan. Şuni topib, yostiğining ostiga qöysak, bir pasda tinçib qolarkan…
– Senga buni kim aytdi?
Savolimni eşitib, xotinim negadir birdan huşyor tortdi, atrofga olazarak qarab olarkan, göyo muhim sirni oşkor etayotgandek, şivirlab gapirişga tuşdi:
– Siz boya vokzalga ketganingizdan söng hovliga bitta çol kirib keldi, – dedi u. – U içkarida qanday paydo bölib qolganiga sira aqlim yetmaydi, darvozani qulflab qöygandim. Men uyda ötirgandim, bir mahal hovlida kimningdir qadam tovuşi eşitilgandek böldi. Şoşib taşqariga çiqsam, haligi tilançi çol anavi yerda, – u qöli bilan hovli örtasini körsatdi, – qaqqayib turgan ekan. Aft-angoriga qarab bölmaydi, tuğilgandan beri suv tegmaganmi, ölardek isliqi, soç-soqoli ösib ketgan, egnida uvadasi çiqqan tön. Unga közim tuşib, qörqqanimdan yuragim yorilib ketay dedi. Birdan özimni şoşa-pişa içkariga urdim-da, eşikni qulflab oldim. Keyin derazadan asta möralab qarasam, u hali ham joyida qimir etmay turgan ekan. Ana ketadi, mana ketadi, deb içim tapillab rosa kutdim. Yöq, qayda deysiz, qoqqan qoziqdek qimir etmaydi, tağin deng, uyning derazasidan közini uzmaydi. Oxiri, toqatim toq böldi, kunidan qolgan tilançi bölsa kerak, degan xayolda yarimta nonni qölimga olib, sekin taşqariga çiqdim. Qörqqanimdan dağ-dağ qaltirab, uning oldiga bordim-da, nonni uzatdim. U nonni olib, törvasiga solayotib, negadir ğalati kuldi, söng menga qarab nima deydi deng: «Qizim, men hovlingizga sadaqa sörab kelganim yöq. Mayli, könglingiz şuni tusagan ekan, qölingiz qaytmasin», dedi. Qurib ketgur, özi tilançi bölsa ham, ovozi juda ğalati, eşitgan odamning yuragi jimirlab ketadi. Şundanmi, men qörquvni ham esimdan çiqarib, uning qarşisida turib qolibman. Bir payt tağin uning özi gapirib qoldi. Bu gal nima deydi deng: “Qizim, ançadan buyon bolangiz betob-a?”. “Ha, ha, – dedim men, – ançadan buyon bolamning mazasi yöq. Yemaydiyam, içmaydiyam, uxlamaydiyam. Allanimani izlab, tinçini yöqotgan”, dedim. “Bolangiz nimani izlayotganini bilasizmi?” deb söradi u. “Yöq, – dedim men, – agar bilsak, şunça kundan buyon öğlimning rangini sarğaytirib qöl qovuştirib ötirardikmi?!”. “Haliyam gumrohlik qilib, bolaga köp azob beribsizlar, – dedi u. – Ohu nolasi yetti osmonni tutib ketgan. Hozir uning köziga na non, na suv körinadi. U tuğilganida kesilgan kindigi bor-ku, şuni izlayapti. Unga şuni topib beringlar!”. Tilançi çol boşqa heç narsa demadi, faqat atagan sadaqangizni xudo öz dargohida qabul qilsin, deb yuziga fotiha tortdi-da, hovlidan çiqib ketdi. Ha, aytmoqçi, siz uni taniysiz. Anavi, yölak çetida ötiradigan tilançi çol bor edi-ku, öşa u! Men ham uni hovlidan çiqib ketgandan söng tanib qoldim.
Xotinimning sözlarini eşita turib, battar hayrat va taajjubga tuşdim. Nimalar röy beryapti, özi?! Tuşmi bu yo öngim? Anavi tilançi çol heç kutilmaganda hovlimizda qayerdan paydo böldi? Manzilimizni sira adaşmay-oğişmay qanday topib keldi? Hovlimizga qayerdan kirdi, eşik içkaridan yopilgan bölsa?! Öğlim nimaning dardida bunçalik içikib yotganini u qaydan bila qoldi? Nega bunçalik jon kuydirib mening hayotimga aralaşib yuribdi? Kim u, özi? Odammi yo…
Tilançi çolni bir neça oy burun anavi yölakdan oyoğini yerga tekkizmay olib ketişgan, şundan buyon heç qayerda qorasi körinmagan edi-ku! Ammo sira kutilmaganda hovlimizda paydo bölgani, tağin deng, öğlim nimani izlayotganini oqizmay-tomizmay aytganini sira aqlu tasavvurga siğdirib bölmasdi.
Men yana tang ahvolga tuşib qolgan, tilançi çol haqida qançalik boş qotirib öylamay, baribir heç narsa bilmasligimga iç-içimdan iqror bölardim. Buning ustiga, ayni damda u haqda öylab ötirişga toqatim yetmas, balki öğlim içikib izlayotgan narsani tezroq topişim zarur edi. Men boşimni kötarib, röy berayotgan voqealarga xuddi özim singari aqli yetmay, lol qolib ötirgan xotinimga qaradim.
– Muayyadning kesilgan kindigini endi qayerdan topamiz?
– Uning kindigini tuğilgan payti tuğruqxonada kesişgan. Öşa yerda qolib ketgan, – dedi xotinim.
Xotinimga bir muddat qarab turdim-da, söng hozir kelaman, sen Muayyadga qaragin, deya şoşib köçaga çiqdim.
* * *
Tuğruqxonada meni qirq beş yoşlardagi, sarğiştob yuzini ajin bosgan baqaloqqina xotin qarşi oldi. U özini doyaman, deb taniştirdi. Men unga öğlim qanday dardga çalinib qolgani-yu, özim nima maqsadda bu yoqqa kelganimni batafsil aytib berdim. Doya xotin gaplarimni kiprik qoqmay eşitdi, ammo kutganimga zid ölaroq, uning yuzida biror-bir özgariş alomati sezilmadi. Aftidan, unga bunday masalalar yuzasidan juda köp marta murojaat etişgan va u eşitaverib allaqaçon diydasi qotib ketganga öxşar edi.
– Hm, – dedi u xörsingandek ovoz bilan. – Öğlingiz tuğilganiga bir yil bölay deb qolibdi-yu, siz endi uning kindigini izlab keldingizmi? Biz birorta ham bolaning kindigini atay asrab qöymaymiz. Kesilgan zahotiyoq axlatga çiqarib taşlaymiz. Daydi itlar yeb ketadi…
Tuğruqxonadan qanday otilib çiqqanimni özim ham bilmayman. Huşim özimda emas, boşim ğuvillab oğrir edi. Qadamimni sudrab bosgança ketib borarkanman, öğlim haqida öylar, uning xuddi çaqmoq urgan quşdek uy içida bemajol emaklab yurişi köz öngimdan sira nari ketmasdi. Öğlimga endi nima deyman, uning içikkan közlariga qanday qarayman – bilmayman…
Söngsöz örnida
Har bir gödakning dunyoga kelişi aslida tengsiz möjiza. Şu bois xalqimiz azal-azaldan bunga alohida eʼtibor bilan qaragan. Elimizning bu boradagi köp mingyillik taraqqiyoti davomida şakllanib kelgan, asrlar sinovidan ötgan anʼana va udumlari yuksak qadriyat darajasiga kötarilgan.
Masalan, ajdodlarimiz yaratgan beşik, ism qöyiş marosimi yoki onalarimizning qadimiy allasi kişini hayratga solmay qöymaydi.
Ammo mustabid şöro tuzumi davrida milliy özligimizning ustunlaridan sanalgan ana şu qadriyatlarimiz ham kör-körona toptaldi, bu bebaho merosni xalqimizning xotirasidan öçirib taşlaşga urinişlar böldi.
Bugun köpçilikning yodida bölsa kerak: ötgan asrning 80-yillarida onalarimiz tomonidan ming yillardan buyon aytib kelinayotgan, gödak qalbida milliy tuyğularni şakllantirişda tengsiz örin tutadigan alla ham “eskilik sarqiti” deya qattiq qoralangan edi.
Vatanimizning mustaqillikka erişişi ana şunday bedodliklarga, xalqimizni özligidan mosuvo qilişga qaratilgan maşʼum siyosatga batamom çek qöydi.
Biz, ijodkorlar elimiz boşidan keçirgan ana şunday ayançli voqealarni badiiy talqin etib, köproq yozişimiz, bu maşʼum davrning maqsad-mohiyatini haqqoniy ravişda körsatib berişimiz kerak, deb öylayman. Şundagina Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligining qadr-qimmati yanada teranroq namoyon böladi.
Eʼtiboringizga havola etilgan “Qaqnus qanotidagi umr” qissasida ham öşa rutubatli davrda azaliy qadriyatlar, ilohiy borliqqa tutaştiruvçi riştani topa olmay baxti zabun bölgan qahramonlarning ayançli qismatini badiiy tarzda talqin etişga harakat qildim.
Bu qoralamalar Sizga manzur bölgan bölsa, bugungi yoruğ kunlarimizga şukronalik uyğotgan bölsa, özimni baxtiyor deb bilaman.
Muallif
Şodiqul HAMRO
1965-yili tuğilgan. ÖzMU jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Suratdagi ayol” , “Qora kun”, “Karvon qönğiroği” kabi nasriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


